Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda
-mavzu. “Madaniyat” tushunchasi. Atamaning lug‘aviy
Download 1.17 Mb.
|
Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning -fayllar.org
2-mavzu. “Madaniyat” tushunchasi. Atamaning lug‘aviy
ma’nolari. Madaniyat masalasiga yondoshuvlarning xilma- xilligi. Reja: 1.”Madaniyat” atamasining lug‘aviy ma’nosi, mazmuni va talkini. 2.”Kultura” atamasining vujudga kelishi va uning dastlabki ma’nolari. 3.Madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari. 4.O‘rta asr va yangi davr ilm fanida madaniyat tushunchasining talqiniga yondoshuvlar. 5. Hozirgi zamon ilmiy nazariyasida “Madaniyat”ning talqini. 6. “Madaniyat” tushunchasini ta’riflashga gnoseologik, akseologik, ontologik va semiotik jihatdan yondoshuvlar. 1.”Madaniyat” atamasining lug‘aviy ma’nosi, mazmuni va talkini. “Madaniyat nazariyasi va tarixi” fanini o‘rganishda madaniyat so‘zining ma’no-mazmunini bilish, idrok etish o‘ta muhim ahamiyatga ega. Chunki, biror bir atamaning asl mazmunini anglab yetmasdan masalaning mohiyatini anglab yetib bo‘lmaydi. “Madaniyat” atamasi arabcha “madina” (shahar) so‘zidan olingan bo‘lib, “shahar” ma’nosida qo‘llanilgan va shahar hayotini tasvirlashga, qishloq va shahar turmush tarzini bir-biridan ajratish maqsadida qo‘llanilgan. Arablar kishilar hayotini ikki turga, birini badaviy (sahroyi) turmush, ikkinchisini madaniy(shaharcha) turmush tarziga bo‘lganlar. Madaniylik shaharda o‘troq holda yashab, o‘ziga xos turmush tarziga ega bo‘lgan aholiga, ya’ni Arabiston yarim orolinining Hijoz deb nomlanuvchi qismida joylashgan Makka, Madina, Toif, Xaybar singari shaharlarida istiqomat qiluvchi aholini turmush tarziga nisbatan qo‘llanilgan. Hozirgi Madina shahrining avvalgi nomi Yasrib deb yuritilgan. Muhammad payg‘ambar(s.a.v)ning Yasribliklar taklifi bilan mazkur shaharga hijrat qilishi (ko‘chib o‘tishi) mazkur shaharning payg‘ambar sharafiga “Madinat an-Nabiy” deb atalishiga sabab bo‘lgan. Demak, “Madina” – so‘zi arabcha – “Madinat-ul-Rasululloh”, ya’ni payg‘ambar shahri degan atamadan olingan. Madina (Yasrib) o‘zining obodligi, ko‘rkamligi bilan Arabistondagi aholi yashaydigan boshqa manzilgohlardan ajralib turgan. Chunki, Madina shahri Makka shahri singari Hijozdagi o‘sha davrning eng rivojlangan shaharlaridan biri bo‘lgan. Demak, “Madaniyat” so‘zining etimologiyasida arablar turmush tarzi muhim rol o‘ynaganligini ko‘ramiz. Bundan ko‘rinadiki “madaniyat” so‘zining kelib chiqishida faqatgina shaharlarda yashovchi aholi, ularning xunarmandchilik va savdo-sodiq bilan kun kechirishi, karvon yo‘llari xavfsizligini ta’minlovchi qabila va xonadonlarning turmush tarzi muhim rol o‘ynagan. Chunki madaniylar, birinchidan, o‘troq hayot kechirib “badaviy”larga nisbatan yaxshiroq hayot kechirishlari, ya’ni sahroyilar(badaviylar)ga nisbatan yashash shart-sharoitlarining ustunligi bilan, ikkinchidan, ong va tafakkur nuqtai nazaridan ham ba’daviylarga nisbatan ancha ustun turganliklari bilan, uchinchidan muayyan kasb-hunar bilan shug‘ullanishlari, to‘rtinchidan, ma’rifatli bo‘lish va bilimga intilishlari, beshinchidan, jamoani boshqaruvidagi faolligi, uyushqoqligi, oltinchidan, savdo-sotiq bilan shug‘ullanib, boshqa xalqlarning, diniy e’tiqodlari, ishlab chiqarish munosabatlari va turmush tarzi bilan tanishligi jihatidan ancha oldinda bo‘lganlar. Shu boisdan chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘chmanchilar shaharliklarni “madaniylar”, deb ataganlar. Buyuk mutafakkir Forobiyning asarlariga e’tibor bilan qaralsa, u insonning madaniyatliligini eng avvalo, uning barcha insoniy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirganligi, ilmlarni egallaganligi, axloqiy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirganligi, ya’ni chin ma’nodagi insoniy fazilatlar bilan shulg‘anganligi nazarda tutganligini ko‘ramiz. Uningcha, “inson o‘z faoliyati va huquqini idora qila oladigan qudratga ega bo‘lishi, ... ana shu me’yorlarni xulq-atvorida va faoliyatda qo‘llay olsa, bu kishining shahar ilmidan (ilmi-ilm al-madaniy) xabardorligini bildiradi. Agar bu ishlarning aksi bo‘lsa, ya’ni inson o‘zini tuta olmasa, o‘zining tana a’zolarini tashqi muhit ta’siridan saqlay olmasa... bu inson yomon inson, shuningdek, o‘z xulq atvorini shahar aholisi uchun naf keltiradigan darajada tuta olmasa, shahar uchun o‘z xulq-atvoridan foyda yoki ziyon kelishini bilmasa bu insonning qilmishi yomon, madaniyatsiz xislat bo‘lib qoladi”. (“Buyuk kishilar naqllaridan” risolasi. Abu Nasr Forobiy. Risolalar. Toshkent., Fan..1975 yil, 104 bet.) Forobiyning ana shu fikrlarini chuqurroq tahlil qilib ko‘rsak, mazkur fikr asosida insoniy faoliyat, insonning o‘z huquqini anglab yetganligi va uni xulq-atvori hamda o‘z faoliyatida qo‘llay olsa, shahar ilmidan (albatta mutafakkir shahar ilmi deganda, nafaqat shahar turmush tarzi, kishilarning o‘zaro munosabatlari, hunarmandchilik, savdo-sotiq, turli xil mahkamlarning faoliyatlari, ta’lim o‘choqlar va boshqalar nazarda tutmoqda) xabari bo‘lsa va shaharni, o‘z oilasini hamda o‘z-o‘zini boshqarishda foydalana olsa uni madaniyatli, deb atash mumkin degan fikrni ilgari surmoqda. Forobiy madaniyatlilikni arabcha “madinat” – shahar ma’nosiga monand ravishda, shaharda yashovchi kishilarning fazilatlarini esa, madaniyatlilik shaklida ta’riflab bermoqda. “Biz yomon odatlar, nuqsonlar va jirkanch harakatlarning nimaligi va ularning qandayligi, qaerdan va qaysi sabab-illatlarga ko‘ra chiqib kelganligining asosiy omillarini bir-biridan ajratib bilgunga qadar va ilm-bilim nuqtai nazaridan ular haqida chuqur ma’lumot hosil qilgunga qadar, avvalo, shu odatlar, nuqsonlar va yaramas harakatlar bilan tanishib o‘tamiz. Mana bu tanishishga madaniy bilimlar deb nom beramiz, Bu bilim yoki ilm shunday narsalarni o‘rgatuvchi ilmki, uning yordamida shahar xalqlari va shaharlik bo‘lmagan xalqlarni o‘z ichiga olgan, ya’ni inson olamiga xos bo‘lgan barcha xislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan odamzod jismida har turli a’zolar kabi, (umumiy xususiyatlar) kishiga ma’lum bo‘ladi.”(Forobiy. Risolalar. Toshkent. Fan. 1975 yil, 71-72-betlar). Forobiy nafaqat shaharda istiqomat qiluvchi, balki barcha kishilarga xos xususiyatga ega bo‘lgan madaniylikning ma’nosiga chuqurroq kirib borarkan, o‘z fikrini davom ettirib, madaniylikka ega bo‘lishni madaniy jamoa darajasiga erishganligi shaklida ham talqin qiladi. “Shuningdek, shahar xalqlari va shaharlik bo‘lmagan boshqa xalqlarni o‘z ichiga olgan jamiyatda ham bu xalqlarning turli tomondan o‘zaro hamkorligi, ya’ni birlashuvi jihatidan birinchi, undan keyin ikkinchi, uchinchi va hokazo, boshlang‘ichlar bo‘lib, oxirgi madaniy yoki insoniy martabaga yetgunga qadar bu boshlang‘ichlar bir-birini ta’qib eta boradi va nihoyat, hamma narsani o‘z ichiga olgan olam – dunyo qiyofasidagi o‘z o‘xshashini topadi, ya’ni olamda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan mukammal yetuk jamoa obrazini yaratadi. Bu kamolot nazariy bilimni o‘rganish asosida vujudga keladi. (Forobiy ko‘rsatilgan asar. 72-bet.) Shuningdek, “madaniyat” atamasining “shahar”, ya’ni shahar hayoti ma’nosini anglatishi A.Navoiy asarlarida ham uchraydi. Mazkur tushun-chaning shahar tushunchasiga bog‘liqligi uning “Hamsatul-mutahayyirin” asaridagi Muhammad alayhissalomning Madina shahridan ekanligiga ishora qilib, shunday deydi: Yuz na’t anga kim xulqi karim o‘ldi fani, Ya’niki karim koni rasuli madaniy. Misradan ko‘rinib turibdiki, A.Navoiyning ham madaniy, madaniyat so‘zining Makka (arabcha - madinat) bilan bog‘liq ekanligiga ishora qilayotganligini payqaymiz. Demak, madaniyat so‘zi arablar orqali kirib kelgan, uning etimologik ma’nosi esa musulmonlar sig‘inadigan shahar – Madina nomidan kelib chiqqan.(V.Alimasov. Madaniyatshunoslik. Toshkent. Yangi asr avlodi. 2001 yil. 7-bet.) Shuningdek, Madinai–munavvara Makkadan keyin musulmonlar ziyorat qiladigan eng yirik shahar hisoblanadi. Shu tariqa madaniyat so‘zi bizning o‘lkamizga Madina shahri nomini ulug‘lash tarzida, ya’ni islom dini bilan bog‘liq tarzda kirib kelgan. 2.Kultura atamasining vujudga kelishi va uning dastlabki ma’nolari. “Madaniyat” (“culture”) ― lotincha so‘z bo‘lib, Rimning antik davrida paydo bo‘lgan. Bu so‘z “colere” fe’lidan kelib chiqib, “ishlov berish”, “qayta ishlash”, “parvarish qilish” degan ma’noni bildirgan. Bu ma’noda mazkur atamani “De agri cultura”! (“De agri kultura”) asarini yozgan Rim siyosatdoni Mark Porsiy Katon (mil. av. 234-149) ishlatgan edi. Bugungi kunda ham o‘simliklarga ishlov berish haqida gap ketganda, «kartoshka kultivatsiyasi» yoki ekin navi haqida madaniy navlar (madaniy o‘simlik navi ma’nosida) deymiz. Dehqonga yordam beruvchi mashinalar orasida esa «kultivator» degan atama ham bor. Miloddan avvalgi 45 yilga kelib, Rimning buyuk notig‘i Mark Tuliy sitseron o‘zining “Tuskulan suhbatlari” nomli asarida birinchi marta, “cultura” atamasini ko‘chma ma’noda, ya’ni inson ongiga (ishlov berish ma’nosida), insonning aqliy qobiliyatiga qayta ishlov berish, tarbiyalash, va uni rivojlantirish ma’nolarida ishlatadi. Aynan ana shu davrdan boshlab, “kultura” atamasi inson ruhiyatiga bog‘liq atama, uni qayta ishlash, insonning ma’rifatliligi, ta’lim olganligi, tarbiyalanganligi ma’nolarini anglata boshlagan. Shuningdek, madaniyat atamasidan, insonda mavjud bo‘lgan, lekin davrlar almashinuvi natijasida o‘zgarib turadigan odamlarning turmush tarziga, isonning aql-tafakkuri rivojiga, ilm-fan, san’at, ta’lim va ularning taraqqiyoti darajasiga nisbatan foydalanila boshlangan. Muayyan davrda, muayyan etnik birlik tomonidan yaratilgan madaniyat, ayniqsa, ma’naviy madaniyat sohasidagi madaniyat har doim ham o‘zini yaratgan etnik birliklar uchun “yaxshi”, “ma’qul”, “yaroqli”, ya’ni foydali bo‘lib qolmagan. Masalan, insoniyat tarixining ayrim davrlarida, biror bir etnik birlik vakillari tomonidan yaratilgan mafkura va g‘oyalar, masalan, Spartak boshchiligidagi qullar qo‘zg‘olining bostirilishida katta rol o‘ynagan “Qullarning mehnati, Rimliklarning rohat farog‘ati” g‘oyasi qullarning ozodlik uchun kurashini ayovsiz ravishda bostirishga, shuningdek, Rim quldorlik davlatining yanada kuchayishiga, o‘z hududlarini kengaytirishga, boshqa xalqlarni qullik sirtmog‘iga solishga, yoki xristianlik dinining paydo bo‘lishi va mustahkamlanishi, boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar istiqomat qiladigan hududlarni bosib olishga, ularni o‘z diniy e’tiqodlari, milliy an’analari, madaniyatidan voz kechishga, milliy madaniyatlarning zabun bo‘lishiga olib kelgan. Yoki moddiy madaniyatning ayrim ko‘rinishlari, masalan, o‘q otar, yadroviy yoki bakteriologik qurollarning ixtiro qilinishi, insoniyat taqdirini butunlay boshqa tomonga burib yuborib, ko‘plab kulfatlarni keltirib chiqarayotganligini insoniyat tarixi isbotlab bermoqda. O‘rta asrlarga kelib, “madaniyat” so‘zi insonning shaxsiy fazilatlari, uni takomillashtirish bilan bog‘liq tushuncha va tasavvurlar sifatida talqin qilina boshlangan. Yevropa Uyg‘onish davrida esa, “kultura” atamasi shaxsiy barkamollik va insonparvarlikni ifodalovchi, ya’ni inson idealini ifoda etuvchi tushuncha sifatida tushunila boshlangan. XVIII-asr pedagoglari nuqtai nazaridan. madaniyat ratsionallikni anglatar edi. Jambattista Viko (1668-1744), Iogan Gotfrid Gerder (1744-1803), Sharl Lui Monteske (1689-1755), Jan Jak Russo (1712-1778) madaniyatni ijtimoiy tartib va ratsionallikda namoyon bo‘ladi, deb hisoblaganlar. Oradan bir muncha vaqt o‘tgach, inson ma’naviy-madaniy faoliyati natijasi hisoblanuvchi predmetlarni va ularni yarata oluvchi insonning fazilatlarini mazkur so‘z bilan atay boshlaganlar. Shu davrdan boshlab madaniyat dunyosi tabiiy kuchlarning natijasi emas, balki insonning bevosita tabiatda mavjud bo‘lgan narsalarini qayta ishlash va o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatining natijalari sifatida qabul qilingan. “Kultura” atamasi, dastlab mustaqil tushuncha sifatida nemis huquqshunosi S.Puffendorf (1632-1694) asarlarida qo‘llanilgan. U mazkur atamadan jamoat ishlarida faol ishtirok etadigan kishining faoliyati tarzida foydalangan. Demak, “Kultura” (madaniyat) atamasi insonning tabiiy mavjudotligiga qarama-qarshi qo‘yila boshlangan, ya’ni inson mehnati (faoliyati) natijasida vujudga keladigan narsalarga nisbatan, boshqacha qilib aytganda, tabiatning mahsuli hisoblanmaydigan, kishilarning mehnat qilishi, faoliyat ko‘rsatishi natijasida vujudga keladigan, ya’ni insoniy faoliyatning hosilasi sifatida vujudga keluvchi boyliklarga nisbatan qo‘llanilgan. Aynan, “kultura” atamasining ana shu ta’riflaridan so‘ng yevropalik tadqiqotchilar insoniyat tomonidan yaratilgan, ulardan foydalanilgan va takomillashtirilgan barcha narsalarga nisbatan “kultura” atamasini qo‘llay boshlaganlar. Yevropalik olimlarning “kultura” atamasini ana shu shaklda ishlata boshlaganliklari nemis klassik falsafasining yirik vakili Georg Vilgelm Gegel(1770-1831)ning mazkur atamaga quyidagicha ta’rif berishiga: “madaniyat (kultura) – bu insoniyat tomonidan yaratilgan ikkinchi tabiatdir”, degan ta’rifni berishiga olib kelgan. Lekin, so‘zning etimologiyasini, ya’ni kelib chiqishini aniqlash, bu degani o‘rganilayotgan mavzu yoki fanning mohiyatini, maqsad va vaziflarini bilish degan ma’noni anglatmaydi. Chunki, ayrim so‘zlar vaqtlar o‘tishi bilan o‘zining dastlabki ma’nosini o‘zgartirishi, keyingi davrlarga kelib esa boshqacha ma’nolarni ifodalashi ham mumkin. Aynan, “madaniyat”, hamda lotincha “kultura” atamalarining bugungi kundagi mazmuni o‘zining dastlabki vaqtlardagi mazmuniga mos kelmaydi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, “madaniyat” atamasi aslida arabcha “madina” so‘zi “shahar” degan ma’noni anglatgan bo‘lsa, lotincha “kultura” atamasi yerga ishlov berish, uni parvarishlar ma’nosini ifodalagan. Mazkur atamalarning bugungi kundagi ma’no-mazmuni boshqa ma’nolarda, ya’ni keng ko‘lamli tushunchalarni, insoniyatning moddiy boyliklar ishlab chiqarishi, uning ma’naviy fazilatlari, shuningdek, jamiyatning umummadniy hayotiga nisbatan qo‘llaniladigan ma’nolarni anglatmoqda. Boshqa tomondan esa, “madaniyat” hamda “kultura” atamalaridan jamiyatning umum qiyofasini, uning taraqqiyoti yoki tanazzulini ifodalovchi tushunchalar sifatida ham foydalanilmoqda. Albatta, vaqtlar o‘tishi bilan “kultura” atamasini ifodalaydigan tushunchalar o‘zgara borgan, yoki o‘zgacha ma’nolarni anglata boshlagan. Insoniyat tomonidan yangitdan yaratilgan narsalar o‘z davrida madaniyat (kultura) atamasi bilan ifodalangan bo‘lsa, keyinchalik u o‘zining qiymatini yo‘qota borgan. Masalan, temirdan yasalgan g‘ildirakni dastlab “kultura” deb atagan bo‘lishsa, keyinchalik g‘ildiraklar sanoat yo‘li bilan ishlab chiqarila boshlangach, mazkur atama o‘zining ma’nosini yo‘qotgan. Yoki, kishilarning o‘zaro xat yozishlari natijasida axborot, fikr almashinuvi insoniyat hayotidagi buyuk madaniy voqea deb, hisoblangan bo‘lsa, bugungi kunda mazkur voqelik, o‘zining qiymatini yo‘qotib bo‘ldi. Hozirgi kunda “madaniyat” yoki “kultura” so‘zlari qo‘llanilmaydigan biror-bir sohani topish amri mahol. Masalan, moddiy boyliklar ishlab chiqarish sohalari, shuningdek, “ilm, fan, ta’lim tizimining ahvoliga qarab biz davr madaniyati haqida fikr yuritamiz, kishining so‘zi, muomalasi, xulqi uning axloqiy madaniyatini, yashash tarzi – turmush madaniyatini, zarur kitobni topib o‘qiy olish – o‘qish madaniyatini, o‘zining burch va huquqlarini bilishi – huquqiy madaniyatini, ijtimoiy hayotda qatnashishi – siyosiy madaniyatini anglatadi. Madaniyat hozir inson faoliyatining va ijtimoiy taraqqiyotning ko‘rsatkichiga aylangan”.(Qarang. Boboev H., Hamroev T., Alimasov V. Madaniyatshunoslik. Toshkent, Yangi asr avlodi. 2001 yil. 7-8-betlar ) Madaniyat to‘g‘risidagi dastlabki nazariy tasavvurlar sivilizatsiyaning ilk bosqichlarida paydo bo‘lib, dunyoning mifologik suratida mustahkamlangan edi. Antik davrdayoq insonlar hayvonlardan farqlanishini bilganlar va tabiat dunyosini insoniyat dunyosidan ajratadigan qirra borligini tushunib yetganlar. Keyinchalik bu farqni “madaniyat” (“kultura) deb atay boshlaganlar. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling