Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda
Grek demokratiyasi yoki klassik davr madaniyati
Download 1.17 Mb.
|
Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning -fayllar.org
Grek demokratiyasi yoki klassik davr madaniyati
Miloddan avvalgi V asr Yunonistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan eng yuksak taraqqiyot bosqichiga kо‘tarilgan davri hisoblanadi. Bu davr haqiqatdan ham yunon elining „oltin asri” deb atashga arziydigan davridir. Miloddan avvalgi V asrga kelib aristokratlar va demokratlar о‘rtasidagi siyosiy kurash avj oladi. Bu kurashda Perikl boshliq demokratlar g‘alaba qilishadi. Perikl davrida Anaksagor, Suqrot (Sokrat) Demokrit kabi buyuk faylasuflar, „Tarix fanining otasi” Gerodot hamda Sofokl, Esxil, Evripid kabi buyuk tragiklar, mashhur haykaltarosh Fidiy va boshqalar yashab ijod etganlar. Perikl davrida birinchi marta davlat lavozimlariga maosh tо‘lash joriy qilinadi. Maxsus teatr puli joriy qilingan, ya’ni teatrga borgan kun uchun ham haq tо‘langan. Chunki, teatr Afinaning ongli fuqarosini tarbiyalashning asosiy vositasi hisoblangan. Notiqlik san’ati keng quloch yoygan. Natijada sud notiqligi, harbiy notiqlik va siyosiy notiqlik yuksak darajaga kо‘tarilgan. Bundan tashqari, notiqlik san’atining rivoji adabiy tilning shakllanishi hamda notiqlik nazariyasi hisoblangan „Ritorika” ilmining taraqqiy etishiga turtki bergan. Perikl zamonasida ilmiy-falsafiy ta’limotlar yuqori taraqqiyot darajasiga kо‘tarilgan. Ilmiy tafakkur egalari о‘z asarlarida tabiat hodisalari va ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarini ochib bergan. Ularni ilmiy jihatdan izohlashga intiladilar. Klassik davr falsafasining asosiy xususiyatlaridan biri- pantezm, ya’ni ilohiy kuchlarni koinot hodislaridan axtarib kо‘rish insonni eng aqlli va qudratli kuchga ega bо‘lgan mavjudot sifatida tan olish, uning kelajagiga umid bilan qarashdan iboratdir. Bu davr falsafasining kо‘zga kо‘ringan vakillaridan biri Periklning ustozi Anaksagor (mil. avv. 500-428 yillar) bо‘lgan. U - obyektiv borliqni bitmas-tuganmas zarralardan tarkib topgan va abadiy mavjud deb hisoblaydi. Barcha jismlar mayda zarralardan. havo eng mayda havo zarrachalaridan, daraxt eng mayda yog‘och zarrachalaridan gо‘sht eng mayda gо‘sht zarrachalaridan tug‘ilgan, deb ta’kidlaydi. Shuningdek, barcha narsalarning kelib chiqishini qudartli kuch -“olamiy aql” bilan bog‘lab kо‘rsatadi. Uningcha Quyosh va Oy iloxiy kuchlar emas, balki abadiy porlab, yonib turadigan jismlardir. Ibtidoiy materializmning asoschisi hisoblangan Demokrit (mil. avv. 460-370 iillar) butun koinot, shu jumladan yerimiz ham undagi barcha narsalar, odamlar, hayvonlar va о‘simliklar ham modda jihatidan bir xil, lekin shakl va hajm jihatidan turli xil bо‘lgan eng mayda zarrachalar-atomlardan iboratdir, deb ta’kidlaydi. Uningcha, atomlar abadiy va о‘zgarmasdir. Koinot behisob atomlardan tashqari bepoyon bо‘shliqdan ham iboratdir. Atomlar ana shu bо‘shliqda abadiy harakat qiladilar. Butun borliq, bizning fikr, sezgi va hislarimiz ham ana shu atomlarning harakati natijasida paydo bо‘ladi. Hech narsa yо‘qlikdan paydo bо‘lmaydi va hech narsa izsiz yо‘qolmaydi, tabiatdagi barcha о‘zgarishlar atomlarning bir holatdan ikkinchi bir holatga о‘tishi oqibatidir bо‘shliqdagi atomlarning harakati obyektiv zaruriyat qonuni asosida rо‘y beradi, hech qanday tasodifiy hodisa bо‘lmaydi. Uningcha, har qanday inson fikr yuritish orqali о‘zini qurshab turgan olamni bilishi va haqiqatga erishishi mumkin Sukrot (Sokrat) - (mil. avv. 471-399 yillar) о‘zining butun umri davomida birorta ham asarlar yozmagan bо‘lsa-da uning falsafiy qarashlari shogirdlari asarlari, shuningdek, xalq donishmandligi orqali keyingi avlodlarga yetib kelgan. Suqrotning fikricha, haqiqatni bilishning birdan bir yо‘li muayyan metod-yо‘ldan foydalanishdir. Uningcha, bu metod insonning о‘z-о‘zini bilishdan iboratdir. Shuninguchun ham u doimo „men hech nimani bilmasligimni bilaman” deb ta’kidlagan. Uningcha, bilim eng avvalo insonning о‘zini sinchiklab о‘rganishdan boshlanadi. Inson о‘z ruhiy holatini chuqur tahlil qilgandan sо‘nggina, о‘zi yashayotgan hayotning turli-tuman muammolarini hal qila oladi ya’ni mutlaq haqiqatni tushunib yetadi. Haqiqat esa bahs-munozaoa orqali aniqlanadi. Suqrotning kо‘zga kо‘ringan shogirdlaridan biri Platon (mil avv. 43/-347 yillar) antik davr obyektiv idealizmining asoschisi hisoblanadi. U Afina shahrida Platon akademiyasi nomi bilan mashhur bо‘lgan falsafa maktabiga asos soladi. U insonni о‘rab turgan narsalar-ni abadiy о‘zgarmas olamiy ruhlardan tug‘ilgan, deb hisoblaydi. Uningcha, olam ikkiga „ruhlar” va „soyalar” dunyosiga bо‘linadi. „Soyalar dunyosi” о‘tkinchi, ya’ni vaqtincha dunyo bо‘lib, „ruhlar dunyosi” ning soyasidir, ya’ni aksidir. „Ruhlar dunyosi” makon va vaqtga bog‘liq emas. U abadiy harakatsiz va о‘zgarmasdir. Inson yashayotgan dunyo о‘tkinchi va aldamchi dunyo bо‘lib, undagi barcha narsa va hodisalar „ruhlar dunyosi”- dagi narsa va hodisaparning soyasidir. Masalan, „ruhlar dunyosida”gi turli narsalar, predmetlar va hodisalar aslida ideya shaklida mavjud bо‘lib, „soyalar dunyosi”dagi narsalar, predmet va hodisalarda gavdalanadi. Shuningdek, Platon moddiy dunyo va undagi narsa va hodisaparni "hissiy bilishning birdan-bir manbai deb hisoblaydi. Lekin hissiy bilish orqali kishilar real narsalarni bila olmaydilar, chunki u orqali haqiqat - ruhni emas, balki noreal narsalar - moddiy predmetlarni sezadilar, ular tо‘g‘risidagi notо‘g‘ri, yolg‘onchi tasavvurlarga ega bо‘ladilar. Platon ham ,,dialektika”ni (baxs yuritish)ni bilishning birdan-bir yо‘li-metodi deb hisoblaydi. Platonning davlat va siyosat tо‘g‘risidagi tushunchalari asosida ,,uch tabaqa” nazariyasi yotadi. Uningcha, birincha tabaqaga faylasuflar kiradi va ularning asosiy vazifasi davlatni boshqarishdir. Ikkinchi tabaqaga harbiylar kiradi. Ularning asosiy vazifasi davlat va uni boshqaruvchi faylasuflarni qо‘riqlashdan iboratdir. Uchinchi tabaqaga dehqonlar va kosiblar kiradi. Ularning asosiy vazifasi davlatni boshqaruvchi faylasuflar, hamda ularni qо‘riqlayotgan harbiylarni boqishdir. Platon qullarni hatto odamlar qatoriga kiritmaydi ham. Platon davlatni boshqarishning uch usuli: a) Monarxiya (bir kishi tomonidan boshqarish); b). Aristokratiya (oliy tabaqa-ozchilik tomonidan boshqarish); v) Demokratiya (kо‘pchilik-xalq hokimiyati) kabilarni kо‘rsatib о‘tadi. Ulug‘ faylasuf Aristotel (mil. avv. 334-322 yillar) falsafiy masalalarni hal etishda materializm va idealizm о‘rtasida ikkilanadi. U о‘zining falsafiy qarashlarini ilgari surarkan, о‘z ustozi Platonga qarshi boradi, ya’ni Platon falsafasini rad etadi. Masalan, Platonning „Ruhlar” nazariyasini rad etib, moddiy dunyoning haqiqiy dunyo ekanligini, uning hamisha mavjudligi va obyektiv xarakterga egaligini, Platon ,,ruhi”ga muhtoj emasligini ta’kidlab о‘tadi. Aristotel olam besh elment - suv, olov, tuproq, havo va ilohiy efirdan iboratligini kо‘rsatib, osmon va yulduzlarni „ilohiy efir” deb ta’kidlaydi. Uningcha, moddiy dunyo obyektivdir. Undagi barcha narsalar bir-biriga tо‘xtovsiz о‘tib turadi va ularning asosida faqat materiya yotadi. Tabiat doim harakatda. Moddiy dunyo inson bilimlarining asosiy manbaidir. Inson о‘z sezgilari orqali uni his qiladi va uning mavjudligini anglab yetadi. Aristotel о‘zining davlat tо‘g‘risidagi fikrlarini ilgari surib, uning monarxiya (bir shaxs idora qiluvchi), aristokratiya (ozgina shaxslar idora qiluvchi) va demokratiya (xalqning idora qilishi)ga asoslanuvchi davlat tuzumlarining mavjudligini kо‘rsatib о‘tadi. Shuningdek u, har qanday davlat tipizararli, aynigan davlat tipiga ham aylanishi mumkin. Chunonchi, monarxiya aynib tiraniyaga, ya’ni bir shaxsning nazoratsiz hukmronligiga, aristokratiya aynib oligarxiyaga, barcha noz-ne’matlarni о‘ziniki qilib olgan shaxslar hukmronligiga aylanib ketishi mumkin. Demokratiya aynib oxlokratiyaga, ya’ni olomonning – qora xalqning tartibsiz hukmronligiga aylanib ketishi mumkin. V asrning ikkinchi yarmiga kelib, Ellada ijtimoiiy hodisalarni о‘rganishni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘ygan ijtimoiy-falsafiy oqim paydo bо‘ldi. Bu oqim vakillari о‘zlarini “sofistlar”, (“sofist” dastlab “donimand”, “bilimdon”, “olim” kabi ma’nolarni anglatgan, sо‘ngra bu ibora falsafa muallimlariga nisbatan laqab sifatida ishlatilgan) deb ataganlar. Sofistlar о‘z davrining bilimdon kishilari bо‘lib, о‘z zamondoshlarining zehnini boyitish va ilmli-ma’rifatli bо‘lishlarida katta rol о‘ynaganlar. Ular yoshlarga nafaqat astranomiya, geometriya, musiqa, mantiq, falsafa kabi fanlardan ilm berganlar, balki insoniy hayot muammolaridan, davlatning vujudga kelishi va tuzilishi, siyosiy hayotni tashkil etish masalalaridan ham saboq berganlar. Sofistlar nafaqat falsafa ilmida faoliyat kо‘rsatadilar, balki fanning turli sohalarida ham ijod qiladilar. Masalan, ilmiy meditsinaning asoschisi Gippokrat (mil.avv. 460-375 yillar) muolaja san’ati masalasini yorituvchi asarlar ham yaratadi. U meditsina sohasini mustaqil fan sohasiga aylantiradi. Gippokratning fikriga kо‘ra, vrach kasallikni emas, balki bemorni davolashi kerak. U tashqi muhit – iqlim, tuproq, suv, kishilarning yashash sharoitlari, mamlakat qonunlari va boshqa omillarning inson jismoniy va ruhiy holatlarining shakllanishiga ta’sir kо‘rsatishini asoslab beradi. Gippokrat kasalliklar etnologiyasi (kasallikning kelib chiqish sabablari) va uni aniqlash (daognostikasi)ni hamda kasallikni davolash tamoyillarini ishlab chiqadi. Shuningdek, vrach xulq-atvori qoidasi (“qasamyodi”) matnini amalga kiritadi. Qadimgi yunon teatri va dramaturgiyasining paydo bо‘lishida diniy bayramlar, turli xil marosimlar va rasm-rusumlar muhim rol о‘ynagan. Yunon dramaturgiyasining barcha turlari – tragediya, komediya hamda satirlar dramasi ana shu diniy bayramlar, rasm-rusumlar, va ayniqsa Dionisga bag‘ishlangan marosimlar asosida maydonga kelgan. Qadimgi yunon dramaturgiyasining asosiy janrlaridan biri hisoblangan tragediya ham, komediya ham kelib chiqishiga kо‘ra, Dionis bayramlariga bog‘liqdir. Masalan, Aristotel о‘zining “Poetika” asarida “tragediya” iborasining о‘zi ham Dionis shaxsi bilan bog‘liqdir, bu atama “trago” va “oide” sо‘zlaridan tashkil topgan bо‘lib, “taka qо‘shig‘i” degan ma’noni anglatadi, deb yozadi. Qadimgi yunonlar Dionisni ham taka qiyofasida tasavvur qilganlar. Aristotelning ta’kidlab kо‘rsatishicha, “komediya” sо‘zi ham masxarabozlarning qо‘shiqlari va harakatlariga bog‘liq bо‘lib, “como” va “oide” , “masxarabozlar qо‘shig‘i” sо‘zlaridan olingan. Qadimgi yunon teatri hozirgi zamon teatriga umuman о‘xshamagan. Birinchidan, qadimgi yunon teatri hajm jihatidan benihoya ulkan bо‘lgan. Ikkinchidan, tomoshalar kunduz kuni ham ochiq havoda kо‘rsatilgan. Qadimgi Afina teatrlari hozirgi zamon stadionining yarmi kо‘rinishida bо‘lib, 17 minggacha tomoshabinni sig‘dirgan. “Teatr” sо‘zining asl ma’nosi “kо‘rish”, “kuzatish” degan ma’nolarni anglatgan. “Teatr” atamasining butun teatr binosiga nisbatan ishlatilishi taxminan milodiy V asrlarga kelib iste’molga kiritilgan. Yunon teatrlari kо‘pincha tog‘lik, qiyalik, tepalik yonbag‘rilarida qurilgan. Aktyorlar tomosha kо‘rsatadigan joy sahna (ssena gr. “skena” sо‘zidan olingan bо‘lib, “chodir” legan ma’noni anglatadi.) Haqiqatan ham aktyorlar tomosha о‘tkaziladigan joyning orqa tomoniga qurilgan chodirdan kiyinish va niqoblarni almashtirish joyi sifatida foydalanishgan. Pasta – sahna oldida xor joylashgan. Xorning vazifasi sahnada rol ijro etayotgan aktyorlarning ijro uslubini yanada kuchaytirish hamda Dionisga atab yozilgan yoki ijro etilayotgan tomoshalardagi voqealar rivojini yanada kuchaytirishdan iborat bо‘lgan. Xor joylashgan sahnaning pastki qismi “orxestro”(hozirgi “orkestr” sо‘zi) deb nomalangan. Qadimgi yunon aktyorlari rol ijro etishganda yuzlariga niqob kiyib olganlar. Chunki, teatrlar benihoya katta bо‘lganligidan, aktyorlarning yuz ifodalari tomoshabinlarga yaxshi kо‘rinmagan. Bu kamchilik о‘rnini turlicha yuz ifodalari tushirilgan niqoblar tо‘ldirib turgan. Niqobning yana bir xususiyati – bitta aktyor turli-tuman rollarni, hatto ayollar qiyofasida ham chiqishi mumkin bо‘lgan. Aktyorlar foydalanadigan niqoblar turg‘un bir ruhiy holatni ifodalagan va chinakam insoniy kechinmalarni yashirib turgan. Shuningdek, aktyorlarning о‘zlari baland ovoz bilan deklamatsiya qilishlari, xorning butun tomosha davrida bir joydan qimirlamasdan turishi tomoshalarning hayotiyligiga putur yetkazgan.(Qarang. Istoriya zarubejnogo teatra. M. Prosvesheniye. 1971. str. 15) Shunga qaramasdan qadimgi yunon teatrlarining umum insoniy ma’naviy taraqqiyotiga, shu jumladan hozirgi teatr san’atining rivojiga ulkan ta’sir kо‘rsatgan. Qadimgi yunon teatrining shakillanishi va rivojlanishi jarayoni о‘z navbatida buyuk dramaturglarning paydo bо‘lishiga olib kelgan. Qadimgi yunon tragediyasining titanlaridan biri „tragediya otasi Esxil (mil.avv. 525-456 yillar) 90 taga yaqin tagediya yaratgan. Bizgacha uning faqat yettita tragediyasi „Eroniyilar”, “Fivaning yetti dushmani”, “Iltijogо‘ylar”, „Zanjirband Prometey”, „Orestiya” trilogiyasiga kiruvchi “Agomemnon”, “Xoyeforlar”, “Evmenidalar” kabi tragediyalari yetib kelgan. Esxil asarlarida taqdir bilan qahramonning irodasi yonma-yon qо‘yiladi. Esxil mashhur Prometey obraziga о‘ziga xos tarzda yondashadi. U Prometeyni ulug‘ titan, insoniyatning homiysi, odam zotini halokatdan qutqaruvchi buyuk rahnamo sifatida tasvirlaydi Prometey odam bolasiga uy-joy qurishni, kema yasashni, о‘qish-yozishni, hisob ilmini, dehqonchilik ishlarini, eng muhimi Olimp tog‘idan olovdan о‘g‘irlab olib kelib undan foydalanishni hamda boshqa turli xil hunarlarni о‘rgatadi. Prometeyning bu xizmatlari tufayli inson bolasining hayoti yengillashib, turmush kechirishi osonlashadi. Esxil haqiqatan ham tragediyaning otasi hisoblanadi. Chunki u tragediyani barkamollik bosqichiga kо‘tara oladi. U birinchi bо‘lib, tragediyaga ikkinchi aktyorni kiritadi. Uning bu yangiligi dramaturgiya janrida ulkan о‘zgarish yasaydi. Aristotel о‘zining “Poetika” asarida bu xususda shunday deb yozadi: “Esxil birinchi marta aktyorning sonini ikkitaga kо‘paytiradi, xorning rolini qisqartiradi va shu bilan birga dialogning rivoj topishiga zamin hozirlaydi”. (Qarang: Aristotel. Poetika. Toshkent. 1980. 13-bet.) Qadimgi yunon tragediyanavislaridan biri Sofokldir (mil.avv. 496-406 yillar). U 120 dan oshiqroq asar yozgan bо‘lib, bizgacha atigi yettitasi-gina yetib kelgan. Sofokl о‘z tragediyalarida qahramonlarning ruhiy holatlariga alohida e’tibor beradi va asar mazmunining hayotiyligiga erishadi. Xorning vazifasini qisqartirish orqali bir tomondan voqealar-ning keskinlashuviga erishsa, ikinchi tomondan asarga uchinchi aktyorni kiritadi. Sofokl islohotlari dramaturgiya janrining mavjud imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Shuningdek u dramaga dekoratsiyani kiritgan..Sofoklning “Shoh edip”, “Edip Kolonda”, “Antigona” kabi tragediyalari jahon adabiyoti oltin xazinasidan munosib о‘rin egallaydi. Dramaturg Fespid mil.avv. VI asr oxirlarida о‘z asarlariga birinchi aktyorni kiritadi. Ungacha teagr san’atida asosiy vazifani xor bajargan Fespid qadimgi yunonlarning birinchi dramagurgi sanaladi. Er.avv. 534 yilda uning birinchi tragediyasi sahnalashgiriladi Ana shu yil jahon teatr san’atining tug‘ilgan yili hisoblanadi. Qadimgi yunon tragediyanaviligining uchinchi vakili Yevripid (er. av. 480-406 yil)dir. U qadimgi yunon tragediyanavislaridan farqli о‘laroq, о‘z tragediyalarida tasvirlayotgan voqealarni demokratik nuqtai nazardan tasvirlashga harakat qiladi. U voqealarni bо‘rttirmasdan, realistik tarzda yoritib berishga intiladi. О‘z davrining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axlokiy masalalarini yoritib berish, bu masalalarni hal qilishni tomoshabin hukmiga havola etishga intilish Evripid ijodining asosiy xususiyati hisoblanadi. Uning asarlaridagi personajlar falsafiy fikr-mushohada qilishi, voqea va hodisalarni falsafiy tahlil qilishi bilan ajaralib turadi. Shu bosidan ham о‘sha davr kishilari Yevripidni “sahnadagi faylasuf” deb ataganlar. (Istoriya Zarubejnogo teatra. M.Prosvesheniye.1971. str.17.) Buyuk tragediyanavis hisoblangan Yevripid о‘z asarlarining markaziga tirik odam obrazini qо‘yadi. Shuning uchun ham Evripid qahramonlari Esxil, Sofokl qahramonlaridan farqlanib turadi. Aristotel о‘zining “Poetika” asarida yozishicha, Sofokl о‘z asarlari bilan Esxil asarlari о‘rtasidagi tafovutni tan oladi, va shunday deb yozadi: “U (Sofokl) odamlarni qanday bо‘lishi kerak bо‘lsa, shunday tasvirlagan. Yevripid esa qanday bо‘lsa shunday tasvirlagan” (Aristotel. Poetika. Toshkent. 1980. 53-bet.) Mil avvalgi V-IV asrlar nafaqat qadimgi yunon teatr va daramaturgiyasining rivojlangan davri hisoblangan, balki bu davrda proza janri, ayniqsa, uning tarixiy proza janri ham taraqqiyot bosqichini bosib о‘tgan. Tarixiy prozada qalam tebratgan buyuk mutafakkirlardan biri “tarix otasi” deb tan olingan Gerodotdir (mil.avv 485-425). Gerodot Misr, Eron, Bobil, Finikiya davlatlarini, Qora dengizning shimoliy qirg‘oqlaridagi yunon mustamlakasi hisoblangan Skifiyani kezib chiqadi va bu hududlarda yashovchi xalqlar tarixini, marosimlari va diniy qarashlarini о‘rganadi. U о‘zining “Tarix” asarida qadim ajdodlarimiz yashagan hududlarga oyoq bosmagan bо‘lsa-da, ularning hayotini tasvirlashga qarakat qiladi. Gerodotning ta’kidlashicha, Kaspiq dengizi sohillaridan boshlab, Sirdaryoning о‘rta oqimiga qadar chuzilib ketgan keng sarhadlarda massaget kо‘chmanchi qabilalari yashagan. Ular hech qanday ekin ekmaganlar, faqat chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Mehnat qurollari asosan, misdan yasalgan. Ayollari erkaklar singari jasur bо‘lganlar va erkaklar bilan bab- baravar janglarda qatnashganlar, hatto qabila boshlig‘i bо‘lib saylangan-lar. Qadim ajdodlarimiz qahramonliklari va vatanparvarliklarini madh etuvchi ,,Tо‘maris va ,,Shiroq haqidagi qissa hamda afsonalar ham Gerodot-ning ana shu asari orqali bizgacha yetib kelgan. Klassik davrga kelib tasviriy san’at, arxitektura va haykal- taroshlik yuqori rivojlanish bosqichini bosib о‘tadi. Bu davr san’ati-da kо‘proq realistik tasvir yaqqolroq kuzga tashlanadi. О‘sha davr ijod-korlari о‘z e’tiborlarini inson obrazini ravshanroq tasvirlashga qarata boshlaydilar. Obyektiv dunyo voqealarini realistik tarzda san’at asarlariga singdirishga intiladilar va san’at tarixida birinchi marta insonni hayratlantira oladigan me’moriy yodgorlik-lar va insonning yorqin obrazini tasvirlovchi haykallar yaratadilar Klassik davrning boshlari (mil.avv.490-450 yillar)da kо‘plab me’moriy binolar yaratilib, Eron-yunon urushida vayronaga aylangan ayrim shaharlar qayta tiklanadi. Bu davrda qurilgan kо‘pgina ibodat-xonalar doriycha uslubda qurilgan. Periklning buyrug‘iga kо‘ra, Afinaning ichki qal’asi - Akropolda hunarmandchilik va shahar homiysi hisoblangan Afinaga bag‘ishlab qurilgan ibodatxona – Parfenon quriladi. Ibodatxona о‘rtasida faqat fil suyagi va oltindan yasalgan Afinaning о‘n tо‘rt metrlik haykali о‘rnatilgan. Tarixiy ma’lumotlarga kо‘ra, haykalga sarflangan mablag‘ о‘sha davr Afina shahrining 20 iillik byudjetiga tо‘g‘ri kelgan. Parfenondan tashqari Akropolda Attikaning afsonaviy podshohi Erexteyga atalib qurilgan Ereyteyon ibodatxonasi va yana bir qancha binolar qurilgan. Akropolning hovli sahni gulzorlar, daraxtlar bilan bezatila-di, marmar va bronzadan haykallar о‘rnatilgan. (Qarang:Alimuhamedov A. Antik adabiyot tarixi. Toshkent О‘qituvchi. 1969. 101-bet.) Qadimgi yunon haykaltaroshlari va arxitektoralari hamkor-likda ikkala san’atni sintez qilish natijasida о‘ziga xos mahobatli va nihoyatda gо‘zal san’at asarlarini yaratganlar. Arxitektura yodgor-liklarida haykallardan ustun sifatida foydalanish, bino devorlari, kapitel-muqarnasning tepa qismi va binoning boshqa ayrim joylariga relefli haykaltaroshlikdan, shuningdek, binoning fronton (bino-ningengyuqori chо‘qqisi) qismiga haykallar о‘rnatish binoga о‘ziga xos gо‘zallik va salobat baxsh etgan. Qadimgi yunonlar ibodatxonlarning ustunlarini ba’zan sharqcha kiyingan ayollar – kariaditalar (binoning ayollar gavdasi shaklidagi tayanch ustunlari) haykallari bezab turgan. (Qarang: Ergashev SH.Qadimgi sivilizauiyalar. Toshkent. O”ZBEKISTON/ 2016 yil, 238-bet.) Haykaltaroshlikning rivojlanishi yuqori klassik davriga kelib, nihoyatda yuksak darajaga kо‘tarilgan. Haykaltaroshlar odam qomati va yuz tuzilishini tо‘g‘ri tasvirlabgina qolmay, о‘z asarlarida murakkab harakat-larni ham ifodalashga, kompozitsiya yechimining hayotiy bо‘lishiga alohida e’tibor bera boshlaydilar. Bu davrning eng buyuk haykaltaroshlaridan biri Miron hisoblanadi. Uning mashhur asarlaridan biri ,,Diskabol” (,,Disk uloqtiruvchi”) haykalidir. U „Diskabol” haykali orqali о‘zini boshqara oladigan, har qanday holatda о‘zini tuta biladigan odam qiyofasini gavdalantirib, qadimgi yunonlarning ideal inson tо‘g‘risidagi tushunchasini ifodalab beradi. Agar buyuk haykaltarosh Miron о‘z asarlarida kuchli va keskin harakatlarni tasvirlash va bu bilan insonning ma’naviy gо‘zalligini ifodalashga intilgan bо‘lsa, shu davrning yana bir buyuk haykaltaroshi, Peloponnes maktabining vakili Poliklet xotirjam, tinch holatda turgan inson qiyofasida uning ichki ma’naviy olamini ochib berishga intiladi. Uning ,,Dorifor” (“Nayzabordor”) asari uning shu davrdagi izlanishlarini namoyish etadi. Bu asarda harakat va osoyishtalik bir-biri bilan uyg‘un-lashib ketadi. Mashhur yunon haykaltaroshi Fidiy о‘z asarlarida greklarning jasurligini, eronliklar ustidan qozonilgan g‘alabani aks ettiruvchi haykallar ishlagan. Uning ilk asarlari oltin va fil suyagidan yasalgan. V asrning 70 yillarida afinaliklar buyurtmasiga kо‘ra, Fidiy Marofon jangini ulug‘lovchi kо‘p figurali kompozitsiyani yaratgan. Mil.avv.460 yillarida Appolonning bronzadan yasalgan yirik haykalini, mil.avv.460-450 yillarda esa mashhur jangchi ayol Afina haykalini yaratadi. Fidiy bir qator monumenttal haykallarningham muallifidir. Uning Akropoldagi oltin va fil suyagidan yasalgan Afina haykallari, Olimpiadadagi Zevs haykali о‘ta mashhur asarlar hisoblanadi. Yetti iqlimning yetti mо‘jizalaridan biri-Zevs haykali ibodatxona ichida joylashgan bо‘lib, uning (ibodatxonaning) uzunligi 64 metr, eni 28 metr, xonaning ichki balandligi 20 metr bо‘lgan. Ulkan zalning oxirida taxtda о‘tirgan holdagi Zevs haykali savlat tо‘kib turgan. Zevsning boshi binoning shipiga tegib turgan. Zevsning badanini pushtirang fil suyagidan ishlangan plastinka yopib turgan. Kiyimi oltin qoplamadan yasalgan. О‘ng qо‘lida g‘alabalar va yutuqlar ma’budasi Nikaning oltindan yasalgan haykalchasi, ikkinchi qо‘lida asoni ushlab turgan. Zevs о‘tirgan taxt fil suyagidan bо‘rtma holda va oltindan ishlangan haykalchalar bilan bezatilgan. Keyinchalik Vizantiya imperatori Feodosiy Zevs haykalini Konstantinopol(hozirgi Stambul)ga kо‘chirtiradi. Ular xristian diniga sig‘ingan bо‘lsalar-da, Zevs haykalini buzib tashlashga hadlari sig‘maydi. Milodning V asrida imperator Feodosiy II ning saroyiga о‘t ketadi. Ulkan haykalning yog‘och qismi butunlay kulga aylanadi, oltindan yasalgan qismlari esa erib, yaltiroq bо‘laklarga aylanadi. Sо‘nggi klassika davri haykaltaroshlari о‘z qobiliyati, dunyoqarashi va imkoniyatlaridan kelib chiqishib, inson ma’naviy olamining turli qirralarini ochib berishga harakat qiladilar. Bu davrning mashhur haykaltaroshi Praksitel qadimgi yunon haykaltaroshlari ichida birinchi bо‘lib, ideal ayol qiyofasini, ya’ni ishq-muhabbat va gо‘zallik ma’budasi Afrodita obrazini aks ettirib beradi. Grek klassikasi bilan ellinistik davr chegarasida yashab ijod etgan buyuk haykaltaroshlardan biri Lisipp edi. U о‘z haykallarida kо‘proq jismoniy baquvvat va irodasi kuchli shaxslarni e’zozlaydi va ularni kо‘proq charchagan va dam olayotgan holda tasvirlagan. Umuman olganda bu davr san’atining asosiy xususiyati shunda ediki, san’atkorlar insoniyat tarixida birinchi marta о‘z ijodlarini qat’iy aniq ilmiy asosga qurib, odam bolasining tanasidagi hatto eng kichik a’zolarini ham aniq mutanosib uyg‘unlikda tasvirlaganlar va abadiy barhayot gо‘zallik yaratib qoldirganlar. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling