Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda


Download 1.17 Mb.
bet48/70
Sana30.01.2024
Hajmi1.17 Mb.
#1808998
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70
Bog'liq
Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning -fayllar.org

GOMER DAVRI MADANIYATI
Miloddan avvalgi XI-IX asrlar odatda Gomer davri deb yuritiladi. Bu davr madaniyatini о‘rganishda Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari qimmatli manba hisoblanadi. Gomerning mazkur dostonlari qadimgi yunonlarni ulug‘lovchi, yuksakliklarga kо‘taruvchi dostonlardir. Chunki, buyuk haykaltarosh Fidiy tasvirlaganidek, “Gomerning “Iliada” dostonini о‘qiganda undagi kishilar obrazi ikki marta ulug‘vor bо‘lib kо‘rinadi”.
Bu davrning Gomer davri deb atalishida Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlarida qadimgi yunonlarning о‘ta ulug‘vorlik darajasiga chiqilganligi muhim rol о‘ynagan. Chunki, “Iliada” va “Odisseya” dostonlarida oddiy insonlar xudo darajasiga olib chiqiladi. Yunonistonning oriyat va nomusni inson axloqiy idealining eng yuqori chо‘qqisi deb bilan qahramonlari Troyaga qarshi kurash olib boradilar. Bu urush bosqinchilik urushi emas, balki toptalgan or-nomusni himoya qilish urushi sifatida talqin etiladi. Bu urushda kishilarning ulug‘vor bо‘lib kо‘rinishining yana bir sababi, xudolar va qahramonlarning hamkorlikda jang olib borganliklaridir. Xudolar ham oddiy insonlar singari jangu-jadalda qatnashadi, tarafkashlik urushida tomonlarni qо‘llab-quvvatlaydi. YA’ni, insonlar xudolar darajasiga kо‘tarilib, xudolar esa insonlar darajasiga tushiriladi.
Aql-idrokda qudratli kuch bо‘lgan inson obrazi bu davr madaniyatiga singa boradi. Bu darga kelib, Krit-Mikena davri dunyoqarashida hukmronlik qilgan mifologik obrazlar, ya’ni yirtqich hayvonlar obrazi inson kо‘z о‘ngida о‘z kuchini yо‘qota boradi. Mifologik dunyoqarash sifatida shakllangan hodisalar о‘zining sir-asrorlarini ocha boradi.
Inson tabiatning har bir hodisasiga hukmronlik qiluvchi xudolarning asl mohiyatini anglab yetishga harakat qila boshlaydi. Uning noma’lum bо‘lgan sir-sinoatlariga chuqurroq kirib borishga intiladi. U tabiat kuchlari ustidan sehrlash yoki jodu qilish orqali hukmron bо‘lishga intilmaydi, balki aql-idrokni ishga solib hukmronlik qilishga intiladi.
Bu davrda qadimgi grek dinining asosiy belgilari shakllana boradi. Ular о‘z dinlarini Fessaliya va Makedoniya chegarasida joylashgan Olimp tog‘i bilan Olimp dini, Olimp tog‘ining qorli chо‘qqisini о‘z xudolarining yashash joyi deb hisoblaydilar.
Qadimgi Yunonlarning tasavvuriga kо‘ra, olam dastlab “xaos” (tartibsizlik)dan iborat bо‘lgan. Sо‘ngra, Zevs boshchiligidagi xudolar olamning turli hodisalarini boshqarib, tartibga keltira boshlaganlar. Zevsning avlodlari butun olamga hukmronlik qila boshlaydilar, ya’ni butun koinotni о‘zlarining mulklariga aylantiradilar. Zevs momaqaldiroq hamda bulutlar sultoni, ma’budlar ma’budi bо‘lib qoladi. Uning ukasi Poseydon dengizlar hukmdori, yana bir ukasi Aid oxirat xudosi bо‘lib tayinlanadi. Zevsning rafiqasi Gera osmon ma’budasi, ma’budlar malikasi, homilador ayollar va kelin-kuyovlar rahnamosi hisoblanadi.
Zevsning har bir farzandi ikkinchi darajali ma’bud va ma’budalarga aylanadilar. Ular ham olamning turli xil hodisalariga hukmronlik qila boshlaydilar yoki rahnamolarga aylanadilar. Masalan Gefest – otash ma’budi, temirchilar piri; Ares qonli urushlar ma’budi; Appolon yorug‘lik, san’at, she’riyat va musiqa ma’budi; Artemida qamar ma’budasi, о‘rmon va о‘rmonda yashovchi jonivorlar malikasi; Afina – shaharlar homiysi; Afrodita gо‘zallik ma’budasi; Erot – sevgi ma’budi; Germes – ma’budlar jarchisi, о‘lganlar ruhini oxiratga kuzatib boruvchi; Dionis – bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik xudosi; Demetra- tabiat ma’budasi hisoblangan.
Qadimgi greklarning tasavvuriga kо‘ra, butun tabiatda ilohiy mavjudotlar yashaydi. Chakalakzorlarda driadalar, nimfalar, echki oyoqli satirlar yashasa, dengizda nayadalar va ayol boshli qush – sirenalar hayot kechiradilar.
Qadimgi Yunonistonda xudolarga atab turli-tuman bayramlar tashkil etilgan. Bayramlar diniy xarakterga ega bо‘lish bilan birga insonni jismoniy chiniqtirgan, musiqa, poeziya, qо‘shiq va boshqa san’at turlarining rivojlanishiga ham ulkan hissa qо‘shgan.
Qadimgi yunonlar xudolarga atab tashkil etgan ulkan bayramlardan biri – Olimpiada о‘yinlaridir. Olimpiada о‘yinlari har tо‘rt yilda bir marta ma’budlar ma’budi Zevs sharafiga о‘tkazilgan. Birinchi Olimpiada о‘yini miloddan avvalgi 776 yilda о‘tkazilgan. Olimpiada о‘yinlari Peloponnesning Shimoli G‘arbida joylashgan Olimpiya shaharchasida о‘tkazilgan. Olimpiada о‘yinlari tantanali namoyish va qurbonlik qilish bilan boshlangan. Dastlab olimpiadachilar faqat yugurish bо‘yicha musobaqalashgan. Vaqt о‘tishi bilan olimpiada о‘yinlariga kurash, pentatlon (yugurish, uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza otish va kurashdan iborat besh kurash), mushtlashish jangi hamda aravalar poygasi kiritilgan.
Olimpiya о‘yinlari kunlari dramaturglar, shoirlar, ashulachilar va sozandalar ham bahslashganlar, о‘zlari yaratgan asarlarni yig‘ilgan xalq hukmiga havola qilganlar.
Umuman olganda, olimpiya о‘yinlari singari bayram musobaqalari qadimgi yunon madaniyati, adabiyoti va san’atining keng kо‘lamda rivojlanishida ham muhim rol о‘ynagan, ijodkorlarning haqiqiy minbariga aylangan.
Qadimgi yunon madaniyati taraqqiyotida yunon yozuvining ahamiyati ham beqiyos katta bо‘lgan. Yunon yozuvi mil. avv. IX-VIII asrlarga kelib finikiya-liklar alifbosidan foydalanish asosida vujudga kelgan. Qadimgi yunonlar finikiyaliklarning faqat undosh tovushidan iborat bо‘lgan 22 harfidan о‘zgartirilgan holda foydalanganlar, ya’ni greklar о‘z alifbolariga unli tovushlarni qо‘shib, 24 harfdan iborat о‘z alifbolarini tuzganlar. Qadimgi yunon yozuvining ahamiyati, shundaki, slavyan alifbosi grek alifbosi asosida tashkil etilgan.
Gomer davri arxitekturasi va san’atida yuqori badiiy taraqqiyotga erishilmagan bо‘lsa-da, diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq bо‘lgan terrakota haykalchalar (ma’budlarning kichik haykalchalari) yog‘och va toshdan ishlangan qо‘pol sanam va butlar ishlangan.
Bu davrda hunarmandchilik, kulolchilik va u bilan bog‘liq bо‘lgan vazaga gul solish san’ati ravnaq topgan. Vazalar va boshqa sopol idishlar yuzasiga geometrik naqshlar ishlana borgan.
Xulosa qilib aytganda, Gomer davri madaniyati – umumyunon madaniyatining kо‘zga yaqqol tashlanib turadigan bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu davr madaniyati, birinchidan, sistemalashgan diniy qarashlarning vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Dastlab xaosdan iborat bо‘lgan olam hamda barcha voqea va hodisalarni tartibga solib turadigan о‘ziga xos diniy dunyoqarash shakllangan. Ikkinchidan, diniy dunyoqarashga bog‘liq bо‘lgan turli xil marosimlar, bayramlar tarkib topa boradi. Birgina olimpiya о‘yinlari yoki Dionisga bag‘ishlangan bayram marosimlarini olib qarasak, ular diniy qarashlar natijasida vujudga kelganligini kо‘ramiz. Tasavvurdagi xudolar, ularning tashqi kо‘rinish – kо‘rkamligi, kuch-qudrat ufurib turadigan tashqi qiyofasi tо‘g‘risidagi tasavvurlar, dastlab umum Yunonistonga, sо‘ngra butun Ellinistik dunyoga keng tarqalgan olimpiya о‘yinlarining vuduga kelishi va rivojlanishiga olib keldi. Uchinchidan, xalq og‘zaki ijodining rivojlanishi yozma adabiyotning paydo bо‘lishiga sabab bо‘ldi. Bu esa о‘z navbatida voqea hamda hodisalarni mifologik tarzda tasvirlashdan realistik tarzda ifodalashga olib keldi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling