«Qor malikasi» “Qor malikasi”


Download 79.97 Kb.
Sana03.07.2020
Hajmi79.97 Kb.
#122804
Bog'liq
2 topshiriq


«Qor malikasi»

Qor malikasi”  yozuvchisi Hans Christian Andersen qalamiga mansub ertak. Ilk bor 1844-yilning 21-dekabrida „Yangi ertaklar. Birinchi jild. Ikkinchi toʻplam. 1845“ (Dancha: Nye Eventyr. Første Bind. Anden Samling. 1845) toʻplamida chop etilgan. Asarda Gerda va uning doʻsti Kay misolida yaxshilik va yovuzlik oʻrtasidagi kurash haqida hikoya qilinadi. 7 boʻlimga boʻlingan „Qor malikasi“ muallifning eng uzun va eng mashhur ertagidir. Asar Andersen qalamiga mansub koʻplab ertaklar toʻplamlariga kiritilgan. Ertak dunyoning oʻnlab tiliga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan.



Syujeti

„Qor malikasi“ ertagida Kay ismli bola va Gerda ismli qizcha boshidan kechirgan sarguzashtlar haqida hikoya qlinadi. Kayni Qor malikasi oʻz qasriga olib ketadi. Malika uning yuragiga muz parchasini joylashtiradi. Natijada bolakay qoʻpol va shafqatsiz boʻlib qoladi. Gerda qoʻrqmasdan Gerda qasriga boradi. U Kayni topadi, ammo doʻsti oʻzgarib qoglanini payqaydi. Shunday boʻlsa-da, Gerda oʻz mehri bilan Kayning muzlagan yuragini eritishga muvaffaq boʻladi. Kay va Gerda Qor malikasini yolgʻiz qoldirib, yanada yaqinroq doʻstlar oʻlaroq uyga qaytadilar.



Qahramonlari:

  • Kay – katta shaharda yashovchi kichik bolakay, Gerdaning doʻsti

  • Gerda – Kayning qoʻshnisi, doʻsti

  • Qor malikasi – qor bilan dunyo kezuvchi malika

  • Troll – voqelikni oʻzgartiruvchi koʻzgularni yasaydigan yovuz qahramon

  • Buvi – Kayning buvisi

  • Sehrgar kampir – Gerdani oʻzi bilan olib qolishga urinuvchi sehrgar

  • Qargʻa – yovvoyi qargʻa

  • Oʻrgatilgan qargʻa – Qor malikasi saroyida yashovchi qargʻa, yovvoyi qargʻaning doʻsti

  • Malika – Gerdaga yordam beruvchi malika

  • Shahzoda – kelib chiqishi kambagʻal oiladan boʻlgan shahzoda

  • Oʻgʻri kampir – Gerdani ushlab olgan oʻgʻrilarning biri

  • Oʻgʻri qizaloq – oʻgʻrilar kattasining qizi

  • Bae ( Bey) – Gerdani qor malikasi saroyiga eltuvchi bugʻu

  • Saam ayol - Gerda va Baega yordam beruvchi saam ayol

  • Fin ayol – Qor malikasi qasri yaqinida yashovchi fin ayol

«Irkit o‘rdakcha»

O'rdak o’zining tuxumlari orasida g'aroyib tuxumni topadi. Va undan eng Irkit o'rdakcha yorib chiqadi. Qushlarning hovlisida, Irkit o'rdakcha boshqalardan farq qilish qanchalik qiyinligini darhol tushunadi. Kulish va hujumlar butunlay chidab bo'lmagan darajaga chiqqanda, Irkit o'rdakcha o'z hayotini qochish yo'li bilan qutqarishga qaror qiladi. U og'ir sinovlar bilan yuzma-yuz keladi, lekin oxir-oqibatda u kimligini biladi.


Download 79.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling