Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda


Download 1.76 Mb.
bet23/62
Sana24.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1226415
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62
Bog'liq
Мадан.наз.ва.тар.ўқув.қўл. янги вариант. 11.12.22. (восстановлен) (восстановлен)

Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Abdullaev M., Umarov E., Ochildiev A., Madaniyatshunoslik asoslari. - Toshkent.: Turon-iqbol, 2006 y.
2.Abdurahmonov M., Raxmonov N. Madaniyatshunoslik. Toshkent. 2011.
3.Alimasov V.A.Ijtimoiy-ma’naviy meros va sharqona demokratiya.Toshkent. NOSHIR.2013.
4.Axmedova E, Gubaydullin R.. Kulturalogiya. Mirovaya kultura. Tashkent.: “Akademiya” xudojestv Uzbekistana. -2001 g.
5.Boboev X. va boshqalar. Madaniyatshunoslik asoslari. -Toshkent.: 2001 y.
6.Drach, G.V. Kulturologiya. Uchebnoe posobie. - SPb.: Piter, 2013.
7.Karmin A.S. Osnovы kulturologi. Morfologiya kulturы. Sankt-Peterburg. 1997.
8.Kulturologiya. XX vek: slovar. - SPb.: Universitetskaya kniga, 1997.
9. Nikitich, L.A. Kulturologiya. Teoriya, filosofiya, istoriya kulturы:
uchebnik dlya studentov vuzov.M.: Yuniti-Dana, 2005
10Ochildiev A. Madaniyat falsafasi. -Toshkent.: Muharrir, 2010 y.
11.Usmonov M. Madaniyat va axloq. T. Fan. 1986.
12.Falsafa. Qomusiy lug‘at. –Toshkent: Sharq, 2004.
13.Xayrullaev M., Shoraxmedov D. Madaniyat va meros. 1973 yil,
14.Ensiklopedik lug‘at. 1-2-kitob. T.,1988.


Takrorlash usun savollar.
1.Nima uchun vorisiylik qonuniyati madaniyatning barcha sohalari
uchun bab-baravar ahamiyatga ega?
2.Vorisiylikning ijobiy tomonlari nimada-yu, salbiy
tomonlari nimasi bilan ajralib turadi?
3.Ijobiy vorisiylik nimasi bilan farqlanib turadi?
4.Salbiy vorisiylik deganda nimani tasavvur qilasiz?
5.Vorisiylikning uzluksiz va uzulishli shakllari qay shaklda
ko‘zga tashlanib turadi?
6.O‘tmish va kelajak madaniy hayotini yaxlitligicha saqlab
qolishda vorisiylikning qaysi bir ko‘rinishi muhim ahamiyat
kasb etadi?
7.Madaniy taraqqiyotda “meros” muhimmi, “vorisiylik”mi?
8.Umummadaniy taraqqiyotda barqarorlik (an’anaviylik) va
o‘zgaruvchanlik (novatorlik)ning ahamiyati nimadan iborat?
9.Madaniy boyliklar yaratish jarayonida insoniyat erishgan
bilim, tajriba va malakalarning o‘rni to‘g‘risida o‘z
fikringizni bayon qiling.
10.Nima sababdan, vorislik madaniyatning ichki rivojlanish
qonuni hisoblanadi?
11. Novatorlik (yangilikka intilish)ning madaniy taraqqiyotdagi
roli nimadan iborat?

10-mavzu. Madaniyatda milliylik va umuminsoniylik


Reja:
1.Milliy madaniyat va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
2.Umuminsoniy madaniyat.
3.Madaniyatdagi milliylik va umuminsoniylikning dialektik bog‘liqligi.
O‘zbekiston mustaqilligi sharoitida milliylik haqidagi tushunchalarga umuminsoniy g‘urur sifatida qarashning shakllana borishi, eng muhimi bu sifatlarning keng xalq ommasining hayotiy ehtiyojlariga aylana borishi bugungi ijtimoiy hayotimizga xos bo‘lgan jarayondir. Qolaversa, ana shu jarayonda xalqimiz ma’naviyatida shakllana borayotgan bunday umuminsoniy g‘oyalar rivojlana borib milliy me’yorlar va qadriyatlarning yanada keng quloch yoyishiga zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zining ana shunday zaminlariga ega bo‘lgan milliylik madaniyatimiz umuminsoniylik harakteriga ega bo‘lib bormoqda.
Milliy madaniyat. Ma’lumki, millat ijtimoiy-etnik birlikning o‘ziga xos ijtimoiy shakli bo‘lib.u kishilarning nihoyatda uzoq tarixiy jarayonda tarkib topa borgan o‘zaro birligi asosida vujudga kelganligini namoyish etuvchi ijtimoiy hodisadir. Bu birlik ibtidoiy tarixiy jarayonda vujudga kelgan urug‘ va qabila birligidan tubdan farq qilib, uning asosida til va hududiy birlik ifodalanibgina qolmasdan, iqtisodiy turmush tarzi birligi ham o‘z aksini topadi. Millatning bunday birligi zaminida esa, milliy madaniyat rivojlanishining imkoniyatlari o‘sa borib, bu madaniyatda o‘sha millatning tarixiy taraqqiyot xususiyatlari, ijtimoiy turmush tarzi, urf-odatlari qadriyatlari, milliy psixologiyasi, diniy e’tiqodlari mujassamlasha boradi.
Madaniyatda milliylik masalasi haqida gap ketganda masalaning nozik jihati shundaki, u yoki bu millatning milliy xususiyatlarini hududiy va irqiy belgilarga, urf-odat o‘xshashliklariga ko‘ra ham farqlash unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki, millatlar bir irqdan yoki turli-tuman irqlardan iborat bo‘lishi va turli hududlarda yashashi, ba’zan turli millatlar bir dinga, aksincha bir millat turli dinlarga e’tiqod qilishlari mumkin. Bunday farqlar millatlarning antropologik, hududiy, aksiologik belgilari hisoblansa-da, lekin ularni milliy madaniyatning ijtimoiy-etnik mohiyatini belgilovchi xususiyatlarni to‘liq ochib beradi deyish qiyin.
Tarixdan shu narsa ma’lumki, u yoki bu millatning ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti uning milliy tuyg‘ulari, ma’naviy-mafkuraviy saviyasi, ilm fandagi iqtidori hamda tajribasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham har bir milliy madaniyat o‘sha millatning muayyan maqsadlaridan tortib uning moddiy va ma’naviy yetuklik darajasigacha ko‘rsatib turadi. Shu boisdan ham mustaqil rivojlanish yo‘liga o‘tgan mamlakatimizda o‘tmish madaniy merosidan, bugungi kun qadriyatlaridan maqsadga muvofiq holda foydalana olish va undan to‘g‘ri xulosalar chiqarish o‘z o‘tmishi va bugungi ahvoliga, ma’naviy va madaniy merosga, urf-odatlarga, diniy-falsafiy e’tiqodga, axloqiy, siyosiy huquqiy qarashlarga tanqidiy hamda ijodiy munosabatda bo‘la olish istiqlolga xos taraqqiyotimizning eng muhim ma’naviy zaminlaridan biri hisoblanadi.
Darhaqiqat, madaniyatdagi milliylik masalasidagi ijtimoiy muammolarning keskinlashib borayotganligi, ularning o‘ziga xos xususiyati bu muammolarini hal etishda alohida munosabatlar zarurligini taqozo etadi.
Shy boisdan ham aytish mumkinki, milliy madaniyatning ulug‘vorligi milliy mahdudlikda emas, balki o‘zida umuminsoniy xususiyatlarni shakllantira boruvchi, jahon sivilizatsiyasidan bahramand bo‘lishning qamrovi bilan ham belgilanadi
Darhaqiqat, madaniyatning milliyligi xalkning, elatning millat si­fatida shakllanishi bilan bog‘lik, Birok bu madaniyat millat bilan birga shakllanadi degani emas. Madaniyat tarixiy kelib chikishi nuktai nazaridan millat shakllanmasidan oldin yuzaga kelgan va uning u yoki bu ko‘rinishi milliy madaniyatga tadrijiy tarzda o‘tadi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida millat yo‘q edi. Ammo o‘sha davrda paydo bo‘lgan ilk di­niy karashlar, jamoa bo‘lib yashash tarzi, mis, temirdan turli qurollar yasash ko‘nikmasi, olovdan foydalanish usullari deyarli barcha milliy madaniyatlarga u yoki bu ko‘rinishga o‘tib ularning muhim qismiga aylangan. Keyinchalik kishilarning ijtimoiy-tarixiy rivojlanish boskichlarida til, urf-odat - turmush tarzi va dunyokarashlarning yakinligi, tabiiy geografik sharoitlarning birligi ta’sirida shakllangan jamoalari, uyushmalari, institutlari, millatlarni yuzaga keltirgan. To‘g‘ri, bu jarayon kaysi asrlarga to‘g‘ri kelishi xakida ilmiy kuzatishlarga asoslangan fikr yo‘k. Agar kelgusida ana shunday fikr yuzaga kelganida xam u barcha millatlarning shakllanishiga oid biror bir asr yoki davrni ko‘rsatib berolmaydi. Bizning fikrimizcha, xar bir etnosning, millatning kelib chiqishiga differensial yondoshgandagina ma’lum bir natijaga erishish mumkin.(Qarang: V.Alimasov. Madaniyatshunoslik. Toshkent., Yangi asr avlodi. 2001 yil, 109-bet.)
Madaniyatda milliylik – bu ma’lum bir tabiiy va tarixiy shart-sharoitlar ta’sirida umrguzaronlik qiluvchi etnik birliklarning turmush tarzi, dunyoqarashi, tili va urf-odatlari bir bo‘lgan kishilarning umumjamoa bo‘lib yashashi asosini tashkil etuvchi moddiy va ma’naviy boyliklardir. Milliy madaniyat millatning bosh belgisi hisoblanadi.
Milliy madaniyat madaniy o‘zak orqali namoyon bo‘ladi. Shu boisdan ham til, diniy e’tiqod, turmush tarzi, milliy psixologiya, axloqiy tushunchalar milliy madaniyatning asosiy belgilaridir. Etnik birlik madaniyatidagi asosiy yadro – o‘zakning o‘zgarishi yoki butunlay unutilishi mumkin emas. Madaniy o‘zakdagi har qanday o‘zgarish milliy madaniyatning o‘zidan ko‘ra kuchliroq millatning tarkibiga singib ketishi, yoki butunlay yo‘qolishi – unutilishiga olib keladi.
Har qanday etnik birlik o‘zi bilan yonma-yon yashayotgan boshqa etnik birliklar bilan madaniy aloqaga kirishmasdan, ularning madaniyatidan ta’sirlanmasdan, o‘zga madaniyatning ayrim elementlarini o‘z madaniyatiga qo‘shib olmasdan sof hola yashashi mumkin emas. Demak, milliy madaniyat o‘zagining shkllanishida boshqa yonma-yon yashagan va madaniy aloqalarda bo‘lgan boshqa etnik birliklar madaniyatining ulushi mavjuddir.
Madaniyatda milliylik va madaniy o‘zak mohiyatan bir-biriga chambarchas bog‘lanib ketgan ijtimoiy hodisadir. Ularning har ikkalasi ham asrlar davomida shakllangan madaniyatning ma’lum bir xalqqa, etnik birlikka, millatga taalluqligini ifodalaydi. Biroq, milliylik eng avvalo madaniy o‘zak orqali namoyon bo‘lsa-da, u madaniy o‘zakdan keng. U milliy madaniyatning barcha ko‘rinishlarida aks etishi mumkin. (V.Alimasov. O‘sha manba. 110-bet)
Madaniyatning ijodkori, yaratuvchisi – xalq. Milliylikning ijodkori, yaratuvchisi esa millat, etnosdir. Xalq, millat esa ijtimoiy-tarixiy vazifalarni bajarishga da’vat etilgan sub’ektlar, ya’ni davlat, madaniy ta’sir ko‘rsatuvchi, madaniyatni saqlovchi va targ‘ib qiluvchi turli xil jamoalar, muassasalar hamda oila kabilar orqali faoliyat ko‘rsatadi.
Demak, kishilar jamoasi milliylikni mustahkamlovchi birinchi va asosiy omil hisoblanadi.
Davlat milliylikni mustahkamlovchi asosiy omillarning ikkinchisi hisoblanadi. Ma’lumki, davlatning asosiy vazifasi jamoaning ijtimoiy hayotini tashkil qilish va boshqarishdan iborat. Davlatchilikning mustahkamlana borishi, ya’ni muayyan tartib qoida, jamoa hamda kishilarning boshqa etnoslardan farqlanib turishiga yordam beruvchi an’analar, marosimlar, urf-odat, me’yorlarni nafaqat mustahkamlashga, balki ulardan jamoani boshqarishda foydalanishi milliy madaniyatning rivojlanishi hamda keyingi avlodlarga yetkazib berilishida muhim rol o‘ynagan.
Vaqtlar o‘ta borishi bilan madaniyatning nafaqat rivojlanishi, shuningdek, mustahkamlanishida davlatchilikning o‘rni va roli o‘ta muhim ahamiyat kasb eta borgan.
Davlat millatning belgisi, milliylikni va milliy manfaatlarni himoya qilishning asosiy vositasi hisoblanadi. Davlat qanchalik kuchli va o‘z taraqqiyotini milliylik asosida amalga oshirsa, kishilarning milliy g‘ururi mustahkamlanib boradi. Unutmaslik zarurki, davlatning milliy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan sa’y harakatlarida nafaqat mamlakatda son jihatidan ustunlikka ega bo‘lgan millat, balki mamlakatda istiqomat qiluvchi boshqa etnik birliklar ham faol ishtirok etadilar, umummilliy madaniyatni rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shadir.
Madaniyatdagi milliylikni mustahkamlovchi uchinchi omil –maxsus ijtimoiy-madaniy faoliyatni amalga oshiruvchi, ya’ni madaniy-tarbiyaviy vazifalarni bajaruvchi muassasalar, ijodiy, ma’rifiy va targ‘ibot hamda tashviqot ishlari bilan shug‘ullanuvchi turli xil tashkilotlar hisoblanadi.
Aksar hollarda milliy madaniyatni millatning ilg‘or fikr egalari, ya’ni millatning istiqboli, millatning ruhiy holatini oldindan his qila oladigan, mustahkamlash yo‘llarini ko‘rsatadigan hamda amalga oshiradigan, millatning o‘zligini anglash jarayoniga ta’sir ko‘rsata oladigan omillar hamda shart-sharoitlarni ichki sezgi bilan his qilib boradigan daholar, ijodkorlar va ilg‘or tafakkur egalari yaratadilar, asrab-avaylaydilar, millatning tafakkuriga singdirib boradilar.
Milliy madaniyatni shakllantiruvchi va mustahkamlovchi omillar jumlasiga oilani ham kiritish mumkin. Chunki kishidagi milliy tuyg‘u eng avvalo oilada shakllanadi va mustahkamlanadi. Milliy va umuminsoniy madaniy boyliklarni yaratgan buyuk ijodkorlar, (daholar) eng avvalo aniq bir oilada shakllanadi. Ular o‘z xalqi, o‘z millatining orzu-armonlarini amalga oshirish, g‘am-anduhlarini yenggilshatirish yo‘llarini kashf qilib, o‘z navbatida, umuminsoniyatning oldida turgan o‘ta muhim ijtimoiy-madaniy muammolarni ham hal etish yo‘llarini ko‘rsatib bera oladilar.
Demak, milliy madaniyatning shakllanishi, mustahkamlanishi, va hatto asosiy e’tiqod darajasiga erishuvi hamda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy tuzilmasi darajasiga ko‘tarilishida oila muhim rol o‘ynab kelgan.
Yuqorida ko‘rsatilgan nuqtai nazarlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, biror-bir millat boshqa millatlar bilan uzviy aloqada bo‘lmasdan turib, umuminsoniyatdan ajralib qoladigan bo‘lsa u baxtsiz va istiqbolsiz millatga aylanib qoladi, o‘zining ma’naviy-madaniy qiyofasini yo‘qotib qo‘yadi. Shuning uchun ham biror bir millatning madaniyati umuminsoniy qadriyatlardan jahon ilm-fani va madaniyatidan ajralgan holda o‘zining takomiliga erisha olmaydi. Qolaversa, barcha xalqlarning madaniy-ma’naviy va iqtisodiy taraqqiyoti tarixi, o‘zaro tutashib bir-biri bilan chirmashib ketgan. Shu boisdan ham milliy madaniyat o‘z qobig‘i ichida qolib, boshqa xalqlarning moddiy va ma’naviy madaniyatlaridan ajralgan holda rivojlanishi mumkin emas.
Ta’kidlash zarurki, dunyodagi barcha xalqlarning va millatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, moddiy va ma’naviy madaniyatining taraqqiyotiga xos o‘zaro aloqa bir-birini to‘ldirish va boyitishga qaratilgan umumijtimoiy qonuniyatga asoslanadi. Bu fikr o‘zbek xalqining ilm-fani,madaniy-ma’naviy taraqqiyotiga ham bevosita dahldor jarayondir. Demak, dunyodagi barcha etnik guruhlarning har biri o‘zining milliy madaniyatiga ega bo‘lish bilan birga, ulardagi barcha millatlarning istiqboli uchun, insoniyatning insoniy qiyofasini takomillashtirish, ularni bir-biriga yaqinlashtirish, birodarlashtirish uchun zarur bo‘lgan elementlar ham davrlar o‘tishi nafaqat takomillik darajasiga ko‘tarilgan, shuningdek, boshqa etnik birliklar tomonidan qabul qilingan. Bugungi kunda, dunyodagi hech bir xalq umuminsoniyat tomonidan qabul qilingan madaniy boyliklarni faqat o‘zining ajdodlari tomonidan yaratilgan madaniy boylik deb da’vo qilaolmaydi. Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy ta’kidlab o‘tganidek, ... „Zamin-faqat ularning zaminidir, kishilar ular xalqining vakillaridir... din-faqatgina ularning e’tiqodlaridan, fan faqatgina ularning mavjud bo‘lgan fanidan iboratdir, deb hisoblagan kishilarning qarashlarini tentaklikning namoyon bo‘lishidan boshqa narsa emasdir”.
Yuqoridagi fikrlardan shuni anglab yetishimiz mumkinki, madaniyatdagi baynalmilallik, ya’ni milliy madaniyatlarning o‘zaro ta’siri va boyishi milliy madaniyat rivojining eng muhim ijtimoiy omili va xususiyati hisoblanadi.
Mazkur masalaning muhim tomoni ham shundaki, u yoki bu millat madaniyatining darajasi uning katta yoki kichikligi bilan emas, aksincha umuminsoniy manfaatlar yo‘lida jahon sivilizatsiyasi rivojiga ko‘rsatadigan ta’sir qamrovining kengligi bilan ham belgilanadi.
Madaniyat tushunchasidagi bu qonuniyatdan kelib chiqib aytish mumkinki, O‘zbekiston mustaqilligi sharoitida xalqimiz uchun xizmat qiladigan, uni istiqlolini mustahkamlashga, oliyjanob maqsadlarga safarbar etadigan, madaniyatimizni yanada boyitadigan eng kuchli omillardan biri xalqimizning uzoq o‘tmishi va bugungi kuni bilan hamnafas bo‘lib kelayotgan madaniyatining umuminsoniy xususiyat kasb etmoqligidir.
Shuni ta’kidlamoq zarurki, milliy madaniyati barkamol xalqning milliy g‘ururi ham yuksak bo‘ladi. Millatning milliy g‘ururi o‘z xalqining tarixi, ma’naviy-axloqiy qadriyatlari va istiqbolini bilish va qadrlash bilan birga, boshqa xalqlar va millatlarning ham milliy qadr-qimmati, udumlari, tarixi, adabiyoti, san’ati, umuman madaniyatini adolatli ravishda himoya qilish, o‘rganish, hurmat qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan umuminsoniy fazilatlarni ham shakllantira boradi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasida o‘zbeklar bilan bir qatorda o‘z madaniyati va an’analariga ega bo‘lgan yuzdan ortiq millat vakillari istiqomat qilishadi. Ularning mamlakat aholisi tarkibidagi ulushi 20 foizdan oshib ketdi. Shunisi e’tiborga sazovorki, bu millatlar teng, tinch o‘z madaniy taraqqiyotiga hech qanday xavfsiz rivojlanib bormoqda. Bu muhitni yaratgan O‘zbekiston davlati, uning demokratik asoslariga xos insonparvarlik jamiyatini barpo etayotganligidir.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling