Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda


Arxitektura, tasviriy va amaliy bezak san’ati


Download 1.76 Mb.
bet53/62
Sana24.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1226415
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62
Bog'liq
Мадан.наз.ва.тар.ўқув.қўл. янги вариант. 11.12.22. (восстановлен) (восстановлен)

Arxitektura, tasviriy va amaliy bezak san’ati.
Shimoliy Afrika(Mag‘rib)ning ibtidoiy san’ati. Shimoliy Afrikaning ibtidoiy davr madaniyati asosan Kapsiy (mezolit va mezolit, ya’ni mil.avv. IX-V ming yillikka oid, Tunisdagi Kapsa shahri yaqinidagi manzilgoh) madaniyatini о‘zida aks ettiruvchi megalit (tarashlangan yoki yarim tarashlangan yirik toshlardan ishlangan diniy inshootlar)larda о‘z ifodasini topgan. Masalan, G‘arbiy Tunis va Jazoirning Rokniya qishlog‘idan topilgan dolmen (usti tekis plita bilan yopilgan yirik tosh quti shaklidagi qadimiy dafn inshootlari), Marokashdagi Tanjer yaqinidan topilgan mengirlar (bronza va temir davrida marxumlar xotirasiga qо‘yiladigan uzun tosh ustunlar) fikrimizning dalili bо‘la oladi.
Shuningdek Shimoliy Afrikaning ma’naviy madaniyati Marokash janubidagi, Jazoirning Oran viloyatidagi, Liviyaning Fessana xududidagi xamda Saxroi Kabirdagi Tassilin-Ajer qoya toshlariga chizilgan petroglif-suratlar xam Shimoliy Afrika ibtidoiy davrda qay yо‘sinda rivojlanganligini kо‘rsatadi. Albatta har bir xalkda bо‘lgani singrai Shimoliy Afrika xalqlarining badiiy ijod shakllari ularning kundalik turmush shart-sharoitlari va diniy qarashlari bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlangan.
Mag‘rib mamlakatlarining er.avv. XII asrdan eramizning VI asrlarigacha bо‘lgan san’ati bir-birining о‘rnini egallagan Finikiya, Karfagan, kadimgi Rim va Vizantiya kabi sivilizatsiyalar ta’siri ostida jaxon badiiy-tarixiy jarayoniga qо‘shilib ketdi. Mag‘rib madaniyatida Shark va G‘arb madaniyati taraqqiyoti yо‘llari, shuningdek О‘rta Yer dengizi va Shimoliy Afrikaning yerli xalqlari badiiy madaniyati an’analari qavatma-qavat bо‘lib joylashgan.
Mag‘rib tuprog‘ida rivojlangan sinfiy sivilizatsiyalar bilan tartibsiz urug‘-qabilachilikka asoslangan liviya-berber axolisining madaniyatlarining tо‘qnashuvi qorishiq badiiy-ijodiy jarayonining vujudga kelishiga olib kelmagan bо‘lsa-da, lekin har bir tarixiy davrlar о‘ziga xos badiiy-madaniy an’analarining vujudga kelishiga ta’sir eta olgan.
Karfagenning Rimliklar tomonidan vayron etilishidan sо‘ng Puni finikiyaliklarning madaniy an’analari mahalliy qabilalarining badiiy tafakkuriga chuqurroq kirib bora boshlagan. Natijada Liviya shohliklari hisoblangan Numidiya va Mavretaniya san’atida liviya badiiy an’anlari va qadimgi grek, etrussk-rimliklarning san’ati elementlari yashay boshladi.
Er.avv 264-146 yillari Karfgen va Rim davlatlari о‘rtasida О‘rta yer dengizi g‘arbidagi hududlarga hukumronlik qilish uchun vaqti-vaqti bilan jami 3 marta urushlar (er.avv.264-241,218-201,149-146 yillari) bо‘lib о‘tadi. Rimliklarning shimoliy Afrikaga hukumronlik qilib turgan Karfagen davlatini tugatadilar va о‘z hukmronliklarini о‘rnatadilar. Bu esa Shimoliy Afrika hududiga yerli xalq- liviya-barbar, finikiya, grek, etrusk va rim madaniyatining о‘zaro qо‘shiluviga - sintezlashuviga olib keladi.
Liviya podshoxliklari san’ati asosan puni, karfagen, grek, etrusk-rim madaniyati hamda mahalliy qabilalar madaniyati an’analarining qо‘shilishi natijasida shakllanadi.
Lekin bu madaniyatning taraqqiyoti rimliklarning bosqinchiligi natijasida uzilib qoladi. Masalan, Rimliklar Numidiya va Marvetaniya- liklarning qurilish sohasini о‘zboshimchalik bilan tо‘xtatib, barcha arxitektura sohasini rim arxitekturasi prinsiplari asosida qayta qurdira boshlaydilar.
Ikkinchi tomondan, Shimoliy Afrika hududlarining Rim imperiyasi tarkibiga qо‘shib olinishi, bu hududlarni romalashtirish jarayonining tezkorlik bilan amalga oshirila olib keladi. Eramizning I-V asrlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy darajasi xar hil bо‘lgan, ya’ni Shimoliy Afrikaning ichkarisigacha kirib borgan antik sivilizatsiya bilan yarim qaram bо‘lgan kо‘chmanchi qabilalar madaniyati Shimoliy Afrika madaniyati-ning murakkab va ikki xil tarzda shakllanishiga olib keladi.
Shimoliy Afrika san’atining romanlashtirilishi har xil tarzda rо‘y bergan. Bu jarayon kо‘proq arxitekturada kо‘zga yaqqolroq tashlanadi. Puni karfagenlar me’morchilik merosi grekcha-rimcha uslub tomonidan surib chiqarila boshlanadi. Rimliklarning me’morchiligi g‘oyalari va uslublari asosiy hal qiluvchi rol о‘ynay boshlaydi. Qayta qurilgan Karfagen esa Rim imperiyasidagi Rim va Aleksandriyadan keyingi uchinchi eng yirik shaxarga aylanadi. Shuningdek bu davrda dengiz qirg‘og‘i bо‘ylab kо‘plab shaxarlar bunyod etiladi.
Mazkur shaharlar Shimoliy Afrikada lotin tilini, rimliklar madaniyati va turmush tarzini yoyishning asosiy markaziga aylanadi.
Shaxar boshqarmasi va ba’zi bir badavlat kishilar tomonidan xadya qilingan pul-mablag‘lar shaxarlarni obodonlashtirishga sarflanadi. Uncha katta bо‘lmagan shaxarlar xam umumimperiya andozasidagi shaxarlar darajasiga kо‘tarilishga xarakat qilgan. Shaxarlar iloji boricha rejalashtirilgan g‘oya asosida qurilgan.
Hullas, Shimoliy Afrika shaharlarini qurishda Old Osiyo hududlarida keng yoyilgan ellinistik va rimcha andozalardan keng foydalanilgan. Asosiy kо‘chalar shaxar markazidagi asosiy maydonga kelib qо‘shilgan. Maydonda qurilgan binolar hoshiyali va bezakdor qilib qurilgan. Lekin Shimoliy Afrika shaxarlaridagi Forum - shaxarning ijtimoiy markazi bо‘lgan maydon xar doim xam shaxar markazidan joy olmagan. Tosh tо‘shalgan forum kо‘pincha uch tomondan old qismiga yirik ustunlar о‘rnatilgan binolar bilan о‘ralgan bо‘lsa, tо‘rtinchi tomondan kapitoliya - rimliklarning uch xudosi (Yupiter, Yunona va Minerva)ga atab qurilgan ibodatxonalar va boshqa sajdagoxlar bilan о‘rab olingan. Juda kо‘p xollarda maydon yirik-yirik ustunlar-kolonnalar bilan о‘rab olingan bо‘lib, ularning orqa tomonidan kuriya-ma’muriy binolar va sud hamda boshqa turli-tuman yumushlarni xal qilish uchun tо‘planadigan bazilika (ichki qismi qator ustunlar bilan bir necha qismga bо‘lingan bino)lar qurilgan.
Shimoliy Afrikaning issik iqlimli shaxarlarida ayniqsa, xammom,
dam olishga mо‘ljallangan sport inshooti, kо‘ngil ochar maskanlarni о‘zida birlashtirgan termlarning axamiyati katta bо‘lgan. Termlarni kurishda issik va sovuk suv, kanalizatsiya xamda isitish sistemalari muammosi xal kilishgan.
Turli xil ommaviy tomoshalarni tashkil kilish uchun xar xil teatrlar, sirklar, amfiteatrlar kurilgan. Teatrlarni kо‘rishda kо‘prok tabiyllikka, ya’ni daraxtlar, suv xavzalari, ochik maydonli bog‘lar xisobga olingan. Masalan, Tunisdagi Al-Jam (xozirgi Tisdrus) shaxrida ikkita amfi­teatr, sirk, term va boshka me’moriy binolar qurilgan. Zafar arkalari (g‘alaba darvozlari) imperiya kudratini kо‘rsatib turgan. Imperatorlar g‘alabasi yo bо‘lmasa, u yoki bu vokealarga atab kurilgan memorial inshootlar kо‘pincha shaxar darvozasi vazifasini bajargan. Forum yoki kapitoliyaga olib boruvchi yо‘llar jimjimador kilib bezatilgan.
Turar joy binolari kurishda Shimoliy Afrikaliklarning turmush sharoiti an’analaridan kelib chikilgan, ya’ni kо‘prok ixtiyoriylik xarakteriga asoslangan. Shimoliy Afrikada asosan о‘ziga ustaxonlar va kichik dukonchalarni birlashtiruvchi bir kavatli binolar kurilgan. Ellinistik an’analar asosida kurilgan uylarning xovlilari gulzorlar,. favvora va baseyeseynlar bilan bezatilgan. Bu uylarda asosiy e’tibor mexmonlarni qabul, kilish zaliga qaratilgan, uning tag kismi mozaika bilan bezatilgan.
Rim imperiyasi davrida butun Shimoliy Afrika xududlarida kо‘plab yо‘llar, kо‘priklar, osma quvurlar, tо‘g‘onlar va boshka inshootlar kurilgan. Shaxarlar о‘zining kо‘plab mozaikalari, bronzadan va marmardan yasalgan xaykallari bilan ajaralib turgan.
Xaykaltaroshlik san’atida shaxar arxitekturasi bilan qо‘shilib ketuvchi manzarali, maxobatli va xashamatli xaykallar muxim rol’ о‘ynagan.
Haykallarning kо‘pchiligi ma’bud va ma’budalarga, afsonaviy qaxramonlar, imperatorlar, davlat arboblariga bag‘ishlangan bо‘lib, ular shaxarni bezab. turgan. Dastlab bu xaykallarning nusxalari Rim imperiyasining boshka shaxalaridan keltirilib о‘rnatilgan.
II asrdan boshlab maxalliy xaykaltaroshlik maktablari vujudga kela boshlagan. Bu xaykaltaroshlik maktablari Rimning chekka о‘lkalariga xos xarakterga - klassiklikdan chekinish va yangicha tasviriy vositalarni izlashga intilganlar.
Mozaika (kadama naqsh) Shimoliy Afrika (Rim afrikasi) tasviriy san’atining kо‘zga kо‘ringan turlaridan biri bо‘lgan. Uning asosini Karfa­gen an’analari tashkil etgan. Bunda binoning tag qismi marmar parchalari va bо‘yalgan sement bilan nakshlangan. An’anaviy kadimgi mozaikada asosan afsonaviy va qaxramonlik syujetlari, yirtqich hayvonlar, qushlar va sahovatli tabiatning inomlari, geometrik va о‘simliksimon naqishlar muhim rol о‘ynagan bо‘lsa, keyinchalik Shimoliy Afrika shaharlarida real hayotini aks etiruvchi turli xil mavzular ov, baliq ovlash qishloq xо‘jaligi ishlari, sahnalari, teatrlashtirilgan tomoshlara, gladiatorlar jangi, anfiteatrda esa, asrlar bilan yovoyi hayvonlarning janglari tashkil etilgan.
Shimoliy Afrikaning Liviya, Tunis, Jazoir va Marokash kabi mamlakatlaridagi muzey maktablarida rim maktablarining ta’siridan kо‘ra, ellinistik mozaika maktablarining ta’siri kо‘proq sezilarli bо‘lgan.
Rim imperiyasining yemirilishi va shimoliy Afrika xududlariga xiristianlik dinining yoyilishi madaniy xayotga ham о‘z ta’sirini kо‘rsatmasdan qolmagan. Lekin san’atda antik an’analarining ta’siri sezilarli tarzda saqlanib qolingan. Diniy inshootlarda Rim me’morchiligining ayrim jixatlaridan keng foydalanilgan. Antik tasviriy va bezak san’ati mavzularidan keng kо‘lamda foydalanish davom etgan. Lekin bu mavzular о‘zgacha diniy-ramziy ma’noda qо‘llanila boshlangan. Masalan, pal’ma daraxti jabrdiydalikni ifodalagan bо‘lsa, baliq xristos ramzi hisoblangan.
О‘ziga kо‘plab diniy muassasalar va me’moray yodgorliklarni birlashtirgan xristianlarning kvartallari yangicha badiiy madaniyatning markaziga aylangan. Bu davrda Shimoliy Afrika ichki tomoni ikki qator kallonnadan iborat bо‘lgan uzun tо‘g‘ri burchak shaklidagi cherkov binolari qurilgan.
Numidiya va Mavretaniyaning qishloq qavmlari qatnaydigan ibodatxonalari asosan xom g‘isht yoki loy devorlardan qurilib, oqqa bо‘yalgan. Butxonalarning ichki devorlariga xristianlik mavzulardagi suratlar tushurilgan, uncha katta bо‘lmagan sopol plitkalar va qoshinlar bilan bezatilgan.
Vizantiya imperiyasi davri ayniqsa, imperator Yustian davrida imperiyaning cheka о‘lkalari mudofaasini yanada mustahkamlash va imperator hokimiyatini о‘rnatmoq uchun qilingan harakatlar Shimoliy Afrika shaharlari taqdiriga ta’sir etmasdan qolmadi. Yangi mudofaa devorlari, istehkomlar muntazam barpo etib borilgan.
Fes, Tlemsen va Tunis shaxarlari kalligrafiya san’atining markazlari xisoblangan. Bu shaxarlarda kitobatchilik rivojlanib, qо‘lyozmalarni kitob shakilga keltirish, kitob muqovalarini bezash ishlari yuksak darajada amalga oshirilgan. Shu boisdan xam kalligrafiya san’ati tarixida “Mag‘ribcha” uslub mashxur bо‘lgan.
XVIII-XIX asrlarda Mag‘rib madaniyatiga singdirilgan an’analar о‘ta mustaxkam bо‘lganligi uchun xam xozirgi kunimizgacha о‘z axamiyatini yо‘qotmagan. Bu an’analarni XV-XX asrlar oralig‘ida faqat Marokash madaniyatigina saqlab qolgan. Faqat Marokash madanyatigina yot xalqlar madaniyatini ta’siriga tushib qolmagan.
XII asrga kelib usmonlilar imperiyasining Jazoir, Livay va Tunisni bosib olishi, ular madaniyatida turk madaniyati ta’siri sezila boshlanadi.
XIX-XX asrlar san’ati kolonializm davrida Shimoliy Afrika badiiy xayotiga kirib kelgan. Yevropa san’ati Mag‘rib san’atiga turli xil darajada ta’sir qiladi. Eng dastlab bosib olingan Jazoir madaniyati boshqa shimoliy afrika mamlakatlariga nisbatan kо‘proq yemiriladi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling