Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda


Afrika xalqlari madaniyati va san’ati. (2-soat)


Download 1.76 Mb.
bet52/62
Sana24.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1226415
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62
Bog'liq
Мадан.наз.ва.тар.ўқув.қўл. янги вариант. 11.12.22. (восстановлен) (восстановлен)

25.Afrika xalqlari madaniyati va san’ati. (2-soat)
Reja:
1.Afrika xalqlarining ibtidoiy davriga madaniyatiga oid manzilgohlar (Sao, Tassilini-Ajer va boshqa ibtidoiy davrga oid madaniyat manzilgohlari)
2.Afrika xalqlarining qadimgi diniy e’tiqodlari.
3.Afrika xalqlarining diniy e’tiqodlari bilan bog‘liq bо‘lgan tomosha san’ati
4.Qadimgi Afrika tasviriy san’ati va arxitektruasi.
Yevropa qit’asidan uch hissa katta hududga ega bо‘lgan Afrikaning etnik qiyofasi tabiati singari boy va rang-barangdir. Yevropa olimlari uni ilgari «qora qit’a» deb atab, etnik tuzilishi о‘zaro bog‘liq bо‘lmagan turli qabilalardan iborat, deb notо‘g‘ri ta’riflyaganlar. Albatta mustamlakachilikning asosiy obekti bо‘lgan, vatandan mahrum etilgan yuz minglab negrlarni qul qilib sotgan Afrika qit’aasi bir necha asrlar davomida taraqqiyotdan chekkada qolgan edi. Lekin bu yerda bir necha millionli (misrliklar, jazoirliklar, marokashliklar, amxaraliklar) hozirgi millatlar, yirik xalq va elatlar (Nigeriyadagi xausa va fulba) bilan bir qatorda hozirgi kunda ham daydilik, sargardonlik va 57 ovchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan urug‘chilik tuzumida yashayotgan etnografik guruhlar ham uchraydi. Afrika mamlakatlarining kо‘pchiligi milliy ozodlik kurashlari tufayli mustaqillikka erishib erkin taraqqiyot yо‘liga о‘tib oldilar. Oqibatda sotsial, madaniy va siyosiy jihatdan katta yutuqlarni qо‘lga kiritayotgan etnoslar milliy birlikka ham erishmoqdalar.
Hozirgi Afrikada 200-250 ta xalq yashaydi. Ular mustamlakachilar tomonidan sun’iy ravishda bо‘lib olingan davlatlar orasida joylashgan. Masalan, mandingo xalqi Senegal, Mali, Fil Suyagi Qirg‘og‘i, Gambiya, Sere- Leone, Liberiya, Gvineya hududlarida yashaydi. Yoki fulbe xalqini olsak u ham Senegal, Nigeriya, Gvineya, Mali, Kamerun, Yuqori Volta, Benin, Mavritaniya, Gambiya kabi mamlakatlarda yashaydi. Akan, mosi, eve kabi etnik guruhlarning taqdiri ham xuddi shunday. Shuning uchun ham qit’ada bir millatdan tashkil topgan bitta ham davlat mavjud emas.
Afrika qit’asidagi bir milliondan ortiq bо‘lgan 83 ta xalq qit’a aholisining 86 foizini tashkil qiladi. Jumladan, ular asosan, - misrliklar (37 million), xauslar (15 million), jazoirliklar (14 million), amxaraliklar (1 million), marokashliklar (12 million), ibo va fulbe (12 million), yoruba (ll million) va boshqa xalqlardir. Shunisi xarakterliki, qit’ada yashovchi etnoslarning hammasi tub aholi, asosan, hozirgi hududda paydo bо‘lib shakllangan elatlardan iborat. Albatta uzoq tarixiy davr ichida ayrim etnoslarning migratsion siljishlar natijasida doimo aralashish jarayoni rо‘y berib turgan. Ammo bu jarayon, asosan, shu qit’a doirasida о‘tgan. Faqat shimoli-sharqiy tomonda, Osiyoning g‘arbi-janubiy qismida qarindosh etnoslarning kо‘chishlari bо‘lib turgan.
Lingvistik jihatdan Afrika aholisi tо‘rt yirik til oilasiga kiradi: semit-xamit (yoki afroosiyo), niger-kordofa, nil-saxara va koysan xalqlari. Qit’aning shimolida va shimoli-sharqida yashovchi semit-xamit xalqlari aholining uchdan bir qismini tashkil qiladi.
Semitlardan eng kо‘pi Afrika aholisining (83 million) beshdan bir qismini tashkil etadigan arab xalqlaridan iborat. Keyingi amxara va kushit, tigrai va chad guruhlariga kiradigan xalqlar semit-xamit til oilasining vakillaridir.
Janubiy va Tropik Afrika san’ati.
Kattaligi jihatidan ikkinchi о‘rinni egallovchi Afrika qit’asi insoniyat hayoti va madaniyatining eng qadimgi о‘choqlaridan biridir. Mazkur qit’a madaniy xо‘jalik tiplari, urf-odatlari, rasm-rusumlari, diniy e’tiqodlari, dunyoqarashi ijtimoiiy tartibotlari va boshqa jihatlari bilan bir-biridan farqlanib turuvchi xalqlarning makonidir. Mazkur qit’a о‘z bag‘rida eng qadimgi odamlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni saqlab kelmoqda.
Afrika qit’asi turli etnoslarning makoni bо‘lib, mazkur qit’ada uchta – yirik, о‘rta va aralash irqlarga mansub kishilar qadim-qadimdan buyon istiqomat qilib kelmoqdalar. Til jihatidan esa, Afrika xalqlari tо‘rtta yirik til – semit-xamit, niger-kordofa, nil-saxara va koyson tillari oilasiga mansub turli turkum va guruhchalarga oid tillarda sо‘zlashadilar.
Afrika ilk kishilik jamiyatining о‘choqlaridan biridir. Taxminlarga kо‘ra, hozirgi odamlarning qadimgi ajdodlari uning Sharqiy va Janubiy hududlarida bundan 2,5-3 million yillar muqaddam yashaganlar. Qadimgi odamlarning ilk paleolit davriga oid manzilgohlari hozirgi Efiopiyadagi Chad va Rudolf kо‘llari atroflaridan topilgan.
Arxeologlarning bergan ma’lumotlariga kо‘ra, mil.avv. X ming yillik-lardayoq yuksak madaniyat yaratilgan, tosh qurollardan foydalanishib, qisman omoch dehqonchiligi, ovchilik, chorvachilik, termachilik va baliqchilik bilan shug‘ullanganlar. Afrikaning ibtidoiy davrga oid madaniyat manzilgohlari qaysi hududlardan topilgan? Nima uchun Afrika ibtidoiy odamlarning dastlabki manzilgohlari hisoblanadi?
Neolit davrida (taxminan mil.avv. V-I ming yilliklar oralig‘i) dehqonchilik rivojlanib, undan hunarmandchilik ajralib chiqqan va kishilarning о‘troq hayotga о‘tishi bilan xarakterlanadi.
Misrning Shimoliy va Markaziy hududlari, Sudan va Sahroi Kabirning Markaziy qismlari, Senegal va Kongo vohalari, Hozirgi Nigeriya va Sharqiy Afrikaning ayrim о‘lkalarida dehqonchilik rivojlanib, sun’iy sug‘orish tizimlaridan foydalanish avj olgan.
Shuningdek, Sahroi Kabir qadimgi Afrika qit’asidagi dehqonchilik madaniyati yuksak darajada rivojlangan hududlardan biri hisoblangan.
1974 yili olimlar Efiopiyaning Xadar, Keniyaning Koobi Fora hududlaridan qadimgi odamlarning qoldiqlarini topishib, kaliy argon usulidan foydalanishib, tadqiq etganlarida mazkur qoldiqlar miloddan avvalgi 3 million yillar oldin yashagan ibtidoiy odamlarning qoldiqlari ekanligini aniqlaganlar.
Shuningdek, Tanzaniya hududidagi Olduvay darasidan ham ibtidoiy odamlarning qoldiqlarini topilgan bо‘lib, mazkur qoldiqlar bundan taxminan 2,5- 1,2 million yillar ilgari yashagan odamsimon maxluqlarning qoldiqlari ekanligini isbotlaganlar.
Olduvay odamlari keyinchalik butun qit’a bо‘ylab joylasha boshlaganlar.
Angliyalik mashhur Afrikashunos B.Devidson tomonidan keltirilgan quyidagi demografik ma’lumot ham Afrika qit’asida yashagan odamlarning qanchalik tez kо‘payganligini va ularning butun qit’a bо‘ylab tarqalganligini kо‘rsatadi. Uning taxminlariga kо‘ra, bundan 100 ming yillar ilgari qit’ada 125 ming odam yashagan va boshqa qit’alardan son jihatidan oldingi о‘rinda turgan. Neolitning oxirlariga kelib, 3-4 million, XIX asr о‘rtalarida 50 million kishi yashagan.(Qarang: Devidson B.Afrikansi. Vvedeniye istorii kulturi. M.1975. s 16).
Demak, Afrikaliklarning bunday tez kо‘payishi, birinchidan, tabiatni zudlik bilan о‘zlashtirganliklaridan, ikkinchidan, mehnat qurollarini takomillashtirganliklari natijasida turli madaniy-xо‘jalik tiplarini tezlik bilan egallaganliklarini kо‘rsatadi.
Afrika odami yashagan eng qadimgi madaniyat manzilgohlaridan yana bir Keniyadagi Rudolf (Turkana) kо‘lining Sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan bо‘lib, Koobi Fora nomi bilan mashhurdir. Olimlarning bergan ma’lumotlariga kо‘ra, mazkur madaniyat manzilgohining yoshi taxminan 2,6-2,4 million yillardan 1,3-1 million yillar atrofiga tо‘g‘ri keladi.Bu davr odamlari mayda chaqmoq toshlarni urib sindirib, bir tomoni о‘tkir, bir tomoni tumtoq bо‘lgan mehnat qurollarini yaratganlar.
Sahroi Kabirdan janubda yashagan Rodizeya odamining qoldiqlari Tanzaniyadagi Eyasi kо‘li yaqinidan, Zambiyaning Broken Xill, Janubiy Afrika Respublikasining Elondefontayn manzilgohlaridan topilgan odamlarning qoldiqlari ham ibtidoiy davrga oid ekanligi aniqlangan.
Mil.avv.VI ming yillik о‘rtalaridan V ming yillik о‘rtalarigacha, bо‘lgan davr Afrikaning neolit va ilk eneolit davriga oid madaniyat manzilgohlari Badariya madaniyati manzilgohi nomi bilan ataladi. Mazkur manzilgoh yuqori Misrdagi Badariya qishlog‘idan topilgan. Bu davr odamlari bug‘doy va arpa ekib, omoch dehqonchligi bilan, mayda va yirik shoxli hayvonlarni boqib chorvachilik hamda baliqchilik bilan shug‘ullanganlar. Asosiy mehnat quroli kamon о‘qi, nayza, garpun, suyakdan turli qurollar, yag‘ochdan bumerang, sо‘ngra misdan pichoq, tо‘qnag‘ich, taqinchoqlar, qarmoqlar, ninalar, quyma bolta va xanjarlar, fil suyagidan qoshiqlar, zeb-ziynatlar, kichik terrakota haykalchalar yasaganlar.
Albatta, tosh, suyak, yog‘och qurollarning takomillashib borishi tafakkur taraqqiyoti bilan ham chambarchas bog‘liq bо‘lgan. Tabiatning о‘zida mavjud bо‘lgan ma’danlardan mehnat qurollarini yaratish, mehnat manbi va ishlab chiqarishning bir muncha murakkab shakllarining paydo bо‘lishiga olib kelgan.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar va u bilan bog‘liq bо‘lgan ishlab chiqarish munosabatlaridagi о‘zgarishlar, tartibsiz jinsiy aloqa promiskuitet (lot. promiscus - aralash)ning taqiqlanishi va ekzogamiya (yunoncha, exo - tashqari, gamos – nikoh)ning joriy qilina borishi gala jamoasidan urug‘ jamoasiga о‘tishga olib kelgan.
Boshqa tomondan, sо‘ngi paleolit davrida vujudga kelgan о‘troq hayotning, turar-joylarning, birgalikda mehnat qilish ham inoq va hamjihatlik bilan kun kechiruvchi kishilar guruhlarining paydo bо‘lishiga sabab bо‘ladi. Nemis sotsiologi va tarixchisi K.Kunovning bergan ma’lumotlariga kо‘ra, Janbiy Afrikada yashovchi bushmenlar 50-60 kishidan iborat bо‘lgan jamoaga birlashib yashaganlar. Demak, birgalikda mehnat qilish, kun kechirish, о‘troq hayot, guruh oldida kо‘ndalang turib qolgan muammolarni birgalikda hal qilish – guruh a’zolarining jipslashuvi va qarindoshlik aloqalarini anglab yetishiga turtki bergan.
Sо‘ngi paleolit davriga kelib urug‘doshlik belgilarining kо‘zga yaqqol tashlana borishi oilaviy va urug‘ jamoasi munosabatlarining mustahkamlanishi, uning biologik omil shaklidan chiqib, ijtimoiy hodisa darajasiga kо‘tarilishiga olib kelgan.
Umuman olganda, Afrika qit’asining turli mintaqalaridan topilgan kо‘plab madaniy qatlamlar mazkur qit’a insoniyat madaniyatining eng qadimgi manzilgohi bо‘lganligini kо‘rsatadi. Mazkur qit’a iqlimi, tabiiy geografik shart-sharoitlari insoniyatning turmush kechirishi uchun, mehnat qilishi, tabiiy hodisalarni о‘rganishga ertaroq kirishishi uchun о‘ta qulay bо‘lganligidan dalolat beradi.
Qadimiy odamlardan qolgan topilmalar moddiy madaniyat elementlari, diniy, badiiy va ijtimoiy-falsafiy tafakkuri ancha ilgari shakllanganligini isbotlab beradi.
Afrika qit’asining madaniyatini chuqur tahlil qilish qit’aning barcha mintqalarida madaniy jarayon bir xil tarzda rivojlanmaganligini, ya’ni notekis rivojlanganligini kо‘rsatadi.
Qit’aning Shimoliy, Shimoliy-G‘arbiy va Sharqiy mintaqalaridagi madaniy taraqqiyot boshqa hududlarga nisbatan ancha yuqori bо‘lganligidan dalolat beradi. Aynan, mana shu hududlar madaniyati keyinchalik Afrikaning boshqa mintaqalari madaniyatiga о‘z ta’sirini kо‘rsatgan.
Tropik va Janubiy Afrika madaniyati.
Agar Tropik Afrikaning madaniy hayotiga chuqurroq nazar tashlansa, Shimoliy Afrika madaniyatidan ancha orqada qolganligini kо‘rish mumkin. Shuningdek, G‘arbiy Afrika davlatlari madaniyati Afrika qit’asining markazida joylashgan davlatlar madaniyatidan ancha ilgarilab ketganligini ham his qilish mumkin.
Afrika xalqlari madaniyati tarixiga nazar tashlansa, qit’aning G‘arbiy va Sharqiy davlatlari о‘zidan kо‘ra bir muncha madaniy jihatdan rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bо‘lganligini kо‘rsatadi. Ayrim, ya’ni tashqi dunyodan ajralib qolgan bir qator davlatlar esa о‘zining ma’naviy ijtimoiy-iqtisodiy xо‘jalik tipi bilan cheklanib qolganligini, ayrim mamlakatlarning madaniy hayotiga esa о‘rta asrlarga xos tor doiradagi munosabatlar kuchli ta’sir qilib turganligini, boshqalarida qabilaviy an’analar ustunlik qilayotganligini payqash mumkin.
Umuman olganda, Afrikaning turli hududlari turlicha madaniy taraqqiyot bosqichini bosib о‘tgan. Afrikashunos olimlarning ayrimlari bunday notekis rivojlanish Afrika xalqlarining ijtimoiy-madaniy taraqqiyotga bо‘lgan munosabatlariga bog‘lashga harakat qilsa, ayrimlari kishilarning moddiy boyliklar va ma’naviyat hayotga turlicha munosabatda ekanliklariga bog‘lashadi. Shuningdek, umuminsoniy madaniy taraqqiyotdan orqada qolishning asosiy sabablaridan biri – insonparvalik tuyg‘usining, qabila manfaati yoki urf-odatlarning umum jamoa manfaatidan ustunlik qilib, boshqa barcha manfaatlarni ikkinchi darajali deb hisoblaganliklarida ham bо‘lishi mumkin. Chunki Tropik Afrika xalqlarida shaxs hech qachon tashqi dunyo va boshqa kishilarga qarshi turmagan, balki tabiat bilan, qabila, guruh yoki jamoaga qarshi borolmagan.
XVI asrdan boshlab Yevropaliklar Afrikani istilo qila boshladilar. О‘zlarining diniy e’tiqodlari va mafkurasini yoyish markazlari vazifasini bajaruvchi kо‘pgina shaharlarni barpo etadilar. Yerli aholining о‘z tili, madaniyati, diniy e’tiqodlarining sofligini saqlashga bо‘lgan urunishlarga xalal beradilar. Ularning turmushiga, dunyoqarashi va tafakkuriga yevropaliklar turmushiga xos elementlarni, о‘zlarining manfaatlarini himoya qiluvchi mafkurani singdirishga harakat qiladilar. Albatta bunday urunishlar о‘z samarasini bermasdan qolmaydi. Milliy san’at, xalq og‘zaki ijodi, urf-odatlar va marosimlar, shuningdek afrika xalqlari orasida keng yoyilgan ajdodlar ruhi bilan bog‘liq holda mavjud bо‘luvchi haykallar va turli xil niqoblarni yaratish san’ati ancha sustlashadi.
Ayniqsa, qul savdosining yalpi hodisaga aylanishi Afrika iqtisodiy hayotiga, qul mehnati zarur bо‘lgan sohalarning rivojiga salbiy ta’sir kо‘rsatib, xalqlarning ichki birligiga, aholi sonining о‘zgarishiga olib keladi.
Afrikaning koloniyaga aylanishi milliy tillarga ham о‘z ta’sirini kо‘rsatmasdan qolmagan. Yevropaliklar о‘z koloniyalarida yevropa tillarini joriy qila boshlaydilar. Masalan, fransuzlar va portugallar mahalliy xalq tillaridan foydalanishni cheklagan bо‘lsalar, inglizlar mahalliy tillarning rivojini о‘z nazorati ostiga olaganlar.
Shuningdek Yevropaliklar joylarning nomlarini ham о‘zgartira boshlaydilar. Yerli xalq о‘rtasida keng tarqalgan tarixiy joylar nomalarini о‘zgartirib, yevropacha atamalar bilan nomlashadi.
Albatta kolonializm davrida yevropaliklar о‘z maqsadlariga ozgina bо‘lasa-da erishadilar. Yerli xalqlar yevropa texnikasini, me’moriy uslublarini, kiyimlari, ta’lim tizimining ayrim jihatlarini, graf, knyaz, qirollik kabi unvonlarni qabul qiladilar. Ma’naviy asoratga solishning izi hozirgi kunda ham yaqqol sezilib turmoqda. Yevropacha urf-odatlar, kо‘ngil ochishlar, axloq va xatti-harakatlarga taqlid qilishlar kо‘zga yaqqol tashlanadi.
Tropik Afrikaning madaniy taraqqiyotini chuqurroq tahlil qilsak, Shimoliy Afrika madaniyatidan ancha orqada qolganligini kо‘rish mumkin. Shuningdek, G‘arbiy Afrika davlatlari madaniyati Afrika qit’asining markazida joylashgan davlatlar madaniyatidan ancha ilgarilab ketganligini ham his qilish mumkin. Bunday tafovutlarning sababi nimada degan savolning tug‘ilishi tabiiy. Buning asosiy sabablaridan biri, qit’aning G‘arbiy va Shimoliy-Sharqiy davlatlari о‘zidan kо‘ra bir muncha madaniy jihatdan rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bо‘lganligidir. Tashqi dunyodan ajarlib qolgan davlatlar madaniyatiga esa, о‘rta asrlarga xos tor doiradagi munosabatlar kuchli ta’sir qilib turgan, boshqalarida esa qabilaviy an’analar ustunlik qilgan. Umuman olganda Afrikaning turli hududlari turlicha madaniy taraqqiyot bosqichini bosib о‘tayotganligini anglab yetsa bо‘ladi.
Ayrim Afrika davlatlarining madaniy jihatdan orqada qolishining asosiy sabablaridan biri, ularning hozirgi yuksak madaniy hayotdan kо‘ra, о‘zlarining azaliy an’analari, urf-odatlari, marosimlari, qabila, guruh yoki jamoaning manfaatlarini boshqa manfaatlaridan ustun qо‘ymaslikka, ularga о‘zlarining sodiq ekanliklarini anmoyish qilishga bо‘lgan intilishlari hisoblansa, ayrimlarida xali-hanuzgacha о‘zlarining an’anaviy qabilaviy diniy e’tiqodlariga sodiqlik bilan amal qilishi, boshqalarida esa tabiatning narsa va hodisalariga iste’molchilik maqsadida yondoshilmaydi, balki unga hurmat va e’zoz, adolat, muhabbat bilan yondoshuv ustunlik qiladi.Tabiatga ta’sir kо‘rsatishni unda yashiringan ilohiy kuchlarga qarshi borish shaklida tasavvur qilishadi.
Afrikaliklarning diniy e’tiqodlariga e’tibor bilan qaralsa, eng qadimgi topinish odatlari bilan birga kо‘p xudolik, iudaizm, xristanlik, islom va ularning qо‘shilivudan iborat bо‘lagan singkretik diniy e’tiqodlar mavjud ekanligini kо‘rish mumkin.
Sinkretik diniy e’tiqodlar Afrikaning kо‘pgina qabilalari о‘rtasida keng yoyilgandir. Sinkretizm – bu yerli xalqning diniy tasavvurlari bilan boshqa dinlar: islom, xristianlik, iudaizm, hinduizm va boshqa dinlarning umumlashib ketishidir. Masalan, yerli xalqning osmon ruhlari yoki xudolari tо‘g‘risidagi (turli xil tabiat hodisalarini boshqarib turuvchi ruhlar) tasavvurlariga Alloh, xristian xudolari, payg‘ambarlar, avliyolar tо‘g‘risidagi tasavvurlarning qо‘shilib ketishi, an’anaviy marosimlar va bayramlarga boshqa diniy marosimlar hamda hayitlarning qо‘shilib ketishi diniy sinkretizmning kо‘rinishlari hisoblanadi.
Afrika qit’asining kо‘pgina mamlakatlarida an’anaviy va diniy e’tiqodlarga topinish ustunlik qiladi.. An’anaviy diniy e’tiqodlar, birinchidan, turli xil marosimlar, urf-odatlar, udumlar va rasm-rusumlar orqali, ikkinchidan, ilohiy matnlarning og‘zaki tarzda avloddan-avlodga о‘tganligi bilan hozirgi kunimizgacha yetib kelgan.
Afrika xalqlari diniy e’tiqodlarining asosiy xususiyatlari. Aholining bir-biridan ajralgan holda yashashi va iqtisodiy-madaniy taraqqiyotining turli tumanligidan qat’iy nazar, e’tiqodlarda aynan о‘xshash jihatlarning mavjudligi hamda bir-biriga juda yaqin qabilalar e’tiqodlarining bir-biridan tubdan farq qilishi hisoblanadi.
Afrikaning kо‘pgina xalqlarida diniy tasavvurlarning ilk shakllari, ya’ni fetishizm, totemizm, animizm, ajdodlar ruhiga e’tiqod qilish, jodugarlik va sehrgarlik, turli narsalarni ilohiylashtirish, kohinlarning qudratiga, turli yovuz ruhlarga ishonish va boshqalar saqlanib qolgan. Bu xususiyat Afrika xalqlari marosimlariga ham о‘z ta’sirini kо‘rsatmasdan qolmagan.
Shuni ta’kidlab о‘tish joizki, Tropik va Janubiy Afrikaning kо‘pgina xalqlarida keng yoyilgan, san’at darajasiga kо‘tarilgan haykalchalar va niqoblar ham bevosita ularning diniy qarashlari bilan chambarchas aloqadorlikda rivojlangan, saqlanib qolingan, va ayni paytda ham kо‘pgina marosimlar, bayramlar hamda an’analarning asosiy elementiga aylangan.
Afrika xalqlari nazdida inson hayoti bilan bog‘liq bо‘lgan har qanday predmet va kerakli bо‘ladigan kо‘plab boshqa narsalar ham fetish bо‘lishi mumkin.
Totemizm asosida kо‘pincha insonning hayvonlar bilan qarindoshligi, ya’ni insonning kelib chiqishi bilan bog‘liq bо‘lgan hayvonlar о‘rtasidagi qarindoshlik aloqalari tо‘g‘risidagi tasavvurlar yotadi. Totemistik tasavvurlar asosan, chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi Sharqiy Afrika xalqlari orasida keng tarqalgandir.
Afrika xalqlarida totem asosan sinab kо‘rish, va hatoga yо‘l qо‘yish orqali aniqlangan. Masalan, Mbuti qabilasi о‘rtasida keng yoyilgan bir rivoyatiga kо‘ra, bir kishi bitta jonivorni о‘ldiradi va uni yeydi. Tо‘satdan о‘sha kishi kasal bо‘lib о‘ladi. Marhumning qarindoshlari bu ikki voqeani bir-biri bilan bog‘lab, “Bu jonivor bizning birodarimiz ekan, unga teginishimiz mutlaqo mumkin emas ekan” degan xulosaga keladilar.
Ayrim xalqlar о‘rtasida esa, insoniyatning paydo bо‘lishi tо‘g‘risidagi totemistik tasavvurlarga oid rivoyatlar ham mavjud. Masalan, Kamerunda yashovchi fali qabilasi о‘rtasida insoniyatning paydo bо‘lishi tо‘g‘risida quyidagi rivoyat mavjud. Birinchi juft odam olamning о‘rtasida о‘suvchi qovun daraxtidan paydo bо‘lgan. Bu bir juft odamdan ikki juft egizak qizlar tug‘ilganlar. О‘z navbatida timsoh va toshbaqa hamda echkiemar va qurbaqa nikohidan ikki juft egizak о‘g‘il bolalar tug‘iladilar. Shunday qilib tо‘rt qiz va tо‘rt о‘g‘illarning oila qurishidan fali xalqi paydo bо‘lgan.
Keyinchalik xudolar tо‘g‘risidagi tasavvurlarning shakllanishi natijasida asta-sekin totemistik qarashlar о‘z ta’sir doirasini kamaytira borgan.
Shuni ta’kidlash zarurki, totemistik qarashlar va san’atning ayrim turlarining qо‘shilib ketishi Afrikaning kо‘pgina xalqlariga xos xususiyatdir. Masalan, Tropik Afrikada totemizm asosan yog‘ochdan yasalgan haykallar va niqoblarda о‘z aksini topgan. Yarim odam, yarim hayvon shaklida tasvirlanuvchi ajdodlar obrazlari keng kо‘lamda nishonlanuvchi afsungarlik va boshqa marosimlarda foydalaniladigan haykaar hamda niqoblarda aks etadi.
Mali respublikasida yashovchi dogon qabilasi о‘rtasida nishonlanadigan dastlabki marosimlar, hozirgi paytdagi karnavallar, maskaradlarda timsoh niqobidan foydalanish odatga aylangan. Rivoyatlarga kо‘ra, dogon xalqi timsoh bilan qarindosh, о‘tmishda timsohlar dogon xalqiga juda kо‘p yordam bergan. Shu boisdan qabila turli xil marosimlarda timsohlarning tasviri tushirilgan niqoblardan foydalanishadi.
Kо‘pgina xalqlarda niqoblarning totemga tegishli jihatlari esdan chiqqan bо‘lsa-da, lekin ulardan turli xil marosimlarni bezashda foydalanish orqali ularning ta’sirchanligini oshirishda keng foydalanadilar.
Afrika xalqlari e’tiqod qiladigan qadimiy diniy e’tiqodlardan yana biri animizmdir. Animistik e’tiqod, asosan vafot etgan ajdodlar ruhiga bog‘liq tarzda namoyon etiladi. Masalan, Bushmenlar о‘rtasida о‘lganlar dafn qilinadigan joylar tiriklar uchun xavfli joy hisoblanadi. Shu boisdan bushmenlar marhumni dafn qilganlaridan sо‘ng, u yerdan tezroq uzoqlashishga va о‘z izlarini chalg‘itishga harakat qilganlar. Gottentotlar esa haqiqiy qabr bilan birga о‘lganlar ruhi uchun “yolg‘on qabr”lar ham kavlaganlar.
Kо‘pgina xalqlar о‘rtasida “yovuz ruhlar” tо‘g‘risidagi tasavvurlar keng yoyilgandir. Masalan, Kongo xalqlari о‘rtasida vafot etgan jodugarlar, jinoyatchilar, bekorchilarning ruhlari yovuz ruhlar hisoblanib, odamlarning uylari atroflarida uzun junli badbashara kichkina maxluqlar shaklida kezib yuradilar, degan tasavvurlar keng yoyilgan. Botsvanada yashovchi xambukushu xalqlari yovuz jodugarlarning ruhlarini uch oyoqli, qip-qizil kо‘zli, maymunnikiga о‘xshash dumli kichkina qop-qora odam shaklida tasavvur qilishib, ularni qabristonlarda, о‘rmonlarning chetida yashaydi va kechalari qurbonlik istab kezib yuradi, deb о‘ylaganlar.
Bir qator Afrika xalqlarining niqob yaratish san’ati animistik tasavvurlar bilan chambarchas bog‘liq tarzda vujudga kelgan. Ularning tasavvuriga kо‘ra, turli xil ruhlar, ayniqsa, ajdodlar ruhi niqoblardan joy oladi. Shu boisdan ular odamlarning turli kо‘rinishdagi niqoblarini yaratganlar. G‘arbiy Afrikada istiqomat qiluvchi kpella va diula qabilalari turli xil marosimlarni о‘tkazishda о‘z xonadonlarini turli xil kо‘zga kо‘rinmas yovuz ruhlardan himoya qiladi deb hisoblab yuradigan, haykalchalar va niqoblardan foydalanadilar.
Ayrim qabilalarda, masalan, Fil suyagi Qirg‘og‘i mamlakatida yashovchi baule, Benindagi fon, Gabonda istiqomat qiluvchi fang va boshqa xalqlarda haykalcha hamda niqoblarda magik qudrat borligiga ishonch keng tarqalgan. Mazkur xalqlarning tasavvuriga kо‘ra, haykalcha va niqoblar insonning tug‘ilganidan to umrining oxirigacha, unga yо‘ldosh bо‘ladi, uni har xil balo-qazolardan asraydi. G‘arbiy Afrikaning bidago xalqida esa, qiz bola erga tegishi bilan unga kichkina yog‘oya haykalcha taqdim etishadi. Ularning tasavvuriga kо‘ra, bu haykalcha uning tezroq homilador bо‘lishiga yordam beradi. Ayol bola kо‘rishi bilan haykalchani qishloq oqsoqoliga topshiradi. Oqsoqol esa, haykalchani turmushga chiqayotgan boshqa kelinga beradi.
Jodugarlik – bu inson ruhi va ongiga ta’sir kо‘rsatish hisoblansa, sehrgarlik kо‘plab turli-tuman yо‘llar bilan, marosimlar о‘tkazish orqali tabiat hodisalari hamda boshqa kishilarga magik ta’sir kо‘rsatishdir. Kishilar sehrgarlikni odamlarga, jamoaga foyda keltirish (masalan, yomg‘ir chaqirish, hosildorlik bilan bog‘liq bо‘lgan turli irim-sirimlar va marosimlar о‘tkazish) ham, zarar keltirish ham mumkin, deb о‘ylaganlar.
Ekvatorial va Janubiy Afrikada yashovchi kо‘pgina qabilalar tasavvuriga kо‘ra, jodugarlar ikki qiyofaga: bu dunyoga tegishli, ya’ni odamga о‘xshash qiyofaga va boshqa dunyoga, ya’ni g‘ayri tabiiy dunyoga tegishli qiyofalarga ega deb tasavvur qiladilar.
Afrika xalqlarining kо‘pgina marosimlari bevosita diniy tasavvurlari bilan bog‘liqdir. Dunyoning boshqa xalqlari singari afrikaliklarda ham tabiat kuchlariga muayyan marosimlarni о‘tkazish orqali ta’sir kо‘rsatishga bо‘lgan ishonch mavjuddir. Masalan, Janubiy Sudanda yashovchi pari va lango qabilalarida “yomg‘ir chaqirish” marosimi quyidagicha о‘tkaziladi. Kohinlar dastlab qurbonlik qilishadi. Qurbonlikka atab hayvonni sо‘yishadi.Kamdan kam hollarda yerdan unib chiquvchi о‘simliklar, masalan, bug‘doydan qurbonlik sifatida foydalanishadi. Qurbonlikka sо‘yiladigan echkimi, uloqmi, qо‘ymi, nima bо‘lishidan qat’iy nazar yomg‘ir olib keluvchi bulut rangida bо‘lishi shart. Lotuko xalqlarida tо‘rtta ziyoratgohda navbatma-navbat tо‘rtta echkini sо‘yishadi. Turkana qabilalarida esa, epidemiya yoki hayvonlarga о‘lat kelganda jamoa oqsoqollari sehrgarga murojaat qiladilar. U esa ofat turiga mos rangdagi (ramziylik) yoki boshqa birorta hayvonni qurbonlikka olib kelishlarini buyuradi. U aytgan rangdagi qurbonlikni olib kelishgach, marosim maxsus qо‘shiqni xor bо‘lib aytisha bilan boshlanadi. Qо‘shiq kо‘rinmas kuchlar va ruhlarga yordam sо‘rab iltijo qilishdan iborat.
Yomg‘ir chaqirishda qurbonlikning qoni muhim ahamiyatga ega. Uning sachrab yoki oqib tushishi va yerni hо‘l qilishi ramziy ma’no kasb etadi. Qurbonlikning qoni tо‘kilgan tuproq don solinadigan kurakchaga olinib, qabila boshlig‘ining uyida saqlash uchun olib ketiladi. Qurbonlik gо‘shti iste’mol qilib bо‘lingach, afsungar hovuchini suvga tо‘ldirib qurbonlik gо‘shti pishirilgan olov ustiga sepadi. Shundan sо‘ng bulutlar tо‘planadi, deb hisoblaganlar. Yomg‘ir yog‘ishini kutish uchun barcha tо‘planganlar uy-uylariga tarqalishadi va quyosh chiqquncha kо‘chaga chiqishmaydi.
Keniyada yomg‘ir chaqirish juda sodda kо‘rinishda bо‘lgan. Qadimda qattiq qurg‘oqchilik bо‘lganda qora rangdagi qо‘ylarni darayoga haydaganlar. Suvga tushib chiqqan qо‘ylar silkinganda suv yomg‘ir singari sachragan. Shunda qariyalar xudo Ilatdan yomg‘ir berishni sо‘rab iltijo qilganlar.
Ushbu mamlakatda istiqomat qiluvchi luo qabilasi kohini marosim boshlanishidan oldin ma’lum bir о‘tlarni terib, katta idishga solib о‘z kulbasining oldidagi muqaddas daraxt tagida qaynatgan. Sо‘ngra qamish naycha bilan qaynatmaning suvini sо‘rib, havoga yomg‘ir yog‘ayotganidek puflab sachratgan. Qolgan qaynatmani tropik jala (kuchli jala)ga о‘xshatib biqirlatib, ya’ni kо‘piklantirib qaynatgan.
Yomg‘ir chaqirish marosimlaridagi asosiy narsa, birinchidan, kohinning qudratiga ishonish bо‘lsa, ikkinchidan, tabiat kuchlari jonli, ular qurbonlik talab qiladi, qachonki qurbonlik berilsa, u odamlardan о‘z marhamatini ayamaydi, degan tasavvurlarning mavjudligidir.
Xulosa qilib aytganda, milliy ruh va milliy qiyofani saqlab qolishning asosiy vositasi hisoblangan an’anaviy diniy e’tiqodlarga hurmat bilan qarash, uni e’zozlash va ularni о‘zidan keyin qoladigan avlodlariga yetkazib berish Afrika xalqlarining muqaddas burchiga aylangan. Shu boisdan ham Afrikaning kо‘pgina mamlakatlarida istiqomat qiluvchi turli xil qabilalar boshqa dinlarni sof holda qabul qila olmaganlar. Mustaqillikka erishgan davlatlarda birin-ketin an’anaviy madaniyatga qaytish tez sur’at bilan amalga osha boshlagan.
Albatta, milliy madaniyatni eski zaminlarga qaytarish zamonaviy madaniy taraqqiyotdan voz kechishni bildirmaydi. Azaliy va zamonaviy madaniyatlarni bir-biriga qо‘shib olib bormasdan, xalqning milliy an’analari va milliy qiyofasini qaytarib bо‘lmaydi. Chunki, milliy urf-odatlarni, tilni, san’at va boshqa madaniy boyliklarni asrab-avaylab kelayotgan qabilalar va ularning vazifalari vaqtlar о‘tishi bilan kamayib bormoqda. Zamonaviy axborot vositalarini va milliy qadriyatlarni tiklashning boshqa vositalarisiz bu muammoni hal qilish mushkul. Shu boisdan Afrika qit’asining barcha mamalkatlarida milliy qadriyatlarni tiklashga qaratilgan markazlar, о‘quv yurtlari va turli xil ijtimoiy institutlar faoliyat kо‘rsatmoqda..
Afrikaning shimoliy sharqiy, g‘arbiy hududlari va Sahroi Kabirdan topilgan qoyatoshlardagi rasmlar va tasvirlar yuqori paleolit davridayoq ibtidoiy san’at ancha rivojlanganligini kо‘rsatadi. Insoniyat badiiy madaniyatida muhim о‘rin egallagan qadimgi Misr bilan Afrikaning boshqa sivilizatsiyalari о‘rtasidagi munosabatlarni ham ochib berdi.
Shimoliy Afrika qadimgi О‘rta yer dengizi tarixida muhum rol о‘ynaganligi bizga ma’lum. Qadimgi Finikiyaliklar hozirgi Tunis hududida buyuk Karfagen quldorlik shahar-davlatini, qadimgi yunonlar esa Misrda mashhur Aleksandriya shahrini barpo qilishgan bо‘lib, bu davlat va shaharlar Afrika madaniy hayotiga samarali ta’sir kо‘rsatgan. Shu boisdan ham qadimgi davr istilochilari shimoliy Afrika yerlarini bosib olarkanlar mahalliy xalqning madaniy an’analari bilan xisoblashishga majbur bо‘lganlar. 1944-yilda G‘arbiy Afrikada joylashgan Markaziy Nigeriyada er.avv, I ming yillik о‘rtalariga tegishli bо‘lgan, eng yuqori estetik saviyada tashkil etilgan realistik san’at asarlarini о‘zida birlashtirgan Nok madaniyati izlab topilgan.
Misr, Liviya va Mag‘rib mamlakatlarida nafaqat О‘rta Yer dengizi, Vizantiya, Yaqin va О‘rta sharq mamlakatlari, shuningdek Ekvatorial Afrika mamlakatlari bilan о‘zaro madaniy aloqada bо‘lgan.
О‘rta asr, ya’ni VIII-XIV asrlar san’atiga oid Chad kо‘li atrofidan topilgan Sao madaniyati, Nigeriya hududidagi Ife madaniyati va Benin saroyidan topilgan haykallar va bronzadan yasalgan buyumlar о‘zining badiiy qiymati bilan ajralib turadi.
Bu bebaho badiiy boyliklar о‘tmish davrlarida yaratilgan san’at asarlari о‘ziga xos milliy qabilaviy va mintaqaviy an’ananaviy xususiyatlarga ega ekanligini kо‘rsatadi.
Kolonializm qadimgi sivilizatsiyalar о‘chog‘ini vayronaga aylantirdi. Milliy va qabilaviy madaniyatlarni о‘zining azaliy sarchashmalaridan ajralishga majbur qiladi, Turli millatlar, elatlar va qabilalarning ma’- naviyatini azaliy zaminlaridan maxrum qiladi.
Misr xalqining shu jumladan, misr madaniyatining shakllanishida О‘rta yer dengizi va negroidlar irqining ta’siri kuchli bо‘lgan. Shu boisdan xam Misr madaniyatida О‘rta yer dengizi soxillarida yashagan va negroidlar irqiga mansub bо‘lgan xalklar madaniyatining elemetlari kо‘zga tashlanadi. Osiyolik semit qabilalari xam shu voxaga bot-bot bostirib kirganlar va yerli xalq bilan kirishib ketganlar.
Xuddi shunday jarayonni qadimgi Saxroi Kabir madaniyatida xam kuzatish mumkin. Kadimda xozirgi Saxroi Kabir insoniyat xayot kechirishi uchun zarur bо‘lgan barcha sharoitlarga ega bо‘lgan. Yirik suv xavzalari, о‘simliklar va xayvonot dunyosiga boy bо‘lgan. Buni Saxroi Kabir о‘rtasida joylashgan (fransuz olimi Eleot tomonidan izlab topilgan) Tassili-Ajer qoya toshlaridagi suratlarda xam kо‘rish mumkin. Qoya toshlarda tasvirlangan odamlar tashki kо‘rinishidan xam negroidlarga, xam о‘rta yer dengi­zi atrofida yashagan xalklarga о‘xshab ketadi.
Shuningdek, Afrika xalqlarining о‘zaro ta’siri va madaniy aloqada bо‘lganligi ayrim qabilalarning tilida xam kо‘zga tashlanadi. Masalan, О‘rta Yer dengizi xalqlariga mansub bо‘lgan fulba qabilasi bantu tilida cо‘zlashadilar, negroid irqiga mansub bо‘lgan xausa qabilasi xamit-semit guruxiga yakin bо‘lgan tilda gaplashadilar.
Demak, arxeologiya, antropologik va etnografik tadqiqotlar Afrikaning oq va qora tanli xalqlari о‘rtasidagi о‘zaro madaniy aloqalar qadim-qadimdan mavjud bо‘lganligini kо‘rsatadi. Ana shu о‘zaro aloqalar xam oq tanli Afrikaliklarning, xam qora tanli Afrikaliklarning madaniyati yagona negizga, xaqiqiy Afrika xalqlarining madaniyatining vujudga kelishiga olib kelgan
Ayrim olimlar Misr, Mag‘rib madaniyati bilan Afrikaning boshqa xalqlari madaniyati о‘rtasidagi aloqadorlikni inkor etadilar. Ularning fikricha, Misr va Shimoliy Afrikaning boshqa ayrim xalqlari madaniyatinint vujudga kelishi va shakllanishida kо‘proq Yakin Shark, Kichik Osiyo va О‘rta yer dengizi atrofida yashovchi boshka xalklarning ta’siri kuchli bо‘lgan.
Misrshunos olimlar bu fikrlarga qarshi chiqishib, Misr madaniyati о‘zining kelib chiqishi bilan xam, mazmun jixati bilan xam xaqiqiy Afrika mada­niyati ekanligini isbotlab berdilar.
Misr madaniyatining taraqqiyotini ayrim olimlar irqiy xususiyatlarga bog‘lab kо‘rsatadilar. Aslida, irqiy belgilar biror xalq madaniyati taraqqiyoti uchun asosiy sabab bо‘la olmaydi. Masalan, О‘rta Yer dengizi irqiga kiruvchi Liviyaliklar ham madaniy taraqqiyot jihatidan misrliklardan ancha orqada qolganlar. Yoki Yevropalik “oq tanli”larning madaniyati Misr mada­niyati gullab-yashnagan paytda xatto shakllanish darajasiga xam kirmagan edi.
Ma’lumki mintaqaviy madaniyatlarning gullab-yashnashi eng avvalo real omillarga bog‘liqdir, ya’ni muayyan mamlakatning geografik jixatdan joylanishuvi, kishilar tafakkurining shakllanganligi, ushbu davlat ijtimoiy-madaniy taraqqiyotida muxim rol о‘ynaydi. Misrning tabiiy-geografik shart-sharoitlari uning Afrika mamlakatlari orasida yuksak madaniyatga erishuviga olib kelgan.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling