Rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirilishi elektr stansiyalarini umumiy quvvatini 2005 yilga kelib 20000 mVt dan ortiq ko‘rsatkichga etkazish kutilmoqda.
Kelajakda mavjud gidroenergetik resurslardan samarali foydalanishga xam katta eotibor qaratiladi: CHotqol daryosida umumiy quvvati 1800 mVt bo‘lgan ikkita GES qurilishi; Pskem daryosida 4 ta gidrouzel - quvvati 1450 mVt teng bo‘lgan Qorong‘ito‘qay, YUqori-Pskem, Pskem va Mullak gidrostansiyalarini qurish rejalashtirilgan. Insoniyat xozirgi kunda asosan yangilanmaydigan energiya manbalari ko‘mir, neft, tabiiy gaz, urandan foydalanmoqda. YAngilanuvchan energiya manbalaridan foydalanish kengayib bormoqda - bular quyosh, shamol, okean energiyalari.
Elektr energetikaning yuqori darajada rivojlanishi xalq xo‘jaligining xamma sohalarini qayta jihozlashga, sanoat, qishloq xo‘jaligi qurilish va transport kabi uning etakchi sohalarida elektr energiyasini keng joriy qilishga imkoniyat yaratadi.
Sanoat korxonalarida elektr energiyasi yordamida millionlab stanok va mexanizmlar xarakatga keltiriladi, metall eritiladi, galvanik usulda metallar yuzasiga zanglashga qarshi va kristalga chidamli, himoyalovchi qoplamlar qoplanadi, turli detallar elektr maydonida bo‘yaladi, texnologik jarayonlar stanok va konveyerlarning marakkab avtomatik liniyalari avtomatik tarzda boshqariladi.
Sanoat ishlab chiqarishining yanada rivojlanishini ta'minlash uchun mamlakatimizda yangi zavod va fabrikalar qurilmoqda, amaldagilari esa rakonstruksiya qilinmoqda. Xar qaysi sanoat korxonasini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek turar joy binolari, maktablar, kasalxonalar, teatrlar va boshqalarni qurish muqarrar katta xajmdagi elektr montaj ishlarini bajarish bilan bog‘liqdir.
Zamonaviy sanoat korxonasi elektr qurilmalarini montaj qilish ancha murakkab ishlar kompleksidan iboratdir. Ularga: umumzavod va sexlardagi taqsimlash xamda transformator podstansiyalarini, elektr energiyasini uzatuvchi juda uzun va turli kuchlanishli kabel xamda havo elektr tarmoqlarini; sexlardagi komplekt taqsimlash qurilmalarini va boshqarish pultlarini, ko‘tarish qurilmalarini (liftlar, yuk ko‘targichlar, ko‘prik kranlari, elektr telferlar va boshqalar); sexlardagi elektr o‘tkazuvchi kuch va yoritish tarmoqlarani; texnologik elektr uskunalarini; avtomatik boshqarish, rostlash va ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish qurilmalarini montaj qilish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |