Ayni paytda «Hududiy elektr tarmoqlari» aj tassarufida 023 yil yanvar holatiga


Yiliga 12 milliard kilovatt soat elektr energiyasi


Download 27.56 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi27.56 Kb.
#1562377
1   2   3   4
Bog'liq
KIRISH

Yiliga 12 milliard kilovatt soat elektr energiyasi
ishlab chiqariladi
Ekologik toza energiya ishlab chiqarishni 2500 mVtga oshirish bo'yicha Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Saudiya Arabistonining nufuzli “ACWA Power” kompaniyasi o'rtasida 2020 yilning mart oyida imzolangan hamkorlik kelishuvi ana shu sa'y-harakatlarning muhim qismi hisoblanadi.
Loyiha uch asosiy bosqichdan iborat bo'lib, umumiy investitsiyaviy qiymati 2,5 milliard AQSH dollarni tashkil etadi. Global miqyosda energiya ishlab chiqarish va suvni sho'rsizlantirish korxonalari sohibi, jami quvvati 38,7 gVt.ga teng elektr energiyasi hosil qilish hamda dunyoning 12 mamlakatidagi 58 ta ob'ektga etkazib berish orqali nom qozongan “ACWA Power” kompaniyasi mamlakatimiz uchun xavfsiz va samarador “yashil” energetika echimlarini taklif etmoqda.
Sirdaryo viloyatida qurilishi boshlangan quvvati 1500 mVt.ga teng issiqlik elektr stansiyasi bu boradagi loyihalarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy qiymati 1,2 milliard AQSH dollari bo'lgan mazkur stansiyaning foydali ish koeffietsenti qariyb 60 foizni tashkil etadi. Bu hozirda faoliyat ko'rsatayotgan boshqa turdosh stansiyalar bilan taqqoslaganda, ishlab chiqarish uchun iste'mol qilinayotgan tabiiy gaz miqdorini deyarli ikki barobar iqtisod qilish imkonini beradi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, kombinatsiyalangan siklli stansiya Yaponiyaning eng so'nggi gaz turbinasi texnologiyasi asosida quriladi. U ish turkumidagi 2 ta gaz va bitta bug' trubinasi, 2 ta utilizator bug' generatoriga ega bo'lib, dunyodagi eng samarali elektrostantsiyalardan biri bo'lishi kutilmoqda.
Stansiya konstruktsiyasi, uning ish faoliyatini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi tizim jahondagi eng nufuzli soha mutaxassislari tomonidan mukammal darajada tayyorlangan. Bundan tashqari, eng zamonaviy yechimlar ekspluatatsiya qilish va nazorat vositalaridan foydalanishni ham ko'zda tutadi.
Stansiya yiliga 12 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hozirgi kunda O'zbekistonda elektr energiyasi iste'moli yiliga o'rtacha 68-70 milliard kilovatt soatni tashkil etsa, Sirdaryodagi IES ishga tushgach, qurilma iste'molchilarning elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojining 15 foizini qondirishga hissa qo'shadi.
Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Sirdaryo IES qurilishining rasmiy ochilishi marosimida yurtimiz mutasaddi idoralari rahbar-mutaxassislari, Saudiya Arabistoni va “ACWA Power” kompaniyasi vakillari ishtirok etdi. Mehmonlar tantanali tadbirda nutq so'zlab, yangi elektr stansiyasining imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi.
— O'zbekistonda energetika tarmog'ini isloh qilishga qaratilgan keng ko'lamli rejaning bir qismini amalga oshirishda ishtirok etayotganimizdan faxrlanamiz, — dedi “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan. — Bu yo'lda har ikki mamlakat vakillari bir jamoa bo'lib mehnat qilyapmiz. “ACWA Power” kompaniyasining arzon narxlarda elektr energiyasi etkazib berish borasidagi tajribasiga bildirilgan ishonch uchun O'zbekiston Respublikasi hukumati, energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga minnatdorlik bildiraman. Biz amalga oshirayotgan uchta yirik loyiha mamlakatdagi faoliyatimizni kengaytirish imkonini bermoqda.
Mazkur elektr stansiyasining qurilishi davrida mingdan ortiq fuqarolar bandligi ta'minlanadi. Mahalliy aholi orasidan xizmatchilar ishchi guruhlari tarkibiga olinib, pudratchilar, logistika kompaniyalari va muhandislik bo'yicha maslahatchilar bilan shartnomalar tuzilishi rejalashtirilgan. Muhimi, yirik investitsiyaviy loyiha O'zbekistonning energetika quvvatini talab darajasida oshirishga katta imkoniyat beradi. Boisi, 2030 yilga borib mamlakatimizda elektr energiyasi iste'moli 110 milliard kVt soatga etishi kutilmoqda.
Hozirda O'zbekistonning issiqlik elektr stantsiyalari respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining qariyb 86 foizini tashkil qiladi. Ayni vaqtda yurtimizda 14 ming megavatt quvvatga ega elektr stansiyalari mavjud. Aholining elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyoji o'sishi natijasida bu talab 2030 yilga borib 20 ming megavattga yetishi kutilmoqda. Ushbu stantsiyalar yiliga 17 milliard kub metr tabiiy gaz sarflaydi. Vaholanki, bunday katta miqdordagi gazni qo'shimcha qiymat yaratish (sintetik yoqilg'i, polipropilen olish) jarayonlariga yo'naltirish mumkin. Shu bois, mutaxassislar oldidagi asosiy vazifa elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishdangina iborat bo'lmay, balki atrof-muhit uchun zararsiz bo'lgan “yashil energiya” ishlab chiqarish ko'lamini kengaytirishga ham alohida e'tibor qaratilyapti.
Mamlakatimizda bu borada 10 yilga mo'ljallangan aniq loyihalar bor. Shu vaqt oralig'ida umumiy quvvati 5 ming megavatga teng quyosh elektr stantsiyalari hamda umumiy quvvati 3 ming megavatni tashkil yetadigan shamol elektr stantsiyalarini qurish rejalashtirilgan.
Energetika vazirligi 2020 yilning 1 fevralida SHerobod tumanida Osiyo taraqqiyot banki ko'magida fotoelektrik elektr stantsiyasi qad rostlashi bo'yicha dastlabki loyihaga boshlanganini ma'lum qilgan edi. Loyiha ushbu bank hamkorligida ishlab chiqilgan 1 gVt quyosh energiyasi hosil qilish dasturining bir qismi bo'lib, unga ko'ra, kamida 200 MVt o'zgaruvchan tok quvvatiga ega quyosh elektr stansiyasi, shu jumladan, yangi 220 kVt kuchlanishli podstantsiya va “Surxon – 500 kVt” podstantsiyasiga ulanish uchun jami uzunligi 52 kilometrlik elektr uzatish tarmog'i tortiladi.
Mamlakatimiz qayta tiklanadigan energiya manbalari loyihalarida qatnashish bo'yicha yaxshi shartlarni taklif qilgan yirik kompaniyalar bilan bevosita muzokaralarni faol davom ettirmoqda. Masalan, Fransiyaning “Tota Eren” kompaniyasi tomonidan Samarqand viloyatining Nurobod tumanida fotoelektrik stantsiya tiklanadi. Jami quvvati 100 mVt.li bu inshootni barpo etish va undan foydalanish to'g'risidagi bitim o'tgan yili kuzda imzolangan edi.
Manbalarda keltirilishicha, quyosh batareyalari, ya'ni yorug'likni elektrga aylantirish ta'sirini o'rganish dastlab frantsuz fizigi Aleksandr Bekkerel tomonidan 1842 yilda kashf etilgan. Keyinroq amerikalik ixtirochi CHarlz Fritts nurni elektrga aylantirish uchun selen kimyoviy elementidan foylanishni taklif etdi. Quyosh batareyalarining birinchi prototipi esa italiyalik olim Jakomo CHamichyan tomonidan yaratildi. Shundan so'ng “Bell Laboratories” tomonidan elektr tokini ishlab chiqarishga mo'ljallangan dastlabki quyosh batareyalarini ixtiro qilish uchun oradan qariyb bir asr vaqt o'tishiga to'g'ri keldi. Bu borada ilk yutuqlar keyingi ulkan muvaffaqiyatlarga yo'l ochdi. Bugungi kunga kelib, dunyoning ko'plab davlatlarida elektr toki olishda quyosh batareyalari, shamol elektr stantsiyalaridan keng foydalaniladi.
Albatta, “yashil energiya” ishlab chiqarish arzon jarayon emas. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish va o'rnatish uchun katta mablag' talab etiladi. Biroq, bunday qurilmalardan ishlab chiqariladigan energiya narxi yildan yilga pasayib borishi natijasida, ular keyinchalik iqtisodiy jihatdan o'zini oqlaydi.

Download 27.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling