Ayol- jamiyat gultoji,mehr va muhabbat timsolidir


Download 14.32 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi14.32 Kb.
#1606487
Bog'liq
AYOL


AYOL- JAMIYAT GULTOJI,MEHR VA MUHABBAT TIMSOLIDIR
Mamlakatimizda xotin qizlarning ijtimoiy- siyosiy va sotsial faolligini oshirish,ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish,huquq va qopnuniy manaatlariga so‘siz rioya qilinishini ta’minlash,onalik bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash,shuningdek,oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Har bir davrning o ‘z taraqqiyot omili ,ehtiyoji,talabi va hayotiy tamoyillari mavjud. Tabiiyki,ularni shakillantirish va rivojlantirish,ularga alohida ma’no-mazmun bag‘ishlash,bu davrda davlat,jamiyat hayoti,ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyatining aniq yo‘nalishlarini belgilab beruvchi ulkan tarixiy voqealar bo ‘ladi. O ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng, ayollar huquqlarini himoya qilish borasidagi birinchi qadamlaridan biri bu –O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasing 46-moddasida:’’Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar’’-deya e’tirof etilishi bo’ladi.Bu bilan mamlakatimizda ayollar jamiyatning faol a’zosi sifatida barcha sohalarda keng qamrovli ishtirok etishi huquqiy kafolatlandi.
O‘zbekiston ayollari davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etmoqda,ularning oiladagi mustahkamlanmoqda.Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosat xotin-qizlarimizga chinakam baxtli yashashi uchun,ularning huquq hamda erkinliklarini ta’minlash, intelektual va ma’naviy yuksalishi, kasbiy hamda oilaviy majburiyatlarini hamohang tarzda bajarishi uchun zarur imkoniyatlar yaratayotir.
Chuqur bilim, ma’naviy barkamollik bo’lgan joyda taraqqiyot bo’ladi. Shunday ekan, milly o‘zlikni anlash va ma’naviy poklanishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon avvalo ona-ayoldan boshlanadi. Ayol ma’naviyati butun millat ma’naviyatining tub ildizidir.
Ma’lumki, avval hammamizning ongimizga singib ketgan bir sterotip bor edi-“ilm-fan ayolning ishi emas”. Lekin tarix haqiqatlariga murojaat qilsak, ayollarning fan, ma’daniyat, ma’naviyat, tibbiyot olamida o‘zlarining aloxida yondashuvlariga ega ekanligini ko‘ramiz. Ilm fan taroqqiyotiga erkaklar bilan bir safda o‘z hissalarini qo‘shgan ayollar soni oz emas.
Sheroziy ayollarni ilm olish haqida shunday degan edi:”Yaxshi taxsil ko’rgan va ilm nuri bilan xulqini yaxshilagan ayol har yerda izzat topadi.Ilm –ayol uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan qutqargan har bir ayol nomus, izzat ayollik qadrini tushunib yetadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi”.
Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash ,ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan. Ayol bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obot va nurofshondir.
Yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oila mustahkamligini ta’minlash davlat siyosati darajasida ekanligi bilan har qancha faxirlansak arziydi.
Ayollarimizning baxti-xalqimizning jamiyatimizning baxtidir!
Baxtingizga ko‘z tegmasin o‘zbegim ayoli. Bayramingiz muborak bo’lsin!
Chuqur hurmat extirom bilan maktab direktori Akmal Ismoilov
Download 14.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling