Ayol olam guli
Download 61.18 Kb.
|
B.Mohizar1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi : Ayolning ona zotiga xos fazilatlarini sanab ado etib bo’lmasa kerak. U o’z nomi bilan avlod davomchisi, go’zallik timsoli. 2-boshlovchi
- 1-boshlovchi
- 2-boshlovchi
1-boshlovchi:
– U zotga ehtirom millati va dinidan qat’iy nazar, barcha insonlarga birday daxldordir. 2-boshlovchi: – U zotga bo’lgan mehr-muhabbatimiz ham shunchaki ko’ngilchanlikdan tamoman xolidir. U zot esa aziz onalarimiz. opa-singillarimiz, lobar qizlarimizdir. 1-boshlovchi: Ayolning ona zotiga xos fazilatlarini sanab ado etib bo’lmasa kerak. U o’z nomi bilan avlod davomchisi, go’zallik timsoli. 2-boshlovchi: – Muhtarama ayollar! Aziz, tadbirimiz ishtirokchilari! Sizning ta’rifingizga hali ko’p madhiyalar, iliq so’zlar va tabriklar izhor etiladi. Hozir navbatni maktabimiz badiiy havaskorlik jamoasiga bersak. Ular ijrosida uy va qo’shiqlar tinglab, raqslar tomosha qilsak. Badiiy havaskorlik jamoasi ijrosida “Sen bahorni sog’indingmi” qo’shig’i tinglansa, “Bahor valsi” raqsi tomosha qilinsa ayni muddao bo’lar edi. So’ng yana sahnaga boshlovchilar chiqishadi. 1-boshlovchi: – Bahor kirib kelganida borliq qanchalik yashnab ketsa, ayol kirganda xonadon, dargoh ham shu qadar nurafshon bo’ladi. Ayolning xonadon farishtasi deya ta’riflanishining boisi ham shundadir, balki. 2-boshlovchi: – Xushaxabar keltirsa kim farzandidan Yo’liga poyondoz to’shaydi ayol. Bo’lsin u olima, ishchi, shifokor, Dunyoda bolam deb yashaydi ayol. 1-boshlovchi: – Ha, darhaqiqat ayol kishi qanday kasb egasi bo’lmasin u eng avvalo, farzandim deb yashaydi, farzandim deb aql bovar qilmaydigan jasoratlarga bel bog’laydi. U eng avvalo farzandlarining mehribon onasi, dono maslahatchisi, qo’li shirin pazanda, oqila uy bekasidir. 2-boshlovchi: – To’g’ri aytasiz, dunyoda bolam deb kuyib-yonmaydigan ayol bo’lmasa kerak. Keling shunday ayollarning qalbiga bir quloq solib ko’raylik, ular nima der ekan. Sahnaga turli kasb egalariga xos kiyingan qizlar chiqib, o’zlartini tanishtirib she’r o’qishadi. Shifokor: Man oppoq xalatda Oppoq tilak bilan yashayman El sog-omon bo’lsin deb albatta Shunda men ham yayrab-yashnayman Shifokorman lekin avvalo Farzandimga sodiq onaman. Sochsalarda boshimdan tillo Bolam deyman kuyib yonaman. Muallima: Shogirdlarim jonu jahonim Hayotimning mazmun ma’nisi Davrasida o’rat har onim Farzandlarim ular barisi Yaxshi ko’rmay suyub qanchalar Muallima, oddiy onaman. Farzand shirin aziz bunchalar Bolam deyman kuyib yonaman. Download 61.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling