Ayol olam guli
Download 61.18 Kb.
|
B.Mohizar1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirkor ayol
- 1- boshlovchi
- 2-boshlovchi
- 2- boshlovchi
Shoira: So’z qaymog’I suzilar betga Bahor misol yasharar olam Qog’oz qalam surilar chetga Nogahonda yig’ilsa bolam. Dardga to’la bag’rim yuragim Shoiraman lekin onaman El-yurt tinchi orzu tilagim Bolam deyman kuyib yonaman. Chevar: Qo’llari gul mohir chevarman Ish tikaman mehrimni qo’shib Odamlarni dildan sevarman Xizmat qilay qalbimdan jo’shib Ko’zlarimda quvonch o’t chaqnar Tole kulgan baxtli onaman. Mashhur qildi elga shu hunar Bolam deyman kuyib yonaman. Tadbirkor ayol: Ishbilarmon tadbirkor ayol Yurt buguni porloq ertasi Rejalarim demang puch xayol Korxonaning rahbar bekasi Imkon qo’lida qilmayman inkor Tadbirkorman, ayol onaman. Mansab, shuhrat arzimas zinhor Bolam deyman kuyib yonaman. Zardo’z: Iplarimning zari tillodan Bezaklarda quyosh aks etar Momomeros asli xudodan Igna tutsam ular raqs etar Zardo’zlik bu hunarmas san’at Kasbim faxrim, ammo onaman Mehrim ulug, tuganmas davlat Bolam deyman kuyib yonaman. Olima: Zahmat chekib tunlarko’z ilmay Jumboqlarning yetdim siriga Va aylandim so’ng bilib-bilmay Bilim qasrin asirasiga Martabam zo’r mashhur olim Avvalo shukur onaman Tilda, dilda yolg’iz kalmia Bolam deyman kuyib yonaman. She’r yakuniga yaqin 2-boshlovchi qiz chiqib barcha she’r o’qigan kasb egalari tomon o’ng qo’lini ulargha ishora holida she’r o’qiydi: Qay bir kasbda qanday mansabda Ishlamasin bu ona Pokiza u nasli nasabda Farzandiga mudom parvona. Jasoratda erlardan o’tar Ibo hayo yo’l bermas xiyol Dilin faqat bir sog’inch o’rtar Bolam deydi dunyoda ayol. Qizlar o’rinlarini egallaydilar. Davraga 1-boshlovchi chiqib, 2-boshlovchi yonidan joy oladi. 1- boshlovchi: – Xalqimizda ayolni e’zozlagan millatning qadri hamisha baland bo’ladi degan ajoyib naql bor. Darhaqiqat, mamlakatimiz davlat va jamiyat qurilishida yil sayin xotin-qizlar faolligi oshib bormoqda. Bu esa millatimiz qadr qimmatini yuksaklikka ko’tarish emasmi? 2- boshlovchi: – Istiqlol yillarida Prezidentimiz I.A.Karimov rahnamoligida xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab quvvatlash davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biriga aylandi. 1- boshlovchi: – Ha, albatta onalar salomatligini mustahkamlash, yosh avlod hamda oilalarni ijtimoiuy himoyalash borasida tutgan va unda avvalgi yillardfa boshlangan ezgu ishlar ko’plab xayrli chora tadbirlar ushbu yoshlar yilida ham davom ettirilib ajoyib loyihalar amalgam oshirilayotgani buni yorqin dalilidir. 2-boshlovchi: – Yurtboshimiz tashabbusi bilan tas’is etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti mamlakatimiz iqtidorli qizlarini aniqlash, qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, yangi marralar, yangi ijodiy yutuqlar sari da’vat etishda muhim omil bo’lmoqda. 1-boshlovchi: – Buni birgina sportchi qizlarimizning vatanimiz sharafini jahon miqyosida munosib himoya qilayotganligi misolida ham yaqqol tasavvur etishimiz mumkin. Bundan tashqari ular ilm-fan ta’lim, sog’likni saqlaah, ishlab chiqarish, san’at, adabiyot va boshqa ko’plab sohalar rivojiga qo’shayotgan hissalarini ham e’tirof etmay bo’lmas. Shu o’rinda sportchi qizlarning chiqishlari tashkil qilinsa, maqsadga muvofiq bo’aldi. 2- boshlovchi: – Aziz davramiz mehmonlari. O’quvchi bolalar shoir G’.Gulomning “Onajonimga” she’rini yodlab kelishibdi. Uni bayram tuhfasi sifatida qabul eting. 1- o’quvchi: – Mehri oftob bo’lgan Har so’zi kitob bo’lgan Yog’u qaymoq murabbo Oy kulcham shirin kulcham Jahon onajonimsan. Download 61.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling