"ayol qadri" (She'r) Siz uchun yashaydi jonini berib


Download 19.64 Kb.
Sana26.03.2023
Hajmi19.64 Kb.
#1296093
Bog'liq
AYOL QADRI


"AYOL QADRI" (She'r)
Siz uchun yashaydi jonini berib 
Ayolning qadriga yeting erkaklar 
Yaxshi gapirsangiz ketadi erib 
Ayolning qadriga yeting erkaklar

Go’zal deb bitildi dostonu g’azal 


Chindan-da go’zaldur chundanda-da go’zal 
Go’zallik bobida yaralgan azal 
Ayolning qadriga yeting erkaklar

Xayotda ko’makdosh, suyanchiq sirdosh 


Xayo bor ibo bor sabr va bardosh 
Xam xizmat qildi xam egar bosh 
Ayolning qadriga yeting erkaklar

Ayolsiz xonadan xarob bo’ladi 


Orzular umidlar sarob bo’ladi 
Ayol bor farzandga bag’ring to’ladi 
Ayolning qadriga yeting erkaklar

Siz uchun yashaydi o’zini bezab 


Xurmatlang ezozlang qilmangiz g’azab 
Ayolsiz yashamoq azobdur azob 
Ayolning qadriga yeting erkaklar!

Ayol haqida she’r



Ayolning tabiati,
o’xshaydi ob-havoga.
Masala formulasi,
Ayon yolg'iz Xudoga.
Quyosh chiqsa,sal o’tmay,
Yog'ib berar "jala","do’l".
"Yomg'ir","qor"i mayliku,
"Bo’ron"idan ogoh bo’l!
Bir og'iz shirin so’zga,
Bo’lib berar kamalak.
Ranglarin jilosidan,
Yorishar osmon-falak.
Eri sal gapga so’ksa,
Do’q ursa onasidan.
Alamin olar,o’ynab,
O’tirgan bolasidan. -
Uyni nega yoyasan,
Gilamni qilibsan ho’l.
Jim bo’l,o’chir,zumrasha,
Otangga o’xshamay o’l!
Ana boshlandi yomg'ir,
Qorga aylanmasa bas.
Bolalar jim,va hatto
Pashshadan chiqmaydi sas.
Qozon tovoq taraq-tuq,
Bir-ikki kosa sindi.
Bitta qo’ng'iroq bilan,
Bir zumda yomg'ir tindi. -
Kechir,gulim,ertalab,
Ko'ngling og'ritib qo’ydim.
Aybimni yuvish uchun,
Syurpriz olib qo’ydim.
Ana,olam guliston,
Quyosh chiqdi charaqlab.
Ovqat tayyor,uylar ham,
Tozalandi yaraqlab.
Bolalar ham aylandi,
Zumrashadan poshshoga.
Va hattoki,jon kirdi,
Pisib yotgan pashshaga.
Eh,erkaklar,tilingiz,
Shirin so’zdan tolmasin.
Jabriga bolalariz,
Qor,yomg'irda qolmasin!)
Tabarruk zot olamda ayol,
Yorim-da, qizim-da, onam-da ayol,
Serbaxtli ayol, bu baxtli ayol.
Menga alifboni o`rgatgan ayol,
Qalbimga mehrni o`rnatgan ayol.
Farzand qalbin she'r qilgan ayol,
Mo`min so`zin sher qilgan ayol,
Ko`rmagay zavol bu ahli ayol.

Osmonlar ishonsa Ayol zotiga,
Uni sevib qolsa nuqrada Quyosh.
OLLOH onalikni ravo etganda,
Hatto farishtalar qilarkan havas.
Ayol farishtaday bo`lishi mumkin,
Vafosiz yor uchun o`lishi mumkin.
Jonidan jon yasab tug`ishi mumkin,
Nega farishtalar qilmasin havas!!!

Ko’rku nafosatin ta’riflash mahol,
Go’zallik, poklikka eng loyiq timsol.
Mehru muhabbati chashmadek zilol,
Sadoqat vafoga har doim misol.
Chin so’zni aytganda olmangiz malol,
Dunyoda eng aziz siymodir ayol.
Qalblami yashnatar guldek nafasi,
Olamda yagona mehrin shu’lasi.
Yaratganni bizga ulug’ tuhfasi,
Baxtiyor onlaming orzu-havasi.
Hamisha ortidan nur sochgan bahor,
Dunyoda eng aziz siymodir ayol.
Download 19.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling