3. Ilmiy tadqiqot ishining yangiligi.
Mazkur ilmiy tadqiqot ishida Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi”
romanida ekspressivlikni ifodalaydigan uslubiy vositalardan biri takrorlar
yordamida ayol obrazini yaratishda muallif mahorati birinchi marta tadqiq
etilmoqda. Mazkur ishda “Amerika fojiasi” romanida ishtirok etgan sakkiz nafar
turli tabiatli va xususiyatli ayol siymolarini yaratishda takrorlarning ekspressivlikni
hosil etishdagi ahamiyati tadqiq etildi va juda qiziqarli natijalarga erishildi. Bu
lavhalar ilmiy tadqiqot ishi 2-bobining 2.2., 2.3. fasllarida namoyish etildi.
4. Ilmiy tadqiqot ishining metodologik asoslari va tadqiqot metodi.
Ilmiy tadqiqot ishining metodologik asoslariga K.Vanspenkerenning
“Amerika adabiyoti asoslari”, Samoxvalov N.N. ning “Istoriya amerikanskoy
literaturi” va “Pisateli S.SH.A. o literature”, Galperin I.R. ning “Stylistics”, Arnold
I.V. ning “Stilistika sovremennogo angliyskogo yazika”, Boboxonova L.T. ning
“Ingliz tili stilistikasi” kabilar kiradi.
Mazkur ilmiy tadqiqot deskriptiv metod asosida olib borildi. Romanda
ishtirok etgan ayollar siymosini yaratishda monologik, dialogik nutqlar muallifning
individual ichki savol-javoblari, tabiat manzaralarining tasviri tadqiqot asosini
tashkil etdi.
5. Ilmiy tadqiqot ishining asosiy manbalari.
Galperin I.R., Arnold I.V., Boboxonova L.T., Mirtojiyev M.,
Qo’chqortoyev I.Q., Qilichev E.R., Zasurskiy Ya.N., Suxarenko R., Nikolayev A.,
Menshova I., Nabakov V., Azimov Q., Qayumov O., Izzat Sulton, Boltaboyev H.,
Katheryn Van Spanckeren, Lehan Richard, Pizer Donald, Helen Dreiser, Menken
H.L., internet saytlari hamda Teodor Drayzerning 1951-yilda nashr qilingan
“Amerika fojiasi” nomli 2 tomlik asari va ushbu asarning Erkin Nosirov
tarjimasidagi o’zbek tilidagi varianti mazkur ilmiy tadqiqot ishini yozishda asosiy
manba vazifasini bajardi.
5
6. Ilmiy tadqiqot ishining maqsadi.
Amerika yozuvchisi, Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” romanida
ayol obrazini yaratishda ekspressivlikni ifodalash uchun qo’llanilgan takrorlar
ishlatilgan misollar, lavhalar, maqollar, hikmatli so’zlarni tanlab olib, ularning
badiiy matndagi obrazlilik, bo’yoqdorlik, ta’sirchanlikni ifodalashdagi muallif
mahoratini namoyish etib, romandagi ijobiy va salbiy ayol obrazlarini tadqiq qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |