Ayollar jinsiy a'zolari anatomiyasi
Qizlik pardasidagi nuqsonlar
Download 66 Kb.
|
я.Ayollar jinsiy a\'zolari anatomiyasi, fiziologiyasi va ulardagi nuqsonar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Germofroditizm nima
- 3. Qiz bolaning rivojlanish bosqichlari va balogatga yetish davri
Qizlik pardasidagi nuqsonlar. Qizlik pardasi har xil shaklda bo'lishidan tashqari, ba'zan qalinroq va halqasimon bo'lishi mumkin. Ayniqsa, qalin bo'lsa, jinsiy muloqotda ko'pgina ko'ngilsizliklarga sabab bo'lishi mumkin. Halqasimon bo'lsa, jinsiy muloqat davrida yirtilmaslik hollari ham uchraydi. Gohida qizlik pardasi berk bo'lib, buni ham ke-chikib ariiqlash hollari uchraydi. Qiz bola balog'atga yeta boshlagach, boshlang'ich va so’ngi hayz bo'lmayotgani, oy sayin qorin pasti, dumg'aza, bel sohalarida og'riq turib, u borgan sari kuchayayotganligidan shikoyat qiladi. Og'riqning borgan sari kuchaya borishiga sabab, hayz qoni to'planib chiqa olmaydi, bunday paytda qiz bolaga tez yordam ko'rsatish zarur, aks holda og'riq bora
—bora kuchayadi. Isitma chiqadi 37-38° c, ba'zan butun organizm zaharlanib, isitma yana ham ko'tariladi, bunda tezlik bilan qizlik pardasi kesilib, tozalanadi. Germofroditizm nima? U shunday bir nuqsonki chaqaloq tug'ilganda uning jinsiy a'zolari 2 jinsga mansub bo'lishi mumkin. Bu faqat tashqi belgi bo'lib, bunday bolalarning ichki jinsiy a'zolari yaxshilab o'rganiladi, masalan bachadon qin, bachadon qo'shimchalari tuxumdonlar bo'lishiga qaramay, jinsiy a'zoning tuzilishi erkak kishining a'zosini eslatadi, qiz bolaning xarakteri ham o'g'il bolanikiga o'xshash bo'ladi. 3. Qiz bolaning rivojlanish bosqichlari va balog'atga yetish davri: 1. Ona qornidagi taraqqiyot davri 2. Chaqaloqlik davri 3. 7 yoshgacha davr- neytral davr 4. 7 yoshdan hayz ko'rguncha bo'lgan davr — prepubertat davr 5. Hayz ko'rish boshlangandan to 16 yoshgacha — pubertat davr 6. 16-18 yoshgacha davr - o'smirlik davri Biz quyida homilaning ona qornidagi umumiy taraqqiyoti ustida qisqacha to'xtalib o'tamiz. Ma'lumki odam embrioni juda tez o'sadi. Bir necha milligrammdan iborat bo'lgan homila tuxumi, tug'ilish davriga yetganda 3 kg va undari ham ko'proq og'irlikka ega bo'ladi. Homiladorlik o'rta hisob bilan 280 kun yoki 10 akusherlik oyi —ya'ni 40 hafta davom etadi. Uchinchi akusherlik oyining oxirlarida homilada odamlik belgilari paydo bo'la boshlaydi. Homila 3 oylik bo'lganida uning oyoq-qo'llari shakllanib, uzunligi 8 sm ga yetadi. Boshi va tanasining uzunligi bir-biriga muvofiqlashadi. Og'irligi 20- 25 gramm. Qo'1-oyoq harmoqlari va tirnoqlarining boshlang'ich alomatlari ham ko'zga tashlana boshlaydi. Tashqi jinsiy a'zolar shakllanadi. To'rtinchi oyning oxirlariga kelib uning jinsi aniq bo'ladi, terisi yupqa, qizg'ish bo'lib uzunligi 12 sm, og'irligi 120 grammga yetadi. Beshinchi oy oxirida homila terisi to'q qizil rangga kirib, mayin tuklar bilan qoplanadi, yurak urishini stetoskop orqali qorin devori orqali eshitish mumkin. Homila sezilarli darajada qimirlab turadi, bu paytda uning og'irligi 280-300 gr, uzunligi 25 sm ga yetadi. Oltinchi oyning oxirlarida tanasi mayin tuk bilan qoplangan, badanida yog' kamligi uchun terisi burishgan, og'irligi 600-650gr, bo'yi 30sm bo'ladi. Etti oyligida og'irligi 1000-1200 gr, bo'yi 35 sm, Sakkizinchi oy oxirida vazni 1500-1600 gr, bo'yi 40 sm bo'ladi. To'qqizinchi oy oxirida terisi ostidagi yog' qatlami qalinlashib, terisidagi burishish yo'qoladi, va rangi och pushti rangga kiradi. Homila tug'ilganda qattiq qichqirib yig'lab ko'zini ochadi, odatda ko'krakni ema oladigan bo'ladi. Bunday homila yashashga qobiliyatli bo'ladi, uning uzunligi 45 sm, og'irligi 2400-2500 gr ga yetadi. O'ninchi oy oxirida homila to'liq yetilib terisi och pushti rangga kiradi, tekislashadi, tirnoqlari ham o'sib, harmoqlari uchiga yetadi. Akusherlikning uchinchi oyi davomida homilaning taraqqiyotidagi barcha kamchiliklar yo'qoladi. Qiz bolaning balog'atga yetish davri 2 ga bo'linadi: 1. 8-9 yoshdan 13-14 yoshgacha. 2. 13-14 yoshdan 17-18 yoshgacha. Qiz bolalarda paydo bo'ladigan ikkilamchi jinsiy belgilar jinsiy gormonlarning faoliyatiga bog'liq. Qiz bolalardagi jarayonnning ayollarnikidan farqi shundalki, ularda estrogen gormonlari ko'p ajralib bu hol jinsiy a’zolarning rivojlanishi va shakllanishi uchun juda zarurdir. Qiz bolalarda uchraydigan ginekologik kasalliklar orasida birinchi o'rinini tashqi jinsiy va qindagi yallig'lanish jarayoni —70%, ikkinchi o'rinda hayz siklining buzilishi 23% uchinchi o'rinda jinsiy taraqqiyotning buzilishi 12% to'rtinchi o'rinda jinsiy a'zolardagi o'smalar 1 % beshirichi o'rinda jinsiy a'zolardagi nuqsonlar turadi. Balog'atga yetish davrida estrogen va androgen gormonlari birgalashib tana skeletining o'sishini ta'minlaydi. Chanoq suyagi kengayib 8-10 yoshlarda teri ostiga yog' qatlami to'plana boshlaydi, qiz bolaning ovozi o'zgarib, ikkilamchi jinsiy belgilar taraqqiy topa boshlaydi, sut bezlari kattalashadi, qo'ltiq osti, qov sohasida tuklar paydo bo'ladi. Download 66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling