Ayollar osmonning yarmini tutib turadi


Download 20.1 Kb.
bet3/3
Sana19.02.2023
Hajmi20.1 Kb.
#1214374
1   2   3
Bog'liq
asl xoli

Tanlov imkoniyati
Bunda 2 ta asosiy muammoni keltirish mumkin. Birinchidan, bolalarning tug’ilish nisbati. 100 qizga 107-109 o'g'il bolalarning tug'ilishi normal hisoblanadi. Xitoyda bu ko’rsatkich har 100 qizda 119 o'g'il tug'iladi va ba'zi viloyatlarda bu ko'rsatkich yanada yuqori, 130 ga etadi. 1 yoshdan 4 yoshgacha bo’lgan qizlarda o’lim ko’rsatkichi o’g’il bolalarga nisbatan 20% ga yuqori.
Mutaxassislar fikricha, 20 yildan keyin 30-40 million yigitlar o’z juftiga ega bo’lmasligi mumkin va ijtimoiy hayotni yaratuvchi to'laqonli oilani yaratish jamiyatda keskinlik va dramatik muammolarga olib kelishi mumkin. Masalan, ayollar savdosini ko’payishi. Ushbu hodisaning sabablari ota-onalar bilan bog’liq. Hukumat jinslar sonining nomutanosibligidan xavotirda, shu sababli milliy dasturni ishlab chiqdi, xususan, tug'ilmagan bolaning jinsini aniqlash uchun ultratovushdan foydalanish. Biroq, mutaxassislarning fikriga ko'ra, istalgan narsaga erishish uchun faqat taqiqlovchi choralar samara bermaydi. Bu muammolarning tub sababini aniqlash lozim, asosan, qishloqlarda nima uchun aynan o’g’il farzandli bo’lishni istashadi. Bu keksaygan paytda g’amxo’rlik qiluvchi inson oldida bo’lishi yoki bu an'anaviy tartibdan kelib chiqadigan merosxo'rlik bilan bog’liqmi? Jamoat tashkilotlari butun Xitoy ayollar federatsiyasi bilan birgalikda ulkan ma'rifiy ishlarni olib borishdi. Mahalliy hukumatlar qo'llab-quvvatlash maqsadida qiz farzandi bo'lgan oilalar uchun o'qish uchun grantlar, tibbiy yordam va boshqa choralarni ko'rishdi.Ikkinchi katta muammo bu dunyoda ayollar orasida o'z joniga qasd qilishning eng yuqori darajasidir. Ushbu o'z joniga qasd qilishning aksariyati qishloq joylarida sodir bo'lib, bunga sabab huquq va imkoniyatlardagi to’siqlar edi. Afsuski, ishonchli statistik ma'lumotlarning yetishmasligi tufayli bu hodisani tahlil qilish qiyin. Ayollar shuningdek oilada zo’ravonliklarga duch kelishadi. Tadqiqotga ko'ra, har 3 ta oilaning birida bu holat uchraydi.
Gender siyosati
1995-yilda Pekinda BMTning ayollar holati bo'yicha to'rtinchi xalqaro konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiyada gender tengligi va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ko’rib chiqiladi. Butunxitoy ayollar federatsiyasi va tegishli davlat organlari milliy dasturni ishlab chiqish orqali ayollar huquqlarni himoya qilishda davom etmoqda. Masalan, 1980-yilda Xitoy ayollariga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini yo'q qilish to’g’risida Konvensiya ishlab chiqildi.
Mamlakatda barcha muhim sohalarda ulkan ishlar olib borilmoqda, ammo 2001- yilda qabul qilingan oila to'g'risidagi qonunni eslatib o'tmoqchiman, uy sharoitida ayollarga nisbatan zo'ravonlikni taqiqlash. Masalan Mo'g'uliston provinsiyasining federatsiyalari minglab huquqni muhofaza qilish xodimlari uchun o'quv seminarlari va treninglarni amalga oshirdi hamda ommaviy axborot vositalarida
10 mingdan ortiq nusxada nashr etildi.
Gender muammolarini hal etish uchun uning belgilarini emas balki ildizlarini aniqlash lozim. Masalan, boshqaruv sohasidagi ba’zi ayollar tufayli, “ayollar boshqaruv sohasiga mos kelmaydi” degan dunyoqarashni shakllantirmoqda. Ayollar siyosiy boshqaruvga jalb qilinganda, ularga ta'lim, ommaviy axborot vositalari va boshqa sohalardagi bilimlar berilishi lozim. Tug’ilishdagi nomutanosiblik borasidagi muammoni halqilishda esa selektiv abortlarni taqiqlashdan ko’ra, sabablarni o'rganish va tushunish yanada muhimroqdir. Ya’ni nega odamlar o'g'illarni afzal ko'rishadi va qonunlar va iqtisodiy masalalar bilan bu qanchalik bog’liq.
Xitoyda bunday tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash uchun BMT boshchiligida maxsus fond tashkil etildi. Dasturning asosiy maqsadi gender masalalari to’g’risida davlat xodimlari hamda jamoat tashkilotlariga tushunchalar berish, uning mazmunini anglash tashkil etadi. Hozirda fond turli hududlarda Xitoy ayollari huquqlarini himoya qilish va ularda yetakchilikni rivojlantirish, nogiron ayollarning ahvolini yaxshilash, OIV va OITS bilan kasallangan ayollar, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish borasida 25 dan ortiq loyihalar, tadqiqotlar va islohotlarni amalga oshirdi. Amalga oshirilgan islohotlarning barchasi nafaqat shahar va qishloq ayollarining ahvolini yaxshilamoqda, balki, boshqa davlatlar e’tiborini ham tortmoqda.
Download 20.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling