Ayollar sportini rivojlantirish muammo va yechimlari


Download 20.48 Kb.
bet1/2
Sana05.04.2023
Hajmi20.48 Kb.
#1275487
  1   2
Bog'liq
Ergasheva tezis


AYOLLAR SPORTINI RIVOJLANTIRISH MUAMMO VA YECHIMLARI
ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ РАЗВИТИЯ ЖЕНСКОГО СПОРТА
PROBLEM AND SOLUTION OF THE DEVELOPMENT OF WOMEN'S SPORT.
Farg'ona davlat universiteti Sport o'yinlari kafedrasi o'qituvchisi
O.A. Ergasheva
Преподаватель кафедры спортивных игр Ферганского государственного университета
О.А. Эргашева
Teacher of the Department of Sports Games of Fergana State University O.A. Ergasheva
Kalit so’zlar: Xotin-qizlar sporti, jismoniy yuklama, yosh xususiyatlar, sog’lom turmush tarzi, jismoniy rivojlanganlik, ayol murabbiylar, jismoniy tayyorgarlik
Ключевые слова: Женский спорт, физическая нагрузка, особенности молодости, здоровый образ жизни, физическое развитие, женщины-тренеры, физическая подготовка.
Key words: Women's sports, physical load, young characteristics, healthy lifestyle, physical development, female coaches, physical training
Turli yoshdagi xotin-qizlarning jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi asosan ikkita maqsadga qaratilgan bo’lib, ularning biri salomatlikni yaxshilash bo’lsa, ikkinchisi sport sohasida erkaklar bilan yonma-yon turib, imkoniyatlarini namoyon qilib, o’z shon-shuhratini himoya qilishdir. Ma’lumki jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi xotin-qizlarning soni yildan-yilga ortib bormoqda. Bu holat respublikamizda kun sayin, sportning rivojlanayotgani va yashash tarzimizda ro’y beradigan o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Xotin-qizlart organizmining ish qobiliyatierkaklar organizmining ish qobiliyatidan biroz past darajada bo’ladi, bu xotin-qizlar organizmining anatomik va fiziologik xususiyatlariga bog’liq. Shuning uchun xotin qizlarni sportda yiqori natijalarga erishishlari uchunberladigan jismoniy yuklamalar va mashqlar hajmini yuqori darajada belgilash maqsadga muvofiq.
Turli yoshdagi xotin-qizlarning jismoniy mashqalr bilan shug’ullanishi asosan ikkita maqsadga qaratilgan bo’lib, ularning biri salomatlikni yaxshilash bo’lsa, ikkinchisi sport sohasida erkaklar bilan yonma-yon turib, imkoniyatlarini namoyon qilib, o’z shon-shuhratini namoyon qilishdir. Ma’lumki, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi xotin-qizlarning soni yildan yilga ortib bormoqda. Bu holat respublikamizda sportning kun sayin rivojlanayotgani va yashash tarzimizda ro’y beradigan o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Xotin-
Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan, o’sib kelayotgan yosh avlodni jismonan sog’lom hamda aqlan yetuk bo’lib voyaga yetishi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Mazkur jarayonlarni uzluksiz davom ettirish maqsadida kuchli ijtimoiy siyosat o’zining taqaqqiyot dasturiga asoslangan holda olib borilmoqda. Olib borilayotgan ishlarning yorqin namunasi sifatida Respublikamiz Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2021-yil 5-mart PQ-5020-sonli “Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorining 3-bandida Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg’armasining asosiy vazifalaridan biri sifatida ayollar sportini rivojlantirish bilan bog’liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko’maklashish belgilangan. Shuningdek, 2020 yil 2- martdagi “Sog’lom turmush tarzini keng tadbiq etish va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5953-sonli farmoni ham Xotin-qizlarimiz sportini rivojlantirish uchun asosiy turtki bo’lib xizmat qilmoqda. Bu yo’nalishda sportni rivojlantirish kelajak avlod salomatligi, sog’lom turmush tarzini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, xotin-qizlar sportini rivojlantirish faqatgina masalaning moddiy –texnik jihatlar ibilan belgilanmaydi, balki shu avlodni global miqyosda jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, mashg’ulotlarni milliy asosda tashkillashtirish va sport mahoratlarini fundamental bo’lishi ayol murabbiylarning tayyorgarligini samarali shakllanishi muhimligiga e’tibor qaratadi. Ayollarning organizmi erkaklarnikidan bir qator morfologik va funksional xususiyatlar bilan ajralib turadi
Xotin-qizlar sportiga e’tibor berilayotganligi bilan bir qatorda respublikamizning ba’zi hududlarida oqsayotgan jihatlar ham mavjud. Jumladan:

  • Ayol jismoniy tarbiya fani o’qituvchi (murabbiy)larining yetishmasligi (Ayniqsa qishloq joylar va chet hududlarda);

  • Xotin-qizlar organizmiga beriladigan jismoniy yuklamalarni ularning yosh xususiyatlari, jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarligiga mos holda tashkil etish.

Xotin-qizlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish muammosini hal etishda maqsadga erishish uchun quyidagi choqa-tadbirlar amalga oshirilishi zarur:

  • Qishloq joylar va chet hududlarda, mahallalarda malakali murabbiylar yordamida sport to’garaklarini tashkillash;

  • Malakali ayol murabbiylar va mutaxassis kadrlar tayyorlash;

  • Respublikamizning barcha hududlarida jumladan viloyatlar, tumalar, shaharlar, mahallalar va albatta qishloqlardagi ota-onalar bilan jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori natijalarga erishgan xotin-qizlar ishtirokida uchrashuvlar tashkillash.

Yuqorida keltirilgan mavjud muammolarga e’tibor qaratilsa va yechimlari tashkillansa o’ylaymanki xotin-qizlar sportida yanada yuksalishlar va oldinga siljishlar yuzaga keladi.

Download 20.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling