Ayollar va bolalar mehnatini muhofaza qilish
Kasaba uyushmalarining mehnat muhofazasini tashkil etishdagi roli
Download 35.3 Kb.
|
Ayollar yoshlar va nogironlar mehnatini muhofaza qilish
3. Kasaba uyushmalarining mehnat muhofazasini tashkil etishdagi roli.
Ish beruvchi va korxona (filial) kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘zaro munosabatlarida ijtimoiy sheriklik, hamkorlik, o‘zaro manfaatlarni hurmat qilish tamoyillariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladilar. Ish beruvchi O‘zRning amaldagi qonun hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar hamda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning konventsiyalariga binoan kasaba uyushmasining huquqlariga rioya qiladi, korxonada xodimlarning yagona vakillik organi sifatida Kasaba uyushmasi qo‘mitasini tan oladi hamda uning faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashadi. O‘zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan kasaba uyushmasi organlariga saylanib, ishlab chiqarish faoliyatidan ozod etilgan shaxslarga ularning vakolat muddatlari tugaganidan so‘ng avvalgi yoki shunga teng ish berilishini ta’minlash uchun Ish beruvchi bunday xodimlarning bo‘shab qolgan ish o‘rinlariga yangi xodimlarni faqatgina muayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomalariga binoan ishga qabul qilish majburiyatini oladi. Amaldagi qonun xujjatlariga va lokalь (ichki) qoidalarga muvofiq, Ish beruvchilar: a) jamoa shartnomasiga kirmagan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishdan oldin Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan oldindan kelishib olish; b) Kasaba uyushmasi qo‘mitasi talab qilganda unga mehnat hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etish; v) Kasaba uyushmasi qo‘mitasining ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun uni xonalar, transport, tashkiliy texnika, aloqa va Internetga ulanish vositalari, kantselyariya mollari bilan bepul ta’minlash majburiyatini oladi. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi: a) Korxona ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish dasturlarining bajarilishiga ko‘maklashish, bu borada xodimlar tashabbusi va ijodiyotini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish; b) qo‘llanilayotgan mehnatga haq to‘lash tizimlari, ish haqi to‘lanishi, jamoa shartnomasi bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar berilishi to‘g‘riligini, shuningdek mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar bajarilishini nazorat qilish; v) mehnat to‘g‘risidagi qonunlar ijrosini nazorat qilish, xodimlar huquqiy savodhonligini yuksaltirishga ko‘maklashish; g) kasaba uyushmasi a’zolarining mehnat qilish huquqini himoya qilish; d) ish joylaridagi mavjud kamchiliklarning o‘z vaqtida bartaraf qilishga erishish va ish joylarini mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi qoidalari talablariga muvofiq holatga olib kelish borasida ish beruvchi tomonidan tegishli choralar ko‘rilishini talab qilish; e) xodimlar va ularning oila a’zolarini dam olishi va sog‘lomlanishi uchun xodimlarning arizalarini tegishli sog‘lomlashtirish maskanlariga yo‘llanmalar bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan tasdiqlangan me’yorlar doirasida ta’minlash; j) korxonada mehnat va turmush sharoitlari ahvolining jamoat nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish; z) kasaba uyushmasi a’zolari orasida mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash, tushuntirish va tashkiliy ishlarni olib borish, mojarolarga olib keluvchi vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rish; i) turli tanlovlar, sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash uchun rag‘batlantiruvchi vosita va mukofotlar ta’sis etishlari mumkin. Xalqaro mehnat tashkilotining «Korxonalarda mehnatkashlar vakillarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi 135-Konventsiyasiga, shuningdek O‘zR Adliya vazirligida 1995 yil 18 dekabrda 196-son bilan ro‘xatga olingan «Mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil haqida Nizom»ning 12-bandiga binoan, quyidagilar “Mehnatkashlar vakillari” deb hisoblanadi: a) saylab qo‘yiladigan kasaba uyushmasi organlari a’zolari; b) mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar; v) mehnat nizolari bo‘yicha komissiyasi a’zolari; Ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod qilinmagan Mehnatkashlar vakillariga jamoatchilik ishlarini bajarish uchun har haftada kamida ikki soatdan bo‘sh vaqt beriladi va bu davr uchun ularga o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi. Ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod qilinmagan Mehnatkashlar vakillariga intizomiy jazo choralarini qo‘llash, ular bilan Ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonunida hamda O‘zbekiston Respublikasida ratifikatsiya qilingan «Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi 87-Konventsiyasi hamda «Korxonalarda mehnatkashlar vakillarining huquqlarini himoya qilish va ularga beriladigan imkoniyatlar to‘g‘risida»gi 135-Konventsiyasida nazarda tutilgan kafolatlarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Haydash zarur bo‘ladigan QIs.Aj, issiqlik ajralmasi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: Download 35.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling