Mavzu : Kichik biznesni kreditlashni tashkil etish asoslari
Download 15.38 Kb.
|
6bi-21 bank ishi №1
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAkka tartibdagi tadbirkorlar ; Mikrofirmalar
- Kichik korxona
- Dehqon xo‘jaligi
- Fermer xo‘jaligi
Mavzu : Kichik biznesni kreditlashni tashkil etish asoslari Reja : Kichik biznes tushunchasi Kichik biznes sub’ektlari Kichik biznesni kreditlash “Biznes” so‘zi ingilizcha so‘z bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so‘z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan faoliyatidir. Biznes bozor iqtisodiyotining barcha ishtirokchilari orasidagi munosabatlarni qamrab oladi va faqat ishbilarmonlarning emas, balki iste’molchilarning, yollangan ishchilarning, davlat tizimi xizmatchilarining ham xatti -harakatlarini o‘z ichiga oladi. Bu holatda, biznes so‘zining sinonimlari bo‘lib, ma’lum ma’noda tijorat, savdo-sotiq kabi tushunchalar hisoblanadi. Umumiy ko‘rinishda biznes - bu kishining bozor munosabatlari tizimidagi ishchanlik va faolligidir. Kichik biznesga o‘zining mustaqil mulki va xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘lgan va o‘zining faoliyati sohasida yuqori (dominant) hisoblanmagan firmalar kiradi. Kichik korxonalar quyidagilar tomonidan bunyod etilishi mumkin: fuqarolar, ularning oila a’zolari va boshqa birgalikda mehnat faoliyatini olib boruvchi shaxslar; davlat, ijara jamoalari, qo‘shma korxonalar, kooperativlar, xissadorlik jamiyatlari, xo‘jalik jamoalari, shirkatchilar va boshqa yuridik shaxs hisoblanuvchi korxona va tashkilotlar; davlat mulkini boshqarish huquqiga ega davlat idoralari; belgilan-gan idoralar, korxonalar, tashkilotlar va shaxslar hamkorlikda; amaldagi ishlab turgan korxona, tarkibidan, ishlovchi jamoa tashabbusi bilan, bitta yoki bir necha tarkibiy bo‘linma korxona mulki egasining roziligi va korxonaning ilgari qa-bul qilgan shartnomaviy majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash sharti bilan ajratib olish natijasida tuziladi. Kichik biznesga, mulk shaklidan qatʼi nazar, yiliga sanoat korxonalarida oʻrta hisobda 10 nafargacha, savdo, xizmat koʻrsatish va boshqa ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 5 nafargacha ish bilan band xodimga ega boʻlgan mikrofirmalar; ishlab chiqarish sohasida yiliga oʻrta hisobda 40 nafargacha, qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida 20 nafargacha, ilm-fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, chakana savdo hamda boshqa ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 10 nafargacha ish bilan band xodimga ega boʻlgan kichik korxonalar kiradi Kichik biznesning quyidagi shakllari mavjud: huquqiy maqomi bo‘yicha: jismoniy va yuridik shaxs maqomida; band bo‘lgan xodimlar soni bo‘yicha: yakka tadbirkorlik, mikrofirma, kichik korxona; mulkchilik shakli bo‘yicha: xususiy, davlat, jamoa, aralash; faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha: ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, tijorat, moliyaviy va innovatsion tadbirkorlik faoliyati; tadbirkorlikning qanday vazifani bajarishga yo‘naltirilganiga qarab: ishlab chiqarishni boshqarish, moliyalashtirish, vositachilik va maslaxatchilikka qaratilgan tadbirkorlik; faoliyat turlarining soni bo‘yicha: bitta va ko‘p tarmoqli tadbirkorlik; faoliyat murakkabligi bo‘yicha: maxsus bilim talab qilmaydigan, maxsus bilim talab qiladigan, yuqori texnologiyaga va nodir bilimga asoslangan tadbirkorlik; faoliyatning tarmoq yo‘nalishlari bo‘yicha: sanoat, agrosanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‘rsatish, transport va aloqa, uy-joy va kommunal xo‘jaligi, tijorat va moliya, ta’lim va fan, qurilish va boshqa xalq xo‘jaligi tarmoqdaridagi tadbirkorlik. .(Bu haqida batafsil keyigi boblarda bеrilgan) Amaldagi qonun hujjatlariga binoan kichik biznes sub’ektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: YAkka tartibdagi tadbirkorlar; Mikrofirmalar – ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarining yillik o‘rtacha soni 20 kishidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan tarmoqlarda10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar. Kichik korxona – engil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida band bo‘lgan xodimlarining yillik o‘rtacha soni 100 kishidan, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat ishlab chiqarish sohalarida 50 kishidan, fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boo‘qa ishlab chiqarishga aloqador bulmagan sohalarda 25 kishidan oshmagan korxonalar; Dehqon xo‘jaligi – oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa er uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtiradigan va realizatsiya qiladigan, yuridik shaxsni tashkil etgan va tashkil etmagan holda faoliyat yuritadiganoilaviy mayda tovar xo‘jaligi; Fermer xo‘jaligi – yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan, ijaraga berilgan er uchastkalaridan foydalangan holda tovar, qishloq xo‘jaligi tovari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt Download 15.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling