Ayollarning koketkali milliy ko‘ylagi XX asming boshida yaratilgan. - Ayollarning koketkali milliy ko‘ylagi XX asming boshida yaratilgan.
- Uning tashqi ko'rinishida milliy, an’anaviy va maishiy omillar mujassamlashgan.
- Ayollar milliy ko‘ylagining konstruktiv tuzilishi issiq iqlim sharoitiga
- yuqori darajada mosligi bilan xarakterlanadi. Bu gigiyena va fiziologiya
- mutaxassislari tomonidan ilmiy jihatdan asoslangan.
- Milliy ko‘ylak ikki qavatli koketka tufayli qomatning yuqori tayanch
- sathiga yopishib, ko'krak va kuraklar chizig'idan boshlab kiyim ostidagi
- havo bo‘shlig‘ining hajmini oshiradi.
Ko'ylak old koketka, orqa koketka, old tana, orqa tana detallaridan iborat. - Ko'ylak old koketka, orqa koketka, old tana, orqa tana detallaridan iborat.
- Orqa koketkasining ko'ndalang chizig'i kuraklar markazining
- sathidan o'tadi. Ularning shakli va konstruktiv tuzilishi turlicha bo'lishi
- mumkin: kaltaroq, uzunroq, dumaloqroq, to'g'ri chiziqli yoki turli
- shakllarda.
Old koketkasining ko'ndalang chizig'i ko'krak nuqtasi ustidan - Old koketkasining ko'ndalang chizig'i ko'krak nuqtasi ustidan
- model xususiyatiga bog'liq holda 2,0—6 sm masofada o'tishi mumkin.
- Uning uzunligi va shakli modelga moslab o'tkaziladi.
- Koketka yaxlit bichilgan yoki ikki bo'lakli bo'lishi mumkin.
- Ko'ylakning pastki qismi — tanasi — keng to'g'ri, trapetsiyasimon
- kengaygan, uzun yoki kalta moda yo'nalishiga bog'liq holda
- quriladi.
- Ko'ylak detallarining konstruksiyasi beli yaxlit bichilgan ko'ylak
- chizmasi asosida modellashtiriladi. 3.40-a, rasmda tipaviy tuzilishdagi
- (yoqasi ochiq, pidjakbop, yengi to'g'ri o'rta kengli, o'rta chiziqda
- taqilmadek bort chiziqlari ustma — ust o'tgan) ayollar milliy
- ko'ylagining modelli konstruksiyasi
Orqa koketkasi quyidagicha modellashtiriladi: 11 nuqtadan o'rta - Orqa koketkasi quyidagicha modellashtiriladi: 11 nuqtadan o'rta
- chiziq bo'ylab koketka uzunligi qo'yiladi. 14' nuqtadan o'miz chizig'i
- bo'ylab 13 sm qo'yiladi. Orqa koketkasining chizig'i o'miz chizig'idagi
- 332 nuqtaga nisbatan 2—3 sm pastroq o'tishi mumkin. Belgilangan
- nuqtalar ravon birlashtiriladi. Yelka vitachkasi koketka chizig'iga shablon
- usuli orqali o'tkaziladi.
- Old koketkani qurish uchun 14" nuqtadan old o'mizi bo'ylab 352
- nuqtadan 14 sm o'lchab qo'yiladi, yoki kiyim razmeriga va modelga
- bog'liq holda 2—3 sm pastroq tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |