Ayollarda ginekologik kasalliklar fayzullayeva gulmira baxodir qizi
ENSA OLDINDA YOTISHINING OLDINGI TURIDA TUG‘RUQ BIOMEXANIZMI
Download 239.88 Kb.
|
Fayzullayeva Gulmira AYOLLARGA GINEKOLOGIK KASALLIKLAR
ENSA OLDINDA YOTISHINING OLDINGI TURIDA TUG‘RUQ BIOMEXANIZMI
Tug‘ruq biomexanizmi to‘rt momentdan iborat: Birinchi moment – homila boshining bukilishi (flexio capitis). Homila boshi ko‘ndalang o‘qi tevaragida bukiladi va o‘zining o‘qyoysimon choki bilan chanoq kirish tekisligining ko‘ndalang o‘lchamiga mos keladi. Bachadon bo‘ynining ochilish davrida homila boshi kichik chanoq og‘ziga suqilib kiradi (yoki taqaladi), o‘q-yoysimon chok chanoqning ko‘ndalang yoki picha qiyshiq o‘lchamida turadi. Homilaning tug‘ilish davrida bachadon va qorin pressining.tazyiqi yuqoridan homilaning umurtqa pog‘onasiga va u orqali boshiga o‘tadi. Umurtqa pog‘onasi boshiga o‘rtasidan emas, balki.ensasi yaqinidan tutashgan, shu tufayli go‘yo ikki yelkali richag hosil bo‘ladi, richagning kalta uchida ensa, uzun uchida peshona joylashadi. Bachadon va qorin ichidagi bosimning kuchi umurtqa.pog‘onasi orqali avvalo ensa sohasiga o‘tadi (richagning kalta yelkasi). Ensa pastga tushadi, engak ko‘krak qafasiga yaqinlashadi, kichik liqildoq katta liqildoqdan pastroqda joylashadiKeyinchalik kichik liqildoq sohasi hamisha chanoqning o‘tkazuvchi o‘qi bo‘ylab borib, jinsiy yoriqdan birinchi bo‘lib ko‘rinadi. Ensa oldinda yotishning oldingi turida kichik liqildoq o‘tkazuvchi (yetakchi) nuqta hisoblanadi. Oldinda yotuvchi qismda joylashib, chanoq og‘ziga birinchi bo‘lib tushadigan, ichki burilish vaqtida oldinda boradigan va jinsiy yoriqdan birinchi bo‘lib ko‘rinadigan nuqta o‘tkazuvchi nuqta deb ataladi. Homila boshi bukilishi tufayli chanoqqa endi to‘g‘ri o‘lcham (12 sm) o‘rniga eng kichik o‘lcham, ya’ni kichik qiyshiq o‘lcham (9,5 sm) bilan kiradi. Homila boshi chanoqning hamma tekisliklaridan va jinsiy yoriqdan shu kichraygan aylanasi bilan o‘tadi. Diametr subocciðito-bregmatica – 9,5 sm. Ikkinchi moment – homila boshining ichki burilishi (rotatio capitis interna). Homila boshi oldinga qarab ilgarilanma harakat qiladi (pastga tushadi) va ayni vaqtda bo‘ylama o‘q tevaragida buriladi. Shu payt ensasi (va kichik liqildog‘i) oldingi simfiziga, peshonasi (va katta liqildog‘i) esa orqaga, dumg‘aza tomon buriladi (Chanoq og‘zida ko‘ndalang (yoki picha qiyshiq) o‘lchamda turgan o‘q-yoysimon chok endi o‘z vaziyatini sekin-asta o‘zgartiradi. Homila boshi chanoq bo‘shlig‘iga tushayotganda o‘q-yoysimon chok qiyshiq o‘lchamga o‘tadi; birinchi pozitsiyada o‘ng qiyshiq o‘lchamga, ikkinchi pozitsiyada chap qiyshiq o‘lchamga o‘tadi. Chanoqdan chiqish teshigida o‘q-yoysimon chok shu teshikning to‘g‘ri o‘lchamiga mos keladi. Homila boshining ichki burilishi chanoqdan chiqish teshigining to‘g‘ri o‘lchamida o‘q-yoysimon chokning qaror topishi bilan tugaydi, pastga tushgan kichik liqildoq ayni vaqtda to‘ppa-to‘g‘ri simfizga qaragan bo‘ladi. Homila boshi chanoq bo‘shlig‘idan (chanoq og‘zidan to chiqish teshigigacha) o‘tayotganda aksari 90° li yoy bo‘ylab aylanadi. Ensa ichki burilishgacha picha oldinga qaragan bo‘lsa – bosh 45° buriladi, ensa picha orqaga qaragan bo‘lsa – bosh 135° buriladi. Shunday qilib, homila boshining ichki burilishida o‘q-yoysimon chok chanoq og‘zining ko‘ndalang o‘lchamidan chanoq bo‘shlig‘ining qiyshiq o‘lchamiga, qiyshiq o‘lchamdan esa chanoqdan chiqish teshigining to‘g‘ri o‘lchamiga o‘tadi. Homila boshining ichki burilishini turli sabablarga bog‘lashadi. Harakatlanib borayotgan boshning chanoq o‘lchamlariga moslanish nazariyasi ko‘proq tarqalgan. Bu nazariyaga muvofiq, homila boshi eng kichik aylanasi (kichik qiyshiq o‘lcham bo‘yicha aylanasi) bilan chanoqning eng katta o‘lchamlaridan o‘tadi. Chanoq og‘zida ko‘ndalang o‘lcham, chanoq bo‘shlig‘ida qiyshiq o‘lcham, chanoqdan chiqish teshigida to‘g‘ri o‘lcham eng katta o‘lcham hisoblanadi; homila boshi shunga yarasha ko‘ndalang o‘lchamdan qiyshiq o‘lchamga va so‘ngra to‘g‘ri o‘lchamga o‘tayotib buraladi.Uchinchi moment – homila boshining yozilishi (extensio capitis). Homilaning qattiq bukilgan boshi chanoqdan chiqish teshigiga yetgach, unga chanoq tubining muskullari qarshilik ko‘rsatadi.Bachadon va qorin pressining muskullari qisqarib, homilaning dumg‘aza va dum suyagining uchiga tomon haydaydi. Chanoq tubining muskullari homila boshining shu yo‘nalishdagi harakatiga qarshilik ko‘rsatadi va uning oldinga, jinsiy yoriqqa tomon og‘ishiga yordam beradi. Homilaning tug‘ilayotgan boshi shu ikki kuch ta’sir etishi tufayli yoziladi. Ensa ostidagi chuqurcha qov ravog‘ining ostiga taqalib, bosh yoziladi. Bosh shu tayanch nuqtasi tevaragida yoziladi bosh yozilayotgan vaqtda peshona, yuz va engak yorib chiqadi, ya’ni bosh batamom tug‘iladi. Bosh suqilib kirib yorib chiqayotgan vaqtda yoziladi. Ensa oldinda yotishining oldingi turida bosh kichik qiyshiq o‘lchamdan o‘tuvchi tekislik (aylanasi 32 sm) bilan vulvadan chiqadi. Bosh yorib chiqayotganda qaysi tayanch nuqtasi atrofida buralsa, o‘sha nuqta fiksatsiya nuqtasi yoki giðomoxlion deyiladi. Ensa oldinda yotishining oldingi turida ensa osti chuqurchasi fiksatsiya nuqtasi hisoblanadi. To‘rtinchi moment – homila boshining tashqi tanasining ichki burilishi (rotatio capitis yexterna et trunci interna). Homila boshi tug‘ilgandan keyin yuzi pozitsiyaga qarab onaning o‘ng yoki chap soniga qarab buriladi. Birinchi pozitsiyada yuz onaning o‘ng soniga, ikkinchi pozitsiyada chap soniga buriladi. Homila boshining tashqi burilishi yelkalarning ichki burilishiga bog‘liq. Homila yelkalari chanoqqa ko‘ndalang yoki picha qiyshiq o‘lchamda kiradi; yelkalar chanoq bo‘shlig‘ida burila boshlaydi va qiyshiq o‘lchamga o‘tadi. Chanoq tubida yelkalarning ichki burilishi ko‘ndalang o‘lcham bilan tugaydi, chanoqdan chiqish teshigining to‘g‘ri o‘lchamida yelkalar qaror topadi (bir yelka simfizga, ikkinchi yelka dumg‘azaga qarab turadi) (79-rasm). Yelkalarning burilishi boshga o‘tadi: yelkalar chanoqdan chiqish teshigining to‘g‘ri o‘lchamida qaror topgach, yuz onaning soniga qarab buriladi. Download 239.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling