Ayqash o'qli vintaviy va gipoid uzatmalar harakatni ayqash vallarga uzatishda vallar
Download 203.93 Kb.
|
Ayqash o\'qli vintaviy va gipoid uzatmalar harakatni ayqash valla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vintaviy uzatmalar
AYQASH O'QLI VINTAVIY VA GIPOID UZATMALAR Harakatni ayqash vallarga uzatishda vallar o‘qlari kesishmay, ma’lum burchak ostida va bir-biridan a masofada joylashadi ( rasm). Harakatni ayqash vallarga uzatish uchun vintaviy va gipoid uzatmalar qo‘llanadi. O‘qlarni ayqash joylashishi bu uzatmalarga ba’zi xususiyatlarni berib, ulardan amalda foydalanish mumkin masalan ikkala valni podshipniklarini g‘ildirakni ikki tarafida joylashtirish mumkin; ikki val xam g‘ildirak ikki tarafida davom etirilishi mumkin, bu esa bir etaklovchi valdan xarakatni bir necha etaklanuvchi vallarga uzatish imkonini beradi. rasm. a - vintaviy uzatma; b - gipoid uzatma Ayqash o‘qli uzatmalarning asosiy kamchiligi ilashmadagi yuqori sir- panish va u bilan bog‘liq; tez eyilish va yulinishga moyillik bo‘ladi. Vintaviy va gipoid uzatmalarni aksariyat xollarda maxsus yuritmalar- da ishlatiladi. SHu sababli bular to‘g‘risida umumiy tushunchalarni tani- shish bilan chegaralanamiz. Vintaviy uzatmalar (17.6- rasm, a) silindrik qiya tishli uzatmalar bi- lan amalga oshiriladi. Vallarning o‘qi ayqash joylashishida g‘ildirak boshlang‘ich silindrlari nuqtada tutashadi. G‘ildirak aylana tezliklari- ning vektorlari ayqashlik burchaga bo‘yicha yo‘naladi, shu sababli uzatmada katta sirpanish kuzatiladi. Nuqtaviy kontakt va sirpanish xatto kam yuk- lanishlarda xam tez eyilish va yulinishga olib keladi. SHu sababli vintaviy uzatmalar asosan priborlarning kinematik zanjirlarida qo‘llanadi. Kuch uzatadigan uzatmalarda ularni ko‘p kirimli chervyakli uzatmalar bilan almashtiriladi. Ko‘p xollarda priborlarda bunday almashtirish madsadga muvofik bo‘ladi. Vintaviy uzatmalarni mustaxkamlikka hisob- lash eksperimental tadqidotlarga asoslangan shartli formulalar yorda- mida bajariladi. Gipoid uzatmalarrasm, b) qiya va aylana tishli konussimon g‘ildiraklar vositasida tashkil topgan bo‘lib, konus cho‘qqilari o‘zaro mos tushmaydi. O‘qlar ayqashlik burchagi ko‘pincha 90° ga teng bo‘ladi. Vintaviy uzatmalardan farqli ravishda gipoid uzatmalarda tishlarning kontakti chiziqli bo‘lishi mumkin. Gipoid uzatmalarda sirpanish tezligi vintaviy uzatmalardan kam buladi. SHu shababli ularning yuklanish qobiliyati yuqori bo‘ladi. Amaliyotda qadalish xavfi maxsus moylovchi materiallarni qo‘llash (gipoid moylar ) orqali va tishlarga katta qattiqlikkacha termik ishlov berish hamda val o‘qlari surilishini chegaralash bilan bartaraf etiladi. Gipoid uzatmalarning kamchiligi ularni tayyorlash va yigishga bulgan talablarning yuqoriligi bo‘ladi. Gipoid uzatmalarni asosan avtotraktor va to‘qimachilik mashinasozligida qo‘llanadi. Avtomobil etaklovchi g‘ildiraklari o‘qdan pastda kardan vallarini joylashtirish avtomobil- ning ogirlik markazini pastga tushirish va shu bilan uning turgunligini oshirishga imkon yaratadi. Tukuv mashinalarida gipoid uzatmalarning qo‘llanishi bir valdan bir necha o‘nlab vallarga (urchuklarga) xarakat uzatish imkonini beradi. Gipoid uzatmalarning xisobi maxsus adabiyotlarda keltirilgan Gipoidli uzatma - vintli tishli uzatma; ayqash oʻqli konussimon tishli gʻildirakdan iborat. Gʻildiraklarning tishlari qiyshiq va egri chiziqli boʻlishi mumkin. Shovqinsiz ishlashi, katta zoʻriqishlarga chidamliligi bilan boshqa uzatmalardan farq qiladi. Ish vaqtida tishlarda koʻndalang va boʻylama ishqalanish paydo boʻladi, shuning uchun tishlar doimo moylab turiladi. Avtomobil va traktorlar, teplovozlar, toʻqimachilik stanoklari va b.da qoʻllaniladi. Novikov ilashmali uzatmalar to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar Zamonaviy mashinasozlikda keng tarqalgan evolventa profilli tishli uzatmalarning ilashmasi chiziqli bo‘lib, tishlarning tontakti tish bo‘ylab joylashgan chiziqda(amalda yuklama ta’sirida ingichka maydoncha - yuzada) yuz beradi. Bunday tashqari, evolventaviy ilashmaning quyidagi kamchiliklarini sanab o‘tish joizdir: tish sirtining kichik egrilik radiusi yuklamani cheklashga olib keladi; tishlarning o‘zaro kontaktdagi ishqalanishni engishda quvvat ko‘proq sarf bo‘ladi; ilashmaning chiziqli tavsifi uzatma detallarining tayyorlash aniqligiga va ularni yig‘ish tadbirlariga katta ma’suliyatlar yuklaydi; evolventaviy ilashmaning kontakt mustahkamligi uncha yuqori emas, shuning uchun tishli uzatmalarning yuk ko‘taruvchanlik qobiliyatini oshirish masalalari o‘ta muhim sanaladi. YUqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan prof. M.L. Novikov taklif etgan nuqtaviy ilashish asosidagi tishli uzatmalar nazariyasida ko‘rib chiqilgan. rasm. Silindrsimon Novikov uzatmasi. Novikov ilashmasida ilashmasida tishlarning profili yondosh kesimda aylana yoylari bilan hosil qilingan va shesternya tishi qavariq, g‘ildirak tishi esa botiq shaklga ega. Tishlarning bunday shakli uzatmaning yuklanuvchanlik qobiliyatini egrilik radiuslari kattalashgani bois oshiradi. SHuni qayd etish lozimki, Novikov uzatmasida ham yuklama tahsir etmaganida ilashish nuqtaviy, yuklama ta’sirida esa nuqta qandaydir kattalikdagi yuzaga aylanadi. Evolventaviy ilashma bilan taqqoslanganda Novikov ilashmasi bir qator afzalliklarga ega bo‘ladi: yuklanish qobiliyati 1,4 ...2 martagacha ortadi; tishlar orasidagi moy qatlamining kattalashuvi hisobiga ishqalanishga sarflanadigan isroflar 2 martagacha kamayadi; val deformatsiyasining tish uzunligi bo‘yicha yuklamaning notekis taqsimlanishiga ta’siri kamayadi. Xuddi oddiy tishli uzatmalar kabi Novikov uzatmalari ham val orqali parallel, kesishadigan va ayqash bo‘lgan hollarda ishlatilishi mumkin. Novikov ilashmasi asosidagi uzatmalarning kamchiliklariga o‘ta yuklanishlarga va yuklamaning katta o‘zgarish farqlariga sezgirligi hamda o‘qlararo masofaning og‘ishiga chidamsizligi kiradi. SHesternya va g‘ildirak tishlari profilining bir xil emasligi tishli juftni tayyorlashda ikki rusumdagi tish qirqish asbobining ishlatilishi talab etiladi. Tishlarning aylana profilini olish vint chizig‘i bo‘ylab amalga oshirilishi lozimligi g‘ildirak tishlarini tayyorlashda bir qator texnik qiyintchiliklar tug‘diradi. Novikov uzatmasidagi ilashish uzluksiz bo‘lishi uchun o‘q bo‘yicha qoplanish koeffitsienti > 1 bo‘lishi kerak. Qiya tishlarning yonbosh sirtlari n-n tekislik kesimida vint chiziqlarining katta 1 va 2 egrilik radiuslariga egadir. Tutashuv nuktalari a tish uzunligi buyicha bir chetdan ikkin- chisiga karab uzgaradi. Download 203.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling