Ayrim Afrika mamlakatlari ta’lim tizimi tahlili


Janubiy Afrika Respublikasi ta'lim tizimi


Download 35.99 Kb.
bet2/5
Sana09.01.2022
Hajmi35.99 Kb.
#257661
1   2   3   4   5
Bog'liq
Afrika mamlakatlari

Janubiy Afrika Respublikasi ta'lim tizimi.

Maorifi, madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasalari. Hozirgi JAR hududiga yevropaliklar kelgunga qadar (17-asr o'rtalarigacha) afrikalik yoshlarga ta'lim berish an'anaviy afrikacha yo'ldan borgan: yosh avlodga turmush ko'nikmalari va hayot falsafasini o'rgatar edi. Yevropalikalarning dastlabki manzilgohlari barpo etilgach, ularning farzandlari cherkov ruhoniysida diniy kitob o'qishni o'rganardi. xristian dini targ'ibotchilari (missionerlar) 18-asr oxiri-19 asr boshlarida dastlabki maktablarni ochishdi. Inglizlar avval boshdanoq bu maktablarda yevropaliklar va mahalliy millat bolalarining alohida-alohida o'qishini joriy etdilar. 1995-96 yil o'quv yilida maorif ehtiyojlari uchun 8,9 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag' ya'ni davlat byudjetining 21,2 % sarflandi. Jami o'quvchilar 9,3 mln kishiga yetdi. Boshlang'ich maktab o'qituvchilari kollejlarga, o'rta maktab o'qituvchilari 17 universitet va 3 politexnika institutida tayyorlanadi. Yirik universitetlari: Pretoriya, Vitvatersrand, Stellenbosh, Keyptaun universitetlari. Yirik kutubxonalari: Blumfonteyndagi ommaviy kutubxona (1875 yilda tashkil topgan), Keyptaundagi shahar (1952), Parlament (1857), Janubiy Afrika ommaviy (1818) kutubxonalari, Keyptaun universitetining kutubxonasi (1829). Asosiy muzeylari: Blumfonteyndagi milliy muzey, Janubiy Afrika tabiat tarixi muzeyi, Janubiy Afrika madaniyat tarixi muzeyi, Keyptaundagi Milliy galereya.





Download 35.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling