Mavzu o’zbekistonda muzey ishi tarixi


Download 57 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi57 Kb.
#115181
Bog'liq
MAVZU 6МУЗУЗБ

MAVZU 6. O’zbekistonda muzey ishi tarixi.


Reja:

  1. Turkistonda dastlabki muzeylarning shakllanishi.

  2. 1917-1990 yillarda muzeylar va muzey ishi.



Tayanch iboralar: «Buyuk ipak yo’li», Amir Temur, X.D.Fren, K.P.Fon Kaufman, «O’rta Osiyo Bosh muzeyi», Turkkomstaris, Uzkomstaris, muzey kurslari, evakuaciya, Turkiston muzeyi, O’zR FA O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyi, I.V.Savickiy.
“Buyuk İpak yuli” o’tgan jozibali o’lkamiz qadimdan-oq barcha davlatlarda chet el istilochilarining diqqat markazida bulgan. Shu sababli taqdir taqozasi bilan O’rta Osiyoning tarixiy qismati juda og’ir kechdi.

Tarix guvohligicha, X asrdagi Buxoro va Sheroz amirliklar kutubxonalarida insoniyat yaratgan hamma nodir kitoblar bo’lgan. Xorazmshohlar davridagi to’plangan nodir moddiy-ma’naviy boyliklar mug’ullar bosqinida yuqatildi, kutubxonalar yondirildi. Natijada hayot 100 yillar orqaga chekindi. Oradan 150 yil o’tgach, ayniqsa Amir Temur davrida fan va madaniyat qayta kurtaklay boshladi. Amir Temur musulmon dunyosining muxaddas kitobi bulmish «Usmon quroni» ning asl nusxasini Samarqandga keltiradi. Temur va Temuriylar kutubxonasi dunega mashxur edi.

Buxoro, Xiva, Quqon xonliklarida ham nodir qulyozmalar kollektsiyasini to’plab saroy va shaxsiy kutubxonalar barpo etish odat bo’lgan. Toshkentda Jurabekning, Andijonda Dukchi Eshon shaxsiy kutubxonalari mashxur edi.

Yuqoridagi bu faktlar asosida Orta Osiyo diyorida moddiy va ma’naviy yodgorliklarni to’plash asriy anana bulib, milliy xususiyatlarga rioya qilgan holda amalga oshirilganligini ko’ramiz.

Moddiy ma’naviy boyliklarning tashib ketilishi xilma-xil yullar bilan amalga oshirildi. Elchilarga sovg’a sifatida berildi, sayyohlar, savdogarlar orqali va bosqinchilik xarakatlari tufayli ular xorijiy mamlakatlarga utib ketdi. Masalan: 1831-1833-yillarda Ost-İndiya kompaniyasining leytenanti Aleksandr Byorns Buxoroda yashab qadimiy tilla va kumush tangalarni yigadi va 200 dan ortiq nodir numizmatika kollektsiyasini barpo etib, Britaniya muzeyiga taqdim etadi.

Peterburgdagi Osiyo muzeyining direktori, sharqshunos olim X.D.Fren 1834-yil O’rta Osiyodan izlab topilishi mumkin bo’lgan sharq mualliflariga mansub «Yuz asarning xronologik ruyxati»ni tuzib chiqadi. Orenburg bojxonasiga savdogarlar yullash va kursatilgan qulyozmalarni Peterburgga yuborish haqida farmoyish berildi. Bu O’rta Osiyo moddiy va ma’naviy yodgorliklarning olib kelinishining birinchi bosqichi edi.

1869-yildan planli o’lja yig’ish choralari ishlab chiqildi. Soldat-ofitserlar qullariga Peterburgda yozilgan tavsiyanomalar berilib qanday narsalarga ahamiyat berishlik kursatilgan edi. Asosiy maqsad qulyozmalar, hujjatlar, tanga, muxr, amaliy sanat namunalari, asari-atiqa buyumlar, mahalliy hunarmandchilarning ijod maxsulotlari, gilamlar, zargarlik buyumlari, ayniqsa metaldan yasalgan qilich, xanjar, pichoq va boshqa buyumlar Peterburgga junatilishi kerak edi. Harbiy boshliq va amaldorlar bu qimmatbaho yodgorliklardan o’zlariga kollektsiya to’plashni ham unutmadilar. 1869-yili Turkiston general gubernatori K.P.Fon Kaufman (1867-1882) muxaddas kitob XV asr kufa qulyozma yodgorligi «Usmon Quroni»ni Peterburg imperatoriga junatdi.

1870-yilda Shahrisabz va Kitob bekliklaridagi qo’zg’olonni bostirish bahonasida 97 jild qadimiy qulyozmalar tortib olindi.

Moddiy va man’aviy yodgorliklarni ilmiy asosda yig’ish 1873-yil Xiva xonligiga yurish oldidan juda mukammal tashkil qilindi. Sharqshunos olim P.İ.Lerx, xonlikda nimalarga etibor berish va yig’ish haqida mukammal dastur ishlab, Turkistonga yuboradi va bu «ko’rsatma» soldat va ofitserlarga tarqatiladi. Ayniqsa O’rta Osiyo allomalarining asarlarini to’plashga etibor berildi. Bu ishlar Turkiston general gubernatori faxriy maslaрatchisi A.Kun zimmasiga yuklatildi.

Xiva xoni taxti 1874-yili Moskva qurol-aslaxa palatasiga topshirildi. Xon saroyidan olingan uljalar ichida 25 pud tilla va kumush, 200 dan ortiq qadimiy tanga, tilla buyumlar buldi. Ular Moskva, Peterburg muzeylariga junatildi. 1875-1876 yillarda Qo’qanga yurish natijasida, xonlik tugatilib, xazina Peterburgga olib ketildi. Keyingi davrda jalb etildi. Shu maqsad yulida 1807-1917-yillarda Turkistonda 15 ilmiy jamiyat ishlab turdi. 1895-yilda tuzilgan Toshkent arxeologiya etnografiya va antropologiya tugaragining ham asli vazifasi shunday buldi.

Tarqoq kollektsiyalarni birlashtirish va ularni Peterburgga junatish uchun saralash markazi lozim buldi. Bunday markaz muzey bulishi mumkin edi. Shu tarixa Turkiston muzeyi tashkil topdi. Bunday maqsad “Qizil imperiya” davrida xam uz kuchida qoldi. Yuqoridagi faktlar bugungi mustaqilligimizning naqadar azizligini, qadrli va muxaddasligini asoslab beradi.

O’zbekistonda dastlabki muzeylarning shakllanishi va rivojlanishi haqida tuxtaydigan bo’lsak, 1876-yilda Toshkentda Turkiston muzeyi tashkil etiladi (12-iyul).



1877 yil yanvarda muzey etnografiya, texnik ishlab chiqarish, qishloq xujaligi, tabiat tarixi va arxeologiya buyicha 1500 dan ortiq predmetlarga, 800 qadimiy tanga va medallarga ega edi. Muzey ancha shakllangach, 1877 yildan xavaskor tabiatshunoslar jamiyatining OLEAE Turkiston bo’limi a`zolari komitetiga raxbarlik qiluvchi statistika komiteti ixtiyoriga utkazildi. Uning mudiri ”Turkestanskie vedomosti”ning sobik redaktori N.A.Maev bulib, muzeyga bino berilmaganligi sababli uni uz uyiga joylashtirdi. Muzey ta`minoti uchun arzimas mablag (300 sum) ajratilar edi xolos, yana ayrim shaxslar tomonidan uncha-muncha exsonlar tushib turar edi. Aslida Maevning hisob kitobiga qaraganda, yiliga 1600 sumlik mablag talab etilardi. Bu muzey 4 bo’lim - etnografiya va texnika, tabiat tarixi va arxeologiya, numizmatika, qishloq xujaligidan iborat bulib, maxalliy suratlar va turli kollektsiyalar bilan boyitilgan edi.

1888 yil muzey nizomi ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Unda muzey ixtisosi, vazifasi, ish xarakteri belgilab berildi. Muzeyga raxbarlik qilishi besh kishidan iborat Nazorat komitetiga yuklandi. Ustavga muvofiq muzeygga geologiya, botanika, zoologiya, etnografiya, arxeoliya, numizmatika, sanoat va qishloq xujaligi buyicha materiallar tuplash va saqlash huquqi berildi.

1919-yil fevralda Turkiston General Gubernatorligi qarorgohi, «oq uy» ning bir qismiga muzey ko’chiriladi.

Bu O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyi fondida 1978 yildayoq arxeologik materiallardan 52 mingtagacha buyum, numizmatikadan 43 mingdan, oshiq tanga pul, medal va boshqa xil pullar, etnografiyada 1800 tadan oshiqroq yodgorlik buyum bo’ldi. Muzey kartotekasi va arxividagi fotosuratlar negativ va hujjatlar soni 100 mingdan oshgan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21-aprel 1992-yil, 203 sonli qarori asosida muzey qayta tashkil etildi. U O’zRFA O’zbekiston tarixi Davlat muzeyi deb nomlandi (Muzey jamoasi 86 kishidan iborat. 23 kishisi ilmiy xodim jumladan 3 fan doktori, 8 fan nomzodi bor. Umumiy maydoni g ming kv.m. 12 ming eksponat o’rin olgan).

Turkiston muzeyidan tashqari 1895-yilda Farg’ona viloyat muzeyi ochilib, u dastlab shahar xalq muzeyi deb atalgan. 1896-yilning 21-iyunida Samarqandda «Samarqand statistika komiteti muzeyi» (hozirgi O’zR madaniyat va san’at tarixi muzeyi) ekspozitsiyasining tuzilishi odatdagi kunstkamera sifatida bulgan, unda xar xil materiallar tuplangan. Ularni to’ldirishda rus havoskor kollektsionerlardan A.İ.Dobrosmıslov, N.S.Likoshin, N.P.Ostroumov, A.L.Vyatkin, N.N.Karazin, maxalliy vakillardan Mirzo Buxoriy, Mirzo Qosimov) A.Asqarovlarning faolyaiti katta bo’lgan.

1918-yil 10-dekabrda muzey va kollektsiyalarni hisobga olish va saqlash haqida Dekret elon qilinadi. 1919-yil 20- avgustda «Turkiston xalq muzeyi haqida Nizom» tasdiqlandi. 1943-yilda bu muzey O’zFA tizimiga o’tkazildi.

1920-yilda Namangan shahar o’lkashunoslik muzeyi, 1923-yilda Buxoro Muzofat tarix o’lkashunoslik muzeyi, 1934-yilda Chirchiq shahar o’lkashunoslik muzeyi tashkil qilindi.

1913-yilda hozirgi O’zbekiston hududida 3 ta muzey bo’lgan. 1924-yilda, soni 8 ta, 1940-yilda esa 17, 70-yillar oxirida 27 muzey ishlab turdi.



Turkkomstaris – Turkestanskaya komissiya po oxrane pamyatnikov starini i iskusstva – qadimiy san’at yodgorliklarini, tabiatni qo‘riqlash bo‘yicha Turkiston komissiyasi edi. 1921 yil 22 mayda Turkiston Respublikasi XKS Maorif xalq komissarligi tarkibida Turkkomstaris – muzey ishlari, qadimiy yodgorliklarni, san’at va tabiatni qo‘riqlash ishlari bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Komissiyaning zimmasiga Turkiston Respublikasidagi barcha muzeylarni birlashtirish va boshqarish, qadimiy yodgorliklarni, san’at va tabiatni qo‘riqlash va ta’mirlash funksiyasi yuklatildi.

Turkiston Xalq Komissarlari Sovetining 1923 yil 3 noyabr qaroriga binoan Turkiston o‘lkasining turli viloyatlarida joylashgan 20 ta qadimgi yodgorlik Turkkomstaris ixtiyoriga o‘tkazildi. Tarixiy-arxeologik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan 52 ta yodgorlik hisobga olindi. Turkiston ASSRning ettita muzeyida (Buxoro va Xivani qo‘shganda) osori-atiqalar soni 114075 taga etadi.

Mahalliy muzeylar taraqqiyoti o‘lkashunoslik harakati bilan bevosita bog‘liq holda borgan. «O‘lkashunoslik muzeylari» atamasi ham o‘tgan asrning 20-yillari o‘rtalaridan keng tarqaladi. Ularning faoliyati, mazmun mohiyati o‘lkashunoslikka oid nashrlarda muhokama etildi. O‘lkashunoslik harakatini taniqli olimlar va madaniyat arboblari akademik V.V.Bartold, professor A.A.Semyonov, A.A.Divaev, V.L.Vyatkin, M.E.Masson, L.V.Oshanin va boshqalar boshqarib, muntazam ravishda o‘lkashunoslik konferensiyalarini o‘tkazib turganlar. Rossiyada 1918–1923 yillari 150 dan ortiq muzey yaratilgan bo‘lsa1, Turkistonda 4 ta, jumladan Toshkentdagi san’at, Namangandagi shahar o‘lkashunoslik, Xorazm tarixiy-inqilobiy va Buxoro muzeylari tashkil qilindi.

1923 yili barcha muzeylarning fondi davlat mulki deb e’lon qilindi. Maxsus qarorlarga binoan 1922–1926 yillari muzeylarga tarixiy-badiiy qiymatga ega bo‘lmagan buyum va ashyolarni, eskirgan narsa, takrorlanadigan fondlarni sotishga ruxsat berildi. Ushbu yangi iqtisodiy siyosat davrining majburiy chorasi hamda 1929 yili davlat muzey fondlari omborxonalarining tugatilishi haqidagi qaror antikvariat bozorini shakllantiribgina qolmasdan, muzey kolleksiyalarining sotilishiga va tiklab bo‘lmas yo‘qotishlarga olib keldi.

Sredazkomstaris 1928 yil 7 aprelda tugatilib, uning muassasalari – O‘rta Osiyo bosh muzeyi, Markaziy badiiy muzey, Hayvonot bog‘i va inqilob muzeyi, O‘zbekiston maorif xalq komissarligi fan bo‘limi ixtiyoriga o‘tkazildi. Natijada muzeylarning ilmiy-yig‘uv va ilmiy-ekspozitsion faoliyati maydoni torayib, O‘zbekiston hududi bilan cheklanib qoldi.

O‘zbekiston Maorif XKS ning 1928 yil 28 martdagi buyrug‘iga binoan, Samarqandda muzey ishlari o‘tmish san’at va tabiat yodgorliklarini muxofaza etish O‘zbekiston komiteti – O‘zkomstaris tashkil etildi.

Taniqli olim YA.G‘.G‘ulomov tomonidan yozilgan asarda O‘zbekistonning moddiy madaniyat yodgorliklarini asrash va muhofaza qilish masalalari o‘z ifodasini topgan2. Me’moriy obidalar va yozma yodgorliklarni o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis tomonidan bu asar o‘zbek tilida yaratildi. Unda moddiy madaniyat yodgorliklarining katta tarbiyaviy ahamiyati belgilab berildi.

Muzeyshunoslik adabiyotlarda O’zbekiston muzey ishlarini rivojlantirishning birinshi davri (1917-1923 yy) Qadimgi va sanat yodgorliklarini muhofaza qilish komitetlari (Turkkomstaris, Sredazkomstaris, Uzkomstaris) faoliyati bilan belgilandi. Turkrespublika Markaziy Ijroiya komitetining 1920 y 30 yanvardagi dekretiga muvofik bu vazifa Turkrespublika Arxivlar markaziy boshqarmasiga yuklatildi. Biroq bu boshqarma o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hayotga muvofakkiyatli tadbiq etishga ojizlik qildi. Shu munosabat bilan tabiat, san`at obidalari va utmish yodgorliklarini saqlaydigan, muzeylar tashkil etish va ularni kuriklash ishi bilan shugullanadigan maxsus tashkilot tuzish tug’risidagi masala yuzaga keldi. Turkomstaris xuddi shunday tashkilot buldi. Turkomstaris tuzilishi jihatidan muzey, qadimgi yodgorliklar va san`at asarlarini muhofaza etish hamda, ta`mirlash, arxeologiya va tabiatni muhofaza etish singari to’rt sektsiyaga bo’lindi. Komitet yodgorliklarni hisobga olish va quriqlash borasida katta ishlar olib borildi, koordinatsiyalovchi ilmiy-tadqiqot markaziga aylandi. İkkinchi davri (1923-1930 yillar) tuplangan materiallarni tartibga solish, muzeylarning asosiy turlarini (markaziy, viloyat, mahalliy) ahamiyatga kura aniqlash materiallar to’plashda muayyan chegarani belgiladi. Uchinchi davri (1930-1941 yillar) urushgacha bulgan davr rekonstruktiv, xarakterga ega buldi. Muzey shaxobchalari kengaydi. Shu davrda, 1933-yil, Toshkentda muzey ishini yanada rivojlantirishga oid asosiy yunalishlarni belgilash masalasi muxokamasiga bagishlangan muzey xodimlarining birinchi respublika konferetsniyasi chaqirildi. Unda uch komissiya tashkil etiladi:

1. Muzey tarmogi va qurilishini planlashtirish

2. Muzeylarning ilmiy-tadqiqot ishlari

3. Muzeylarning ommaviy ma’naviy faolyaiti bo’yicha

To’rtinchi davri Vatan urushi yillariga (1941-1945 yillar) tugri keladi. Respublikaning urushdashi ishtirokini ifodalovchi ekspozitsiyalar yaratildi, muzey xalqni mardlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ahamiyatli bo’ldi. Statsionar va sayyor ko’rgazmalar tashkil qilingan. Muzey eksponatlari faqat ilmiy izlanishlar manbagina bulib qolmasdan, amaliy maqsadlarga ham xizmat qildi.

Urushi yillarida ko’pgina muzeylar binolarini evakuatsiya qilgan muassasalar uchun bushatib berdi. Muzey tarmoqlari vaqtincha qisqardi. Misol: tabiat va politexnika muzeyi birlashdi. San`at, Adabiyot va Uzbekiston tarixi muzeylari ham bir nom ostida birlashtirildi. Muzey xodimlarining ko’plari frontga kendilar. Front orqasida qolganlar esa sidqidildan mehnat qildilar. Ular Vatanparvarlar mavzusida bir necha ekskursiyalar turkumini yaratdilar. Xalq orasidagi ommaviy-siyosiy ish olib bordilar. Muzeylarning tarix bo’limida ko’rgazma shaklida “Ulug Vatan urushi” deb nomlangan maxsus bo’lim ajratildi. Bu jangchilarni frontga ko’zatish, bu jarayondagi tantanali mitinglar front ortida mehnat qilayotganlar frontga jo’nash haqidagi xat va arizalar hamda suratlari jang maydonlarida Uzbekistonliklarni jasoratlari aks etgan eksponatlar o’z ifodasini topgan edi. Brest qal`asini oldida, mashxur I.V.Panfilov nomi 8-dviziyasida, partizanlikda va jang maydonida jasorat ko’rsatgan o’zbek farzandlarining qahramonliklari bu bo’limdan o’rin oldi.

Beshinchi davr. 1946-1964 yillar urushdan keyingi qayta tiklash davriga tug’ri keladi. Keyingi mustaqillikgacha bulgan davrdagi muzeylar faoliyatida albatta totalitar tuzum goyalari ustunlik qilardi va bu milliy qadriyatlar durdonalarini muzey orqali dunyoga tanitish ishlarini markazga bog’lab quyardi. Faqat mustaqilligimiz tufayligina cheklashlarga chek quyildi. Milliyligimiz, o’zligimizni namoyon qiladigan muzeylar paydo bo’ldi. Masalan: Temuriylar Davlat muzeyi (1996-y, 18-oktyabr), Olimpiya shon-shuhrati muzeyi (1996-yil 1 -sentyabr) va xokazolar.

Qoraqalpogiston Davlat O’lkashunoslik muzeyi To’rtkul shahrida 1929-yilda tashkil qilingan. Bunda akademiklar S.F.Oldenberg, A.S.Samoylovich, akademiya muhbir a’zosi S.P.Tolinskiy va O’zbekiston, Qozog’iston olimlari yordam berishgan. 30-yillar boshida muzey ishlariga, Moskva Universiteti bitiruvchilari N.A.Baskakov, N.V.Torchinskaya va keyinchalik filologiya fanlari doktori, professor bulgan Qalli Ayimbetovlar faol ishtirok etadi. Olimlardan Melkov, Morozova, S.P.Tolstov, T.Jdanko va boshqalar keyingi davrlarda bu muzey eksponatlarini to’ldirishda xissa qo’shgan. Muzey 1944-yilda suv tashqiniga binoan To’rtkuldan Nukus shahriga kuchirilgan. 1965-yilda esa shahar markazidagi binoga keltirilgan. Qoraqalpog’iston Davlat san’at muzeyi esa 1966-yilda ochildi.

Muzeyning asoschisi I.V.Savitskiy hisoblanadi’3. U 1915 yili 4 avgustda Kiev shahrida tug’ilib, 1941-1946 yillarda Moskvada Syurikov nomidagi rassomchilik institutida tahsil oladi. 1942 yili o’zi o’qiyotgan institutning Samarqandga evakuaciya etilishi sharq xalqlari madaniy merosi, san’ati, urf-odatlari bilan tanishishiga sabab bo’ldi. S.P.Tolstov boschiligidagi Xorazm arxeologik, etnografik ekspediciyasiga I.V.Savitskiy chaqirilib, 1950-1957 yillarda ushbu ekspediciyada rassomlik qiladi. U rassomlikdan tashqari xalq amaliy san’ati manbalarini to’plash maqsadida Qoraqalpog’iston ovullariga tashkillashtirilgan safarlarda qatnashgan. Natiyjada mahalliy xalqning o’tmishiga xos muzey tashkil qilishni maqsad qiladi va Moskvadan Nukusga ko’chib keladi. 1957-1966 yillar qoraqalpoq xalqiga oid xalq amaliy san’ati durdonalarini to’plashning eng faol davri bo’ldi. Zargarlik buyumlari, gilamlar, milliy kiyimlar, qora uy bezaklari yig’iladi. Va hihoyat, 1966 yili Nukus shahrida Badiiy san’at muzeyi ochiladi. Muzeyda noyob hisoblanadigan A.Shupov, L.Kramarenko, N.Ulyanov, R.Falk, M.Voloshin, R.Mazel, A.Volkov, M.Kurzin, N.Karaxan, U.Tansiqboev, V.Ufimtsev va boshqalarning asarlari saqlanmoqda. Rus avangard kollektsiyasi bo’yicha dunyoda Sankt-Peterburgtagi Rus muzeyidan keyingi ikinchi o’rinda turadi.



Fidokorlik mehnatlari uchun 2002 yili I.V.Savitskiy «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni menen taqdirlangan.

1 Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. – Тошкент: Фан, 1981. – Б. 76.

2 Ғуломов Я. Ўзбекистонда моддий-маданий ёдгорликларни сақлаш, ўрганиш йўллари. – Тошкент: 1934. – 120 б.

3 Бабаназарова М. Государственный музей искусств Республики Каракалпакстан им. И.В.Савицкого // Мозийдан садо. – Ташкент, 1999. - № 1-2(01). – С. 29.

Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling