Ayrim Afrika mamlakatlari ta’lim tizimi tahlili
Download 35.99 Kb.
|
Afrika mamlakatlari
Zambiya ta'lim tizimi.
Maorifi, madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasalar. Zambiya mustaqillikka erishgach, boshlang'ich maktablarda afrikalik bolalar yevropaliklar bilan birga o'qitila boshladi. Bolalar 7 yoshdan boshlab 7 yillik boshlang'ich maktabda o'qiydi. Boshlang'ich maktabning 1-4 sinflarda darslar ona tilida, so'ng ingliz tilida olib boriladi. O'rta maktab 5 yillik. Boshlang'ich maktablar uchun o'qituvchilar kichik (to'liqsiz) o'rta maktab negizida pedagogika bilim yurtlarida 2-3 yil davomida tayyorlanadi. Kichik o'rta maktab o'qituvchilari esa to'liq o'rta maktab negizida pedagogika kollejlarida 2 yil davomida , to'liq o'rta maktab o'qituvchilari institutda tayyorlanadi. Hunar-texnika ta'limi boshlang'ich maktab negizidagi hunar maktablarida va hunarmandchilik o'quv yurtlarida amalga oshiriladi. Lusakada universitet (8 f-t), Kitve-Nkanada uning filiali bor. Zambiyada yana bir qancha institut va kollejlar shu jumladan Milliy ijtimoiy boshqaruv instituti, amaliy hunarmandchilik va tijorat kolleji, texnika kolleji, milliy resurslarni rivojlantirish kolleji va b. Yirik kutubxonalari: Lusakada Zambiya universiteti kutubxonasi, Zambiya kutubxonalar boshqarmasi, shahar ommaviy kutubxona, Ndola va Kitve-Nkanada ommaviy kutubxonalar bor. Muzeylari: Lusakada K. Kaunda uy-muzeyi, Milliy mustaqillik birlashgan partiyasi siyosiy muzeyi, Livingstondagi muzey, Ndola va Mbaladagi muzeylar.
Download 35.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling