Ayrim davlatshunos va huquqshunos olimlarning ilmiy ishlarida davlat
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
ismoil asomiddinov 2- kasuz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Feodal davlat
- Burjua davlati
- Sotsialistik davlat.
Quldorlik davlati. Yevropada ilk quldorlik davlatlari mil.avv IX-VII
asrlarda yuzaga kelgan bo‘lsa, Misrda undan 20 asr oldin maavjud bo‘lgan. Quldorlik davlatlarining iqtisodiy asosini nafaqat ishlab chiqarish qurollari, vositalari balki huquq va erkinlikga ega bo ‘lmagan qullarning mehnati ham tashkil etgan. Quldorlik davlatining asosiy vazifasi eksplutatsiya qilinuvchi qullarning qarshiligini bostirish,ularning mehnatidan ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning asosiy vositasi sifatida foydalanish hisoblangan. Feodal davlat. Bu tipdagi davlat Yevropda eramizning VI-IX asrlarda vujudga kelgan. Feodallarning yerga xususiy mulkchiligi feudal davlatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Dehqonlar feodal yerlarida mayda yakka xo‘jalikga ega bo‘lib, yerdan foydalanganliklari uchun hosilning bir qismini to‘lashlari hamda unga tekin ishlab berishlari lozim edi. Ijtimoiy tengsizlik qonun yo‘li bilan mustahkamlab qo‘yilgan edi. Davlat hokimyati to‘la- to‘kis feodallar ixtiyorida bo‘lgan. Davlat hukmron tabaqaning zo‘ravonligi quroli bo‘lib, uning mulkdor sifatidagi manfaatlarini himoya qilgan. Burjua davlati. Dastlabki burjua davlatlari o ‘rta asrlarda Yevropa va Shimoliy amerikada vujudga kelgan. Xususan, ular buyuk fransuz inqilobidan keyin tarqalagan. Burjua davri ijtimoiy tengsizlikni qonunlar bilan mustahkamlagan formatsiyalardan farqli o‘laroq ilk bor burjua davrida ozodlik, erkinlik va tenglik g‘oyalari bilan tashabbus bildirildi. Yerga nisbatan mulkchilikni turli shakllari yuzaga kela boshladi. Va bu burjua davlatlariga juda kata ijobiy natijalar olib keldi. Bu davrdan kapitalistik munosabatlar ham rivojlanib boshladi, va bu o‘z mahsulotini bozorda erkin sotish imkonini berdi. Burjua davlatlari o‘z davri uchun ancha olg‘or bo ‘lgan davr yarata oldi. Sotsialistik davlat. Bunday tipdagi davlatlarni shakllantirish yuzasidan g‘oyalar dastlab ta’limot sifatida K. Markd, F. Engels asarlarida ilgari surilgan. Sotsialistik davlat, ya’ni hokimyat zo ‘ravonlik bilan egallanib, oldingi hokimyat sindirilishi lozim edi. Bunga misol qilib sobiq SSSR davlatini olishimiz mumkin. Xususan, SSSR XIX asr ikkinchi yarmidan, vatanimizda ya’ni Turkistonda aynan shu tizimni o‘rnatishga harakat qiladi. Sotsialistik tuzimda hech qanday xususiy mulk bo ‘lmaydigan, va barcha mulk davlatniki hisoblangan. Ammo bu tuzim XX asr oxirlariga kelib real hayotga mos emasligi tufayli o‘zini oqlamadi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling