Ayrim davlatshunos va huquqshunos olimlarning ilmiy ishlarida davlat


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana20.11.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1789967
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ismoil asomiddinov 2- kasuz

Huquqshunos olim X.T.Odilqoriyev fikricha, sivilizatsiyaviy yondashuv 
formatsiyali yondashuvni to’liq inkor qilmagan holda, davlat tipologiyasini 
mamlakatlar erishgan taraqqiyot darajasiga bog‘liq ekanligiga asoslanadi. 
Sivilizatsiyaviy yondashuv sinfiy yondashuvdan ancha keng. Ma’rifiy 
tipologiyada davlat sivilizatsiyasimahsuli sifatida namoyon bo’ladi
4
Bu yondashuvning ko’zga ko’ringan vakili A. Toynbidir. Uning fikricha
sivilizatsiya-jamiyatning milliy, diniy, jug‘rofiy va boshqa belgilararning 
yaxlitligi bilan ajralib turadigan muayyan holatdir. Unga binoan, davlat 
xronologik, genetik, jug’rofiy, hududiy, diniy, iqtisodiy asoslar va hokazo 
mezonlarga ko’ra tiplarga ajratiladi
5
Sivilizatsiyaviy tipologiyani afzalliklari nimada? 
1. Ma’naviy omillar ma’lum bir tarixiy sharoitda muhim deb aniqlanadi
2. Ma’lum sivilizatsiyalarning xususiyatlarini aniq tavsiflovchi 
ma’naviy mezonlar doirasining kengayishi munosabati bilan 
davlatlarning yanada asoslangan (geografik maqsadli) tipologiyasi 
olinadi. 
Sivilizatsiyaviy tipologiyani kamchiliklari nimada? 
1. Ko’pincha malum bir mamlakat siyosatini belgilab beruvchi 
ijtimoy-iqtisodiy omillar kam baholanadi.
6
Bizning fikrimizcha, sivilizatsiyaviy yondashuv yuqoridagi malumotlar va 
faktlarga asoslangan holda quyidagicha fikrga kelish mumkin, sivilizatsiyaviy 
4
Odilqoriyev. X.T Davlat va huquq nazaryasi.Darslik-Toshkent: “Adolat”.2018 80-bet 
5
Odilqoriyev.X.T Davlat va huquq nazaryasi.Darslik-Toshkent: “Adolat” 2018 81-bet 
6
https://argumenta.ru/uz/citizenship-of-the-russian-federation/formacionnyi-i-civilizacionnyi-podhody-k-
tipologii/ 


yondashuv jamiyatning holati va rivojlanishi, davlatlarning tarixiy turlarining 
o’zgarish qununiyatlarini jamiyatning ijtimoiy-madaniy muhitdagi, xalqlarning 
ma’naviy madaniyatidagi sifat o’zgarishlari nuqtai nazaridan o’rganishdir. 
Sivilizatsiyaviy yondashuv bizga davlatlar tarixi, kelib chiqishi, urf- odatlari va 
diniy qarashlari tog’risida chuqurroq malumot berishga imkon yaratadi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling