Ayrish azolarini tuzilishi


Download 57.5 Kb.
bet1/4
Sana16.09.2023
Hajmi57.5 Kb.
#1679455
  1   2   3   4
Bog'liq
AYRISH AZOLARINI TUZILISHI


AYRISH AZOLARINI TUZILISHI
Reja:
1.Nefrit.
2.Piyelonefrit.
3.Sistit.
4.Uretrit.
5.Siydik tosh kasalligi (buyrak sanchig‘i).
6.Uremiya.
7.Prostatit.
8.Endometrit.

Nefrit. Buyrak to‘qimasining yallig‘lanish kasalligi.
Sababi: Shamollash, angina, tonzillit, otit, o`pka zotiljami, plevrit, sil kabi kasalliklarning asorati.
Belgilari: Nefrit o‘tkir va surunkali kechishi mumkin.
Nefritning uchta asosiy belgilari bo‘ladi: 1.Qovoqlarda shish. 2.Arterial qon bosimi ko‘tarilishi. 3.Siydikda qon bo‘lishi (siydikning qizarishi).
Bular bilan birga quyidagi belgilar kuzatiladi: bosh og‘rishi, bel sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi. Og‘ir kechishida tananing yuz, bel, qorin sohalarida va oyoqlarda shish paydo bo‘lishi, yurak faoliyati susayishi, kunlik siydik miqdorining kamayishi.
Tibbiy yordam: 1.Bemor nefrolog shifokor nazoratida uyida yoki shifoxonada davolanadi.
2.Issiq to‘shakka yotqiziladi.
3. Bel sohasiga issiq grelka, isituvchi kompress qo‘yiladi.
4.Arterial qon bosimi baland bo‘lsa: raunatin, atenalol yoki adelfan (bittasi) 1 tabletka, kuniga 2 mahal. Agar minimal arterial bosim maksimal bosimga nisbatan ko`proq oshgan bo`lsa, konkor – ½ tabletka ertalab beriladi.
5.Askorutin – 1 tabletka 2 mahal 10 kun.
6.Bemor 1-2 hafta go`shtsiz, tuzsiz taomlar iste`mol qilishi kerak.
7.Glyukoza 40 %-20 ml va askorbin kislota 2 ml vena tomiriga.
8.Mikroblarga qarshi: ampitsillin, oksatsillin, ampioks, sefazolin (bittasi) muskul orasiga kuniga 2-3 mahal 8-10 kun.
9.Siydik haydovchi dorilar: laziks 2 ml muskul orasiga ertalab, furosemid, diakarb 1 tabletka ertalab ichishga (bittasi).
Piyelonefrit. Buyrak to‘qimasi va buyrak jomining birgalikda yallig‘lanish kasalligi.
Sababi: nefritdagi sabablar hamda buyrak tosh kasalligining asorati.
Belgilari: Kasallik o‘tkir va surunkali kechadi. Bel sohasida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi, bosh og‘rishi, tez-tez siydik ajralishi, siydikning loyqalanishi, ayrim bemorlarda arterial qon bosimining oshishi, pastki qovoqda shish bo`lishi.
Tibbiy yordam: 1.Bemor nefrolog yoki urolog shifokori nazoratida davolanadi.
2.Bel sohasiga issiq kompress, issiq grelka qo‘yiladi.
3.Og‘riq kuchli bo`lsa, uni qoldirish va isitmani tushirish uchun: - analgin (baralgin) - 2 ml, dimedrol 1% - 1 ml, novokain – 0,5 % -2 ml qo‘shilgan holda muskul orasiga.
4.Antibiotiklar: ampitsillin, ampioks, oksasillin, sefazolin (bittasi) muskul orasiga, kuniga 2-3 mahal 7-10 kun.
5.Glyukoza 40% -20 ml, askorbin kislota 2 ml vena tomiriga, jami 10 ta;
6.Kalsiy xlorid yoki kalsiy glyukonat 10% -5-10 ml vena tomiriga, jami 10 tagacha;
7.Askorutin 1 tabletka 2 mahal.
8. Fizioterapevtik muolajalar: sollyuks, diatermiya buyrak sohasiga.

Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling