Ayrish azolarini tuzilishi


Download 57.5 Kb.
bet3/4
Sana16.09.2023
Hajmi57.5 Kb.
#1679455
1   2   3   4
Bog'liq
AYRISH AZOLARINI TUZILISHI

Tibbiy yordam: 1.Tez yordam chaqiriladi va urologiya shifoxonasiga yuboriladi.
2.Tez yordam kelgunicha quyidagi birinchi tibbiy yordam ko`rsatilishi mumkin:
- buyrak sanchig`ida bel sohasiga issiq grelka, yoki isituvchi kompress qo`yiladi;
- qovuqda og`riq bo`lsa, qovuq sohasiga issiq grelka yoki isituvchi kompress;
- og‘riq qoldirish uchun baralgin 5 ml, yoki analgin 50%-2 ml, 0,5 %-2 ml novokain bilan muskul orasiga;
- siydik yo‘llarini kengaytirish va og`riqni kamaytirish uchun avisan 1 tab., sistenal 10-20 tomchi shakarga tomizib, no-shpa 2 ml (yoki platfillin) muskul orasiga.
Uremiya. Nefrit, piyelonefrit, buyrak sanchig`ining og`ir kechishida buyrak yetishmovchiligi yuzaga keladi. Siydik ajralishi kamayadi yoki butunlay to`xtab qoladi. Buning natijasida qon tarkibida qoldiq azot moddalarining ko‘payishi va ular bilan organizmning zaharlanishidan yuzaga keladigan hayot uchun xavfli kasallik holatidir.
Belgilari: bosh og‘rishi, ko‘ngil aynishi, qusish, teri qichishi, og‘izdan ammiak hidi kelishi, shovqinli nafas olish, arterial qon bosimining ko‘tarilishi, ko‘rish qobiliyatining pasayishi.
Qoldiq azot moddalarining qon tomirlari devoridan yurak perikard qavatiga sizib o‘tishi tufayli uremik perikardit paydo bo‘lishi mumkin.Bu yurak funksiyasini yanada qiyinlashtiradi.
Uremiyaning og`ir kechishida bemor ahvoli o`ta og`irlashadi, hushini yo`qotadi, bu holat uremik koma deyiladi.
Tibbiy yordam: 1.Tez yordam chaqiriladi. Shifoxonaning nefrologiya bo`limiga yuboriladi.
2. Tez yordam kelgunicha quyidagi birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- kofein, kordiamin (bittasi) 1 ml teri ostiga;
- buyrak sohasida og`riq bo`lsa, baralgin (analgin) - 2 ml muskul orasiga.
3.Shifoxona sharoitida quyidagi davolash tadbirlari o`tkazilishi mumkin:
- me`da ichimlik sodasining 2% eritmasi bilan zond orqali yuviladi, ichimlik sodasining 2% eritmasi bilan sifonli klizma qo‘yiladi;
- qayta-qayta qusish holatida atropin - 0,1 % - 0,5-1 ml teri ostiga;
- glyukoza-5%-200-500 ml vena tomiriga tomchi usulida, natriy gidrokarbonat- 4% -100-200 ml vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi (kuniga 1-2 mahal);
- bemorning 200-300 ml qoni chiqarilib, o‘rniga donordan tayyorlangan qon tomchi usulida quyiladi. Shuningdek, qon zardobi 50-100 ml, qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar (reopoliglyukin, 5% glyukoza, natriy xlorning 0,9% eritmasi kabilar) -100-200 ml vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi.
5.Shifoxonaning maxsus bo`limida gemodializ, peritoneal dializ kabi davolash usullari qo‘llanishi mumkin.



Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling