Ayro Taqdirlar” #Muallif Matyakubova Madina
Download 227.87 Kb.
|
Ayro taqdirlar(1)
“Ayro Taqdirlar” #Muallif_Matyakubova_Madina Sinovlari tugamas beshavqat dunyo: nima desang hop dedim-ku koʻz yoshimga toʻymagan dunyo. Millionlab insonlar ichida bizni ayro qildingmi Dunyo!?.... Osmonni qora bulut qoplab yomgʻir tomchilay boshladi. Yomgʻir yogʻishi tezlashgani sari Sevinch ham qadamini tezlatdi ishga kirish uchun suxbatga shoshilyapgan Sevinch katta yoʻldan yugurib oʻta boshladi, ozgina qolganda juda katta tezzlikda yuk moshina u tomon harakatlanib kelyapgandi. Yuk moshinasi Sevinchni ezgʻilib ketishiga oz qolgandi qandaydir yigit uni oʻziga tortib qoldi. Sevinch bir muddat oʻldim deb oʻyladi koʻzlarini yumib oldi qoʻlidagi sumkasi va hujjatlari ham yerga tushdi... -Hey qiz joningdan toʻyganmisan? Koʻzingni och oʻlganing yoʻq".-deya yigit sevinchni turtdi. Sevinch koʻzlarini sekin ochib tevarak atrofga qaradi-da. -Allohga shukur. Oʻldimmi deb oʻylagandim".-dedi Sevinch. -Svitaforni koʻryapsanmi?-deya yigit sevinchni svitafor tomonga qaratdi-da. Piyodalar yurish belgisini qoʻygan yurmaslik kerak payti qizil yonadi yurush mumkin boʻlganida yashil yonadi. Koʻrdingmi oʻrganib qoʻy keyingisida seni qutqarib qoladigan odam boʻladimi yoʻqmi aytib qoʻyyapman shu asvaltga rasmingni chizib ketishadi. Sevinch yigitga gʻazab bilan qarab turdi-da.. -Oʻrgildim yordamingdan oʻzim ham bilardim yoʻlimdan qoch".-dedi va sumkasi bilan hujjatlarini olib yugurib ketib qoldi... -Tavba odamlarga yaxshilik ham qilib boʻlmaydi"... Sevinch yugurib mehmonhonaga kirdi. Sochlari ozroq hoʻl boʻlgan, hujjatlar yerga tushib ketganida ozroq loy teggan edi. Na iloj boshliq honasiga yoʻl oldi.... -Assslomu alaykum men suxbatga kelgandim" .-dedi sevinch kotibaga qarab. Kotiba koʻz oynagini ozgina tushurib sevinchga boshdan oyoq qaradi, ust boshi hoʻl hujjatlari loy... -Hozir kelib qoladi shu yerda kutib turasiz".-dedi kotiba va boshqa gapirmadi. * * * Shunday hashamatli uy koʻrinishidan oila azolari juda baxtli inoq koʻrinadi ammo bir biriga boʻlgan nafratining chegarasi yoʻq. Toʻgʻrirogʻi uyning fayzi yoʻq... -Assalomu alaykum dada yaxshi dam oldingizmi?--deya Sardor oʻzining joyiga oʻtirdi... Oʻgay onasiga qarab ham qoʻymadi.. -Yaxshi dam oldingmi oʻgʻlim".-dedi Dilrabo Ahmedova "oʻgʻlim"soʻziga alohida urgʻu berib. Sardorni ensasi qotib javob bermadi. -Va alaykum assalom Sardor Ahmedov. Onangiz sizga gapirdi boʻriboyvachcha".-dedi Rahmiddin Ahmedov... Sardor Dilrabo Ahmedovaga gʻazab bilan qarab qoʻyib oʻrnidan turub ketdi, oldidan Temur Ahmedov chiqib keldi. Dilrabo Ahmedovaning arzanda oʻgʻli.. -Salom Sardor aka".-dedi Temur kulib... Sardorining jahli yanada chiqib darrov uni yoqasidan ushladi... Ortida Dilrabo Ahmedova koʻrib turgandi oʻrnidan turub... -Sardoooor!-deya baqirdi. Sardor Temurning yoqasini qoʻyib yubordi-da kulib ortiga aylanib qaradi.. -Hammasi yaxshi ukamni boʻyinbogʻini toʻgʻirlab qoʻydim Onajon".-dedi Sardor ham "Onajon" soʻziga alohida urgʻu berib va chiqib ketdi. Sardor moshinani katta tezlikda boshqarib borar ekan, onasi sardorni tashlab Rahmiddin Ahmedovdan katta pul olib ketgani koʻz oldidan oʻta boshladi. Oʻshanda onasi Zulfiya Ahmedova unga shu gaplarni aytgandi "' Oʻgʻlim albatta uchrashamiz bir kun meni tushunasan senga azob beryapganim uchun kechir""-Sardorni qulogʻida shu gaplar jaranglay boshladi gʻazabdan koʻzi yoshga toʻlib yoʻldan chiqib ketib daraxtga uruldi. Bir zum hushini yoʻqotdi... Yoʻldan oʻtib ketyapgan qiz qoʻlidagi oziq ovqat toʻla xaltalarini yerga tashlab yordamga oshiqdi.... -Hey yaxshimisiz?".-deya qiz moshina eshigini ochib Sardorni yuziga bir ikki marta urdi... Oʻziga kelmagach Sumkasidan suv olib sepdi. -Ay boshim".-dedi Sardor boshini ushlab. -Ahvolingiz yaxshimi? Tez yordam chaqiraymi? -Yoʻq yaxshiman hammasi joyida. Yordam berganingiz uchun rahmat. Ismingiz nima? -Goʻzal. Mayli ehtiyot boʻling".-dedi Goʻzal va xaltalarini olib ketib qoldi...... ***
-Sarvinoz menga bitta achchiq choy olib keling, bugun suxbat oʻtkazishim kerak edi kelishdimi?".-dedi Azim shoshib kirib kelib..
Goʻzal uyiga kirib borishiga onasi kutib oldi... -Qizim bitta oʻzingiz shuncha narsani koʻtarib yurubsizmi? Singlingizni ham olib ketsangiz boʻlmasmidi? -Onajonim ogʻir emas, bularni olib yaxshi ovqatlaning men ishga ketaman. Dadam ishdan keldilarmi? -Men keldim qizim".-deya Zafar amaki kirib keldi... -Assalomu alaykum dada navbatchilikda qiynalmadingizmi?".-deya Goʻzal dadasini kutib oldi... -Ha qizim hammasi yaxshi. Qani onasi siz menga achchiq choy damlab beringchi.. -Hop hozir. -Men ketdim ishga.-Goʻzal chiqib ketdi. -Ex bu dunyo shirin deymiz, jannatchi u qandayin totli, unutib gohida namozni, aytamiz allohim jannnati qilgin... Onajonim sizni sogʻindim, sizni qanday topay buvim ham sizni sogʻingan har kun mendan soʻraydi " Onangni topdingmi oʻgʻlim" deya unga nima deb javob beray. Oʻshanda men sizga shunchalik ortiqchalik qilganmidim.... Sizni boshimda koʻtarib yurmasmidim hozir koʻklarga koʻtarmasmidim ona".-Arlan shu gaplarni endi qurilyapgan binoning tomida oʻtirib uzoqlarga qarab aytardi. -Arlan bir kun albatta onangni topasan endi tur ishni qilishimiz kerak".-deya Arlanni turgʻizdi doʻsti. Arlan gʻamgin ishlarini qila boshladi.... Dilrabo Ahmedova oʻzining makkoraligi bilan Rahmiddin Ahmedovni avrab Temurni Sardorning yonida ishlashga koʻndirdi... Kompaniyaga borishdan oldin Temurni ancha tarbiyaladi tushuntirdi.. Nimalar qilishi kerakligini asosiy maqsadi nima hammasini Temur ham shuni kutib yurgandek rozi boʻldi... Sardor kompaniyaga kelib endi honasiga kirganda kotibasi ota onangiz keldi deya habar berdi... Sardorning peshonasi ozroq ishgandi daraxtga urulganida.... Kelaverishsin deb qoʻydi. -Mumkinmi Sardor Ahmedov".-deya Temur kirib keldi honaga ortida Dilrabo va Rahmiddin Ahmedov kirib kelishdi... Sardor hali jahldan tushmagandi.. -Tinchlikmi Oilam boʻlmish dushmanlarim menda nima ishingiz bor edi".-dedi Sardor zaxarhandalik bilan.... -Ha endi oʻzimizni kompaniyaga ham sizdan soʻrab kelamiz sheklli Sardor Ahmedov".-deya zahrini sochdi Dilrabo Ahmedova... -Kompaniya meniki va shunday boʻlib qoladi Hurmatli oʻgay onajonim.. -Onamga qoʻpollik qilmaa".-deya baqirdi Temur.. Oʻz oilasining bir biriga boʻlgan dushmanligini kelgandan beri kuzatib turgan Rahmiddin Ahmedov nihoyat tilga kirdi. -Temur bugundan sen bilan ishlaydi unga ham alohida hona ajratiladi Sardor Ahmedov... -Hech qachooon.- deya stol ustida turgan hujjatlarni qoʻli bilab surub tashadi Sardor Rahmiddin Ahmedov gapini tugatmasidan.... -Bu Kompaniya hali ham mening nomimda Sardor shuni unutma. Kompaniyani kim loyiq boʻlsa oʻshaning nomiga oʻtkazib beraman. Dilrabo ketdik oʻzlari kelishib olishadi".-dedi Rahmiddin Ahmedov Va Dilraboni olib chiqib ketdi... Temur va Sardor bir biriga gʻazab toʻla koʻzlari bilan tikilib turishardi. Bitta qafasda ikkita sher oʻlja bitta. Va ular oʻrtasida boʻladigan shiddatli jang.... -Honang Meni honamdan uzoqda boʻlsin iloji boricha koʻzimga koʻrinma hujjatlarni ham kotibalar orqali yubor endi koʻzimga koʼrinma chiq honamdan".-dedi Sardor. -Sen doim jizzaki boʻlgansan va shunday boʻlib qolasan bir kun mening qoʻlimda oddiy ishchi boʻlib ishlaysan".-dedi Temur va honadan chiqib ketdi. Sardor stolga mushti bilan qattiq urgancha qoldi. -Sarvinoz opa bu yerda qachondan beri ishlaysiz?-Savol berdi Sevinch.. -Koʻp boʻlmadi ikki oy, Azim Rahmonovichga koʻz suza koʻrma biz bir birimizni sevamiz toʻgʻri yoʻlingda yurgin.-dedi Sarvinoz Sevinchga qahrli qarab. Sevinch biroz choʻchib. -Shaxsan menga Azim Rahmonovich yoqmadi, koʻrinishi huddi qizlarga oʻxshaydi erkak kishining ham kiprigi shunday uzun boʻladimi? Keyin gapirishini aytmisizmi hech kimni mensimasligi aniq. Nimasini yoqtiraman uni. Yana bir narsa men yigitlarga koʻz suzmaganman. Endi ham unday boʻlmaydi, boylarga turmushga chiqishdan hudoni oʻzi asrasin ularda xotin koʻp boʻladi. Kundosh bilan yashashni tassavvur qila olmayman. Sizga shu yoqadi shekilli oʻzizga buyursin Azim Raahh.....-deya qolib ketdi Sevinch. Azim honasining eshigi yonida devorga suyanib Sevinchni kuzatib turar edi gʻazabdan koʻzlari qizargan.. -Azi..mmm men shunchaki... -sevinch gapirolmay qoldi -Kiprigim Alloh bergan oʻzi shunaqa, boylarda xotin koʻp boʻlmaydi bu aqli zayiflarning oʻylab topgan gaplari, men odam mensimayman emas, faqat oʻzimga teng koʻrganlar bilan muomila qilaman, teng tengi bilan tezak qopi bilan.. Sizga ogohlantirish berdim ikkinchi marta shunday gap eshitsam mendan yaxshilik kutmang! Sarvinoz men sen bilan sevishgan emasman boʻlmayman ham oʻrningni bil. Har kim oʻz ishini bilib bilib qilsin".-dedi Azim jahl bilan.. -Hop boʻladi -Hop boʻladi -Menga achchiq qahva Sevinch.-dedi Azim va honasining eshigini qattiq yopdi. Sevinch va Sarvinoz bir birga qaragancha qolishdi.... Azim honasida alamini kimdan olishni bilmasdi boy boʻlsa u yomon inson degani emas-ku. Shu boylikka oʻz mehnati kuchi bilan erishadi. Buni boshqalar qayerdan ham bilsin birovning mehnatini ular qayerdan ham bilishsin... Jahli chiqib turgan payt koʻzi stoli ustida turgan oilaviy suratga tushdi. Ota onasi singlisi... Suratni qoʻliga olib tomosha qilib turganda Sevinch kirib keldi.. -Achchiq qahva olib keldim. Boyagi uchun uzur soʻrayman... -Sevinch sensirayapganim uchun uzur. Mendan kichiksan... Boy boʻlsam ham kimligimni bilaman bir paytlar och qolganimizda kerak boʻlsa tilanchilik qilganimni ham unutmaganman..."-Azim jim boʻlib qoldi-da. Chiqib ketishing mumkin".-dedi. Sevinch yana nimadir demoqchi boʻldiyu hozir gapirmasligi eng toʻgʻri yoʻl ekanligini bildi, honadan chiqib ketdi oʻzining gaplariga afsuslandi.... Hayotda boy boʻladimi kambagʻal yoki oʻrtaxol alloh oldida hamma teng... Bir kun hammamizning borar joyimiz ikki metrlik qabr kiyarimiz kafan, moshinamiz tobut boʻladi... Hamma tushlikka chiqib ketgan Goʻzal hali ham kiyimlarni tikib oʻtirar edi... Uyiga kelyapgan sovchilarning keti uzulmayapti ammo hech birida koʻngli yoʻq nima deyishni ham bilmaydi. Onasi ham otasi ham koʻngliga qarashadi. Nima desang shu yashaydigan sen deyishadi... -Sardor bu hujjatlarni koʻrib chiqdim sen ham bir koʻrchi".-deya temur atayin oʻzi kirib keldi Sardorni honasiga sardor gʻazab bilan Temurni qoʻlidan hujjatlarni yulib oldi... -Bularni men tekshirib imzolaganman nega titkilayapsan yana? Nima qilishingni bilmasdan, ikki oy oldingi hujjatlarni koʻtarib keldingmi? Yaxshisi tezroq ket har oy senga alohida oylik chiqaraman faqat koʻzimga koʻrinma bor.. -Sardor tushunmading shekilli men kompaniyani olmoqchiman hop men senga oylik chiqarib turaman rozimisan ketishga.. -Hey bu kompaniyaga meni qancha mehnatim ketgan sen koʻzimga koʻrinma bor. -Men shu yerda ishlayman kerak boʻlsam oʻzimni honamda boʻlaman."-dedi Temur va Sardorga ayyorona kulib chiqib ketdi Sardor boʻgʻila boshladi galastugini ham yechib otdi. Temur nimanidir boshlamasidan oldin hamma hujjatlarni koʻrib chiqishi kerak oʻzi tunni ham Kompaniyada ish bilan oʻtkazadigan boʻldi... Temur Sardorni atayin jahlini chiqarib urush qilishi kerak asosiy niyati shu.... -Onajonimmm hammasi zoʻr ketyapti".-dedi Temur Dilrabo Ahmedovaga telefon qilib. -Oʻgʻliiimmm barakallla bir hafta shunday davom etgin barcha boylik bizniki boʻladi ota bolani koʻchaga uloqtiramiz".-dedi Dilrabo Ahmedova kulgancha.. -Onajon Dadam qoladi. Sardorni chiqaramiz. Men dadamni yaxshi koʻraman oʻgay dada boʻlsa ham. -Mehribon oʻgʻlim maylida sen nima desang shu".-dedi Dilrabo Ahmedova va telefonni oʻchirib... Oʻsha dadangdan haligacha bir roʻshnolik koʻrmadim, Sardordan boshqani oʻylamaydigan. Qarab tur oʻgʻlim oʻzim bilaman dadangni nima qilishni".-dedi Dilrabo Ahmedova telefonni oʻchirgandan keyin.... -Kim bilan gaplashayotganding Dilrabo".-deya Rahmiddin Ahmedov kirib keldi. -Dadasi qachon keldingiz? Temur bilan gaplashayotgandim charchamadingmi deb Sardor bilan muomilasi yaxshi emas bilasiz. -Shuning uchun birga ishlashga qoʻydim kelishib ketishadi. Baribir Sardor toʻngʻich oʻgʻlim Kompaniyani u boshqaradi".-dedi Rahmiddin Ahmedov. Dilrabo Ahmedov tishlarini gʻichirlatib qoʻydi.... ***
-Men keldim kim bor? Dada Aziiii".-deya baqirib kirib keldi sevinch ishdan uyiga. Hamma honaga kirib chiqa boshladi mehmonhonaga kirganda qotib qoldi....
-Assalomu alaykum men keldim onam".-deya Temur onasiga bir dasta atirgul bilan kirib bordi... -Voy oʻgʻlim yaxshi keldingmi ish qanday boʻldi Sardor bilan til topishib oldingmi?-deya savollarga koʻmib Temurni oldiga Dilrabo Ahmedova chiqib keldi... -Hammasi yaxshi onam. Bu gullar sizga gulga gul berilmasdi-yu mayli bu gullar sizni chiroyingizni koʻrib hijolat chekib turishsin.. -Gap boʻlsa boʻldi-da meni oʻgʻlimga.. -Hada Qirolicham. -Uyingiz Qiroliga nima olib keldingiz kichkina shaxzoda".-dedi Rahmiddin Ahmedov. -Haligi Dada Assalomu alaykum. -Va alaykum assalom. Sardor qayerda? -U kelmadi... Sardor honasida oʻtirib oldingi hujjatlarni ham koʻrib chiqdi endi yangilari bilan tanishib chiqishi kerak. Oʻtirib tushlikga ham chiqmadi kechgi ovqat vaqti ham oʻtib ketmoqda biron bir joyda ovqatlanish uchun kompaniyadan chiqdi... Bitta restoran oldida toʻxtab moshinasidan tushdi koʻzi ertalab unga yordam bergan qiz yani Goʻzal kelayotgandi... -Salom yaxshi qiz. -Siz? Tuzalib qoldingizmi? -Ha rahmat yordamingiz uchun kech boʻlib qoldi. Yordam bergandingiz evaziga uyingizga olib borib qoʻyay.. -Yoʻq rahmat hali jonimdan toʻyganim yoʻq. Ertalabgina avariya boʻlgan moshinaga qanday chiqaman shartmas men oʻrganib qolganman oʻzim yetib bora olaman".-dedi Goʻzal va yurib ketdi. Sardor jim qoldi. Goʻzal uyi tomon ketib borar ekan u bilan izma iz kimdir kelayotganini sezdi va darrov ortiga aylanib qaradi. -Siz nima qilyapsiz? Jinni boʻldingizmi?".-dedi Goʻzal hayrat bilan. -Biitta oʻzingizni yuborishga qoʻrqdim shunga ortingizdan kelaverdim ismim Sardor".-dedi Sardor Goʻzalga qoʻl uzatib. Goʻzal kulib. -Goʻzal ismimni bilasiz. -Tanishib ham oldik yuring endi gaplashib ketamiz. Uyingizga qancha qoldi? Erta tong. Quyosh oʻzining nurlarini sochib kunni ilita boshladi. Shunday insonlar borki hech narsa ularning qalbidagi muzni erita olmaydi... -Oʻgʻlim uygʻon Temur ishga kech qolasan".-Dilrabo Ahmedova Temurni uygʻotolmay halak boʻla boshladi ertalabdan. -Oyiiiii..... -Sardor allaqachon turib nonushta qilmoqda.. Sen haligacha yotibsan dadang menga nima deganini bilasanmi? Birga ishlashsin baribir kompaniyani Sardorga topshiraman dedi. Harakatingni qil tez boʻl..-deya yostigʻini tortib oldi Dilrabo Ahmedova. -Nima Sardor hecha qachon ona Kompaniya meniki bu yoʻlda hech nimadan qaytmayman kerak boʻlsa Sardorni yoʻq qilaman... -Oʻzimni oʻgʻlim ketdik ota bola nonushta qilishmoqda bizsiz, shunday qilganlari uchun ham zahar qilaman nonnushtasini...-deya ona bola birgalikda chiqib kelishdi. Ularni ko’rgan Sardor qoʻlidagi piyolani joyiga qoʻydi-da. -Boʻldi ishtaxa boʻgʻildi men ketdim dada ishga kech qolmay'.-dedi va oʻrnidan turib kastyumini kiydi.. -Ha aka meni ham oʻzing bilan olib ket moshinam buzulgandi".-dedi Temur kulib. Sardorni yuzi qizarib ketdi.. -Onangni moshinasida bor".-dedi Sardor tishlarini gʻichirlatib. -Men hozir boradigan joyim bor ketaman. Bitta joygaa borasizlar-ku olib ketaver oʻgʻlim ukangni" .-dedi Dilrabo Ahmedova.... Sardor jim jahl bilan tashqariga chiqib ketdi ,Temur onasiga koʻz qisib qoʻyib Sardorni ortidan ketdi..... -Buvi duo qiling ishga kech qolaman".-deya baqirdi Arlan. -Voy bolajonim oʻzingni koʻp qiynamagin. Faqat ish deyavermasdan qiz topgin tezroq toʻyingni koʻrsam armonim yoʻq edi. Bolajonim.. Arlan Buvisiga qarab turdida oʻzi qoʻlini duoga ochib.. -Amin ishga yaxshi borib kelay ishlarim oʻngidan kelaversin. Rahmat buvijon duo qilganiz uchun".-dedi Va oyoq kiyimini kiydi. -Yaramas bola ertaroq kelgin".-deya baqirdi buvisi.... Arlan uyidan yugurib chiqib qurilishga yetib kelay deganda yana oʻsha svitafordan shoshib oʻtayotgan Sevinchni koʻrdi. Yana oʻsha holat svitaforga qaramasdan yugurib oʻtayotgandi. Arlan oldiga borib. -Yaxshi qiz toʻxtang... -Siz... -Ehtiyot... -deya Arlanni gapi chala qoldi Sevinch poshnasi qayrilib ketdi Arlan ushlab qoldi. - Siz buncha u dunyoga shoshasiz? Joningizdan shunchalik toʻyganmisiz?".-dedi Arlan sevinchni ushlab turar ekan. Sevinch Arlanni qoʻlidan yuluqib chiqdi. -Hey u dunyoga emas ishga shoshayapman! Rahmat yordam uchun. -Hey emas Arlan ismim. -Arlan? Shunaqa ism ham bormi? Hazillashmang".-deya Kuldi Sevinch. Arlan jiddiy Sevinchga qarab turdi.. -Shunaqa ism ham bor. Buvim qoʻygan... Qayerda ishlaysiz? -Uzur bilmagandim Shu mehmonhonada kotibaman".-dedi Sevinch toʻgʻridagi mehmonhonani koʻrsatib. . -Ha kotibaaaa deng boshligʻingizga xotin boʻlasizmi keyin?-deya Arlan Sevinchning koʻzlariga tikildi. Sevinch gʻazabdan Arlanni yuziga urub yubordi. -Kotiba degani xotin degani emas oʻylab gapir nima oʻzing singling shundaymi? Boshqalarni ham shunday deb oʻylar ekansan?-deya baqirdi Sevinch. -Uzur meni singlim yoʻq boʻlganda ham ishlatmasdim uyda oʻtirar edi.-dedi Arlan kulib. -Onang bordir hech boʻlmaganda?. Arlanga Sevinchning bu gapi juda oshib tushgandi yarasini yangilagandek boʻldi. -Oʻchir ovozingni, onam haqida ogʻiz ochma".-deya Arlan sevinchga juda yaqin kelib gapirdi... Sevinch qoʻrqganidan Orqaga tisarildi.. -Birovni onasini gapirma u balki yetimdir yoki onasini topa olmayotgandir har nima ham deyaverma".-dedi Arlan va ketib qoldi... Sevinch koʻzi yoshga toʻlib ketdi, boshqalar onasini koʻrishga zor Sevinch boʻlsa onasidan bezor nafratlanadi... Yugurib mehmonhonga kirib ketdi... Sardor bilan Temur moshinada ketishyapti moshinani Sardor boshqarardi Orada sukut ikkalasi ham jim gapirishmasdi. Sardor yoʻldan koʻzini uzmas Moshinada yolgʻiz Temur yoʻqdek his qilishga harakat qilar edi Temur jim oʻtira olmay. -Aka nega meni yomon koʻrasan".-dedi Temur. Sardor oʻzini bosishga harakat qilib nafrat toʻla koʻzlari bilan Temurga qaradi. -Oʻgaysan Onang Dadamni oʻziga ogʻdirib olib onamni uydan haydatdi. Nechi yildan beri ona mehriga zor oʻsdim. Oxiri ularni qidirishdan toʻxtadim. Onamni oʻrnida onang yashamoqda menga bermagan azobi qolmadi qanday qilib seni yaxshi koʻray Temur".-dedi Sardor. Temur jim boʻlib qoldi umuman gapirmasdan keldi... ***
Sevinch oʼz ishlari bilan mashgʻul boʻlib yuraverdi kechagi ishidan keyin Azimni koʻziga koʻrinmaslikga harakat qildi.... -Sevinch bugun senga nima boʻldi juda gʻamginsan yoki kimdir yuragingdan urdimi?-Sarvinoz savolga tuta boshladi Sevinchni... -Yoʻgʻe ertalab bittasi bilan janjallashib qoldim yoʻlda. -Ha chiroyli yigitmidi? -Jinnimisiz yigitlani chiroylisi ham boʻladimi? Qizlani chiroylisi yigitlarni Kelishgani boʻladi opa. -Ha oʻshandaymidi boyvachchamidi? -Sarvinoz opa sizga chiroy, boylik boʻlsa boʻldimi? Sevgi muhummasmi? -Yoʻq umuman... -Qoyil lekin sizga.. men sevib turmush quraman boymi kambagʻal hunukmi chiroyli farqi yoʻq muhimi meni qadrlasin.... Azim honadan chiqib qoldi.. -Sarvinoz Sevinch kelishinglar Yangi qurulayotgan mehmonhonaga men bilan bittangiz borasizlar hali qurulish tugamagan tez tayyor boʻling. Men chiqguncha".-dedi Azim va yana honasiga kirib ketdi. -Sevinch oʻzing bor meni changga allergiyam bor mazam qochadi".-dedi Sarvinoz.. Sevinch ichida Sarvinozni soʻkib soʻkib.. -Hop".-deb qoʻydi.... Azim sevinchni olib qurilish boʻlayotgan binoga bordi. Sevinch tabiatan juda shoʻx edi har bir narsaga tegib oʻzi amaliyotdan oʻtkazadigan edi.. Qurilishda ham har bitta narsani ushlab ishlatib koʻra boshladi. Azim har zamon unga jinniga qaragandek qarab qoʻyardi.... Sevinch suvoq qilayotgan ishchilar yoniga borib oʻzi ham suvoq qilmoqchi boʻldi. Bitta suvoqchidan narsalarini soʻrash uchun oʻtayotganda yerga qaramasdan chelakka turtilib yiqildi..... -Ayy doim yiqilib yuraman uf".-dedi Sevinch belini ushlab. -Chunki haddan ziyod qiziqqon va ishkalchisan. Ehtiyot boʻlish nimaligini bilmaysan".-dedi Arlan kelib Sevinchga qoʻl uzatib. -Yana sizmi? Mening farishta himoyachim".-dedi Sevinch. -Nima?-kulib yubordi Arlan. Farishtamanmi? Jinni qiz tur hamma yigitlar senga qarab turubdi chekkaroqqa oʻtaylik".-dedi Arlan Sevinchni qoʻlidan ushlab turgʻizdi-da. -Men bilmasam birinchi hayolimga kelganini aytib yubordim. Malako aka".-dedi Sevinch qiqr qiqr kulib. -Asabimni buzma.. ertalab diskateka qilganing yetarli. Isming nima edi? -Sevinch -Chiroyli ism... Turmushga chiqganmisan? Sevganing bormi?-savolga tuta boshladi Arlan -Uhhu tergovchi boʻlib ishlaganmisiz? Ikkala savolizga ham yoʻq. -“Demak menda imkon bor”.-dedi Arlan kulib. -Imkon bermasamchi? -Bir marta imkon bering sizni aldamayman buvimga ham kelin kerak... -Buvingiz bormila. Buvim oʻtib ketganlar juda yaxshi koʻrardim. -Imkon berasizmi? -Yana bir marta shunday hayotimni saqlab qolsangiz keyin oʻylab koʻrishim mumkin. Ularning suxbatlashayotganini Azim koʻrib qoldi ular tomonga jiddiy qiyofada keldi. -Ha sevinch Doʻst ham topdingizmi deyman".-dedi kesatib Azim. -Yoʻq yigitim bilan gaplashayotgandik”- dedi Sevinch ham qolishmasdan. -Yigitingizga tushuntiring siz bu yerga gap sotgani kelmadingiz men bilan yuring bir ikkita narsani yozib olasiz".-dedi Azim va yurib ketdi ortidan Sevinch ham ketayotganda Arlan qoʻlidan ushlab qoldi. -Jinni qoʻyib yuboring... Yigitim emassiz anavi chayonni yonida aytdim".-dedi Sevinch qoʻlini ololmay -Menga yoqdi... Mayli yaxshi bor...-Deya kuldi Arlan Sevinch qoʻlini yulib olib " Jinni" deya ketib qoldi. -Sardor hozir majlis boʻladi sen ham qatnashasanmi?-Temur kirib keldi.. -Qanaqa majlis? Men majlis demagandim hech kimga. Qayerdan chiqdi bu majlis?. -Men qilmoqchiman ishchilarni oʻrnini almashtiramiz. Oyligini oshiramiz. -Temur honadan chiqib ket tezroq ishchilar oʻz oʻrnida qoladi oyligi ham. Haddingni bil... Meni jimligimga qarama majagʻlab tashlayman.... Endi honangga borib fikringni bir joyga jamlab oʻtir. -Vayvooo hali koʻramiz kim kimni majagʻlashini".-Temur eshikni qattiq yopib chiqib ketdi.. Sardor asabiylashib hujjatlarni ham yigʻishtirib tashladi. Derazadan uzoqlarga qarab oʻtirdi sevishganlarni koʻrib Goʻzal esiga tushdi kecha u bilan anchagina yaqin doʻstlarga aylanishgandi. Unga telefon qildi. -Goʻzal qizga salom. -Sardor sizmi? Sizga ham salom qalaysiz endi. -Yaxshimasman ona mehrini qoʻmsamoqdaman oʻgay oʻgayligini qilar ekan".-dedi Sardor afsus bilan . -Hammasi ham unday emas yaxshilari ham bor... -Goʻzal menga turmushga chiqing.... Goʻzal jim boʻlib qoldi. -Goʻzal nega jimsiz? -Men bilan siz doʻstmiz undan ortiq emas Sardor aka doʻstligimizcha qolamiz siz yaxshi qizni uchratasiz hali".-dedi Goʻzal kulib. -Hop oʻzingiz topib berasiz yaxshi qiz yosh oʼttizga yaqinlash deb qoldi uylanish kerak. -Dinazavir yoshiga yetibsizku... -Yoʻq hali yetmadim oz qoldi".-deya kulib yubordi Sardor. -Tezro uylaning shirindan shakar farzandlarni otasi boʻlishni orzu qilmaysizmi? -Orzu qilaman birinchi marta siz bilan. Uyingizni bilib oldim ertaga sovchilikka boraman meni kuting".-dedi Sardor va telefonni oʻchirdi. Goʻzal gapirishga ham ulgurmadi. Temur honasida Dilrabo Ahmedova bilan gaplashdi. Maslahatlashib oldi endi nima qilishi kerakligini. Dilrabo Ahmedova Rahmiddin Ahmedovni dorisini almashtirib qoʻyardi doʻxtir yozib berganni emas boshqasini bir yil davomida insonni sekinlik bilan hamma azolarini ishdan chiqaradigan. Hozirda Rahmiddin Ahmedovning oshqazoni koʻp bezovta qiladigan boʻldi. Dilrabo Ahmedob doʻxtir yangi yozib bergan dorilarni ichidagisini almashtirayotganini kamera orqali Rahmiddin Ahmedov koʻrib qoldi... Darrov honasiga tushdi... Rahmiddin Ahmedov toʻsatdan kirib kelganiga Dilrabo Ahmedova dovdirab qoldi... -D..dddadasi keling. Dorilaringizni tekshirayotgandim yangilar qachon qaysi paytda ichish kerakligini.".-dedi Dilrabo Ahmedova dovdirab. -Ha mayli keyinroq ichaman... Dilrabo! -Labbay. -Ayollarning shundayi boʻlarkanki ilonni yogʻini yalagan, shaytonga dars beradigani boʻlar ekan. Sen unday boʻlma. -Bu nima deganingiz dadasi! Ahir men sizni yaxshi koʻrsam. Ikkinchi xotinlikka ham rozi boʻlib turmushga chiqganman-ku".-dedi Dilrabo Rahmiddin amakini yoniga kelib.... -Shundayligingcha qol unda. -Hop... Arlan kayfiyati yaxshi boʻlib yurdi ishda yonidagi doʻstlari birinchi marta uni bunday holatda koʻrishlari edi. Sevinch ham kulib Azim bilan mehmonhonaga qaytdi. Azim oʻzi hohlamagan holda Sevinchni rashk qilardi.... -Sevinch ogʻzingiz qulogʻingizda erga tegyapsizmi?--deya chaqib oldi Azim Sevinchni mehmonhonaga kelishi bilan. -Ha tez kunlarda sizga taklifnoma berishni unutmayman".-dedi sevinch va oldinga oʻtib ketib qoldi.... Sardor ham hursand tezroq uyiga kelishni ish vaqti tugagandan keyin uyga oshiqdi Otasini olib ertaga sovchilikka borishni oʻylab quvonardi... Temurga ham unchalik bugun zahrini sochmadi... Temur ham oʻz bilganini qilib yuraverdi... Sardor moshinasiga chiqishi bilan Temur ham darrov kelib oʻtirdi. Sardor gʻazab bilan tush degandek Temurga qaradi. -Aka oʻzing olib kelding endi, olib ket-da... Sardor kayfiyatini tushurmaslikka harakat qilib rulga bir marta urdida jim haydab ketdi. Uyga kelishsa Dilrabo va Rahmiddin amaki ularni dasturxon atrofida kutib oʻtirar edi... -Assalomu alaykum Dada".-deya Sardor joyiga oʻtirdi. -Assalomu alaykum onajonim dadajonim".-deya Temur yantoqlanib onasini yoniga oʻtirdi. Rahmiddin Ahmedov Sardorning kayfiyati yaxshiligidan hayron qoldi bu birinchi marta edi doim koʻngli oʻksik holatda hayotdan hafa boʻlib yurar edi... -Sardor tinchlikmi? Seni onadan yangi tugʻulgandek koʻrib turubmiz birinchi marta..".-dedi Rahmiddin Ahmedov ovqatini yeb. -Ha dada ertaga bitta qiznikiga sovchilikka oʻtib kelaylik birga.. -Nihoyat aytdi a! Boʻldi ertaga boramiz 11 larga tayyorgarlik koʻr".-dedi Rahmiddin Ahmedov hursand.. -Men eng yaxshi sarpolardan olaman kelinim uchun".-deya Dilrabo Ahmedova gapga aralashdi. -Dada sovchilikka men va siz boramiz boshqa hech kim kerakmas bormayman desangiz oʻzim borib kelaveraman".-dedi Sardor.. Dilrabo opa jim qoldi. -Onang ham borsa nima qiladi oʻgʻlim har holda ayol kishi bilan u gaplashadi... -Dada siz va men boramiz dedim tushunmadingizmi begonalarni keragi yoʻq".-dedi Sardor. Dilrabo Ahmedova gʻazabdan boʻgʻila boshladi Sardorning kamsitishidan.. -Oʻgʻlim. -Sardor mendan nima yomonlik koʻrding. Men seni oʻgʻlim deb tan olganman-ku borma desang bormayman shunchaki baxtli kunlaringda yoningda turmoqchi edim".-dedi Dilrabo Ahmedova koʻziga yolgʻondan yosh olib.... Ayolini yigʻlaganini koʻrgan Rahmiddin Ahmedov Sardorni urushdi. -Onang bilan sovchilikka boramiz yoki oʻsha qizga uylanmaysan".-dedi Rahmiddin Ahmedov. Ssrdor gʻazab bilan Dilraboga qaradi-da. -Kerak boʻlsa bogʻbonni ham olinglar u ham borsin sovchilikga ".-dedi va turub honasiga chiqib ketdi Dilrabo Ahmedova yolgʻondan koʻz yosh qilib oʻtirdi eriga didiyo qilib. Aslida Sardorga bermagan azobi qolmagan. Kasal boʻlsa qaramagan qaratmagan ham.... Sardor honasiga chiqib oʻrniga yotdi koʻzi yoshga toʻla edi. Dilrabo Ahmedovaning " Mendan nima yomonlik koʻrding" degan gapi qulogʻida yangradi koʻz oldidan otasi xizmat safariga ketgan payti “ Sardor 9 yoshligida”... -Oyi qornim ochdi ovqatlanmoqchiman".-dedi Sardor Dilrabo Ahmedovani oldiga borib.. -Senga ovqat yoʻq! Ikkinchi meni Oyi demagin Men Dilrabo Ahmedovaman tushundingmi?-Dedi Dilrabo Ahmedova Sardorni yuziga bir tarsaki tortib Sardor yerga yiqilib qoldi. -Men och qoldim kecha ham ovqat bermagansiz".-dedi Sardor yigʻlagancha yuzini ushlab Dilrabo Ahmedovaga qarab. -Och oʻlib ketmaysanmi? Bor yoʻqol".-deya tepdi Dilrabo Sardorni... Shu payt Temur yugurib keldi.. -Oyi yeyishga nima bor.. -Oʻgʻlimga shkalad olib qoʻyganman".-dedi Dilrabo Ahmedova va Temurga Sardorni oldida Shkalad berib yubordi. Sardor yigʻlagancha ularga qarab qoldi... Sardor koʻz oldidan shu voqealar oʻtar ekan koʻzidan achchiq koʻz yosh oqdi, Dilrabo Ahmedovaga boʻlgan nafrati oshsa oshmoqda lekin kamaymadi... Sardor Koʻz yoshini artdida uhlab qoldi garchi uyqusi kelmasa ham uhlashga harakat qildi... Sevinch honasida yoshligida oilaviy tushgan rasmlariga termulib yigʻlab oʻtirar edi baxtli onlar "Qaytmas baxtli onlar".derdi shivirlab... Azima uni eshitsa ham oʻzini uhlaganlikga solib unsiz jim yigʻlab yotar edi.... Erta tongdan hamma oʻz ishiga oshiqdi sardor sovchilikka borish uchun tayyorgarlik kpra boshladi... Sevinch svitafordan yugurmasdan sekin oʻtdi Arlan koʻrinmasdi Har tomonga qaradi biroz turdi yoʻq Arlan koʻrinmasdi "" Afsus aldabdi-da yaramas""- dedi Sevinch afsus bilan endi yurib ketmoqchi edi oldida it kelayotganini koʻrib qoʻrqib orqaga qarab qadam bosa boshlaganda kimgadir urulib toʻxtab qoldi... Sekin aylanib qarasi Arlan unga jilmaygancha qarab turar edi.. -Salom ".-deya jilmaydi Arlan. Sevinch Arlanga qarab.. -Himoyachi Farishtam deya orqasiga oʻtib yelkasidan ushlab oldi." Arlan tinmasdan kulardi. -Nega kulasiz? Meni oʻsha it tishlab olsachi".-dedi Sevinch yigʻlamsirab.. -Qarang uni yonida egasi bor ekan boshqa joyga ketishdi sizdan qoʻrqdi it ham".-dedi Arlan kulib. Sevinch Arlanni yelkasidan chimchilab oldi... -Ayyy ogʻridii sekinroq , tentak qiz. -Oʻzingiz kuldingiz. -Boʻpti raqamingizni bering yana bir marta sizni saqlab qoldim'. -Yoʻq bermayman.. -Unda shu yerda sizni sevaman deb baqiraman. -Jinnimiz? Baqirsangiz baqiravering bermayman men ketdim".-dedi Sevinch va mehmonhonga qarab yurib ketayotganida Arlan baqirdi … -Men seni sevaman Seviinch'.-deya hamma ularga qarab kulib qoʻyardi.. Sevinch ortiga qaytib kelib. -Telba boʻlganmisiz bu nima qilganingiz? -Ha siz telba qildingiz, taslim boʻlingda raqamingizni bering".-dedi Arlan kulib... -Mana oling ketdim".-dedi Sevinch va uyalib yugurib ketib qoldi... Arlan ham hursand ishiga ketdi... Sardor juda chiroyli uzuk olib keldi Dilrabo Ahmedova oʻzini Rahmiddin Agmedov yonida yaxshi koʻrsatish uchun hamma ishga oʻzi bosh boʻlib yurubdi.... Sardor uyga kelib. -Hammasi tayyormi? Tayyormisizlar? -Ha oʻgʻlim hamma narsani tayyorladim".-dedi Dilrabo Ahmedova. Sardor gapirmadi. Moshinasiga chiqib ketdi ortidan boshqalar ham ergashdi.... Sardor Goʻzalni ogohlantirib qoʻygandi borishlarini aytib.. Sardor moshinani haydab borar ekan oʻzgacha his hayajon bor edi.. Goʻzalni uyiga kirib kelishdi Darvozani taqqillatishdi Singlisi ochdi eshikni ichkariga kirib kelishdi... -Zulfiya mehmonlar keldi"-deya chaqirdi Goʻzalning dadasi.. Zulfiya opa hozir deya yugurib chiqdi. Sardor Dilrabo Rahmiddin amaki qotib qolishdi... Zulfiya opa ham Ularga qarab haykaldek turar edi... -Oyijon"-dedi Sardor shivirlab... Buni Zulfiya opa eshitgandi koʻzidan tinmasdan yosh oqa boshladi. Dilrabo Ahmedova koʻzlari katta katta boʻlib Zulfiya opaga qarab turardi nogohon koʻzi eriga tushdi. Rahmiddin Ahmedov Ham Zulfiyga tikilgancha turar edi. Dilrabo Rahmiddin Ahmedovni qoʻlidan siqib sekin pichirlab gapira boshladi.. -U endi birovning xotini sizga hiyonat qildi. U endi yoʻq sizga begona... Rahmiddin Ahmedov Dilraboning gaplaridan oʻziga kelib oldi-da Sardorni oldiga borib oʻziga qaratdi. -Sen hali oʻz singlingga uylanmoqchimisan Dayus".-deya oʻshqirdi. Sardorni qulogʻiga otasini hech bir gapi kirmayotgandi. Otasiga qarab -Oyim u u oyim ".-dedi Sardor va yigʻlab Zulfiya opani oldiga sekin qadamlar bilan yurub oldiga borib yerga tiz choʻkib oʻtirib Onasini oyoqlarida quchdi. Zulfiya opaning koʻz yoshlari Sadorni boshiga oqib tushar ona bola bir birini diydoriga toʻymasdan yigʻlashardi.... Goʻzal ularni derazadan koʻrib turar ekan u ham tinmasdan yigʻlardi onasiga qarab. Dilrabo Ahmedova ularga gʻazab bilan qarab chiqib ketdi. Rahmiddin Ahmedov Sardorni oldiga kelib uni yelkasidan turgʻazdi.... -Tur oʻrningdan ketdik bu yerdan, bu uyga boshqa qadamingni bosmaysan".-deya baqirdi Rahmiddin Ahmedov. Sardor Zulfiya opaga yana bir bor qarab chiqib ketdi... Zulfiya opa ortiq chiday olmadi oyoq qoʻlida jon qolmay yerga yiqildi... -Oyijon yaxshimisiz?".-deya Goʻzal yugurib chiqdi. Zafar amaki (Goʻzalning otasi) hech nima deya olmadi honasiga kirib ketdi..... Sardor moshinani boshqarib borar ekan koʻzi yoshga toʻla edi shuncha yillik azoblari-u sogʻinchdan keyin onasini topdi. Nihoyat onayizorini topdi. Koʻzida yosh oqar ekan onasining yigʻlagani koʻz oldiga keldi onasi ham Sardorni sogʻingani shunday koʻrinib turar edi.... Tezlikni oshirganini oʻzi ham sezmadi Rahmiddin Ahmedov va Dilrabo Ahmedovning moshinasidan ancha oldilab ketgandi. Ular Sardorning ortida yetib kelishga harakat qilishardi... Sardor koʻz yoshi bilan Sfitafor qizil chiroq yonganini koʻrmay qoldi va oldidagi svitaforda toʻxtagan moshinaning ortidan urdi.... Sardor moshinadan tushdi. Moshinasining orqasi majagʻlanganini koʻrgan moshina egasi Sardorga baqira boshladi.... -Oʻpkangni bosib haydasang boʻlmaydimi? Shunchalik zoʻrmisan bosar-tusaringni bilmay qolibsan..... -Tuzatib beraman moshinangizni haydang ustaxonaga".-dedi Sardor biroz oʻzini qoʻlga olib. -Tuzatasan nima qilasan boshqa. -Aka ortiqcha shovqin kerakmas, haydang ustaxonaga..-dedi Sardor moshina egasi ham oʻzini moshinasiga chiqib ustaxonga qarab ketishdi... Rahmiddin Ahmedov havotir ola boshladi. Yoʻldan Sardorning moshinasini qidirar koʻrinmasdi telefonga ham javob bermayotgandi. Nima qilishni bilmasdi uyiga kelishdi uyga kelgandir deya uyda ham yoʻq... Sevinch kayfiyati yaxshi doim kulib qoʻyib yurgani Sarvinozni Nazaridan chetda qolmadi. -Ha sevinchxon boshizga baxt qushi qoʻndimi? Bu ogʻzingiz qulogʻingizda" -Ha baxtimni topdim sevib qoldim".-dedi kulib. -Ha qanday yigit? -Bitta kelishgan yigit mehribon, quruvchi boʻlib ishlaydi. Men orzu qilgandek".-dedi Sevinch mamnun -Nima? Quruvchi? Quruvchini ham sevadimi? Azim akani seving sevmoqchi ekansiz? -Yurak pulga qaramaydi. Agarda bir yostiqqa bosh qoʻyadigan insoningizda koʻnglingiz boʻlmasa u inson dunyoni yarmini sotib olsa ham farqi yoʻq baxt nimaligini bilmay oʻtadi inson... Bitta honadan iborat uyda yashasa ham namoz oʻqishga joyi boʻlsa , oʻsha insonda koʻngli boʻlsa boʻldi ana shuning oʻzi baxt hali hech kim och qolgan emas... Paygʻambarimoz ham sevib yaxshi koʻrib uylansin deganlar-ku. - Hm Sarvinoz boshqa gapirmadi... Rahmiddin Ahmedov Sardorni topa olmay hech qayerga sigʻmay hammaga telefon qilib siqilib yurgan payt Dilrabo Ahmedova jahl bilan erini rashk qilgan boʻlib Rahmiddin Ahmedov bilan janjallashish uchun oldiga keldi. -Dadasi tinchlikmi? Sobiq xotinchangizdan koʻzingizni uza olmay qoldingiz.. -Dilrabo seni gaplaring ortiqcha hozir. Yoqmayotganini bilib turubsan gaplaring jim boʻl Sardorni topa olmadim hech qayerdan ".-deya oʻshqirdi Rahmiddin Ahmedov. -Nega menga baqirasiz? Oʻzingiz oʻgʻlingizga tarbiya bermagansiz. Jinni boʻlganmi? Oʻz singlisiga uylanadimi? Ota boshqa boʻlsa ham bittta qorindan talashib tushgan-ku onasi bitta-ku... -Oʻchir ovozingni tarbiya haqida sen gapirma oʻgʻlimni tarbiyasi joyida senikidan ham yaxshi, oʻgʻlimni koʻnglini sindirgan aslida sensan. Mengaa nima deganding? Sardorni oʻz oʻgʻlimdek tarbiyalayman deganmiding? Ajratmayman Temur ikkalasini deganmiding? Shunday ajratmagan boʻlsang nega seni bunchalik yomon koʻradi nega Temurni yoqtirmaydi? Aslida sen aybdorsan sen sababchisan. Men Temurni oʻz oʻgʻlimdek qabul qildim. Sen Sardorni oʻgʻlingdek qabul qildingmi?-Deya Rahmiddin Ahmedov baqirganida Dilrabo Ahmedov qoʻrqganidan ortga tisarildi. Rahmiddin Ahmedov birinchi marta unga baqirayotgandi. -Siz nega oʻgʻlingiz qilgan xatosini deb mendan alamingizni olmoqchisiz? Menda nima ayb Sardorni oʻzi meni qabul qilmadi".-Deya Dilrabo Ahmedov yigʻlab honasiga chiqib ketdi. Rahmiddin Ahmedov soʻkingancha qoldi. Sardor ustalarga moshinani tuzatishlarini aytib oʻzi stulga oʻtirib bir nuqtaga qarab oʻtirardi bu yerda boʻlayotgan shovqinlar umuman qulogʻiga kirmasdi.. Moshinasi majag’langan kishi unga qarab turdi koʻp kuzatdi, oxiri oldiga keldi. -Kechirasiz. Sardor eshitmadi. -Hey yigit-deya Sardorni turtdi . -A? Nimadir dedingizmi? -Nega buncha tushkunsiz? Tinchlikmi? Sardor oʻylanib turdi aytsammi yoʻqmi deya ichi toʻlib turgandi... -Ha mayli aytgingiz kelmasa aytmay qoʻyavering. -Sevgan qizim aslida singlim ekan. -Nimaaa? Sardor shu gapni aytishi bilan haligi amaki baqirib yubordi. -Sevgan qizim aslidan singlim ekan, men 20 yildan beri qidirayotgan onamning ikkinchi eridan boʻlgan singlim ekan... Onamni topdim sevganimni yoʻqotdim. Nega hayot bunchalik chalkash bu muommodan qutulsa boshqasi kelib turadi? Endi men nima qilaman u uyga qanday boraman onamni oldiga nima deb boraman? Amaki ham jim nima deyishni bilmaydi. -Onangiz oldiga boring ertagayoq bugun oʻzingizga kelib oling. Singlingizdan uzur soʻrang aka singil boʻlinglar. Musulmonmiz dayusmas. -Rahmat kech boʻldi men uyga boray havotir olishayotgandir. Ustalarga aytib qoʻyaman nima kerak boʻlsa qilishadi siz havotir olmang . Men ketdim. Sardor uyiga ketdi uyida Rahmiddin Ahmedovm asabiy uni kutardi. Tinchlantiruvchi dorilar ham ichdi foydasi boʻlmadi... Arlanni Hamida buvi kutardi kech boʻldi hamki kelmaydi. Ovqatni tayyorlab qoʻygan hovlida bir joyda oʻtira olmasdan borib kelardi. Nihoyat Arlan qoʻlida Buvisi uchun qoʻlida gul va toʻrt bilan kirib keldi darvozadan kirishga toʻrtni shamlarini yoqdi. -Tugʻulgan kuningiz bilan buvijonim oʻzimni baxtimga sogʻ omon boʻling mehribonim sizni juda ham yaxshi koʻraman paygʻambar yoshiga yetganingiz muborak boʻlsin.".-deya Arlan buvisining yoniga kelguncha shu gaplarni aytib keldi. Hamida buvining koʻz yoshlari yuzini yuvardi hursandligidan... -Rahmat bolajonim Arlanim meni rahmat-deya Hamida buvi Arlanni yuz koʻzidan oʻpdi. -Buvijonim oʻzimni sizga kelin ham topdim yoqimtoygina qiz. -Allohga shukur aql kirgani rost boʻlsin... Toʻyni qilamizda endi shu oyga. - Voy buvi shoshmaang oy oxiri boʻlsin hali qiz bilan gaplashib olay. -Hop.... Sardor uyga bormasdan alamidan toʻyguncha ichdi gʻirt mast boʻlib uyiga bordi. Uyiga oshxona derazasidan oshib kirdi. Uyda chiroqlar oʻchgan hamma uhlagan deya sekin oyoq uchida honasiga kirdi chiroqni yoqmasdan oʻzini karavatga otdi.. -Hayot , hayot , hayot sendan zerikdim hayot yashashni hohlamayman hayot.. -Keyinchi? Rahmiddin amaki hona chirogʻini yoqdi. Sardor qoʻrqganidan '"Vaydod ". Deya baqirib karavatdan tushib ketdi.. -Qaysi goʻrda yurganding hayvon qidirmagan joyim qolmadi-ku ahmoq".-deya baqirdi Rahmiddin Ahmedov... Sardor mast emasmi otasiga toʻgʻi gapirdi. -Qachondan beri meni ahvolim bilan qiziqadigan bo’ldingiz? Mendan havotir oldingizmi? Oldin qayerda edingiz xotiningiz ovqat bermay och qoʻyganida yer toʻlaga qamab qoʻyganida qayerda edingiz? Endi Esingizga tushdimmmi? Rahmiddin Ahmedov tomogʻiga nimadir tiqilgandek boʻldi Sardorning gaplaridan ortiq eshitib tura olmadi chiqib ketdi honadan. -Siz ham otamisizz?-deya Sardor baqirib qoldi. Goʻzal yigʻlashni ham kulishni ham bilmaydi honasining derazasiga chiqib olib yulduzlarni tomosha qilib oʻtirardi Dadasi uni koʻrib siqilar bir ayoliga qarardi nima qilsa ham endi Zulfiya opa uning turmush oʻrtogʻi ayoli boʻladi albatta rashk ham qiladi... Zulfiya opa ham honasida oʻgʻlining diydoriga toʻymasdan yigʻlab oʻtirardi... Sevinch begʻam "menga pushkin bir olam" deya uhlashga yotdi.... Endi uyquga ketganida begona raqamdan qoʻngʻiroq boʻldi, olib javob berishi bilan.. -Sevdim senii sevmasang meni yer yutsin seni".-deya kimdir gapirdi. Sevinch kulib yubordi. -Kimsan? Seni sevmasam yer yutsinmi? Sevganim bor damingni ol".-dedi sevinch kulib. -Hey ofat qiz sevganim yoʻq deganding-ku yaramas. -Arlan? Sizmi? -Ha men kimnidir qoʻngʻirogʻini kutayotganmidingiz honim? -Ha bitta Alanakoni kutayotgandim. -Menimi? Sovchilikka qachon borsinlar buvim. -Hey yaxshi yigit men hali sizni yaxshi tanimayman oldin tanishim qanday insonsiz bilib olay. -Men ochiq kitobman-ku bemalol nimani soʻramoqchisiz. -Ochiq kitobni oʻqishga ham vaqt ketadi. -Boʻpti boshlang nima bilmoqchi boʻlsayiz? -Nechi yoshdasiz, oilada nechta farzand orzulariz?…..... ***
-Dilrabo menga qara kecha oshirib yubordim kechir endi".-Deya gapira boshladi Rahmiddin Ahmedov. Kechadan beri qovogʻini ochmasdan hammaga zahrini sochib Rahmiddin Ahmedovga gapirmayotgan Dilrabo Ahmedovaga qarab... Dilrabo Ahmedova ters aylanib olib Rahmiddin Ahmedovga qaramasdi...
Sardor kecha koʻp ichganiga erta tura olmadi haligacha uhlab yotibdi. Temur erta turib ishga ketdi. Sardor yoʻqligidan foydalanishi kerak... -Assalomu alaykum onajon nonushta qilib oling! Men ishga ketmoqchiman".-deya goʻzal Zulfiya opani uygʻota boshladi. -Hop qizim sen boraver men hozir chiqaman".-Deya Zulfiya opa ingranib gapirdi. Kechagi siqilishlardan keyin boshi yorilay deyotgandi. Goʻzal boshqa hech nima demasdan chiqib ketdi... -Opa bugun ishga bormaysizmi? Dam olishmi?"-dedi Azima Sevinchni uygʻotib soat 9:00ga yaqinlashganda. Sevinch sakrab turdi. -Soat nechi boʻldi? -9:00ga yaqinlashyapti opa. -Vaydoood oʻldim kech qoldim. Sevinch sakrab turub kiyina boshladi. -Opa yuzingizni yuving oldin -Ey borey kecha yuvganman. Sevinch kiyimlarini kiyarkan Azima kulardi.... Sevinch mehmonhonaga yugurib kirib bordi. Bugunga Sarvinoz ruhsat olgandi Sevinch ham kech qoldi.. Azim Sevinchni asabiy kutib turar edi.. -A Aassalomu alaykum Azim.... -Nega kech qolding? Qovoqlaring ishib ketganidan koʻzingni ham ocha olmayapsan? Shunchalik uhladingmi? -Uzur boshqa takrorlanmaydi. -Turmushga chiqganmisan? -Yoʻq -Sevganing bormi? -Ha -Tushunarli. Yaxshi ishla boshqa takrorlanmasin.. Ha aytgancha hozir shkalad kelsa olib qol hopmi? -Hop uni kimga beraman kelinoyini tanimayman. -Senga ular. Azim honasiga kirib ketdi.. Sevinch hayronligicha qoldi.. Sardor uygʻonib soatga qarasa 10:00 dan oshgan. Ishga kech qoldim deya tez kiyinib chiqdi boshining ogʻrigʻi chidab boʻlmas edi.. Moshinasiga chiqar ekan onasini yoniga borgisi u bilan dardlashgisi keldi.. Goʻzalni uyiga haydab ketdi moshinani.. eshikni taqillatmasdan uyga kirib bordi Zulfiya opa hovlidagi supada jim homush oʻtirar edi.. Sardor Zulfiya opani yoniga borib oʻtirdi-da Onasining yuzini qoʻli bilan siladi Zulfiya opa yigʻlay boshladi. Sardor onasining oyoqlariga bosh qoʻyib yotib oldi. Koʻzidan yosh oqardi onasiga koʻrsatmaslik uchun koʻzlarini yumub oldi uhlaganga solib oʻzini. Zulfiya opa Sardorni boshidan silab oʻtirdi. Ancha yotgandan keyin Sardor gapirdi. -Oooyiii".-dedi Tutulib tutulib bu gapni aytmaganiga qancha boʻlgandi. -Labbay oʻgʻlim".-deya Zulfiya opa ovozini chiqarib yigʻlab yubordi. -Sizni yaxshi koʻraman oyijon".-dedi Sardor oʻrnidan turub onasini quchib. -Oʻgʻlim. Sardorim. -Oyijon men sizdan hafa emasman, yaxshi koʻraman sizni.. iltimos endi mendan ketmang sizni qancha qidirdim.. -Hop! -Goʻzal singlimmi meni. -Yoʻq Men oʻn yil oldin Goʻzalni otasi nikohiga oldi buni keyinroq tushuntirib beraman oʻgʻlim. Sevinch ishdan chiqishiga Arlan qoʻlida bir dona Atirgul koʻtarib kutib turar edi.. Sevinch qoʻlida bir dunyo shkaladlar bilan chiqib keldi Arlan ham hayron qoldi. -Assalomu alaykum charchamadingizmi? -Va alaykum assalom yoʻq rahmat. Tinchlikmi? Buncha shkaladni nima qilmoqchisan? -Ha boshligʻim bilmayman qayerdan quyosh chiqibdi menga olib keltiribdi bu shkaladlarni".-dedi Sevich Arlanni yuz tuzilishi oʻzgardi. -Sen nega olding? Boshligʻing yoshi kattami? -Yoʻq 27 28 yoshlar atrofida... -Bu yerda ishlamaysan oʻzi kerakmas ishlash senga toʻxtatasan".-dedi Arlan jahl bilan. -Nega? Ish topishim oson boʻlmagan shu yerda ishlayman. -Boshligʻing yoqib qoldimi? Nega menga umid berding nega meni koʻngil qoʻydirding a?"-deya baqirdi Arlan. -Bas qiling uni yoqtirmayman.. -Menga ber qoʻlingdagini"-deya Arlan Sevinchning qoʻlidagi shkaladlarni olib shu yerdagi chiqindiga tashladi.. Buni mehmonhonadan chiqayotgan Azim koʻrib turardi. -Nima qilgangiz? -Nima kerak boʻlsa menga ayt oʻzim olib bera olaman. Agarda oʻsha boshligʻing bilan oralaringingizda nimadir borligini bilsam men senga begonaman unutma. -Hop unday boʻlmaydi.. Gulni kimga olib kelgandiz? -Qoʻshnimga. -Qoʻpol. -Bilaman yur ketdik-deya Arlan Sevinchni qoʻlidan tortqilab ketdi.. Azim hammasini koʻrib turardi, Sevinchga nisbatan unda ham oʻzgacha his tuygʻu sevgi bor edi. Sevinchning dangal gapirib qoʻyishi koʻp qovun tushurishlari, boylikni emas sof muhabbatni ustun qoʻyishi uni oʻziga tortgandi. Goʻzal ham ishdan qaytdi uy qandaydir fayzli edi damlanayotgan oshning hidi kelib turar hamma joy top toza hursand oshxona tomonga yurib kelayotib onasini chaqira boshladi.. -Onajoooonnn qayerdasiz-deya baqirdi Goʻzal. -Qalaysan goʻzalim keldingmi? "-dedi Sardor Oshxona derazasidan boshini chiqarib Goʻzal qoʻrqib ketib baqirib yubordi. -Ey vuleee buncha baqirasan?? -Siz bu yerda nima qilyapsiz? -Oyim bilan osh qilayotgandik sen ishdan kelishingga Qaynota shundaymi?-deya Sardor supada choy ichib oʻtirgan Zafar amakiga baqirdi. -Albatta kuyov-dedi Zafar amaki ham. Goʻzal hayron hech nimaga tushunmasdan oshxona ichiga kirdi. Zulfiya opa hursand salat tayyorlardi. Goʻzal onasini bundya kayfiyatda birinchi marta koʻrib turar edi.... -Oyijon ahvolingiz yaxshimi?-dedi goʻzal onasini quchib. -Keldingmi kelinim".-dedi Zulfiya opa kulib. -Nimaaa?-deya baqirib Goʻzal onasini qoʻyib yubordi.. -Uf Goʻzal buncha baqirasan?? Men senga uylanmoqchiman dadang onamga. Qizga qiz almashdik Dadang bilan"-dedi Sardor va kulib yubordi... -Ha bola tushmagur. Goʻzal qizim borib kiyimlaringni almashtirib, dasturxon yoz osh ham tayyor boʻlib qoldi. Birgalikda oshni yeyishdi hammani yuzida tabassum Zulfiya opani yelkasidan togʻ aldarilgandek yengil oʻgʻliga qarab toʻymasdi... Temur tushunmasa ham ikki uchta kompaniyalar bilan hamkorlikni boshladi Sardor shu paytgacha bir marta ham hamkorlik qilmagan odamlari bilan.. Oʻzining qilgan ishidan mamnun uyga keldi onasi bilan dadasi bir biriga teskari qarab ovqatlanishayotgandi... -Men keldim"-deya baqirib kirib keldi Temur -Keldingmi? Oʻgʻlim Sardor qayerda u kelmadimi? -U bugun ishga chiqmadi dada. Oʻzim hammasini epladim. -Barakalla lekin shu paytgacha u qayerda yurgan ekan. -Sobiq xotinchangiz yonida yurgandir-da yigʻlab".-deya Zahrini sochdi Dilrabo Ahmedova. -Ovozingni oʻchirishni bilasanmi? Jim boʻlib oʻtir xotimin edi. Endi birovni xotini jim boʼl gunohga botavermay.."-deya stol mushtlab gapirdi Rahmiddin Ahmedov. -Dada sekinroq"-dedi Temur dadasining onasiga ovozini koʻtarib gapirganini koʻtara olmay.. -Ona bola menga qarshisizlar oʻzi."-dedi Rahmiddin Ahmedov va honasiga chiqib ketdi.. -Oyi nima boʻldi oralaringizga sovuqchilik tushdimi? -Oʻlib ketsin tezroq oʻlsa-ku qutulsak shu qari choldan"-dedi Dilrabo Ahmedova -Oyi bu nimaa deganingiz dadamdan nega hafasiz? -Qanaqa dada? Seni dadang oʻlgan oʻgay oʻgayligini qilar ekan doim sendan emas oʻgʻilchasidan havotir oladi faqat shuni oʻylaydi.. -Nima boʻlsa ham oyi meni qabul qildi-ku shu paytgacha ovozini koʻtarib gapirmadi... -Boʻldi qil sen ham oʻsha cholga oʻxshayverma. Zulfiyani ham yer yutsin hali qarab tur koʻradi bular hammasi uchun javob berishadi. -Oyi qoʻying kerakmas.. Ovqatimni tinchgina yeb olay.... Dilrabo Ahmedova yana nimadirlar deb gapirdi, Temur etibor bermasdan ovqatni yeyverdi onasiga qaraganda Temurda yurak bor edi koʻngil bor edi.. Sardor ovqatlanib boʻlishgandan keyin onasi bilan hayrlashib tashqariga chiqdi ortida kuzatib qoʻyish uchun Goʻzal ham chiqdi. -Ehtiyot boʻlib keting"-dedi Goʻzal uyalib. -Hop. Goʻzal moshinaga chiq gaplashib olaylik bir ikkita savolim bor.. Ikkalasi ham moshinaga chiqishgach Sardor savol bera boshladi.. -Oyim yani oyimiz bilan dadang qachon turmush qurishgan hammasini aytib ber oʻzlaridan soʻrashga botina olmadim... -Dadam bitta zavodda qoravul boʻlib ishlaydilar. Oyingizni oʻsha yerdan topib olganlar qishni sovugʻida har kun darvozani oldida oʻtirib uhlar ekanlar kechasi. Dadam har kun choy non olib chiqib berar ekanlar. Keyin uyga olib keldilar men ham singlim ham yosh edik. Juda mehribon edi oyim. Dadamga yigʻladik shu ayol bizni onamiz boʻlsin deb. Oʻzimizni onamiz olamdan oʻtgandilar kichik singlim ikki yoshligida.. Dadamni koʼndirdik oyimni ham yigʻlab koʻndirdik masjidda nikohdan oʻtib kelishdi birga yashay boshladik juda mehribon edilar oyim hozir ham shunday birinchi turmushi haqida hecham gapirmaganlar. Doim jilmayib yurishga harakat qiladilar ammo qalblaridan bitmas jarahot borligini bilardim. Bugun oyimni birinchi marta hursand koʻrdim koʻzlaridan malum edi baxt bor edi.... Sardor Goʻzalning gaplarini yigʻlab eshitdi.. -Hop rahmat uyga kiraver.”-dedi Sardor oʻzini qoʻlga olib. Goʻzal jim moshinadan tushib uyga kirib ketdi.. Sardor ham uyiga keldi. Rahmiddin Ahmedovning yuragi ogʻriy boshladi Dilrabo Ahmedova uni eshik yonida kuzatib turar edi.. -Men kutgan kunlar kelmoqda hayr Rahmiddin Ahmedov hayr dorilar kuchini koʻrsatmadi deb yurgandim... -deya gapirib Dilrabo Ahmedova endi ketmoqchi edi koʻzi Dadasini honasiga qarab kelayotgan Sardorga tushdi. Vaziyatdan qutilish uchun yugurib hona ichkarisiga kirdi -Dadasi sizga nima boʻldi dadasi"-deya yugurib Rahmiddin Ahmedovni boshidan ushladi Dilrabo Ahmedovaning ovoziga qoʻrqib. Sardor yugurib keldi. Rahmiddin Ahmedovni kasalhonaga olib kelishdi.. Dilrabo Ahmedova yolgʻondan koʻz yosh qilib "Dadasi" deb oʻtirardi, Temur onasini yupatish bilan ovvora. Sardor bir joyda turmasdan har tomonga borib kelar doʻxtirlaar bilan janjallashib olardi.. Dilrabo opaning roʻl oʻynayotgani uni yanada qonini qaynatardi.... Nihoyat shifokorlar chiqdi. -Dadamga nima boʻldi?"-deya baqirdi Sardor. -Yurak zaiflashib qolibdi-ku. Men berga dorilarni ichayotganmidi? Men bergan dorilarni ichayotgan boʻlsa bunday boʻlmasdi tuzalishi kerak edi. U umuman dorilarni qabul qilmagan".-dedi Shifokor. -Nima? Dadamni bitta dorilarini ichgan ichmaganligini nazorat qila olmadingizmi xotini boʻla turub".-deya Sardor Dilrabo opaga gʻazabini sochdi... -Yoʻq men har kungisini berardim. Koʻz oldimda ichar edilar".. Rahmiddin Ahmedov Dilrabo uni dorilarini alishtirayotganini koʻrganidan keyin dorilarni umuman ichmaydigan boʻlgandi. Yolgʻondan uni yonida oʻzini ichganga solardi.. -Yoʻq ichganida bunday boʻlmasdi oʻsha dorilarni beringchi men bergan dorilarmikin"-dedi Shifokor. -U u tugagandi endi yangisini olmoqchi edik"-dedi Dilrabo Ahmedova Dovdirab. Sardor hayron qoldi Dilrabo opaning yuz tushulishidan u sezdi dorilarni ichmayotganini almashtirib qoʻyganini... -Boʻlishi mumkinmas darrov tugamasdi Ikki uch soatda oʻziga keladi".-dedi Shifokor va ichkariga kirib ketdi... Sardor Dilrabo Ahmedovaga juda yaqin kelib koʻrsatgich barmogʻini unga qaratdi-da. -Senn agar dadamni dorilarni oʻzgartirib qoʻyib uni oʻldirishga harakat qilayotgan boʻlsang mendan yaxshilik kutma.. Kuningni koʻrsataman oʻsha yana oldingidek foxishaligingga qaytasan... Ilonsan ilon"-dedi Sardor va kasalhonadan chiqib ketdi.... -Oyi bu sizni ishingizmi?"-dedi Temur Yuzi oqarib ketgan Dilrabo opaga qarab. -Yoʻq oʻgʻlim men hech nima qilmadim... Sen tezroq kompaniyani nomingga oʻtkazish yoʻlini qilgin.. bizni hech nimasiz qoʻyadi bu ota oʻgʻil tez ehtiyotingni qil bor"-dedi Dilrabo opa dovdirab. Temur ham onasining gaplaridan sergaklanib kasalhonadan chiqib ketdi... Azim honasida Sevinchni oʻylab derazaga tikilgancha yotardi. Arlan uni qoʻlidan ushlab olib ketgani koʻz oldidan ketmasdi. Singlisi Yulduz uni kuzatib turdi eshik oldida oxiri yoniga kirdi. -Aka sizga nima boʻldi? Buncha oʻylandingiz?"-dedi Yulduz Azimni yoniga kelib yotib olib. -Yulduzcha uhlamadingmi haligacha? Hech nima oʻzim hayol surib qolibman... -Ey aka ayting kimnidir sevib qolgansiz oshiqgʻariblarga oʻxshab oʻtiribsiz Romeo. -Ha sevib qoldim Yulduzcham. Afsus men sevib qoldim.. -Nega afsus deysiz? Kelinoyilik boʻlarkanman-ku aka"-deya Yulduz yotgan joyida qarsak chalib kula boshladi.. -Kelinoyingni oʻzgasi olib ketmoq-da... -Aka siz bitta qizni rozi qilib uylanolmaysizmi? Meni akam unday emas ediku... -Ha menga turmushga chiqarmikin. -Aka oʻsha qizni menga kelinoyi qilib olib kelasiz. Vada bering - Vada beraman. Oʻsha qiz meniki boʻladi? -Shapaloqlar"-deya qiqirlab kuldi Yulduz. -Ahmoq"-deya Azim ham unga qoʻshilib kuldi.. Rahmiddin Ahmedov ertalab oʻziga keldi Dilrabo Ahmedova eriga mehribon xotin roʻlini oʻynab boshladi.. -Dadasi yaxshimisiz? Allohga shukur koʻzlaringizni ochdingiz qoʻrqib ketgandim sizdan ayrildim deb"-deya Dilrabo ahmedova erini oldiga borib gapira boshladi. Rahmiddin Ahmedov uning gaplariga etibor ham qilmadi ahvoli hali yaxshi emasdi.. -Dilrabo koʻp gap yoqmayapti suv ber. Suv ichmoqchiman... -Hop..... Dilrabo Ahmedova suvni ichirib honadan chiqib ketdi eshikni yopishi bilan gapira ketdi atrofiga qaramasdan.. -Hayvondan havotir oldim desam gap yoqmayapti emish... Qari chol tezroq oʻlsayding sendan qutulsaydim... Men ham yosh paytim mazza qilib yurar edim keyin"-Deya Dilrabo Ahmedova toʻgʻrisida unga qarab turgan Sardorga koʻzi tushdi.. -Sen q.qqqachondan beri bu yerda turubsan? -Sen Honadan chiqib dadamga soʻkinayotganingdan beri. Hozircha dadamga gapirmayman shundogʻam ahvollari ogʻir.. Dadam tuzalishi bilan seni hamma qilmishlaringni fosh qilaman aslida sen koʻchada yurgan foxisha ekanligingni aytaman isbotlayman.. -Men bilan tenglashmaa oʻgʻlim Dadang menga sendanda koʻp ishonadi belingni qattiqroq bogʻlab ol"-dedi Dilrabo Ahmedova va poshnasini taqillatib Sardorni oldidan oʻtib ketdi... Sardor gʻazabdan qizargancha qoldi... -Menga bitta achchiq choy olib kel Sevinch"-dedi Azim. -Hozir- Deya sevinch achchiq choy olib Azimni honasiga kirdi Azim unga boshqacha qarab turar edi Sevinch choyni qoʻyib tezroq chiqib ketay derdi. -Oʻtir sen bilan gaplashib olmoqchiman"-dedi Azim choyni qoʻyib endi qochib qolmoqchi boʻlgan Sevinchga -Hop.. -Sevinch gapni nimadan boshlashni ham bilmayman.. Bilamaan menda koʻngling yoʻq. Men singlimga vada berib qoʻydim. Menga turmushga chiq. -Nimaaaaa???? Men sizga oʻyinchoqmanmi? Kimgadir vada bersangiz sizga tegib ketadigan. Hech qachon Men Arlan akam bilanman ularga hiyonat qilmayman. -Nega? Undan meni nimam kam? -Esingizdami? Men oʻzim bilan tenglar bilan gaplashaman degandingiz. Men sizni tengingiz emasman. Ishlarimni qilay ketdim.. Sevinch honadan chiqib ketdi.. Nima qilishni bilmasdi Arlan bu gaplarni eshitsa hafa boʻlishi aniq. Sevinch ishdan ketish haqida ham oʻylay boshladi.... Sevinch honadan chiqib ketgandan keyin Azim gapirib qoldi.. -Haqiqiy Azim qandayligini bilmaysan hali. Endi tanishasan qizaloq Azim bilan.... Rahmiddin amaki holsiz boʻlganiga yana uhlab qolgandi Sardor yoniga kirib unga termulib oʻtirardi... Temur kompaniyada Sardorning tarafdorlarini ishdan boʻshatib oʻrniga oʻzining tarafdorlarini ishga oldi. Sardor muommolar bilan boʻlib ishga vaqt ajratmay qoʻygandi. -Oyijon Sizga bir gap aytsam hafa boʻlmaysizmi mendan?-dedi Goʻzal hursand bugun ham oʻgʻlim keladi deya Sardor yoqtirgan shirinliklarni tayyorlayotgan Zulfiya opaga. -Yoʻq qizim bu nima deganing albatta hafa boʻlmayman. -Haligi Sardorni Dadasi yurak hurjimi aniq bilmayman hullas yuragi ogʻrib kasalhonaga tushub qolibdi... Zulfiyaning koʻzi yoshga toʻldi Goʻzalga sezdirmasdan boshqa tomonga qarab olib ishini qildi-da. -Qizim Alloh shifosini bersin. Tuzalib ketadi hali"-dedi va Goʻzalga kulib qaradi. -Aytganingiz kelsin oyijon. -Inshaalloh. Sen hovlilarni tozalachi keyin ishingga ketasan. -Hop boʻladi... Goʻzalni oshxonadan chiqarib yuborishi bilan Zulfiya opa yigʻlab yubordi.. Rahmiddin Ahmedov va Dilrabo Ahmedova unga qilganlari koʻz oldida gavdalandi.... 12 yil oldin -Zulfi sen bu uydan ketasan men sen bilan boshqa yashamayman... Menga hiyonat qildingmi endi menga kerak emassan"-deya Rahmiddin Ahmedov Zulfiya Ahmedovaga baqirdi... -Bu nima deganingiz men sizga qachon hiyonat qildim? Oʻylab gapiring. Hech qachon hiyonat qilmayman. Sekinroq gapiring Sardor eshitib qoladi.. -Sardorni senday yengiltak ayol tarbiyalamaydi chiq uydan daf boʻl.. Koʻzimga koʻrinma. Keett. -Sardorni olib ketaman.. Menga ishonmadingizmi? -Koʻz yosh qilma oʻzim koʻzim bilan guvoh boʻldim. Dilrabo kir ichkariga "-deya Dilraboni chaqirdi Rahmiddin Ahmedov. Dilrabo Zulfiya opaning yaqin dugonasi edi. Zulfiya opa unga yordam berardi har kun koʻrgani borardi. Yolgʻiz yashaydi eri oʻlgan deya.. -Dilrabo sen????--dedi Zulfiya opa. -Kechirasan dugonajon biz Rahmiddin bilan nikohdan oʻtdik"-dedi Dilrabo Kelib Rahmiddin Ahmedovni qoʻlidan ushlab.. -Ifloslaarr nafratlanamna senlardan oʻgʻlimni senlardek razillarda qoldirmayman"-dedi Zulfiya opa baqirib yigʻlab va honadaan chiqayotganida Rahmiddin Ahmedov ushlab qoldi. -Sardor shu uyda qoladi agarda uni olib ketsang meni nimalarga qodirligimni bilasan ikkalangni ham oʻldirib yuboraman"-dedi Rahmiddin Ahmedov.. Zulfiya opa nafrat bilan eriga qaradi-da kiyimlarini yigʻib honadan chiqib ketdi. Ortidan Rahmiddin Ahmedov ham chiqdi Sardor hovlida oʻynab yurardi... Rahmiddin Ahmedov Sardorni koʻzi oldida Zulfiya opaga pul tutqazdi... Zulfiya opa pulni olib Sardorni quchdi koʻzlaridan yosh tinmasdan oqardi. -Oʻgʻlim Albatta uchrashamiz. Bir kun meni tushunasan. Senga azob berayotganim uchun kechir"-deya Sardorni quchib yuz koʻzidan oʻpdi. Sardor hech nimaga tushunmasdan qotib turar edi.. Zulfiya opa uydan chiqishi bilan qoʻlidagi pullarni otib yuborib ketib qoldi.. Koʻrmagan azobi qolmadi... Shu Voqealar Zulfiya opaning koʻz oldida oʻtar ekan koʻzidan yosh tinmasdan oqardi.. Uning hayollarini oshxonaga " Oyijon" deya kirib kelgan Sardor chalgʻitib yubordi. -Voy oʻgʻlim keldingmi?-dedi Zulfiya opa koʻz yoshlarini yashirishga harakat qilib. -Oyi endi sizni koʻzingizda yosh koʻrmay iltimos"-dedi Sardor va onasining koʻz yoshlari artib yuzidan oʻpdi. - Allohga shukur yonimga qaytding oʻgʻlim "-deya Zulfiya opa oʻgʻlini quchdi.. Goʻzal Sardorni kelganini koʻrib Sardor uni koʻrmasidan ishga qochib ketayoganida darvoza oldida uni Sardor ushlab qoldi.. -Ha qayerga qochayotganding shipion? -Ulgurmadim"-dedi Goʻzal Sardorni turtib. -Yaramas.. Ey buncha koʻchalaringizda yosh bolalar koʻp Kalamushni bollaridek"-dedi Sardor.. Goʻzal Sardorni gapidan qotib qoldi.. -Kulma jinni. -Nimani bollaridek? Deya qornini ushlab yana kula boshladi. -Uf jinni bor yoʻqol ishingga"-dedi Sardor va Goʻzalni darvozadan chiqarib yubordi. Arlan tushlikga chiqishganida Sevinch uchun gul doʻkoniga borib gul va shkalad oldi-da doʻstidan berib yubordi.... Sevinch charchab tushlikka chiqgisi ham kelmay oʻtirganida Arlanning doʻsti Javohir mehmonhonaga kirib bordi... Sevinch qayerda oʻtirishini Arlan unga tushuntirib yuborgandi.... -Salom Sevinch yaxshimisz? -Yaxshi rahmat siz kimsiz? -Bu narsalarni sizga Arlan berib yubordi, ish vaqti tugagandan keyin uni kutib turar ekansiz. -hop rahmat kattakon.... Javohir ketishi bilan ortidan Azim chiqib keldi. Sevinchni hursandligi qoʻlidagi narsalardan malum edi uni kim yuborgani. -Sevinch shaxsiy hayotingizni ishga aralashtirmang. Bunaqa axlatlarni ishxonaga yubormasin yigitchalarizga aytib qoʻying.. -Tushunmadim qanaqa yigitcha? Boshligʻimsiz hurmatingizda boʻling siz ham ishlayman deb oʻlib turganim yoʻq mehmonhonangizda. Oliy malumotliman hohlagan joyimda ishlay olaman.. -Unda bemalol ketishing mumkin. Ishdan boʻshading. -Rahmat shuni kutayotgandim sogʻ boʻling... Sevinch Azimga qaramasdim sumkasi va Arlan yuborgan narsalarni olib chiqib ketdi va toʻgʻri Arlanning ish joyiga ketdi... Sardor onasi pishirgan shirinliklarni yeb Zafar amaki bilan ancha yaxshi chiqishib olgandi. Zafar amakini oʻgʻli yoʻqligigami Sardorni oʻz oʻgʻlidek yaxshi koʻrib hurmat qila boshlagandi.... Sardorga qoʻngʻiroq boʻldi. -Eshitaman. -Tushunmadim qanaqasiga oʻylab gapiryapsanmi? Ikki kun ichida Kompaniya qanday qilib bankrot boʻladi. Hozir boraman ..-deya baqirdi Sardor. -Oʻgʻlim tinchlikmi? -Kompaniya qarzga kirib ketganmish ikki kun ichida qanaqasiga bunday boʻladi.. -Sardor qanday yordam kerak boʻlsa aytaver meni yigʻib qoʻyganim bor"-dedi Zafar amaki. -Rahmat amaki ketishim kerak"-dedi Sardor va yugurib chiqib ketdi..... Temur nima qilib qoʻyganiga tushunmasdan kompaniyada yugurib yurardi. Oʻzini nimadir deb oqlashni bilmasdi Sardor kelsa uni kunini koʻrsatishini bilardi... Sardor moshinani juda tez boshqarib Kompaniyaga yetib keldi... U kelishi bilan Temur oldiga yugurib chiqdi. -Sardor men atayin qilmadim bilmagandim ularni maqsadini tushunmagandim"-dedi Temur Sardor kelishi bilan. -Sen aqli yoʻq ahmoq nima qilding? Nima qilganding oʻzi? Shuncha yillik Dadamning mehnatini nima qilding?"-deya baqirdi Sardor Temurni Devorga qisib boʻynidan boʻgʻib. -Ular uyushtirishdi.. Men shunchaki hamkorlik qilgandim ular uyushtirishgan men bilmagandim.. -Ahmoqsan hayvon.. Nega qarzga kiradi pul koʻp edi-ku.. -Bilmayman Ular qilishgan hammasini men tushunolmay qoldim. Bankdagi kreditni toʻlashimiz kerak ekan bir hafta ichida... -Bir hafta uncha pulni kompaniyani sotishim kerakku.. -Men bilmadim Sardor aka kechiring men bilmadim"-dedi Temur Sardordan uzur soʻrab qoʻllariga yopishib.... -Sen Hayvonsan aytgandim aralashma degandim. Itsan koʻzimga koʻrinmay tur muommolardan holos boʻlmagunimcha ket bu yerdan"-deya oʻshqirdi Sardor. Temur jim kompaniyadan chiqib ketdi.. Sardor honasiga chiqib hamma hujjatlarni tekshira boshladi.. Arlan loy qorayotganida ortidan Sevinch borib qarab turdi. Javohir Sevinchni koʻrdi ammo Sevinch jim deya ishora qilgandan keyin gapirmadi kulib ishini qilaverdi... -Ha Joha nega kulasan? -Arlan hozir shu yerga Sevinch kelganida nima qilgan boʻlarding? -Ishimni ham tashlab qozoqlardek olib qochib ketardim..-dedi Arlan. Sevinch bu gapni eshitib kulib yubordi. Arlan keyin ortiga aylanib qarasa Sevinch unga kulib qarab turardi. -Qani endi olib qochchi ishdan ruhsat berisharmikin"-dedi Javohir kulib. -Qachon kelding? Bu yerda nima qilib yurubsan? -Hozir keldim. Ishdan haydashdi. -Nimaga? -Sovgʻa yuborganingiz uchun meni haqoratladi keyin ishdan ketdim. -Kerakmas senga ishni... Nima yordam kerak boʻlsa menga aytasan hozir menga ishdan ruhsat berishmaydi. Uyingga borib aqlli qiz boʻlib oʻtirgin telefon qilaman.. -Men bilan bularni yemaysizmi? - Yoʻq Men yemayman Azima bilan yegin. Endi hozir uyga yoʻl olingchi oyqiz. -Hop yaxshi ishlang. Sevinch uyiga ketdi. Arlan orqasidan kulib kuzatib qoldi... -Arlan shunchalik sevib qoldingmi doʻstim?"-dedi Javohir Sevinch taksiga chiqib ketishigacha kuzatib turgan Arlanga qarab. -Ha doʻstim... Uni shunchalik sevib qoldim.. Ikki kundan keyin buvimni sovchilikka yuboraman. Usiz yasholmayman oʻlaman. -Romeo boʻlib ketey. Tez ishni tugataylik.... Azim ota onasiga telefon qildi bugunni oʻzida Oʻzbekistonga yetib kelishlari va ertaga sovchilikka borishlarini aytdi... Rahmiddin Ahmedov ancha yaxshilangan shu kasalhonada ham Dilrabo Ahmedova tinch oʻtirolmasdan Nimadir qilib uni yoʻq qilishni oʻylardi... Sardor dadasiga hech nima deya olmaydi oʻzi bir oʻlimdan qaytdi. Ikki kunning ichida nimalar boʻlib ketganiga tushunmay qoldi.... Zulfiya opa Sardordan havotir ola boshladi.. Zafar amaki buni sezib. -Zulfiya Sardor aqlli yigit hammasini eplaydi... Tinchlan"-dedi Zafar amaki. -Tinchlana olmayapman dadasi nimadir boʻlayotgani aniq koʻnglim notinch. -Hammasi yaxshi boʻladi kiyinib chiq Rahmiddinni koʻrgani boramiz. Kasalhonaga tushibdi. -Hech qachon oʻlsa janozasiga ham bormayman. -Unday demagin... Zulfiya men bilan shariy nikohdan oʻtgansan ammo qonunda uning hotinisan. -Qonuni bilan ishim yoʻq u meni taloqimni bergan.. unga begonaman.. -Meni gapimni ikki qilasanmi? -Hozir kiyinib chiqaman. Zafar amaki va Zulfiya opa kasalhonaga borishdi Hamshiralardan Rahmiddin Ahmedov yotgan palatani bilib olishdi... Palataga eshikni taqillatib kirishlariga Dilrabo Ahmedova ularni sovuq chehra bilan kutib oldi.. -Tinchlikmi? Erimni yonida senga nima bor?"-dedi Dilrabo Ahmedova. Zulfiya opa hech nima demasdan Zafar amakiga qaradi. Zafar amaki unga tinchlan degandek qaradi.. -Biz sizni oldingizga kelmadik Rahmiddinni koʻrgani keldik"-dedi Zafar amaki. Ularning ovozlariga Rahmiddin Ahmedov ham uygʻondi. -Nima boʻlyapti?-dedi Rahmiddin Ahmedov koʻzlarini yarim ochib. -Ahvolingiz yaxshimi? Tuzalib qoldingizmi? Sizni koʻrgani kelgandik ayolim bilan"-dedi Zafar amaki... Rahmiddin Ahmedovga ayolim degani yoqmadi.. -Rahmat endi ketishingiz mumkin"-dedi Rahmiddin Ahmedov ularga teskara qarab oldi.. -Bir kun bu dunyodan hammamiz oʻtib ketamiz. Yigʻgan mol dunyomiz shu yerda qoladi oʻzimiz bilan olib ketmaymiz. Inson insonga ozgina boʻlsa ham mehrli boʻlsin ekan.. Biz sizga yomonlik tilab kelmagandik. Ha mayli sogʻayib keting tezroq.. Onasi ketdik"-dedi Zafar amaki va honadan chiqib ketdi. Zulfiya opa Dilrabo Ahmedovaga qaradi-da. -Oʻgʻlimga qilganlaring uchun seni Alloh doʻzzaxda yondirsin"-deya chiqib ketdi.. Dilrabo Ahmedovaga Zulfiya opaning gapi tegib ham oʻtgani yoʻq oʻsha ayyorana kulish bilan turaverdi... Rahmiddin Ahmedovni koʻzidan ikki tomchi yosh yostiqga tushdi. Dilrabo Ahmedova buni koʻrgan boʻlsada hech nima demadi erini ustidan kulib chiqib ketdi... Sardor kech boʻldi hamki ishxonada hammasini tekshirib chiqdi qayerda hatolik boʻlganini topishga harakat qilar ammo hech nima topa olmasdi. Kim qilgan boʻlsa ham juda ayyorona ishiga usta odam qilgani aniq edi.. Hayoliga har narsa kelar bir uyni moshinalarini sotish kelsa bir kompaniyani oʻzini sotib qutul derdi... Shu paytda Goʻzal ham telefon qilib qoldi. -Goʻzal. -Assalomu alaykum yaxshimisz ishlaringiz nima boʻldi?. -Dard boʻldi men quladim-Dedi Sardor afsus bilan. -Bu nima deganingiz hali oʻtib ketadi. -Uyni sotaman endi boshqa ilojim yoʻq. -Jinni boʻldingizmi? Uyingizni qanday sotasiz koʻchada qolasizlar-ku dadangiz eshitsa ahvoli yanada ogʻirlashadi. -Unda nima qilay Goʻzal. Kompaniyani sota olmayman dadamni qancha mehnati bor. Oʻzimni sotaymi? Oʻzimni uncha pulga olishmidi. -Boshqa yoʻli yoʻqmi? -Kompaniyani sotaman. -Undan boshqa chora yoʻqmi? -Uyni sotaman yoki oʻzimmi oʻldiraman qay birini qilay. -Jinni boʻlmang mayli kompaniyani soting hali ishingiz yurushib ketsa yana qaytib olsiz -Shunday deb oʻylaysanmi? Temur hayvonni shu kompaniyaga kelmasin degandima qancha aytgandim dadamga mana ahvoli. -Men siz bilanman-ku yetmay qolsa ayting oyligimni yigʻib qoʻyganman. -Jinni qiz boladan pul oladiganga oʻxshaymanmi? -Nima qilibdi begonamanmi? -Ha mayli men Kompaniyani sotuvga qoʻyay dadamga tushuntiraman keyinroq.. -Hop Kech boʻlib ketdi ovqatlanib damingizni oling. -hop Sardor Kompaniyani sotuvga qoʻyganini e’lon qildi.. Endi bir piyola choy ichay deganda qoʻngʻiroq boʻldi Kompaniyani sotib olish uchun... -Eshitaman. -Men kompaniyangizni sotib olmoqchiman. Hech qanday noqonuniy ish bilan shugʻullanilmaganmi? -Yoʻq hammasi toza boʻlgan toʻsatdan kreditlarni toʻlash kerak boʻlib qoldi shuning uchun sotadigan boʻldik. -Tushunarli. Demak, pulni naxt olasiz. -Ha naxt pul kerak menga hozir. Iloji boʻlsa ertaga tushlikgacha yetkazib bering... -Muommo yoʻq. Oʻsha yozgan narxingizda olaman -Rahmat kutaman. Sardor kompaniyani bir boshdan kuzatib chiqdi ertaga tushlikdan keyin bu kompaniya endi unga begona boʻladi.... Uyiga ham ketmasdan honasiga chiqib yotdi. Arlan va sevinch uhlamasdan telefonda gaplashib yotishardi Azimani Sevinch shkaladlar bilan aldab qoʻygan. Azima ham shkalad deya sevinchga etibor bermasdan Jim shkaladlarni yeb oʻtirardi... -Opa pochchaga salom ayting shkaladlar juda mazza ekan"- -dedi Azima ogʻzi toʻla shkalad bilan -Yaramas ochopat menga ham qolsin. Ozroq yegin. -Hey nega urushasizlar ertaga yana olib beraman"-dedi Arlan ularni gaplarini eshitib. -Nima qilibdi pochchaga eyting ertaga sizga boshqani olib bersinlar'-dedi Azima bemalol. Sevinch Azimaga qarab " Ochopat bez"-deya baqiirb qoʻydi. Arlan ularning gaplariga tinmasdan kulardi... Zafar amaki uyiga qaytib kelgandan keyin Zulfiya opa nega borishni hohlamaganini tushundi. Rahmiddin Ahmedov boylikdan anchagina kibrlanib ketgan edi.. Zulfiya opa boʻlsa hali hamon Rahmiddin Ahmedovni yaxshi koʻradi. Buni sezdirmaslikga harakat qilsada foydasiz buni Zafar amaki sezdi. Lekin hech nima demadi. Oʻzi shunga rozi boʻlib qizlarining tarbiyasi uchun uylandi.... Temurdan darak yoʻq ishini qilib Sardorni koʻziga koʻrinmayotgandi Erta tong Sevinch shirin uyquda. Arlan erta turub ishga shoshildi. -Buvijon bugun bozorga borib kerakli narsalarni olib keling"-dedi Arlan krasofkasini kiyib -Tinchlikmi oʻgʻlim?. -Ertaga sovchilikka borasiz buvijonim. -Nihoyat shu soʻzni eshitmasdan oʻlib ketamanmi deb oʻylardim nihoyat"-dedi Hamida buvi. -Ha buvijon men ketdim pulni qayerdaligini bilsiz... Arlan ishiga yugurib ketdi. Sardor kompaniyaning barcha hujjatlarini yigʻib qoʻydi endi uni yangi egasiga topshirishi kerak.. Azimning ota onasi Amerikadan yetib kelishdi. Kelishlariga Sevinchga sarpolar ola boshlashdi sovchilikga borish uchun. Azim Sevinchning uyi oldiga kelib turib uni chiqishini kutdi ammo Sevinch chiqmadi oʻrniga Azima chiqib keldi kollejga borish uchun..... Sevinchni koʻrolmasdan mehmonhonaga ketdi mehmonhonada uni yana oldingidek ibosiz Sarvinoz kutardi... Kompaniyani sotib olmoqchi boʻlgan inson Sardorni oʻzining ishxonasiga chaqirdi. Sardor borib koʻrishdi hujjatlarni topshirib oʻzi tezda bankga ketdi. Bankga borib hamma qarzlarini berdi... Yengil boʻldi endi nima ish qilishni oʻylardi... Dadasiga buni qanday aytishni bilmasdi... Rahmiddin Ahmedovdan xabar olish uchun ketmoqchi boʻlib turganida kompaniyani sotib olgan yigit yana telefon qildi kompaniyaga kelib o’zining honasidagi shaxsiy narsalarini olib ketishini aytib. Sardor esidan ham chiqgan ekan. Kompaniyaga qaytib bordi. Honasiga kirdi darrov uning oʻrindigʻida deraza tomonga qarab bitta yigit oʻtirar edi. Kompaniyaning yangi egasi.. -Uzur narsalarimni olib ketmoqchidim "-dedi Sardor.. Haligi yigit sekin Sardorga aylanib qaradi.. -Bemalol Aka olib ketaver bu honada endi mening narsalarim turadi"-dedi Temur Sardorga qarab deraza tomonga qarab oʻtirgan yigit aslida Temur edi. Sardor hech narsaga tushunmay qoldi... Miyasi hech nimani qabul qilmaydi.. -Sennn"-dedi Sardor boshqa hech nima deya olmadi -Hush kelibsan aka. Kompaniyam senga yoqdimi?-dedi Temur Sardorga qarab kulib... Eshikdan shu payt Sardor bilan gaplashib kompaniyani sotib olaman degan yigit kirib keldi.... Sardor hech nimaga tushunmay turardi. -Kel Abdulla yaxshi ishlading bu sening haqqing olib ketishing mumkin"-dedi Temur Abdullaga pulni uzatib. Abdulla ham pulni olib . -Yana xizmat boʻlsa aytarsiz"-dedi va chiqib ketdi.... -Nega jimsan aka? -Sen Iflos Maraz meni aldadingmi? Orqamdan pichoq urdingmi? -Sardor aytgandim-ku senga bir kun meni qoʻlimda oddiy ishchi boʻlib ishlaysan deb. Mana aytgan gapimmi ustidan chiqdim. Lekin senga hozir rossa alam qilayotgandir a? Oʻzingni pulingga oʻzingni kompaniyangni sotding"-dedi Temur qattiq kulib Sardor ortiq chidab tura olamadi Temurni boʻgʻziidan oldi -Oʻldiraman seni iflos hayvonsan it. Senga yaxshilik qilgan men ahmoq"-deya Sardor Temurni boʻgʻib ura boshladi. -Oʻgʻlimdan qoʻlingni ol militsiyaga topshiraman"-deya Dilrabo Ahmedova kirib keldi. -Hali ona bola buni qildingizlarmi? Ha sendek hayvonni hum kallani qoʻlidan bunday ish kelmasligini bilar edim. Sendek Ilon hech qayerda yoʻq. Seni uyimdan yoʻq qilaman nafaqat uyimdan kompaniyadan dadamni hayotidan ham. Hammasiga sen sababchi iflos"-deya Sardor Dilrabo Ahmedovga baqirdi. -Tishshsh oʻgʻlim.. qizishma... Hohlasang shu yerda ishlashing mumkin... Hohlamasang ana darvoza ochiq qarichol dadang ham tez orada oʻlsa seni ham yoʻq qilish muommo emas... -Hali meni yoʻq qilmoqchimisan?-deya kuldi Sardor.. Esingdan chiqmasin tepada Alloh koʻrib turubdi. Bu gʻalabalaring senlarga qimmatgaa tushadi.. Men endi boshladim. Oʻyin boshlandi... Gʻolib bitta... Magʻlublar son mingta.. Ular ichida senlar ham bor.. Bu kompaniya senlarga hech qachon tegmaydi.... Koʻrishguncha"-dedi Sardor va honadan chiqib ketdi.... Dilrabo Ahmedova oʻgʻlining qilgan ishidan mamnun uni quchib qoʻydi..... Azimning ota onasi Sevinchni uyiga sovchilikka kelishdi. Sevinch bozorga chiqib ketgan payt kirib kelishgandi.... -Hush kelibsizlar.... Uzur mening ayolimm.. -Bilamiz hijolat boʻlmang".-dedi Azimning onasi Zubayda opa Sevinchning dadasi Otabek amaki gapini tugatmasidan. -Rahmat hush kelibsizlar.... -Endi egachi sovchilikka keldik.. Sevinch ismli qizingizga. Oʻgʻlimning mehmonhonasida ishlar ekan Oʻgʻlim koʻngil qoʻyibdi qizingizga endi yoshlarda. Shunga sovchilikga keldik... -Ha hush kelibsizlar... Mening bor boyligim shu qizlarim ular baxtli boʻlishsa men tinch boʻlaman. Sevinch oʻzi kelsin undan bir soʻrab koʻraman keyin sizga javobimni aytaman... -Qiz bola baribir otasiga aytishga uyaladi. Qizingizni ham koʻngli bor ekan. Oʻgʻlim bilan juda yaqin munosabatda ekanlar toʻy qilmasak boʻlmaydi... Zubayda opa nimaga shama qilib gapirganini Otabek amaki tushundi gʻazabdan yuzi qizarib ketdi.... -Men roziman toʻyni tezlashtiring..."-dedi Otabek amaki. -Albatta.. Yoshlar baxtli boʻlishsin. Oʻgʻil qizlari koʻp boʻlsin"-deya Zubayda opa duo qildi va oq oʻrab ketdi.. Otabek amaki jahli chiqib gʻazabdan qizargancha qoldi. Sevinch bozorga borib Arlan bilan koʻrishdi... -Assalomu alaykum -va alaykum assalom senga yangilik bor"-dedi Arlan kulib. -Qanday? -Ertaga buvim sovchilikga boradilar endi menikisan" -Hali yoshmanku"-dedi Sevinch uyalib... - Sen tengilarni bolasi sen tengi boʻldi yoshliging qolibdimi? -Nima boʻldi?-deya Sevinch kula boshladi... -Jinni mani vaqtim tugadi ishga qaytishim kerak sen ham darrov uyga.. ertagacha uylaringni tozalab qoʻy buvim borib adashib ketmasin endi qayerdan chiqaman deb. -Ahmoq unday emas... Sevinch ketib qoldi. Arlan ham kulib ishiga ketdi. Sevinch uyiga borsa Otabek amaki uni gʻazab bilan oshxonada u yoqdan bu yoqga borib kelib kutardi... Sardor moshinada juda katta tezlikda boshqarar qayerga borayotganini bilmaydi faqat oldinga toʻgʻriga ketardi gʻazabdan alamdan ichi yonardi... Inson ham shunchalik tubanlikka boradimi, Ularni hozir hayvondan nima farqi bor derdi.. Moshinasining benzini tugab oʻchib qoldi. Shaxardan anchagina uzoqga chiqib ketganini endi sezdi.... Moshinadan tushub oʻtirib olib oʻylardi nimalar qilib qoʻygani endi nima qila oladi... Hammasini ortga qaytara oladimi bilmasdi...... -Assalomu alayum men keldim dada"-dedi Sevinch oshxonaga kirib.... -Sen nimalar qilib yurubsan? -Hech nima dada borozlik qilib keldim"-dedi Sevinch hech nimga tushunmay. -Onangni yomon koʻrib aslida onangga oʻxshadingmi? Yuzimni yerga qaratdingmi?? Azim kim?"-deya baqirdi Otabek amaki.. Sevinch otasining ovozidan tan badani qaltirab ketdi qoʻrqib.... -Dada nimalar deyapsiz? Azim boshligʻim men ishlaydigan mehmonhona egasi men ishdan ketdim. Uni turmush qurish taklifini qabul qilmaganim uchun ishdan haydadi meni.... -Oʻchir hammasini eshitib boʻldim.. Ertaga uyidagilar keladi. Bugun oq oʻrab ketishdi ertaga fotixa bir haftadan keyin toʻy. -Dada bu nima deganingiz men unga turmushga chiqmayman iltimos unday qilmang meni baxtsiz qilmang dadajon"-deya Sevinch dadasiga yalinib yigʻlay boshladi.. -Aslida sen meni yuzimni yerga qaratding. Bugun yer yorilmadi men kirmadim.. Senga ishonardim ishonchimni yer bilan bitta qilding.. Ikki qulogʻing bilan ham eshitib ol. Shu yigitga tegasan tegmasang sendek qizim yoʻq oq qilaman"-dedi Otabek amaki baqirib va honasiga kirib ketdi... -Yoʻq yoʻq endi baxtni tuydim deganda nega menga azob.... Shunchasi yetmasmidi"-deya sevinch yer mushtlab yigʻlay boshladi.. Dadasi uni gaplarini eshitsa ham etibor qilmadi.... Sevinch sudralibgina honasiga kirib ketdi. Arlanga aytish azim bilan gaplashib olish hech biiri hayoliga kelmayotgandi faqatgina Dadasi oq qilaman degan gapidan qoʻrqardi. Azim hursand toʻyga harakatni boshlab yuborgan.... Zubayda opa ham ilonni yogʻini yalagan ayol edi. Oʻgʻli uchun bitta qizni buzuqga chiqarib qoʻydi.... Ish vaqti tugagan kech boʻlsa ham Temur honasida bir ikkita ishlar bilan oʻtirganda Sardor kirib bordi.... Sardorning koʻzidagi oʻziga boʻlgan ishonch qaddini tik tutib turishining oʻzi Temurni ozroq choʻchitdi.. Ertalabki singan Sardordan yana magʻrur Sardorga aylangandi. Sardor hammasini oʻylab olib kompaniyaga qaytgandi.. -Tinchlikmi Sardor aka? -dedi Temur Sardorga qarab.. Sardor kastyum shimda yurardi hozir boʻlsa umuman zamonaviy kiyinib olib kirib kelgandi.. -Qoʻlingda ishchi boʻlishimni hohlaganding-ku menejiring boʻlmoqchiman"-dedi Sardor ayyorona kulib. -Ishga olinding aka.... Bu hujjatlarni oʻzing koʻrib qoʻyarsan ... Men uyga borishim kerak dadam kasalhonadan chiqar ekan..."-dedi Temur va hujjatlarni Sardorni qoʻliga bermasdan oyogʻi oldiga tashlab chiqib ketdi.. Sardorning ikki qoʻli musht boʻlib tuguldi.. Temur chiqib ketishi bilan devorga qattiq mushti bilan urdi...... Hujjatlarga qaramasdan onasini oldiga ketdi...... Arlan ishdan kelsa buvisi har xil sarpolardan olib kelgan ekan. -Voy buvijonim bozorda nimadir qoldimi?"-dedi Arlan sarpolarni koʻrib. Hamida buvi boshini ushlab oʻtirardi qari xoliga bozorda shuncha narsani olish qiyin edi.. -Gapirma boshim yorilib ketadi hozi. Dorilarimni top. Davleniyam oshdi shekilli mazam qochyapti ertagacha oʻzimga kelib olay.. -Buvijon qoʻshini qizlardan olib ketsangiz boʻlmasmidi meni ham esimga kelmabdi. Menga hali koʻp kerak boʻlasiz oʻzingizni asrang. -Ertaga sovchilikga borib kelay. Kelin kelsin keyin men tinch boʻlaman. -Hop boʻladi.... Arlan buvisini dorilarini berib Sevinchga telefon qila boshladi Sevinch javob bermasdi smslar yozdi javob boʻlmadi.... Sevinch shu yigʻlagancha uhlab qolgandi... Arlan havotir olib Sevinchning uyiga ketdi... Kech soat 22: 00dan oʻtgandi. Sevinchning honasining derazasi koʻcha tomonga qaragandi. Arlan borib sekin derazani taqillatdi.... Deraza ochilib Azima qaradi. -Iy -Assalomu alaykum Arlan aka yaxshimisiz?-dedi Azima tushkun holatda. -Va alaykum assalom yaxshimasman. Sevinch qayerda qoʻngʻiroqlarim smslarim javobsiz. -U uhlayotgandi hozir uygʻotaman.. Azima borib Sevinchni uygʻotdi Sevinch koʻzlari qizarib ishib ketgandi.. Derazadan sekin qaradi.. -Sevinch senga nima boʻldi??? -Arlan akaaaa"-deya Sevinch ichikib yigʻlab yubordi.... -Sevinchim senga nima boʻldi? Kimdir hafa qildimi nega yigʻlayapsan yaxshi edingku.. -Meni baxtimni yoʻq qilishdi... Dadam oq qilaman dedi.. Men men hech nimaga tushunmayapman... -Oʻzi nima boʻldi. Menga tushuntir.. Iltimos yigʻlamagin hammasini tushuntir Iltimos.. -Hammasini men tushuntiraman bugun u Fotixalandi qizmni tinch qoʻy"-deya Arlanning orqasidan Otabek amaki keldi.. -Assalomu alaykum. Nega??"--dedi Arlan. -Men shuni hohladim... Qizmni tinch qoʻy yoki sen bilan ham yaqin munosabatda edimi?"-dedi Otabek amaki. -Nimaaa??? Nimalar deyapsiz??? -Boshligʻi bilan sevisharkan bir birini shunga unashtirib qoʻydim endi tinch qoʻyib ket bu yerdan... -Tushunmadim. Sevinch men senga aytgan gapim esingdami?"-dedi Arlan dera ortidagi Sevinchga qarab. -. Yoʻq u bilan umuman hech qanday munosabatim yoʻq menga ishoning iltimos"-deya yalindi Sevinch. -Baxtli boʻl. Uzur amaki qizingizni umuman bezovta qilmayman. Toʻylar muborak kelin bola"--dedi Arlan va uyiga ketdi... Uyiga ketar ekan koʻzidan achchiq alamli ikki tomchi yosh oqdi... Uyiga kirib borib buvisi olib kelgan sarpolarga qaradi ichi yona boshladi, og’riqlar yuragini kemira boshladi birinchi muhabbati gullashga ulgurmasdan soʻndi.... Uyda oʻtira olmay yana koʻchaga chiqib ketdi.. Sevinch dadasi nega bunday qilayotganiga tushunmasdi... Faqatgina nima aybim bor deya yigʻlardi... Sardor uyiga kelgisi kelmadi.... Onasini yonida qoldi.. haligacha onasining diydoriga toʻya olmagandi... Hovlida uhlab qolgandi.. Goʻzal ustiga nimadir yopib qoʻyay deb yoniga chiqdi.. Endi ustiga tashlayotganida Sardor Goʻzalni qoʻlidan ushlab qoldi. -. aaaa -Nimaga baqirasan hozir oyim bilan dadang uygʻonadi"-dedi Sardor Goʻzalni ogʻzini qoʻli bilan yopib. -Himmmmm -Nima deyapsan?-dedi Sardor qoʻlini olib. -Koʻchamizdagi kalamushni bollariga oʻxshaysiz dedim"-deya Goʻzal yugurib ketib qoldi.... Sardor kulib yon atrofga qaraganida koʻzi derazadan ularni kuzatib turgan Zulfiya opaga tushdi. Zulfiya opa oʻldiraman degandek ishora qilib kuldi.. Sardor onasiga havodan boʻsa yuborib kulib koʻzini yumib oldi...... Ertalab.... Hamida buvi uygʻonib Arlanni qidirdi Uygʻotish uchun honasiga kirdi.... Oʻrnida yotmagan ham.... Havotir olib qoʻngʻiroq qildi oʻchirilgan derdi... Arlan qurilish joyiga borib uhlab qolgan telefonining quvvati tugagandi.. Hamida buvi siqilar bugun sovchilikga ham borishmoqchi edi manzilni ham bilmaydi Arlanning oʻzi olib boraman degan.... Arlanga Nimadir boʻldi deya siqilib yana davleniyasi osha boshladi.... Sevinch uygʻonib uhlab dam olgach... Kiyinib mehmonhonaga Azim biman gaplashish uchun tayyorlandi... . -Nima haqqingiz bor edi nima yomonlik qilgan edim sizga insofingiz bormi sizni".-Sevinch Azimning honasiga eshikni tepib kirib bordi. -Nima qildim'-dedi Azim bemalol -Uyatsiz! Vijdonsiz. Dadamga nima dedingiz? Dadam nega meni oq qilaman deyapti.. Nimalar qildingiz?"-deya baqirdi Sevinch koʻzida yosh bilan. Azim joyidan turub Sevinchni yoniga keldi. -Sevib qoldim bori shu. Seni meniki boʻlishingni hohladim boshqa hech nima.. -Seniki boʻlmaganman boʻlmayman ham oʻzimni oʻldiraman lekin senga turmushga chiqmayman.. Sendek vijdonsiz bilan bir yostiqqa bosh qoʻymayman."-deya Sevinch Azimni turtib honadan chiqib keta boshladi. -Otangni norozi qilasanmi?? Oq fotixasini olmaysanmi? Oq qilsinmi??"-dedi Azim ortidan.... Sevinch Azimga nafrat bilan aylanib qaradi.. -Hech qachon seni umr yoʻldoshim deb bilmayman.. Butun umr sendan nafratlanib oʻtaman qalbim faqat Arlanga tegishli shunday boʻlib qoladi... Sen esa menga uylanganingga afsuslanasan"-dedi Sevinch va yigʻlab chiqib ketdi... -Kim afsuslanishini hali vaqt koʻrsatadi"-dedi Azim kulib.... Sardor oʻzi uyiga ketdi kiyinib kompaniyaga borishi kerak edi. Uyiga kirib borar ekan oʻz uyiga kirgisi kelmasdi... Uyda fayz yoʻq edi.... Honasiga chiqib kiyina boshladi. Rahmiddin Ahmedov Sardorni koʻrish uchun honasiga kirib bordi... -Oʻgʻlim tirikmanmi oʻlikmanmi xabar ham olmading?"-dedi Honaga kirib Rahmiddin amaki.. -Shuncha yildan beri men tirikmanmi oʻlikmanmi yashayapmanmi. Tirik murdamanmi?. Onam nima qilmoqda kimni qoʻlida hoʻrlanmoqda?. Meni chekgan azoblarimdan habar olganmidiz? -Bas qil endi.. -Dada. Siz oʼsha Ilonga nima uchun uylangansiz? Nimasi yoqgan shuni sevib qolganmisiz shu ilonnimi? -Oʻchir seni onang boʻladi. -Hech qachon mening onam Zulfiya va shunday boʻlib qoladi u ilon foxisha mening onam emas boʻlmaydi ham... Nafratlanaman oʻsha ilondan"-deya oʻshqirdi. Sardor. -Sardoooorr... Zulfiya menga hech kim senga ham -Yoʻoʻoʻoʻoʻqq dada u meni onam. Toʻqqiz oy yuragi ostida koʻtarib tugʻgan va uch yil tunlari uhlamay chiqgan onam... -Oʻsha onang menga hiyonat qilgan men uni sevardim yaxshi koʻrardim ardoqlardim. U esa menga hiyonat qildi."-deya Rahmiddin Ahmedov ham baqirdi... -Onam! Sizga hiyonat qilmaydi.. u mening onam... U Kimsan Zulfiya Ahmedova edi.. siz unga ishonmagansiz... Oʻsha ilon bir kun sizni oʻldiradi unda kech boʻladi. -Zulfiyani oldiga borishni bas qil... -Men uylanmoqchiman Goʻzalga uni onam tugʻmagan.... -oʻsha qiz bu uyga kelin boʻlib kelmaydi... Sobiq xotinimning eri bilan quda boʻlamanmi? Oʻylab gapiryapsanmi?? -Yaxshi qoling dada ishga borishim kerak"-Dediyu Sardor chiqib ketdi.. Rahmiddin Ahmedov divanga oʻtirib qoldi. Ota oʻgʻil urushini Dilrabo Ahmedova kulib tomosha qilib turardi. Arlan uygʻonib uyiga borib kelmay deb yana ishga chiqib ketdi.... Hamida buvi ahvoli yomonlasha boshladi, Arlanni darvoza oldida kutib oʻtirar. Oyoqda tura olmasdi koʻzi darvozada.... Sevinch koʻzida achchiq yoshlar bilan bugungi fotixasiga tayyorlanardi. Azima ham unga qarab bildirmay tinmasdan yigʻlardi.. Otabek amakining jahli haligacha oʻsha oʻsha.... Sevinchni tezroq toʻyini qilib yuborishni oʻylardi.... -Aka birinchi ish kuningdan kech qolding"-dedi Temur Sardor kompaniyaga kirib borishi bilan.. -Yoʻq vaqtida keldim menimcha sen erta kelib qoʻygaansan"-dedi Sardor va Temur unga ajratgan honaga chiqib ketdi.... Sardorga Temur anchadan beri tamirlanmagan eski chang bosib yotgan honani bergandi atayin uni sindirish uchun... Temur Sardorni ortidan borib uni kuzatib turdi.. Sardor tartibsizlikni yoqtirmasdi... Jahli chiqib ketdi... Tozalovchilarni chaqirdi.... Temurni koʻrib.. -Menga ajratgan honang yoqdi. Rahmat Ukaa"-dedi Sardor kulib. Temur jahli chiqib honasiga ketdi.. Sardorni Temurni ustidan kulgancha qoldi.... Ustalarga ham qoʻngʻiroq qilib honani shu kunni oʻzida jihozlab berishlarini aytdi hammasini oʻzini choʻntagidan qildi.... Arlanning negadir koʻngli gʻash nimadir boʻladigandek tuyulaverdi.... Sevinchni deb azolanayotgani bir tomondan bugun buvisi sovchilikka boramiz deya Arlanni kutib oʻtirgani... Ishlarini tez tez qilib tushlik payti uyiga borib kelishga ketdi... Sardor kechagi dadasining gaplarini eslab Temurni honasiga ketdi. Aslida u hona Sarsorniki edi Temurniki.... ( Pul mansab bugun menda ertaga senda) Eshikni taqillatmasdan honaga kirdi Temur bitta qizni oldiga oʻtirgʻizib u bilan kulishin gaplashib oʻtirardi Sardoni jahli chiqsa ham oʻzini tiydi... Sardorni koʻrishi bilan Temur Qizni pastga tushurib. -Aka eshikni taqillatib kirishni bilmasanmi?-. Dedi.. -Yoʻq endi oʻrganaman.... Men hozir Goʻzal bilan nikohdan oʻtmoqchiman har holda ukamsan guvoh boʻlasanmi? Keyin Bu yer ishxona qayerdagi kimlardan qolganni olib kelma bu yerni bulgʻab... -Ok.. Aka tushunmadim onam Goʻzalni singlingiz degandi... Oʻz singlingga uylanasanmi? -Singlim emas onang tuxmat qilishga usta.. Ketdik endi Goʻzalni olib masjidga boramiz... -Hop" Temur birinchi marta Sardorni gapiga hech qanday noroziliksiz hop dedi hayratda edi Sardorni oʻzi ham.. Temur bilan birga Goʻzalni uyiga ketishdi.... Arlan tushlik vaqti boʻlishi bilan uyiga keldi.. Bu paytda Sevinchni fotixasi boʻlayotgandi honasiga kirib ichikib yuzini yostiqga bosib olib yigʻlardi.... -Buvijooonnn Arlan darvozadan kirishi bilan baqirib yugurib ketdi.... Hamida buvi oʻtirib devorga suyangancha hushidan ketib yotardi.. Davleniyasi oshib ketgan, havotirlanib qoʻrqib Arlanga nimadir boʻldi deya hushidan ketgandi.... Arlan yigʻlab buvisini quchib yuziga ura boshladi. Tez yordamga qoʻngʻiroq qilib shifohonaga olib ketishdi.... -Onaaaa Goʻzal"-deya baqirdi Sardor Temur bilan hovliga kirishi bilan.. Zulfiya opa va Goʻzal yugurib chiqishdi. -Haa oʻgʻlim nima boʻldi tinchlikmi? -Nega baqirasiz? -Uylanmoqchiman"-dedi Sardor kulib.... Goʻzal yuzi mayus tortdi.. -Kimga oʻgʻlim qachon?-dedi Zulfiya opa roʻmolini toʻgʻirgʻlagan boʻlib, koʻzini Goʻzaldan uzmasdan... -Qizingizga kimga boʻlardi onajon. Goʻzal ikki minutda kiyinib chiq masjidga boramiz nikoh oʻqitgani. -Nima? Qanaqa masjid?"-Dedi Goʻzal koʻzlarini katta katta ochib.... -Ha nima? Boshqasiga tegmoqchimiding? -Yoʻq nega aynan masjidda -Chunki bakrot boʻldim endi Toʻy qila olmayman. Majbursan shunaqa toʻy qilishga.... -Lekin kelin koʼylak...-deya jim boʻlib qoldi Goʻzal..... -Kechir, Kelin koʻylak kiyib keyinroq toʻy qilamiz... -Hop men roziman.. -Oʻgʻlim bu yigit kim?-dedi Zulfiya opa Temurga qarab... -Buu Temur Dilrabo Ahmedovaning oʻgʻli" -Dilraboning oʻgʻlimi? Hush kelibsan oʻgʻlim yaxshimisan. -Yaxshi rahmat hola oʻzingiz yaxshimisiz? -Rahmat oʻgʻlim.... -Goʻzal ketdik endi.. Temur yur.. Zulfiya opa Goʻzalni yuzini yopib uzun koʻylak kiydirdi... Temur ularga haydovchilik qilib masjidga olib ketdi.... Sevinch honasida yostiqni quchib yigʻlab yotar fotixasi boʻlyapgan qudalarning gaplashishyapgan ovozlari uni yana azoblardi. Honaga Azima kirib keldi. -Opa -Nima deysan? -Qudahola sizni koʻrmoqchi ekan tez chiqar ekansiz dadaam chaqiryapti... Sevinch dadam chaqiryapti degan gapidan keyin oʻrnidan turdi qudalarni oldiga chiqdi koʻzlari qizarib ketgan.... Zubayda opa ( Azimning onasi) Sevinchni quchib qoʻliga uzuk taqdi.... Sevinch barmogʻidagi uzukga nafrat bilan qaradi... -Baxtli boʻling qizim.... Azimjonim bilan baxtli boʻling Sizdek qiz bizning oila kelini boʻlishi kerak.... Sevinch Zubayda opani yuziga biron marta ham qarab qoʻymadi koʻzi qoʻlidagi uzukda nafrat bilan qarab turar hozirni oʻzida barmogʻidan yulib olgisi kelardi... -Qizim rahmat demaysanmi?"-dedi Otabek amaki barmogʻidan koʻzini uzmay turgan Sevinchga qarab.... -Qoʻlimga kishan solingandek boʻldi , butun orzu umidlarim chil chil sindi shuning uchun rahmat aytaymi?"-dedi Sevinch dadasiga qarab... Otabek amaki jahli chiqib Sevinchga tarsaki tushurdi. -Voy bu nima qilganingiz.?'-deya Zubayda opa Sevinchni quchdi.... -Shunga loyiq ish qildi"-dedi Otabek amaki Sevinchga gʻazab bilan qarab. -Mayli yoshlarda jahl qilmang. -Shu hafta oxirida toʻy qiling -Oʻzimiz ham shuni aytmoqchi edik biz Amerikaga ketishimiz kerak.... Sevinch honasiga yugurib kirib ketdi... -Men roziman toʻy qancha tez boʻlsa shuncha yaxshi.... Sardor Goʻzal bilan masjidda Nikoh oʻqitib Goʻzalni olib uyiga bordi.... Hovlida Dilrabo Ahmedova va Rahmiddin Ahmedov birga choy ichib oʻtirishardi.. Hovliga kirib borishlari bilan Goʻzal kelin salom qila boshladi Dilrabo opa Va Rahmiddin Ahmedov hech nimani tushunmay Sardor va Temurga qarab turishardi..... -Sardor nima boʻlyapti tinchlikmi?"-dedi Rahmiddin Ahmedov.. -Uylandim Goʻzalga mana keliningiz "-dedi Sardor kulib... -Nima? -Nimaaa? Raahmiddin amaki va Dilrabo opa baqirib yubordi nima deb Goʻzal tazim qilayotgan joyida qotib qoldi qoʻrqganidan.... - Ha dada unga uylandim dabdabali toʻy shart emas -Sardor oʻylab gapiryapsanmi? Kimdan soʻrab kundoshimni qizini kelin qilib olib kelding? Oʻzingni kim deb oʻylayapsan?"-deya Dilrabo Ahmedova Sardorga oʻshqirdi.... -Ha onajon asl yuzingizni koʻrsating shunday dadamni oldida.."-Dedi Sardor kulib.. Dilrabo Ahmedova jim boʻlib qoldi... -Sardor men senga nima degandim? Qizni uyiga olib bor bu uyda kelin boʻlmaydi. Men uni na kelin deb na uyda ishchi deb qabul qilaman.. Goʻzal koʻzidan yosh oqa boshladi Sardorni oldiga sekin kelib. -Meni uyga olib boring iltimos"-dedi -Sening uying endi shu yer. Bu uydan kim chiqishi kerak boʻlsa bemalol chiqib ketaversin"-dedi Sador Dilrabo Ahmedovadan koʻzini uzmasdan... -Iltimos uyimga ketay"-dedi Goʻzal yalingudek qilib... -Bu uy seni ham uying hech qayerga ketmaysan dedim Goʻzal.. -Sardor meni norozi qilib uylanasanmi?'"-deya Rahmiddin amaki gapga aralashdi.... -Siz meni norozi qilib uylangandek.. Goʻzal yur honamizni koʻrsataman"-dedi Sardor va Goʻzalni qoʻlidan ushlab oʻz honasiga olib chiqib ketdi.. Dilrabo Ahmedova olov boʻlib yona boshladi. Rahmiddin Amaki hech nima deyolmaydi Temur tomoshabin boʻlib oʻz oilasining bir birini gʻajishini kuzatib turardi.... Arlan buvisini kasalhonaga olib kelib doʻxtirlar chiqishini kutardi. Hozir nimadir boʻladigandek buvisidan ajralib qolgandek edi... Endi rostan ham u yolgʻiz qolishini oʻylardi. Esini tanibdiki buvisi bilan birga edi. Bu hayotda faqat buvisi uchun yashayotgandi.. Doʻxtirlar chiqib kelishdi.. -Doʻxtir buvim yaxshimi hammasi joyidami?? -Siz nabirasimisiz? Buvingizni biz asrab qola olmadik kech qolgansiz bu davleniya bilan hech bir inson yosh boʻlsa ham tirik qolmaydi qattiq siqilgan. Yana qand kasalligi bormidi? -Nimaaa"- Arlan buvisini oldiga yugurib kirib ketdi. -Toʻxtang mumkinmaaass"-deya hamshira oldiga chiqishi bilan hamshirani ham itarib tashladi.. -Buvi buvijonim siz ham meni tashlab ketmang iltimos buvijon siz menga ona oʻrnida ona ota oʻrnida ota edingizku buvijon koʻzingizni oching iltimos.. Arlan oʻkirib yigʻlab buvisini yuzlaridan silar uygʻoning deya qoʻllaridan ushlab yuziga qoʻyardi.... Uni koʻrgan hech bir shifokor bunday ayriliqqa chiday olishmadi ular ham Arlanga achinib yigʻlab yuborishdi. Arlan buvisining yuzlaridan silab yigʻlar ekan Hamida buvining koʻzidan ikki tomchi yosh oqdi. Bunisiga hech kim bardosh bera olmadi.... -Bu buvingizni soʻnggi koʻz yoshi edi"-dedi hamshira... Arlan holdan toyib yerga oʻtirib qoldi. Fotixa tugab hamma uy uyiga ketgandan keyin Sevinch honasida qoʻlidagu uzukga qarab oʻtirardi Otabek amaki keldi. -Sevinch. Sevinch dadasiga qaramadi. -Ota bir marta chaqirganda labbay deb javob bermagan qizdan nimani kutish mumkin."-dedi Otabek amaki jahl bilan... -Oʻz qiziga qoʻl koʻtargan, baxtsiz qilayotgan otadan nimani kutish mumkin"-dedi Sevinch ham yigʻlab... -Qizim men seni baxting uchun shunday qilyapman yigit boy oila qiynalmaysan, men bermayman deganimda ham qilar ishni qilib boʻlgan ekansizlar.... -Dada men hech nima qilmadim nega tushunmaysiz, dadam meni tushunmaydi onaamga aytay desam onam foxisha meni nima aybim bor ediki bunday jazo bermoqda Allohim.. -Oʻchir Sevinch, Erkaliklaringni koʻtardim bunisi oshib tushdi jim boʻl"-deya baqirib Otabek amaki honadan chiqib ketdi.... Sevinch otasining gaplariga tushuna olmasdi.... Nima ayb qilganini bilmasdi.... Arlan buvisini oldidan ketmasdan unga termulganicha oʻtirardi honaga hech kimni kiritmas buvisiga hech kimni yaqinlashtirmasdi..... Goʻzal Sardor honasiga chiqargandan keyin tashqariga umuman chiqmadi. Sardor unga honani koʻrsatib oʻzi Ishxonaga ketgandi ishchilardan habar olish uchun... Dilrabo Ahmedova honasida ich etini yeb oʻtirardi Goʻzalni uydan qanday chiqarib tashlashni oʻylab..... -Men keldim Goʻzal"-deya Sardor kirib keldi.... -Keldingizmi? Deya yig’lab yubordi Go’zal. -Tentak nega yigʻlayapsan? Ilon senga nimadir dedimi? -Uyimga ketgim kelyapti onamni sogʻindim iltimos meni uyga olib boring. Bu yer menga yoqmayapti"-dedi Goʻzal hiqqillab yigʻlagancha.. -Goʻzal ozgina sabr qil.. Dadamni oʻsha ilonga tashlab keta olmayman... Jon deb boshqa uy olib chiqib ketar edim dadamni tashlab ketolmaganman... Bu ilonning niyati dadamni oʻldirib boylikni egallash... -Meni qabul qilishmaydi Dadangiz ham onangiz ham, Kelganimga toʻrt soatdan oshdi biron marta habar olishmadi. Huddiki bu uyda men yoʻqdek. -Qabul qilishadi iltimos sabr qilib chidagin Goʻzal seni albattaa baxtli qilaman... Agarda senga Oʻsha ilon nimadir desa toʻg’ri sen ham urushib ber yoki menga ayt... -Hop. -Yur endi ovqatlanamiz. Ertalabdan Hamida buvini janozasini oʻqildi.... Arlan oʻz qoʻllari bilan buvisini qora tuproqga qoʻydi.... Hamma ketib oʻzi buvisi oldida qolib quron tilavot qilib yigʻlay boshladi endi bor umidi onasidan, uni topishi kerak edi... Bir soatcha buvisini oldida oʻtirib uyiga qaytish uchun yurib ketayotganida Buvisining qabridan ikkita qabr keyingi qabrda turgan rasm Arlanni etiborini tortdi sekin borib qaradi... U tugʻulganidan beri buvisi shu sening onang uni topasan deb rasmini koʻrsatadigan onasining rasmi edi.... Arlan tiz tashlab qabr boshida oʻtirib qoldi... Endi haqiqatdan ham singandi shuncha yil qidirgan onasi olamdan oʻtgan ekan .... Arlan qattiq baqirdi Yer mushtlab qabr oldidagi tuproqdan olib peshonasiga surtib ona deya yigʻladi... Uning ovoziga shu yerdagi goʻrkov yugurib keldi uni koʻrib hayratdi qoldi... -Oʻgʻlimm tinchlan bu yerda baqirma bezovta qilma"-. Dedi goʻrkov.. -Amakiii esimni taniganimdan beri onamni qidirardim afsuss koʻrishga ulgurmadim diydoriga toʻyishga ulgurmadim 5 yil oldin omonatini topshiribdi"-deya Arlan onasini qabrini quchib yigʻlar bir buvisining qabriga qarab yigʻlardi... Goʻrkov ham chiday olmay yigʻlab yubordi. -Oʻgʻlim bu dunyo sinov dunyo bir kun hammaniz bu dunyoni tark etamiz Allohning qulimiz.... Sardor bilan Temur ishga ketishdi. Sardor goʻzalga iloji boricha honadan chiqma deb ketgandi. Dilrabo Ahmedova uni tinch qoʻyarmidi honasida.... Goʻzal honasida Sardorni kitoblaridan oʻqib oʻtirganida eshikni taqillatmasdan Dilrabo Ahmedova kirib keldi... -Bu yerga honada yalpayib yotish uchun kelmagansan.. Kelinmisan vazifalaringni ham bajarib qoʻy. Butun hovlini tozalaysiz har biittta honani changlarini artib tozalaysan.. -Hop- dedi Goʻzal va sekin honalarni tozalay boshladi ikki qavatli saroydek uyni tozalashga bir kun ham kamlik qiladi bitta odamni oʻziga.. Honalarni tozalayotganida atayin Dilrabo Ahmedova nimalarnidir toʻkib yoki oyoq kiyimini atayin loy qilib kirib Goʻzalni qiynashni boshladi... Goʻzal ogʻir bosiq qiz oʻzidan katta ayolga gapira olmaydi jim gapirmasdan tishini tishiga qoʻyib ishini qilaverdi... Azim baxtdan sarmast boʻlib ikki kundan keyin toʻyni qiladigan boʻlishdi.... Sevinch hissiz hech qanday mahsadi yoʻq hayotdan toʻyga insondek boʻlib qolgandi . Azim birgalikda Kelin koʻylak tanlash uchun uni uyiga keldi... Sevinchni chiqmasligini bilardi onasiga aytib chiqishga majbur qildi.. Onasi Otabek amakiga aytgandan keyin Sevinch hech nima deya olmasdi.... Sevinch Azimga salom bermay unga qarab ham qoʻymasdan moshinaga oʻtirdi. Azim ham hech nima demasdan jim oʻtiraverdi.... Salonga kelib kelin koʻylak tanlashga kirishdi. -Sevinch men buyurtma bergandim oʻsha koʻylakni kiyasan bugun olib kelishdi"-dedi Azim Sevinchga qarab... Sevinch yon atrofdagi koʻylaklarni tomosha qilib Azimga qaramasdan .. -Tanlab boʻlgan ekansiz bu yerga meni kelishimni nima keragi bor edi. Barbir menga qizigʻi yoʻq nima kiyaman qanday boʻladi toʻy qanday oʻtadi buni menga zarrachalik qizigʻi yoʻq". -dedi Sevinch Azimga qaramasdan.. -Shunchaki seni kelin koʻylakda koʻrgim keldi ikki kun sabr qila olmadim"-deya Azim kulib Sevinchni qoʻlidan ushladi.. Sevinch qoʻlini Azimdan tortib olib koʻylakni kiyish uchun kirib ketdi.... biroz oʻtib Sevinch malikadek bo’lib chiqdi ammo yuzi juda mayus edi.... Azim undan koʻzini uzmasdan qarab turardi. Azimning oʻzi Sevinchni oldiga bordi... -Beqiyos juda chiroylisan... Huddi men orzuyimdagideksan"-dedi Azim Sevinchga kulib qarab. -Ammo siz meni orzuyimdagidek emassiz men turmushga chiqishni hohlagan inson Arlan... Sizni oʻrningizda u boʻlishini orzu qilar edim-deya sevinch oynaga qaradi oʻzi orzu qilgandek kelin koʻylak ammo bu koʻylak unga baxt , quvonch bermayotgandi koʻzidan yoshlar oqib yuzini yuvib koʻylakga tushardi.. -Sevinch menn..... Azim endi shunday Sevinchni oʻziga qaratayotganida Sevinch Azimga qaramasdan koʻylakni almashtirish uchun kirib ketdi... Kechga yaqin Sardor ishdan keldi... Goʻzal juda charchagan suv ham icholmagandi haligacha ishlari tugamagan endi hovlini tozalab boshlagandi.... Sardor kelib goʻzalni turtdi. -Goʻzal nima qilyapsan.. Goʻzal choʻchib Sardorga qaradida yigʻlab yubordi.. -Tinchlikmi nima boʻldi nega yigʻlayapsan? -Charchadim bir kunda onayizni qiligʻlaridan. -Iloney men senga aytgandim hech nima qilma deb bu yerlarni tozalaydigan ishchilari bor... Oyligini olishyapti har oyda... Nurgul opaaa"-deya baqirdi Sardor.. Nurgul opa shu uydagi hamma xizmatchilarga masul qilib qoʻyilgan. -Labbay oʻgʻlim -Opa xizmatchilar qayerda nega Goʻzal uy ishlarini qilyapti... -Dilrobo Ahmedova ishchilarga ruhsat berdi bugun hamma ishni kelin qiladi degandilar."-dedi Nurgul opa Sardorni vajohatidan qoʻrqib. -Esingizni yeganmisizlaaarrr"-deya oʻshqirdi Sardor... Dilrabo Ahmedova Sardorni baqirgan ovoziga yugurib keldi. -Tinchlikmi?"-dedi Hansirab Dilrabo Ahmedova. -Men senga aytgandim Goʻzalga umuman gapirma deb oʻzingda boʻl bu uydan it haydagandek haydayman seni tushundingmi sen iflossan "-deya Sardor Dilrabo Ahmedovaga ham oʻshqirdi.. -Meni sensirama oʻzingda boʻl. -Senga sen deb gapirishimga ham arzimaydigan iflossan shaytonning urgʻichisisan.... Goʻzal honaga chiq tez.. Sen esa bir kun oyogʻimga yiqilib kechirim soʻraysan oʻsha payt men seni tepib oʻtib ketaman... -Hey onamga baqirmaaa" Temur kelib Sardorga yopishib ketdi ikkalasi bir birini ayamasdan ura boshladi oralarida Dilrabo opa va Goʻzal ajratolmay halak boʻlishardi.. Endigina yuvunish honasidan chiqgan Rahmiddin Ahmedov janjalni koʻrib esi og’ay dedi.. Kelib ikkalasiga haam tarsaki tushurdi... Ikkalsi ham jim Rahmiddin Ahmedovga qarab qolishdi... -Ahmoqlar, nodonlar nima qilyapsanlar bir biringni goʻshtingni yemoqchimisanlar? Oʻzlaringni yigʻishtirib ollaring"'-deya Rahmiddin Ahmedov Sardor va Temurga qarab baqirdi. -Temurni nega urasiz uni nima aybi bor"-dedi Dilrabo Ahmedova Rahmiddin Ahmedovga baqirib. -Oʻchir sen ham'"-deya Rahmiidin Ahmedov Dilrabo Ahmedovaga ham tarsaki tushurdi... Dilrabo Ahmedova yuzini ushlagancha nafrat bilan eriga qaradi keyin Goʻzalga qarab. -Seni deb hammasi! Tinchimni buzding nomussiz iflos ket bu yerdan"'.-deya Goʻzalga baqirdi Goʻzal dir dir qaltirab turardi u bunday janjalni oilaviy urushlarni umuman koʻrmagandi..... -Oʻzing nomussizsan ilon".- - dedi Sardor ham.. -Bas qil"-deya Rahmiddin Ahmedov ikkinchi tarsakini ham tushurdi Sardorga.. Goʻzal ortiq chiday olmadi ertalabdan kechgacha boʻlgan tinimsiz ogʻir ishlar va bu janjal uni holdan toydir hushidan ketib yerga yiqildi. Arlan hovlisida yolgʻiz oʻzi oʻtirar , erkak kishi yigʻlashi bu oʻta ogʻir holat edi... Arlan buvisi bilan birga oʻtkazgan vaqtlarini eslab yigʻlardi. Hamida buvi Arlangan ota, ona doʻst edi... Uyning har bir burchagida buvisini koʻrardi, yerga oʻtirib olib yer mushtlab azoblanib yigʻlay boshladi. Yolgʻizlik insonni yeb tugatadi... Darvozadan yugurib yigʻlagancha Sevinch kirib keldi. Arlanni ahvolini koʻrib dod solib yigʻlagisi keldi. -- Arlan aka buviiii"-- deya Sevinch yugurib kelib Arlanni oldiga tiz tashlab oʻtirdi.... Sevinchga Arlanning doʻsti Javohir aytgandi Hamida buvining oʻtib qolganini. Sevinch Arlanni sogʻinib Qurilishga borgandi... Arlan sekin boshini tik tutib Sevinchga qaradi. -- Sen -- Sizga nima boʻldi? Meni kechiring iltimoooss"-- deya Sevinch Arlanni yoniga tiz tashlab o’tirdi... Arlan Sevinchni quchish uchun qoʻlini koʻtardiyu qoʻlini tiklagancha qoldi... Endi u oʻzganing yori edi... Sevinchni sekin oʻzidan uzoqlashtirdida koʻzlariga qaradi. Sevinchning koʻzlari mayuz yuzi soʻlib qolgan guldek edi. --- Iltimos ket...."-- dedi Arlan koʻzi yoshga toʻlib. -- Iltimos haydamang.. Meni oʻshanga berib qoʻymang iltimos unga turmushga chiqishni hohlamayman yolvoraman..."--deya Sevinch Arlanni qoʻllaridan ushlab yigʻladi... Arlan qoʻlini tortib oldi-da. -- Oʻzing yoʻq qilding hammasini yer bilan bitta qilding. Endi ket oʻsha hushtoring yoring bilan baxt boʻl..... Keeeeeeeet"-- deya baqirdi Arlan. Sevinch qoʻrqqanidan yigʻlab yugurib uydan chiqib ketdi... Arlan azoblarga xotiralarga toʻla uyida yolgʻiz qoldi.... Sardor uyga tez yordam chaqirdi... Goʻzal ikki kundan beri tuzuk ovqatlanmagandi ham... Dilrabo Ahmedova honasiga chiqib ketganidan chiqmadi Rahmiddin Ahmedov hovlida oʻtirar oʻzini qilgan ishidan afsusda edi ... Temurga hech nimani qiizigʻi yoʻq yana hech nim bilmagandek ovqatlanib uhlashga yotdi.... Kunlar tez oʻtar Sevinch azobda Arlan azobda... Ikki tanda bir jon sevishganlar... Afsus peshonalariga yozilgan ekan taqdirlari ayro boʻlish.... Oradan ikki kun oʻtib. Bugun Sevinch va Azimning toʻyi... Sevich xonasida oynadagi aksiga qarab yigʻlab oʻtirar, honasining har bir burchagiga qarar edi... -- Bugun men sindim orzularim armon boʻldi. Sevgim gullamasdan soʻldi... Baxtsizlik sari qadamlarni tashlayapman... Ey allohim, jonim ol" ..--- deya yig’ladi Sevinch.. Otabek amaki hamma gaplarini eshitgandi Sevinchi oldiga kira olmadi... Kuyov navkar keldi deya qiy chuv qilishdi... Azim qoʻlida oppoq atirgullar bilan kirib keldi.. Sevinch Azimga kelin salom qilar ekan koʻzidan alamli koʻzyoshlari oqardi.... Ota uyidan Azim Sevinchni qoʻlidan ushlab Dilsoʻzning yor yor qoʻshigʻi ostidan ota uyini tark etdi Otabek amakiga qaramadi ham.. moshinaga chiqishi bilan uyiga qarab ovozini chiqarib yigʻlab yubordi.. Uzoqdan Arlan uni kuzatib turar edi.. Arlanning ham koʻzidan oʻzi hohlamagan holda yosh oqdi Sevinchni yigʻlashini koʻrib yuragi ezilda ortiq chidab tura olmay ishiga ketdi.... Sevinch Azim bilan bironta ham rasmga tushmadi.... Toʻyhonada ham huddi majburan olib kelib boshiga miltiq tirab qoʻygandek koʻzlari yoshga toʻlib oʻtirardi Azim boʻlsa oʻzida yoʻq hursand.... Azimning doʻstlari Sevinchni koʻrib tinmasdan qarashar. Tez tez Azimning oldiga kelib rasmga tushishardi.. Bitta doʻsti rasmga tushish uchun kelganida Azimga hazil qildi... -Azim doʻstim toʻylar muborak... Yana uylanyapsanmi?"-dedi kulib. Sevinch Azimga qaradi... Azim kulib. -Toʻy kunida ajrashishga ariza yozmaylik seni hazilingni deb bor ket"-dedi... Doʻsti kulib qoʻyib joʻyiga ketdi. Azim Sevinch meni qizgʻondi deb oʻylab. ... -Hazillashyapti men seni sevaman faqat".-dedi.. -Oʻnta xotiningiz boʻlsa ham menga qizigʻi yoʻq men sizga faqat odamlar oldida ayolingizman boshqa payt begona. Menga alohida xona ajratasiz".-dedi Sevinch -Tushunmadim. Menga turmushga chiqdingmi xotinlik vazifalaringni ham bajarib qoʻy. -Men sizga turmushga chiqaman dedimmi? Dadamga nima dedingizlar bilmayman ammo sizlardan nafratlanaman hamma hammangizdan... Menga yaqinlashgan kuningizoq oʻligim chiqadi...... Azim boshqa gapirmasdan oʻynayotgan qizlarga qarab oldi.... Toʻy chiroyli oʻtardi ammo bular Sevinchni qiziqtirmasdi.. Toʻy tugab kelin kuyov oʻz uylariga yoʻl olishdi.. Arlan ishdan chiqib toʻyguncha ichib uyiga keldi... Huvullab qolgan hovli hech kim yoʻq Arlan yolgʻiz oʻzi oʻtirib olib silkinib yigʻlab gapira boshladi. -Armon boʻldi Senga Arlan oʻsha sochi uzun goʻzal yor... Armon boʻldi senga Arlan oʻsha sen orzu qilgan kunlar.. Nega sevdim shuncha payt yurgandimdim-ku hech kimni sevmasdan... Buvijon nega meni tashlab ketdingiz.... Kechiring sizni yolgʻiz qoldirganim uchun kechiring.... Erta tong. Sevinch qaynona qaynotasiga kelin salom qilib choy uzatar, Azim uni kulib tomosha qilib oʻtirardi. -Kelinga qarayverma choyini ichsin tiqilib qolmasdan".-dedi Zubayda opa Azimga qarab. Azim kulib -Oyii sevganimga uylandimda sizni sharofatiz bilan".-dedi. -Ha endi bizni unutib yubormasang boʻldi.. Biz ertaga Amerikaga qaytib ketamiz singlingni ham olib ketamiz... Oʻqishi boshlandi... Ana endi ertalabdan kechgacha kelinga qarab oʻtiraverasan.. -Oyiiii keliningiz biz xizmatingizni qilsinda. Sevinchga bir qanday qaynona ekanligingizni koʻrsatib qoʻying.. - Ha kelganimdan keyin boʻlaveradi ishlar qolib ketdi. Toʻy bilan ovvora boʻlib. -Ha onajonim meni. Rahmiddin Ahmedov uyi.... Oila nonushta qilishga yigʻilgan, hamma jim bir biriga nafrat bilan qarab qoʻyib oʻtirishar Dilrabo Ahmedovaning koʻzi Goʻzalda edi undan koʻzini uzmasdan qarab oʻtirar.. Goʻzal nimadir yeyishga ham qoʻrqardi... Sardor uni nimadir ye degandek turtib qoʻydi Goʻzal ham Qaynonasiga qarab qoʼydi Sardor tushunib. -Dilrabo Ahmedova Goʻzalni qayeridir yirtilibdimi?..- Dedi Sardor.... -Nimadir demadim shekilli, Sardor.... -Bas qilinglar. Men bugun Kompaniyaga boraman birgalikda ketamiz. Ishxonani nima qilyapsizlar bir koʻraychi men....".-dedi Rahmiddin Ahmedov... Oʻz oilasi bir birini gʻajishga tayyor turgan ayoli va oʻgʻliga qarab. Rahmiddin Ahmedovning kompaniyaga boraman degan gapini eshitgan Sardor Temur va Dilrabo Ahmedova bir biriga qarab bezovtalana boshlashdi. Rahmiddin Ahmedovning hali hech nimadan habari yoʻq edi... -Dadasi bugun bir aylanib kelamiz ikkalamiz shaxarni.. Aylangani chiqmadik ancha boʻldi. Kompaniyada ikkita oʻgʻliz bor hammasi yaxshi".-dedi Dilrabo Ahmedova... -Ha anakonda mendan hafa eding-ku. -Dadasi sizdan hafa boʻlib oʻlibmanmi? -Hey hey yoshlar desam yosh emassizlar bu yerda yosh bolalar ham bor".-dedi Temur kulib.... Hammasi kulib yuborishdi. Bir biriga ozgina mehr berishsa shunday chiroyli oila boʻlar edilar.... Azim kiyinish uchun honasiga kirib ketdi. Sevinch qarab ham qoʻymasdan dasturxonni yigʻishtiraverdi. Zubayda opa kelib. Sevinchni bilagidan ushladi. -Oʻgʻlimni koʻnglini choʻktirsang mendan yaxshilik kutma, xotinlik vazifalaringni bajarib qoʻy. Onang foxisha boʻlsa ham oʻgʻlimni baxti uchun seni kelin qildim. Borib ishga kuzatib qoʻy".-dedi Zibayda opa.. Sevinchni koʻzi yoshga toʻlib hop deya Azimni kuzatish uchun yoniga kirdi....AZimni ishiga kuzatib qo’yib o’zi uy ishlari bilan qoldi. Har zamon qaynonasining sovuq qarashi uni qoʻrqitardi... Dilrabo Ahmedova ayyorlik qilib Rahmiddin Ahmedovani kompaniyaga bormaydigan qildi.... Kunlar shu tarzda oʻtar, Zubayda opa eri va qizini olib Amerikaga uchib ketishdi... Sevinch va Azim hayhotdek uyda ikkalasi qolishdi.... Bir uyda yashaydigan begonalar edilar.... *** Oradan bir oy oʻtib. Goʻzal Dilrabo Ahmedovaning taxqirlashlariyu azoblariga chidardi hammasi Sardor uchun edi Sardorga aytmasdi. Dilrabo Ahmedova oila azolari oldida Goʻzalga mehribon qaynona edi hech kim yoʻq payt ilondek chaqib olardi ... Azim bilan Sevinch munosabati oʻzgarmasdi kundan kunga yomonlashsa yomonlashardiki yaxshilanmasdi.... Sevinch har kunnni yigʻlash bilan oʻtkazadigan boʻldi Azim ham unga etibor qilmay qoʻydi balki koʻngli sovuyapgandir. Oldin yigʻlasa havotir olib turardi hozir boʻlsa yigʻlasa koʻrmaganga olib oʻtib ketadigan boʻldi... Sevinch bazan koʻcha aylanib kelaman deb aslida Arlanni uzoqdan boʻlsa ham koʻrib kelardi... Sevinch oshxonada nimadir qilay deb zerikib shirinlik qilishga tushdi kimdir darvozani taqilllata boshladi. Azim kelsa moshina signal chalardi.. Chiqib eshikni ochsa darvoza oldida Sevinchning onasi Iroda opa turar edi.. -siz? Bu yerda nima qilyapsiz pul kerakmi?"-deya baqirdi Sevinch... Iroda opa yigʻlab yubordi.. -qizim meni kechir senga soʻnggi gaplarimni aytishga keldim.. -Yana qanday roʻl oʻynamoqchisiz uyalmaysizmi? -Qizim men Olti oylik oshqazon rakiga chalinganman. Umrim juda oz qoldi balki bir kun yoki bir soat bilmayman. Yagona iltimosim meni kechir qizim. Baxtli yashagin.... Men xato qildim xatoyimni kech tushunib yetdim. Muhimi tushundim tavba qildim.. Men seni yaxshi koʻraman qizim. Sen farishtasan mening farishta qizim umring uzoq boʻlsin... Ilohim sening hayoting menikiga oʻxshamasin".-dedi Iroda opa yigʻlab Sevinchni qoʻllaridan ushlab... Sevinch shok holatiga qoldi. Eshitgan gaplariga ishonmasdi.... -Oyi siz siz mennnn yoʻoʻq yoʻoʻq siz aldayapsiz meni kechirishim uchun aytyapsiz yoʻq yoʻq hammasi yolgʻon aldayapsiz".-deya sevinch qoʻllari bilan oʻzini oʻzi ura boshladi.. Iroda opa tinmasdan yigʻlar, -Qizim kechirrr. Kechirr. Noshut onangni kechir.. -Siz aldayapsiz aldayapsizlar yoʻq keting keting siz aldayapsiz yana aldayapsiz".-deya Sevinch ichkariga kirib darvozani yopdi.. Iroda opa darvozaga yopishib yigʻlardi. Sevinch oʻtirib qolib yoʻq aldayapsiz deya oʻzini oʻzi urub yigʻlardi.... Arlan ertalab ishga ishdan chiqib buvisini Onasini ziyorat qilishga borardi.. Arlanni hayratga solgan narsa doim onasining qabriga kimdir Nilufar gul qoʻyib ketardi... Onasining qabrini ziyorat qilishga borganida kimdir onasini qabri oldida oʻtirganini koʻrdi. Hayron qolib oʻzi ham borib savol berdi.. -Assalomu alaykum amaki siz kim boʻlasiz?".-dedi Arlan.. -Va alaykum assalom . Men Rahmiddin Ahmedov biznesmenman Siz kim boʻlasiz dedi. Bu haqiqatdan ham Rahmiddin Ahmedov edi. -Men Arlan shu ayolning o’gli bo’laman. -Sen sen Arlanmisan oʻgʻlim ????".-dedi Rahmiddin Ahmedov hayrat bilan. -Ha siz meni qayerdan taniysiz? Kimsiz? -Exxxx seni qancha qidirdim".-deya Rahmiddin Ahmedov Arlanni quchib koʻziga yosh oldi.. -Hech nimaga tushunmayapman, siz meni nega qidirasz? Meni qayerdan taniysiz?".-dedi Arlan Rahmiddin Ahmedovga qarab.. "" Arlan ichida oʻylardi nahotki shu inson mening dadam"" -Faridani men moshinamda urub yuborgandim oyoqlari shol boʻlib qolgan oʻzi boʻlsa xotirasini yoʻqotgandi lekin u faqat bitta soʻni takrorlardi Arlan oʻgʻlim derdi boshqa hech nima demaasdi. Uni juda koʻp doʻxtirlarga koʻrsatdim lekin hammasi foydasiz edi... Unga alohida uy olib shifokor tayinlan qoʻydim har kun habar olardim. Kechir meni oʻgʻlim besh yil oldin u bu olamni tark etdi hamma narsaga yetgan qoʻlim Faridani asrab qolishga yetmadi oʻgʻlim kechir meni sening oldingda aybdorman onangni shu ahvolga tushishiga men sababchiman".-deya hech kimga bosh egmagan Rahmiddin Ahmedov Arlanning oldida tiz tashlab boshini egib uzur soʻradi.. Arlan ham unga qarab tiz tashlab oʻtirib qattiq baqirdi..... Goʻyoki ichidagi dardlarini chiqarmoqchi edi ammo bu dard alam ogʻriqlar chiqmas yeb tugatardi... Rahmiddin Ahmedovni ham shuncha yillik qiynab kelayotgan vijdon azobi, har kun ogʻriq berardi inson oʻldirdim deya.... -Kechir oʻgʻlim men aybdorman... -Onamni qaytarib bera olasizmi? Uni tiriltira olasizmi? Men uni qancha qidirdim otamni ham onamni ham koʻrmasdan oʻsdim yagona yaqinim buvimdan ham ayrildim suygan insonlarimning hammasidan ayrildim... Onamni topib ber insofsiz onamni oʻldirding onamni qaytar.. Sen qotilsan onamni oʻldirding".-deya Arlan Rahmiddin Ahmedovning yoqasidan ushlab baqirardi.... Rahmiddin Ahmedov oʻzining qilgan aybini oʻzi bilar hech nima demas faqatgina " Kechir'" derdi... -Boylar hohlaganini qiladimi? Senda ham vijdon bormi onamni oʻdirding.. -Men aybimni yuvmoqchiman iltimos menga oʻgʻil boʻl, farzandlarimni oʻz ukangdek qabul qil mening oilam bilan birga yasha... -Yoʻq men kechira olmayman seni Alloh kechirsin"..-dedi Arlan va qabristondan chiqib ketdi.. Rahmiddin Ahmedov yana vijdon azobida qoldi. Iroda opa darvoza oldida ancha paytgacha yigʻlab turdi Sevinch darvoza ortida oʻtirib olib yigʻlardi. Qiziga ortiq azob berishni hohlamay Iroda opa ketib qoldi. Sevinch darvoza oldidan turmasdan yigʻlab oʻtirib holdan toyib shu yerda uhlab qoldi.. Ishdan kelgan Azim uni koʻrib koʻzi chiqib ketay dedi... Oʻzlarining honasiga olib kirib tez yordam chaqirdi.... Arlan uyiga borib buvisini va onasini rasmini quchgancha uhlab qoldi. Rahmiddin Ahmedov kechga yaqin qabrinstondan kelib honasiga chiqib ketdi... Sardor ishdan kelib xonasiga kirmasdan Go’zal deya baqira boshladi. Go’zal yugurib chiqib “ Baqirmang hozir jallod onangiz chiqadi” dedi. - Nega darrov chiqmisan? - Chiqdim-ku mana. - O’lgudek ochman ovqatlanaylik. - Oldin buni ko’ring. - Nima? Homladormisan? Aldamayapsanmi? ROSTANMIIIIIII”- deya baqirib yubordi Sardor. Go’zal peshonasini ushlab Sardorga qarab turardi. -Allohga shukur ishon bu hayotimdagi eng quvonchli kun boʻldi rahmat senga... Adashmasan dunyoga kelganimda shunday quvonganman".-deya Srador kulib yubordi. -Masxaraboz. -Rahmat senga . Bu xabarni hammaga aytamiz ketdik. -Yoʻq toʻxtang Dilrabo Ahmedovadan qoʻrqaman nimadir qilsachi bolamga. -Oʻzini burdalab tashlayman nimadir qilsa bolaga.... Sardor Goʻzalni qoʻlidan ushlab ovqatlanayotgan Dilrabo Ahmedova va Temurni oldiga chiqishdi. Ikkinchi qavatdan Rahmiddin Ahmedov ham tushib kelayotgandi.. Sardor hammaga qarab turdida toʻsatdan baqirdi. -Men ota boʻlamaaaan".-deya... Temur samimiy jilmaydi.. -Bizni uyda ham chaqaloq boʻladi tabriklayman aka".-dedi Temur.... Dilrabo Ahmedovaning yuzi yanada sovuq tus oldi gʻazablanganidan ikkala qulogʻidan tutun ham chiqib ketdi shekilli ovqatini ham yemasdan Goʻzalga nafrat bilan qarab oldi.. -Oʻgʻil yoki qiz farqi yoʻq uyni tugʻulishi bilam nevaram nomiga rasmiylashtiraman".-dedi Rahmiddin Ahmedov ikkinchi qavatdan zinalardan sekinlik bilan jiddiy qiyofada tushub kelar ekan... Dilrabo Ahmedova yanada yonib ketdi qoʻlidagi qoshigʻini stolga qattiq urub qoʻydi va Goʻzalga yana bir marta qarab qoʻyib honasiga chiqib ketdi.... Goʻzalni yuragiga qoʻrquv tushdi... -Hammasi yaxshi boʻladi".-dedi Sardor qoʻrquvdan titrab turgan Goʻzalni turtib..... -H.Hhop Azim Sevinchdan koʻzini uzmasdan qarab oʻtirardi doʻxtirlar '' Juda tushkunlikka tushgan, nimadandir qattiq iztirobda, unga etibor kerak "-degandi.. .... Sevinchni qoʻlidan ushlagancha uhlab qoldi... Erta tong. Ertalabdan Dilrabo. Ahmedova oshpazlarga har xil shirinliklar tayyorlatyapti Goʻzalni alohida tabriklash uchun.... Sevinch qattiq bosh ogʻrigʻidan uygʻondi koʻzini ochib har tomonga qaradi oʻzining honasida yonida qoʻlidan ushlab uhlab yotgan Azimga koʻzi tushdi... Unga qarab yotar ekan.. -Meni shunchalik sevasizmi? Ammo mening koʻnglim yoʻq-ku sizda. Sizga sevgi bera olmasam ham Hurmat qilaman ayolingiz boʻlaman. Azob berganin uchun kechiring. Endi unday qilmayman hiyonat qilmayman sizga. Arlan bilan mening taqdirim ayro ekan Allohning yozgani shu ekan men roziman. Siz bilan baxtli boʻlishimga ishonaman".-deya Sevinch Azimga qarata shu gaplarni aytdi... Va Azimni uygʻotib yubormaslik uchun sekin qoʻlini oldi nonushta tayyorlashga chiqib ketdi... Kechagi boʻlgan voqea onasining bu dunyoda boʻlmasligi Sevinchni ich ichidan kemirsada oʻzini qoʻlga olishga harakat qilardi yuzida tabassum bilan nonushta tayyorlardi.... Nima qilsa ham hayolga berildi onasining gaplari qulogʻida jaranglay boshladi oz qoldi qancha umrim qolganini bilmay degan gaplari Sevinchni qiynab azob bera boshladi... Oʻyga berilib tuxum kuyib ketganini ham sezmadi. Azim yugurib kelib gazni oʻchirdi. -Senga nima boʻlyapti? Kecha nima boʻldi?"-dedi Azim Sevinchdan koʻzini uzmay. -M.Mmmen yaxshiman. Assalomu alaykum yaxshi dam oldingizmi? Keling nonushta qilamiz".-dedi Sevinch kulishga harakat qilib... Azim hayron qoldi. Sevinch birinchi marta unga salom berib nonushta tayyorlagandi.. -Sennnnn Sevinch kecha boshing bilan yiqilib tushmadingmi? Yoki isitmang bormi? Voy virusga chalindingmi?".-dedi Azim Sevinchni peshonasini ushlab... Sevinch ham kulib yubordi. -Yoʻq yaxshi hammasi bugun ertaroq keling ishdan. Menga toʻrt shkalad fanta olib keling".-dedi Sevinch kulib... -Shkalad zavodini olib kelib beraman.. Bittagina iltimos har kuni shunday shu holatingda yur iltimos. -Hop boʻladi Kapitan. Boshqa buyruqlaringiz yoʻqmi?".-. Dedi Sevinch qoʻlini huddi askarlardek boshiga qoʻyib... Azim qornini ushlab kulib qoldi... Goʻzal bilan Sardor nonushta uchun dasturxon atrofiga oʻtirishi bilan Dilrabo Ahmedova fartuklarni taqib olib shirinliklarni mevalardan tayyorlagan salatlarni olib kela boshladi Rahmiddin Ahmedov Sardor goʻzal va Temurning ogʻzi ochilib qoldi hammasining koʻzi Dilrabo Ahmedova Hayrat bilan qarashyapti.. -Nega menga unday qarayapsizlar odam koʻrmagandek?"-dedi Dilrabo Ahmedova.. -Odam koʻrganmiz lekin sizni bugun koʻryapman fartukda oyi ammo juda yarasharkan".-deya Temur kulib yubordi. - Ha oʻzim bir oshpazlik qilay dedimda. Goʻzal ol bulardan yegin endi sen ikki kishi uchun ovqatlanishing kerak koʻproq mevalardan yegin... Sogʻligingni oʻyla bizga sogʻlom nevara kerak shundaymi dadasi".-dedi Dilrabo Ahmedova kulib Rahmiddin Ahmedovga qarab.. Rahmiddin Ahmedov ham hayron ichyapgan choyi ogʻzida qolib. Yoʻtalib qolib... -H.hHhhaaa ".- deya oldi. -Dadasi sekinroq iching kuyib qolasiz issiq choyga.. Sardor bilan Goʻzal bir birga qarab qoʻyib oʻtirashar Goʻzal boʻlsa hech nima yemaslikga harakat qilar ichiga nimadir solgan boʻlsachi derdi... Sardor oldiga bitta shirinlik solinga idishni tortib bittasini qoʻliga oldi-da Dilrabo Ahmedovaga qarab. -Bunga qanday zahar qoʻshdingiz? Bolani oʻldiradiganmi yoki hammamizni yer bilan bitta qiladiganmi?".-dedi Sardor qoʻlidagiga bir Dilrabo Ahmedovaga bir qarab kuldida.. -Bu nima deganing Sardor? Men Goʻzalga foyda deb qildim bularni..".-dedi Dilrabo Ahmedova oʻzini bechoraga solib. -Sardor shukur qilishni unutdingmi?".-dedi Rahmiddin Ahmedov jahl bilan... Sardor gapirmasdan Goʻzalga yeyver degandek ishora qildi.. Hammasi nonushta qila boshlashdi. Goʻzal ham shirinlik yegisi kelib turgandi yeyverdi.... Dilrabo Ahmedova ayyorona kulgancha nonushta qilaverdi Goʻzal boʻlsa nimadir boʻladigandek havotirda edi.... Nonushta qilib boʻlishgach hamma ishiga ketdi. Sevinch ham Azimni chiroyli tabassum hadya qilib ishga joʻnatdi... Azim uydan chiqishi bilan yana azobda koʻzlari mayus yigʻlagancha qoldi..... -Akaaa Akaa Sardor qayerdasan men birinchi yutugʻim" .-deya Temur yosh bolalarcha yugurib Sardorni honasiga kirdi. -Nima deysan?-dedi Sardor ensasini qotirib.. -Akaa Kampaniyamiz birinchilikga chiqib oldi men yosh biznesmenlar orasida birinchilikda turubman tabriklamaysanmi?. -Tabriklayman. Endi tinch qoʻysang ishlarim koʻp seni izingni toʻgʻirlash oson boʻlmayapti. -Akaa qara men seni aka deyapman.... Bilaman onam yomonligini lekin men seni yaxshi koʻraman oʻgay boʻlsang ham.. Sen bilan birga ishlash menga yoqadi tushunmaganimni erinmasdan tushuntirasan sen zoʻr akasan".-dedi Temur va honadan chiqib ketdi hafa boʻlgancha... Temur hamma gapni yurakdan aytgandi, onasining yomonligini oʻzi ham bilardi nima qilsin onasiga qarshi chiqa olmaydi.. Sardor oʻz akasidek yaxshi koʻradi ammo onasi unga qarshi qilib qoʻygan.... Sardor Temur chiqib ketganidan keyin oʻylanib qoldi. Temurni hursand payti uning quvonchiga sherik boʻlmadi hozirgi unga qilgan munosabati Temurga hasad qilgandek boʻlib qoldi.... Ishini tashladida qoʻliga ikkita Sharbatni olib Temurni honasiga bordi. Temur stolga boshini qoʻyib mayus oʻtirgandi. Sardor unga qarab qilgan ishidan afsuslandi.... Honaga kirib baqirib gapirdi.. . -Bugun mening ota boʻlishim va sening yutugʻingni nishonlaymizzz".-deya baqirdi Sardor. Temur choʻchib ketdi... -Aka oʻzingmisan? -Ha men yur tushlik qilamiz birgalikda amaki boʻlasan nishonlaymiz. -Aka sen sen zoʻrsan".-deya Temur kelib Sardorni quchdi.. Sardor ham Temurni yengil quchib qoʻydi. -Ketdik endi. - Aka meni kechir senga qilganlarim uchun. Endi senga yomonlik qilmayman. -Kechirdim kechirdim kechirdim - Dedi Sardor kulib -Rostan Seryozna Rostan".-deya Temur ham kulib yubordi.. Tushlik qilishga chiqib ketishdi.. Sevinch Azimga erta keling degan uning kelishuga osh qilib dasturxonni bezatib kutib olmoqchi boʻldi tushlik vaqti ham boʻlibdi ha demay Azim ham keladi. .. ishga kirishib ketdi. Oshni tayyorlayotib hovlini salqinlatish uchun suv ham sepdi.. Dasturxonni chiroyli bezatdi. Osh ham tayyor boʻlay dedi Azimni kelishiga ham oz qoldi... Kiyimlarini almashtirish uchun honasiga kirayotganda darvoza taqillab qoldi. Sevinch Azim keldi sheklli deb yugurib borib eshikni ochdi. Darvoza oldida yosh chiroyli qiz qoʻlida 2 yoshlar atrofidagi oʻgʻlini koʻtargancha turar edi. Qiz Sevinchni yoqtirmayapgani yuzidan ayon edi.. -Assalomu alaykum siz kim boʻlasiz?"-dedi Sevinch qizga qarata. -Oʻzing kimsan Azim akamni uyida nima qilyapsan? Azim akam qayerda?"--dedi qiz Sevinchga jahl bilan. -Men uni Umr yoʻldoshiman Azim akam ishda hozir kelib qoladilar .. -Nima? Uning ayoli menman bu oʻgʻlimiz sen bizni oʻrtamizga nega tushding? Uyalmaysanmi oʻgʻlimni azoblashga".-deya qiz Sevinchga qarab baqirdi.. Sevinchning boshiga gurzi bilan urgandek boʻldi... Qizga qarab qotib turaverdi hech nima deya olmasdi qoʻlidagi oʻgʻliga qaradi oʻgʻli Azimga juda oʻxshardi.. Qiz Sevinchni turtib oʻtib ichkariga kirib ... -Qaynonajon qaynonajon".-deya chaqira boshladi.... Sevinch shu shok holati qotib turat koʻzidan marjon marjon yosh oqardi.... Azim ham ayni vaqtida kelib qoldi... Moshinadan tushib yugurib keldi. -Sevinch senga nima boʻldi Sevinch menga qara nima boʻlyapti Sevinch'.-deya Sevinchni yelkalaridan ushlab unga qarab gapirardi sevinch hech nima demas faqat yigʻlardi.... -Dadasi qayerda yurubsiz?".-dedi qiz Sevinchni ortidan kelib. -Mahliyooo".-dedi Azim qizga qarab... Qizning ismi Mahliyo edi... -Labbay begim koʻrinmay ketdingiz oʻgʻlimiz ham sizni sogʻinib qoldi".-dedi Mahliyo oʻgʻlini yuzidan oʻpib... Azim Sevinchga qaradi Sevinch unsiz yigʻlar. -Sevinch men senga hammasini tushuntirib beraman... Bu bu.... Azimning gaplari chala qoldi. -Vijdonsizlaaaarr "..-deya Sevinch azimga qarab baqirdi. -Nega erimga baqirasan?'.-deya Mahliyo Sevinchni yelkasiga urdi... -Nafratlanaman vijdonsizlar nafratlanaman kechirmayman kechirmayman".-deya Sevinch Azimni yuziga urub honasiga yugurib kirib ketdi.. Eshikni ichkaridan qulflab oldi. Sevinch honasiga kirib ketishi bilan Azim Mahliyoga qarab oʻshqirdi.... -Ahmoq nega uyga kelasan aqldan ozdingmi? -Ha siz meni shuncha paytdan beri aldab kelyapsiz bugun uyga olib boraman ertaga olib boraman onam bilan koʻrishtiraman toʻy qilamiz deb aldab kelyapsiz oʻgʻlimiz katta boʻlib qolyapti haligacha buvisi bobosini bilmaydi. Menga nima deb vadalar bergandingiz?".-deya Mahliyo ham Azimga zahrini sochdi... Ota onasining baqiriq ovozlariga Muhammad yigʻlab yubordi... Oʻgʻlining ismini Muhammad qoʻyishgandi.. -U bitta yetim qiz ota onam yaxshilik qil deb majburlab uylantirishdi. Oʻzi seni olib kegʻmoqchi boʻlib yurgandim. Kelganing yaxshi boʻldi endi shu uyda yashaysan shu uyning bekasi boʻlib. Sevinch ham shu uyda yashaydi. Uni hech kimi yoʻq boradigan joyi ham. Ota onamga vada berganman birgalikda yashayverasan. Koʻpga bormaydi onamgaa kasal ekan deb gumdon qilamiz. -Nima? Kundosh bilan yashaymanmi? Hech qachon uni oʻldiraman. -Oʻchir ahmoq seni qamoqdan kim qutqaradi. Ozgina chidagin. -Meni oʻrnimda yashagani uchun itni kunini solaman boshiga. -Hohlaganingni qil faqat meni yonimda emas... Oʻgʻlimni berchi meni oʻgʻlim katta boʻlib qolibdimi... Azim oʻgʻlini olib erkalay boshladi... Sevinch eshikni qulflab tinmaasdan yigʻlar bardoshi tugab kiyimini almashtirib uyiga ketish uchun chiqdi. Hovlida Azim Muhammad bilan oʻynab oʻtirgandi. Mahliyo uyni tekshirish bilan ovvora edi.. Sevinch xonasidan yugurib chiqdi. -Qayergaa? -Senda vijdon bormi? Farzanding bor ekan menga uylanib nima qilar eding... Farzandingni ayolingni qargʻishiga qoldirish uchun uylandingmi menga vijdonsiz. Bu uyingda bir kun ham yashamayman... -Bu uydan chiqmaysan-Deya Azim kelib Sevinchni bilagidan ushladi.. -Qoʻyib yubor iflos senga endi imkon bermoqchi edim arzimas ekansan. Men Arlanni sevaman uning yoniga ketaman qoʻyib yubor.. -Uydan chiqmaysan dedim oʻsha Arlanni oldiga ham bormaysaaan.. Azim sevinchni bir qoʻli bilan sochidan bir qoʻli bilan ikkala qoʻli ushlab yer toʻlaga sudray boshladi. -Qoʻyib yubor seni oʻldiraman qoʻyib yubor".-deya sevinch chinqirib borardi.. Ikkinchi qavatdan Mahliyo qoʻlida olma yegancha uni kulib kuzatardi.... Azim Sevinchni Sudrab yer toʻlaga tashladi... Qorungʻu muzdek yer toʻla zax yer. Sevinch yer toʻla eshigiga tepar tirnab tashar,, Eshikni oching iltimos " deya Azimni chaqirardi.... -Yengil tortdim dadasiii".-deya ikkinchi qavatdan Azimga gapirdi Mahliyo kulib..... Arlan ishdan kelyapganida bekatda bitta ayolning yigʻlab oʻtirganini koʻrdi chamasi 50 55 yoshlar atrofida. Arlan ayolning yoniga borib oʻtirdi... -Holajon inson har qanday dardga chidar ekan, bu dunyo sinov dunyo. Siqilmang oxiratingiz uchun namoz oʻqing Alloh yoʻlida boʻling. Men yetimman hech kimim yoʻq borligʻim buvimdan ham ayrildim".-dedi Arlan Ayolning yonida oʻtirib. Ayol yigʻidan toʻxtab Arlanga qaradi. -Oʻgʻlim! Oʼz oʻgʻlim meni uydan haydadi. Nuqul kasal boʻlyapgan ekanman... Topgani menga dori olishga ketib qolyapgan ekan kelin shunday deb oʻgʻlim bilan urush qilib meni uydan haydadi.. Men uni toʻqqiz oy yuragim ostida koʻtarib dunyoga keltirganmanm.... Oʻgʻlim men dard chekmasdan kim dard cheksin aytingchi bolam".-deya ayol yigʻlay boshladi... -Men onaga zorman bu nimasi.... Oʻgʻlingiz bir kun xatosini tushunadi pul xotin topiladi Ona topilmaydi... -Exxx oʻgʻlimm. -Ismingiz nima holajon. -Robiya oʻgʻlim. -Endi menga ona boʻling. Sizni ona deb chaqirsam hafa boʻlmaysizmi? -Yoʻq oʻgʻlim chaqiraver qani endi mening farzandim ham shunday mehribon boʻlganida... -Men farzandingizmanku onajon yuring uyga nima kerak boʻlsa men qilaman.. oʻzim davolataman sizni... In shaa alloh uylanaman tez orada keliningiz xizmatingizni qiladi... Sizni qadrlaydigan kelin olib kelaman onajon..... -Goʻzal senga nima boʻldi.. Sardor honaga kirishi bilaan baqirdi Goʻzal qornini ushlab devorga suyanib turgandi... -ogʻriyapti olib boring iltimos olib boring ogʻriyapti kasalhonaga tezroq iltimos bolaaam.. -Nimaa?? Nima qilganding?-Deya Sardor Goʻzalni koʻtarib olib ikkinchi qavatdan tushayotganida Temur va Dilrabo Ahmedova koʻrib qoldi. -Akaa nima boʻldiii???? -Temur tez tez moshinani tayyorlaa.. Temur tezlik bilan moshinani oʻt oldirib kasalhonaga ketishdi... Dilrabo Ahmedova Temurga hayron qoldi. Aka deb jon kuydirib Moshinani haydab ketganiga.... Kasalhonaga kirib borishlari bilan Temur Sardordan oldinga oʻtib shifokorlarni chaqirdi... Shifokorlar kelib goʻzalni tekshiruvga olib kirishdi.... -Doʻxtir nimadir boʻldimi hammasi yaxshimi bolamchi. -Ovqatdan zaxarlanish oshqazonini yuvush kerak tezzz. Bolani keyin tekshiramiz oldin onasiii.-Deya doʻxtir baqirdi.. Goʻzalni oshqazonini yuvush uchun olib ketishdi...... -Hammasi joyida bolangiz ham sogʻlom.-Dedi Shifokor chiqib. Sardor va Temur yengil nafas olishdi. Ertalab Azim Mahliyo oʻgʻlini erkalab nonushta qilib oʻtirashardi. Sevinch eslaridan chiqib ketgan. Sevinch yer toʻla eshigini tepib tirnab charchadi holsiz zaxda yotib qolgandi.... -Dadasi anavi ilon oʻlib qolmaganmikin?"-. Dedi Mahliyo Azimga qarab. -Qaysi Ilon? -Sevinchda. Azimning endi esiga keldi Sevinchni yer toʻlaga tashlagani. Ichyapgan choyini tashlab yuborib yer toʻlaga qarab yugurdi.... Yer toʻlaga tushaa Sevinch bir ahvolda yotardi. -Sevinch sevinch menga qara sevinch".-dedi Azim sevinchni boshini koʻtarib. -S.Sssuu. vvv -Dedi Sevinch qiynalib. Azim uni koʻtarib olib honasiga olib chiqib suv ichirdi.Sevinch suvni ichib Azimni yoqasidan ushladi.. -Nima qildim senga? Meni azoblarim kammidi? Insonsanku nega bunday qilding javob beeeeer...-deya Azimga qarab baqirdi Sevinch... -seni sevgandim lekin xato qilibman oilamni oʻylamabman... Endi majbursan kundosh bilan yashashga men ishga ketaman uydan chiqishni hayolingga ham keltirma. Darvoza oldiga qoʻriqchilarni qoʻyaman. Qarshilk qilsa urushga ham ruhsat beraman oʻzingga qarab ish qil... Deya Azim Sevinchi qoʻlini olib tashlab honadan chiqib ketdi.... Sardor va Temur Goʻzalni kasalhonada qolishgandi... Ertalab kirib kelishdi... Kelishlari bilan Temur Dilrabo Ahmedovani qoʻlidan ushlab honasiga olib kirib ketdi.. -Temur nima qilyapsan? Qoʻlimni ogʻritding oʻgʻlim... -Oyi toʻgʻrisini ayting Goʻzalga nima qildingiz? Kechadan beri kasalhonada edik nima qildingiz? -Nima boʻldi bolasiga nimadir qildimi? -Yoʻq hech nima qilamadi Allohning suygan bandasi ekan. -Uf -Oyi siz qildingiza? Shirinliklarga nimadir qoʻshgandingiza? -Yoʻq men nega tugʻulmagan goʻdakni oʻldirishga harakat qilar ekanman -Oyii toʻgʻrisini ayting?-Deya oʻshqirib yubordi Temur.... Dilrabo Ahmedova qoʻrqib ketganidan divanga oʻtirib qoldi. Rahmiddin Ahmedov ham Temurni ovozini eshitdi. -S.sssenn menga baqirdingmi hozir oʻsha kelgindini deb menga baqirding shundaymi oʻz onangga baqirding.. Shu kungacha nima qilsam sen uchun qildim.... Uyni ham dadang nevarasiga bermiqchi kompaniyani ham Sardor boshqaradi dedi. Senga hech nima qolmaydi... Eshityapsanmi? Sardor seni ham meni ham koʻchaga haydaydi. Oʻsha onasini olib keladi uyga.... -Oyi akam meni koʻchaga haydamaydi u siz oʻylagandek yomon emas u juda mehribon.. Bilasizmi men bugun u bilan birga tushlik qildim shaxar kezdim. Aka qanday boʻlishi bildim... -Nimaaa?? -Oyi bir marta goʻzalni hudo saqladi. Yana shunday qilsangiz onam ekanligingizga ham qarab oʻtirmayman. -Goʻzal nimadir yeysanmi? Nima yeging kelyapti? Sardor goʻzalni yoniga oʻtirib olib gapira boshladi. -Iltimos menga oʻzingiz olib kelib bering.. Uyda tayyorlangan hech nima yemayman. Iltimos Onayiz qildi shuni aniq bu bolamni oʻldirmoqchi. Dadayiz qayerdan ham aytdi uyni nabiramga beraman deb endi tinch qoʻymaydi Sardor aka. -Suv ichging kelsa ham oʻzing chiqib ichib kel hizmatchilarga aytma. Nimadir yeging kelsa menga ayt olib kelaman.. Senga yoki bolamga nimadi boʻlsa men ado boʻlaman. Dilraboni oʻldirishimga toʻgʻri keladi... -Tushunarli.... Sevinch honasida yigʻlab nima qilishni bilmay yotganida qoʻngʻiroq boʻldi telefonini amallab topdi. -Eshitaman -Opaaa-Deya Azima yigʻlab yubordi. -Nima boʻldi Azima nega yigʻlayapsan? Dadam yaxshimi? -Opaa oyim ketdi... Bizni tashlab ketdiii men uni baribir yaxshi koʻrardim opaaa. -Nimaaa? Yoʻq yoʻq u u sendan foydalanyapti shundaymi meni kechirishim uchun qilyapti a? Hozir u yoningda shundaymi? Azima bilasan baribir kechirmayman.. Oyimga ber telefonni oʻziga aytaman sendan foydalanmasin"..-dedi Sevinch yigʻlab. -Nega buncha tosh yuraksiz oʻldi oyim endi yoʻq oʻldi ... Kechirmadingiz oʻldii".-deya baqirib tashladi Azima. -Yoʻoʻoʻqqqqq bu nima sinov.-Deya Sevinch qattiq chinqirdi..Hovlida yurgan Mahliyo ham qoʻrqib ketdi... Sevinch telefonni otib yuborib honasidan yugurib oyogʻiga hech nima kiymadi ham yalang oyoq chiqdi... -Hey qayerga ketyapsan".-deya. Mahliyo gapirgancha qoldi. Sevinch darvoza oldiga bordi ikkita qoravul darvozank qoʻriqlab turardi... -Honim sizni uydan chiqarmaslik buyurilgan. -Qoch yoʻlimdan Onamni azasiga bormoqchiman eshityapsanmi onamni. U oʻldi men uni kechirmadim oʻldiii.".-deya qorovullarga qarab baqirdi sevinch.. -Kechirasiz honim biz buyurilganni qilamiz. - ket qoch.-Deya sevinch qoravullarni itarib chiqmoqchi boʻldi... -Urushga ham ruhsat berilgan... -Oʻlsam ham chiqaman bu uydan.. -Hey senga oʻtir degandna keyin oʻtir nega bu yerga kelib qoravullarga osilyapsan?-dedi Mahliyo kelib sevinchga. -Onam olamdan oʻtdi Mahliyo opa iltimos chiqarshsin soʻngi manzilga kuzatay iltimoos.... Deya Sevinch Mahliyoni qoʻlidan ushladi. Unga javoban Mahliyo sevinchni jerkib itarib tashladi.. -Tort qoʻlingni? Nega aldaysan hech kiming yoʻq-ku -Bor opa yaqinlarim bor iltimos chiqarishsin opajon... -Agar chiqishga harakat qilsa oʻlguncha uring".-dedi Mahliyo kulib.... Sevinch Mahliyodan foyda yoʻqligini bilib Qoravullar bilan urushib chiqishga harakat qila boshladi biroq ularga kuchi yetmas. Mahliyo uni kulib kuzatib turar edi... -Senlar ham odamsanlarda endi... Senlardan hayvonlar ham yaxshi mehr oqibatli... Deya Sevinch Mahliyoga achchiq gapirdi.... -Nima deding. Ikkala tomonidan ushlanglar".-dedi mahliyo qoravullarga qarab. Qoravullar sevinchni ikkala tomondan ushlab olishdi Mahliyo Sevinchni oldiga turub uni ura boshladi . -nima deding sen bizni hayvonga tenglashtirdingmi? Sen kimsan? Oddiy bir choʻrisan men uchun oilali erkakga turmushga chiqishga uyalmadingmi? Uyatsiz.... Deya Mahliyo Sevinchni sochlaridan yuliib urardi... Sevinch qimarlay olmas ikkala tomonidan baquvvat qoʻllar ushlab turubdi faqat ogʻriqdan chinqirardi.... -Alloh jazoyingni bersin"..-deya Sevinch ogʻriqdan ingranib gapirdi... Mahliyo qattiq kulib sevinchni tepdi... Sevinch ogʻriqlardan qalb jaroxatlaridan charchab hushidan ketdi... -Honasiga olib kirib tashlanglar buni"..-dedi Mahliya qoravullarga qarab va oʻzi Muhammadni ovqatlantirishga oʻtib ketdi.. Sevinchni bir ahvolda yotogʻiga tashlashdi.. Yuzlari koʻkarib labi qonagan qoʻllari tirnalib tashlangandi.... Otabek amaki Sevinchga qoʻngʻiroq qilib tusha olmay Azimga qildi.. -Assalomu alaykum dada sogʻligingiz yaxshimi? -Va alaykum assalom Azimbek yaxshimisiz? Sevinchga qoʻngʻiroq qilib tusha olmayapman. Bugun onasi olamdan oʻtdi soʻngi manzilga kuzatsin onasi bilan hayrlashsin olib keling.. -Dada sevinchni bilasiz bormaydi onasi desa jahli chiqadi. Keyin ozroq mazasi yoʻq bormagani yaxshi. -Aytib koʻring balki kelar. -Bilmasam dada.. Dada hozir majlisda edim oʻzim aytaman sevinchga....".-deya Azim telefonni oʻchirdi... Majlisda emasda yolgʻon gapirdi... -Sevinchni endi koʻrmaysizlar chiqmaydi uydan... Eh dada juda soddasizdaaaa... Dedi Azim kulib.... Arlan suvoq qilish uchun loy qilyapganida yoʻlning chekkasida Rahmiddin Ahmedov Uni kuzatyapganini koʻrdi.... Arlanning koʻziga onasining qotili boʻlib koʻrindi. Arlan Rahmiddin Ahmedovga qaramasdan ishini qilaverdi.. Rahmiddin Ahmedovni oʻzi keldi... -Arlan! -Assalomu alaykum. Salom bermoqchi emasdim sizga emas allohga berdim... Endi ketishingiz mumkin.".-dedi Arlan va orqa oʻgirib ishini qilaverdi... -Arlan oʻzing oʻylab koʻr.. Onangni oʻldirish niyatim boʻlganida unga alohida shifokor uy olib qaratib qoʻymas edim. Men seni qidirdim... Afsus topa olmadim. Meni vijdon azobidan qutqar qiynalib ketdim... Meni katta kompaniyam va ikkita oʻgʻlim bor.. Bittasi oʻzimni oʻgʻlim bittasi ikkinchi turmushim. Ayolimning farzandi.. Ular seni oʻz akasi ukasidek qabul qilishadi... -Nimalar deyapsiz? farzandlaringiz oʻgay boʻlsa.. hozir qoʻyib bersayiz bir birini gʻajishga tayyor ular meni qanday qabul qilishadi. Meni oʻz ishim bor nolimayman hammasi Allohga shukur yaxshi... Ishim uyim bor.... -Ular seni qabul qilishadi. Sen oʻylagandek emas. Sardor seni taniydi u ham qidirishgan menga... Seni koʻp qidirganmiz... -Men kompaniyangizda nima qilaman. Sizni kechirdim. Oʻzimni ishim yaxshi amaki. -Buncha qiyin ishni tanlagansan? Bu meni iltimosim... Seni oʻz oʻgʻlim deb bilaman..... Azima bir burchakda onasining tobutiga qarab yigʻlab oʻtirardi... Otabek amaki darvozadan koʻzini uzmadi Sevinchni kelar deb kutdi kelavermagach umidini uzdi..... Rahmiddin Ahmedov Arlanni olib Oʻz kompaniyasiga bordi. Sardorni honasiga kirdi. Rahmiddin Ahmedovni hech nimadan habari yoʻq edi Sardorni oʻrnida Temur oʻtirganini koʻrib hayron qoldi. -Assalomu alaykum Dada hush kelibsiz".-deya Temur Rahmiddin Ahmedovni oldiga chiqdi... -Va alaykum assalom. Sardor qayerda? -Dada endi Kompaniyani men boshqarayapman.... -Nimaaa? Sardor qayerda nega u boshqarmaydi? Seni hali yaxshi tushunmaysan-ku... Meni bu kompaniyaga qancha mehnatim ketganini bilasanlarmi? Rahmiddin Ahmedov gaplaridan Temurni dili ogʻrisada jim turaverdi.... -Dada men shu yerdaman Kompaniyani Ikkalamiz boshqaryapmiz".. Sardor kirib keldi va Temurni yoniga oʻtib yelkasiga qoʻlini qoʻydi.... -Nima? Senlarmi? Senlar a? Bir biringizni gʻajishga tayyor edinglar-ku".-dedi Rahmiddin Ahmedov hayratini yashirmasdan. -Ha dada Temur ukam-ku. -Allohga shukur aql kirgani rost boʻlsin... Sardor bu Arlan esingdami? -Rostanmi? Nihoyat topibildida. Sizni qidirib sochim toʻkilay degan".-dedi Sardor kulib Arlanga qoʻl uzatib. Arlan ham kulib Sardorni qoʻlini siqib qoʻydi. -Ha topildim.... Kechgi payt. Ahmedovlar dasturxon atrofiga yigʻilishgan Arlanning kelishiga Rahmiddin Ahmedov tayyorlangan tabiiyki bundan Dilrabo Ahmedova umuman hursand emas yuzida oʻsha yolgʻondakam tabassum.... -Arlan ertadan narsalaringni olib kel shu uyda yashaysan.... Rahmiddin Ahmedov ogʻzi toʻla ovqat bilan gapirdi. -Nima? Tushunmadim?'.-dedi Dilrabo Ahmedova zaxarhandalik bilan... -Nimasini tushunmading? Arlanni oilamiz azosi qilmoqchiman. -Amaki uyim bor onam ham. Kerak emas rahmat taklif uchun".-dedi Arlan Dilrabo Ahmedovaning vajohatini koʻrib Arlanning gapidan keyin Dilrabo Ahmedova yengil nafas olib ovqatlana boshladi... Arlan oʻzini noqulay sezib ovqatlanishga tortinardi Sardor buni sezib " Olib oʻtir"-deya turtib qoʻydi.... Ishdan kech kelgan Azim toʻgʻri oshxonaga kirdi Mahliyo Muhammad bilan ovqatni tayyor qilib Azimni kutishyapgandi... Azim oshxonaga kirishi bilan Oʻgʻlini koʻtarib olib erkalay boshladi. -Charchamadizmi dadasi?! -Yoʻq ovqating tayyormi suz. Sevinch qayerda? Buncha ogʻzing qulogʻingda? -Ey dadasi bugun mazza qildim Oʻsha yuzsizni urib hovrimdan tushdim oz boʻlsa-da. -Nimaaa? Azim baqirib yubordi Mahliyo gapini tugatmasidan qoʻlida oʻynab turgan Muhammadni ham tushurib yuboray dedi.. -Ehtiyot boʻling... Azim Muhammadi stulga qoʻyib Sevinchni honasiga yugurdi.... Sevinch ertalabgi kaltaklardan keyin hushini yoʻqotgandi... Endigina oʻziga kelib ogʻriqlardan ingranib yotardi. Azim honaga kirishi bilan bir ahvolda yotgan sevinchi koʻrib esi chiqib ketay dedi. -Sevinchhhh.... -..... Sevinch javob bermay ogʻriqlardan ingranardi.... Azim tezda ogʻriq qoldiruvchi dorilar va yaralariga qandaydir malham olib kelib surta boshladi... -Sevinch qimirlama ozgina chidagin oʻtib ketadi... -onamni soʻngi manzilga kuzata olmadim... Oʻldi ketdi hatto kechirdim deb ayta olmadim.... Menda nima qasdingiz bor edi... Sevinch qalb ogʻrigʻi tanasidagi jarahotlarining ogʻrigʻidan azoblanib yigʻlab gapirdi... -Sevinch gapirma hozir ogʻriq qoladi... -Men shunchaki onamni so’ngi manzilga kuzatay degandim Mahliyo opaga umuman husumatim yoʻq edi...... -Nega erimga yontoqlanyapsan? Uyalmasdan shu yoshgina oʻgʻlimni urding-ku. Bu farishtadek oʻgʻlimda nima ayb?". Mahliyo honaga bostirib kirib yigʻlab Azimni oldida oʻzini bechora koʻrsatib roʻl oʻynay boshladi. Mahliyoning gaplaridan Sevinch ham Azim ham hayron qolishdi. -Nima? Mmmen oʻgʻlingizni hali ismini ham bilmayman uni nima aybi bor tuxmat qilishga uyalmaysizmi? -dedi Sevinch koʻzida yosh bilan... Azim jahli chiqib ketdi. Sevinchi yuziga bir tarsaki tushurdi sevinch ogʻriqdan chinqirib yubordi. -Yana oʻgʻlimga qoʻl koʻtarsang qoʻlingni sindiraman.... Dedi va Mahliyoni oldiga borib turdida reminni yechin Mahliyoga qarab. -Sen urguncha qarab turdingmi? Menga aytmasdan oʻz boshimchalik qildingmi? Oʻz oʻrningni bil".-deya remen bilan Mahliyoni uch toʻrt marta urdi.. Mahliyo yerga yiqilib qoldi..... Azim honadan chiqib ketdi. Mahliyo yigʻlab turdida Sevinchga qaradi uni yana ursa oʻlib qolishi aniq edi oʻzi bir ahvolda yotibdi... -Seni shu uydan oʻligingni chiqaraman nima boʻlsa boʻlsin lekin seni oʻldiraman'".-dedi Mahliyo Sevinchga qarab koʻz yosh bilan. Sevinch hech nima deya olmadi hozirgi holati juda achinarli edi.... Azim hali hovridan tushmagan hovlida oʻtirib sigareta tutatib oʻtirardi. Mahliyo unga qaramasdan oʻgʻlini oldiga kirib ketdi.. Azim osmonlarga qarab oʻylanib oʻtirar ekan oʻziga oʻzi kula boshladi va " Ikkita xotinlik ham oson emaskan" deb qoʻydi.... Yarim tun. Uy jim jit Sevinch qiynalibgina turub oʻtirdi. Koʻzidan yosh tikmay oqar.. -Yolgʻon dunyo, azob dunyo... Yashashdan zerikdim. Azoblaringdan toʻydim. Alla aytib bering charchadim ona zero os boʻlsada dardlarim unutay.. Nima qilay peshonamga shular yozilgan ekan.... Ammo meni nima aybim bor edi... Onajon siz meni toʻqqiz oy yuragingiz ostida olib yurib dunyoga keltirdingiz uch yil kechalari uhlamasdan qaradingiz evaziga men sizni xatoyingizni kechirmadim. Yomon boʻlsin kasal boʻlsin u baribir ona deyishardi. Bu mening hudbinligim uchun berilgan jazo...".-deya sevinch umidsizlikdan ogʻriqlardan azoblanib yigʻladi... Sudralibgina yurub hovliga chiqdi hech kim yoʻq qoravullar ham. Darvozani oldiga bordi kalit oʻzida ekan sekin darvozani ochdi va bor kuchi bilan yugurishga tushdi oyoq kiyim ham yoʻq edi.... Oyogʻiga mayda mayda toshlar kirar salqin havo tanasidagi jarohatlar katta yoʻlga chiqib bekat oldiga borganda holsizlikdan ogʻriqlardan charchab yerga yiqildi... Koʻzii yarim ochiq holatda sekin yulduzlarga qaradi va... - Ol jonimni Allohim charchadim... Hayr hech kimga vafo qilmagan dunyo".-deya koʻzlarini yumdi..... Sardor Arlanni endi uyiga olib kelyapgandi ikkalasi juda yaxshi doʻst boʻlib olishdi... Bekat oldidan oʻtayotib Arlanni koʻzi kimdir yerda yotganiga koʻzi tushdi... Moshinani toʻxtatib yugurib kelishdi... -Bu kim boʻldi ekan kimdir azoblab tashlab ketdimi? Nomardlar. ".-dedi Sardor asabiylashib. Sevinchni yuziga sochlari tushub yuzi koʻrinmayapgandi Arlan sekin egilib sochlarni tortdi sevinchni koʻrib shokga tushub qoldi oldiniga bir oz hech nima deya olmay qotib turaverdi va toʻsatdan " Sevinch".- deya baqirdi. Uning ovozidan qoʻrqib ketgan Sardor Arlanga qaradi. Arlan tizzalab oʻtirib Sevinchni boshini koʻtarib olib yuziga urub " sevinch" deya baqira boshladi... Sevinchni Allaqachon tanasi muzlay boshlagandi.... Chiqmagan jondan umid deya kasalhonaga olib ketishdi.... Kasalhonaga kirib borishlari bilan Arlanning qoʻlidan Sevinchni olishdi.... Arlan jon kuydirib siqilib bir joyda tura olmayapganini koʻrgan Sardor oxiri savol berdi. -Arlan! U qiz senga kim boʻladi? -Men sevgan qiz edi.... Arlan qopol Sardorga qarab baqirdi -Oʻzingni bos Arlan qizni kaltaklashgan sovuqqotgan lekin oʻlmagan tinchlan... Uni kim urgan deb oʻylaysan dadasimi? -Eri eri qilgan tirik qoʻymayman oʻldiraman.-Dedi Arlan yer tepib jahl bilan. -Nimaa???? -Baqirma! Uni majburlab turmushga chiqarishgan hammasiga oʻzi aybdor, ibosini saqlab yurmagan... -Hozir kelgan Bemorga kim boʻlasizlar. Shifokor chiqib keldi. -Men y.. biz tanishimiz amaki ahvoli yaxshimi?-Dedi Arlan ozgina qoldi yigitiman deyishga. -Ahvoli qoniqarli kim boʻlsa ham qattiq urgan qiz bolani unday urmaydi u ojiza-ku... Tuzukroq nimadir yeganmi oʻzi? Shu ikki uch kun ichida ovqatlanganmi bu qiz? Yetim qizmi? Ota onasi yoʻqmi? -Men oʻzim qarayman amaki. Yoniga kirish mumkinmi?-Dedi Arlan. -Ha! -Sardor sen ketaver men oʻzim qarayman ayoling Rahmiddin amakim havotir olyapgandirlar. Rahmat senga. -Ha boʻpti. Ertaga ishda koʻrishamiz oʻzingni asra. Sardor kasalhonadan chiqib ketdi.. Arlan oʻylanib oʻylanib sevinchni honasiga kirdi... Sevinch uygʻongan nimalarnidir oʻylab yotardi Arlanni kirganini sezmadi ham.... Arlan borib Sevinchni toʻgʻrisidagi stulga oʻtirdi Sevinch Arlanga qarab turubdi ammo hayoli umuman boshqa joyda boʻlganiga etibor qilmayapti.... -Sevinch..-dedi Arlan sevinchdan koʻzini uzmay sevinch choʻchib ketib endi Arlanga etibor qilib qaradi va koʻzidan yosh oqa boshladi. -Senga nima boʻldi Sevinch? -Meni oʻzingiz bilan olib keting uzoqlarga iltimos. Bu azoblardan charchadim olib keting.. Rossa jonimni ol deb duo qilgandim nega meni kasalhonaga olib keldingiz? -Ering urdimi? -Meni olib ketasizmi? -Senga savol berdim. -Meni olib ketasizmi dedim. Arlan sevinchga yaqinroq keldi-da. -Meni umuman eslamaydigan va tez unutadigan darajada Kuchli boʻl... Baxtli boʻl men ketdim. Birovning halolisan... Dedi va Arlan chiqib keta boshladi eshik oldiga borib endi tutqichni ushlaganda sevinch gapirdi. -Kundoshim meni kaltakladi tuxmat qilib Azimga ham urdirdi. Azim uylangan farzandli ekan. Kundosh bilan yashayapman".-dedi Sevinch va boshqa gapira olmadi hoʻngrab yigʻlab yubordi. -Nima? S.ssen buni oldin bilganmiding? -Yoʻq hech nimadan habarim yoʻq edi. U bilan bitta honadan yotmaganman ham nafratlanaman undan. Birinchi hotinini olib keldi. Onasi otamga nimadir degani aniq Azim menga turmushga chiq deganida rad etib ishdan ketgandim... Oʻshanda baribir meniki boʻlasan degandi... -Ablax...-Dedi Arlan jahl bilan hona eshigini tepib chiqib ketdi...- Tong yorishay deb qolgan Arlan Azimning mehmonhonasiga borib honasiga kirib Azimni kuta boshladi... Tong saxar Temur ishga oshiqdi. Svitaforda toʻxtab turar ekan sariq chiroq yonganida bitta qiz yugurib oʻtib ketmoqchi boʻldi endi temurdan oldin turgan moshinadan oʻtib Temurning moshinasi oldiga kelganida yashil chiroq yonib qoldi qiz nima qilishni bilmay Temurni moshinasi oldida turub qoldi yon atrofidan moshinalar Temurga qarab tinmay signal chalib soʻkishardi... Qiz koʻzi yoshga toʻlib qoʻrqganida moshina ichidagi Temurga qatab turardi.... Nihoyat qizil chiroq yonishi bilan Temur qizga qarab yur deya ishora qildi qiz yugurib narigi tomonga oʻtib oldi. Temur moshinasini chetga olib qizni orqasidan bordi.... Arlan qoʻliga ruchka olib stol taqillatib asabiy oʻtirardi eshik ochilib Azim kirib keldi.... -Salomlar Buyuk Boshligʻimizga.-Dedi Arlan oʻrnidan turub qarsak chalib Azimga qarab keldida. -Sen kimsan? Meni honamda meni stulimda nima qilyapsan? -Seni ajaling".-dedi Arlan Azimni qulogʻiga. Azimni peshonasidan sovuq ter chiqib ketdi.. -Tushunmadim? Ooochiqroq gapir.. -Ikkita xotinlik ham kasb boʻldi shekilli boylarga hozirgi zamonda. Gapingni oʻtkaza olyapsanmi? Yoki bittasiga zulim qilib bittasini koʻklarga koʻtarganmisan? Sevinchda nima qasding bor edi? - Kimsan? -Aytdim-ku kimligimni koʻngli yarim farishta qizda nima qasding bor edi. -Men uni sevaman. -Sevganingda uni oʻzingdan ham qizgʻonib asrar eding. Kimligimga qiziqyapganmiding? Men Arlan oʻsha sevinch haligacha yurak yurakdan sevadigan Arlanman. Bunisi Sevinchni urganing uchun bunisi uni kundosh bilan yashashga majbur qilganing uchun.... Arlan toʻsatdan Azimni ura boshladi Azim bunday boʻlishini kutmagandi qarshilik qila olmay qoldi... Arlan bor alamini olish uchun Azimni urardi ogʻiz burni qonab ketdi.... -Unga yana azob berasanmi? Gapir yana uni qiynaysanmi? -Yoʻq-dedi Azim ogʻzini qoʻli bilan ushlab... -Ayol kishini urmaydi, ojiza boʻlgani uchun emas moʻjiza boʻlgani uchun ... -Sevinch aybi bor edi shunga kaltak yedi oʻgʻlimni urmasligi kerak edi... Yosh bolani ham uradimi endi ikki yosh boʻlsa...-Dedi Azim ogʻzi burnini qonini artar ekan. -Sevinchga bir bor qara yosh bolaga qoʻl koʻtaradi deb oʻylaysanmi?! Men senga oxirgi imkoniyatni beraman uni eri boʻlganing uchun agar uni yana ursang men yana imkon bermayman unga oʻzim uylanaman koʻchada qoldirmayman... -Sevinchni urmoqchi emasdim. Bilasanmi uni qanchalik yaxshi koʻraman. Ammo u buni bilmaydi. -Kundosh olib kelganingdan keyin hech kim bilmaydi.... Sevinch hozir kasalhonada shaxar markazidagi kecha uni bekatdan chalajon holatda topdim... -Nimaaa hozir yaxshimi? -Borib koʻr..Dedi Arlan va honadan chiqib ketdi Azim ham ortidan yugurib kasalhonaga ketdi. -Hey qiz jinnimisan".-dedi Temur qizni oldiga chiqib... Qiz jim hech nima demadi boshida qora roʻmol azada ekani malum. Koʻzlar qazarib ozroq ishgan... -Svetafordan ehtiyot boʻl senga nimadir boʻlmasin deb meni ham qanchasi soʻkib tashadi... Hayot bir marta beriladi davringni surib yashab qol. Bunaqa hayotdan toʻyganlardek yurmagin... Qiz jim gapirmasdi. -Hey nega jimsan? Isming nima? -Yoʻlimdan qoching".-dedi nihoyat qiz tilga kirib. -Uhhh gapirar ekansan-ku men seni soqov deb oʻylabman.... Temur kuldi.. Qiz temurga qarab qoʻydida yurib keta boshladi. -toʻxtaaa. Temur yana Qizni yoʻlini toʻsdi. -Nima deymoqchisiz?-Dedi qiz jahl bilan Temurga -Hayotingizni saqlab qoldim-ku. Siz ham yaxshilik qiling. -hop qanday? -Ikkita savol beraman javob berasiz. Ismingiz nima? Nega azadasiz kimdir oʻtib qoldimi? -Azima ismim. Ha onamdan ayrildim endi oramiz ochiq rahmat".-dedi Azima.. Ha bu Sevinchning singlisi Azima edi. Onam deganidan keyin Temur boshqa ortidan bormadi yarasini yangilaganini sezdi ortiga qaytib Ishxonasiga ketdi... Zulfiya opa va Zafar amaki nonushta qilib oʻtirisharkan Zafar amaki gap boshladi. -Onasi bir oydan oʻtdi halicha qizing va oʻgʻlingdan habar yoʻq, kelishmadi ham. Eson omon tinch yurishganmikin. -Oʻzim ham yuragim gʻash.. -bugun bir koʻrishga boramiz. -Ammo dadasi. Men uu uygaaa -Borasan. U uy qudangning uyi boʻladi. Sen qizingni koʻrgani borasan. Zulfiya opa boshqa gapirmadi oʻylanib qoldi u uyga borsa yana eski xotiralar uni qiynashi aniq edi. Dilrabo Ahmedova uyni oʻz nomiga rasmiylashtirish muommolari bilan yurgan hozircha hech nimaga qiziqmayapti maqsadi uyni oʻziniki qilish... Azim kasalhonadagi hamma palatalarni eshigini ochib koʻrib oxiri Sevinchni topdi. -Sevinch. Azim honaga yugurib kirdi. Sevinch qoʻrqganidan yuzini yashirib olib... -Ket ket yaqinlashma ket-Deya gapira boshladi. Azim sekin sevinchi oldiga oʻtirdi. -Uydan nega chiqib ketding? Kimdan ruhsat soʻrading? Senga nimadir boʻlsa men qanday yashar edim... -Ket senlar odammasanlar ket vijdonsizlar. Er xotin meni faqat azobladinglar kett".-deya baqirdi Sevinch. Eshik ochilib Arlan kirib keldi Arlan kelishi bilan Sevinch Arlanni orqasiga oʻtib oldi. -Sevinch bu nima qilganing? Begona erkak ortiga nega yashirinasan? Uyalmaysanmi eringni oldida. -Arlan meni olib keting iltimos u bilan ketmayman iltimos sizdan... -Sevinch u seni turmush oʻrtogʻing uni yoniga oʻt. Arlan shunday deb Sevinchni qoʻlidan ushlab Azimning yoniga olib bordi va Azimni qoʻlini olib Sevinchni qoʻlining ustiga qoʻydi. - Men noinsof emasman birovning haloliga koʻz tikadigan lekin unutma Azim Yana shunday holat takrorlansa Sevinchni yolgʻiz qoʻymayman.. -Bunday boʻlmaydi oiladi har qanday vaziyat boʻlar ekan. -Ikkinchi xotiningni nima qilasan bilmayman ammo u bilan bitta uyda Sevinch yashamaydi... Sevinch baxtli yasha Unutma sen ham baxtli boʻlishga haqlisan.... Ozgina shirinsoʻz boʻl.. Arlan honadan chiqib ketdi. Arlan chiqib ketishi bilan Sevinch qoʻlini yulib oldi va oʻtirib yigʻlay boshladi. Azim kulib Sevinchni yoniga oʻtirdi. -Haqiqiy erkak.... Qoyil... Sen bilan uyga borganimizdan keyin gaplashamiz begona erkakga olib keting deganing uchun javob berasan... Hozir boʻlsa uyga borib jim oʻtirasan... Senga boʻlgan muhabbatimni oʻzing nafratga aylantirding sendan ozgina mehr etibor kutdim boshqa hech nima..... -Dedi Azim va Sevinchni qoʻlidan qattiq ushlab turgʻazdi-da sudragandan battar qilib Sevinchni kasalhonadan olib chiqib moshinaga qarab itarib yubordi-da Uyiga olib ketdi. Darvozadan kirishiga Sevinchni boʻynidan boʻgʻdi. -Sen meni sharmanda qilding sharmandaa. Oʻshani oldida sharmanda qilding....-Deya Azim sevinchga baqirib ura boshladi.. -Qoʻyib yuboring ay sochim qoʻyib yuboring Arlaaaan meni nega bu zolimlarga tashlab ketdingiz'.-sevinch baqirib uugʻlay boshladi. -Yana Oʻshani ismini tilga olyapsanmi? Kamlik qildimi? Azim sevinchni yuziga urardi koʻzlari ishib lablari qonab ketdi. Azim sevinchni qattiq itarib yubordi. . Yiqilganida oyogʻi ham sindi. Yana hushidan ketdi.... -Sevinch Sevinch kechir Sevinch. Azim Sevinchni boshidan ushlab olib gapirdi. -Nega qarab turubsizlar tez yordam chaqirlaring.. Azim qoravullarga oʻshqirdi... Mahliyo Muhammadni koʻtarib kulib tomosha qilib turardi Sevinchga qarab " Bechora qizaloq".-dedi. -Dadasi balki kirmaganimiz yaxshidir...-dedi Zulfiya opa Rahmiddin Ahmedovning uyi oldida turishar ekan. -Yoʻq kiramiz men qizimni sogʻindim habar olgani kelmadik biron marta ham... -Telefon qilamiz dadasi.... Zafar amaki Zulfiya opaning gapini eshitmasdan uyga kirib ketdi noiloj ortidan Zulfiya opa ham kirdi uyga kirar ekan Rahmiddin Ahmedov va Sardor bilan oʻtkazgan baxtli kunlari koʻz oldida gavdalanardi.... -Dadaa -Deya baqirdi honasi derazasidan Goʻzal. -Bormisan qizim... Goʻzal tez tez yurib kelib yigʻlagancha Zafar amakini quchdi.... Zulfiya opa hovlining har bir burchagiga qarab koʻzidan yosh tinmay oqardi.. -Dada sizlarni koʻradigan kun ham bor ekan. -Bizni koʻrgani ham bormaysan sogʻinib oʻzimiz keldik. Uyda hech kim yoʻqmi? -Sardor aka va Temur aka ishda Dadam honasida Oyim koʻchaga chiiqib ketgandilar kelib qoladilar ichkariga kiringlar.... -Zulfiya ichkariga kiramiz. Zulfiya opa koʻz yoshlarini artib oldi.... Mehmonhonaga kirishgach Goʻzal Rahmiddin Ahmedovni ham chaqirdi. Rahmiddin Ahmedov ularning kelganidan hursand emasligi yuzida aks etib turardi jiddiy qiyofada kelib dasturxon boshiga oʻtirdi Zafar amaki bilan ham qoʻl uchida salomlashdi.... -Hush kelibsizlar qizim choy quyib bering'.-dedi Rahmiddin Ahmedov zaxarxandalik bilan. -Qizim aytganizdek xizmatizni qilyaptimi quda".-dedi Zafar amaki. -Uyda xizmatchilar bor xizmatimni qiladigan qizingiz ogʻir oyoq boʻlsa qanday ish qildiramiz. -Nima? Tabrikliman nabira muborak.. Hursand boʻldik. -Ha biz ham rossa hursand boʻldik Intiqlik bilan kutayapmiz".-deya Dilrabo Ahmedova kirib keldi huddi endi 18 yoshga kirgan qizlardek kiyinib... -Assalomu alaykum oyijon".-dedi Goʻzal. Dilrabo Ahmedova Tishini tishiga qoʻyib Goʻzalga shunday qaradiki goʻzal qoʻrqib ketdi... Zulfiya opa hammasini jim kuzatib oʻtirardi... Dilrabo Ahmedova Goʻzalga hech nima demasdan Rahmiddin Ahmedovni yonidan joy oldi. -Tabriklaymiz quda nabira muborak..-Dedi Zafar amaki... -Hali tugʻulsinchi keyin tabriklaysiz. Ha Zulfiya sobiq uyingni koʻrgani keldingmi? Yoki yana shu uyga qaytish uchun keldingmi?..-Dedi Dilrabo Ahmedova Zaxrini sochib. -Qizimni koʻrgani keldim uyni nima qilaman uyimiz bor baxtliman guldek qizlarim bor. Yonimda suyukli turmush oʻrtogʻim".-dedi Zulfiya opa.. Zulfiya opani gaplaridan Rahmiddin Ahmedov ozgina ingranib har tomonga qarab qoʻydi. -Haaa koʻrinib turubdi baxtliliging.-Dedi Dilrabo Ahmedova ensasini qotirib. -Sen .. -Zulfiya tinchlan..".-dedi Zafar amaki endi gapirishga ogʻiz juftlagan Zulfiya opaga qarab... -Qizimizni koʻrdik hammasi yaxshi ekan yangilik ham eshitdik balki ketarmiz dadasi".-dedi Zulfiya opaning sabri tugab -Ha Mayli. Quda yaxshi qolinglar uyga oʻtinglar oʻzim osh qilib beraman.. Rahmiddin Ahmedov hech nima demadi. Zafar amaki Zulfiya opani olib chiqib ketdi. Goʻzal koʻzida yosh bilan honasiga ketdi.... Dardlar azoblar tugamaskan hech bu boshda.... Tez yordam kelganida Azimga Sevinchni oyogʻi singanini kasalhonaga olib borishi kerakligini aytishgandi. Oyogʻinib gips qilib yuzlariga malham qoʻyib uyiga olib keldi honasiga olib kirib joyiga yotqizdi Sevinch ukollar tasirida uhlab qolgandi..... Arlan Sevinch yaxshi endi Azim unga azob bermaydi, baxtli boʻladi deb oʻylab ishlarini qilib yurardi. Sardorning esiga tushub undan Sevinch haqida soʻrab qoldi... -Arlan kechagi qiz ahvoli yaxshimi? -Ha eri olib ketgan. -Nega uni yana zolim eriga berib yubording? Shunchalikga borib urdimi u oʻzgarmaydi deb oʻylayman.. -Unga yana qoʻl koʻtarsa Sevinchni unga bermayman oʻzim boqa olaman.... -Boshida nega unga turmushga chiqishiga qarab turding? Inson baxti uchun oʻzi kurashadi. Ortga chekinmaslik kerak faqat oldinga, sen maqsading sari intilsang hech bir yov senga toʻsiq boʻla olmaydi. Oʻzingga ishonch boʻlsin... -Oʻshanda xato qilganman endi takrorlamayman rahmat senga ham.... -Arlan bir oila boʻlib yashaymiz uyimizga koʻchib oʻt hammasi yaxshi boʻladi.. -yoʻq oʻz uyimda yashayman. Iroda opa yani onam bilan yashayapman. -Onang!? Axir onang.... Tushunolmadim -U ayolni farzandlari koʻchaga chiqarib yuboribdi menga ona boʻlishlarini soʻradim aslida ularni uy bilan taminlash edi... Yaxshilik ham qilish kerak.... Kun ham yeldek oʻtib ketdi. Rahmiddin Ahmedov uydan chiqib ketganicha kelmadi.... Sevinch koʻzlarini ochib har tomonga qaradi oʻzining honasi tanasida ogʻriq bitta oyogʻi juda ogʻir qimirlata olmasdi. Ming azob bilan boshini ozroq tikka qilib oʻtirib oldi.... Shu payt eshik ochilib qoʻlida ovqatlar bilan toʻldirilgan patnis koʻtargancha Azim kirib keldi. -Hayrli kech uygʻondingmi uyquchi".-dedi Azim kulib. Sevinch unga qaramasdan yuzini burub oldi. Azim kelib patnizni qoʻyib Sevinchni yoniga oʻtirdi. -Sevinch kechir ertalab jahlim chiqib ketdi oʻzimni bosa olmay qoldim. Har qanday erkak ayolini qizgʻonadi rashk qiladi. Sen begona erkakga meni olib keting deding meni oldimda. -Ayolini qizgʻonadi qaysi birini qizgʻonyapsiz?-dedi Sevinch Azimni ustidan kulib. Azim hech nima deya olmay qoldi. -Jimsiz. Farzandingiz kelajagini oʻylamayapsizmi? Katta boʻlda unga qanday tasir qiladi dadam ikkita xotin bilan yashagan har kun bittasini oʻlgudek qilib doʻpposlardi deydimi? Unga nima bera olasiz puldan boshqa nima bera olasiz? Mehr berolmaysiz biron marta uni qoʻlingizga ushlaganingizni koʻrmadim. Unga dadasi bilan birga fudbol koʻrish sport bilan shugʻullanish, Onasi bilan birga oilaviy sayrlarga chiqish baxtini hech qachon bera olmaysiz. -Sevinch sabrimni sinama? Tilingga ehtiyot boʻl urushimga majbur qilma. Oʻgʻlimni yaxshi koʻraman. -Onasinichi? -Sevinch bas qil. -Ajrashamiz men siz bilan yashamayman menga birovning baxtsizligi evaziga keladigan baxtni keragi yoʻq. -Oʻchiirr-Deya oʻshqirib yubordi Sevinchga qarab Azim. Hona derazasidan sekin ularni Mahliyo koʻzida yosh bilan kuzatib turar edi.... -Siz faqat oʻzingizni oʻylaysiz. Azim Sevinchni gapini eshitmaganga olib jahl bilan chiqib ketdi... Eshikdan chiqishiga koʻzlari qizarib ketgan Mahliyoni koʻrdi. -Sen bu yerda nima qilyapsan? Meni poylayapsanmi? -Yoʻq nega u bilan ajrashmaysiz? Oʻgʻlimiz bilan baxtli oila boʻlib yashashni hohlamaysizmi? -Hoʻoʻoʻoʻ tushunmagan ishingga burningni suqma".-dedi Azim Mahliyoga yaqin borib va turtib oʻtib ketdi. Mahliyo Sevinchning honasiga nafrat bilan qarab oʻgʻlini yoniga ketdi..... Arlan Iroda opa bilan ovqatlanib oʻtirishganda darvoza taqillab qoldi... Kech boʻlganda kim boʻldi ekan deb Arlanni oʻzi chiqib darvozani ochdi.... -Assalomu alaykum aka onam qayerda.. Men uning oʻgʻli boʻlaman. -Onamni oʻgʻlim men. Sen boʻlsa undan kechgansan ket bu yerdan -Men tushundim hammasini omad tumorim, jannatim onam ekan. Onayizorimni oʻz uylariga olib ketaman. -Oʻz onangni koʻchaga haydagansan uyalmaysanmi? Qanday qilib ona deyapsan? -Ona! Bu zotni tariflash uchun umrim yetmas ekan... Ularni bir marta koʻray... -Isming nima? Nima sabab onangni olib ketmoqchisan? Yoki nafaqaga chiqadigan payti boʻlyapganigami? -Ismim Sarvar. Uyimning farishtasi onam ekanligini tushundim. Onam ketganidan keyin uyimizda fayz yoʻq ishimda unim yoʻq. Onam har kun duo qilardilar... Ishlarim hammasi orqaga ketdi oʻgʻlim tinmay kasal boʻlyapti... Men men onaamni olib ketaman ulardan kechirishlarini soʻrayman.... Iltimos aka. Arlan Sarvarni gaplariga ortiq chiday olmay -Kir ichkariga".-dedi.. -Rahmat aka... -Ona menga qarab yuboring. Arlan Iroda opani chaqirdi. Iroda opa nimadir boʻldimi deya shosha pisha yugurib chiqdiyu toʻxtab qoldi... Sarvar Iroda opani oldiga sekin yurub bordi onasini yuzidan silab. -Onajonimmmm".-dediyu tiz tashlab onasining oyoqlariga bosh qoʻydi.... -Oʻgʻlim nima qilyapsan kasal boʻlasan tur oʻrningdan".-deya Iroda opa Sarvarni turgʻʻizdi.... Sarvar Iroda opani qoʻlini ushlab yuziga qoʻydi. -Ahmoq oʻgʻlingizni kechiring onam, siz mening farishtamsiz. Nevaralaringiz sizni sogʻinishgan. Uyimizga ketamiz. -Kechirdim oʻgʻlim....-Dedi Iroda opa va Arlanga qaradi Arlan unga mayin jilmayib qarab turardi Arlan ham unga oʻz oʻgʻlidek boʻlib qolgandi.. -Onajonim! Sizni sogʻinishgan men hafa boʻlmayman. Qayerda boʻlsangiz ham men sizni onam deganman. Albatta borib turaman oshlar qilib berasiz menga".-dedi Arlan koʻziga yosh toʻlib ham kulib. -Rahmat oʻgʻlim umring uzoq boʻlsin albatta kutaman hohlagan taomingni qilib beraman oʻzim sovchilikka boraman oʻgʻlim".-Deya Iroda opa Arlanni quchib qoʻydi... Iroda opa oʻgʻli bilan ketdi Arlan yana hayxotdek hovlida bitta oʻzi qoldi.... Erta tong Temur bitta koʻzini ochib bittasini yumgancha soatga qaradi soat 9:00 dan oshyapti "Kech qoldim".-deya baqirib sakrab turdi. Tez tez kiyinib chiqdi.. Dilrabo Ahmedova kim bilandir telefonda gaplashyapti. Rahmiddin Ahmedov koʻrinmadi Sardor ham yoʻq Goʻzal hovli supurib yurubdi.... Temur Sardorni honasiga kirdi Sardor uhlab yotardi. -Aka aka tur kech qoldik ishga .. soat Oʻn boʻlyapti tuurrr".-deya Temur Sardorni turtdi. -Goʻzal uyqim kelyapti oʻzing koʻr kinongni".-dedi Sardor uyqusirab. -Nima goʻzal? Akaaa".-deya baqirdi Temur. Sardor sakrab turub -Ha nima boʻldi nima qildi. Goʻzal tugʻdimi? Sardorni gaplarini eshitgan Temur biroz Sardorga qarab turdida kulib yubordi -Akaa ishga kech qoldik deyapman.. -Temur seni nima qilay endi oʻzing ayt. Oʻzing tanla qanday jazolay. -Nima qildim aka. -Bugun haftaning qaysi kuni? -Bugun yakshanba dam olish kuni voy esimda yoʻq. -Yoʻqol koʻzimga koʻrinma uyqumni beliga aylantirib tepding".-deya Sardor yostiqni otdi.. Temur peshonasini ushlab kulib chiqib ketdi Temur oʻz honasiga borayotib Dilrabo Ahmedovaning kim bilandir gaplashayotgan gaplarini eshitib qoldi... -Ha albatta bugun koʻrishamiz. Men ham sizni sogʻinganman... -- -Oz qoldi tez oradi oʻsha choldan ozod boʻlamiz, uyni oʻz nomimga oʻtqaztirishim kerak. -- -Keyin birgalikda yashaymizda baxtli boʻlib... Temur onasining gaplaridan hayron qoldi hech kim bilan bunday gaplashganini eshitmagandi. Temur boshqa chidab tura olmadi onasini oldiga bordi. -Onajonim - H.hhaa ha oʻgʻlim".-deya Dilrabo Ahmedova telefonni yashirishga harakat qildi. Onasining harakatlari Temurni esankiratib qoʻydi. -Onajon hammasini yaxshimi? Muommo yoʻqmi? -Nima? Ha Ha ha oʻgʻlim nima muommo boʻlishi mumkin yaqinda nabirali boʻlsak".-dedi Dilrabo Ahmedova gaplarini yoʻqotib qoʻyib gapirardi nima deyishni bilmay... Temur Dilrabo Ahmedovaga sinchkovlik bilan qarab turdida .. -Ha albatta nimadir kerak boʻlsa ayting a menga".-dedi honasiga kirib kettiyu eshigidan Onasiga moʻralab qaradi.. Dilrabo Ahmedova Oʻziga oʻzi "Hudoga shukur bilib qolishiga oz qoldi".-dedi buni Temur eshitib koʻziga yosh kelib.... "" Nimalar qilyapsiz ona! Dadamga hiyonat qilyapsizmi"?-dedi va eshigini yopib boshini ushlab oʻtirib oldi.... Azim Sevinchni yoniga kirishga yuzi betlamadi dam olish kuni boʻlishiga qaramay mehmonhonaga ketdi Mahliyoga Sevinchga ovqat olib kirib ber deya tayinlab ketdi... Azim ketganidan keyin ancha oʻtib tushlikga yaqin nonushta olib kirdi... Ozgina non yosh bola ham toʻymaydigan bir sitakan suv..... -Yeb olarsan zaxaringga".-dedi Mahliyo Sevinchga qarab. -Nima bu? -Sening bugungi nonushtang va tushliging. -Nima? -Azim akam kelganida osh qilib berdi deysan. Men senga xizmatkor emasman har xil taom qilib berib xizmatingni qiladigan. Oyogʻing singan boʻlsa oʻz aybing bilan boʻlgan eplasang oʻzing chiqib ovqatingni qilib yegin ... -Senga ham olloh bor. -Hey oʻchir ovozingni".-deya Mahliyo Sevinchning gips qilingan oyogʻini turtdi. Sevinch ogʻriqdan chinqirib yubordi.... -Boshingga itni kunini solaman".-dedi Mahliyo va honadan chiqib ketdi... Tushlik payti Arlan Temur Sardor birgalikda osh yeymiz deya choyxonaga borishdi ... -Arlan Ahvoling yaxshimi? Charchadingmi"?-dedi Sardor, oʻyga tolib ozroq tushkinlikka tushib oʻtirgan Arlanni koʻrib. -A? Nimadir dedingmi? -Arlan senga nima boʻlyapti? -Kecha Iroda opani oʻgʻli olib ketdi xatosini tushungan shekilli oz muddat ichida oʻrganib qolgan ekanman. -Endi bitta oʻzingmisan uyda? -Ha! Sardor Arlanga qarab turdi. -Nega bunday qarayapsan Sardor? -Boʻldi shuncha aytdim yetarli boʻldi endi oʻzim olib kelaman seni uyimizga. Men doim oilamiz katta oila boʻlishini hohlaganman. Ketdik kiyimlaringni bizni uyga olib oʻtamiz... -Yoʻq yoʻq bunaqasi ketmaydi Dilrabo Ahmedovaning qarashlariga meni sabrim yetmaydi.".-dediyu Arlan Temurga qarab qoʻydi... -Onamni oʻzi qarashi shunday hijolat boʻlma Aka".-dedi Temur Arlanga.. -Ha men ham oʻrganib ketganman onajonimni qarashlariga hech qisi yoʻq... Oshni keyin yeymiz endi seni uyga olib oʻtamiz ketdik.... -Akaaa ertalab nonushta ham qilmagandim oldin osh".-dedi Temur norozi ohangda..... - Meni uyqumni buzganing uchun bu senga sovgʻa ketdik".-deya Sardor oʻrtaga oʻtib Arlan va Temurni yetaklab keta boshladi moshinaga oʻtirib Arlanni uyiga yoʻl olishdi... Svitaforda toʻxtashganida Temurni koʼzi onasining moshinasiga tushdi Dilrabo Ahmedova 35 40 yoshlar atrofidagi notanish erkak kishi bilan moshinada kulib gaplashib oʻtirishar uning qoʻli Dilrabo Ahmedovaning yelkalarida edi. Temur bir zum koʻrganlariga ishonmay shok boʻlib qoldi. Yana qaradi Oʻsha dunyolarga alishmaydigan Onasi Arlanni koʻzi Temurga tushdi moshina oynasidan boshqa moshinaga qarayotganiga hayron u ham qaradi ne koʻz bilan koʻrsinki Dilrabo Ahmedova edi. Svitafor yashil chirogʻi yondi Dilrabo Ahmedova moshinasi boshqa koʻchaga kirib ketdi.. Temur jim boshini ushlab koʻrganlariga ishonmay yana oynadan qarab qoʻydi Arlan Temurga hech nima demadi jim oʻtiraverdi... Arlanni uyiga borishdi ham Temur moshinadan tushmadi boshini orqaga tashlab oʻzini uhlaganga soldi Sardor uygʻon deya turtganida Arlan tegma yotaversin deb qoʻydi. Rahmiddin Ahmedov uyiga kelib Dilrabo Ahmedovani qidirdi topa olmadi... Oshxonada Goʻzalni koʻrib undan soʻradi. -Kelin Dilrabo qayerda? -Assalomu alaykum . Bir soatcha oldin chiqib ketgandilar qayerga ketganlarini bilmayman.... -Nega buncha koʻchadan uyga kelmaydigan boʻldi bu... Yana nimanidir boshladimikin".-deya Rahmiddin Ahmedov hovliga chiqishi bilan yigitlar ham kelishdi Arlanni qoʻlida yuklari bilan koʻrib Rahmiddin Ahmedovni yuziga tabassum yugurdi.... Temurni koʻrib hayron qoldi huddi hayotdan toʻygan insondek moshinadan tushub keldi va Rahmiddin Ahmedovga salom berish u yoqda tursin turtib oʻtishiga oz qoldi.... Temur honasiga chiqib ketishi bilan yigitlarga savol berdi. -Unga nima boʻldi? Arlan jim turishni afzal bildi. -Men ham hayronman toʻsatdan shunday boʻlib qoldi".- dedi Sardor.. -Bu bola yana nima muommoga ilakishdi Sardor. -Aniqlayman. -Hush kelibsan Arlan oʻgʻlim oilamizga".-dedi Rahmiddin Ahmedov Arlanga quchoq ochib. Sardor Arlanni yuklarini koʻtarishib endi uyga kirishganida ikkinchi qavatda shovqin suron boshlandi nimalarnidir singan ovozi va qattiq baqiriqni eshitdi... Arlan bilan Sardor tepaga yugurib ketishdi.. Shovqin Temurni honasidan chiqardi... Ikkalasi ham Temurning honasiga chiqishdi.... Temur yigʻlab hamma narsani sindirardi oyna siniqlari qoʻllarini kesib tashlagan qon toʻxtamasdi... -Temuuurr".-deya baqirib yubordi Sardor. Arlan hammasini tushundi Dilrabo Ahmedovaning qilgan ishi Temurni gʻururini sindirib qaddini bukgandi. Temur Sardorni ovozidan toʻxtab qoldi yigʻlab koʻzlari qizarib ketgandi Sardor temurni oldiga borib qoʻllarini sochiq bilan ushladi.... -Senga nima boʻldi Uka?-dedi Sardor Temurga achinish bilan qarar ekan. -Akaa men bugun sindim yerga kirdim sindim".-deya Temur oʻzini tashab oʻtirib qoldi.. -Men bor ekanman sen sinmaysan tur oʻrningdan Arlan Tez yordam chaqir..... Sardor Temurni boshqa honaga olib oʻtdi Arlan tez yordam chaqirdi. Tez yordam kelib doʻxtirlar Temurni qoʻllaridagi oyna siniqlarini tozalab tinchlantiruvchi ukol qilishdi... Temur ukol tasirida uyquga ketdi... -Unga nima boʻldi Hech ham bunday qilmasdiku tinchlikmi Sardor?"-dedi Rahmiddin Ahmedov. -Men ham tushunmayapman dada ertalabdan yaxshi edi hazil qilib yurgandi Arlanga menga toʻsatdan shunday boʻlib qoldi... -Nima boʻlyapgan ekan a bu bolaga".-deya Rahmiddin Ahmedov honadan chiqib ketdi.. Rahmiddin Ahmedov chiqib ketishi bilan Arlan Sardorni yoniga kelib gap boshladi.... -Sardor meni uyimga ketyapganimizda Temur Dilrabo opani boshqa bir erkak bilan koʻrdi u bilan juda yaqin boʻlib oʻtirishgandi Temur shuni koʻtara olmayapti. -Nimaa? Shunchalikga bordimi dadamga hiyonat qilyaptimi? Oʻldiraman tirik qolmaydi".-deya Sardor endi honadan chiqib ketayotganida Arlan toʻxtatdi. -Temur koʻtara olmaydi. Oʻzi gaplashadi Temurni hozir biz aralashmay turganimiz yaxshi... - Uni baribir bir kun sharmanda qilaman".-deya Sardor jahl bilan chiqib ketdi.... Kech ham kirib Azim ishdan keldi uyda tinchlik har zamon Muhammadning kulgisi eshitilib turardi. Azim toʻgʻri Sevinchni oldiga kirdi Sevinch holsiz yotardi ahir haligacha tuzuk ovqatlanmagan... -Sevinch senga nima boʻldi".-dedi Azim sekin yoniga oʻtirib.. -Hech nima".-dedi Sevinch juda sekin eshitilar eshitilmas qilib. -Ovqatlandingmi tushunmadim bu nima?".-dedi Azim bir stikandagi suv nonga qarab... -Hotiniz ertalab tashlab ketgan narsalar. -Nimaaa??? Mahliyooooo"-deya baqirdi Azim. Yugurib shosha pisha Mahliyo honaga kirib kelib qotib qoldi. Azimning nimani koʻrganini bildi. -Senga nima degamdim men?.. Mahliyo jim.. -Oʻzingdan uy qirolichasi yasab oldingmi? Azim borib Mahliyoni yuziga bir tarsaki tushurdi Mahliyo yerga yiqilib qoldi yuzini ushlagancha. -Ikki qulogʻing bilak eshitib ol Sevinchdan ortiq joying yoʻq kam joying boʻlsa borki ortiq joying yoʻq. Behayo klublarda yuradigan qiz eding oʻtmishing esingdan chiqdimi yana oʻsha holatingga qaytmoqchi boʻlmasang haddingni bilib yur. -Endi chiqib Sevinchga ovqat olib kel. Mahliyo yigʻlagancha honadan chiqib ketdi va biroz vaqt oʻtib patnisa ovqat olib keldi.. Azim qoʻlidan olib Sevinchni yoniga oʻtirib oʻzi yedira boshladi Sevinchni harakat qilishga ham madori qolmagandi jim sekin ovqatni yeyverdi Mahliyo yigʻlab Azimning Sevinchni ovqatlanishini kuzatib turdi. Azim Mahliyoga etibor qilmasdan ovqatlantiraverdi.... Ukol tasiri ketib biroz tinchib Temur uygʻondi Hamma endi kechgi ovqatga yigʻilishgan edi Temur ham jim hech kimga qaramasdan kelib joyiga oʻtirdi. Temur oʻtirishi bilan Dilrabo Ahmedova ham kirib keldi ... -Qayerda yurubsan erta chiqib kech keladigan boʻlding?"-dedi Rahmiddin Ahmedov Dilrabo Ahmedova kirib kelishiga. -Dugonalarim bilan gapimiz bor edi koʻp qolib ketdik. -Bugundan hech qanday gapga bormaysan.. -Nega? Voy Temur oʻgʻlim senga nima boʻldi qoʻllaring".-deya Dilrabo Ahmedova Temurni qoʻllarini ushlab oldi. -Hech nima.-deya Temur qoʻllarini tortib olib ovqatini yeb boshladi Dilrabo Ahmedova hayron qoldi... -Temur senga savol berdim aniq yaxshimisan?.. dedi Dilrabo Ahmedova. -Hech nima boʻlmadi dedim".-deya Temur baqirib yubordi Dilrabo Ahmedova choʻchib orqaga tisarildi.. -Temur tinchlan oʻgʻlim. Dilrabo Temurda hammasi yaxshi ovqatingni yegin" .-dedi Rahmiddin Ahmedov... Dilrabo Ahmedova oʻtirmasdan honasiga chiqib ketdi. Temur oʻzini bosishga harakat qilmasin qoʻli qaltirashidan jahli chiqayotganini sezish qiyinmasdi. Ovqatlanib boʻlishmasidan Temur ortiq oʻtira olmadi Uydan chiqib ketdi Ortidan Sardor bormoqchi edi Arlan toʻxtatib qoldi .... Biroz turub Dilrabo Ahmedova yugurib chiqib kela boshladi koʻchaga ketayotganini koʻrgan Rahmiddin Ahmedov toʻxtatib qoldi. -Yana qayerga ketyapsan tinchlikmi? -Temur chaqiryapti biroz aylanib kelaylik ona charchadim dedi. Havotir olyapman bugun boshqacha bu bola....".-dedi Dilrabo Ahmedova shosha pisha. -Dilrabo Ahmedova oʻzizga ehtiyot boʻling... Toʻgʻri yoʻlda yuring. Temurni sinishiga siz sababchi boʻlasiz bir kun".-dedi Sardor Dilrabo Ahmedovadan koʻzini uzmasdan... -Tushunmadim oʻzi bu uyda nimalar boʻlyapti kim sinadi nima sababchi boʻladi menga ham tushuntiringlarchi.. ".-dedi Rahmiddin Ahmedov figʻoni falakga chiqib... -Hammasi joyida Dada. Kech qolyapsiz ona boring tezroq ".-dedi Sardor kesatib... Dilrabo Ahmedova bezovta tashqariga otildi.... Temur uylariga yaqin joyda soy oʻtgandi oʻsha yerda soydan koʻzini uzmasdan oʻtirardi... Dilrabo Ahmedova ham keldi. -Oʻgʻlim senga nima boʻlyapti?".-dedi kelishi bilan Dilrabo Ahmedova. Temur koʻzi toʻla yosh bilan Dilrabo Ahmedovaga qaradi-daa. -Ona har qanday hatoyingizni kechiraman. Lekin hiyonatingizni oʻzga erkak bilan don olishib yurishingizni kechirmayman hech qachon. Bugun meni gʻururimni sindirdingiz ona Akam oldida Arlan aka oldida meni gʻururimni sindirdingiz. -Oʻgʻlim nega bunday deyapsan?? -Moshinadagi erkak kim edi lekin hech qanaqa ish boʻyicha hamkorga oʻxshamadi... Yoki doʻstingizga oʻxshamadi. Birinchi dadamga nima boʻlgan nega men uni koʻrmaganman? Yoki uni ham oʻzingiz oʻldirganmidingiz?". Temurning gaplari Dilrabo Ahmedovaning yuragini teshib oʻtardi. -Yoʻq nega men oʻldirar ekanman. Koʻp ichardi, chekardi mast holatida katta yoʻlga chiqib yuk moshinasi urub ketgan... -Sizni buyrugʻingiz bilan urub ketganmi? Rahmiddin Ahmedovga yani dadamga qanday turmushga chiqgansiz? Nega dadam Sardorni onasidan kechib sizga uylangan. Qanday qilib hammasini aytib bering.... Dilrabo Ahmedova Temurning gaplaridan muzlab ketdi va sekin yoniga oʻtirib gap boshladi. -Temur men Zulfiya bilan dugona edim menga yordam berar edi. Qiynalgan paytim pul berar seni bog’cha toʻlovlaringni ham qilardi. Men unga hasad qildim Rahmiddinga yolgʻon gapirdim xotining hiyonat qilib yurubdi dedim u ham ishondi. Keyin men bilan nikohdan oʻtib Zulfiyani oldiga borib uni uydan haydadi va bir oila boʻlib yashay boshladik sen men Sardor dadang Men baxtli edim hohlaganimni kiyar edim Hohlagan joyimga borar edim... Dilrabo Ahmedova gaplarini tugatmasidan Temur gapirishni boshladi. - Sardorni hech qachon farzand deb bilmagansiz odam oʻrnida qoʻymagansiz. Sizga doʻst boʻlib yordam qilgan ayolni azobga qoʻygansiz. Sizga doʻstlik degan nom uvol. Mening sizni ona deb chaqirishim uvol. Ayol degan nom uvol... Meni ham oʻzingizga oʻxshatib tarbiyaladingiz lekin meni Sardor oʻzgartirdi unga begona boʻlsam ham menga aka boʻldi.... Siz siz inson emas inson koʻrinishidagi Shaytonsiz. Qanday qilib shuncha ishdan keyin yana Dadamni oʻlimini soʻrayapsiz? Siz pulga toʻyasizmi? Dadamga hiyonat qilganingiz uchun doʻzaxga tushishingizdan habaringiz bormi? Meni sizga boshqa gapim yoʻoʻq siz siz..... Temur boshqa gapira olmadi oʻrnidan turub ketib qoldi... Dilrabo Ahmedova tosh qotib oʻtiraverdi Shuncha gapdan keyin ham koʻzidan bir tomchi yosh oqmadi yoki yuzida afsus chekish alomatlari sezilmadi.. Temur uyga kirib keldi hovlida Sardor Arlan va Rahmiddin Ahmedov gaplashib ish boʻyicha maslahatlashib oʻtirishardi. Temur qaddini bukib kirib kelib Rahmiddin Ahmedovning yoniga oʻtirib uni bagʻriga bosdi-da.. -Dada men sizni yaxshi koʻraman. Meni dunyoga kelishimga sababchi boʻlmagan boʻlsayiz ham men sizni dadam deb bilaman. Meni oʻz oʻgʻlingizdek oʻstirganingiz uchun rahmat sizga koʻp yoshlik qildim kechiring".-dedi Temur... Rahmiddin Ahmedov ham Temurni quchib qoʻydida... -Albatta meni oʻgʻlimsan... Kim aytdi senga meni oʻgʻlim emas deb.. Seni kimdir hafa qildimi menga aytchi? Nega bunchalik tushkin boʻlib qolding?.. -Men yaxshiman dada... Aka sen eng zoʻr akasan... Yaxshi dam olinglar hayrli tun".-dediyu Temur honasiga chiqib ketdi Rahmiddin Ahmedov hayron Sardor bilan Arlan hamma narsani tushunib turishardi.... Kunlar shunday oʻtar ekan Temur Dilrabo Ahmedovaga begona insondek yura boshladi. Ammo bu Dilrabo Ahmedovaga zarracha tasir qilmasdi faqatgina Rahmiddin Ahmedov ezilardi shuncha yil oʻgʻlim deya boqib oʻstirgan farzandini koʻrib.... Sevinch oyogʻi tuzala boshlagandi endi gips holatida ham oz oz yura boshladi. Azim unga oʻzi qarardi biroq Mahliyoning unga qarashlariyu gapirishlari Sevinchni ruhan oʻldirib borardi.... Sevinch Mahliyoga ham oson emas u ham baxtli boʻlgisi kelyapti men baxtini toʻsyapman deya gapirmasdi... Ikkala kundosh bir dasturxonda oʻtirib bir oila boʻlib ovqatlanishi qanday azobli holat Mahliyo tishlarini gʻichirlatib jim Muhammadni ovqatlantirardi har zamon undan alamini olib urushib qoʻyardi Azim boʻlsa unga etibor ham qilmasdan har zamon Sevinchga qarab qoʻyib oʻtirardi.. Sevinch hali yuz koʻzlarini koʻkargani ketmagandi. Oʻlik insondek nima yeyapganiga ham qiziqmasdan ovqatlanib oʻtirardi... -Sevinch ertaga shaxar aylantirib kelaymi?".-dedi Azim toʻsatdan. Mahliyoni koʻzlari Azimga qaratildi. -Ajrashish uchun ariza bergani boraylik".-dedi Sevinch Azimga qarab ham qoʻymasdim hissiz... -Sevinch oʻzingga oʻzing tilab olma. Ajrashish hayolingga ham kelmasin".-dedi Azim oʻzini bosishga harakat qilib. -Mahliyo opani baxtli qiling farzandingiz bilan oʻynab kulib yashang men bu uyda ortiqchaman va faqatgina azoblanyapman .. -Sevinch hozir jim boʻlmasang ikkinchi oyogʻing ham sinadi. -Jim boʻlmayman, sindiring unday azoblamasdan oʻldiring tugasin hammasi azoblarim tugasin.... Men baribir sizdan nafratlanaman. -oʻchir!! Azim qoʻlidagi choyni Sevinchni yuziga sepib yubordi. -Davom eting endi pichoqni oting".-dedi Sevinch magʻrur. -Sennnn.... Azim stolga bir musht urdi-yu chiqib ketdi... -Seni dastingdan bir kun ham tinchlik yoʻq oʻlging kelyaptimi? Qayerda oʻlsang ham bu uyda emas hohlagan joyingda oʻl.... Faqat va faqat bu uydan daf boʻl".-dedi Mahliyo. Ertalabdan Nonushta qilmasdan koʻchaga yugurayotgan Dilrabo Ahmedovani Sardor toʻxtatdi... -Toʻxtang onajon.-Dedi Sardor Dilrabo Ahmedovaning yoʻlini toʻsib... -Ha tinchlikmi? -sizga sovgʻam bor hozir hamma yigʻilsin. Dadam ham tushayotgan ekanlar. Yuring nonushtaga hamma yigʻilibdi shu yerda aytaman.-Deya Sardor oʻz joyiga oʻtirdi. Dilrabo Ahmedova ham keldi ortidan Rahmiddin Ahmedov oila jam hammasi yigʻildi. Arlan noqulay boʻlsada koʻnikishga harakat qilardi. Xizmatchilar nonushtaga hamma narsa tayyor qilib olib kelib boʻlishgach Dilrabo Ahmedova gapirdi. -Sardor menga sovgʻang bor ekan qani koʻrmayapman".-dedi Dilrabo Ahmedova... -Sardor senga sovgʻa tayyorlabdimi nahotki".-dedi Rahmiddin Ahmedov hayrat bilan. -Ha dada hammangizni televizorga qarashingizni soʼrayman. Temur kechir".-dedi Sardor Hamma televizorga qaradi Televizorda Dilrabo Ahmedovaga sovgʻa degan yozuv chiqdi va ortidan Arlan va Temur Dilrabo Ahmedovani koʻrgan erkak kishi bilan har xil rasmlari qoʻyila boshladi. Sardor Dilrabo Ahmedovaning ortidan kuzatishga odam qoʻygandi... Hamma shok holatida edi Dilrabo Ahmedova oʻrnidan turub baqirib yubordi. -Sardoooorr -Qilmishlariz fosh boʻldi onajon.'.-dedi Sardor kulib Rahmiddin Ahmedov sukut saqladi lekin jahldan qizarib ketdi. Temur chidab tura olmay oʻrnidan turub borib televizorga mushti bilan qattiq urdi televizor oʻrtasida mushtini oʻrni qolib koʻrsatmay qop qora boʻlib qoldi biroq Temur Sardorga hech nima demadi qarab ham qoʻymasdan uydan otilib chiqib ketdi.... -Senga nima yetmagandi".-deya sukut saqlayotgan Rahmiddin Ahmedov oʻshqirib yubordi.... Sevinch Azim ishga ketishini kutib derazadan kuzatib turdi. Azim endi qoravul qoʻymagandi Sevinchni oyogʻi singandan keyin javob berib yuborgandi... Azim ketganidan keyin besh minutcha kutdi va gips qilingan oyogʻi bilan oqsoqlanib sekin sekin yurub chiqdi Mahliyo oshxona derazasidan uni kuzatib turardi ichida " Ketgin-u qaytib kelmagin" dedi... Sevinch uydan chiqishu bilan yengil nafas oldi va tez tez yurishga harakat qilar oyogʻidagi gips ogʻrirdi ham ammo unga hozir bu ogʻriqni qizigʻi yoʻq uydan uzoqga qochsa boʻldi. Oʻz uyi tomon ketardi yoʻlda ham bironta taksi koʻrinmasdi yurub yurub holdan toyganda taksi kelib toʻxtadi.. -Singlim qayerga borasiz qiynalib qolibsiz-ku ".- dedi Taksis... -Iltimos shu manzilga tezroq haydang amaki".-dedi Sevinch yigʻlab. -Hop singlim yaqin ekanku hozir yetib boramiz... -Shu uymi singlim? -Ha -Oʻn ming boʻladi". Sevinchni yonida puli yoʻqligi esiga tushdi. Choʻntagini qaradi ming soʻm ham pul yoʻq... Koʻzi qoʻlidagi Azim taqgan uzukga tushdi shu paytgacha qoʻlidan yechish esiga kelmagan ekan. Uzukni yechib Taksisga uzatdi. -Amaki shuni oling yaxshi kunlaringizga ishlatasiz. -Qizim yoʻq kerakmas puling boʻlmasa shartmas yaxshilik ham qilish kerak.. -Amaki lekin bu uzukni hozir shunchaki chiqindiga otganimdan sizga foydasi teggani yaxshi ".-deya Sevinchni uzukni berib uyi darvozasini taqillatdi... Rahmiddin Ahmedovning ovozidan uy larzaga keldi.. Dilrabo Ahmedova gapirishga soʻz topolmay qoldi.... -Dada men sizga oʻshanda aytgan edim bu ayolni koʻpchilik tanir ekan deb ishonmagandingiz".-dedi Sardor.. Rahmiddin Ahmedov sekin bosiqlik bilan oʻrnidan turdi-da Dilrabo Ahmedovaning yuziga tarsaki tushurdi buni kutmagan Dilrabo yerga yiqildi, Rahmiddin Ahmedov Dilraboni sochidan sudrab uydan chiqara boshladi.. -Qoʻyib yuboring tushuntirib beraman hammasini qoʻyib yubor dedim senga. Chol qoʻyib yubor".-deya Dilrabo baqira boshladi... -Oʻchir senga bu ham kam Temurni hurmati uchun seni qoʻyib yuboryapman oʻldirardim itdan xor qilib oʻldirardim... Nomussiz vijdonsiz chiq uyimdan".-deya Rahmiddin Ahmedov Dilraboni tashqariga uloqtirdi... Dilrabo Ahmedova ustlari chang sochlari toʻzgʻib ketgan oʻrnidan turdi-da -Itni kunini sening boshingga solaman hammangdan qasos olaman. Hammangni yoʻq qilaman oʻldiraman...".-deya oʻshqirdi Dilrabo. -Koʻzimdan yoʻqol tez bor endi yana oʻsha klublardagi ishingni qil".-dedi Sardor... -Senga shunday zarba berayki har kun oʻlib yashaysan. Sennn... Dilrabo Ahmedova gapini tugatmasidan Temur kelib orqasidan quchdida -Ona...-dedi. -Oʻgʻlim -Deya Dilrabo Temurni quchib yigʻladi... Rahmiddin Ahmedov chidab tura olmay uyga kirib ketdi... Sardor ularni oldiga keldi-da Temurni oʻziga tortdi. -Temur sen mening ukamsan men bilan qolasan yur endi uyga".-dedi Sardor. Temur Dilraboni qoʻyib yubordi-da. -Oʻz onam boʻlib Meni sindirdingiz, gʻururimni yer bilan bitta qildingiz pichoqsiz soʻydingiz. Endi oʻsha erkak bilan baxtli boʻling Sevinch darvozani taqillatar ekan oyogʻida ogʻriq kuchayib holsiz darvozaga suyanib qoldi. Otabek amaki darvozani ochishi bilan Sevinch Otabek amakini ustiga yiqilay dedi yaxshi hamki ushlab qoldi... -Sevinchch senga nima boʻldi?-deya jon holatda baqirib yubordi Otabek amaki. Sevinch oʻtirib qolib yigʻlay boshladi.. -Sevinch sevinch menga qara qizim senga nima boʻldi kim seni bu holga soldi gapir qizim. -Siz".-dedi Sevinch hiqqillab yigʻlagancha. Otabek amakining tan badani qaltirib ketdi. -Men!? Qizim nimalar deyapsan? -Siz shu koʻyga soldingiz dada. Charchadim hayotdan. Sizga qancha yalindim turmushga chiqmay deb dada. Oʻsha Azim meni har kun kaltakladi xotini bilan bir boʻlib menga har kun azob berdi. Nima gunohim bor edi meni dada . Meni baxtli boʻlishga haqqim yoʻqmidi? Kimga ozorim teggandi meni. Onamni kechirmaganim uchun bu menga teggan qargʻishmi? -deya Sevinch qattiq yigʻlay boshladi Azima qoʻrqib ketganidan yugurib chiqdi opasini holatini koʻrib qotib qoldi... -Xotini? Sen u u seni kundosh bilan qoʻydimi?-Dedi duduqlanib Otabek amaki. -Oʻlishni hohlayman dada hamma azoblarim tugashini hohlayman.. -Sevinch -Charchadim dada yashashni hohlamayman iltimos dada meni yubormang. Oʻgʻli bor oʻsha bilan baxtli yashasin farzandining xotining qargʻishiga qoldirmang. Azoblarda qoʻymang.... -Azima tez yordam chaqir tez... Seni hech qachon unga bermayman qizim Ahmoq otangni kechir qizim xato qildim. Kechir meni qizim. Azima tez yordam chaqirdi ammo ular gipsni yangilash kerak deya Sevinchni kasalhonaga olib ketishdi... Mahliyo Muhammad bilan Sevinchni honasiga kirib hamma narsalarini titib koʻra boshladi... -Menga umringizda bir marta olib bermagan narsalarni bunga olib beribsizda Azim Sizni shunchalik hurmat qilardim, qadrlardim afsus sizdan ozgina etibor kutardim. Nega aynan u meni undan nima kamim bor. Men ham ayolman.... Mahliyo Sevinchni kiyimlari taqinchoqlarini koʻrib nafrat bilan qarab gapirardi ich ichidan Sevinchga hasad qilib nafratlanardi... Mahliyoni Muhammadning qattiq yigʻlagan ovozi qoʻrqitib yubordi. Muhammad divanga tirmashib chiqib tushishda yiqilib boshi yorildi.. -Muhammaadd.-Deya baqirib yugurib keldi Mahliyo... Bolasini ushlab oʻzi ham yigʻlagancha Azimga telefon qildi... Azim ham qoʻrqganidan yugurib keldi.... Kasalhonaga olib ketishdi shifokorlar Azimni urushishdi yoshgina bolani yolgʻiz qoldirasizlarmi deya. Azim tishini tishiga qoʻyib jim gapirmadi. Mahliyoga qarab qoʻyib turardi.... Kasalhonadan chiqib endi moshinaga oʻririshganida Sevinch ham kasalhonadan chiqib keldi bir tomonidan Azima bir tomonidan Otabek amaki ushlab olgandi... Azimni yuragi tovoniga tushgandek boʻldi... Moshinadan tushub Sevinchni oldiga keldi. -Sevinch...-Dedi Azim yugurib kelib.. Sevinch Azimga qarab ham qoʻymadi... -Dada meni tezroq olib keting iltimos".-dedi Hiqillab yigʻlagancha.... -Qizim uyga ketamiz havotir olma.. Azimbek siz shu yerda toʻxtab turing sizga gapim bor...-Dedi Otabek amaki va Sevinch bilan Azimani taksi toʻxtatib moshinaga chiqardi-da oʻzi Azimni oldiga qaytib keldi... -Azim men sizga qizimni dur-u gavharimni ishonib topshirgandim afsus adashgan ekanman. Bu qizlarim mening hayotim mazmuni boʻladi... Uni nima aybi bor ediku bunchalikka borib kaltaklab azob berdingiz? Nega ayolingiz boʻla turub meni qizimni baxtsiz qildingiz? Sevinch bilan ajrashasiz ertagayoq ajrashishga ariza tashlaydi.. Afsus qizimni oʻzim baxtsiz qilibman. Yaxshi kuyov- topib olingan oʻgʻil farzand. Yomon kuyov boʻlsa- yoʻqotilgan qiz farzand deya toʻgʻri aytishgan ekan... Qizimni tinch qoʻying endi ayolingiz bilan baxtli yashang.. Otabek amaki shu gaplarni aytib oʻzi ham taksiga chiqib uyiga ketishdi. Azim jahldan uyatdan qizarib ketdi.. Qoʻllari musht boʻlib tuguldi moshinasiga oʻtirib juda katta tezlikda uyga kelishdi. Mahliyo uni nimalar kutayotganini sezib turardi... Mahliyo moshinadan tushub Muhammadni joyiga yotqizishga kirib ketdi Muhammad ukol tasirida uhlab qolgandi... Mahliyo oʻgʻliga qarab siqilib turganida orqasidan baquvvat qoʻllar kelib Mahliyoni honadan sudrab chiqardi.. Bu Azim edi.. Mahliyoni sudrab hovliga uloqtirdi.... -Menda nima gunoh".-deya baqirdi Mahliyo. -Bolaga qaramagansan bu bir, Sevinch uydan chiqib ketishini jim kuzatgansan bu ikki, oʻz haddingni unutib qoʻyding bu uch va meni gaplarim senga tasir qilmagan shekilli".-deya Azim Mahliyoni ura boshladi. -Men koʻrmadim bilmagandim boʻldi iltimos... Mahliyo yigʻlay boshladi.. -Sen odam boʻlmaysan, men Sevinchni hotinim deb tan olaman faqat seni emas sen hech kimsan eshityapsanmi hech kim... Faqat uyda xizmatkor qilishga yaraysan xizmatkor... Azim Mahliyoga oʻshqira boshladi... Bu shovqindan Muhammad uygʻonib ketib yigʻlay boshladi.. -Senda yurak yoʻoʻoʻqqq".- deya Azim yana Mahliyoga qarab oʻshqirib Oʻgʻlini oldiga chiqib ketdi.... Ahmedovlar uyi.... Dilrabo Ahmedova ketib uy fayzga toʻlgan xizmatchilar ham kulib hursand ishlarini qilishar Goʻzal ularga hurmat bilan gapirar koʻngilni ogʻritadigan gap gapirmasdi.... Rahmiddin Ahmedov va Temur chuqur qaygʻuga botgan. Rahmiddin Ahmedov oldindan uni oʻgʻdirishga harakat qilayotganini sezib yurardi Temur uchun jim edi uni koʻnglini ogʻritmaslik uchun gapirmasdi... Temur honasiga chiqib rasmlarini koʻra boshladi yuzida qaygʻu onasi bilan tushgan rasmlarini koʻrib koʻzi yoshga toʻldi Arlan uni eshigi oldida kuzatib turar edi... Temurni koʻzi unga tushdi darrov koʻz yoshini artib -Kiraver aka".-dedi Temur Arlanga kulib. Arlan Temurni yoniga oʻtirdi-da. -Temur Behayo boʻlsin oʻgʻri boʻlsin yomon boʻlsin u baribir Ona undan nafratlanishga hech kimni haqqi yoʻq. U seni toʻqqiz oy yuragi ostida koʻtarib tugʻgan. -Arlan ammo u u meni sindirdi. Oʻz koʻzim bilan koʻrdim... -Hozir senga hech nima demayman biroz vaqt oʻtib oʻzing tushunib olasan albatta uni kechirasan... -Balki lekin bunga koʻzim yetmayapti. -Vaqti kelsa kechirasan... Sevganing bormi? -Qizlar bilan koʻp gaplashganman ammo hech birini sevib qolmaganman. Ancha oldin bitta qizni koʻrgandim Juda mayus chiroyli qiz edi oʻshandan keyin bir marta ham uchratmadim. -Yoʻgʻee bir koʻrishda yurakan urubdida. Taqdiringda boʻlsa uchrashasan. -Ha taqdir bu taqdir ayro taqdir hech kimni sevgani bilan birga qilmagan ayro qilgan.... Oʻzingizni sevganingiz bormi? -Bor edi u hozir boshqani haloli... Ha toʻgʻri aytding taqdirimiz ayro ekan.... Arlan shu gaplarni aytishi bilan Unga qo’ngʻiroq boʻldi begona raqam emas Azimaning raqamidan... Arlan hayajon bilan qoʻngʻiroqga javob berdi.. -Eshitaman Azima senmi?-Dedi Arlan. -Arlan aka.... Yigʻi aralash Sevinchni ovozi eshitildi Arlan hayajon va qoʻrquv bilan... -Sevinch....-dedi -Men uyga keldim ajrashmoqchiman.... -Tushunmadim nega ajrashasan? Men Azim bilan gaplashgandim-ku nima boʻldi? Sen u bilan baxtli yashashing kerak baxtli boʻlishing kerak..".-dedi Arlan jahl bilan. -Ahvolimni kelib koʻring".-dedi Sevinch va yigʻlab telefonni oʻchirdi... -Ming lanat.-Dedi Arlan jahl bilan. -Nima boʻldi Arlan tinchlikmi? -Temur moshinangni hayda bitta joyga borib kelamiz. -Hop ketdik..... Arlan va Temurni ortidan Rahmiddin Ahmedov ham chiqdi Zulfiya opaning oldiga bordi. Zafar amaki va Zulfiya opa bogʻlarida ish qilib yurishardi... Rahmiddin Ahmedov hovliga kirib borib Zafarbek deya chaqirdi. "Hozir" deya Zafar amaki keldi ortidan Zulfiya opa ham keldi. -Kimni koʻryapmiz hush kelibsiz quda keling keling".-dedi Zafar amaki qoʻlini koʻksiga qoʻyib hurmat bilan... -Assalomu alaykum".-deb qoʻydi Zulfiya opa ham. -Rahmat. Koʻpga kelmadim.. -Tinchlikmi quda? -Men Zulfiya meni kechir senga oʻshanda ishonmaganim uchun azob berganim uchun... Zafarbek siz ham kechirasiz koʻp qoʻpollik qildim boylik koʻzimni koʻr qilgan ekan... -Hijolat boʻlmang quda hammasi yaxshi men sizdan hafa emasman shundaymi Zulfiya".-deya Zafar amaki Zulfiya opaga qaradi Zulfiya opa jim yigʻlab turardi. Zafar amaki gapirolmay qoldi.... -Kechirasizlar meni qancha umrim qolganini bilmayman oldindan uzur soʻray dedim.. Zafarbek Zulfiya bilan toʻqson yuzga kirganda ham shunday bir biringizga suyanchiq boʻlib yuringlar.... Nabiralarni ham tarbiya qilish nasib qilsin... Rahmiddin Ahmedov boshqa gapirmadi uydan chiqib ketdi...Zulfiya opa yigʻlab turaverdi Zafar amaki boshqa chidab tura olmay unga qaradi-da... -Rahmiddin bilan birga ket bor ortidan."- dedi. Zulfiya opa jim yigʻlab turaverdi.. -Men oʻzim ruhsat beryapman bor ortidan farzanding yonida yashaysan qiynalib yurmaysan. -Yoʻq meni uyim shu uy ketmayman".-dedi Zulfiya opa koʻz yoshlarini artib va yana bogʻga oʻtib ketdi... Arlan Temur bilan Sevinchni uyiga bordi darvozani Azima ochdi Temur uni koʻrib hursand boʻlib. - Oʻsha qiz-ku baxtimni topdim".-dedi Temur Azima eshikni ochishi bilan toʻsatdan Arlan qotib qoldi Azima boʻlsa Temurga jinniga qaragandek qaradi... -Sen aytayotgan qiz Azimamidi?"-dedi Arlan Temurni turtib. -Ha shu qiz topdim Taqdirim ekan".-edi Temur kulib Azimaga qarab qosh qoqib. -Arlan aka bu yigit boshi bilan yiqilganmi?"-dedi Azima hayron qolib. -yoʻq juda yaxshi yigit. Sevinch qayerda? -Toʻgʻridagi honada".-deya Azima Sevinchni honasini koʻrsatdi. -Rahmat. Temur bilan kelishib olasizlar".-deya Arlan kulib Sevinchni oldiga kirdi... Sevinch yuz koʻzini koʻkargani hali ketmagan qoʻllari shilingan yarasi hali bitmagan oyogʻi gips holatda derazaga qarab oʻtirardi Arlan uni koʻrib joni halqumga keldi.... -Sevinch?-Dedi sekin -Labbay.-Dediyu sevinch yigʻlab yubordi... -Seni kim bu ahvolga soldi kim? Dedi Arlan Sevinchga qarab jahl bilan -AAa.azim-dedi Sevinch hiqildab yigʻlagancha. -Uni tirik qoldirmayman oʻldiraman... Arlan eshikni tepib hovliga otildi oldida Otabek amaki bosh egib Arlanga qarab turardi.. -Assalomu alaykum amaki...-Dedi Arlan gʻazab bilan. -Oʻgʻlim tinchlan. Meni kechir oʻz qizimni baxtsiz qildim. -Oʻshanda nega menga yolgʻon gapirdingiz men Sevinchni shunday yomon koʻrdimki oʻsha payt u shunday qizmi deya.... -Meni oʻshanda ishontirishgandi. Bilmagan edim sendan hozir yagona iltimos Sevinchimni qaytar u hayotdan toʻygan yashashdan umidini uzgan tirik murda. Shaddod Sevinchimni qaytar iltimos. -Uni shu ahvolga solgan Azimni oʻldiraman. - Yoʻq yoʻq toʻxta oʻgʻlim Sevinchni yoniga qayt qasos olish shart emas Uni Allohga qoʻyib ber oʻzi jazolaydi. Ertaga Sevinch nomidan Ajrashishga ariza tashlab kelaman. Sevinchimni qaytar... Arlan hop deya Sevinchni oldiga kirib ketdi... -Siz shu sigirlarni oʻzingiz boqasizmi? Qiynalmaysizmi yordamchi kerakmasmi mobodo".-Temur Azimani atrofida aylanib tinmay gapirardi... -Buncha koʻp gapirasiz... Tugʻulganida hamma yigʻlab tugʻulsa siz gapirib tugʻulganmisiz? -Ha Chet elda Gapga oʻqiganman, Sevganingiz yoʻqmi? Aytib qoʻyay boʻlsa ham u bilan orangizni buzaman. -Jinnida shox boʻlmaydi... Azima shunday deb narvondan tomga chiqa boshladi.. -Hey toʻxta hozi yiqilasan toʻxtaaa. Temur shunday deb Azimaga baqirdi Azima qoʻrqganidan Temurga qariman deya yiqilib ketdi baxtiga Temur uni ushlab qoldi. Bu shovqinga Otabek amaki qoʻrqib ketib yugurib keldi.... Otabek amaki kelsa Temur Azimani koʻtarib bir biriga qarab turishgandi Temurni kelganini Otabek amaki koʻrmagandi kimligini ham bilmaydi Azimani koʻtarib turganini koʻrib unga tegojolik qilyapti deb oʻylab gapirdi... -Kimsaaan Gʻazab bilan gapirdi Otabek amaki Temur choʻchib ketib Azimani yerga tashlab yubordi Azima yiqilib belini ushlab qoldi. -Dada men haligi.. M.meeen Kuyoviz boʻlaman dadajon..-Dedi Temur duduqlanib... Temurni gaplaridan Otabek amaki tutoqib ketdi. -Dadajon? Kuyov. Sen qachondan menga kuyov boʻla qolding bu yerga kel... Otabek amaki shunday deya qoʻliga shu yerda turgan ketmonni olib Temurni quvlay boshladi. -Dadajon toʻxtang hazillashmayapman qizingizga uylanaman'.-Temur hovlini gir aylanib Otabek amakidan qochib shu gaplarni aytardi.... -Senga qizimni beramanmi ahmoq. Qoʻlimga tushsang boshingni sapchadek uzub tashlayman.. toʻxta dedim... -Xoʻrlamang mening ham uvolim bor dadajon... Kuyongizman ahir. -Yana dadajon deydiya toʻxtaaaa... Shovqinga Arlan yugurib chiqdi... Hovliga chiqsa Temur dadajon toʻxtang deya Otabek amakidan qochar Otabek amaki qoʻlida ketmoq bilan Temurni quvardi.. Arlan peshonasiga bitta urdida Otabek amakini oldiga chiqib toʻxtatdi. -Amaki amaki toʻxtang bu men bilan kelgan.-Dedi Arlan Otabek amakini toʻxtatib qoʻlidan ketmonni olib. -Bu Azimaga tegajonlik qilayotgan ekan oʻldiraman koʻz oldimda yerga tashlab yubordi.. -Dadajon aytdimku qizingizga uylanmoqchiman deb".-dedi Temur hansiragancha -Yana dada deydi Arlan hozir buni oʻldirib qoʻyaman. -Amaki tinchlaning Bu Rahmiddin Ahmedovning oʻgʻli. -Rahmiddinnimi? U mening yaqin doʻstim edi hozir boyib bizdek odamlarni tanimaydigan boʻlgan.. -Ura Dadam bilan tanishtirishim shart emas ekan. Dadam dadamni tanir ekan. Toʻylar muboraaak".-dedi Temur kulib.. Otabek amakini yana jahli chiqib ketdi. Arlan yana peshonasiga urib Temurga jim tur degandek ishora qildi Temur gapirmasdan jiddiy turub oldi... -Arlan bunga ayt meni dada demasin Qizimni bermayman.. -dadajon berishingiz shart emas qozoqlardek olib qochaman... Temur jim turolmay yana gapirdi. -Temurrr .-Deya baqirdi Arlan. -Hozir seni ketmon bilan oʻldiraman. Otabek amaki yana Temurni quvlashga tushdi.... -Toʻxtang Amaki. Temur bas qil sen ham. Arlan toqati toq boʻlib baqirdi... -Adashmasam buni onasi ham bir edi hech kimni nazarga ilmaydigan Dilrabo... Otabek amakini gaplaridan keyin Temurni yuzini yana qaygʻu egallab oldi va bir marta Azimagaa qaradida.. -Arlan aka men Moshinada boʻlaman chiqarsiz a?-Dediyu chiqib ketdi... Otabek amaki hayron savol nazarida Arlanga qaradi. -Oilaviy muommo Hozir Dilrabo Ahmedovani uydan haydashgan. -Tushunarli oʻzi oyoq olishlari yaxshi emasdi u ayolni. Joyi endi jannatdan boʻlsin deyman mening ayolim ham shunday edi hato qilgandi.. -Ha amaki yaxshilikka men endi boray ishlarim koʻp edi yana kelaman siz ajrashishga ariza tashlab kelavering. -Hop oʻgʻlim rahmat.... Arlan chiqib moshinaga oʻtirdi Temur Rulga boshini qoʻyib chuqur qaygʻuda oʻtirardi... -Temur senn -Endi bu menga tamgʻami oʻz onam meni yer qildimi? Onamni qandayligini hamma bilar ekan mendan boshqa ...-Dedi Temur Arlan gapini tugatmasidan.. -Yaxshilikka Temur ishga kech qoldik yur endi Sardor oʻzi qiynalib qolgandir.... Temur jim moshinani boshqarib ketdi.... Azim ishdan kelib uyiga kirishi bilan oshxonadan tutun chiqa boshladi yugurib keldi Mahliyo eshikni qulflab oʻzini oʻzi yoqib yubormoqchi boʻlib turgandi atroflari yona boshlagan ikkinchi qavatdan Muhammadning yigʻlagan ovozlari eshitilardi.... -Mahliyoooo jinni boʻldingmii-Deya oʻshqirdi Azim. Mahliyo Azimga qaradi va deraza oldiga kelib barmogʻini kesdida qoni bilan alvido deb yozdi ... -Ming lanat ahmoqsan ahmoqqq ... Azim eshikni tepa boshladi ochilmasdi. Ohiri derazni sindirib oshxonaga kirib Oldin Mahliyoga bir tarsaki tushurdi va eshikni ochib olib chiqib Oʻt oʻchiruvchilarga telefon qildi. Mahliyoni qoʻlida Muhammad yigʻlayverganidan koʻzlari qizarib yuzi koʻkarib ketgan... Azim oʻt oʻchiruvchilarni kuzatib usta chaqirgan oʻzi boʻlsa oshxonaga qarab jahli chiqib hovlida Har tomonga borib kelib yurardi... Oxiri charchab Mahliyoni oldiga keldi. - Sennnn... Nega bunday qilding? Oʻlging kelyaptimi? -Ha charchadim hech kimi yoʻq deb xoʻrlayverasizmi? Men ham insonmanku. Meni nima aybim bor edi.... -Kir ichkariga honangdan chiqmasdan oʻtir. Umuman koʻzimga koʻrinma bir nima qilib qoʻyaman hozir... Hali menga keraksizlar oʻgʻlimni yaxshi koʻraman.. Shu bilan birga seni ham... Azim ustalar yoniga kirib ketdi. Mahliyo kulib honasiga yoʻl oldi hammasini oʻzi uyushtirgandi u hech qachon joniga qasd qilishni hayoliga ham keltirmagandi joni shirin. Azimni biroz qoʻrqitib qoʻyish uchun qilgandi hammasini.... Kun ham yakunlanib zulmat qoplagandek qorongʻu samoda yulduzlar porlab turar Temur hovlida yolgʻiz oʻzi yulduzlarga tikilgancha oʻtirardi... Tunni bedor oʻtkazayotgan bitta u emasdi Rahmiddin Ahmedovda ham uyqu yoʻq Derazadan hovliga qaradi Temur oʻzi oʻtirardi.. Uni oldiga chiqib yoniga kelib oʻtirdi... -Dada uhlamadingizmi?-Dedi Temur -Senchi? -Uyqum kelmadi. -Aldama uyqing kelmadi emas yuragingni muhabbat egallagan va shu bilan birga qattiq azob berayotgan dard ham bor. -Siz meni oʻzingiz oʻgʻlingizdek qabul qildingiz rahmat sizga. Onam ketdi. Endi men bu uyda ortiqchaman, ertaga uydan chiqib ketaman dada... Rahmat hammasi uchun. -Tushunmadim nimalar deyapsan? Oʻzing dada deb turub dadangni tashlab qayerga ketmoqchisan? - Ammo men sizning oʻgʻlingiz emasman-ku. Uyda ortiqchaman... -Sen meni oʻgʻlim... Bu kim boʻldi..-Dedi Rahmiddin Ahmedov. Kimdir qorongʻuda sekin yurub oshxonaga kirib ketdi.. Temur ham Rahmiddin Ahmedov ham sergak tortib oʻrinlaridan turishdi... Ikkalasi har tomondan boramiz deya bir biriga ishora qilishdi endigina sekin qadam bosib yurishayotganida haligi odamni oʻzi chiqib keldi... Temur yugurib borib uni devorga qaratib ikkalaa qoʻlidan ushlab oldi qoʻlida banan edi.. -Banan oʻgʻirlashga tushdingmi?-Dedi Temur Rahmiddin Ahmedov kelib hovli chiroqlarini yoqdi. -Ahmoq nega oʻgʻirlikka tushaman Oʻz uyimda.-Dedi Sardor yuzi devorga yopishgan holatda. Temur darrov qoʻyib yuborib qarasa Sardor. -Sardor nima qilyapsan? Oʻz uyingda oʻgʻirlikka tushgandek?-Dedi Rahmiddin Ahmedov kelib. -Ey dada goʻzal banan degandi... Gaplashib oʻtirgan ekansizlar halaqit bermay degandim. -Halaqit bermading aka yuragimizni yording.... -Ey bor uhla aqllichilik qilmasdan. Sardor honasiga chiqib ketdi. -Temur kirib damingni ol endi toʻgʻri aytdi akang. Uydan ketishni hayolingga ham keltirma... Kunlar shamoldek tez oʻtar Azimga ishxonada payti ajrashish uchun sudga chaqiriq keldi...... Oʻqib koʻzlariga ishonmadi qayta qayta oʻqidi.... Sud ertaga ekan bugun Sevinch bilan gaplashib uni koʻndiraman deb oʻylab Sevinchni oldiga ketdi..... -Goʻzal bugun aylanishga chiqamiz. Tez kiyin. Sardorning toʻsatdan gapirgan bu gapi Goʻzalga olam olam quvonch bagʻishladi... -Qayerga boramiz? -Perashka yeyishga. -Nimaaaa? -Tavba aylanishga dedim-ku gapirmasdan tez kiyinib chiqsang oʻlasanmi? -Hop manaaa ketdim... Goʻzal qornini ushlab tez tez yurib kiyinishga kirib ketdi... Sardor Goʻzalni moshinasi oldida kutib turganida Temur uydan otilib chiqdi... -Temur shoshma nima boʻldi nega hovliqasan. -Onam onam mazam yoʻq deyaptila borib kelaman.. Sardor biroz oʻylanib turdi-da.. -Mayli ehtiyot boʻl.. -Aka kechir u meni tugʻgan osonlikcha kechib ketolmayman. -Hafa emasman seni yana koʻnglingni ogʻritmasin deyapman boraver ehtiyot boʻl faqat.... -Hop.. Temur hovliqib moshinani tez haydagancha Dilrabo Ahmedova aytgan manzilga yoʻl oldi ... Bitta uy oldida toʻxtadi manzilga qaradi shu onasi aytgan uy. Hashamatli tashqarisida qoʻriqchilar turgan... Onasi nega bu uyni aytdi hayron uyga kirib bordi darvoza oldidagi qoʻriqchilar ham jim oʻtkazib yuborishdi... Xizmatchilar yoʻl boshladi Dilrabo Ahmedova yevropacha yarim yalongʻoch kiyimlarda yonida Temur moshinasida ko’rgan kishi bilan oʻtirardi. Temur onasini koʻrib hayratda qoldi kasal odamga oʻxshamasdi... -Onaa si..zzz.z ahvolingiz yaxshimi?-Dedi Temur sal duduqlanib. -Ha oʻgʻlim hammasi yaxshi baxtdan sarmast yurubdi onang hayotdan baxra olib".-dedi Dilrabo kulib... -Meni nega chaqirdingiz? Soppa sogʻ ekansiz-ku. -Oʻlishim kerakmidi Temur.? -Bu kim? Shuni deb dadamga hiyonat qildingizmi? -Hey bola haddingdan oshmaaaa oʻzingni yoʻqotma.-Dedi Haligi kishi... -Mironshoh bu meni oʻgʻlim hali yoshda, tushunib oladi keyinroq.-Dedi Dilrabo nozlanib. -Ona sendan juda nafratlanyapman. Nega meni sen tugʻding a? Nega aynan sen meni dunyoga keltirding? Nega? Nega meni bunday azobga qoʻyyapsan".-deya baqirdi Temur. -Sen mening oʻgʻlim boʻla turub oʻshalar bilan qolding bir marta meni yoʻqlamading.... Meni taxqirlashlariga qarab turding hiyonatkor oʻz onangni sotding . Oʻsha Sardordan ham Rahmiddindan ham qasos olaman. Seni boʻlsa tarbiyalash kerak.... Mironshoh uni shunday tarbiyalangki meni oʻgʻlim ekanligi esidan chiqmaydigan boʻlsin... -Dilrabo Meni Miromshoh deyishadi Shoh. Uni shunday tarbiya qilayki hayratdan yoqa ushlaysan.... -Senlarni tarbiyalaringizga zor emasman Alloh jazoyinglarni bersin ..-Deya Temur uydan chiqib ketayotganida Mironsho Ishora qilishi bilan Qoʻriqchi yigitlar kelib Temurni ushlab yer toʻlaga olib ketishdi... Temur yer toʻlaga tashlab tikka qoʻyib qoʻllaridan bogʻlab qoʻyishdi. -Mironshoh u meni oʻgʻlim koʻp azob berma..-Dedi Dilrabo. -Bunisini menga qoʻyib ber endi oʻzim uni tarbiya qilaman. Sen aralashmaysan.. Ketdim bir oʻgʻlingni karomatini koʻraylikchi.... Mironshoh Temurni yoniga tushib ketdi... Sardor va Goʻzal bogʻda sayr qilishdi. Goʻzal ham uyda siqilib qolgandi hursand boʻldi. Endi uyga qaytish uchun moshinaga chiqishganida Arlan qoʻngʻiroq qildi.... -Sardor kompaniyada muommo bor. Hisobotlar qilinmagan, ishchilar oyligi kechikdi norozi boʻlishyapti... -Hozir boraman Temurni ham chaqir. -Temur javob bermayapti. Boyadan beri nechi marta qoʻngʻiroq qildim.. -Dilrabo yana ilonlik qilib unga azob berayotgan boʻlsa oʻldiraman.... -Onasi-ku azob bermaydi.... Qoʻngʻiroq yakunlandi... Azim boʻlsa Sevinchni uyi oldida darvozani taqillatsammi yoʻqmi deya oʻylanin turardi uyga kirishga yuz ham yoʻq edi aslida.... Kutilmaganda Otabek amakini oʻzi darvodan chiqib keldi Azim ozroq dovdirab qoldi. -A assalomu alaykum dada ahvolingiz yaxshimi? -Va alaykum assalom. Tinchlikmi Azimbek yoʻqlab qolibsiz. -Dada Ajrashish uchun Sevinch ariza tashladimi? Men ajrashmayman meni ajrashadigan xotinim yoʻq.-Dedi Azim oʻzini bechora koʻrsatib.. -Yaxshi kuyov- topilgan oʻgʻil farzand. Yomon kuyov- yoʻqotilgan qiz farzand deb toʻgʻri aytishgan ekan. Men qizimni yoʻqotdim... Ertaga ajrashasizlar men sizga qizimni ishonib topshira olmayman u endi endi hayotga qaytmoqda... -Men ajrashmayman. -Men sizga qizimni bermayman. Ayolingiz farzandingiz bor ekan qaysi yuz bilan yana keldingiz? Keting endi qizimni yana qiynashni keragi yoʻq. -Sevinch bilan koʻrishib undan uzur soʻray azob berganim uchun ruhsat bering. -Hop oxirgi marta.. Otabek amaki Azimni Sevinchni honasiga kuzatib qoʻydi... Sevinch oyogʻi gips oldirgan yaralar bitay deb qolgan yuzida ozgina boʻlsa ham quvonch bilan kitob oʻqib oʻtirardi... -Salom. Har kungidan goʻzalsan.-Dedi Azim kulib. Sevinch uni koʻrib yuzidagi quvonch oʻrnini qoʻrquv egalladi. -Nega keldingiz keting... -Men ajrashmayman buni senga koʻp aytganman. Ertaga borib arizangni qaytarib olasan... -Ajrashaman arizamni ham qaytarib olmayman. Sen bilan yashamayman sen ham odammisan gʻurur bormi senda....-Dedi Sevinch Jahl bilan. -Gʻurur?! Senda ibo hayo bormi oʻzi qaysi yuz bilan erli ayol boʻla turub oʻzga erkak bilan yurubsan. Menga hiyonat qilib meni ruhsatimsiz nima qilyapsan. -Men seni turmush oʻrtogʻim demaganman.. Va aytmayman ham. -Ajrashishga bergan arizangni qaytarib olasan ertaga birga boramizda biz kelishib oldik deymiz. -Sen bilan ajrashaman. Kelishmayman. Arizamni ham qaytarib olmayman. Hozir Arlanni chaqirmasimdan ket bu yerdan. -Demak oʻzingga oʻzing tilab olding. Endi oʻsha shahzodang ham seni mendan qutqara olmaydi... Ertagacha muhlat balki oʻylab koʻrarsan... Oʻzgarish boʻlmasa....... Oʻshanda aytaman..-Dedi Azim va honadan chiqib ketdi. -Taq taq taaaaq Temur men tomonga oʻtib Oʻgay dadangga qarshi boʻlasanmi?-Dedi Mironshoh Temur oldida borib kelib. -Sen Aytyapgan oʻsha oʻgay dadam bilan senga qarshi boʻlaman... -Alam qilyaptimi? Oʻz onang seni qiynashimni soʻradi-yaaa oʻz oʻgʻlini. Juda ogʻir boʻlsa kerak ammo buni menga qizigʻi yoʻq.. Oxirgi marta soʻrayman men tomon boʻlasanmi? -Tfuuu sendaylarga.-Deya Temur Mironshohni yuziga tupurdi.... -Endi oʻzingdan koʻr Mironshoh gʻazab bilan Temurni qiynab ura boshladi.. Temur qanchalik oʻzini kuchli qilib koʻrsatishga harakat qilmasin ogʻriqlar jondan oʻtib ketib oxiri ogʻriqdan ingranib egalib qoldi... -Senga aytyapman men tomon boʻlasanmi??? -H...hh.eee..chh qa..cho...nnn-Dedi Temur nafas olishga ham qiynalib... -Oʻzingdan koʻr temirni olovga qoʻyinglarrr.-Deya oʻshqirdi Mironshoh... Odamlari darrov temirni olovga qoʻyib olib kelishdi.. -Oʻzing hohlading bu tamgʻa senga butun umrlik saboq boʻladi... Mironshoh temirni Temurning yelkasiga bosdi Temur ogʻriqdan baqirib yubordi uning ovoziga Dilrabo oyogʻi kuygan tovuqdek yugurib kelib Mironshohni qoʻlidan temirni oldi..... -Arlan ishchilar oyligini toʻgʻirladim ertaga hammasi pullarini olishadi. Keyin Hisobotni ertalabgacha tayyor qilib stolim ustida boʻlishi kerak buni senga ishonib topshirdim... -Hisobot birinchi marta qilishim oldin bunday ish qilmaganman menga yordamlashgani kimdir kerak. -Temur kelsinchi u bilan qilasan... Dadamni qayergadir sayohatda yuborish kerak dam olib keladilar uydan siqilib oʻzini yeb tugatadi. -Amakim Onangni sogʻingan. Afsuski onang boshqani umr yoʻldoshi. Qayting deb aytolmaysan ham... -Exxxx bu taqdir... Nega bizni taqdirimiz bunchalik a. -Alloh suygan bandalarini sinaydi. Kech boʻldi charchadim. Temurni ham qidirib koʻraylik uyga bormagan boʻlsa qayerda qoldi ekan. Uni yana Zahar Ahmedova koʻnglini sindirgan... - Ha ketdik.... Arlan va Sardor uyiga kirib borishar ekan hayratdan yoqa ushlashdi Dilrabo Ahmedova yana oldingi holatida hovlida Rahmiddin Ahmedov yonida oʻtirardi qaysi yuz bilan kelib yana hech narsa bilmagandek oʻtirishi Sardorni gʻazablantirdi.. -Sen nega kelding bu uyga.-Deya gʻazab bilan oʻshqirdi Sardor. -Sardor tinchlan-Dedi Arlan Sardorni turtib. -Hush kelibsan oʻgʻlim! Koʻrishmaganimizga ham koʻp boʻlmadiyu seni sogʻinib qolibman. Har holda oʻgʻlim eding.-Dedi Dilrabo yana oʻsha ayyorona kulish bilan... -Ovozingni oʻchirib maqsadga oʻt Sardor kelsin deyotganding keldi endi gapingni boshla..-Dedi Rahmiddin Ahmedov gʻazab bilan... -Hop Cholim gʻazabingizni endi menga sochmang.. -Heyyyy.-Deya yana oʻshqirdi Sardor. -Tishshsh Sardor!! Temur bugun oldimga keldi meni sogʻinganini aytdi men bilan birga yashamoqchiligini, oldingidek baxtli boʻlmoqchiligini aytdi.. Oʻgʻlim har holda tugʻganman azoblar bilan kechirdim endi u bu uyga kelmaydi men bilan yashaydi tez kunlarda chet elga chiqib ketadi ishlashga narsalarini olib ketishga keldim.. -Nimaaaa? Ketadi. Temur unday qilmaydi u sendek noinsof emas.-Dedi Rahmiddin Ahmedov. -Esingizdan chiqmasin u meni oʻgʻlim men tarbiya qilganman. Endi ruhsatingiz bilan narsalarini olib ketsam.-Deya Dilrabo Ahmedova oʻrnidan turub Temurni honasiga chiqib ketdi.. Arlan bilan Sardor hayratdan qotib turishardi... Kechagi voqealardan keyin ertalabdan Sardor kayfiyatsiz uygʻondi.... Ishga ketishi uchun tayyorlanib tushdi Arlan allaqachon kiyinib ketishga shay turgan ekan. -Yaxshi dam oldingmi Arlan. -yaxshimas. Bugun menga ruhsat berasan bir soat ishxonada boʻlaman undan keyin sudga ketishim kerak. -Tushunmadim nima boʻldi qanaqa sud? -Sevinch bugun ajrashadi nomard eri bilan. Yonida boʻlishim kerak.. Hisobotni keyin qilaman. -Arlan! Oʻshqa qizga uylamasanmi? Ajrashganidan keyin erdan qaytgan ayolga uylanasanmi?-Dedi Sardor Arlandan koʻzini uzmay. Arlan biroz sukut saqlab turdi... -Arlan?? -Yoʻq uylanmayman shunchaki uni azoblardan qutqarmoqchiman..-Dedi Arlan nihoyat tilga kirib. -Tushunarli... Ketdik unday boʻlsa... Temur ogʻriqlardan ingranib ikki qoʻli har tomonga tortilib bogʻlamgan holatda suv deya gapirar hech kim etibor bermasdi nima deyapti deya qarab ham qoʻyishmasdi. Nihoyta Dilraboni oʻzi qoʻlida nonushta va malhamlar bilan tushun keldi .. -Temur yaxshimisan oʻgʻlim.-Dedi Dilrabo huddi oʻgʻliga gʻamxor onadek koʻrsatib oʻzini. -oʻgʻlim demang meni .... Men sizndan kechdim essiz nega men sizni oʻgʻlingiz boʻlib dunyoga keldim".-dedi Temur koʻzlari yoshga toʻlib. -Meni oʻgʻlimsan. Men tomon boʻlasan seni oʻsha Cholga berib qoʻyamanmi? Esingni yedingmi? Sardorni xotinchasi tugʻganidan keyin seni hech vaqosiz uydan haydashadi. Shu kerakmi senga?.. -Sen nonkoʻr boʻlsang hamma ham shunday degani emas. -Hozir sen meni senlading a oʻz onangni senlading shundaymi?? -ha endi shunday deyman. Hech kimsan menga hech kimmm.-Deya oʻshqirdi Temur. -Oʻchir.-Deya Dilrabo bir stakan suvni yuziga sepib chiqib ketdi. -Alloh jazoyingni bersin senii onamish shaytonsan.-Deya baqirdi orqasidan Temur... Dilrabo orqasiga qarab ham qoʻymasdan chiqib ketdi.... Sevinch ming hayajon bilan sudga yoʻl oldi oʻzida yoʻq hursand nihoyat azoblari tugaydi. Sud zali eshigi oldida kutib turar ekan yuzida tabassum koʻzida quvonch bor edi. Qora bulutdek Azim keldi.. -Oʻylab koʻrdingmi?-Dedi Azim kelishi bilan. - Oʻylab koʻrishga hojat yoʻq sen bilan yashamayman hotining bilan yashayver. -Demak oʻzingga oʻzing tilab olding. Men bilan ajrashib oʻsha shahzodang bilan baxtli yashayman deb oʻylayapsanmi? Bekorlarni aytibsan boshingga shunday kunlarni solaman oʻzing kelasan oldimga.... -Hech qachon bormayman oʻlganim yaxshi. -Kelasan yalinib kelasan. Oʻzing ikkinchi xotinim boʻlishingni soʻrab kelasan... Muhabbatimni nafratga aylantirganingni oʻshanda bilasan. -Undan keyinchi? Arlan kastyum shimlarda qora koʻzoynak taqib savlat toʻkib kirib keldi... -Ayolim bilan gaplashyapman katta burning bilan qoʻshilmay tur.-Dedi Azim gʻazab bilan -Burnim senikidan kichik adashmasam. Shu gaping uchun boʻgʻib oʻldirardim seni oʻldirib gunohlaringni toʻkmay deb turubman. Dedi Arlan ham Azimning qarshiga kelib turub. -Bizni navbatimiz-Dedi Sevinch. Oradan bir soat oʻtib hursand chiqdi Sevinch sud zalidan goʻyo uchar edi yettinchi osmonda. Koʻzlari quvnardi har qaraganda Arlanga. Azim boʻlsa ich ichidan nafratlana boshladi ikki sevishganlardan... Gʻazab bilan eshik tepib chiqib ketdi... -Rahmat sizga Arlan aka meni bu azoblardan qutqarganingiz uchun."-dedi Sevich Arlanga quvnoq boqib. -Sen baxtli boʻlsang boʻldi menga shuni oʻzi yetadi. Senga maslahatim endi turmushga chiqma otang oldida hizmatini qilib yur ...-dedi Arlan Sevinchga. Arlanning gaplaridan Sevinchni yuzi mayuz tortdi yana. -Hop. Dadamni hizmatini qilaman rahmat yana bir bor..-dedi Sevinch va oʻzi yugurib taksi toʻxtatib ketib qoldi... Arlan oʻz gaplaridan afsuslanib qalbida ogʻriq his qildi. Ne boʻlsa boʻlsin endi deya qabriston tomon yoʻl oldi... Sevinch uyiga yigʻlab kirib bordi Otabek amaki yugurib chiqdi.. -Qizim nima boʻldi? Ajrashmadingmi? -Ajrashdim dada hursandman..-Dedi Sevinch koʻz yoshlarini artib.. -Nega yigʻlayapsan unda qizim? Yuzing yana mayuz yoki ajrashganingdan afsuslanyapsanmi? -Yoʻq dada.. Hammasi yaxshi ertaga ish topaman ishlayman uyda oʻtirsam meni uy yeb tugatadi.. -Ha oʻzingni ehtiyot qilsang boʻldi. Singlingga ham sovchilar kelishni boshlagan oʻzingizni ehtiyot qiling. Meni gʻururimsizlar.... Sardor endi uyiga darvozadan kelishi bilan ortidan Arlan ham kirib keldi... -Arlan ish nima boʻldi..?-Dedi Sardor. -Tugadi ajrashishdi. Uyda mehmon bormi? -Shunaqaga oʻxshayapti. Sardor bilan Arlan ichkariga kirishar ekan bir dasturxon atrofida Zulfiya opa Rahmiddin Ahmedov Goʻzal Zafar amaki Sardor bilan Arlanni kutib ovqatlanmay oʻtirishardi... Sardor onasini koʻrib hursandligidan quchib oldi. -Onajonimmm keldingizmi?-Dedi Sardor Zulfiya opani quchib. -Ha keldim oʻgʻlim. Goʻzalni olib ketgandan keyin meni esingdan chiqarding qoʻyding a yaramas bola."-dedi Zulfiya opa. -Onajonim siz esimdan chiqmaysiz doim yuragimdasiz. -Oyimni qoʻyib yuboring Meni onam boʻladilar"-dedi Goʻzal Zulfiya opani yoniga oʻtirib. -Ey sen bor yoʻqol baqoloq. Meni onam... Ishingni qil."-dedi Sardor va sekin Zafar amakiga qarab qoʻydi Zafar amaki buni sezib miyigʻida kuldi... Rahmiddin Ahmedov Sardor va Zulfiya opaga qarab entikib qoʻydi Arlan Rahmiddin Ahmedovni yelkasiga qoʻlini qoʻydi oʻzingizni qoʻlga oling degandek dalda berib. Rahmiddin Ahmedov ham Arlanga qarab bosh qimirlatib qoʻydi... Hammasi jam boʻlib ovqatlanishdi biroz gaplashib boʻlishgach Zafar amaki ketadigan boʻldi. Zulfiya opaga ketdik demasdan jim chiqib ketayotganida Zulfiya opani oʻzi gapirdi . -Ketamizmi dadasi.-Dedi Zulfiya opa... Rahmiddin Ahmedov oʻtirgan joyida ozgina silkinib qoʻydi. -Ketaman. Sen qolasan uyingga olib keldim endi farzandlaring bagʻrida yashaysan".-dedi Zafar amaki... -Yoʻq men oʻz uyimga ketaman yaxshi qolinglar. Goʻzal qizim oʻzingni ehtiyot qil Sardor oʻgʻlim unga etiborli boʻl.-Dedi Zulfiya opa va Zafar amaki bilan yoʻlga otlandi Zafar amaki " Qaysar xotin" dedi kulib va Zulfiya opa bilan uyiga ketdi. Hammani koʻzi Rahmiddin Ahmedovda edi Rahmiddin amaki hech kimga qaramasdan honasiga chiqib ketdi.. Boshqalar ham jim hech nima demasdan oʻz honalariga ketishdi. Erta tongdan Mironshoh va Dilrabo Temurni yoniga tushishdi suvsizlikdan sillasi qurigan koʻzini ham bazoʻr ochayotgan Temur Dilraboga chorasiz boqdi-da.. -Ex onaaaa-Dedi Temur. - Oʻgʻlim qaysarlikni qoʻygin endi, kel men bilan meni yonimda boʻl...-dedi Dilrabo -Suvvv...-Dedi Temur.. - Suv hozir . Dilrabo darrov suv olib ichirdi Temurga. -Qoʻyib yuboring yoki oʻldiring charchadim sizdan ham hayotdan ham. Dedi Temur. -Men bilan ishlaysan. Sardor bilan hamkor boʻlishim kerak sen borasan hamkorlik taklif qilgani...-dedi Mironshoh. -Shunday katta kompaniya kelib kelib sen bilan hamkor boʻladimi? Seni noqonuniy harom ishlaringga hamkor boʻladimi?-Deya Mironshohni ustidan kuldi Temur. -Haaa sen shunday qilasan. Hamkor boʻlmaganiga qoʻymaysan yoki hamkorlik yoki Sardorni oʻlimi tanla. Dedi Mironshoh. Temur arosatda qoldi. Hamkorlik taklif qila olmaydi Sardor hech qachon uning kompaniyasi bilan hamkor boʻlmaydi bormasa Sardor oʻladi. -Sardorni oʻrniga Onam oʻlsa boʻlmaydimi?-dedi Temur nafrat bilan Dilraboga qarab... Dilrabo tosh qotdi oʻz oʻgʻli unga oʻlim tilaganini koʻrib. -Qoyil oʻz onangni oʻldirmoqchimisan? Afsus onangni oʻldirolmayman u meni boy qilgan oʻgay dadangni pullariga shunday kompaniya qilib yurubmanda Temur".-dedi Mironshoh juda baland ovozda Dilraboga qarab kulib -Nima? -Deya Temur Dilraboga qarab qoldi. -Ikkalangizga ham hozir bitta haqiqatni aytishim kerak... Temur haqiqiy otang oʻlmagan u tirik..-dedi Dilrabo. -Qayerda u men topaman qayerda boʻlsa ham".-dedi Temur .. -Sening otang aslida Mironshoh.... Dedi Dilrabo Mironshohga qarab. Temur ham Mironshoh ham qotib qolishdi.... Arlan va Sardor ishga ketayotganida svitafor oldida toʻxtashdi Arlanni koʻzi Temurni moshinasiga tushdi uni qop qora kiyingan bitta barzanggi yigit boshqarardi. -S.Ssardor Temurni moshinasi-ku bu.-Dedi Arlan darrov Temurni moshinasini tanib.. -Rostan ham u Temurniki. Temurni oʻzi qayerda moshina ichida yoʻq a? -Yoʻq ketyapti ortidan hayda... Bu Dilrabo Temurga nimadir qilgan tezroq Sardoor.. -Oʻldiraman Temurni qiynagan boʻlsa Dilrabo oʻldiraman... Sardor izma iz Temurni boshinasi ortidan keldi... Moshina tor koʻchalar bilan Mironshohni uyiga kelib toʻxtadi... Hashamatli uy.. -Bu kimni uyi boʻldi? Dilrabonimi?-Dedi Arlan. -Ichkariga kirsak bilamiz endi ketdik....dedi Sardor. -Yoʻq yoʻq yoʻq meni otam oʻlgan boʻlsin ha oʻlgan oʻlgan kerakmas menga unday ota. Mening otam Rahmiddin Ahmedov...-deya baqirdi Temur... Temurni otam Rahmiddin Ahmedov deya baqirgani Sardor va Arlan eshitishdi ovoz kelgan tarafga qarab yugurishdi..... -Bu nima deganing Temur. Otam kim deb soʻrar edingku endi bu nima deganing..-deya Dilrabo ham baland ovozda gapirdi... -Kerakmas dedim sizgaaa Meni otam Rahmidddinnnnnn-Deya yana baqirdi Temur.. Sardor va Arlan ham hansirab yugurib tushishdi. -Temuuurr.-Dedi Sardor Temurni ahvolini koʻrgan Sardo tomogʻiga nimadir tiqilgandek boʻldi.. -Akaa olib keting, yoki oʻldiring men boshqa tura olmayman men yashashni hohlamaymna aka olib keting...-dedi Temur koʻz yoshlarini tutub tura olmay... Yuragi ikkinchi marta chil chil sindi.... Sardor ham koʻzi yoshga toʻlib yugurib keling qoʻlidagi arqonlarni yecha boshladi.... Shok holatida nima deyishni bilmay turgan Mironshoh tilga kirdi. -Temur meni oʻgʻlim? Buni nega menga aytmagansan???-Dedi Mironshoh Dilraboga qarab. -Nima? Oʻgʻil? Seni u . Sen Temurni.... Sardor toʻxtab duduqlanib gaplarini bir biriga ulab gapirolmay qoldi... Arlan tezlik qilib darrov Temurni qoʻllarini yechdi qoʻllarini yechishi bilan Temurni oʻzini tashab yubordi holsiz oʻtirib qolib boshini ushlab yer mushtlab boshladi. -Keyin tushuntirib beraman Mironshoh.-dedi Dilrabo. -Seni oʻldiraman oʻldiraman Ilonnn.-deya Sardor Dilraboni boʻgʻishga yugurdi Arlan ushlab qoldi. -Qoʻyib yubor Arlan u ayol emas ayol degan nom uvol ungaaa.-Deya baqirdi Sardor... -Sardor Temurni ahvoli ogʻir uni olib ketaylik doʻxtirga olib borish kerak. Sardor Temurga bir qarab qoʻydi-da ... -Seni baribir oʻldiraman bilib qoʻy...-Dedi Sardor Dilraboga va Temurni bir tomonidan koʻyardi bir tomonidan Arlan koʻtardi... -Toʻxta! U bu uydan chiqmay shu uyda qoladi. U meni oʻgʻlim ekan vorisim shu uyda qoladi.-dedi Mironshoh. -Aka olib keting bir daqiqa ham qolmayman aka olib keting".-dedi Temur. -Ukam senga hech kim azob bermaydi men tirik ekanman seni yoningdaman...".-dedi Sardor. -Temur kechir sen shu uyda qol.-dedi Mironshoh. Temur Mironshohga qaramasdan "ketdik" deya yurub ketdi... Mironshoh oʻzidan oʻtganini oʻzi bilib jim qoldi... Dilrabo hech nima deya olmadi jim turaverdi... -Temurni Abdullohning oʻgʻli deganmiding, uni koʻzlari menikiga oʻxshaydi desam yoʻq Abdullohni oʻgʻli deganding? Men senga oʻyinchoq boʻldimmi?"-deya Mironshoh Dilraboga oʻshqirdi. -Nima deyishim kerak edi? Aytganim bilan nima oʻzgarar edi. Temur bilganida Rahmiddin bilan ajrashmagunimcha tinchimasdi keyin hech qanday ish qila olmasdiz oʻsha sigaret sotib yuravarardingiz".-dedi Dilrabo. -Endi Temur meni kechirmaydi hech qachon uni oʻzim qiynadim otasi boʻla turub qiynadimmmm. Deya boshini ushlab chiqib ketdi Mironshoh. Dilrabo haqiqatni aytganiga oʻzidan jahli chiqa boshladi Sevinch ish qidirib koʻchada yurub borar ekan Arlan bilan birga oʻtkazgan baxtli onlarini eslab borardi nogoz koʻzi Arlan ishlaydigan qurilishga tushdi Arlanni koʻrib oʻtay deb bordi Javohirni oʼzi bor edi. -Assalomu alaykum. -Keling Savinch. Tinchlikmi? -Dedi Javohir ishini toʻxtatib.. -Arlan aka qayerda? -Arlan siz turmushga chiqdingiz keyin buvisidan ayrildi juda qiynalib qoldi. Hozir bitta kompaniyada ishlayapti adashmasam. Qaysiligini bilmayman. Sardor Temurni uyiga olib ketib Arlanni ishga yubordi... -Temur senga nima boʻldiii. Rahmiddin Ahmedov kelib Temurni quchib yaralariga qarab qoldi.. -Temur ahvolingiz yaxshimi? Men dorilar olib kelaman...-Deya Goʻzal dori malhamlar olib kelish uchun qornini ushlab tez tez yurub ketdi.. -Dada siz meni dadamsiz a?-Dedi Temur. -Ha oʻgʻlim sen mening oʻgʻlimsan aytgamanku senga meni oʻgʻlimsan. Temur Ahmedovsan... -Temur oʻzingni qoʻlga ol... -Dedi Sardor. -Mana olib keldim.. Goʻzal qoʻlida dorilar olib keldi... Sardor oʻzi olib Temurni yetaklab honasiga chiqib ketdi.. -Azim aka endi tinchgina baxtli yashaylik oʻgʻlimizni tarbiya qilaylik".-dedi Mahliyo Azimga. -Baxtli yashash? Men baxtli edim Sevinchni har kun koʻrib turganimdan baxtli edim tushunyapsanmi baxtli edim... Nega senga oʻralashib qoldim oʻzi. Qayerdan chiqding. Bezor qilding meni.. -Menda nima ayb oʻzingiz aybdor hammasiga. -Oʻchir ovozingni, hozir men boʻlmaganimda ahvoling ne kechishini bilasanmi? Nima boʻlardi itdek oʻlib ketmasmiding oʻshlarni qoʻlida.. -Oʻlib ketganim yaxshi edi oʻshalarni qoʻlida bunday azob chekib yurganimdan... -Senga yaxshilik qilsam endi afsuslanyapsanmi? Bor chiq oʻlib ketmaysanmi? Yoʻqolib ketmaysanmi? Muhammadga qoʻlingni ham tekkizma uni boqa olaman sen boʻlsa chiq. Afasusdamiding oʻlmoqchi eding a? Bor chiq!.. -Muhammad meni oʻgʻlim uni sizga bermayman. -Ovozingni balandlatib gapiradigan boʻlibsanmi? Meni bilasan a? Maqsadimga erishish uchun hech nimadan qaytmayman Muhammadni yonimda qoldirish uchun seni soʻyib tashlashdan ham qaytmayman. Farzand kerak boʻlsa uyga kirda jim boʻlib bolaga qara... Mahliyo yigʻlab Azimni oldidan chiqib ketdi. Atrofida qoʻriqchilar oʻzi boʻlsa kresloda oʻtirib sigaret tutatib ham ichib alamini ichkilikdan olib Mironshoh oʻtirardi. Bu mushkulotdan qanday chiqishni bilmasdi oʻz oʻgʻlini azoblagani, endi undan nafratlanyapgani, Dilraboning yolgʻoni hamma hammasini oʻylab ichib oʻtirardi..... -Oʻz oʻgʻlimni qiynadim va oʻz oʻgʻlim mendan nafratlanadi. Meni oʻlgan boʻlishimni hohlayapti. Begonani otam deyapti. Qiziq a? Nima deysan Qoraa".-deya tepaga qarab alamdan kulardi Mironshoh... -Biz qiynoqqa solgan yigit sizni oʻgʻlingizmidi janob".-dedi Qora laqabli Mironshohning ishongan odamlaridan bittasi. -Qiynoqqa solgan qachon qiynoqqa soldinglar".-deya baqirib yubordi Mironshoh -Tunda Dilrabo xonim buyurgandi. -Nima??? Uni qiynashni buyurdimi? Sen nega menga aytmasdan uni aytganini qilding.-Mironshoh Qorani tepib tashadi va "Dilraboooo qayerdasaaan"? -deya baqirdi. Ikkinchi qavatda turub Dilrabo gapirdi.. -Tinchlikmi Mironshoh? -Temurni tunda yana qiynoqqa soldingmi? -Ha gapimga kirmadi aytganimmi qilmadi. -Sen qanday onadan oʻz oʻgʻlingga azob beradigan? -Aytganimni qilmadi. Meni onasi deb bilmas emish. -Toʻgʻri qiladi. Ertaroq menga aytganingda edi haqiqatni men uni shahzodalardek qilib qoʻyar edim. Begonani qoʻlida qoʻymasdim qachon meni oʻgʻlim deb chaqirar ekan deb kuttirib qoʻymasdim. -Hech nimasiz qolar edingiz... -Endi sen hech nimasiz qolasan Temurni qanday boʻlmasin koʻngliga yoʻl topib uzur soʻrayman va bor mulkni nomiga oʻtqazaman. Seni koʻchaga haydasa ham etibor qilmayman. Koʻzingni boylik koʻr qilibdi.... -Temurni ahvoli yaxshimi? Doʻxtir chaqirarsiz balki?-Dedi Goʻzal Sardor va Arlan gaplashib oʻtirishganida oldiga kelib. -Doʻxtirga bormayman deyapti ertagacha uhlab dam olsin oʻziga kelib qoladi... Keyin sen tuzukroq koʻylak kiy. Singlingni koʻylagini kiygandek boʻlib turubdi koʻylaging bor yoʻqol koʻzimga koʻrinma sharmanda".-dedi Sardor. -Sardor sekinroq baqir. Homlador-ku. Dedi Arlan Sardorni yelkasi bilan turtib. -Oʻzingiz sharmandasiz, oʻzingiz yoʻqoling va koʻylagim yaxshi turubdi. Kelib kelib sizga gapiramanmi?-dedi Goʻzal va Sardorga gʻazab bilan qarab qoʻyib honasiga chiqib ketdi. Sardor ortidan kulib kuzatib qoldi... Ularni koʻrgan Arlan havas qilardi uni ham oilasi boʻlishini ota boʻlishni orzu qilardi... -Arlan qachon uylanasan?-Dedi Sardor hayolot olamiga gʻarq boʻlib yerga qarab oʻtirgan Arlanga qarab. -Uylanmayman. Koʻngilga yoqadigan qiz topa olmadim. Onamga oʻxshagan qiz boʻlsin deb ham ayta olmayman onamni eslolmayman... Faqat bittagina rasm bor ularni eslatadigan... -Ammo butun umr boʻydoq yura olmaysan. Yolgʻizlik Allohga xos. -Toʻgʻriıii -Sevinchga uylanasanmi? Uni hali ham sevasan-ku. -Qanday qilib uni erdan qaytganligini birovning xotini boʻlganligini hazm qila olaman. Gʻururim yoʻl qoʻymaydi birovdan qolganni xotinim deyishga".-dedi Arlan alam bilan. Sardor hech nima demadi. Tushunib turardi Arlanni holatini Arlan Sardor bilan gaplashib honasiga chiqib endi yotganida Sevich qoʻngʻiroq qildi... -Hayrli kech Sevinch tinchlikmi kech boʻlganida. -Oʻzingizga ham hayrli boʻlsin.. Nima qilyapsiz? Nega buvingiz olamdan o’tganini menga o’ziz aytmagansiz? -Aytganim bilan nima qila olasan buvimni qaytarib bera olasanmi? Aslida sen aybdorsan. Oʻsha kuni siqilib uyga bormadim buvim mendan havotiir olib davleniyasi oshib ketganidan qattiq siqilganidan bu dunyoni tark etdi seni deb boʻldi...--dedi Arlan ovozini koʻtarib Sevinch yigʼlab yubordi. -Kechiring.-Dedi hiqqillab yigʻlagancha... -Kechiriming bilan buvim qaytib kelmaydi. Mendan uzoq boʻl iltimos meni umuman bezovta qilma. Meni unut".-dedi Arlan oʻzi ham koʻzi yoshga toʻlib. -Mmmeennn hohlamagandim... -Seni yomon koʻraman Sevinch. Baxtli boʻl baxtingni top. Senga men uylana olmayman birovning xotini eding. Koʻzimga koʻrinma iltimos. -Ammo men bokiraman...-Dedi sevinch yigʻlab. Arlan telefonni oʻchirdi. Aytgam gaplaridan oʻzi uyalib azoblana boshladi. Koʻzidan nogohon bir tomchi yosh tushdi. Sevinchni yomon koʻrmaydi uni oʻzidan sovutish uchun shu gaplarni aytgandi.... Sevinch yuziga yostiq bosib yigʻlay boshladi... -Opaa nega yigʻlayapsiz? Azima kelib Sevinchni quchdi... -Men men uzoqlarga ketishni hohlayman Azima uzoqlarga hech kim yoʻq joylarga ketishni hohlayman... -Opa oʻzingizni qoʻlga oling. Bizga keraksiz. Dadamga menga keraksiz. Biz nima qilamisz bizni oʻylamayapsizmi?-Deya Azima ham yigʻlab yubordi.... -Shu yerdaman singlim shu yerda.-deya Sevinch yotib koʻzlarini yumishi bilan derazasi taqilladi... Bu ovozni Sevinchning koʻzlari porlab ketdi... -Arlan akami? Dedi Azima Sevinch sakrab turub derazani ochdi. Ne koʻz bilan koʻrsinki deraza oldida Temur turardi... Yuzlari shilinib koʻkargan qoʻllari bint bilan bogʻlangan Sevinch qoʻrqib ketdi. -Sennnn.... -Temurman. Azima qayerdaa uni koʻrsam maylimi?"-dedi Temur. Bu ovozni Azima tanib yugurib keldi. -Siz? Nima qilyapsiz bu yerda?-Dedi Azima. -Men bilan gaplashib oʻtir iltimos hozi oʻzimni oʻldirgim kelyapti bu gunoh iltimos men bilan oʻtir men seni yaxshi koʻraman..."-dedi Temur koʻzi yoshga toʻlib.. -Men hozir senga yaxshi koʻrish qanday boʻlishini koʻrsataman Yana keldingmi?.-dedi Otabek amaki. -A.Aaamakii.. -Hozir koʻrasan mendaaaan...- Otabek amaki yana Temurni quvib ketdi Temurni daraxtni aylanib oʻtib uyga kirib ketdi va tomga chiqib oldi..... -Tush dedim senga. Kech boʻlganda ham tinchlik yoʻqmi endi. Tush dedim sengaaa. -Amaki kuyovizman deganman-ku qizingizga uylanmoqchiman.-Temur tomda turub baqirdi... -seni hoziirr. Arlan arlan qayerda. Otabek amaki Arlanga telefon qilib Arlanni chaqirdi.. Arlan bir pasda Sardor bilan birga yetib keldi.. -Arlan buni olib ket tezroq meni davleniya qilib oʻldiradi bu..-dedi Otabek amaki Arlan va Sardor kirib kelishi bilan.. -Dada davleniya qilmayman".-dedi Temur yana baqirib. -Yooo allohhh ol bunii-dedi Otabek amaki... -Temur ahvoling yaxshimi uka? U yerda nima qilyapsan boshingga nimadir bilan urushganmidi?"-dedi Sardor hayron. -Yoʻq aka. Shunchaki uyda oʻtira olmadim toʻrt devor meni boʻgʻayotgandek boʻldi... Dardlashgim keldi kim bilandir Azimani oldiga kelgandim Qaynotam ruhsat bermayapti. Sardor Temurni gaplarini shitib Unga hayrat bilan qarab turdi va kulib yubordi. -Men bilan dardlashsang ham boʻlardi.. Azima va Sevinch ham chiqishdi. Arlan Sevinchga qaray olmadi. -Temur jinnilikni qoʻy tush tomda nima qilyapsan?-Dedi Arlan. -Hullas Dadam Azima bilan turmush qurishimizga rozi boʻlsa tushaman"-dedi Temur -Sen jinnini men kuyov qilamanmi? -Amaki..--dedi Arlan. -Amaki men uni akasi boʻlaman. Qizingizga koʻngil qoʻyibdi rozi boʻlaqoling."-dedi Sardor. -Sovchilikga kelishardi oldinlari. Urf odatimiz bor edi."-dedi Otabek amaki. -Ertaga Fotixa boʻladi.-Dedi Sardor qoʻl uzatib Otabek amakiga. -Kutamiz. Deya Otabek amaki Sardorni qoʻlini siqib qoʻydi. -Uylanamanmi? Men ham uylanaman.. Toʻylar muboraaak.. Temur tomda turub oʻynay boshladi ... -Dada men endi kollejni tugatdim-ku universitetda oʻqimoqchi edim. Turmushga chiqmayman"-dedi Azima sekin ovozda. Temur oʻynab turgan joyida darrov toʻxtadi-da pasga tushub Azimani oldiga turub oldi. -Yana nimani hohlaydi koʻnglingiz honim? Oʻqimaysan. Ishlamaysan uyda chiroyli boʻlib Goʻzal kelinoying bilan oʻtirasan bola boqib".-dedi Temur. Arlan peshonasiga sharp etib urib yerga qarab oldi. Sardor ogʻzini qoʻli bilan yopib olib kulardi... -Men sizga turmushga chiqmayman... -Unda oʻgʻirlab ketaman. -Siz juda ahmoqsiz umuman jiddiy emassiz... -Juda jiddiy boʻlish yaxshi emas hayoting zerikarli boʻlib qoladi. -Men tayyor emasman qaynona ustimda turub gapirishlariga".-dedi Azima. -Meni onam yoʻq oʻlgan... Yaxshi dam ol. Turmushga chiqishni hohlamasang majburlamayman. Baxtli boʻlsang boʻlgani. Aka ketdikmi?-dedi Temur va uydan chiqib ketdi. -Amaki buni gaplariga etibor qilmang ertaga kelamiz yaxshi dam olinglar. Ertalabdan ikki honadonda yugur yugur boshlandi. Temurni habari yoʻq honasidan chiqmasdan qoʻshiqni baland qoʻyib yotardi... Otabek amaki tong sahardan bozorlik qilib kelgan Sevinch va Azima dasturxonni Ahmedovlar oilasiga mos qilish bilan band.... -Goʻzal hamma narsa tayyormi?"-dedi Sardor. -Ha dadam chiqsalar ketamiz Oyimni ham chaqiramiz bitta oʻzim boramanmi ayollardan.. -Bitta oʻzing bormisan Husniya ammam keladi qizi bilan.. -Ammangiz bormi? Nega menga aytmagansiz? Qachon keladilar -Sekinroq. Ammam doim dadamni yonida boʻlgan pochcham bilan koreyada yashashayotgandi ikki kun oldin kelishdi. Hozir kelib qoladilar. -Temur nega chiqmayapti? -Unga nima bor fotixa qilganda. -Ha hop... -Kuyov boʻlish buncha yarashibdi meni jiyanimga".-Husniya opa kirib keldi... Koʻrinishidan Dilrabodan oʻtib tushgan ilonligi koʻrinib turar edi. -Assalomu alaykum ammajonim".-deya Sardor borib ammasi bilan koʻrishdi. -Tabriklayman yaqinda ota boʻlasan deb eshitdim. Bu kelinmi".-dedi Husniya opa Goʻzalga boshdan oyoq qarab. -Ha. Kel koʻrishmisanmi?-Dedi Sardor Goʻzalga qarab. Goʻzal salom berib Husniya opa bilan koʻrishdi. Husniya opa unga koʻzini chekkasidan nazarga ilmayinga qarardi. Goʻzal buni sezib yerga qarab turaverdi... -Ikkinchi kuyovimiz qayerda Temuuuurrr qayerda qolding. "-deya Temurni chaqira boshladi Husniya opa... Temur zinalardan sekinlik bilan tushub kelarkan Sardor hazil qildi. -Kuyov bola sovchilikga ketyapmiz. Mobodo oʻzingizga ozroq qarab olarsiz... -Nima kuyov....-Dedi Hayron qolib Temur. -Kecha yaxshigina ish koʻrsatib kelgansizku Yigitcha toʻy endi.. -Amma deb haligacha meni oldimga kelmadi.-dedi Husnoya opa. -Amma eshiklarga tamba hush kelibsiz."-deya Temur borib Husniya opani quchib oldi... -Ketdik endi biz fotixaga... -Tezro toʻy kunini malum qililar-dedi Temur kulib. -Ha shoshyapsanmi?-Dedi Sardor. - Akaaaaaaa - Ketdik biz.. Koʻpdan koʻp sovgʻa va sarpolar bilan fotixaga ketishdi... Ular ketishi bilan Temur yana mayuz tortib qoldi... Endi honasiga chiqishi bilan darvoza qoʻngʻirogʻi chalindi... -Kim?.. Sizga nima kerak.. -Temur meni kechirasan senga nohaqlik qildim. Men bilan bir oila boʻlib yashagin. Merosxoʻrim yoʻq ... Uni topdim sensan ..-Dedi Mironshoh... -Men sen bilan yashamayman. Sogʻ boʻl keyin meni oʻgʻlim dema meni dadam Rahmiddin Ahmedov. Sen hech kimsan. Men uchun faqat behayo onamni hushtorisan.... -Temur.. Onangni koʻzini pul koʻr qilgan. Seni oʻldirishdan ham qaytmaydi. Pul uchun -Bir biringizga mos ekansizlar sogʻ boʻling... Temur darvozani yopib qulflab oldi -Demak Temurni uylantirmoqchisan Sardor. Mensiz a? Qayerdagi zoti pasga uylantirmoqchimisan? Oʻz oʼgʻlimni toʻyida boʻlmaymanmi?"-Deya Dilrabo gʻazabdan yonib honasida aylanib yurardi. Ahmedovlar oilasida bitta hizmatchini uyda nima boʻlsa yetkazib turush uchun yoʻllagandi... -Temurni sindirib yer bilan bitta qilib boʻlibsan qanday qilib oʻgʻlim deyapsan. Uni koʻrganingda edi qanday mahzun tushkunligini".. Mironshoh kirib keldi honaga. -Meni aybim yoʻq. Unga nima qildim sindirib.. -Erkak kishi boʻlganingda tushunar eding uni holatini ammo uni koʻrgan odam tushunadi qanday azobda ekanligini erkak kishi boʻlishi shart emas.. -Buncha mehringiz oshib qolibdi. Uni qiynagan siz emasmi. Temir bosib. -Ertaroq aytganingda shunday boʻlmasdi ilonnn... Mironshoh Dilraboni boʻgʻdi. -Qqqqoʻoʻoʻyib yuboring.... Fotixani yakunlab Rahmiddin Ahmedov va Otabek amaki bir biri bilan "Quda" deya quchoq ochib koʻrishishdi. Mehmonlar ketib uy yigʻishtirishni boshlashdi. Sevinch oʻzi yugurib yugurib ishlarni qilar Azima bir chetda oʻtirardi... -Ha AzimaSulton Shahzodangizni oʻylab oʻtiribsizmi? Menga yordamlashing. -Opaaaa"-dediyu Azima yigʻlab yubordi. -Nima boʻldi tentak singlim nega yigʻlayapsan? Temurda koʻngling bor-ku. -Opa Oyimizni sogʻinyapman menga hozir juda kerak boʻlyaptila. Toʻyimda ular boʻlmaydimi? Boshqa qizlardek duosini olib ketmaymanmi? Sevinch ham yigʻlab yubordi. -Singlim onamiz doim biz bilan birga. Men borman-ku dadam yonimizda shukur qilishimiz kerak... -Baribir oʻrni sezilar ekan opaa... -Ha nima ham qilamiz Allohni aytgani boʻladi... Temur seni albatta baxtli qiladi siqilma qara juda ham quvnoq koʻngli toza yigit -Opa u meni jinni qiladi asabimmi yeb tugatadi... - Undaymasss Sevinch yigʻi aralash kulib yubordi... Sardor darvozadan kirishga Temur deya baqirdi. Temur yugurib chiqdi. -Ha aka nima boʻldi? Yana tegmayman dedimi? -Fotixa qilib keldik oy oxirga toʻy. Boʻydoqlik bilan hayrlashavering endi kuyov bola.. -Rostanmi? Endi shuncha qizlar bilan orani ochiq qilishim kerak. Ex chiroyli edida hammasi.. -Nimaa ha senimi hozi koʻrasan biz birovni qizini fotixa qilib keldik qizlar deydiya bu..-Sardor Temurni quvlab ketdi.. -Aka aka hazillashdim toʻxttaang koʻp emas yigirmataga yaqin oʻzi. -Nimaa????? -Aka toʻxtamasayiz klubdagi qizlarni Goʻzalga aytaman.."-Temur shunday dediyu qoʻli bilan ogʻzini yopib oldi ... Sardor toʻxtab qolib yutunib qoʻyib sekingina Goʻzalga qaradi ... Goʻzal Sardorga qarab.. -Klubdagimi? Endi siz keling hozir keling yonimga oʻldiraman. -Toʻxtaa xotinnn... Temur seni oʻldiraman. Qochch.-Sardor endi Goʻzaldan qochib ketdi. Rahmiddin Ahmedov Husniya opa va Arlan ularni koʻrib tinmasdan kulishardi. Rahmiddin Ahmedov Temurga qarab. -Uyni Sardorni farzandiga meros qilaman degandim Kompaniyani Temur va Arlanga beraman lekin Sardor boshchiligida turadi.-dedi Rahmiddin Ahmedov. Husniya opa Goʻzalga bir Temurga bir gʻazab bilan qarab qoʻydi -Aka Azima bilan birinchi uchrashuvimiz. Qanday sovgʻalar olay maslahat bering."-Dedi Temur. Sardor asabi buzulib nima qilishni bilmay oʻtirgandi Goʻzal hafa boʻlib eshikni qulflab olgandi. -Zambarakni oʻqini sovgʻa qilsan endi. Goʻzalni oldida ham aytasanmi? -Aka bilmasdan aytib yubordim-da ogʻzimdan lop etib chiqib ketdi.. -ey lop etmay oʻlsin edi. -Juda sodda qiz Azima. Men oʻzim yordam beraman senga yur ketdik."-dedi Arlan. -Akajon ketdik.. Sen xotining bilan yarashib ol aka"-dedi Temur kulib Sardorga. -Koʻzimga koʻrinma asab"-dedi Sardor Temur qochib qoldi... Sardor borib honasini eshigini tepa boshladi. -goʻzal och eshikni.. -Klubdagi qizlar oldiga borasiz -Hop eshikni och kiyinib olay keyin ketaman. Goʻzal eshikni ochib oʻzi divanga oʻtirib oldi... Sardor ham jim borib yoniga oʻtirdi. -Nima? -Ertaga koʻrikdan oʻtishing kerak a? Birga boramiz. -Bormayman siz bilan hech qayerga sizni klubdagi qizlar kutyapti."-dedi Goʻzal va teskari aylanib oldi... Temur kech tushishi bilan Arlanni olib doʻkonga ketdi... -Opa Arlan aka nega bunchalik jiddiy boʻlib qolgan".-dedi Azima Sevinch quchib yotib. -Buvisi olamdan oʻtibdi. Men sababli.. -Nima? Kimdir olamdan oʻtsa unga siz sabab boʻlasizmi? Alloh nimanidir sabab qilib koʻrsatadi... -Bilmayman singlim Men ham hayronman nima ayb qildim ekan deb.... Sevinch gapini tugatishi bilan derazaga tosh otishdi. -Nima bu opaa? -Temur keldi shekilli chiqib qarachi? Azima derazadan qarasi derazasi tagida shamlar yoqilgan yurakcha ichida gullar shkaladlar orasida telefon va uzuk turardi. Hursand boʻlib ketib derazadan sakrab tushib oʻtirib qoldi oyogʻi ogʻrib. -Men qovunchiman desam sen mendan battar ekansanku".-Deya Temur qotib qotib kula boshladi -Romantika menga toʻgʻri kelmaskan."-dedi Azima belini ushlab... Sevinch ham sekin derazadan qaradi uni ham havasi keldi singlisiga uzoqroqda Arlan moshinaga suyangan holda ularni kuzatib turganini koʻrdi. Sevinch ham chiqib Arlanni yoniga borib turdi singlisi baxtidan u ham hursand edi... -Hozir ulardan baxtli inson yoʻq a dunyoda?-dedi Arlan oradagi sukutni buzub -Ha. Doimo shunday baxtli boʻlishsin. Buni har bir qiz orzu qiladi. -sen hammi? -Yoʻq orzularim oʻlgan.... -Tushunmadim nega oʻladi. Hali hayoting oldingda-ku.-Dedi Arlan kulib.. Ichidan nima oʻtganini oʻzi bilsada bildirmaslikga harakat qilib. -Orzu qilmay qoʻydim. Ishga joylashdim tabriklang bitta restoranga menejer boʻldim.. -Ishlashni nima keragi bor senga? -Kerak uyda oʻtirolmayman. -Ha omadingni bersin. Mobodo tanish qizlar yoʻqmi? Yaxshi aqlli, tartibli. Uylanmoqchiman...".-dedi Arlan . Sevinch unga yosh toʻla koʻzlari bilan qaradi... -Yoʻq ...-Dedi va yugurib uyga kirib ketdi... Arlan moshinaga chiqib oldi... -Azima oʻzing rozi boʻldingmi toʻyga yoki dadang majburladimi tegasan deb."-dedi Temur Azimaga. -Yoʻq oʻzim rozi boʻldim. Siz dadamni jahlini chiqarmang koʻp asabiylashtiryapsiz. - Hop men nima qildim. Kuyovingizman desam oʻzlarini jahli chiqyaptida... -Ha kuyov! Nima qilyapsiz kech boʻlganda".. Kino orasidagi reklamadek yana Otabek amaki chiqib keldi. -Dada! Xotinimni koʻrgani keldim. -Nimaaa qanqa xotin hali toʻying boʻlmadi... -Dada dada jahlingiz chiqmasin ichki xotirjamlik men ketyapgandim Azimaga sovgʻa berishga kelgandim urf odatmi nima ekan tushunmayman ketdim..."-deya Temur moshinasiga yugurib chiqib oldi. Va oynasidan " Yaxshi dam oling dada"-deya baqirib kulib moshinani haydab ketdi.... Nihoyat Temur yana oldingidek kulib hazil qila boshlagandi... Toʻy kuni yaqinlashib qolgan ikkala honadonda ham toʻy harakati Azima baxtdan sarmast. Sevinch boʻlsa oʻzini oʻzi yeb tugatayapgandi... -Ammajonim kelibdilarmi? Temur yugurib chiqib Husniya opani quchib oldi. -Ha Toʼyga ham ikki kun qolibdi. Hamma narsa tayyormi bilishga keldimda. Buncha hursandsan... -Uylanyapman-ku amma shungada. -Tavba tavba gʻalatisan Temur... -Ammaa kulmaaang.... -Kulmayman boʻldi. Goʻzal qayerda? Kelganimdan beri qoʻlidan bir piyola choy ichganim yoʻq. Kelinposhshaaa... ***
Azima hovli supurib yurganida darvozani taqillatmasdan ham toʻgʻri ochib Dilrabo kirib keldi orqasida ikkita qoʻriqchisi bilan... Azima uni tanidi Temurni telefonida rasmini koʻrgandi Temur shu meni onam edi. Endi u men uchun oʻlgan degandi... -Assalomu alaykum hush kelibsiz."-dedi Azima sekin -Otabekni uyi shumi? Azima degan qizi bor ekan".-dedi Dilrabo Azimani nazarga ilmayin uyga ham chiqindihonaga qaragandek qarab. -Ha oʻsha qiz menman".-dedi Azima biroz dili ogʻrib. -Oʻgʻlimni boshini aylantirib olgan senmi? Men seni hech qachon kelinim deb tan olmayman. Toʻyni toʻxtat Temurga chiroyli obroʻli honadon qizini olib beraman... Dilraboning gaplaridan Azimani koʻzi yoshga toʻldi. -Temur aka sizni oʻlgan deb bilar ekan... Onam yoʻq dedilar. Siz hech kimsiz... -hali tiling uzungina ekanku seni. Men bilan oʻynashma... Bu toʻy boʻlmaydi Temur senga uylanmaydi men toʻxtataman toʻyni... Sendaqalar menga kelin boʻlmaydi.... -Nima boʻlyapti? Kimsiz Sevinch chiqib keldi. -Azimaga aytdim gaplarimni" .-dedi Dilrabo va chiqib ketdi.... -Azima u senga nima dedi? Kim u? -Opa u Temurni onasi ekan. Biz u oilani tengi emasmiz toʻyni toʻxtating turmushga chiqmayman.. Iltimos opajon".-deya yigʻlab yubordi Azima Sevinch darrov Temurga qoʻngʻiroq qildi... -Temur Azima toʻyni toʻxtataman deyapti... -Nima? Nega toʻxtatadi nima boʻldi. Hozor boraman... -Te.. Temur telefonni oʻchirdi.. Oradan hech qancha vaqt oʻtmay Temur darvozani tepib kirib keldi. -Azima qayerda nima boʻldi oʻzi Sevinch opa.. Temur Sevinchni hurmat qilib opa deb chaqirardi teng boʻlishsa ham. -Men ham tushunmay qoldim. Onang kelgan ekan men keyinroq chiqib qoldim men chiqishim bilan ketdi. Azima boʻlsa toʻy boʻlmaydi deb turib oldi.. -Oʻzi qayerda honasidami? Temur Sevinch javob bermasdan Azimani honasiga kirib ketdi. Azima yigʻlab Temur bilan tushgan rasmlarini koʻrib oʻtirgandi. -Azima -Siz nega keldingiz. -Onam nima dedi? -Mendek qiz sizga munosib emas ekan. Toʻy hech qachon boʻlmaskan, toʻyni toʻxtatishimni aytdi. Sizga boy oila farzandini olib berar ekan. -Haaaaaa sen darrov toʻy boʻlmaydi deding shundaymi? Toʻy boʻladi uni shu gaplari uchun ham bu toʻy boʻladi. Meni onam oʻlgan. Tushundingmi oʻlgan. Sen ham mendan ketsang oʻzimni oʻldiraman keyin tinchisanlar.."-dediyu Temur jahl bilan chiqib ketdi... Azima hech nima deya olmay qoldi nima boʻlsa peshonamiz endi deb qoʻydi... Arlan Otabek amaki bilan gaplashib Azimani oʻz singlim deya yordam qoʻlini choʻzdi... Toʻyni juda chiroyli qilib boshlashdi..... Toʻyhonada hamma hursand... Kelin kuyovga baxt tilashardi... Kutilmaganda Sardor bilan Goʻzal ham chiqib kelishdi ularni turmush qurganini hech koʻrmagandi-da.. Hamma hayratda qoldi Goʼzal homlador.. Bir biriga juda mos edilar. Qarsak chalib baxt tilashardi... Temur hursand oʻynayotgan doʻstlariga imo ishora qilib meni ham olib ketinglar derdi... Doʻstlari ham atayin uni ichini qizdirib kulib unga qarab oʻynashardi. Temurni toʻyhona boshida unga qarab turgan Mironshohga koʻzi tushdi. Yana yuzini mayuslik egallab jim boʻlib qoldi... Mironshohni oʻzi tushundi shekilli chiqib ketdi. Toʻy oxirlab qolganida Sevinch Azimani oldiga keldi. -Singlim baxtli boʻlgin. Umring uzoq boʻlsin.. Temur uni asrab avayli senga topshirdim".-dedi Sevinch Azimani quchib. -Hop boʻladida Sevinch opasi."-dedi Temur ham... Sevinch toʻyhonadan chiqa boshladi orqasidan kimdir tortib uni oʻziga qaratdi -Qayerga ketyapsan yolgʻiz?-Dedi Arlan. -Uyga, baxtli boʻling. Siz ham oʻz baxtingizni toping. Sizni unutmayman. -Oʻzing keta olasanmi? - ha... Sevinch toʻyhonadan chiqib ketdi... Uyiga borib Dadasiga xat qoldirdida uydan chiqib ketdi... Qop qorongʻu koʻcha yolgʻiz oʻzi dardlari bilan hech kim yoʻq joyga yoʻl oldi ammo unday joy qayerda borligini ham bilmaadi shunchaki ketaverdi... Sevinch Koʻcha boshiga yetganda toʻgʻrida Azimni moshinasini koʻrdi. Va orqaga tisarildi. -Qayerga qochmoqchisan?-Dedi Azim moshinadan tushub. -Sen.Siiizzz bu yerda nima qilyapsiz.... -Mendan oson qochib qutilmoqchimiding xotin... -Yoʻq yoʻq siz Sevinchni orqasidan Azimning ikkita odami kelib moshinaga solib olish ketishdi... Toʻy tugab hamma oʻz uyiga ketishdi... Dilrabo toʻyga kela olmay gʻazabdan yondi. Toʻyni toʻxtatish uchun kelishga tayyorlanayotganida Mironshoh Dilraboni stulga bogʻlab qoʻyib oʻzi toʻyhonaga ketgandi... -Temur baxtli koʻzida nihoyat quvonchni koʻrdim. Yuzida kulgu bor edi. Sen shu baxtini ham koʻra olmading a onasi boʻla turub".-Deya Mironshoh kirib keldi. Dilraboni ogʻzidagi skonchni oldi -Qanaqa baxt baribir oʻsha qiz bilan qolmaydi oʻldiraman yoʻq qilaman oʻsha qizni oʻgʻlimni toʻyini koʻrolmadim oʻzim sovchilikka bormoqchi edim. Meni oʻlgan debdi oʻsha qizga. Dilrabo gʻazabdan yonib gapirardi. -Oʻchir ovozingni toʻgʻri aytibdi. Sen u uchun oʻlgansan sendan kechga u... Huddi sen uni tirik murda qilganingdek u ham sendan kechdi, oʻldi dedi oʻzini shunday deb ishontirdi ham. -Demak men oʻldim... Oʻldi dedi shundaymi tushunarli. Sardorga qoʻshilib u ham endi meni dushmanim... Oʻz oʻgʻlimdan kechdim men ham. -Sen odam boʻlmaysan Dilrabo qolipingdan chiqsang men turaman Temurni oldida. -Dedi Mironshoh va Odamlarini chaqirib oyoq qoʻlini boʻshatishini aytishdi... Otabek amaki ham uyiga kelib Sevinch uhlab qolgandir deb oʻylab honasiga kirib uhlab qoldi... Azim Sevinchni oʻzi mehmonhonasiga olib kelgandi bitta honani derazalarigacha ochilmaydigan qildirgandi... Odamlari Sevinchni olib kelib ogʻzidagi skochni olib qoʻl va oyogʻidagi arqonni olishdi.. Sevinch honani koʻrishi bilan mehmonhonada ekanligini tushundi... -Nega meni bu yerga olib keldingiz? Meni nega tinch qoʼymaysiz?.. Azim odamlariga ishora qilishi bilan hammasi chiqib ketishdi. Hamma chiqib ketganidan keyin divanga oʻtirib olib gap boshladi. -Mendan qochib hech qayerga keta olmaysan degandim-ku senga. -Nega meni tinch qoʻymaysiz? Oʻzingiz baxtli qila olmadingiz, baxtli boʻlishimga ham qoʻymaysiz . Nega? -Seni shuncha ardoqlasam sen menga nima bera olding? Muhabbatim nafratga aylanmasligi uchun nima qilding??Hech nima Sen faqat meni koʻnglimni choʻktirishni bilding... -Sizga imkon bermoqchi edim ammo siz nima qildingiz menga kundosh olib keldingiz oʻsha kundan siz bilan qolishga baxtli boʻlishga vada bergandim oʻzimga. Siz nima qildingiz? -Sen bir ogʻiz shirin soʻzingni mendan qizgʻonmaganingda oʻsha payt, men bilan qolmoqchiligingni aytganingda edi men seni uyimni malikasi qilib qoʻyardim. Mahliyoni chet elga chiqarib yuborar edim.. Ammoo sennnn -Oʻylab gapiryapsizmi? Men oʻgʻlingiz ayolingiz qargʻishiga qolib sizni uyingizda malikadek yashaymanmi? Hamma ham sizdek vijdonsiz emas. Meni tinch qoʻyib oilangiz bilan yashang... -Sevinch meni qachon tushunasan? Shunchalik hudbinlikka bordim sen uchun muhabbatim uchun buni qachon tushunib yetasan. -Siz qachon tushunib yetasiz sizdan nafratlanishimni? -Bugundan meni xotinimsan yana, shu honada men bilan yashaysan. -Men sen bilan yashamayman. Meni Arlan olib ketadi, albatta meni olib ketadi senga berib qoʻymaydi. -Oʻsha shahzodangni ham yoʻq qilaman keyin kim olib ketar ekan. -Meni tirik koʻrmaysan unga nimadir qilsang.... -Jim boʻl. -Honadan chiqing uhlamoqchiman. -Bemalol uhlayver ikkalamiz ham sigʻamiz. -Men siz bilan yotmayman. Siz bu honada umuman qolmaysiz chiqing. -Ertaga gaplashmiz... Temur honasida tushkun hafa boʻlib telefonidan koʻzini uzmasdan oʻtirardi. Azima bir ikki marta qarab qoʻydi gapirishga ogʻiz juftladi gapira olmadi Temurni oʻzi sezib gapirdi. -Nimani ayta olmay har zamon menga qarab qoʻyyapsan? -Nega hafa boʻlib oʻtiribsiz? Menga uylanganingizdan afsusdamisiz? Endi yoqmayapmanmi? Boshqaga koʻngil qoʻydingizmi? Endi men kerakmasmi?".-Deya Azima nafas olmay gapirib savol berib tashadi. Temur Azimaga ogʻzini ochib qarab qoldi. -Nega unday qarayapsiz? -Azima seni kamgap desam endi ogʻzing ochildimi? Savollaringni qara bemaza. Men orzu qilar edim. Toʻyimda onamga gul berib u bilan birgalikda oʻynab peshonasidan oʻpib qoʻyishni. Lekin bu armonligicha qoldi... -Onangizni nega oʻlgan deyapsiz? -U yaxshi ayol emas. Toʻgʻrisini aytganda koʻzini pul koʻr qilgan. Dardi faqat pul. -Ha koʻrdim Kobra ilondek ekan oʻzi ham".-dedi Azima va ikki qoʻli bilan ogʻzini yopib oldi. -Men qovunchiman desam sen mendan oʻtib tushding-ku. Temur kulib yubordi. Azima uyalib yuzi qizarib ketdi. -Tentak qiz. Uhlab qolay deb oʻtiribsan damingni ol ertaga kelin salom qilasan atayin ertalabdan kechgacha kelin salom qilsin deyman.... -Nega? -Hazil yaxshi dam ol... Ertalab Ahmedovlar uyida kelin salom boshlandi Goʻzal Azimaga havas bilan qarar edi. Unga orzuligicha qolib ketgandi... Otabek amaki uygʻongach Sevinchni chaqira boshladi qancha chaqirsa ham Sevinch chiqmadi eshikni taqillatdi yoʻq boʻlmadi oxiri xonasiga kirdi hech kim yoʻq. Faqatgina Sevinchni karavatida bir parcha qogʻozda xat turar edi... Otabek amaki uni oʻqishi bilan Sevinch yoʻq ketma qizim ketma deya Arlanga qoʻngʻiroq qildi.. -Arlaaan oʻgʻlim Sevinchni top iltimos uni top.... Arlan gapirmasidan Otabek amaki gapirdi. -Tinchlikmi amaki Sevinchga nima boʻldi? -U ketibdi uydan ketibdi qayergaligini aytmabdi hayotdan charchadim ketdim debdi iltimos top qizimni. -Nimaa? Arlan tezda Otabek amakini oldiga keldi.... -Amaki sizga hech nima demaganmidi? Arlan darvozadan kirib kelishiga gapirdi. -yoʼq aytmadi kecha juda hursand yurgandi nega bunday qildi tushunmayapman. -Men qidiraman oldin oʻzbekistondan chiqib ketganmi yoʻqmi shuni aniqlayman siz oʻzingizni ehtiyot qiling men oʻzim topaman uni... Arlan yana koʻchaga otildi qulogʻi ostida sevinch unga toʻyhonada aytgan gaplari yangray boshladi... - Baxtli boʻling. Siz ham oʻz baxtingizni toping. Sizni unutmayman, unutmayman.... Unutmayman..... Arlan ikki qoʻli bilan quloqlarini yopib olib. -Baxtim sen eding-kuuu -Deya baqirib devorga musht urdi. Koʻchadagi odamlar Arlanga gʻalati qarab qoʻyishdi. Arlan oʻzing onglab taksi chaqirib aeraportga ketdi... Kelin salom tugay deb qolgan hamma hursand edi Toʻsatdan qoʻlida kelinga atalgan sarpolar bilan Dilrabo kirib keldi hamma jim boʻlib unga qarab qolishdi. Dilrabo poshnasini taqillatib shahdam qadamlar bilan kelinni oldiga kelib turdi-da. -Qani yoryor aytadiganlar boshlang?! "-dedi Kulib Yana Yor yor ayta boshlashdi. Dilrabo sarpolarini qoʻyib Azimani qoʻliga uzuk taqdi va quchib qulogʻiga " Mendan yaxshilik kutma" dedi va kulib ortidan ovozini chiqarib "Baxtli boʻlinglar" dedi... Oʻzini juda hursand koʻrsatib yor yorga oʻynay boshladi Sardor va Temur chiqib qolishdi. Temurni qoni qaynab ketdi Azimaning qaltirab turishidan malum edi yana unga nimadir degani. Temur Tez tez yurub bordi va Dilraboni bilagidan ushlab sudragandek qilib tortib keta boshladi. -Nima qilyapsan Temur bas qil... Dedi Dilrabo qoʻlini ololmay. -Sen bu uyga kelishga haqqing yoʻq. Ket bu yerdan -Deya Temur Dilraboga oʻshqirib darvozadan chiqarib tashladi hamma hayron qoʻrquv bilan ularni kuzatib turishardi... Dilrabo Temurga qarab kuldi huddi Temurni mazax qilib kulyapgandek edi va.. -Endi men seni oʻgʻlim emas dushmanim deyman. Men maqsadimga yetishish uchun seni yoʻq qilishdan ham qaytmayman.... -nima qilsang qil. Hohlaganingni qil. Meni koʻzimga koʻrinma.. Temur shu gaplarni aytishi bilan Husniya opa ham keldi moshinadan tushub Dilrabo orqasidan kelib quloqlariga shivirladi... -Maqsadimiz bir ekan...-Dedi Temur u gaplarni eshita olmadi Dilrabo tezda Husniyaga qaradi.. Husniya ovozini chiqarib. -Bu yerdan qorangni oʻchir tez yoʻqol ".-dedi Husniya va koʻz qisib qoʻydi. Dilrabo kulib moshinaga oʻtirib ketdi... -Ammajonim meni keldingizmi?-Deya Temur Husniya opani quchib oldi. -Ha meni erkatoy jiyanim keldim kelin qayerda menga kelin salom qilib choy uzatsinchi.. -Hozirda amma kiiring uyga. Husniya Temur va Sardor bilan gaplashib oʻtirganida telefoniga xabar keldi. Dilrabodan " Koʻrishib gaplashib olamizmi" deb yozilgan edi. Husniya ham kulib manzilni yozib joʻnatdi. Temur Sardorga qarab imo qilib kulib qoʻydida Husniya opani yoniga oʻtirib oldi -Amma koʻngillariz yosh ekan pochcha bilan hali ham xabarlashib oʻtiribsiz ".-dedi Temur va Sardor ikkalasi kulib yubordi -Ahmoq bola haziling qursin. Men endi Oʻn sakkiz yoshga kirdim nima deyapsan oʻgʻlim. -Oʻoʻoʻoʻ amma yomonsiz a? -Hop boshimni ogʻritib yubording hazillaring bilan ketaman endi ishlarim bor. -Koʻp boʻlmadiku kelganingizga? -Ishlarim bor-da Temur. -Mayli amma ishlaringizni qiling."-Dedi Sardor. -Yaxshi oʻtiringlar. Husniya opa ketdi. Ketishi bilan Sardor Temurga qarab. -Endi xotinlarimiz yengil nafas olib yurishadi ketdi".-dedi Va kulib yubordi... Sevinchni oldiga ovqatni Azimni shaxsan oʻzi olib kirdi. Sevinch yigʻlab koʻzlari ishib ketib sabri tugab oxiri Televizor koʻrib oʻtirgandi... -Hayrli kunnn. Hizmatingizga tayyorman malikam.'"-deya Azim kulib kirib keldi... -Sizni koʻrdim endi qanday qilib kunim hayrli boʻlar ekan."-dedi Sevinch Azimni chaqib olib. -Shu zahar tilingni bir kun kesib tashiman... -Bilganingizni qiling. -Sevinch kel tinchgina ovqatlanib olamiz. Birgalikda iltimos bas qil endi zaxringni sochishni. -Muhammadjon yaxshimi? Oxirgi paytda koʻp yigʻlaydigan boʻlgandi balki kasaldir unga ham etibor qilib doʻxtirga koʻrsating... -Hozi Muhammad haqida gaplashib oʻtiramizmi? Mahliyo haqida gaplashsakchi? -Menga yoqmaydi azob bergan. Arlan akam haqida gaplashaylik juda yaxshi yigit ... Sevinch gapini tugatishi bilan bir tarsaki yedi. Yuzini ushlab qoldi. -Sevinch urushimga majbur qilma. Sen oʻldirsam oʻldiraman lekin oʼzganiki boʻlmaysan... -Siz meni baxtli qila olmaysiz nega meni tushunmaysiz? Menga faqat azob berasiz azob. -Sen tilingni tiysang azob bermayman... -Mahliyo bilan qanday tanishgansiz? -Yetim qiz edi klubdagi yigitlarga qoʻshnisi sotayotganida men koʻrib qolgandim keyin masjidda nikoh oʻqitib uylanib olganman. Yigitlar qoʻlida hoʻrlanmasligi uchun... Keyin Muhammad tugʻuldi unga endi koʻngil qoʻyyapgandim seni uchratdim va seni sevib qoldim... -Endi uni qiynamasdan baxtli qiling meni tinch qoʻying. - Bas qil.. Sendan kecholmayman. Ammo Mahliyoni ham shundaylicha tashlab qoʻya olmayman. Uni boradigan joyi yoʻq. Husniya opa restoranga kelib Dilraboni kuta boshladi. Oradan ozgina vaqt oʻtib Dilrabo kirib keldi.... -Sizni maqsadingiz qanday edi opa".-dedi Dilrabo oʻtirishi bilan... -Maqsadim uy va kompaniya.. -Menga Rahmiddinni pullari kerak... Dedi Dilrabo -Tushunarli Rahmiddinning pullari seniki boʻladi. Uy meniki boʻlishi uchun oldimdagi toʻsiqni olib tashlashimiz kerak. Ya'ni Sardor .... Keyin Temur va Arlan... -Sardorda meni ham qasdim bor. Hammani oldida meni sharmanda qildi. Uni menga qoʻyib bering. -Eshitdim oʻzing ehtiyot boʻlishing kerak edi. Men Sardor masalasini senga topshirdim. Men kompaniya va Uyni olganimda Pullarni olasan... -Men roziman. Ammo bitta shartim bor. -Qanday shart? -Temurga azob bermaysiz. Unga oʻzim yaxshilab dars oʻtib qoʻyishim kerak. -kelishdik shartingni qabul qildim. -Hamkorligimiz ikkalamizga ham foydasi bilan yakunlansin"-dedi Dilrabo sharbatni koʻtarib kulib ichdida... -Azima charchab qolmadingmi? Azima Kelinsalom qilib beli ogʻrib ketganidan yotgandi. -Yoʻq charchamadim oʻlay dedim. Endi kelinsalom qilmayman. Charchadim. -keyinchi? Kelin salom qilmasayiz oʻrningizga men salom qilamanmi Azimaxon. -Bemalol qilavering. Men honada kitob oʻqib oʻtiraman. -Tavba qildim koʻrinishingdan bir aqlli qizga oʻxshaganding. Tiling chiqib qolibdimi? Kaltak yemoqchimisan? -Siz ham koʻrinishingizdan bir jiddiy yigitga oʻxshaysiz ammo gʻirt jinnisiz. Buni bir u bir deyishadi.. Ketdim kelinoyim bilan gaplashib oʻtiraman... -Menchi? Men bilan kim gaplashib oʻtiradi. -Sardor aka bilan Arlan aka bilan gaplashing. -Arlan degandek koʻrinmadi kechadan beri. Bor ketaver.. Gʻiybatlash. Temur Sardorni yoniga tushub Arlanga qoʻngʻiroq qildi. Uzoq chaqiruvdan keyin Arlan javob berdi hamsirab gapirdi. -Ha Temur uyda tinchlikmi?-Dedi Arlan -Uyda-ku tinchlik oʻzingda tinchlikmi aka kechadan beri koʻrmadik seni. -Sevinchni topa olmayapman oʻzbekistondan chiqmabdi. Qidiryapman Azimaga bildirmagin... -Nima biz ham yordamlashgani boramiz qayerdasan hozir. -Yoʻq yoʻq oʻzim qidiraman bezovta boʻlmanglar uyga borganda gaplashamiz Arlan sevinch borishi mumkin boʻlgan manzillarning hammasiga borib chiqdi ammo uni topa olmadi... Kech kirib qorongʻu tushganida charchab umidini uzib buvisini qabriga borib tiz tashlab oʻtirib oldi... -Buvijon Sevinchni topishimga yordamlashing iltimos. U menga kerak ketmasin aldagandim boshqaga emas faqat unga uylanaman u bilan birga yashayman men gʻururim ustunlik qilgandi endi oʻsha gʻururim ojizlik qilyapti menga u kerak Buvijon menga yordam bering... -Deya Arlan tizzalab oʻtirib oldi orqasida kimnidir qoʻli yelkasiga qoʻyildi qoʻrqganidan seskanib ketib tezda aylanib qaradi... Sardor turardi. -Uzur qoʻrqitib yubordimmi? -Ha ovoz chiqarib kelmaysanmi? Yuragimni tushurding. -Arlan Sevinchni baribir unuta olmaysan hech qachon. Unutishni hohlamaysan ham , unutmoqchi boʻlganingda u turmushga chiqqan payt unutar eding... -U ketdi Sardor. Endi qayerdan topaman uni dilini ogʻritdim uylanishga qiz topib ber dedim. Uni chekgan azoblarini hech kim koʻtara olmasdi. Hech qayerda yoʻq... -Arlan sizlar alloh yaratgan juftliksizlar. Agar taqdiringizda birga boʻlish yozilgan boʻlsa uni sendan hech kim tortib ololmaydi... -Ammo ketdi... -Oʻzingni qoʻlga ol. Bu yerdagilarni ham tinchini buzma kech kirganda kelib. Dadam havotir olyaptila kechadan beri koʻrmadim deya... Sardor Arlanga dalda berib uyiga olib ketdi... Ertalab oila nonushta qilishayotganida Husniya opa ham kelib qoʻshildi. Azima hizmatchilarga ish bermasdan hammasini qilardi... -Sardor Goʻzal bilan doʻxtirga koʻrindinglarmi? Tez tez borib turinglar."-dedi Husniya opa. -Ha amma yaxshi eslatdingiz bugun borib kelamiz. Goʻzal tayyorlan ketdik..."-dedi Goʻzal. -Menga ham nasib qilsin tezroq".-dedi Temur kulib. -Shoshmay turaver"-dedi Sardor kulib... Sardor Goʻzal birgalikda shifokor koʻrigidan oʻtishga yoʻl olishdi... -Sardor aka toʻxtang chanqadim suv olay doʻkondan.. -Hozir chekkaroqda toʻxtayman... - Sardoooor aka yuk mashinasii ehtiyooot. Goʻzal gapini tugatishga ulgurmadi yuk moshinasi goʻzal oʻtirgan tarafdan keldi.. Tezda odamlar yigʻildi Yuk moshinasining egasi tushub endi qochayotganida odamlar ushlab qolishdi... Goʻzal va Sardorni kasalhonaga olib ketishdi Militsiyalar yuk moshina egasini olib ketishdi... Ahmedovlar oilasiga ham habar berildi..... Muhammad oxirgi payt koʻp yigʻlab uhlamay chiqadigan boʻlgandi Mahliyo havotir olib kasalhonaga olib bordi.. -Hammasi yaxshi ekanmi? Negadir koʻp yigʻlayapti.-Dedi Mahliyo shifokorga. -Oʻgʻlingiz boshida oʻsimta bor... Aperatsiyaga tayyorlaninglar. -Nimaaa?? Baqirib yubordi Mahliyo -Axir endi 3 yoshga kiradigan bolada oʻsimta nima qiladi oʻylab gapiryapsizmi? -Hammasi allohdan. Aperatsiya bu yerda boʻlmaydi germaniyadagi hamkasblarimiz bilan bogʻlanamiz oʻsha yerda aperatsiya qilib davolatasizlar. -Oʻgʻlimga hech nima qilmaydi a? Tuzalib ketadi shundaymi? Iltimos gapiring oʻgʻlimga hech nima qilmaydimi? -Men hech nima deya olmayman oldindan. Hammasi ollohdan duo qiling...-Dedi shifokor va chiqib ketdi.. Mahliyo yigʻlab yubordi. Muhammad onasini yigʻlaganini koʻrib qoʻlini Mahliyoning yuziga olib borib silab qiqr qiqr kuldi. Buni koʻrgan Mahliyo Muhammadni ushlab hoʻngrab yigʻlab yubordi.... Azim bilan gaplashib olish uchun Mehmonhonaga keldi... Kasalhonadan doʻxtirlar tinmay yugurishardi. Rahmiddin Ahmedov boshini ushlab oʻtirib qolgan Husniya opa oʼzini mehribon qilib unga dalda berardi. Temur bitta joyda tura olmas ... Doʻxtirlarga tinmay oʻshqirar " Qancha pul kerak , beraman ularni saqlab qolinglar" derdi. Bu paytda Militsiyalar yuk moshina egasini soʻroq qilishardi.... Zulfiya opa Zafar amaki ham yugurib kelishdi. -Qizim oʻgʻlim nima boʻldi qizim"-. Deya zulfiya opa yigʻlab keldi. Husniyani koʻrishi bilan toʻxtab qoldi ... -Sen bu yerda nima qilyapsan? -Dedi Husniya opa gʻazab bilan. -Oʻgʻlim qizim nima boʻldi sen qilgansan seni ishing bu odammasan sen ilonsan".-Deya zulfiya opa Husniya opani urushga yugurdi Arlan ushlab qoldi. -Rahmiddin bu nima deyapti. Sardor oʻz singlisiga uylandimi? Jinni boʻlganmisizlar? Ahmoqlar"-deya oʻshqirdi Husniya opa -Oʻzingizni bosib oling hola undaymas keyin tushuntirib beraman".-dedi Arlan. -Kechirasizlar hozir kelgan bemorlar qizingiz bolasidan ayrildi oʻzini ahvoli ham ogʻir qoma holatida.."-dedi Shifokor chiqib. -Nimalar deyapsan nega ayriladi topasan jiyanimni ".-deya Temur shifokorni urub ketdi Arlan va Zafar amaki temurni ushlashdi -Temur oʻzingni bos bu Allohni irodasii.. deya baqirdi Arlan. -Sardorchi qizning turmush oʻrtogʻi uni ahvoli yaxshimi? -Qoniqarli aniq gap aytolmayman... Siz oʻzingizni bosib oling kasalhonadasiz.-Dedi Shifokor va yana qaytib kirib ketdi... -Qizim ".-deya Zulfiya opa yigʻlab oʻtirib qoldi. Zafar amaki qancha oʻzini bosib olishga harakat qilmasin baribir oʻzini tutub tura olmadi yigʻlab yubordi... Militsiya hodimlari ham shafyorni olib kelishdi. -Assalomu alaykum... Jinoyatchi aybini tan oldi. Uyushtirilgan ekan".-dedi milisiya hodimi.. Husniya opani koʻzi chiqib ketay dedi. -Nima kim qaysi nonkor qildi bu ishni".-dedi Rahmiddin Ahmedov. -Gapiring oʻzingiz. Shafyor Husniya opaga bir qarab qoʻydi-da. -Dilrabo Ahmedova. 5000$ evaziga. Birinchisiga 2000$ bergan ish bitgandan keyin qolganini beraman degandi. Ishonmasangiz bu puli. Oddiy shafyorda bunchalik pul boʻlmaydi. Iltimos meni qo’yib yuboringlar bolalarimni boqishim kerak qizim ogʻir kasal. Uni davolatish uchun rozi boʻlganman bu ishga. -Menga aytsang berardim-ku shu pulni "-Deya Temur shafyorga ham tashlandi... Temur qattiq iztirobda edi akasi va oilasidan shuning uchun gʻazablanib oʻzini bosa olmayotgandi... -Oʻldiraman oʻsha Dilraboni oʻldiraman unday ona oʻlimga loyiq... Temur gʻazab bilan tashqariga otildi ortidan Arlan ham yugurdi... Qolganlar shok holatida edilar. Arlan Temurni ushlab qololmadi U borgunicha Temur moshinasiga chiqib eshiklarni qulflab oldi. Arlan yugurib moshinani oldiga turub oldi. -Temur oʻzingni bos. Bilaman hozir juda qiyin senga ammo bu ishing notoʻgʻri dadangni oldida boʻlishing kerak"-deya Arlan baqirib baqirib gapirardi. Temur bir zum Arlanni eshitib turdiyu moshinani chiyillatgancha juda katta tezlikda haydab ketdi... Arlan oʻzining moshinasi yoʻq edi taksiga qarab yugurdi ... -Qamoqqa tiqing azobda oʻlib ketsin".-deya Rahmiddin Ahmedov milisiyalarga qarab oʻshqirdi... Shafyor Rahmiddin Ahmedovni oyogʻiga bosh qoʻyib kechirim soʻrardi. -Ket koʻzimga koʻrinmaaa oilangni bunday boqmaa".-deya shafyorga ham oʻshqirdi.. Qoʻrqqanidan yugurib chiqib ketdi militsiyalar ham chiqib ketishdi... -Meni ayblayotganding a nonkoʻr? Sen odam boʻlmaysan deb koʻp aytganman".-dedi Husniya opa Zulfiya opani oldiga kelib... -Bas qilinglar oʻgʻlim kelinim yashash uchun kurashmoqda, nabiram tugʻulmasdan nobud boʻldi. Senlar nega bir biring bilan urushyapsanlarr"... Deya Rahmiddin Ahmedov chidab tura olmay baqirib tashladi. -Allohni aytgani boʻladi peshonalariga shu yozilgan ekan tinchlanib tuzalib ketishlari uchun duo qilamiz ***
- Nimaaa? Nega nega unday boʻladi sogʻlomku qarab kulib turishini qara qanday oʻsimta boʻlishi mumkin? Sen qaramagansan bolaga. Sevinchni urub qiynab yuravergansan unga hasad qilishni bilgansan..."
Temur Mironshoh uyining darvozasini tepib kirdi odamlari ham Temurga gapirishmasdi hammasi bilishgandi. Dilrabo va Mironshoh televizor koʻrib oʻtirishardi. Temur kirib borib Dilraboni boʻgʻa boshladi... -Sen oʻlasan odam emassan sen odam emassan vaxshiy hayvondan farqing qolmabdi.... -Temur tinchlan...... Mironshoh odamlari bilan Birga Temurni zoʻrgʻa ushlab turishardi... Dilrabo nafas ololmay yoʻtalib qolgandi... -Nima qilyapsan Temur onang-ku u.. Mironshoh Temurga qarab oʻshqirdi. -U odam emas Akam va xotinining qotili. Qotil u qotillll. -Nimalar deyapsan? -Akam bilan Ayoli tugʻulmagan bolasining qotiliiii ona emas uuu.. -Nima? -Oʻlishi kerak edi. Oʻldimi? Zoʻr ish qildim mazza qildim oʻlgan boʻlsa".-dedi Dilrabo qattiq kulib.. -Sen oʻlasaan. Temur Dilraboga qarab yugurdi odamlar yana ushlab qolishdi. Arlan ham yugurib kelib Temurni ushladi... -Dilrabo Ahmedova siz oʻz oʻgʻlingiz va keliningiz joniga qasd qilgansiz. Bunga yetarlicha dalillarimiz ham bor. Biz bilan ketasiz...-Deya militsiyalar kirib keldi -Nima? yolgʻon boʻxton bu men hech nima qilmadim tegma tegma menga... -Umringni oxirigacha qamoqda xor boʻlasan".-dedi Temur gʻazab bilan. -Hammangizni qasdimni olaman oʻldiraman hammangizni"-deya Baqirdi Dilrabo. Militsiyalar Dilraboni qamoqhonaga olib ketishdi.... -Biz keldik! Azim Muhammadni koʻtarib Sevinchni honasiga kirishdi.. Sevinch yigʻlab oʻtirgandi Muhammadni ko’rib hursand boʻlib ketdi.. -Voy bu shirinni hush kelibsiz shahzodam"..-deya Sevinch muhammadni koʻtarib oldi. Muhammad ham sevinchni sochlaridan tortqila kulib erkalanardi... Azim ularni tomosha qilib bir Sevinch Azimni ayoli Muhammad ikkalasining oʻgʻli boʻlishini chin dildan hohladi... -Mahliyo opa qanday ruhsat bersi olib kelishingizga? -U bilmaydi seni bu yerda ekanligingni. Keyin biz bugun germaniyaga ketamiz. Muhammadni aperatsiya qildirishimiz kerak. Boshida oʻsimda bor ekan. -Nimaa? Qanaqasiga mitti farishtada nima ayb bor edi bunday boʻldi".-deya Sevinch yigʻlab Muhammadni quchdi... -Senga shuncha azob bergan Ayolning oʻgʻli uchun nega siqilyapsan? Nega yigʻlayapsan. -Bu farishtada ayb yoʻq. Sizlarni ayblaringiz uchun u javob berishi mumkin emas.... -Balki, endi biz ketdik oʻzingni ehtiyot qil vaqtida ovqatlan... -Iltimos meni qoʻyib yuboring iltimos sizdan yolvoraman. Sevinch darrov Azimni oyogʻiga yiqildi. - Sevinch sabrimni sinaman oʻzing aybdor boʻlasan doim kaltaklashimga bas qil. Yotib damingni ol charchabsan.".-dedi Azim va Muhammadni olib chiqib ketdi. -Qiz haqida ham yigit haqida ham aniq gap ayta olmaymiz. Ertagacha kutamiz oʻziga kelishini bu yerda turganingizdan foyda yoʻq uyingizga borib duo qilib turinglar".-dedi Shifokor chiqib. -Yoʻq men shu yerda turaman ketmayman hech qayerga"..--dedi Zulfiya opa yigʻlab. -Zulfiya uyingga borib damingni ol hammasi yaxshi boʻladi".-dedi Rahmiddin Ahmedov. Birinchi marta zulfiya opani yuziga tik qarab gapirgandi. Zulfiya opa jim hech nima demadi. Zafar amakiga qarab "ketdik" dedi va chiqib ketishdi... Husniya opa va Rahmiddin Ahmedov ham uylariga ketishdi... Shifokor yana chiqganida ketib boʻlishgandi Arlan bilan Temur kelib qolishdi... -siz bemorlarga kim boʻlasizlar".-dedi shifokor. -Ukalarimiz. -Ha kelinoyingiz farzandlari egizak ekan. Oʻgʻil qiz besh oylik ekanlar. Nobud boʻlishdi aperatsiya qilib oldik olib ketasizlarmi? -Egizaaakkkk. Akam buni endi haqiqatdan koʻtara olmaydi".-deya Temur chiday olmay yigʻlab yubordi. -Temur oʻzingni qoʻlga ol. Ketdik ularni qabristonga olib boramiz."-dedi Arlan.... Kechki reys bilan Azim Mahliyo va Muhammadni olib Germaniyaga ketdi... Mahliyo bir daqiqa ham yigʻlamasdan oʻtira olmasdi faqat Muhammadni quchib yigʻlab oʻtirardi. Ertalab Rahmiddin Ahmedovga hushhabar keldi Sardor oʻziga keldi deya. Hursandligidan Arlan Va Temurni olib Shifohonaga yugurishdi. Husniya opa Dilraboni oʻz koʻlari bilan koʻrish uchun qamoqhonaga keldi... Dilraboni olib kelishdi oyna ortida Dilrabo bu tomonida Husniya opa. Ikkala ilon bir birga qarab zahrini sochishga tayyor turishgandi. Dilrabo telefonni olib yigʻlashga tushdi. -Opa meni qutqaring iltimos sizdan."-dedi Dilrabo yigʻlab. -Dilrabo meni bilmas ekansan nahotki oʻljani birov bilan boʻlishadigan ayolga oʻxshasam... Nahotki men a? Seni yoʻlimdan olib tashlash uchun birga ishlaymiz deganman. Shafyor oʻrgatganlarimni oqizmay tomizmay aytibdi".-dedi Husniya opa Dilrabodan koʻzlarini uzmay kuldi... -Tushunmadim? -Shafyor shafyor. Hali ancha Sodda ekansan Dilrabo uni men yoʻllaganman sen aytgan shafyor endi yoʻoʻq".-Deya yana kuldi -Nima. Sen..nn seni oʻldiraman oʻldiraman ....-Deya Dilrabo oynaga qoʻli bilan urub sindirishga harakat qilardi -Uni olib ketinglar aqldan ozibdi..dedi Husniya opa va chiqib ketdi. -Sardor yaxshimisan oʻgʻlim? -Aka nega gapirmayapsiz? -Tinchlaninglar".-dedi Arlan. -Goʻzal uuu nga nima boʻldi?"-dedi Sardor sekingina -Goʻzal... -U ham yaxshi ertaga uni ham palataga olishar ekan hozir yoniga qo’ymayapti".-dedi Arlan Temur gapirmasidan. Temur tushunib Arlanga qarab qoʻydi. -Oʻzi boʻldi hech nimaga tushunmay qoldim. Yuk mashinasi qayerdan paydo boʻldi men toʻxtagan joyda yengil moshinalar ham kam edi".- dedi Sardor. -Aka bu bu Dilraboni ishi".-dedi Temur va honadan chiqib ketdi. Onam deb ham aytgisi kelmadi. -Arlan men yaxshiman Temurni yonida boʻl. Undan hafa emasman meni ukam u. Undan yomonlik koʻrmadim shu paytgacha.,... - Hop oʻzingni ehtiyot qil. Arlan chiqib ortidan Zulfiya opa kirib keldi -Men Dilrabo bilan gaplashib kelaman."-deya Rahmiddin Ahmedov ham chiqib ketdi... -Hammasi tayyor... Aperatsiyani boshlashimizdan oldin bunga imzo qoʻying? Dedi shifokorlar chiqib Azim va Mahliyoga. -Nima bu? -Oʻgʻlingiz tirik qolish qolmasligi 50/50 oʻlimiga oʻzingiz rozi boʻlib imzo qoʻyasiz yana agar yashab ketmasa biz bilan sudlashib yurmaysiz bizni aybdor qilib. Biz qoʻlimizdan kelgan hammasini qilamiz.... Mahliyo ikki qoʻlini ogʻziga qoʻyib baqirib yigʻlab yubordi... Azim koʻzidan bir tomchi yosh oqib imzoni qoʻydi. -Dilraboni olib chiqishsin men gaplashib olaman.".-dedi Rahmiddin Ahmedov qamoqhonaga borib. -Dilrabo Ahmedova oʻzini oʻzi urub sochini yulyapti. Aqldan ozdi. -Nima? Nega yaxshi edi-ku. -Sizdan oldin Husniya Ahmedova kelib ketgandi. U bilan gaplashib shu ahvolga tushdi. -Tushunmadim bu bu. Gaplashgan gaplarni yozib olasizlarmi? -Ha hammasi yozib olinadi. -Menga tezroq olib keling.. -Bu mumkinmas. -Meni tushunmadingiz shekilli... -Yuring men bilan.... Muhammadni aperatsiya uchun olib kirib ketishdi. Mahliyo yigʻlayverganidan koʻzida yoshi qolmadi holsiz oʻtirib qoldi. Azim ham nima qilishni bilmay bitta joyda tura olmasdi. Ayol kishi ichidagini yigʻlab chiqarib oladi erkak kishi ichiga yutadi yigʻlay olmaydi... -Nega? Qanaqasiga? Axir hammasi yaxshi edi-ku. Doim kulib turardi-ku. Men oʻgʻlimsiz qanday yashayman. Ayting qanday yashayman oʻgʻlimsiz qanday yashayman.. gapiring gapiring". Mahliyo toʻsatdan Azimni urub yigʻlay boshladi. . -Bas qil. Unga hech nima qilmaydi. Dunyolariga oʻt qoʻyama hammasini unga nimadir qilsa yigʻlashni toʻxtat. Azim Mahliyoni ushlab baqirib tashadi. -U soppa sogʻ edi shu paytgacha boshqa bolalardek shamollab grip ham boʻlmagandi. Sevinchni uvoli tutdi bizni ammo nega oʻgʻlimizga boʻladi men oʻlsam boʻlmaydimi oʻrniga men jonimni olsin.... Mahliyo oʻzini yerga tashab yigʻlay boshladi. -Sen oʻshanda unga azob bermaganingda. Qiynamaganingda shunday boʻlmas edi. Uni qargʻishi senga emas oʻgʻlimga tegdi. Aslida sen oʻlishing kerak edi... -Chaqiring telefon qilib bering kechirim soʻrayman meni kechirishini soʻrayman iltimos u bilan gaplashtiring yolvoraman.... Azim Menejeriga qoʻngʻiroq qilib telefonni Sevinchga berishini aytdi.. -Eshitaman -Sen bilan Mahliyo gaplashmoqchi. -Meni gapim yoʻq. Gaplashmayman. -Alo Sevinch iltimos telefonni oʻchirib qoʻyma. Meni kechir senga azob berganim uchun iltimos sendan yolvorib soʻrayman meni kechir. Oʻgʻlimni duo qilib tur tuzalib ketsin. Meni undan boshqa suyanchigʻim yoʻq. Iltimos kechir meni yolvoraman."-Deya Mahliyo yalinib yigʻlay boshladi. Sevinch Mahliyoni gaplaridan tasirlanib ketib oʻzi ham yigʻladi.. -Kechirdim Muhammad tuzalib ketadi. Hozir namoz oʻqib duo qilaman havotir olmang... - Rahmat rahmat. Kechirganing uchun ham rahmat.-Dedi Mahliyo yigʻlab... -Senga telefon beradi. Sen bilan gaplashib turishim uchun. Oʻzingni ehtiyot qil."-dedi Azim va telefon oʻchdi... Husniya opa Sardorni yonida hech nima boʻlmagandek oʻzini undan havotir olayotgandek koʻrsatib yolgʻondaka koʻz yosh qilib oʻtirardi... Rahmiddin Ahmedov gʻazab bilan kirib keldi. -Keldingizmi Rahmiddin. -Dedi Husniya opa Rahmiddin Ahmedov telefonni olib Husniya opa va Dilrabo qamoqhonada gaplashgan gaplarini qoʻydi.... -Rahmiddin bu bu shunchaki hazil edi. Dilraboni yanada siqilishi uchun edi bu. Bu bu yolgʻon.." Husniya opa nima deyishni bilmasdi. Duduqlanib gapirardi.. -Singlim onam deb yursam qoʻynimda ilon saqlab yurgan ekanman. Koʻzimga koʻrinma olib chiqib keting ularni".-deya baqirdi Rahmiddin Ahmedov odamlari kelib Husniya opani ikki tomonidan ushlab olishdi. -Menga bunday qilolmaysan Rahmiddin haqqing yoʻq qo’yib yuboring meni bunday qilolmaysan ".-deya baqirardi Husniya opa. Rahmiddin Ahmedov haligacha shok holatida hech nimani anglolmay turgan Sardorga qaradi. -Sardor sardor menga qara... -A? Nima? -Unga etibor berma uning niyati faqat pul. Kelgan joyiga qaytib ketadi hozi oʻzbekistonga kira olmaydi boshqa. Sen buni oʻylama .. -Dada ammam men tushuna olmadim. -Oʻylama dedim-ku senga etibor qilma. Yaxshimisan oʻzing? -Ha men yaxshiman goʻzalchi? -Sardor oʻzingni qoʻlga ol oʻgʻlim. Goʻzal qomadan chiqmadi ahvoli qoniqarli ham emas. Bolalaring ularni asrab qololishmadi. -Dada yoʻq men farzandimni intiqlik bilan kutayotgandim-ku. Yoʻoʻoʻqqq ". Sardor yotgan joyidan turub ketdi qoʻllariga ulangan ukollar chiqib ketib qoʻllaridan qon quyila boshladi oʻzini qoʻlga ololmas tinmasdan " Yoʻq" deya baqirardi. -Sardoooor oʻzingni qoʻlga ol hamshira doʻxtir kim boor chaqiring tez..... Oradan uch soat oʻtsa ham doʻxtirlar chiqishmasdi Azim sabri tugab aperatsiya boʻlayotgan honani eshigini ura boshladi... Hamshira kelib Azimni tinchlantirishga urunishardi.. -Nega chiqishmayapti uch soat boʻldikuuu.. Azim alamini hamshiralardan ola boshladi -Tinchlanib oling oddiy aperatsiya emas bu... -Tabriklaymiz aperatsiya yaxshi oʻtdi".-deya kulib Shifokor chiqib keldi... -Rostanmi".-Dedi Mahliyo va boshqa gapira olmadi... Yerga oʻtirib qolib yigʻlab yubordi.... Azim ham oʻzini ushlab tura olmadi koʻziga yosh oldi.. -Qachon koʻrsak boʻladi. -Hozir emas ertaga... -Rahmat -Arlan akaa-Dedi sevinch shivirlab.. Menejer telefon berib chiqib ketishi bilan Arlan qoʻngʻiroq qildi. Sevinchga berilgan telefonda hamma gaplashgani yozib olinib Azimga borib turiladigan qilingandi... Arlan Sevinchni ovozini eshitishi bilan Vujudini hayajon va qoʻrquv egalladi sababi Sevinch shivirlab gapirayotgandi.... -Sevinch oʻzingmisan qayerlarda yurubsan?-Dedi Arlan havotirli ovozda. -Meni olib keting iltimos. Azim meni mehmonhonasiga yashirgan... -Nima oʻldiraman uni endi tirik qoldirmayman. Senga hech nima qilmadimi azob bermadimi? Toʻgʻrisini ayt? -Yoʻq menga tegmadi iltimos meni olib keting? -Qaysi honada ekanligingni bilasanmi? -Yoʻq bilmayman derazadan qochmoqchi edim uni ham berkitib tashlagan faqatgina bitta eshik bor uni ham qoʻriqlashadi.. -Ming lanat. Ovqatni kim olib keladi Azimni oʻzimi? -Yoʻq oʻgʻlini aperatsiya qildirish uchun Germaniyaga ketgan. -Ayni vaqti hozir men mehmonhona oldiga borib turaman Ovqat olib kelishlarini soʻra honaga kirishlari bilan oʻzingni hushidan ketganga sol. -Ish bermasachi? -Beradi Meni aytganimni qil... Telefon oʻchdi. Qoʻngʻiroq yakunlanishi bilan gaplashilgan gaplari Azimga borib turdi. Ammo Azim Muhammadni dorilarini topish bilan boʻlib unga qaramadi... Temur ham keldi Sardorni tinchlantiruvchi ukollar bilan tinchlantirishdi. -Aka bandachilik hali yoshsan koʻp farzandlaring boʻladi. Balki ikkalamiz bir kunda Ota boʻlarmiz. Biz sen bilanmiz".-dedi Temur Sardorni yoniga oʻtirib.... -Nima boʻlsa ham roziman Goʻzal oʻziga kelsa boʻldi... -Goʻzal kuchli albatta oʻziga keladi.. Duo qilamiz. Qara senga Azima shoʻrva qilib bergan ichib olgin... -Azima yaxshimi? U ham siqilib qolgandir yolgʻiz uyda.. Yonida boʻl yolgʻizlatma... -Ey aka unga balo ham urmidi birinchi koʻrganimda kamgap qizga oʻxshagandi. Uylanganimdan keyin ogʻzi ochildi tinmay gapiradiya.. Sardor oxiri kulib yubordi. -Bu ayollar teggan kasallik uylanguncha kamgap toʻydan keyin tinmasdan gapirishadiya.. Bemorni yoʻqotyapmiz doʻxtir doʻxtir hamshiralar yugurib qolishdi... -Nima boʻlyapti -Bilmasan doʻxtir deya baqiroshyaptimi hamshiralar . -Temur tez chiqib qara yuragim gʻash nimadir boʻlgan Goʻzalga nimadir boʻlgan chiqib qara tez..-Dedi Sardor bir qoʻli bilan yuragini ushlab bir qoʻliga ukollar ulangandi... Temur yugurib chiqdi haqiqatdan ham do’xtirlar Goʻzalni oldiga shoshishayotgan edi . -Nima boʻldi Goʻzalga tinchlikmi? Deya yugurib borib hamshiralardan soʻradi yurak urushdan toʻxtayapti. -Nimaa? Temur Goʻzal yotgan honaga yugurdi Doʻxtirlar kiritishmadi.. Doʻxtirlar Goʻzalni yuragini urushga majburlashar foydasiz edi.... Doʻxtir oxiri umidini uzdi yonidagi toʻxtirlarga qarab bosh silkib qoʻydi. Sevinchga hizmatchilar ovqat olib kirishlari bilan oldiga chiqayotgan boʻldida oʻzini hushidan ketgan solib yerga gurs etib yiqildi. Hizmatchilar qoʻrqib ketib Sevinch suv sepishar honadan yugurub chiqib ketishdi tez yordam chaqirish uchun Sevinch eshik ochiq qolganini sezib oʻrnidan sakrab turub orqasiga qaramay qocha boshladi.... Mehmonhonadan chiqib Arlanni qidira boshladi.. Arlan koʻrinmagach taksi toʻxtatish uchun yugurdi oldiga bitta qora moshina kelib toʻxtab Arlan tushdi yugurib kelib Sevinchning oldiga keldi.. -Mashinaga chiq tez. Hech qayering ogʻrimayaptimi yaxshimisan?"-dedi Arlan sevinchga qarab. -Yaxshiman dadam dadam yaxshimila. -Ha habar berdim ularga ham men bilan ketasan hozi. Arlan Sevinchni oʻzining buvisi bilan yashagan hovlisiga olib ketdi. Temur Doʻxtirlarni eshik oynachasi orqali kuzatib turardi. Doʻxtirning boshqalariga qarab bosh silkib Goʻzalni yuzini yopib qoʻyganini koʻrgan Temur baqirib eshiklarni tepa boshladi.. Doʻxtirlar chiqishi bilan Temur ularga tashlandi -Nega yuzini yopasanlar yuzini ochinglar. Uni qaytaringlar. -Oʻzingizni bosing. Alloh oldida biz ham ojizmiz.. Bandachilik.. Dedi doʻxtirlar ularni gapini Sardor eshitib turardi. Temurni koʻzi Sardorga tushdi.. -Akaaa Sardor miyasi hech nimani qabul qilmasdi Goʻzal yotgan honaga qarab yugurdi... -Aka toʻxta oʻzingni qoʻlga ol akaa. -Qoʻyib yubor Goʻzal meni tashlab keta olmaysan menga sensizlikni ravo koʻrma Goʻzaaall Goʻzaal. -Doʻxtir doʻxtir.. Sardor holsiz yiqilib qoldi... Doʻtirlar yugurib kelib Sardorga uhlatadigan ukol qilib honasiga olib ketishdi.. Temur Rahmiddin Ahmedov zulfiya opa va Zafar amakilarga ham habar berdi... -Sevinch Sevinch qochdi Hoʻjayin".-dedi Azimning menejeri Qodir. -Nimaaa? Qanday qochadi koʻzing qayerda edi.... Topasan qayerda boʻlsa ham topasan. -Kameralardan tekshirdik bitta yigit bilan qochgan. -Yigit? Toʻxtab tur. Azim darrov Sevinch kim bilan gaplashganini eshitdi.. -Azimbek nima qilaylik? -Top qayerdan boʻlsa ham Sevinchni top kerak boʻlsa butun shahar kamelarini tekshirib chiq. Sevinchni top...-Deya Azim jahl bilan telefonni oʻchirdi. Oldida Mahliyo unga qarab turardi. -Nima demoqchisan? -Sevinchni yashirib qoʻyganmidingiz? Unga azob bermang. Uni taqdiri boshqa bilan ekan. -Yoʻq uni taqdiri menman meen. -Yoʻq u bilan sizning taqdiringiz ayro. Uni chindan yaxshi koʻrsangiz baxtli boʻlishiga qoʻyib bering... Azim jimib qoldi. -Muhammad koʻzlarini ochdi yuring koʻrishga ruhsat bersin...-Dedi Mahliyo va ketib qoldi... Azim biroz oʻylanib turdi va Qodirga telefon qilib qidirmanglar dedi... Arlanga ham qoʻngʻiroq qildi. -Kim bu.-Dedi Gʻamgin ovozda Arlan. Goʻzalni oʻlimidan hammmasi qaygʻuda edilar. -Arlan men Azimman. Baxtli boʻlinglar... Inshaalloh toʻyingizga ayolim va farzandim bilan boraman"..-dedi Azim -Nega toʻsatdan bunday deb qolding? Yoki yana nimanidir boshladingmi? -Yoʻq Sevgani uchun hech kim baxtli boʻlishi uchun sharoit yaratib bera olmaydi. Buni qanchalik qiyinligini oʻsha inson tushanadi holos. Sevinch baxtli boʻlsa men ham baxtliman. Faqat sendan iltimos. Erdan ajralgansan hech qachon yuziga solma. U bokira, farishta qiz. Baxtli boʻlishga loyiq.. Omadinglarni bersin"..-dedi Azim va telefonni oʻchirib..." Xotin ketdik Oʻgʻlimizni koʻrib chiqamiz" deya kulib Mahliyoni oldiga ketdi. Yuzida tabassum ichida ogʻriq edi..... Ertasi kun Sardor oʻziga kelgandan keyin boʻlgan voqealarni oʻylab palatadagi hamma ukol u dorilarni chil chil sindirib Dilrabo oʻldiraman seni deya baqirardi.. Goʻzalni oʻlganiga hech kim ishonmas hamma tush boʻlsin deya yigʻlashardi.... Arlan bilan Temur Sardorni tinchlantirib.. Odamlar bilan Goʻzalni qabrga qoʻyish uchun borishdi. Sardor Goʻzalni hech kimga bermayman deya quchib olgandi -Sardor qizni qiynama endi, uning ruhi bezovta boʻladi janozani oʻqish kerak".-deya Rahmiddin Ahmedov Sardorni qoʻlidan farishtadek boʻlib bu dunyoni tark etgan Goʻzalni olishga harakat qildi. -Tishsh dada u uhlayapti uygʻotib yuborasizlar tishsh, uygʻongandan keyin yana men bilan janjal qiladi.. Tishshshsh".-dedi Sardor telbanoma holatda Goʻzalning jonsiz tanasini quchib olib.. Hamma uni kuzatib turardi... Goʻrkov Sardorning holatiga qarab... -Alloh koʻrib turubdi toʻgʻrisini aytyapman bu men qazigan goʻr ichida eng yumshoq joy edi. Menga qandaydir kuch berilib turdi har doim goʻr qazisam darrov charchab qolar edim men charchoq nimaligini bilmadim. Goʻrni Qazishim davomidi hatto bitta chumoli ham chiqgani yoʻq".-dedi Goʻrkov... Sardor goʻrkovning gaplarini tinglab turib Goʻzal uchun qazilgan goʻrga qaradi. Goʻzalni yanada qattiq quchib... -Yoʻq yoʻq sizlar hazillashyapsizlar u uhlayapti uyquchi shunaqa yoʻq yoʻq u uhlayaptiiiii".-deya Sardor oʻzini oʻzi urub qattiq baqirdi. Rahmiddin Ahmedov va Temur Sardorni ushlab turushdi goʻrkov va boshqalar bir boʻlib Goʻzalni qora tuproqga qoʻyishdi. Sardorni ularni kuzata turib tinmay baqira boshladi Temur Va Rahmiddin Ahmedovning kuchi unga yetmasdi. Yana ikki kishi qoʻshilib Sardorni ushlashdi... -Yoʻq yoʻq qoʻyib yuboring Goʻzal u u uhlayapti qoching tegmanglar unga. Uhlayapti u qorongʻulikdan qoʻrqadi qoʻyib yuboring, yolgʻiz yota olmaydi men ham tushaman yoniga qoʻyib yuboring dadaaa".-deya tinmay baqirardi Rahmiddin Ahmedov oʻgʻlini koʻrib faqat koʻz yosh toʻkardi. Goʻrkov va odamlar goʻzalni qoʻyib qabrni yopishdi... Rahmiddin Ahmedov ortiq chidab tura olmay Sardorni qoʻyib yubordi Sardor yugurib borib qabrni qoʻli bilan kovlashga harakat qilar Goʻzal deya baqirardi........ Sardorni bu holatiga hech kim chiday olmadi. Oʻzi ham holdan toydi. Arlan tez yordam chaqirib tinchlantiruvchi ukollar qilishgandan keyin Sardor holsiz uhlab qoldi... Temur Zulfiya opani Dadasini qaygʻusini koʻrib koʻzi yoshga toʻlib Mironshohni oldiga ketdi.. Uyiga kirib bordi Mironshoh sigareta tutatib Dilraboni qanday qamoqdan chiqarib olishni bilmasdan oʻtirardi. Temur yugurib keldiyu Mironshohni boʻgʻib oldi. -Sen sen meni dadammisan odammisanla oʻzi. Nega qaramagansan xotiningga dayus... Goʻzal oʻldi. Ota onasini qanday holatdaligini bilasanmi? Pul kerakmidi ol toʻydingmi ol".-deya Temur qoʻyib yuborib yuziga pullarni sochib tashladi. -Temur meni shunchalik yomon deb oʻylayapsanmi? -Sen odam emassan vaxshiy hayvondan ham battarsanlar... Akam haligacha oʻzini bilmay yotibdi. Tugʻulmagan egizallari oʻldi. Suygan ayolidan ayrildi. Niyatingga yetdinglar vijdonsiz hayvonlar. Erkakmisan erkak kishi boʻlsang nega bitta ayolni eplolmading? Nega boshqani ayoli ekanligini bilib turub unga hushtor boʻlib yurding.. deya Temur alamidan chiqguncha baqirib baqirib gapirib hamma narsani tepib tashlab chiqib ketdi. Mironshoh gapirishga gap topa olmay oʻtirib qoldi.. Temurni baribir ichi sovumadi Dilraboni oldiga ketdi.. Dilraboga bir umrlik qamoq jazosi berilgandi... Dilrabo olib chiqishdi kelib oʻtirib telefonni olmasidan Temur oyna orqasida turub baqirib oynani mushtlayverdi. Uni vajohatini koʻrgan Dilrabo qoʻrqganidan qotib qoldi.. militsiyalar Temurni olib chiqib ketishdi... Uyga qaytib keldi hamma qaygʻuda uy uyiga ketishdi Uy endi fayzga toʻlganda yana zulmatdek boʻlib qoldi... Azima oshxonaga kirib bir burchakda qoʻli bilan ogʻzini yopib yigʻlab oʻtirganida xizmatchilar borib temurga aytishdi... -Nima boʻldi Azima nega bu yerda oʻtirib yigʻlayapsan? "-dedi Temur Azimani oldiga oʻtirib. - Men kelishim bilan muommolar boshlanib ketdi. Goʻzal opa olamdan oʻtdi. Men shumoyoqman. Men kelganimdan keyin boshlandi hamma meni yomon koʻryapgani aniq... -Yoʻq bu muommolar doim boʻlgan. Seni aybing ham yoʻq. Bu ammam va Dilraboni ishi... - Nega bunday qilishdi. Temur chuqur uh tortib -Pul uchun. Dedi Oradan 1 hafta oʻtib.... -Aka nimadir yeb oling kasal boʻlib qolasiz".-dedi Temur Sardorga. Sardor honasida Goʻzalni yostiqiga qarab yotar edi. -Yemayman.-Dedi Sardor juda qoʻpol. -Aka iltimos. Goʻzal hozirgi holatingizni koʻrganda juda siqilgan boʻlar edi... -Kettttt.".-deya baqirib yubordi Sardor. Temur sekin hona ichiga kirib Sardorni yoniga choʻkkalab oʻtirib koʻzi yoshfa toʻlib... -unda men ham shu yerda oʻtiraman. Sizni yoningizda ".-dedi Koʻza yoshlarini ushlab tura olmadi.. -Men seni akang emasmanku oʻgayman-ku nega menga buncha kuyunyapsan bor ket". -Meni akamsan. Oʻgay emassan. Men seni yaxshi koʻraman aka. Oʻz onam mendan kechganda sen kechmading-ku. Meni oʻzingga uka deb bilmaysanmi? Oʻgaymanmi? Sardor Temurni quchib yigʻlab yubordi. -Koʻnika olmayapman Temur koʻnika olmayapman. -Aka men seni yoningdaman-ku. Oqibatimiz bir umrlik... Sabrli bo’l aka! Sen uchun yozilgan taqdir, eng mukammal yozuvchi tomonidan yozilgan!. -Boringga shukur. -Hamma bizni kutayapti ovqatlanmasdan ketdik. Zulfiya holam bilan amakim ham kelishgan.. -Ketdik... Sardor bir hafta ichida anchagina ozib qolgandi chiqishi bilan Zulfiya opa kelib quchib oldi. -Onajonim men yaxshiman. Axir kuchliman-ku. Siz siqilmang faqat onam. Zulfiya opa gapirolmay yigʻlab joyiga oʻtirdi hammasi jam ovqatlana boshlashdi. Hech kim gapirmas sukut.. Faqatgina qoshiqlar ovozi eshitilardi. -Arlan kelinni olib qochibsan endi toʻyni ham qilishimiz kerak".-dedi Sardor ovqatdan koʻzini uzmasdan ozroq kulimsirab. -Qayerdan bilding olib qochganimmi?".-dedi Arlan jim boʻlib qolib Rahmiddin amakiga Zafar amakiga qarab qoʻydi. Sardor qoʻli bilan yuzini berkitib kulib yubordi. -Arlan aka uyalmasdan qaynopamni olib qochdingmi? Qozoqlarga oʻzshab a? "-dedi Temur.. -Temur!! Deya Arlan Temurni oyogʻiga tepaman Sardorni oyogʻiga tepdi. -Meni oyogʻimga tepding Arlan. -Boʻldi boʻldi tortishmanglar. Otabekga ayt Arlan tayyorgarligini koʻrsin toʻy boshlanadi... -Hop amaki. -Sardor aka hammani oldida aytib qoʻyamoqchiman. Birinchi farzandim oʻgʻil yoki qiz egizakmi farqi yoʻq. Senga beraman aka. Sen ularni otasi boʻlib oʻzing boqasan... -Dedi Temur. Azima sekin Temurga qarab qoʻydi. -Ha nega unday qaraysan. Bitta tugʻub figuram buzuladi deb oʻtirmaysan-ku...-Dedi Temur Azimani turtib. Sardor ham Azimaga qarab qoʻyib.. -Rahmat Temur unday qilsang meni yanada qiynaysan. Farzandlaringga oʻzing bosh boʻlib yur. Men ularga mehribon amaki boʻlaman... -Aka hop degin -Ha mayli.... Dilrabo oʻzi bilan oʻzi gaplashib sochlarini yulib oʻtirardi... goh Berilgan ovqatni ham yemasdan kosani sindirib qoʻlini har joyini kesardi. Bazan koʻziga Goʻzal koʻrinib u bilan urishardi hozir ham shunday Goʻzal bilan gaplashardi. -Seni oʻldirdim oʻlding oʻlding oʻlding endi pullar menga qoladi. Oʻlding oʻlding".-deya Goʻzalni ruhiga qarab kulardi. -Sen ham yashamaysan. Bollarimning uvoli tutadi seni " -dedi Goʻzal. Dilraboni qulogʻi ostida chaqaloqlar yigʻi ovozi eshitildi. -ket ket ket sen yoʻqsan oʻlgansan ket yoʻq ketinglar".-deya Dilrabo quloqlarini berkitib baqira boshladi. -Men shu yerdaman farzandlarim uvoli tutsin seni. Sardor akam dil ogʻrigʻi uchun ham joziyingni olasan. Oʻldir oʻldir oʻzingni. Sanch oʻzingga sen oʼlasa oʻlasan. "-deya Goʻzal Dilraboga yaqinlashdi. Dilrabo chinqirib qoʻlidagi kosa sinigʻini yuragiga sanchdi- yu yiqilib koʻzlarini yumdi... Endi ovqatlanib boʻlishganida Rahmiddin Ahmedovga qoʻngʻiroq boʻldi. Rahmiddin Ahmedov chuqur ux tortib " Alloh rahmatiga olsin" - deya Temurga qaradi. -Nima boʻldi dada? -Temur bandachilik. Dilrabo oʻz joniga qasd qilibdi. -Nimaaaaa? Baqirib yubordi Temur yonida oʻtirgan Azima qoʻrqanidan sakrab turdi. -Temur oʻzingni qoʻlga ol... -Mmmmen yaxshiman yaxshiman. Ha yaxshiman yaxshi dam olinglar".-deya Temur honasiga qarab yugurdi. -Qizim uni yonida boʻling ogʻir hozir".-dedi Zulfiya opa. Azima Temurni ortidan yugurib ketdi.... -Arlan shoshmay turasan oʻgʻlim, azadan chiqib keyin qilamiz toʻyni ikki uch oydan keyin qilamiz. -Amaki bu nima deganingiz nega shoshar ekanman..... Mahliyo va Azim ham oʻz uylariga qaytishdi. Muhammadni tuzalganidan Azim juda hursand edi uni yer u koʻkka ishonmasdan oʻzi qaray boshladi.... Sevinchni qancha sogʻinmasin ichiga yutardi. -Arlan men bilan Goʻzalni ziyorat qilishga borib kelasanmi? Koʻp qolib ketmay majburlab boʻlsa ham meni olib kelasan. Oʻzim borsam Goʻzalni qabrdan olishdan ham qaytmayman koʻrish uchun.... -Boraman albatta. Lekin Goʻzalni qiynab yigʻlamagin. -Hop. -Aka men ham borsam maylimi. Ooon... Dilraboni ziyorat qilishga".-dedi Temur. Onam deya aytolmadi. -Ketdik unda? -Temur aka toʻxtang".-dedi Azima yugurib chiqib. -Ha nima deysan? -Uyga borib kelmoqchi edim -Biz kelguncha osh qilib qoʻyingda jimgina oʻtiring hopmi xotinjon.-Dedi Temur va chiqib ketdi. Azima moʻlt moʻlt qilib qarab qoldi. Arlan Azimaga qarab. -Kelganimizdan keyin opang bilan boradigan joyimiz bor olib ketaman. Temurni oʻzim koʻndiraman etibor qilma. Deb chiqib ketdi.... Sevinch Arlan kelishiga tayyorlanib kiyinib oʻtirganida darvoza taqillab qoʻlida Muhammadni koʻtarib Azim kirib keldi.. Sevinch kim deb chiqib qotib qoldi. -Siz? -Yaxshimisan? -Hhaa.... Orada biroz sukut boʻldi. -Muhammad tuzaldi. Dedi Azim sukutdan keyin... -Alloh shifo bersin ehtiyot boʻlinglar. -Ochilib ketibsan. Seni bunday holatda ishga keladigan paytlaring koʻrgandim. Baxtlimisan? -Ha baxtliman... Nihoyat meni tinch qoʻyibsiz. -Seni baxtli boʻlishing uchun sharoit yaratib berdim. Sen baxtli boʻlsang men ham baxtliman.. -Oʻzgaribsiz. -Chunki seni sogʻindim... Endi seni bezovta qilmayman baxtli boʻl... -Rahmat. -Qani oʻgʻlim opangizga hayr qilingchi".-dedi Azim. Muhammad ham kulib qoʻlini qimirlatib qoʻydi. Sevinch borib Muhamadni yuzidan oʻpsa Azimning boʻynidan quchib oldi. -Uyalib ketdingizmi? -Mayli sogʻ boʻl. Toʻyga aytish esingdan chiqmasin. Davrani hech kimga bermasdan oʻynayman. Azim chiqib ketdi... Sevinch yuragi gʻash Azimga achindi shuncha payt ichida unga ozroq mehri ham tushgan va juda nafratlangandi ham. Azima osh qilayotganida darvoza taqqilladi xizmatchilar borib eshikni ochishsa uchta qiz turardi... Xizmatchilar Azimani chaqirib chiqishdi. -Assalomu alaykum kelinglar".-dedi Azima kulib -Temur qayerda. Bevafo".-dedi Qizlardan bittasi. -Temur akam oyijonni ziyorat qilgani ketgandilar. Sizlar kim boʻlasiz ularga? -U bevafo menga ham unga ham bunga ham uylanamn deb vada berib aldagan ekan. Hozir oʻldiraman uni.. men qancha sovchilarni qaytargandim uni deb... Azimani boshiga gurzi bilan urgandek boʻldi. -Nima? Yigitlar ham kelib qolishdi. Temur moshinadan yugurib tushub Azimani oldiga kelib turdi.. -Keldingmi bevafo menga nimalar deb vada berganding".-dedi qizlarning orasidan bittasi Temurni yoqasidan ushlab. Arlan va Sardor moshinaga suyangancha Temurni qotib qotib kulib kuzatib turishardi. -Mmmen men senga qachon vada berdim seni tanimayman ham. Bor ket... -Nimaaa? Bolalarimizga ism qoʻygandik-ku... Muttaham.-Deya Temurga mushti bilan tushurdi. -Xotin unga ishonma aldayapti bu yalmogʻizlar... -Hali senga yalmogʻiz boʻldikmi??? Qizlar sumkasi bilan Temurni ura boslashdi Arlan bilan Sardor kelib ularni tarqatib yubordi... Azima jim Temurga qarab turdida.. -Arlan aka meni uyga olib keting.."dedi -Hech qayerga ketmaysan" .-dedi Temur -Umuman gapirmang menga.-Dedi Azima va Arlanni moshinasiga chiqib oʻtirdi.. Arlan qaytarib olib kelaman degandek qilib Temurga koʻz qisib qoʻyib moshinani haydab ketdi. -Ahmoq qizlaringni yigʻishtir degandim-ku senga. Endi men davom ettiraman toʻxtaa yaramas" .-deya Sardor Temurni quvib ketdi..... Azima moshina oynasidan yoʻlni kuzatib yigʻlab oʻtiraverdi. -Azima! Yigitlikda hammada boʻladi. Hamma gaplashadi. Qizlarni kiyinishini koʻrdingmi? Kim ham uylanardi ularga yuziga surtmagan kraska qolmagan... Temurdan hafa boʻlma. Hozir sen ham arazlab uyingda oʻtirsang Temur yana koʻngli oʻksib qoladi. Onasini qabrini silab ancha yigʻladi bizga sezdirmaslikka harakat qildi... -Meni qiynayotgan bu emas oʻz farzandini Sardor akaga bermoqchi. Menchi? -Temur Sardorni ortiq koʻradi. Sardorni oldida hatto oʻz farzandi ham koʻrinmaydi... Hali vaqt koʻrsatadi nima boʻlishini sen bularni oʻylab siqilma.. Keldik opangni chaqirib yubor endi -Dadasi qarang Muhammadjon yuryapti voy voy ikkita qadam bosdi ana oʻtirib qoldi".-deya Mahliyo Muhammadni atrofida aylana boshladi. Azim ham hursand boʻlib telefoniga kameraga olardi. -Qani oʻgʻlim menga kelingchi ha ha yurub keling, voy malades meni oʻgʻlim yurub keldi....-Deya Azim koʻtarib oldi Muhammadni va sekin unga qarab turub. -Bu dunyoda meni ushlab turgan yagona baxtim. Sen mendek qiynalma. Albatta suyganing bilan baxtli boʻlasan".-dedi. Mahliyo eshitsa ham gapirmay qoʻydi... Kech boʻlganda Azima kirib keldi. Hamma ovqatlanayotgandi. -Oʻzi ketar yor yor oʻzi kelar yor yor."-deya Temur oʻrnidan turub oʻynab ketdi. -Yaxshi qilibman."-dedi Azima ters aylanib oldi. -Seni deb akamdan qancha kaltak yeganman yalmogʻiz... -Battarchilik. -Koʻzingni oʻyib olaman hozi -Jim ovqatlaninglar".-dedi Rahmiddin Ahmedov.... Azima va Temur bir birga gʻazab bilan qarab qoʻyib ovqatlana boshlashdi..... Kunlar oʻtar shamoldek kimdir baxtli yana kimdir dardli.... Ahmedovlar oilasida toʻy-u tantana boshlandi... Arlan hayajonda... Toʻyhonaga kelin kuyov kirib kelishdi biroz oʻtirgandan keyin Azim Mahliyo Muhammadni koʼtarib kirib keldi hammani koʻzi ularda edi. Mahliyo Muhammadni koʻtargan Azim qoʻlida yuzta oqqoq atirgul edi... Arlan va Sevinch yoniga borishdi Azim gulni Sevinchga berdi-da. -Sen doim latofatlisan. Baxtli boʻl"..-dedi va Arlan bilan qo’l berib koʻrishdi. -Meni kechir. Baxtli boʻl".-dedi Mahliyo Sevinchni quchib. Azim koʻp qarab tura olmadi koʻzi yoshga toʻldi va qoʻshiqchilarga qarab lizginka qoʻydirib hammani raqsga chaqirib oʻzi kastyumini yechdi-da berilib lezginkaga oʻynadi. Arlan gʻazablansa ham jim oʻtirdi... Azim charchab qolguncha oʻynadi va kelib rasmgaa tushub chiqib ketdi.. Toʻy tugab kelin kuyovga baxt tilashdi... Azima va Temur janjallashish bilan band. -Baqaloq tez tez yur toʻyhonada hech kim qolmadi hamma uyiga ketgan. -Hozi uyga boraylik sizni qornizga yostiq bogʻlab qoʻyaman tez tez yurish qanday boʻlishini koʻrasiz keyin. -Asabimni egovlamaaa... -Nimangizni? -Ey Allohim. Koʻrinishidan tuppa tuzuk kamgap qizga oʻxshagandiya.... -Meni aytyapsiz.-Deya Azima qiqirlab kulib qoʻydi... Nihoyat qora kunlar ketib baxtli kunlar boshlandi... Sardor va Rahmiddin Ahmedovdan boshqa hamma hursand baxtli edilar ... Oradan bir necha oy oʻtib Azima qiz farzandli boʻldi.. Temur vadasida turub qizini Sardorga berdi.... Azimaning koʻz yoshlari yuzini yuvardi...Sardor qizaloqni qoʻliga olib toʻyib hidladi va unga qarab. " Goʻzal" mening goʻzal qizim". Dedi-da Azimaning qoʻliga tutqazdi. -Aka nima qilyapsan? -Ismini Goʻzal qoʻyinglar toki men uni har chaqirganimda menga Goʻzalni eslatib tursin.... -Aka men sengaa vada berganman Azimaga qarama... -Yoʻq Temur men bir baxtiqaro boʻlsam. Oʻzimni yashashga ishtiyoqim yoʻq qanday qilib farzand tarbiyalayman... Seni boringga shukur. Endi dadam onangga uylanganidan afsuslanmasalar ham boʻladi chunki men oqibatli ukalik boʻldim. Sen va Arlan mening suyangan ikkita togʻimsizlar.... -Aka men sen bilanman-ku... Balkiii keyinroq uylanish haqida oʻylab koʻrarsan? -Hech qachon. Meni ruhim Goʻzal bilan birga qabrga qoʻyilgan... -Aka. -Hammasi yaxshi men baxtliman. Goʻzalim mana qaytib keldi" .-dedi Sardor qizaloqni peshonasidan oʻpib qoʻyib.. -Boshimizdan koʻp qiyinchiliklar sinovlar oʻtdi. Shularga qaramay biz yana bir oilamiz.. Har doim shunday boʻlamisz".-dedi Arlan... -Inshaalloh. -Ha Arlan hursandsan? -Chunki ota boʻlishga tayyorlanyapman".-dedi Arlan kulib.. Sardor ichidan entikib Arlanni ham tabriklab. Oʻz farzandini eslab koʻziga yosh keldi. Arlan ham ichida aytganidan hijolat bo’ldi.Qancha kuyinsa ham Sardor ichida nimani his qilyapti ichida nelar kechyapti faqat o’zi bilardi..... Muallifdan…. Hayotda hamma narsa ham biz hohlaganimizdek boʻlmas ekan. Alloh taqdiringga yozdimi uni sendaan hech kim tortib ololmas ekan... Sirli do’stlarim men sizlarga shuni takidlab aytamanki “ Alloh! U yaxshi ko’rgan narsaga mashg’ul bo’lishingiz uchun gohida yaxshi ko’rgan narsangizni sizdan yiroqlatadi. Alloh taqdir qilgan bu narsada hikmat, rahmat va lutf-karam yashirilgan bo’ladi va u bilan hayot nurafshon bo’ladi. ” SHu hikoyani yozishda o’zim ham juda hayajon va intiqlik bilan kutdim. Balki ko’p joylari oddiydir , umuman qizarsizdir buni bilaman. Hammadan xatoliklar uchun uzur. Etiboringiz uchun rahmat! Tamom Download 227.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling