Sen o‘z xulqingni tuzgil
Download 20.45 Kb.
|
2-axloqiy gazal tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parkand – p archa, bo‘lak
Ag‘ajonova Soliyajonning Alisher Navoiyning “Sen o‘z xulqingni tuzgil” g‘azali tahlili Alisher Navoiyning axloqiy-ta’limiy mavzuda yozilgan g‘azallaridan biri “Sen o‘z xulqingni tuzgil” deya boshlangan g‘azalidir. G‘azal barcha davrlar uchun tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Sen o‘z xulqingni tuzgil bo‘lma el axloqidin xursand, Kishiga chun kishi farzandi hargiz bo‘lmadi farzand. V - - - /V - - -/ V - - -/ V - - Mafoiylun, mafoiylun, mafoiylun, mafoiylon. G‘azalning 3-5-7-9-11-13-15-17 misralari hazaji musammani solim vaznida. Navoiyning bu g‘azalini insoniyatga murajaat sifatida qabul qilish mumkin. Insonning xulq atvori barcha narsalarning asosidir. Xulq-atvori yaxshi inson hayotda yaxshi natijalarga erisha oladi. G‘azal boshlanmasida ham insoniyatga xulqingni yaxshi qil yon atrofdagi insonlarning senga qilayotgan bu muomalasidan xursand bo‘lma. Bularning bari o‘tkinchidir. Odamning o‘z farzandi farzand bo‘lmay qolishi deyilganda insonning tashqi muhit bilan yashashi, o‘zgalar fikrini o‘ylashi, tarbiyasida ham yon-atrofdagi insonlarning ta’siri bo‘lishi haqida aytimoqda. Kishiga kishi farzandi farzand bo‘laolmaydi ya’ni ko‘cha muhiti unga tarbiya beradi sen el axloqidan ko‘chada ko‘rsatayotgan sohta mulozamatlardan quvonmaslikka da’vat qilinmoqda. Zamon ahlidin uz payvand, agar desang birov birla Qilay payvand, borki qilmagil noahl ila payvand. 2- baytda ham zamondoshlaridan oradagi munosabatlarni uzgil deyilganda munosabat qilishga arziydigan insonlar bilan munosabatda bo‘l noahl insonlar jamoasi bilan bir bo‘lmaslikka chaqirilmoqda. Ko‘ngul komini qo‘y, gar xud mening devona ko‘nglumni Toparsen o‘yla yuz parkandu, sol har itga parkand. 3-baytda har kimga ko‘ngul berishni qo‘y. Ko‘ngul berib mening ko‘nglim 100 bo‘laklarga bo‘lindi.Sen ham ko‘ngil bersang itga bir parcha ko‘ngil ber deyilmoqda. Itning sodiq do‘st ekanligiga ishora mavjud. Eshitmay xalq pandin, turfakim pand elga ham dersen, Dilga olsang eshitgil pand, sen kim, elga bermak pand? O‘zing xalqni eshitmay turib, xalqqa pand nasixat qilma. Dilingga olib pand-nasihat tingla lekin sen xalqqa pand nasihat qilolmaysan. Bu foniy dayr aro gar shohlig‘ istar esang, bo‘lgil Gadolig‘ nonig‘a xursand-u bo‘lma shahg‘a xojatmand. Bu o‘tkinchi dunyoda shohlik ilinjida bo‘lsang gadolik noniga xursand lekin shohlikka muhtoj bo‘lma. Gadolik noniga xursandlik deyish orqali insonning boriga shukr qilishi kerakligi aytilmoqda. Shohlikka muhtoj bo‘lmaslik deyilgand mol-dunyo, shohlik Olloh inoyati bialn ekanligi, agar Olloh xohlasa shoh ham gado, gado ham shoh bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Bo‘lub nafsingga tobi, band etarsen tushsa dushmanni, Sanga yo‘q nafsdek dushman, qila olsang ani qil band. Nafs insoning yomon yo‘llarga yetaklovchi, mol-dunyoga xirs qo‘yishga undovchi dushmani ekanligi aytilmoqda.Nafsni aql bilan boshqar deyilmoqda. Shakarlab tabassum qilg‘onin ko‘rgach ko‘ngul berma Ki bedillarni achchiq yig‘latur ohir bu shakkarxand. Har qanday tabbasumlarga aldanma, ko‘ngul berma. Insonning dilini o‘ylamaydiganlar ohirida achchiq ko‘z yoshlaringga sabab bo‘ladi. Har kim senga do‘st emas. Sinalgan insonga so‘zingni ayt kerakligi ta’kidlangan. Jahon lazzotini shirin ko‘rarsen, lek bandingdur, Giriftor o‘lma, voqif bo‘lki, qaydu qand erur monand. Jahonda senga berilgan narsalarni va o‘tkinchi hoy-havaslarni yaxshi ko‘rasan. Hoy-havaslarning qulisan turli azoblarga giriftor bo‘lmaslik uchun hamisha ogoh bo‘l. Qayerda qand moyil ekanligini bilasan, o‘ylab ish qil deyilmoqda. Har bir ishing to‘g‘ri bo‘lsin. To‘g‘ri amal seni yaxshilikka yetaklashi mumkinligini ham bayt mazmunidan anglash mumkin. Ko‘nguldin jahl ranji dofi gar istasang, bordur Navoiy bog‘i nazm shakkaristonida ul gulqand Ko‘nglingdan jahlni daf qil. Jahl noto‘g‘ri xulosa chiqarishingga sabab bo‘ladi. Jahlning tiya olsang Navoiy nazm bog‘ida senga yaxshi hadyalar bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Parkand – parcha, bo‘lak Download 20.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling