Ayruv istemasi
Download 449.96 Kb.
|
1 2
Bog'liqismoilov bunyod ayruv sistemasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- BUYRAK
.1-rasm. Siydik ayirish a'zolarining umumiy ko'rinishi. 1- buyrak; 2- siydik yo'li; 3- qovuq (siydik pufagi); 4- buyrak arteriyasi; 5- buyrak venasi. 2-rasm. Buyrakning ichki ko'rinishi. 1- buyrakning po'st qismi; 2¬buyrakning mag'iz qismi; 3- buy¬rak jami; 4- buyrak arteriyasi; 5¬ buyrak venasi. Gormonal funktciyasi erit-ropoetin, prostoglandin va renin ishlab chiqarish bilan ifoda- lanadi. Buyraklar yana organizmda yog’, oqsil, uglerod va vitamin-lar almashinuvida ham ishtirok etadi.So’nggi yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlarning ko’r-satishicha, yangi tug’ilgan chaqaloqlarda ichak o’z faoliyatini ro’y-rost boshlab olguniga qadar buyrakda oqsilning parchalani-shi kuzatiladi. Bu holat yosh organizmda buyrakning ovqatni hazm qilish protcessida muhim o’rni borligini ko’rsatadi.Buyraklarning bu xilda ko’p qirrali faoliyat ko’rsatishi ular strukturasining murakkab tuzilganligidan dalolat bera-radi. Ularning taraqqiyoti ham murakkab jarayonlardan iborat. BUYRAK
Odam embrio-nida bu buyrak siydik ajratish organi sifatida xizmat qil-maydi va tezda- qayta aks taraqqiyotga uchraydi.Birlamchi buyrak (mesonep'hros) - embrional hayotda ancha uzoq vaqt ishlaydi. U ko’p sonli (25 taga yaqin) segment oyoqchala-ridan hosil bo’ladi. Segment oyoqchalari somitlardan ajralib chiqadi va birlamchi buyrak naychalari-metanefridiylarga aylanadi. Metanefridiyning bir uchi mezonefral nay tomonga o’sadi va u bilan birlashadi. Metanefridiyning ikkilamchi bo’shliqqa qaragan qismidan aorta tomonga yon o’simtalar chiqadi. Bu o’simtalarga aortadan kapillyarlar to’rini shakllantiruvchi qon tomirlar keladi. Usimtalar kapillyarlarni qoplaydi va birlamchi buyrak koptokchasini hosil qiladi.Old buyrak davrida hosil bo’lgan mezonefral kanal kaudal yo’nalishda o’sib, kloakaga ochiladi.Odam embrionida doimiy buyrak (metanephros) rivojlani-shi embrional hayotning ikkinchi oyidan boshlanib, tug’ilish-ga yaqin nihoyasiga etadi. Aslida u o’z faoliyatini embrional hayotning ikkinchi yarmidan boshlaydi. Ikkilamchi buyrak ikki manbadan: mezonefral naycha va nefrogen to’qimadan hosil bo’-ladi. Nefrogen to’qima embrionning kaudal qismlarida joy-lashgan bo’lib, mezodermaning segment oyoqchalarining bo’linma-gan qismidan iborat.Mezonefral nay (Vol’f nayi) devorining nefrogen to’qima tomon, yuqoriga va orqaga o’suvchi bo’rtmasi siydik nayi, buyrak jomchasi, kosachalari hamda y i g’ u v n a y l a-r i n i hosil qiladi.Nefron nefrogen to’qimadan hosil bo’ladi. Nefrogen to’qima-ning differentciallashuvi uning barcha qismida barobar bosh-lanmaydi. Yig’uv nayining berk uchi o’sib, nefrogen hujayralar-ning bir qator o’zgarishlari natijasida nefron hosil bo’ladi. Bu o’zgarishlar nefrogen pufakcha va S-simon tanacha bosqichla-rini o’taydi. S-simon tanacha bosqichida u yig’uv nayining berk uchi bilan birikadi. S-simon tanachaning proksimal uchi esa SHumlyanskiy - Boumen kapsulasiga aylanadi. Bu tanachalarning qolgan qismlaridan nefronning boshqa barcha bo’limlari rivoj-lanadi. Download 449.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling