Aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq


Download 53.77 Kb.
bet1/2
Sana30.01.2024
Hajmi53.77 Kb.
#1817157
  1   2
Bog'liq
KIRISH

KIRISH.

O'zbekistonning istiqlolga yuz tutib, mustaqillik tufayli jahonga tanilishi, dunyo mamlakatlari bilan iqtisodiy - madaniy aloqalarni yo'lga qo'yishi, milliy qadriyatlarni tiklash, ilm-fan, madaniyat va san'at yuksaltirish sohasidagi ulug' vor vazifalarni amalga oshirish uchun kurash davrimizning asosiy xususiyatlarini belgilab rivojlantirish va kamolat yo'lini ko'rsatib turibdi. Maʼlumki, mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida Prezident farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Farmon loyihasida taʼlimdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin besh yilda natijasini koʻrsatadigan va keyingi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan maqsadlar qamrab olingan. Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.

Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash — odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. Nutq o'stirishda yozma ishlarning o'rni, yozma ishlarning turlari, insho, bayon, taqriz, maqola, inshoning shakliga ko'ra turlari, inshoning pedagogik maqsadiga ko'ra turlari, og'zaki va yozma insho, ta'limiy va nazorat insho, adabiy insho, adabiy-ijodiy insho, erkin insho, rivoya insho, hikoya insho, taqriz insho, insho rejasi, sodda va murakkab reja, rejaning qismlari, epigraf, tezis, dalil, xulosa. Maktab adabiy ta'limida nutq o'stirishga doir o'quv tadbirlarida yozma ishlarning o'rni katta. Nutq o'stirishga doir yozma ishlar o'tkazish o'quvchilarda badiiy matn ustida ishlash malakasini shakllantirish, bildirilmoqchi bo'lgan har bir fikrni o'ylab ko'rish hamda uning ta'sirchan va tushunarli bo'lishini ta'minlash borasida katta imkoniyatlarga egadir. Yozma ishlar olinganda, o'qituvchi sinfdagi har bir o'quvchi bilan alohida shug'ullanib o'tirishi shart emas. Buning ustiga, yozma ishlar faqat sinfda bajariladigan tadbir bo'lmay, ularni uyga vazifa yoxud mustaqil ish sifatida ham berish mumkindirki, bu hol ham uning ulkan samara }|

berish imkoniyati borligini ko'rsatadi. yozma nutq adabiy ta'limda ko'proq insho o'tkazish yo'li bilan rivojlantirilgani maqsadga muvofiqdir. Adabiyot fani bo'yicha o'rta ta'lim bitiruvchilariga qo'yilgan malaka talablarida "Adabiy-nutqiy kompetentsiyalar manbalar asosida turli mavzularda insho va ijodiy matnlar (5-8 sahifa) yoza olish" talabi qo'yilganligi ona tili va adabiyot fani o'qituvchilariga yaxshi ma'lum [1, B.12]. Negaki, yozma ishlarning bu turida o'quvchida erkin fikrlash, narsa-hodisalarga mustaqil munosabat bildirish imkoni kengroq bo'ladi. Boshqa yozma ish turlarida bu imkoniyat bir qadar cheklangan bo'ladi. Masalan, bayon asosan matnni eslab qolish va qayta yozma hikoyalashga yo'naltirilgan bo'ladi. Bayon yozdirilganda, o'quvchilarning matnga munosabat bildirish va ijodiy yondashuviga o'rin qolmaydi. Nutq esa munosabat jarayonidagina o'ziga xoslik, ijodiylik va ta'sirchanlik kasb etadi. Shu ma'noda adabiyot o'qitishda inshoning ahamiyati beqiyosdir. U o'quvchilarning bog'lanishli nutq malakalarini oshirishda eng muhim didaktik vosita hisoblanadi. Ayni shu holat adabiyot saboqlar tizimida insho yozishga katta e'tibor berilishini taqozo etadi.




Download 53.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling