Aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq


Download 53.77 Kb.
bet2/2
Sana30.01.2024
Hajmi53.77 Kb.
#1817157
1   2
Bog'liq
KIRISH

Mavzu dolzarbligi: Bugungi kunda yoshlarga mustahkam bilim berish, maktablarda o'tkaziladigan yozma ish turlarini ongli tushunishlariga o'rgatish usuli va yo'llarini ishlab chiqish zaruriyati kun tartibiga turibdi. Shu sababli biz "Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarni insho yozishga o'rgatish yo'llari" mavzusini tadqiqot ishi qilib belgiladik. Buni 3-sinf ona tili darslarida amalga oshiriladigan yozma ishlar asosida hal etishga urindik.  yozma nutq adabiy ta'limda ko'proq insho o'tkazish yo'li bilan rivojlantirilgani maqsadga muvofiqdir. Adabiyot fani bo'yicha o'rta ta'lim bitiruvchilariga qo'yilgan malaka talablarida "Adabiy-nutqiy kompetentsiyalar manbalar asosida turli mavzularda insho va ijodiy matnlar (5-8 sahifa) yoza olish" talabi qo'yilganligi ona tili va adabiyot fani o'qituvchilariga yaxshi ma'lum [1, B.12]. Negaki, yozma ishlarning bu turida o'quvchida erkin fikrlash, narsa-hodisalarga mustaqil munosabat bildirish imkoni kengroq bo'ladi. Boshqa yozma ish turlarida bu imkoniyat bir qadar cheklangan bo'ladi. Masalan, bayon asosan matnni eslab qolish va qayta yozma hikoyalashga yo'naltirilgan bo'ladi. Bayon yozdirilganda, o'quvchilarning matnga munosabat bildirish va ijodiy yondashuviga o'rin qolmaydi. Nutq esa munosabat jarayonidagina o'ziga xoslik, ijodiylik va ta'sirchanlik kasb etadi. Shu ma'noda adabiyot o'qitishda inshoning ahamiyati beqiyosdir. U o'quvchilarning bog'lanishli nutq malakalarini oshirishda eng muhim didaktik vosita hisoblanadi. Ayni shu holat adabiyot saboqlar tizimida insho yozishga katta e'tibor berilishini taqozo etadi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari: O'zbek tilini o'qitish yuzasidan yaratilgan dasturlar, darsliklardagi o'qitish usullarimizdagi mavjud kamchiliklar boshlang'ich sinf o'quvchilarini insho yozish o'rgatish yuzasidan yetarli bilim olishga imkon bermaydi. Shu bois boshlang'ich sinf o'qituvchilari aksariyat xollarda o'quvchilarni insho yozishga o'rgatishda bir qator qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Tadqiqotda quyidagi vazifalarni bajarishga urindik: Boshlang'ich sinf o'quvchilarini insho yozishga o'rgatish usullari bo'yicha qilingan ishlarni tahlil etish Boshlang'ich sinf dasturida o'quvchilarning insho yozishga o'rganishlariga ajratilgan soatlar, darslikda mavzuga doir materiallarning hajmi, ularni o'quvchilar saviyasiga mosligi, tanlangan mavzularning ta'lim-tarbiyaviy axloqiy ahamiyatini aniqlash; O'quvchilarni insho yozishga o'rgatishda bo'limlararo aloqaning ahamiyatini ko'ratish. Tadqiqotning metodi va ilmiy nazariy asoslari.Yoshlarga til qonuniyatlarini tilning so'z boyligi, ma'nolari jozibadorligni o'rgatish, nazariy bilimlarni amalda qo'llash malakasini hosil qilish hamishda dolzarb vazifalardan bo'lib keladi va shunday bo'lib qoladi. Til fanini o'qitish metodikasi ham ilmiylikka suyangan xolda amaliy xulosalar chiqarishga ahamiyat beradi. Tadqiqotning ilmiy nazariy va amaliy ahamiyati Tadqiqotning ilmiy nazariy xususiyatlaridan o'zbek tilini o'qitish usullarini ishlab chiqishda, ma'lum mavzularni yoshlarga singdirish shunos jarayonidagi pedagogik - ruhshunoslik qonuniyatlarni hisobga olishda, amaliy natijalar asosida ilmiy nazariy qoidalar yaratishda foydalanish. Mumkin. Tadqiqotning manbalari: Respublikamizda nashr etilgan ona tili o'qitish metodikasiga doir adabiyotlar, 2000-2007 yillarda chop qilingan darsliklar, metodik qo'llanmalar, o'quv dasturlari, K.Qosimova, A.Zunnunovm M.Asqarova, A.G'ulomov kabi tilshunos va metodistlarning materiallardan ijodiy foydalaniladi. Shu bilan birga Qarshi shahridagi G'.G'ulom nomidagi 21- o'rta makta va Yakkabog' tumanidagi 42-maktablarning boshlang'ich sinflarida olib borgan tajribalari, kuzatishlari tadqiqotning manbasi sifatida xizmat qiladi. Ishning ilmiy jamoatchilik nazaridan o'tishi Tadqiqot mavzusi Qarshi DU O'zbek tili va adabiyoti uslubiyoti kafedrasi yig'ilishida muhokama etilgan hamda universitet ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan. Tadqiqotning tuzilishi: Mazkur tadqiqot kirsh, uch bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.

I bob. Boshlang'ich sinflarda og'zaki va yozma inshoning turlari Insho o'quvchining ma'lum bir mavzuni mustaqil ravishda ochib bera olish va o'z fikrlarini yozma shaklda to'g'ri ravon savodli bayon qila olish ko'nikma va malakalarini namoyish etuvchi ijdoiy matn- kichik bir asardir. Insho arabcha so'z bo'lib, "yaratish" "bino qilish", "qurish" ma'nosini beradi. Hozirgi tilimizda bu so'zning ma'nosi ancha toratib, asosan o'quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan "ijodiy yozma ish" ma'nosida qo'llaniladi. Ma'lumki inshoning barcha turi ijodiy xarakterga ega, albatta ammo ijodiy tajriba xarakterdagi insholarda hayotiy voqeralar haqidagi shaxsiy mulohazalar o'z ifodasini topishi bilan birga, o'quvchilarning original ish- asar yaratishga intilishlari ham asta-sekin o'sib boradi. Shuning uchun bu xil yozma ishlarga nisbatan "ijodiy insho" turining qo'llanilishi bejiz emas. Insho muallifning ma'lum bir mavzu asosida o'z fikrlarini yozma shaklda bayon qiluvchi kichik bir asardir. Inshoda muallifning so'z qo'llash mahorati, fikriy tafakkuriy ko'nikmasi, bilim va dunyoqarashi savodi namoyon bo'ladi. Insho mazmun mohiyatiga ko'ra uch turga bo'linadi: 1. Adabiy mavzudagi insholar 2. Adabiy ijodiy mavzudagi insholar 3. Erkin mavzudagi insholar. (ARXIV.UZ Adabiy mavzudagi insholarga adabiyot darsligida qayd qilingam, o'qituvchi tomonidan tushuntirilgan mavzular asosida yoziladigan insholar kiradi. Muayyan badiiy asar yoki undagi qahramonlar haqidagi insho adabiy mavzudagi inshodir. Adabiy ijodiy mavzulardagi insholarga adabiyot darslarida o'tilgan ma'lumotlarga o'quvchining ijodiy munosabati (shaxsiy fikrlari) oq'shib ifodalanadigan isholar kiradiXIV. UZ Erkin mavzulardagi insholar adabiyot fani dasturida qayd etilmagan mavzularda yoziladi. Boshqacha aytganda o'quvchining ma'lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi,m fikr va mulohazalarini aks ettiruvchi isholar erkin insholar mavzusidagi insholardir.

1.1. Metodik manbalarning tahlili Bir metodist olimlarning ilmiy - uslubiy uslubiy asarlarini, o'quv metrodik qo'llanmalarni, boshlang'ich hamda umumiy o'rta ta'lim sinflarining darsliklarini tahlil qilganda, boshlang'ich sinfda o'quvchilarni insho yozishga o'rgatish borasidagi masalalarga alohida e'tibor berishimiz lozim. Sinov insholari o'rganilgan mavzularga doir bilimlarni, insho yozish ko'nikma va malakalarini sinash uchun yirik mavzular tugagandan so'ng, choraklar yoki o'quv yili oxirida, olimpiadalarda o'tkaziladi³ Bundan tashqari ushbu darslikda inshoga epigraf tanlash xususida ham bir qator fikrlar bildirilgan. "Inshoning mazmuniga mos keluvchi mashhur hikmatli so'z, maqol, ibora yoki badiiy parcha epigraf deyiladi". Epigraf, odatda rejadan keyin, insho matnidan oldin, saxifaning o'ng chekkasiga yoziladi. Epigraf bo'lgan matndan so'ng (so'roq yoki undov gap bo'lmasa) nuqta qo'yiladi. Muallifi qavs ichida yoziladi. Inshoda epigraf bo'lishini qat'iy talab tushunmaslik kerak, u tamoman ixtiyoriydir. Lekin, mavzuga ichki mazmuniga xamoxang keluvchi epigraf bo'lsa inshoning badiiyligiga xizmat qiladi. Insho muallifining mahoratini ko'rsatadi. Xuddi shu mavzuni, ya'ni inshoga epigraf tanlashni boshlang'ich sinflardanoq boshlab o'rgatish kerak. 8-sinf ona tili darsidagi 51 mashqni tahlil qilib ko'raylik. 51-mashq Jadvalni kuzating. Uning birinchi ustunida insho mavzulari, ikkinchi ustunida muayyan mavzularning mazmunini ochib beruvchi fikr, maqol, mashhur bayt, keltirildi. Insho mavzularga mos keluvchi fikr (epigraf)larni tanlang va bir-biriga bog'lang. 1-jadval

Xuddi shunga o'xshash mashqlarni boshlang'ich sinf darsliklarida ham kiritish kerak. Chunki bu mashqlarni bajarish mobaynida o'quvchilarda insho mavzusi, uning mazmunini ochib beruvchi fikrni bayon qilish malakasi rivojlanadi. O'quvchilar qiynalmasdan mavzuni yoritishda xizmat qiluvchi rivoyatlar, hikmatli so'zlar, maqollardan insho yozish davomida misollar keltira oladilar hamda foydalana oladilar. III sinf Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi. Miqdoriy ko'rsatkich: 45-55 so'zdan iborat diktant yoza olish an ibo Talablar: olarig a) imlo xatolariga yo'l qo'ymaslik b) Ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi. Miqdoriy ko'rsatkich: 4-5 gapdan iborat bo'lgan matn (fikr ehtiyoji) bilan bog'liq mavzu asosida yaratish. Boshlang'ich sinf darsliklarini shunday tuzish kerakki, keyinggi o'quv yillarida nomuvaffaqiyatliklarga uchramasin. Shuning uchun ham darsliklardagi mavjud nuqson va kamchiliklarni tuzatish va ularga oydinlik kiritish lozim. Shundagina o'quvchilarning bilim malakasi mustahkam, xotirasi tiniq fikrlash doirasi keng bo'ladi va bu ta'lim tarbiya jarayonini samarali bo'lishini ta'minlaydi. ARXIV.UZ

1.2. 3-sinfda insho yozishga o'rganilishining hozirgi xolati. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" gi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida ta'limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli vositalari hamda prinsiplarini tanlanishi birinchi darajali ehtiyojga aylanadi. Ta'lim To'g'risidagi qonunning maqsadi, ushbu qonun fuqarolarga ta'lim-tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi. Milliy dasturning maqsadi, ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqidlardan to'la xalos etish, rivojlangna demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malaka kadrlar tayyorlash milliy tizimi yaratishdir. Prezidentimiz ta'kidlab o'tganlaridek, yoshlarni nafaqat ona tili ta'limi balki boshqa fanlar doirasidan ham mustaqil, erkin fikrlashga o'rgatib borish hozirgi davr talabadir. Boshlang'ich ta'lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanish, dunyoqarashi va o'z-o'zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog'lom bo'lishga, moddiy borliq go'zalliklarini his eta olishga, go'zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarini o'zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o'rgatadi. Jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, insoniyat hayotidagi turli yangiliklarning kirib kelishi ta'lim sohasidan ham bir qator o'rganishlar qilinishini taqazo etadi. Boshlang'ich sinflarda bolaning zehnini o'stirish zehnini o'stirishga qaratilgan ishlar bola aqlining tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Avvalo ta'lim jarayonini qiziqarli, ta'sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e'tibor qaratish lozim. Muallimlar bolada o'qish motivlarini hosil qilishga intilishlari va uni o'stirishlari kerak. Motivlar o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalarini oson egallashlariga yordam beradi. ARXIV 17

Maktablarda olib borilgan kuzatishlar bizni shunday xulosaga olib keladiki ona tili mashg'ulotlarida o'quvchilarga insho yozishga o'rgatishda Ta'limiy o'yinlarni qo'llash muayyan izchillik kasb etmagan. O'qituvchilarni amaliyotda o'quvchilar so'z boyligini oshirishda so'zni to'g'ri va o'rinli ishlatish malakalarini kelib chiqib fikrni og'zaki va yozma shakllarda to'g'ri ravon ifodalashga xizmat qiladigan o'yinalrda yetarli foydalanmayapti. Ona tili ta'limining mazmunini qiyinlashtiegan foydasiz nazariy materiallarni qisqartirib, ularning o'rniga imlo, talaffuz nutq bilan bo'liq zarur materiallarni kiritishdir. Bu amaldagi mavjud ta'lim mazmunini yangilashni toqazo etadi. Ona tilidan ta'lim mazmunini yangilash bu tilning qurilishi, vositalari yoki atamalarini o'zgartirish emas, balki til boyliklaridan amaliy foydlana olish imkoniyalarini kengaytirshga xizmat qiladigan bilimlarni berish hamdir. Maktabda til hodisalarini alohida hodisalar sifatida emas, balki nutq imkoniyatlarini kengaytiruvchi vositalar sifatida o'rganilsagina beradi. u samara ARXIV.UZ ARXIV.UZ 1.3. O'QUVCHILARNI TARBIYALASHDA INSHONING O'RNI Har bir o'quv mashg'uloti, jumladan, insho yozish ham jiddiy mehnat talab qiladi. Insho yozish adabiy mehnat hisoblanadi. Adabiy mehnat kishidan juda katta aqliy va xissiy kuch-quvvat talab etadi hamda yetuk malakali bo'lishni taqazo qiladi. Ana shu talablarga rioya qilgan o'quvchilarda mustaqil fikrlash, so'z va material tanlash va to'plash ularni mantiqiy jihatdan o'zaro bog'liq xolda ifodalash orfografiyaga e'tibor berish qobiliyati tez rivoj topadi, mehnat intizomi ham tarbiyalanadi. Umuman olganda, adabiy mehnat to'g'ri tashkil etilgandagina insho tarbiyaning samarali vositasiga aylanadi. O'quvchilarda insho yozishga

qiziqish, havas, kuzatuvchanlik qobiliyatini o'stiradi, ko'rgan narsalari va o'qigan kitob, ertak hikoyaga to'g'ri baho berishga o'rgatadi. Boshlang'ich sinflar uchun tanlangan insho materiallari o'quvchilarda adabiy mavzuda, hayotiy tajribalar va tasviriy san'at asosida insholar yozish malakasini kamol toptirishga imkoniyat beradi. O'quvchilarda badiiy asarga mustaqil yondashish, uni mustaqil baholay olish, materiallarni umumlashtirish adabiy xodisalarni tarixiy jarayon bilan bog'lab o'rganish qobiliyatining o'sib borishi ham yuqori sinflarda turli mavzularda insho o'tkazish uchun imkoniyat yaratadi.Z Insho o'quvchilarning fikrini bayon etish vositalari bo'lgan rivoya va dialogni anglab olishlariga, o'quvchilarda ulardan foydalanish, fikrni izchil bayon etish, so`z va gapni o`z o`rnida ishlatish, ravon uslub malakasini hosil qilish va rivojlantirishga yordam beradi. Boshlang'ich sinflarda o`tkaziladigan chorak yakunidagi erkin mavzudagi insholar ham o`quvchilardan atrof-muhit taiat odamlarning xarakteri, xatti- harakati, mehnat faoliyatining o'rganishni, shuningdek, ijtimoiy hayot va tabiat hodisalarini kuzatishni ular haqida fikrlashni talab etadi. Kuzatish asosida yoziladigan insholar o'quvchilarda Vatanga, mehnatga muhabbat hissini tarbiyalashda, ularni nafosat olamiga olib kirishda muhim rol o'ynaydi, ta'limni hayot bilan bog'lash, o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirish uchun xizmat qiladi. Insho oquchilar nutqini o'stirishda eng samarali vosita hisoblanadi. Nutq madaniyatini takomillashtirish esa, insho ustida mustaqil ishlashni talab qiladigan vazifalardan biridir. Insho yozishga tayyorlanish va uni yaratish jarayonida o`quvchi yangi bilim va ko`nikmalarni kuzatish, fikrlash, adabiy hayotiy hodisalarni baholash, o'qiganlari va o`zlashtirgan bilimlari ma'lum bir tartibga solish malakasini egallaydi. Inshoning tarbiyaviy ahamiyati tanlanadigan mavzuga shuningdek, insho ustida o`quvchilar qanchalik mustaqil ishlash va qiziqishigam insho g`oyasiga ham bog'liq. Insho bolalarning voqea-hodisalarni chuqur his etishiga yordam beradi, izchil fikrlashga o'rgatadi, tilga va adabiy ijodga qiziqishlarini oshiradi. Tanlangan mavzuning g'oyaviy yo`nalishini ochish tarbiyaviy vazifani hal qilishga imkon beradi. Bu jihatdan mehnat, mehnat qahramonlari haqidagi, bolalarning hayoti, maktab tug'ilib o'sgan qishlog'i yoki shahri haqidagim urush qahramonlari haqidagi mavzular ayniqsa, qulay.

Insho jamiyat hayotini tuzunishga o'rgatadi. Tabiatga, kishilarga, ularning yaxshilikka intilishlari va harakatlariga, mehbarga va mehnat mahsuliga muhabbatni tarbiyalaydi, kishilar xatti-harakatidagi chiroyli jihatlarni egallashga, hozirgi zamon axloqiy talablarini anglashga o`quvhcilarga yordam beradi. Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish talab etiladi: 1. Osondan qiyinga tamoyiliga rioya qilgan holda og'zaki va yozma inshoni oni muntazam muntazam o'tkazib o'tkazib boorish bilan o`quvchilarda mustaqillikni tarbiyalash. 2. Inshoni hayot bilan bog'lash. 3. Insho uchun maktab va o`qituvchining tarbiyaviy vozifalariga mos bo`lgan mavzu tanlash. Insho ustida ishlashda ishning hissiy darajasini-ta'sirini oshirish. 4. "Vatan" so zini aytish bilan kishining bolalikda o'sib ulg'aygan joyi tasviri ko'z oldida paydo bo'ladi. Ishlab chiqarishga ekskursiya materiali asosida mehnat haqidagi insho yangi tarbiyaviy imkoniyatlarini ochib beradi. Unda bolalar ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyat va qiyinchiliklar, ilg'or kishilar haqidagi, kasb va mutaxassislik haqidagi, texnika haqidagi ma'lumotlardan foydalaniladilar. Ishlab chiqarishga ekskursiya va mehnatni tasvirlash bilan bog'liq holda kasb haqidagi suhbatlashishga to`g`ri keladi va bu inshoda o`z aksini topadi. XIV.UZ Mehnat haqidagi yoki insho mavzulariga "Bizning qishloq", "Bog`da", "Paxtakorlarga", "Daraxt o'tqazish", "Polizda" kabilar kiradi. Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli bo``ib, maktabda alohida o`rin tutadi, barcha nutqqa oid mashqlar ma'lum mazmunda inshoga bo`ysunadi. Insho 1- sinfda kichik axborot va ehtirosli hikoyadan boshlanib, o`z fikrini ifodalashga o`quvchi shaxsini tashkil topishiga xizmat qiladigan, ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan jiddiy rejali aqliy ishga aylanadi. Insho shaxsnbi shakllantirishda foydali vosita bo'lib, his-hayajon uyg'otadi, aqliy mustaqillikka, fikrlashga, ko`rgan kechirganlari va o`zlashtirganlarini baholashga, kuzatuvchanlikka, voqea-hodisalar o'rtasidagi sabab-natija bog'lanishni topishga, ularni iyoslashga, xulosa chiqarishga

II Bob. 3-sinfda o`quvchilarni insho mavzusi va uni yoritishga o'rgatish. ARXIV.UZ Insho mavzusi insho predmeti bo'lib, uning mazmunini tashkil etadi. Mavzuga qarab inshoda aks ettiriladigan materiallar, dalillar, hodisalar tanlanadi. Inshoning to`g`ri va to`liq bo`lishi oqituvchi mavzuni qanday shakllantirishi, o`quvchilar uni qanday tushunishlariga bog'liq. Insho ustida ishlashda mavzu tanlash, uni rejalashtirishda esa og'zaki va yozma insho mavzusini belgilab olish muhim rol o'ynaydi. O`quvchilarni 1-sinfdan boshlab mavzu tanlay bilish, uning ustida ishlay bilish, yoziladigan inshoda fikrni bayon etishda har bir so'z, ibora haqida o'ylashga o'rgatish kerak. Chunki mavzu ustida fikr yuritish bilan insho ustida ishlash ham oshlanadi. Mavzularning bir-biridan farqini his etish ularni qiyoslashga yordam beradi. Boshlang'ich sinflarda qiyoslash soda mavzularni tanlashdan boshlanadi. O`quvchilar mavzuni yoritishga 1-sinfdan boshlab o`rganadilar. Ular mavzuga oid gap tuzadilar. Masalan, bahopr havosi haqida, ona qishlog`i haqida, qo'rqoq quyon, ayyor tulki haqida gap tuzadilar. Maktab o'tkaziladigan insholarda ko`zga tashlanadigan nuqsonlardan biri mavzudan chetga chiqish, ya'ni uning haddan ziyod qisqa, yoki aksincha, ortiq darajada keng hajmda bo'lishidir. Aslida insho uchun aniq chegaralangan mavzular tanlanishi o`rinlidir. Masalan, "Mening gulzorim", "Yozgi ta'tilning bir kunida", "Biinchi qo`ng`iro", "Matematika darsida", "Sevimli o'qituvchim" va boshqalar XIV.UZ Og'zaki va yozma insho ustida ishlashda mavzu berib, uni yoritishni talab qilishdan tashqari, avvalmaterial tanlash, keyin shu yig'ilgan materiallar asosida mavzuni shakllantirishni tavsiya qilish ham mumkin. Mavzu zaminida inshoning asosiy mazmuni yotadi. O'quvchilar u haqida aniq tasavvurga ega bo'lsalargina, inshoni talabga javob beradigan darajada yozishlari mumkin. Bunda mavzuning juda aniq bo'lishi muhim rol o'ynaydi. Puxta o'ylab tanlangan mavzu o`quvchilarning unga mos material tanlashlari va bu materiallarni izchillikda yoritishlari uchun yo'llanma sifatida xizmat qiladi. Odatda, adabiy mavzulardagi insho uch qismdan kirish, asosiy qism, xulosadan iborat bo'lib, reja asosida yoziladi.

1. Inshoning kirish qismida, odatda voqea yuz berggan davr, asarning yaratilishi, mavzusi, yozuvchi ijodida tutgan o`rni to`g`risida qisqacha ma'lumot beriladi. 2. Inshoning ikkinchi, asosiy qismida mavzu bo`yicha to'plangan materiallar ifodalanadi. 3. Inshoning xulosa qismida odatda, qoida bo`yicha, asosiy qismida bayon etilsa fikrlar umumlashtiriladi, shaxsiy xulosa bayon etiladi. Xulosa qismining mazmuni, insho mazmuniga qarab turlicha bo'ladi. Masalan, agar insho adabiy xarakterda bo`lsa, xulosa qismida obrazlarning tipikligi, yozuvchi ijodining ahamiyati, yozuvchining adabiyot rivojidagi roli haqida so'z yuritiladi. Og'zaki va yozma inshoga o'rgatish jarayonida o`quvchilarda mavzuni tushunish va yopritish, oz inshosini aniq fikrga bo'ysundirish, material to plash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini takomillashtirish ko`nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari texnik vazifalar ham amalga oshiriladi, ta'ni matnni yozishda imlo qoidalari va husnixatga e'tibor berish, matnni xatboshidan yozish, husnixat va hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi. 1-4 sinflardagi bayon va insho ta'limiy xarakterga ega bo`lib, o`qituvchi rahbarligida o'tkaziladi. Bu sinflarda o`quvchilar mazmuni o`zlashtirilgan ertak, hikoya bo`yicha bayon, hayotiy tajribalar va rasmlar asosida kichik hajmda insho yozadilar. XIV.UZ Boshlang'ich sinflarda o`quvchilarni insho mavzusi va uni yoritishga o`rgatish insho mavzusi bilan tanishtirishdan boshlanadi. Xususan, ularda insho yozish malakasi rivojlanishi uchun qulay, mazmunli, soda mavzu tanlash talab qilinadi. Bundan tashqari kelajak haqidagi "Kim bo'lishni xohlayman" mavzusida tayyorgarliksiz hikoya qilish tarzidagi insho ham katta tarbiyaviy kuchga ega. O`quchilar ushbu mavzu asosida insho yozganlarida kimga havas qilishlari, kim bo'lmoqchi ekanliklari v anima uchun shu sohaga yoki shu kasbga qiziqishlari, bu kasbni tanlashda kim havas uyg'otgani, bu kasbning foydali jihatlari haqida to`lib-toshib hikoya qiladilar. Xullas, mavzu inshoda yoritilgan gikrlarga muvofiq kelishi va uning mazmunini to'la qamrab olishi lozim. Hech vaqt kuzning shirin-shakar

mevalari haqida fikr yuritib, "Qovun pishdi", "Polizda" deb sarlavha qo'yilmaydi. U albatta, "Kuz saxovati", "Kuz ne'matlari" kabi nomlar bilan atalishi lozim. ARXIV.UZ

II.1. Reja tuzish. ARXIV UZ Reja inshoning tuzilishi, qismlarga bo'linishi va shu qismlarni izchillik bilan bayon qilish demakdir. Reja asosida yozilgan inshoda ikkinchi darajali emas, balki asosiy masalalar yoritiladi. O'quvchilar insho mavzusi bilan tanishganlaridan keyin yoziladigan insho rejasi ustida ishlaydilar. Reja inshoni yozishga kirishishda muhim bosqich hisoblanadi. Rejaning mavzu mazmuniga muvofiq bo'lishi uchun o quchilar mavzu haqida bir fikrga kelishlari, yoritiladigan materialni chegaralab olishlari keraRXIV.UZ Reja o`quvchilarning insho mazmuni va g'oyasini yoritishda mantiqiy izchillikda qay darajada amal qilganliklarini va mavzuga bo'lgan munosabatlarini ko`rsatadi. Shuningdek, reja insho mavzusi va g'oyasini yoritishda muayyan bosqich bo`lishi bilan birga, ifodalash lozim bo'lgan. fikrni, voqea va obrazni tasavvur etish, u haqda ma'lum bir xulosaga kelish uchun vosita vazifasini ham bajaradi. Insho rejasi ustida ishlash har bir o`quvchiga alohida, nafosat tuyg'usi bilan yondashishni talab etadi. Reja inshoning tuzilishi, qismlarga bo'linishi va shu qismlarni izchillik bilan bayon qilish demakdir. Reja asosida yozilgan inshoda ikkinchi darajali emas, balki asosiy masalalar yoritiladi. Bolalar avval o'qigan hikoyalariga reja tuzadilar va uni reja asosida qayta hikoya qiladilar, keyin bayon rejasini tuzadilar, so`ng bir mavzuga oid bir necha rasm asosidagi insho rejasini, ya'ni rasmli reja tuzadilar, inshoga sarlavha topadilar. ARXIV.UZ Reja tuzishga o'rgatishda oldin nima haqida to'xtalish, keyin uni qanday davom ettirish, undan so`ng nima haqda aytish, nihoyat, hikoyani qanday tugatish kerakligini o`quvchilarga tushuntirish foydali usul hisoblanadi. Reja ko`pincha insho yozishdan oldin unga tayyorlanish jarayonida tuziladi. Ba'zan rejani ekskursiya, kuzatishdan oldin, unga tayyorgarlik jarayonida tuzish maqsadga muvofiq. Ekskursiya, kuzatish, ijtimoiy foydali mehnat rejasi shu yuzasidan material to'plash, insho uchun material tanlash va uni tartibga solish jarayonida tuziladi. Bunday reja insho yozishdan oldin ko`rib chiqilib, unga ayrim aniqliklar kiritiladi. ARXIV

O'qituvchining adabiy jarayon, badiiy asar to'g'risidagi bayoni, muhim masala bo'yicha qiladigan ma'ruzasi yaxshi insho namunasi bo'ladi. O'quvchilar o'qituvchining ma'ruzasidan kirish so'zni uyushtirishni, keyin asosiy qismga o'tishni, asosiy maqsadni bayon etish va asarlardan. misollar keltirish bilan uni isbotlashni, fikrni xulosalash yo'llarini bilib oladilar.

II.2. O`quvchilarni insho yozishga tayyorlash. (ARXIV.UZ O`quvchilarni insho yozishga tayyorlash ishi sinfda alohida darslar uyushtirish yo'li bilan amalga oshiriladi. O`quvchilar bu darslarda o`zlari mustaqul amalga oshiriladigan ishlarni o'rtoqlari bilan hamkorlikda bajaradilar. Ishni bajarishda qiynalsalar, o`qituvchi ularga ko'maklashadi. Sinfda tashkil etiladigan tayyorgarlik darsi aniq va qiziqarli mavzu asosida uyushtiriladi. Shundagina, bu dars o'quvchilarda insho ustida ishlash ko`nikmasini shakllantirishga yordam beradi. O`quvchilar inshoga nisbatan qo`yiladigan talablarni bilishlari kerak. Metodik adabiyotlarda va "Ona tili" darsligida insho yozish uchun o`quvhcilarga bir qator zarur maslahatlar berilgan, jumladan: insho mavzusini puxta o'ylash, nimalar haqida yozishni aniqlab olish, mavzuga oid so'zlar tanlash; inshoning asosiy mazmunini, shu mazmunni yoritish uchun nimalar haqida va qanday yozishni o`ylab olish, inshoning rejasini tuzish;.UZ inshoning tiliga, fikrning yaxshi ifodalanganligiga e'tibor berish, zarur o'rinlarga tuzatish kiritish; yozgan inshoni oqqa ko'chirish. Insho murakkab ijodiy ish bo'lganligi uchun ham u o`quchidan zarur bilim hamda ko`nikma va malakalarni talab etadi. Birinchi yo'nalish ona tilidan deyarli barcha mashg'ulotlarda amalga oshiriladi. O`quvchilar o`rganilayotgan til hodisasini amalda tadbiq etgan holda ijodiy matnlar yaratar ekanlar. Ikkinchi yo`nalish ijodiy yozma ish ustida ishlash uchun ajratiladigan maxsus soatlardir. Biz ijodiy yozma ish ustida ishlash usullarini morfologiya o`rganilgandan keyin kiritishni maqsadga muvofiq deb bilamiz. Ma'lumki, maktabda o`tkaziladigan insholarda ko`zga tashlanadigan muhim kamchiliklar, asosan, mavzudan chetga chiqish, ya'ni uning haddan tashqari qisqa yoki, aksincha, ortiq darajada keng hajmda bo`lishidir. Inshoga tayyorgarlik inshoni yozishdan bir necha kun ilgari boshlanadi, darsdan tashqari vaqtlarda va boshqa darslar jarayonida ham olib boriladi. Og'zaki va yozma insho ustida ishlash quyidagi uch bosqichga bo`linadi: CARXIV

1. material yig'ish, ya'ni kuzatish, ekskursiya, mehnat jarayoni, rasmni ko`rib chiqish, kinofilm, spektaklni ko`rish, badiiy va boshqa adabiyotlarni o`qish; 2. mavzuga va uni yoritishga mos material tanlash, uni tartibga solish, joylashtirish, ya'ni suhbat, muhokama qilish zarur materialni ajratish, reja tuzish, lug'at ustida ishlash, imlo va leksik tomondan tayyorlash va hokazo. 3. inshoni nutqiy shakllantirish, ya'ni insho matnini tuzish, uni yozish, takomillashtirish, xatolarni to`g`rilash va uni tekshirish. Insho yozish uchun 2- sinfda odatda, bir dars, zarur bo'lib qolsa ikkinchi darsdan 15-20 daqiqa, 3-4 sinflarda bir yarim yoki ikki dar, ayrim vaqtlarda ikki yarim darsgacha ajratiladi. Bulardan tashqari, insho tahlil va xatolar ustida ishlash uchun 20-25 daqiqa vaqt ajratiladi. Bunda eng yaxshi yozilgan insholar tahlil qilinadi, imloviy, punktuatsion, nutqiy, mantiqiy xatolar va mazmundagi yetishmovchiliklar ustida ishlanadi. O'qituvchi har bir insho turi uchun o'quv vazifasini belgilab oladi. Masalan, rasmlar seriyasi asosida birinchi marta yozdiriladigan insho uchun quyidgi vazifalar belgilab olinadi: a) o`quvchilarni inshoning yangi turi bo'lgan rasmlar seriyasi asosidagi insho bilan tanishtirish; rasmli reja asosida matn rejasini tuzish; b) c) reja qismlariga mos ravishda matnni xatboshilarga bo`lish va har birini xatboshidan yozish; insho matnini mustaqil tekshirish, uni takomillashtirish. d) O`quvchilarning mustaqil darahasi o'sib borgani sayin, inshoga talab ham orta boradi. ARXIV.UZ

II.3. O`quvchilar inshosini tahlil qilish. ARXIV.UZ Nutq o'stirish metodikasida o`quvchilar inshosi uchun baho me'yori muhim masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi. Inshom matnini takomillashtirish, unda yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish ham o`quvhcilar uchun o`ta zarur malakalardan biridir. Ammo afsuski, ko`pchilik o`quvchilar o`zlari yozgan matn ustida deyarli ishlay olmadilar. Ko'pincha ular ishning qoralama nusxasiga birorta ham tuzatish kiritmay, uni aynan oqqa ko`chiradilar. O`qituchilar esa matnni tekshirayotgan yo undagi barcha atolarni tuzatadilar yoki xatoli o`rinlar ostiga chizish, har il belgilar qo`yish bilan cheklanadilar. "Ijodiy yozma ish ustida ishlash usullari" bo'limidan o`quvchilarni quyidagi zarur bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishni maqsadga muvofiq deb bilamiz: "Ijodiy yozma ish" tushunchasi: rasm asosida hikoya, manzara tasviri, shaxs hayvon, narsa-buyum, voqea-hodisa tasviri. Yozma ishga mavzu tanlash, ayni bir narsa, manzara, voqa, hodisalar asosida turlicha mavzu tanlash; Berilgan mavzu, erkin mavzu; Mavzuni yoritish uchun zarur material, o`quvchining bilimlari, kuzatishlari, taasurotlari, mushohadalari, qiyos va o`xshatishlari, xulosa va hukmlari. Yozma ishning rejasi. Mavzuni yoritishda mazmun izchilligi xat boshi tushunchasi. Yozma ish matni ustida qayta ishlash, qoralama nusxada so`zlar ustida ishlash. Matnning uslubi ustida ishlash. Ishni oqqa ko`cherish. Ishni tekshirilgach, xatolar ustida ishlash yo'llari. (ARXIV.UZ O`quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi: 1. Insho mavzusining yoritilishi. (Mazmun mavzuga mosmi, ya'ni yetarli yoritilganmi, haqiqatga mos keladimi?)

2. Reja, kompozitsiya, izchillik. (Reja to'g'ri tuzilganmi, materialni bayon qilish tartibi rejaga mos keladimi, mazmunda takror yo'qmi.) 3. Janri, uslubi. 4. Insho hajmi. 5. Leksika 6.Sintaksis 7. Imloviy va punktuatsion savodxonlik, xatolar xarakteri. 8. Husnixat, tashqi tomondan shakllantirish (hoshiyaga, xatboshidan yozishga, sarlavhani to'g'ri joylashtirishg rioya qilish) O'quvchilar inshosiga qo'yiladigan bunday talablar uni baholashda real yondashishga imkon beradi. ARXIV.UZ

III Bob. Tajriba sinovi ishlari tahlili ARXIV.UZ Tajriba-sinov - bu shunday tafakkur metodi bo`lib, uning yordamida tabiiy yoki sun'iy tarzda yaratiladigan, nazorat qilinadigan, boshqariladigan jarayonlar tadqiq qilinadi va muammolarni hal qilishning yangicha vositalari izlanadi. Tajriba sinovlarga kerishishdan oldin shu sohaga doir eng maqsadga movofiq ish metodini belgilab olish muhimdir. Dasturni tayyorlashda quyidagilar nazarda tutiladi: 1. Tajriba-sinov obyektini aniqlash 2. Tajriba-sinov predmeti 3. Tajriba-sinov maqsadini talqin etish 4. Tajriba-sinov aniq matedikalari va metodlarini tanlab olish; 5. Tajriba-sinov muddatini belgilash 6. Tajriba-sinov bosqichlarini belgilash 7. Tajriba-sinovdan kutilgan natijalarni baholash mezonlarini tanlab olish; ARXIV.UZ 8. Kuzatilayotgan natijalarni belgilash; 9. Tajriba-sinov jarayoni natijalarini kuzatib borish, nazorat qilish qoidalarini belgilash; 10. Tajriba-sinov natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilash. III.1. Tajriba-sinov ishlari Biz boshlang'ich sinflarda o`quvchilarni insho yozishga o'rgatish yo'llari, usullarini tahlil etish, o'rganish maqsadida Qarshi shaharidagi 21- umumit o`rta maktabda hamda Yakkabog tumanidagi 42-umumiy o`rta maktabda tajriba-sinov ishlarini olib bordik. Biz tajriba sinovimizni o`quvchilarga insho mavzusini tanishtirishdan, insho rejalari ustida savol-javob o'tkazishdan boshladik, biz tanlagan mavzu 3- sinf ona tili darsligida berilgan 355-mashq asosida "Bahorda" mavzusi bo`ldi. Insho mavzusi 5 ta rejadan iborat. Bartadan iborat. UZ Mavzu: Bahorda Reja: 1. Kunlar isiy boshladi 2. Tabiat jonlandi 3. Bahorgi ishlar

4. Bahor tabiati 5. Mehnat zavqi RXIV.UZ O`lquvchilar daftarlariga insho mavzusi va rejasini yozib oldilar. Shundan so'ng biz o`quvchilar bilan insho mavzusining har bir rejasi ustida ishladik. Bizning bu ishimiz ularni insho ustida qiziqib, jiddiy ishlashlariga ta'sir ko`rsatdi. Dars tugab, o`quchilardan insho daftarlarini yig'ib oldik va ularni yozgan insholarini o'zimiz tekshirdik. UZ 3-A sinf o`quvchisi Norboyeva Sevaraning yozgan inshosi: Mavzu: Bahorda Reja: 1. Kunlar isiy boshladi 2. Tabiat jonlandi 3. bahorgi ishlar 4. Bahor tabaiti 5. Mehnat zavqi RXIV.UZ Bahor. Bahor keldi. Qorlar eridi. Kunlar isiy boshladi. Qishda uchib ketgan qushlar o'lkamizga qaytdi. Daraxtlar gullay boshladi. Hammayoq yashil to'n kiydi. Osmonda turnalar ovozi. Bahorda dehqonlar dala ishlariga kirishib ketishadi. Dehqonlar ishni 21- martdan boshlashadi. Bahorda dehqonlarga bizning yordmimiz ham tegadi. Bahorda hammayoq chiroyli bo'ladi. Ba'zida yomg'ir yog`adi, ba'zida quyosh chiqib, kun isib ketadi. Bahorda dehqonlarimiz ekkan ekinlardan biz ham, ular ham zavqlanishadi. Chunki, ular tabiatimizni, balki Yurtimizni ko'rkamlashtiradi. Bahor keldi elimizga, Ko'm-ko'k bo'ldi bog'-dala Sevinch to`lib dilimizga, Terib keldik gul-lola.IV.UZ Najimov Husnidin yozgan insho: ARXIV UZ

Bahor keldi, kunlar isiy boshladi? Isziq sivar qushlar uchib keldi. Bahorga dehqonlar dalalarga ishlaydilar. Bahorda havo isziq bo'ladi. Odamlar daraxtlar ikiladi. Yuqorida keltirilgan insho namunalaridan Norboyeva Sevara yozgan inshogina 5 bahoga loyiq deb topildi. Sevara yozgan insho reja asosida, chiroyli, xatosiz yozilgan. Tinish belgilaridan, lug'at boyligidan to`g`ri va unumli foydalanilgan. Umuman, "Bahorda" mavzusi asosida yozilgan insho bo`yicha 3-A sinf o`quvhcilari quyidagicha baholadik. ARXIV.UZ Chiroyli va xatosiz yozilgan Gaplar Mavzu reja asosida to'liq bayon etilgan O`quvchilar-ning ismi sharifi Lug'at boyligi to`g`ri tuzilgan Bahosi Yo'q Bogirov Aziz 4 b 1 + + + Bobosharipov A. Dilmurodova M. 2 b 2 + 3 b 3 + + Ergasheva Sh. + 4 b 4 + + 5 Jo`rayeva M. + 4 b + + + 5 b Norboyeva Sevara 6 Najimov Xusniddin 3 b 7 Zayniyeva Sh. 4 b 8 ARXI.UZ Insho tahlili natijalariga ko`ra, 3-A sinf o`quvchilarining 20% inigina insho yozish malakalarini yaxshi egallagan, fikr doirasi keng o`quvchilar tahskil qiladi, 40 % ni mustaqil fikrlay olmaydigan, o`z fikrini yozma tarzda ifodalay olmaydigan o`quvchilar, 30% ni gapni to`g`ri tuzolmaydigar, yozma nutq jarayonida tinish belgilaridan to`g`ri foydana olmaydiga o`quvhcilar, 10 tashkil qiladi. % ni esa ham og'zaki, ham yozma nutq malakasi rivojlamagan o`quvchilar og'zaki, ham yozma nutq malakasi Bo'lish mumkin emas o`yini Bu o'yinni o`tkazishdan oldin matn tanladik, matnni o`qib berish davomida biz bo`lishi mumkin bo'lgan gaplarni ishlatdik. shunday hikoyachalar tuzishni o`quvchilarning o`ziga topshirdik. Keyinchalik Bo'lishi mumkin emas ona tili darslarida o`tkazilsa, darsning samarali bo`lishiga erishiladi. Bundan tashqari bu o'yindan badiiy ertaliklar, musobaqalar, viktorinalar o`tkazishda ham foydalanish mumkin. 1-variant: Dushanba dam olish kuni bo'lganligi uchun Olim maktabga bormadi. U singlisi Vazira bilan hayvonot bog'iga bordi. Ular hayvonot

bog'ida suvda suzib yurgan she'rni, qafasda sayrayotgan baliqlarni va kattakon vahshiy bulbulni ko`rdilar.Z 2-variant: Abdulla juda bilimli bola. U bugun ham topshiriqni juda yaxshi bajardi. O`qituvchi uni maqtadi va "nol" ball qo`ydi. Abdulla yaqinda 2-sinfni tugatib, 1-sinfga o`tadi. III.2. Tajriba sinovi ishlari tahlili Boshlang'ich sinflarda o`quvchilarni insho yozishga o'rgatishda ona tili darslarida yuqorida keltirib o'tilgan o'yinlarda yuqorida keltirib o'tilgan o`yin topshiriqlaridan amalda qo`llaniladigan ijobiy natijaga erishilgani jadvallarda o`z ifodasini topgan. Hazil-mutoyiba bilan o'tadigan "Bo'lishi mumkin emas" o`yini o`quvchilardan ziyraklik, sinchkovlik, kuzatuvchanlikni talab qilishi bilan birgalikda ulardan atrofida sodir bo'layotgan voqea va hodisalarga befarq bo`lmaslikni ham talab qiladi. ARXIV.UZ Davom ettir o'yinidan esa o`quvchilarda mustaqil fikrlash malakasini qaror toptirishda, o`z fikrlarini ham og'zaki, ham yozma tarzda bayon eta olish ko`nikmasini yuksaltirish maqsadida foydalnilgan. Yuqorida sanab o'tilgan ta'limiy hamda didaktik o'yinlar ona tili darslarida qo'llanilsa, o`quvchilarda insho yoza olish qobiliyati tezda rivoj topadi. ARXIV.UZ

XULOSA ch ta'limning o'ziga xos xusu Boshlang'ich ta'limning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, insho yozish qonun-qoidalarini 3-sinf o`quvhcilarining ongiga singdirish juda muhimdir. O`qituvchi ayni paytda o`z bilimi, tajribasi va imkoniyatidan foydalanib dars o'tishning ilg`or, samarali usullarini ishlab chiqishi lozim. 3-sinflarda o`quvchilar bilan, o`qituvchilar bilan faoliyat olib bordik. Bunda o`qitishning ilg'or usullaridna foydalanishning samarali ekanligi amaliyotda o`z isbotini topdi. 1. Belgilangan maktablarda o`quvchilarning faoliyati, darsga bo`lgan qiziqishi, ijodkorligi sezilarli darajada ijobiy tomonga o`zgardi. 2. O`quvchilar passiv tinglovchidan faol, shu ishni bajaruvchi shaxsga aylandi. 3. O`qituvchi va o`quvchi faoliyati me'yorlashdi. 4. O`quvchilar interfaol usullarda faolligi, ya'ni o`z "men" ini ko`rsatishi shakllandi. 5. O'quvchilarda til sezgirligiga bo`lgan munosabat tamomila ijobiy tomonga o`zgardi. ARXIV.UZ 6. O`qituchi ta'lim jarayonining subyektida n uning tashkilotchisiga aylandi. 7. Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida o`quchilarda o'z kuchiga ishonch shakllandi. 8. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ikkinchi sifat bosqichi talablaridan kelib chiqib, 3-sinf ona tili darsligi materiallarini ham zamon talablari darajasida yaratish lozimRXIV.UZ Qisqasi, 3-sinfda o`quvchilarni insho yozishga o'rgatish, zamonaviy ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilsai, o`quvchilarning yosh va indivedual xususiyatlari hisobga olinsai, vaqtdan to`g`ri va oqilona foydalana olinsa, o`quvchi topshiriqlari, turli xil rolli o`yinlar, topshiriqlar, turli xil rolli o'yinlar, topishmoqlar, xalq maqollaridan o'z o'rnida unumli va o`rinli foydalan olinsa, dars sifati sezilarli darajada oshadi. Bu esa o`qituvchidan yuksak mahoratli ahoratli bo'lishni, bo'lishni, ijodkorlikni, ijodkor mehnarsevarlikni talab etadi. ARXIV.UZ



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ARA RO'YXATI 1. I.A.Karimov "O`zbekiston buyuk kelajak sari" T. 1999 y. 2. I.A.Karimov "Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch" T. 2009 y. 3. I.A.Karimov "Milliy istiqlol mafkurasi xalq e'tiqodida buyuk kelajakka ishonish" T. 2000 у. 4. I.A.Karimov "Milliy istiqlol g`oyasi: Asosiy tushuncha va tamoyillar" T. 2001 y. ARXIY UZ 5. I.A.Karimov "Bizning maqsadimiz jamiyatni demokratlashtirish va yangilash mamlakatni modernizatsiya va isloh etish" O`zbekiston ovozi. 2010 y. 28 yanvar sonidagi ma'ruzasidan. 6. I.A.Karimov "Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori" T. 1997 y. 7. Ta'lim taraqqiyoti umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari va o`quv dasturi. O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligining ARXIV.UZ axborotnomasi. T. 1999 8. Boshlang'ich ta'lim bo'yicha yangi tahrirdagi Davlat ta'lim standarti. T. 2005 y. 9. Abdullayeva Q. va boshqalar. O`qish kitobi. 2- sinf uchun darsli. T. O`qituvchi 2007 y. 10. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. T. 1997 y. 11. Roziqov O va boshqalar. Ona tili didaktikasi. T. Yangi asr avlodi. 2005. 12. To'xliyev B va boshqalar. O'zbek tili o`qitish metodikasi. T. O`zbeksiton respublikasi yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armsi nashriyoti. 2006 yil 13. Fuzailov S va boshqalar. Ona tili 3-sinf. T. O`qituvchi. 2007 y. 14. Zunnunov A. Xotamov N. Esonov J, Ibrohimov A. Adabiyot o'qitish metodikasi. T. O`qituvchi. 1992 y. 334 b. 15. G'afforova G. Boshlang'ich ta'limda zamonaviy texnologiyalar. Qarshi Nasaf. 2009 y. 164 b. 16. Shodmonov E va boshqalar. Boshlang'ich sinflarda DTS talqini va o`zbek ilologiyasi ta'limi parametrlari. Qarshi "Nasaf" 2000 y. ARXIV UZ
Download 53.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling