Azaldan ota-bobolarimiz ipak ishlab chiqarish bilan shugʻullangan. Bu tom maʼnoda boy madaniy merosimizga ham aylanib ulgurgan, desak mubolagʻa boʻlmaydi
Download 39.68 Kb.
|
ipakchilik
Azaldan ota-bobolarimiz ipak ishlab chiqarish bilan shugʻullangan. Bu tom maʼnoda boy madaniy merosimizga ham aylanib ulgurgan, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Yana bir muhim jihati, pillachilik sohasi yurtimiz qishloq xoʻjaligining muhim tarmoqlaridan biri boʻlib, iqtisodiyotni yuksaltirish, aholi farovonligini oshirishda ham katta ahamiyatga ega. Maʼlumotlarda koʻra, dunyoda pilla yetishtirish miqdori boʻyicha mamlakatimiz Xitoy va Hindistondan keyin uchinchi oʻrinda turadi. Lekin keyingi paytda ipakchiligimiz dovrugʻi pasayib, aholi orasida ipak qurti parvarishlashga ishtiyoq ancha susaygan edi. Oqibatda pilla yetishtirish, uni chuqur qayta ishlash va eksport qilish koʻrsatkichlari keskin tushib ketdi. Yurtimizda dunyoda aholi jon boshiga pilla yetishtirish boʻyicha birinchi oʻrinda tursa ham, uning jahon bozoridagi ulushi bor yoʻgʻi 2,5 foizni tashkil etadi. Demak, respublikamizda pilla yetishtirish hajmini oshirish, shu bilan bir qatorda, undan jahon andozalariga mos keladigan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Chunki mamlakatimizda pillachilikni rivojlantirish, xomashyo ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun qulay sharoit mavjud. Sohani yana-da rivojlantirish faqat pillakorlar daromadini oshiribgina qolmay, balki pillani oʻzimizda qayta ishlab, xorijga yarim tayyor va tayyor mahsulotlar eksport qilish hajmini oshirish imkonini ham beradi. Prezidentimizning “Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarorining qabul qilinishi pillachilikni yana-da rivojlantirish, ipak tolasi ishlab chiqarishni koʻpaytirishda katta huquqiy baza yaratishi bilan ahamiyatli, deb oʻylayman. Qarorga koʻra, hududlarning tabiiy-iqlim sharoitlariga mos jun yoʻnalishlaridagi mayda shoxli mollarni koʻpaytirish, ozuqa bazasini rivojlantirish, teri va junni qayta ishlash, ulardan yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash, yaylov maydonlarida tabiiy ravishda oʻsuvchi kavrak plantatsiyalari zaxiralaridan barqaror foydalanish, shuningdek, pillachilik tarmogʻi ozuqa bazasini koʻpaytirish, eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsad qilingan. Eng muhimi, yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish aholi bandligini taʼminlash, tarmoqning eksport salohiyatini oshirish, jahon bozorida ipak mahsulotlarimiz assortimentini koʻpaytirish va ularning raqobatdoshligini oshirish uchun muhim qadam boʻladi. Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar har yili yetishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosilining bir kilogrammi uchun 5 ming soʻm miqdorida xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga respublika byudjeti hisobidan subsidiya ajratiladi. Tutzorlarni sugʻorish uchun foydalanilgan suv hajmiga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorda qoʻllaniladi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida ajratilgan mablagʻlar jun yoʻnalishidagi qoʻylarni, shuningdek, qoʻlda jun yigirish, ipak matolari, gilam va kigiz toʻqish uskunalarini sotib olishga ham yoʻnaltiriladi. Koʻrinib turibdiki, pillachilarning moddiy manfaatdorligi oshiriladi, ularga har tomonlama gʻamxoʻrlik koʻrsatiladi. Pillachilik sohasini rivojlantirish borasida ijobiy qadamlar tashlanib, tarmoqda oʻnglanish, yana-da rivojlanish boʻladi, yuzlab, minglab ish oʻrinlari yaratiladi. Haqiqatan ham mamlakatimizning ipakchilik sanoati salohiyati nihoyatda yuqori. Bor kuch va imkoniyatlarni safarbar qilsak, qanchadan-qancha ish oʻrinlari ochiladi. Yurtimizda olib borilayotgan shiddatli islohotlardan koʻzlangan maqsad ham shu — qaysi soha boʻlmasin, uni odamlar uchun muhim daromad manbaiga, iqtisodiyotimiz tayanchiga aylantirishdan iborat. Ipakchilik sanoati - yengil sa-noat tarmoqlaridan biri. Asosan, tabiiy va sunʼiy ipak tolasi, yigirilgan ipak, sintetik hamda har xil tabiiy va sunʼiy tolalar birikmasidan ipak (shoyi) gazlamalar toʻqib chiqaradi. Pilla chuvish (tortish), uning losidan ipak yigirish va toʻqilgan gazlamalarni pardozlash ham I. s.ga kiradi. Oʻzbekistonda ipakchilik tarmogi teran tarixiy ildizlar va anʼanalarga ega. Ipak qurti boqish va uning pil-lasidan tola olish, ipak gazmollar toʻqish dastlab Xitoyda vujudga kelgan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, ipak qurti boqish 4-asrda Xitoydan Buyuk ipak yoʻli orqali hozirgi Oʻzbekiston hudu-diga tarqalgan. Samarqand, Buxoro, Xoʻjand, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan kabi shaharlarda ishlab chiqarilgan turli-tuman shoyi gazlamalar mashhur boʻlgan. Shoyi gazmollar Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga chiqarilgan. 19-asrning 2-yarmidan boshlab Oʻrta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganidan soʻng 1867-yildan boshlab Margʻilon, Qoʻqon, Toshkent, Xoʻjand sh.larida dastlabki ipak kalavalash f-kalari qurildi. Mac, Oʻzbekistonga bi-rinchilardan boʻlib kelgan rus sanoatchisi I. I. Pervushin 1871-yilda Toshkentda araq va vino zavodi bilan birga pillakashlik f-kasi ham qurdi. Lekin ipak gazlamalarning asosiy qismi maqalliy hunarmandlarning ustaxona (doʻkon)larida ishlab chiqarilar edi (mas, 19-asr oxirida Margʻilonda 120, Qoʻqonda 49 ta shoyi toʻqish ustaxonalari ishlagan). Pilladan yarim kustar holda (qozonlarda qaynatib) qoʻl charxlarida ipak (11,8 kg pilladan 1 kg ipak) olingan, qoʻlda boʻyalgan ipakdan atlas, adras, bekasam, olacha, turli abrli gazlamalar, baxmal, parcha qoʻl dastgoqlarida toʻqilgan. 1913-yilda Oʻzbekistonda qariyb 4 ming t pilla yetishtirilgan, uning aksariyat qismi rus ishbilarmonlari qoʻliga oʻtib, ipak olish uchun Italiya va Fransiyaga joʻnatilgan. 1921-yilda Oʻzbekistonda Fargʻona sh.da birinchi 56 qozonli pillakashlik f-kasi ishga tushirildi. 1927—32 y.larda Samarqand, Buxoro, Margʻilon sh.larida ham pillakashlik f-kalari qurildi. Ayni paytda pillakashlik f-kalarida olingan ipak toladan shoyi toʻqish ham rivojlandi. Margʻilon atlas (1925), Namangan abrli gazlamalar (1925), Margʻilon shoyi (1928), Samarkand shoyi (1934) k-tlari, Qoʻqon shoyi toʻqish f-kasi (1926) ishga tushirildi. 1937-yilga qadar shoyi gazlamalar tabiiy ipakdan tayyorlanar edi. Kimyo sanoatining rivojlanishi natijasida sunʼiy ipak gazlamalar toʻqish ham keng ta-raqqiy etdi. 1940-yilga kelib Oʻzbekistondagi pillachilik f-kalarida 9833 t pilla qayta ishlanib, shoyi gazlamalar ishlab chiqarildi. 1940—70 y.larda respublikada pilla yetishtirish deyarli 3 baravar koʻpaydi, I. yeda yuqori oʻsish surʼatlariga erishildi. 1966-yilda yiliga 45 mln. m ipak gazlama ishlab chiqaradigan Namangan shoyi va kostyumbop gazlama kti ishga tushirildi, viloyatlar shaharlarida k-tlar filiallari ochildi, ishlab turgan korxonalar kengaytirildi va rekonstruksiya qilindi. Ayni paytda I. s. korxonalari shoyi gazlamalar turlarini i. ch. boʻyicha ixtisoslashdi, korxonalarda krepdeshin, krepshifon, krepjorjet, ipakdan milliy gazlamalar: atlas, xonatlas, bekasam, shoyi, shuningdek, plashbop, kostyumbop, astarbop gazlamalar, shtapel, viskoza va aralash tolalardan kiyim-kechak tikiladigan gazlamalar, tukli va jakkard gazlamalar, sunʼiy iplardan abrli gazlamalar ishlab chiqarish oʻzlashtirildi, I. s. mahsulotlari chet ellarga eksport qilindi. 1980-yilga kelib Oʻzbekistonda ipak ip i. ch. 1711 t ni tashkil etdi, 113,8 mln. m2 shoyi gazlamalar ishlab chikarildi, 1990-yilda esa 32824 t ipak kurti pillasi tayyorlandi, I. yeda 2522 t ipak ip, 144,2 mln. m2 shoyi gazmollar ishlab chikarildi, 1991-yilda respublikada rekord xreil — 33,8 ming t pilla tayyorlandi. Respublika mustaqillikka erishgandan keyin respublika hukumati I. s.ni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor berdi. Anʼanalar va ming yillik tajribalar negizida Oʻzbekistonda zamonaviy yangi ipakchilik indust-riyasini yaratish yoʻli belgilandi. 1993-yildan pilla yetishtirish davlat buyurtmasidan chiqarilib, uni harid qilish kelishilgan narxlar asosida olib boriladigan boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 1998-yil 30 martdagi "Respublikada pil-lachilik sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida" Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Va-zirlar Mahkamasining 1998-yil 3 aprel dagi "Respublika pillachilik sohasini boshqarishni takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga koʻra mustaqil "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tashkil etildi. Uning tarkibiga ipakli va aralash gazlamalar ishlab chiqaradigan shoyi toʻqish korxonalari, shuningdek, tabiiy shoyi i. ch. va qayta ishlash boʻyicha Markaziy i. t. institutini ("Shoyi" tadqiqot instituti, Mar-gʻilon) oʻz ichiga oladigan "Shoyi" aksiyadorlik kompaniyasi hamda pilla xom ashyosi, ipak kalava ishlab chiqaradigan pillakashlik korxonalari, ipak qurti tayyorlanadigan zavodlar, ipak qurti naslchilik xoʻjaliklari, xom pillani qabul qilish va dast-labki ishlov berish korxonalari, tutchilik xoʻjaliklari, Oʻzbekiston ipakchilik i. t. institutini oʻz ichiga oladigan "Pilla xolding" xolding kompaniyasi kiradi. Pilla xom ashyosini respublikaning oʻzida qayta ishlanishini taʼminlash maqsadlarida 2000-yil fevral oyida Oʻzbeki ston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan pilla xom ashyosi, ipak chiqindilari va ipak ipni res-publikadan chetga chiqarishga chek qoʻyildi. 1995-2000-yillarda I. s.ga chet el investitsiyalarini jalb qilish, ipak ashyosini qayta ishlash, jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chikarish va uni eksport qilishni koʻpaytirish boʻyicha muhim ishlar amalga oshirildi. "Pilla xolding" xolding kompaniyasi tarkibida 7 qoʻshma korxona: "Silk Road" Oʻzbekiston— Yaponiya (Namangan), "Kumush" Oʻzbekiston—Britaniya (Shahrisabz), "Silk indiastrz Ko" Oʻzbekistan—Vyetnam (Toshkent), "Tonmen" Oʻzbekistan— Janubiy Koreya (Toshkent viloyati), "Xadan" Oʻzbekiston—Xitoy (Buxoro), "Silk star" Oʻzbekistan—Singapur (Samarqand viloyati), "Buxoro—Kvashen" Oʻzbekiston—Xitoy qoʻshma korxonalari tashkil etildi. 2000-yilda "Kumush" aksiyadorlik jamiyati aksiyalari paketini Buyuk Britaniyaning "Carthill invest ment" kompaniyasi 565 ming AQSH dollariga sotib oldi. "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tarkibida 10 pillakashlik korxonasi — "Atlas" (Namangan), "Buyuk ipak yoʻli" (Fargʻona), "Buxoro ipagi" (Buxoro), "Buloqboshi ipagi" (Andijon viloyati Buloqboshi sh.), "Ipakchi" (Namangan viloyati, Uychi sh.), "Kumush" (Shahrisabz), "Tola" (Toshkent), "Turon shoyi-si" (Margʻilon), "Xorazm ipagi" (Urganch), "Hujum" (Samarqand) aksiyadorlik jamiyatlari; 7 shoyi toʻqish korxonasi — "Alisher Navoiy" (Margʻilon), "Atlas" (Namangan), "Izboskan shoyi toʻqish f-kasi" (Andijon viloyati Poytug sh.), "Qoʻqon shoyiatlas toʻqish", "Margʻilon ipak gazlamasi", "Musaffo" (Samarkand), "Turon shoyisi" (Margʻilon) aksiyadorlik jamiyatlari ishlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi ipak kurti pillasi yetishtirish hajmi boʻyicha jahon mamlakatlari orasida Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Braziliyadan keyin 5-oʻrinda turadi. Tarmoq korxonalarida 30 mingga yaqin kishi ishlaydi (2000). Mamlakatda 2000-yilda 18,9 ming t pilla, I. s. korxonalarida 1200,3 t ipak ip, 95 t ipak kalava tayyorlan-di, 5,336 mln. m2 shoyi gazlamalar ishlab chiqarildi. Chet mamlakatlarda shoyi gazlamalar, ayniqsa sintetik va sunʼiy ipak tolalaridan gazlamalar ishlab chiqarish boʻyicha AQSH, GFR, Yaponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya yetakchi mavkeda turadi. Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Jan. Yevropa mamlakatlari va Braziliyada ipak qurti pillasidan ipak olish va ipak gazlamalar i. ch. taraqqiy etgan (yana q. Yengil sanoat, Pillachilik). Pillachilik — ipak qurti boqish, pilla yetishtirish majmui; qishloq xoʻjaligining ipakchilik sanoati uchun xom ashyo yetkazib beradigan asosiy tarmoqlaridan biri. Pillachilik tarmoq sifatida Pillaning ozuqa manbai boʻlgan tutzorlar barpo qilish; tutning yangi navlarini yaratish; ipak qurtining zotlari va durapillalarni yaratish; naslchilik ishlari, ipak qurti boqib, uning tuxumini yetishtirish; ipakchilik sanoati uchun tirik pilla tayyorlash; pillani quritib, quruq pilla standarti talablariga moye keltirib korxonalarga topshirish; pillani dastlabki qayta ishlash va boshqalarni o'z ichiga qamrab oladi. Oʻzbekistonda tut ipak qurti urugʻini tayyorlash, qurtini boqish, pillani dastlabki ishlash (dimlash va quritish), yangi qurt zotlari va duragaylarini yaratishni va tutchilikni oʻz ichiga olgan mukammal majmua yaratilgan. Tut ipak qurti respublikaning barcha viloyatlarida yetishtiriladi. Respublika xududida tut ipak qurti juda qadimdan boqiladi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, ipak qurti boqish milodiy 4-asrda Xitoydan Oʻrta Osiyoga tarqalgan. 1913-yilda Oʻzbekistonda 4 ming tonnaga yaqin pilla yetishtirilgan boʻlsa, uning 90% Fargʻona vodiysiga toʻgʻri kelgan. 1922-yilda Toshkentda "Turkipak" aksiyadorlik jamiyatining tashkil etilishi pillachilikni rivojlantirishda muhim bosqich boʻldi. 1927-yil Toshkent ipakchilik styasi negizida Oʻrta Osiyo ipakchilik i.t. instituti (1991-yildan Oʻzbekiston ipakchilik instituti) tashkil etildi. 1930-yillarda tut koʻchati yetishtirishga aloxida eʼtibor berila boshlandi. 1940—90-yillarda Pillachilikda yuqori oʻsish surʼatlariga erishildi, pilla yetishtirish deyarli 3 baravarga koʻpaydi. 1991-yilda respublikada 33,8 ming tonna pilla tayyorlandi. 1993-yildan pilla yetishtirish davlat buyurtmasidan chiqarilib, uni harid qilish erkin kelishilgan narxlar asosida olib boriladi. Respublikada Pillachilik tarmogʻida 13 hududiy (viloyat) "Pilla" aksiyadorlik birlashmasi, 122 tuman "Pilla" aksiyadorlik jamiyatlari, tut urugʻi, niholi, koʻchatlari yetishtirishga ixtisoslashgan 10 shirkat xoʻjaligi, 3 ta naslli urugʻchilik zavodi (Andijon, Samarqand, Fargʻona), 13 pillachilik - tuxumchilik zavodi (Andijon, Asaka, Buxoro, Shahrisabz, Navoiy, Namangan, Samarqand, Toshkent, Kattaqoʻrgʻon, Fargʻona, Qoʻqon, Urganch, Xoʻjaobod), 8 pillakashlik korxonalari (Toshkent "Tola", "Margʻilon ipagi", Fargʻona "Buyuk ipak yoʻli", Samarqand "Hujum", "Buxoro ipagi", "Namangan ipagi", "Bulokboshi ipagi", "Xorazm ipagi") aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat koʻrsatadi. 2002-yilda Respublika Pillachilikda 21500 tonna tirik pilla, 8290,2 tonna quruq pilla tayyorlandi, 1003,2 tonna xom ipak, 130 tonna yigirilgan ipak ipi ishlab chiqarildi, 415 ming quti ipak qurti tuxumi tayyorlandi, 1,5 million dona tut koʻchati yetishtirildi. Tarmoqda 19 mingga yaqin xodimlar band. Tutchilik, zotli tuxumchilik muammolari va Pillachilik sohasi uchun kadrlar tayyorlash bilan Toshkent agrar universiteti ipakchilik kafedrasi va Oʻzbekiston ipakchilik instituti shugʻullanadi. Jahonda pilla yetishtirish va xom ipak ishlab chiqarish boʻyicha Oʻzbekiston Xitoy, Yaponiya va Hindistondan keyin 4-oʻrinni egallaydi. Hozirgi kunda yetishtirilayotgan pilla respublikaning hamma pillakashlik korxonalarini toʻliq taʼminlash bilan birga uni chet elga sotish imkonini ham beradi. Pillachilik Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Koreya, Braziliya, Tayvan, Pokiston, Suriya, Turkiya, Ispaniya, Misr va boshqa mamlakatlarda rivojlangan. Tabiiy ipak jahonda ishlab chiqariladigan toʻqimachilik tolalarining faqatgina 0,5% ni tashkil etadi, lekin ipak va ipak gazlamalarning texnika va maishiy turmushda keng qoʻllanilishi tufayli jahon bozorida tabiiy ipakka boʻlgan talab juda yuqori (yana qarang Ipakchilik sanoati). Ipakchilik ahamiyati. Pillachiiik qishloq xo‘jaligining m uhim tarm oqlaridan biri bo 'lib , to lqim achilik sanoatini xom ashyo bilan ta'm inlaydi. Respublikam iz xalq xo‘jaligi rivojlangan va aholining turm ush darajasi yaxshilangan sari uning tabiiy ipakdan t o ‘qilgan tu rli kiyim larga b o ‘Igan ehtiyoji ham ortib borm oqda. Tabiiy ipakdan qim m atli. pishiq gazlam alar to'qilib. undan aviatsiya, kosm onavtika sanoatida, tabobatda, radiotexnika va boshqa sohalarda kcng foydalaniladi. Shuning uchun respublikamizda ipakchilikni yanada rivojlantirishga katta e ’tibor berilm oqda. Ipakchilik tarixi, Hozirgi zam on ipakchiligining vatani JanubiSharqiy Osiyodir. Ipak qurtining bir necha turlaridan ipak olinadi. Bu turlardan xonakilashtirilgani — tut ipak qurti faqat tut bargi bilan oziqlanadi va uzunligi 1000-1500 rn dan orliq ingichka toladan iborat piila o'raydi. Yuqori sifatli va rang-barang shoyi m atolar dunyoda, ayniqsa, Sharqda qadirn zam onlardan m ashhurdir. Buyuk Amir Tem ur hokim lik qilgan davida davlatning butun hududida, ayniqsa, Markaziy Osiyoda «Buyuk Ipak yo'li» bo‘ylab joylashgan Sam arqand, Shahrisabz, Buxoro, Turkiston shaharlari va Farg‘ona vodiysida pillakashlik, ipakchilik va shoyi matolar to ‘qish san’atining rivojlanib, kiyim-bosh uchun ipakka zar va kumush iplar aralashtirib to ‘qilgan shoyi gazlamalar paydo bo‘lgan. Bunday kiyimlar «Buyuk Ipak yo‘li» orqali Yevropa m am - lakatlariga tarqalgan. Xitoyda eram izdan qariyib 3000 yil ilgariroq tabiiy ipak tayyorlash bilan shug‘ullanilgan. 0 ‘rta Osiyoga ipakchilik IV asrda kirib kelgan. Ammo, keyingi yillardagi tekshirishlarga qaraganda, M ovarounnahrda ipakchilik juda qadim dan (eram izdan oldin) mavjud b o ‘lganligi tasdiqlanmoqda. XX asming boshlarida Yaponiya xom ipak tayyorlashda dunyoda birinchi o ‘rinni egalladi va ikkinchi jahon urushi boshlanishi oldidan 360—375 ming tonna xom pilla tayyorlashga erishdi. Ipakchilik deganda pilla yetishtirish uchun zarur bo‘lgan murakkab jarayonlar m ajm uasi tushunilib, tu tzo rlar barpo qilish, qurt Bugungi kunda yurtimiz pilla etishtirish va ipak tolasi ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda Xitoy va Hindistondan keyin uchinchi o'rinda turadi. Yer yuzining har qanday burchagida qiyosi topilmaydigan atlas, adras matolari rango-rang jilosi bilan kishini maftun etadi. Chunki, xalqimizning nafaqat zamonaviy taraqqiyoti, balki qadim o'tmishidan so'zlaguvchi bejirim bu kabi matolarimizga so'nggi yillarda xorijliklarda ham qiziqish ortib, dunyoning mashhur dizaynerlari tomonidan yaratilayotgan liboslar kollektsiyalaridan munosib joy egallamoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) hamda “O'zbekipaksanoat” uyushmasi hamkorligidagi “O'zbekistonda barqaror pillachilikni qo'llab-quvvatlash” loyihasi doirasida o'tkazilgan “Xalqaro investitsiya forumi” va “Silk and Fashion” o'zbek ipak matolaridan tikilgan liboslar namoyishi ham chet elliklarning diqqat-e'tiborida bo'ldi. Namoyishda o'zbek dizaynerlari tomonidan bir-birini takrorlamaydigan 10 dan ortiq liboslar kollektsiyasi taqdim etildi. Zamonaviy dekoratsiya va yorqin chiroqlar bilan bezatilgan namoyish yo'lagi yosh dizaynerlar uchun o'ziga xos ijod maydoniga aylandi. Yo'lak bo'ylab ketma-ket o'tayotgan harir liboslar jilosi va zaldagi ishtirokchilarning taassurotlari xalqaro forumning 100 ga yaqin xorijlik mehmonlariga onlayn translatsiya tarzida etkazilib, o'zbek ipak matolarining jozibasini jonli ko'rishlari uchun imkoniyat yaratildi. Liboslar namoyishida ishtirok etgan Malika Sayfullaeva, Asal Qosimbekova, Madina Mavlonova, Gulruh Bozorova, Nilufar Kamolova, Dinara Ashurova, Maftuna Akbarova kabi yosh va iqtidorli dizaynerlar yaratgan liboslar kollektsiyasi yig'ilganlar e'tirofiga sazovor bo'ldi. Ular orqali nafaqat milliy ipak matolarimiz, balki xalqimizning boy madaniy merosi, ipakchilik yo'nalishidagi qadimiy va zamonaviy uslublari jahon ahliga yana bir karra namoyish etildi. “O'zbekistonda barqaror pillachilikni qo'llab-quvvatlash” loyihasini o'tkazishda yurtimizda ipakchilik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surish, ipak mahsulotlarini loyihalashdan tortib, marketinggacha bo'lgan jarayondagi asosiy to'siqlarni aniqlash va bartaraf etishni maqsad qilingan edi. Uni amalga oshirish jarayonida Samarqand, Farg'ona va Xorazm viloyatlarida ipak etishtirish, dizayn, mahsulotlarni diversifikatsiya qilish bo'yicha o'quv dasturi ham tashkil etildi. Bunda qishloq aholisining ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlari, xususan, ishsiz yoshlar va ayollar, imkoniyati cheklangan shaxslar hamda keksalarga alohida e'tibor qaratildi. — O'zbekistonda ipak ishlab chiqarishning qadimiy tarixi va boy an'analari, iqlim, aholining zichligi, shuningdek, qishloq joylarda mehnat resurslarining yuqori darajasi ipakchilikni investitsiya uchun istiqbolli tarmoqqa aylantiradi, — dedi FAOning yurtimizdagi vakolatxonasi loyiha koordinatori Sherzod Umarov. — “O'zbekistonda barqaror pillachilikni qo'llab-quvvatlash» loyihasining amalga oshirilishi mazkur tizim va, umuman, qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirishga xizmat qildi. Yangidan kashf etilgan 4 ming yillik an'analar Mamlakatimizda ipakchilik tarmog'ining rivojalanish bosqichlari qadim tarixga borib taqaladi. Ipak qurti etishtirish va ipakni yigirish amaliyayoti bundan 4000 yil oldin O'zbekistonning janubida, shuningdek, Zarafshon daryosi bo'ylarida rivoj topganligiga doir ma'lumotlar mavjud. Bugungi kunda yurtimiz pilla etishtirish va ipak tolasi ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda Xitoy va Hindistondan keyin uchinchi o'rinda turadi. Ajdodlarimiz tomonidan bir necha ming yil ilgari tamal toshi qo'yilgan pilla etishtirish an'analarining bardavomligi bejiz emas. Boisi, ushbu tarmoq uzoq yillar davomida xalqimizning asosiy mehnat mashg'ulotilaridan, daromad manbalaridan biri bo'lib kelgan. Bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, O'zbekistonda ipakchilik va pillachilik tarmog'ini rivojlantirishga oxirgi yillarda e'tibor ortdi. Prezidentimizning 2017 yil 29 martdagi “O'zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bilan yangi tuzilmaning ish boshlashi soha rivoji yo'lida tashlangan muhim qadam bo'ldi. Hujjatning asosiy maqsadi tarmoqni ilg'or texnologiyalar asosida tubdan isloh qilish orqali nafaqat “o'zbek ipagi”ning dunyo bozoridagi yangicha talqinini shakllantirishni, balki ko'plab odamlarni ish bilan ta'minlash imkoniyatini kengaytirishga ham qaratilgan. — Tuzilmaning tashkil etilishi ipakchilik va pillachilik tizimida yangicha yondashuvlar, jahon talablariga mos islohotlarni amalga oshirishga zamin hozirladi, — deydi “O'zbekipaksanoat” uyushmasi boshqaruv raisi Bahrom Sharipov. — Bu borada oxirgi to'rt yilda Prezidentimizning o'ndan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi. Bugun mazkur islohotlar o'zbek milliy ipak mahsulotlarining jahon bozorlariga chiqishi va sohada ishlab chiqarish hajmining bir necha barobarga ortishiga xizmat qilmoqda. Avvalo, tarmoqda ozuqa bazasining mustahkamlangani hisobiga pilla etishtirish hajmi joriy yilda 2017 yilga nisbatan 180 foizga o'sganini qayd etish joiz. Misol uchun bundan uch yil oldin respublikamizda 2 894 tup tut ko'chati ekilib, 184 gektar yangi tutzor barpo qilingan bo'lsa, 2020 yil bahor mavsumida 48 736 tup tut ko'chati hamda 3 658 gektar yangi tutzorlar tashkil etildi. Bugungi kunda mamlakatimiz bo'yicha 49 124 gektar maydonda tutzor, 69 763,9 million tup yakka qator tut daraxtlari mavjud. Tutzorlar sonining keskin oshirilishi natijasida tizimdagi pillani qayta ishlash korxonalarining yil davomida to'liq quvvat bilan faoliyat yuritishiga erishilmoqda. Ipak qurti birgina pilla manbai emas Mamlakatimizda pillachilikni rivojlantirishga qaratilgan e'tibor, yaratilgan qator imtiyoz va imkoniyatlar o'z-o'zidan mazkur yo'nalishda faoliyatini olib borish istagidagi korxonalar sonining ortishiga zamin yaratdi. 2017 yilning sentyabr` oyida O'zbekiston dunyo mamlakatlari orasida yigirmanchi davlat sifatida Xalqaro ipakchilik Kengashiga (ISC) a'zo bo'lgach, “O'zbekipaksanoat” uyushmasi qoshida 13 ta hududiy, 144 ta tuman “Agropilla” MCHJlar faoliyati yo'lga qo'yildi. Ayni paytda tizimda 11 ta ipak qurti urug'i tayyorlovchi, 71 ta klaster usulida pillani etishtirish va qayta ishlash asnosida ipak mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud. Jami 761 ming nafar, shundan, 24 ming 440 nafari doimiy va 736 ming 567 nafari mavsumiy ish o'rinlari yaratilgan. Oxirgi ikki yilda yangi loyihalarning amalga oshirilishi, sohada ilmiy-tadqiqot ishlarining rivojlantirilishi natijasida 10 ta ipak mato, ipak gilam va tayyor ipakli mahsulotlar, 3 ta ipak va jun aralashmalaridan qo'lda gilam to'quvchi yirik korxona hamda 1 ta ipak qurti g'umbagidan oqsil ishlab chiqaruvchi quvvat ishga tushirildi. Ipak qurti g'umbagidan yog' ishlab chiqarish, uning asosida esa qimmatbaho dorivor va farmakologik vositalar, kosmetologiya yo'nalishidagi mahsulotlar, pilla sovuni, shuningdek, tut bargidan choy ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. “Inter Silk Pro” MCHJda esa hozirgi kunda ipak qurti g'umbagidan xitin va xitozan oqsillari ham tayyorlanyapti. Bu O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti bilan birgalikda yo'lga qo'yilgan mazkur loyiha o'zini oqlayotganini ko'rsatadi. 2020 yil I-II mavsumlarda 20 610,9 tonna (101,47 foiz), takroriy III-IV masumlarda 872,8 tonna (100,55 foiz) pilla xomashyosi etishtirilishida mazkur korxonaning hissasi katta. Shuningdek, joriy yilda ipak qurtining mahalliy zot va duragaylarini ko'paytirish maqsadida Samarqand va Farg'ona viloyatlarida superelita va elita urug'larini tayyorlaydigan 2 ta naslchilik korxonasi ishga tushdi. Ular tomonidan shu yilning o'zida 2 447 ta dastlabki tuxum quymalari, 721 quti superelita va 1 800 quti elita urug'lari tayyorlandi. Uyushma tarkibidagi qayta ishlash korxonalarini pilla xomashyosi bilan muntazam ta'minlash natijasida ularning mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi 2017 yildagi 54 foizlik daraja bugunga kelib 94 foizga etdi. Sohaning eksport hajmi esa 2020 yil yakunida 2017 yilga nisbatan qariyib 4 barobarga oshishi kutilmoqda. Kelgusida pillani qayta ishlash korxonalari negizida chuqur qayta ishlash va boshqa yo'nalishlar bo'yicha bir qator loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ipakchilik — zamonaviy hamkorlik tarmog'i Sohani rivojlantirishda shubhasiz, xalqaro sherikchilik aloqalarni mustahkamlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. O'tgan davr mobaynida pillachilik tarmog'iga jami 175,4 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilishi natijasida 40 ta pillani qayta ishlash korxonasi modernizatsiya qilinib, 2019-2020 yillarda 14 ta yangi pilla qayta ishlash, 4 ta ipak qurti urug'i, 1 ta tut bargidan choy ishlab chiqarish korxonalari barpo etildi. 2020 yilda sohaga jami 15,6 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan bo'lib, shundan 6,34 million dollari korxonalarning o'z mablag'i, 6,04 million dollari tijorat bank kreditlari hamda 3,23 million dollari to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni tashkil etadi. Bundan tashqari, ipakchilikni rivojlantirish bo'yicha bir qancha xalqaro hamkorlik kelishulariga ham erishilgan. 2018 yilning 4—13 iyul` kunlari “O'zbekipaksanoat” uyushmasi delegatsiyasi Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Vengriya, Avstriya, Italiya, Bel`giya va Turkiya davlatlarida bo'lib, xalqaro tashkilotlar, ipakchilik sohasida faoliyat yuritayotgan hamda texnologik asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi etakchi kompaniyalar vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvlar davomida qator hamkorlik hujjatlarini imzolashga muvaffaq bo'ldi. Xususan, delegatlar YUNIDO (BMTning sanoatni rivojlantirish tashkiloti)ning bosh direktori janob Li Yong bilan uchrashib, O'zbekistonda pillachilik tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha OFID (Neftni eksport qiluvchi davlatlar — OPEKning sanoatni rivojlantirish fondi) va FAO (BMTning Qishloq xo'jaligi va oziq ovqat tashkiloti) bilan birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar bo'yicha muzokaralar olib bordi. To'qimachilik sohasida asbob-uskunalar ishlab chiqarish bo'yicha dunyoning etakchi texnologik kompaniyalari — “Picanol” va “Vandewiele” bilan tuzilgan strategik sheriklik shartnomalariga ko'ra, yurtimizda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, ipakchilik sohasi xodimlari malakasini oshirishga yo'naltirilgan servis va o'quv markazini tashkil etish rejalashtirilgan. Sohada amalga oshirilishi ko'zlangan bunday xalqaro hamkorliklar hali talaygina. Ularning bari yagona maqsad — O'zbekistonda pillachilik va ipakchilik tarmog'ini rivojlantirish, jahon bozorida ipak mahsulotlarimizga bo'lgan talabni oshirish hamda milliy matolarimizning dunyo miqyosidagi o'rni va nufuzini yanada yuksaltirishga qaratilgan. Download 39.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling