Darsning borishi (reja):
I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish
III.Yangi mavzu bayoni:
1-topshiriq. Berilgan gapda qo‘llangan erkalash shakli orqali so‘zlovchining qanday subyektiv munosabati ifodalana yotganini aniqlang.
Ukajon, bemalol o‘tib o‘tiravering, – shunday deya Safar aka o‘rtadagi xontaxtasiga turli noz-ne’matlar qo‘yilgan chor poyaga ishora qildi. (A. Yo‘ldoshev)
2-topshiriq. Berilgan gaplarda qo‘llangan kichraytirish shakllari orqali so‘zlovchining qanday subyektiv munosabati ifodalanayotganini aniqlang.
1. Hikmatillo bu hazilkash yigitchaning puchuq bo‘lsa ham, allaqanday yoqimtoy chehrasiga qarab turibdi. (O. Yoqubov) 2. Toychoqlar hanuz o‘ynoqlashini qo‘ymas, goh to‘xtab, uzoqlarga qarab qolishardi. (Isajon Sulton)
Tilimizda -cha, -choq, -gina, -loq, -jon, -xon, -toy kabi bir qancha qo‘shimchalar mavjud bo‘lib, ular subyektiv baho shakllari deb umumlashtiriladi. Ular kichraytirish-erkalash qo‘shimchalari nomi bilan ham ataladi. Bu qo‘shimchalar otlar va sifatlarga qo‘shilib, shu so‘zlarcha ifodalagan narsa yoki tushunchaga so‘zlovchi (yozuvchi)ning subyektiv munosabatini bildiradi, ya’ni bu so‘zlarda ijobiy yoki salbiy uslubiy bo‘yoqni yuzaga keltiradi. Bunday qo‘shimchali so‘zlar ko‘proq so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda kuzatiladi, ilmiy va rasmiy uslublarda esa ular juda nofaol, kam qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |