Aziz o‘quvchilar!
Download 0.84 Mb.
|
10-ona-tili-konspekt (1)
Darsning borishi (reja):
I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish III.Yangi mavzu bayoni: Topshiriq. Berilgan gaplardagi shaxs-son shakllarini qaysi shaxs-son ma’nosida qo‘llanganligiga diqqat qiling. 1. Borib so‘rasang, o‘shqirib beradi. Qo‘rqasan odam... (Cho‘lpon) 2. O‘zicha bir balolarni javraydimi-yey! Qochib ketging keladi. (Erkin A’zam) 3. Xo‘p, dedik-ku, opovsi, bitta gapdan qolsak o‘libmizmi... (Sh. Boshbekov) 4. A’lo she’r! – dedim. – Shunaqa. Bo‘sh vaqtda yozamiz, – dedi u. (Sh. Xolmirzayev) 5. – Oxiridan kelavering, O‘rmonboy, bu yog‘ini bilamiz! – deydi Soli baqiroq betoqatlik bilan. (Erkin A’zam) 6. O‘libmizmi, akaxon, bizam tushunamiz, ishingiz nozik, ha. (Tohir Malik) Fe’lning shaxs-son qo‘shimchalari harakatning bajaruvchi shaxsini va bu shaxslarning miqdorini ko‘rsatadi. Ammo bu qo‘shimchalarning qo‘llanishida bir qator uslubiy holatlar mavjud, bu holatlarda muayyan uslubiy ma’nolar, ma’no nozikliklari yuzaga keladi. Xususan, so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda birinchi shaxsning ko‘plik shakli shu shaxsning birligini ifodalash uchun qo‘llanadi, bunda kamtarlik yoki manmanlik, kinoya-kesatiq kabi uslubiy ma’nolarni ifodalaydi. Masalan: Mana keldik, – dedi u ichki bir hayajon bilan. (Tohir Malik) Jahongir «Hozir ko‘ramiz» deb, boshqaruv stoliga qaytdi. (Tohir Malik) Bu maqolni biz ham bilamiz, – dedi Shoto‘ra. (Sh. Xolmirzayev) Ikkinchi shaxsning birligi va ko‘pligini ifodalovchi -san va –siz qo‘shimchalarining qo‘llanishidagi uslubiy holat shundan iboratki, -siz hurmat ifodalashga, ya’ni «sizlash»ga ham ixtisoslashgan, -san esa «senlash»ga ixtisoslashgan. Masalan: Mansur aka, mana, siz ham, harqalay, uncha-muncha narsani ko‘rgansiz. (Sh. Xolmirzayev) Otingni qamchila, bo‘lmasa, quruq qolasan! (Said Ahmad) Nutqda hurmatni va hurmatsizlikni yanada kuchliroq ifodalash zaruriyati tug‘ilganda, -siz va -san qo‘shimchalariga –lar ko‘plik qo‘shimchasi ham qo‘shiladi. Masalan: Voy, bo‘ylaringizva shimchalar ga tasadduq. Xush kelibsizlar. (Said Ahmad) Nima, hammang mum tishlaganmisanlar, nega javob bermaysanlar? (O‘. Umarbekov) Shuningdek, buyruq-istak maylidagi -ing qo‘shimchasi ham hurmat ma’nosini ifodalaydi, ayni paytda ko‘pchilikni «sizlash» ma’nosida -inglar, ko‘pchilikni «senlash» ma’nosida esa –laring qo‘shimchasi ishlatiladi. Masalan: Sizlar ketaveringlar, orqalaringdan yetib boraman! (Abdulla Qahhor) Bu bolaga yetti yot begona edilaring-ku! Amaldor bo‘lgandan keyin g‘imirlab qoldilaringmi? Qani, jo‘nalaring! (Said Ahmad) Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling