Aziz o‘quvchilar!


Download 0.84 Mb.
bet68/136
Sana02.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1690597
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   136
Bog'liq
10-ona-tili-konspekt (1)

IV.Mustahkamlash
1. Kelasi zamonning badiiy uslubga xoslangan shakllari bormi?
2. Hozirgi zamon qo‘shimchasi -yap ko‘proq qaysi uslubda qo‘llanadi?
3. Poetik nutqda – badiiy uslubda ko‘p qo‘llanib, tantanavorlik, ko‘tarinkilik bo‘yog‘ini namoyon qiladigan zamon qo‘shimchalarini ayting.
4. Ilmiy uslubda hozirgi-kelasi zamon shaklining qaysi shakli qo‘llanadi?
5. Qaysi zamon shakllari aniq zamonni emas, umuman, zamonni, odatiylikni bildirish uchun ham ishlatiladi?
V.Baholash
Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa:
63-mashq. Matnni o‘qing. Zamon shakllarining qo‘llanishiga e’tibor bering. Zamon ma’nosi ko‘chgan o‘rinlarni aniqlab, ularni muvofiq shakllar bilan almashtiring. Ma’nodagi farqlanishni tushuntiring. Hov ana, bir qaldirg‘och to‘g‘riga qarab o‘qdek otilib bo radir, uchgan yo‘lida vijir-vijir sayrab ham qo‘yadir. Qal dirg‘ochning qayg‘usi yo‘q, suyganining oldiga tezroq yetish uchun shoshadirgandir: sayrog‘i ham suyganining ko‘rish shodligi uchundir... Men ham shu qaldirg‘ochdek uning sari otilib, vijir-vijir sayrab uchar edim... Bu oshish lar, bu kechishlar o‘zga vaqtlarda Otabek uchun huzur va oshiqish bag‘ishlagan bo‘lsalar, bu gal uni nafratlantiradirlar, bormay qaytish fikri halidan-hali ko‘ngliga kelib turadir. Uzoqda qo‘sh haydab yurgan yigitning ashulasi eshitiladir: «Ikki yorni ajratuvchi bu falakning gardishi!» Ruhlik, kuchlik ko‘krakdan chiqgan bu ashula tevarakni zir-r ettirib yuborgandek, Otabekka ham boshqacha bir ta’sir beradir. Go‘yo bu dehqon uning istiqbolidan hikoya qilgandek bo‘ladir. Bu bayt dehqonning og‘zidan yana takrorlanib, tag‘in tevarakni yangiratadir. Endi Otabekning ko‘nglidan bir gap ham o‘tib ketadir: «Ikki yorni ajratquchi bu falakning gardishi emas, ota-onaning orzusi!» O‘zining sirlik ma’nosiga Otabekning istiqbolini olib ko‘ringan bu bayt, nihoyat, uni yig‘latadir. Ko‘z yoshlari yuzi orqali egarining qoshiga va otining yoliga toma boshlaydir. (Abdulla Qodiriy)




Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling