Magmatik(otilib chiqqan), cho‘kindi va metamorfik
Download 62,36 Kb.
|
Tog\' jinslari massivining darzligi va ularning tasnifi Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHo‘kindi tog‘ jinslari
- Metamorfik tog‘ jinslari
Geologik jarayonlarga bog‘liq ravishda tog‘ jinslarining bunday shakllanishi natijasida ular quyidagi uchta genetik guruhlarga ajratiladi:magmatik(otilib chiqqan), cho‘kindi va metamorfik. Vulqon otilishi jarayonidayer yuzasiga otilib chiqqan (effuziv magmatik tog‘ jinslar) yoki yer qobig‘ida yerigan magmaning tarqalib kristallashishi va qotishi (intruziv magmatik tog‘ jinsi) natijasida shakllangan tog‘ jinslari magmatik tog‘ jinslari deyiladi. Bu tog‘ jinslari birlamchi hisoblanib, vujudga kelish vaqtida muhim o‘zgarishlarga bardosh byera olmaydi. Ularga granit, sienit, dunit, gabbro, bazalt, diorit va boshqalar kiradi. Qumtuproq tarkibiga ko‘ra magmatik tog‘ jinslari o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi: Nordon - 65% SiO2 - granit, liparit, kvarsli porfir. O‘rtacha - 65-52% SiO2 - diorit, andezit, sienit, traxit. Asosiy - 52-40% SiO2 - gabbro, diabaz, bazalt. O‘ta asosiy - 40% SiO2 - pyeridotit, piroksenit, dunit. CHo‘kindi tog‘ jinslarimagmatik tog‘ jinslari mahsulotlarining suv yoki havo ta’sirida (mexanik, kimyoviy yoki organik) parchalanib qatlamlanishi natijasida yuzaga keladi. Ularga ohaktosh, peschanik, trepel, tosh ko‘mir va cho‘kindi temir rudalari misol bo‘ladi. Metamorfik tog‘ jinslari magmatik yoki cho‘kindi tog‘ jinslarining yuqori bosim, harorat va kimyoviy yeritmalar ta’siri ostida chuqur qayta shakllanishi natijasida yuzaga keladi. Ularning juda yorqin namoyondalariga kvarsit, slanets, gips, marmar va fillit misol bo‘ladi. Geomexanikada echiladigan masalalar orasida tog‘ jinslarini bo‘laklari orasidagi bog‘liqlik xossalari bo‘yicha tasniflash eng maqbul deb qabul qilingan. Bu alomatlar bo‘yicha tog‘ jinslari quyidagi bir nechta sinflarga bo‘linadi:
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling