Tog‘ jinslari massivining turli xil tuzilmaviy ko‘rinishlari va ularning tasniflanishi.
Tog‘ jinslarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, ularning hosil bo‘lish joyi, tuzulishi va xossalarining o‘zgarishi, kelib chiqish xossalarining bir-biriga bog‘liqligi va rivojlanish tarixi, hamda ekzogen jarayonlar dinamikasining yuqori darajadagi xilma-xilligi hisoblanadi.
Har xil tog‘ jinslaridan tashkil topgan massivlarda yana ko‘plab yuqori darajadagi xilma-xilliklar kuzatiladi. Bundan tashqari tog‘ jinslari massivida ko‘plab geologik buzilishlar va barcha joyda rivojlangan tabiiy darzliklar ham uchraydi. SHuningdek, massiv doimiy ravishda kon ishlarini olib borish texnologik jarayonlari (masalan, portlatish ishlarini olib borish) bilan bog‘liq kon lahimlarining kesishishidan sun’iy (texnologik) yoriqliklarga ajratiladi.
Turli xil tog‘ jinslari massivining xilma-xil tuzilish yuzalari ajralishi natijasida aniq blokli struktura hosil bo‘ladi. O‘z navbatida xilma-xillikning turli ko‘rinishdagi tarqalish darajasi juda turlicha yuz byeradi. Buning uchun har qanday massivdagi tog‘ jinslarining blokli tuzilishi xaraktyerini, cho‘kindi tog‘ jinslaridan tashkil topgan massivlarda qoyali mustahkam tog‘ jinslariga nisbatan kichik ekanligini inobatga olish zarur.
Fizika-matematika fanlari doktori M.V. Rats tomonidan ishlab chiqilgan strukturaviy xilma-xillik tasnifining ko‘plab muvaffaqqiyatli takliflaridan biri strukturaviy xilma-xillikning bir necha turdagi tartibi belgilab byerdi.
M.V. Rats boshlang‘ich tartibdagi xilma-xillikga tektonik kuchlanishlarning hududiy maydonlari bilan bog‘liq 10 km dan katta chiziqli o‘lchamdagi bloklarga ajraladigan tog‘ jinsi massivining katta tektonik yorilishlarini kiritdi. Bu o‘zining mohiyati bo‘yicha yer qobig‘ining hududiy strukturaviy xilma-xilligining III-IV tartibiga kiradi.
Birinchi tartibdagi xilma-xillik massivda tog‘ jinslarining turli-tuman tarkibi, strukturasi va teksturasi, hamda katta geologik buzilishlar va tektonik ajralishlarning mavjudligi bo‘yicha ifodalanadi. Bu xilma-xilliklar massivi bir necha yuz metrdan kilometrlargacha bo‘lgan o‘lchamdagi bloklarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |