Aziz o‘quvchilar!


BOSHLIQ, rahbar, yo‘lboshchi, ishboshi, boshchi, katta, kattakon, ulug‘, rahnamo, sardor, peshvo, sarvar, sarkarda, xo‘jayin, kallampo


Download 0.84 Mb.
bet92/136
Sana02.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1690597
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   136
Bog'liq
10-ona-tili-konspekt (1)

BOSHLIQ, rahbar, yo‘lboshchi, ishboshi, boshchi, katta, kattakon, ulug‘, rahnamo, sardor, peshvo, sarvar, sarkarda, xo‘jayin, kallampo. Guruh, jamoa, xo‘jalik va shu kabilarning ish-harakatida bosh bo‘luvchi, mas’ul shaxs. Boshliq «katta jamoa, xo‘jalikka rahbar shaxs» ma’nosida ham, shuningdek, «uch-to‘rt kishidan iborat kichik guruhning juda qisqa muddatli ishiga boshchi shaxs» ma’nosida ham qo‘llana oladi. Lekin «kata xo‘jalik (muassasa) ish-faoliyatining rahbari» ma’nosida ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos bo‘ladi. Rahbar, asosan, «davlat idoralarining boshchilari» ma’nosida qo‘llanadi. Yo‘lboshchi so‘zida «boshlovchilik, yetakchilik qilish» bo‘yog‘i bor. Ishboshi nisbatan eskirgan. Boshchi kam qo‘llanadi. Katta, kattakon, ulug‘ oddiy so‘zlashuvga xos. Rahnamo kitobiy uslubga xos, ma’no xususiyati jihatidan yo‘lboshchi so‘ziga yaqin turadi. Peshvo, sarvar eskirgan, kitobiy. Sardor, sarkarda kam darajada, asosan, obrazli ifodalarda qo‘llanadi. Xo‘jayin oddiy so‘zlashuvga xos, biroz salbiy bo‘yoqqa ega. Kallampo oddiy so‘zlashuvga xos, kam qo‘llanadi, salbiy bo‘yog‘i kuchli.
IV.Mustahkamlash
1. So‘roq gaplar javob talab qilishi yoki qilmasligiga ko‘ra qanday gaplarga ajraladi?
2. Ritorik so‘roq gaplar qanday uslubiy mazmun ifodalaydi?
3. Ritorik so‘roq gaplarda tasdiq bilan birga qanday qo‘shimcha ma’nolar ifodalanadi?
4. Ritorik so‘roq gaplardan ko‘proq qaysi nutqiy uslublarda foydalaniladi?
V.Baholash
Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa:
86-mashq. Berilgan ritorik so‘roq gaplardagi mazmunni uslubiy ma’no va emotsional-ekspressivliksiz ifodalashga harakat qiling.
Namuna: Toza suvni kim xohlamaydi?! – Toza suvni hamma xohlaydi.
1. Toza suvni kim xohlamaydi?! (Murod Mansur) 2. Le kin o‘ylab ko‘rsam, hamkasblarim meni soyasi yo‘q deb qatordan chiqarib tashlamayaptiku. Aksincha, davralariga olyap ti, choyxonaga borishning nimasi yomon?! (Ahmad A’zam) 3. Odam o‘z hayotining yaxshi bo‘li shi ni istasa, yaxshi tur mush kechir gisi kelsa, buning nimasi yomon? (O‘. Umar bekov)
4. Sanobar opa, men bir narsaga hech tushuna olmayman. Qashqir ham qorni to‘qligida inida yotar ekan. Odam shunchalik ochofat bo‘ladimi? Hidlanib qolgan go‘shtlar, qurt tushgan qazi-qarta larni qo‘shnilar, qarindosh-urug‘ga berolmay, kechalari itlarga tashlab yashashning nimasi yaxshi? Yillab zax yerda yotaverib chirib ketgan pullarni ishlatib bo‘lmagandan keyin nima keragi bor? Kelini yo kuyovi, xotini yo qiziga yozdirilgan ikkita-uchta mashinani odamlar nima qiladi? (O‘. Umarbekov)





Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling