A‘zolar sistemasi ontofilogenezi. Qon aylanish nafas olish va hazm qilish. Tayyorladi 108-guruh talabasi Ergashov Xurshidbek


Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda qon


Download 10.85 Kb.
bet2/5
Sana02.04.2023
Hajmi10.85 Kb.
#1321803
1   2   3   4   5
Bog'liq
A‘zolar sistemasi ontofilogenezi. Qon aylanish nafas olish va ha-fayllar.org

Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda qon


  • Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda qon

  • taloq, jigar, suyak ko‘migida ishlab chiqariladi.

  • Yurak ikkita bo‘lmacha va bitta qorinchadan iborat

bo‘lib, ikkita doira bo‘ylab harakat qiladi. Lekin ushbu


qon aylanish doiralari bir-biridan butunlay ajralmagan.
Yurak qorinchasidan arterial konus boshlanadi. Undan
3 juft arteriya tarmoqlanadi. Bir juft o‘pka-teri
arteriyalari orqali venoz qon o‘pka va teriga boradi.
Kislorodga to‘yingan qon o‘pka venasi orqali chap
bo‘lmachaga, teri venasi orqali esa kovak venaga
quyiladi. Bu kichik qon aylanish doirasi hisoblanadi.
Qorinchadagi aralash qon bir juft (o‘ng va chap) aorta
yoyi orqali tanaga aralash qon, bir juft uyqu arteriyalari
orqali hali aralashib ulgurmagan arterial qon miyaga
boradi. Miyadan va tanadan yig‘ilgan venoz qon
kovak venalar orqali o‘ng bo‘lmachaga quyiladi. Bu
katta qon aylanish doirasi hisoblanadi. Bularda yurak
urishi (puls) past 40–50 tani, ba’zilarida 20–30 tani
tashkil qiladi
Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlik hayvonlari bo‘lib, qon suyak ko‘migi va taloqda ishlab chiqiladi. Ularning yuragi ikkita bo‘lmacha va bitta qorinchadan iborat. Qorincha chala to‘siq bilan ajralgan bo‘ladi.. Timsohlarda to‘siq to‘liq bo‘lib, yuragi to‘rt kamerali. Lekin sudralib yuruvchilarning barchasida tanada aralash qon oqadi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilardan farqli ravishda sudralib yuruvchilarda qorinchadan mustaqil ravishda 3 ta qon tomiri chiqadi. Qorinchaning chap tomonidan arterial qonga o‘ng aorta yoyi chiqib, undan bosh miyaga ketuvchi uyqu arteriyasi, o‘rta qismidan tanaga ketuvchi chap aortayoyi, o‘ng tomonidan o‘pkaga ketuvchi venoz qonga ega o‘pka arteriyasi boshlanadi. O‘ng va chap aorta yoylari birlashib orqa aortani hosil qiladi. Shuning uchun miyaga arterial qon, tanaga aralash qon, o‘pkaga esa venoz
qon boradi. O‘pka venalari chap bo‘lmachaga
quyiladi. Bosh miya va tanadan keluvchi venoz qon
o‘ng bo‘lmachaga quyiladi.
Qushlar va sutemizuvchilarning yuragi to‘rt
kamerali, arterial va venoz qon aralashmaydi.
Ular issiqqonli hayvonlar hisoblanadi. Qushlarda
qon suyak ko‘migi va taloqda hosil bo‘ladi.
Yuragi o‘ng va chap bo‘lmacha, o‘ng va chap
qorinchadan iborat. Yurakning chap tomonida
arterial qon, o‘ng tomonida venoz qon bo‘ladi.
Chap qorinchadan boshlangan o‘ng aorta ravog‘i
yurakni o‘ngdan aylanib, tanani arterial qon bilan
ta’minlaydi. Qushlarda aorta o‘ngdan aylanishi bilan
sutemizuvchilardan farq qiladi. Tanadagi organ
va to‘qimalarda gaz almashinuvidan hosil bo‘lgan
venoz qon jigar orqali kovak venalarga va ulardan
yurakning o‘ng bo‘lmasiga, o‘pkadan keladigan
arterial qon esa, chap bo‘lmachaga quyiladi. Qushlarda yurak minutiga 500 marta uradi. Chunki,
ularda moddalar almashinuvi jadal, tana harorati
baland, +42°C ni tashkil qiladi (

Download 10.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling