A’zolari sistemasi ontofilogenezi: nerv sistemasi, qon aylanish, endokren tizimi, ayiruv sistemasi Yurak qon tomirlar onto-filogenezi. Yurak-qon tomirlar filogenezi


Download 1.21 Mb.
bet1/4
Sana11.05.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1452963
  1   2   3   4
Bog'liq
med

Reja 1. Nerv sistemasining fiziologiyasi,tuzilishi sut emizuvchilarda nerv sistemasi taraqqiyoti 2. Qon aylanish.katta va kichik qon aylanish doirasi 3. Endokrin sistema gumoral boshqarilish 4. Ayrish sistemasi va uning kelib chiqish bosqichlari


A’zolari sistemasi ontofilogenezi: nerv sistemasi, qon aylanish, endokren tizimi, ayiruv sistemasi
Yurak qon tomirlar onto-filogenezi. Yurak-qon tomirlar filogenezi
Yuqori darajada rivojlangan, yirik ko'p hujayrali organizmlarning mavjud bo'lishi va normal yashashi uchun organizmni bir butun tizim sifatida integratsiyasini ta'min- laydigan, transport funksiyani bajaradigan harakatchan ichki suyuq muhitning bo'lishi juda ham zarurdir. To'qimalarda normal modda ahnashinishfamn uzluksiz ravishda organizmga O2 va oziq modda kelib turishi talab etiladi. Qon aylanish tizimi aynan shu funksiyani bajaradi. Qon aylanish tizimi orqali oziq moddalar, O2, CO2, dissimilyatsiya mahsulotlari, gormonlar tashib yuriladi. Hamma umurtqalilarda qon aylanish tizimi yo-piq bo'lib, mezodermadan rivojlanadi. U ikkita asosiy arterial tomirlar: qorin aortasi va orqa aortadan tashkil topgan. Qorin aortasi orqali venoz qon oldinga tomon harakatlamb boradi, nafas olish. a'zolarida kislorodga to'yinib, so'ng orqa aorta orqali orqa tomonga harakatlanadi. Orqa aortadan qon kapillyarlar tizimi orqali qorin aortasiga qaytib keladi. Qorin aortasi yoki uning bir qismining qisqarishi qonni tomirlarga haydaydi
Suvli muhitda (A) va quruqlikda (B) yashaydigan umurtqalilar qon tizim ining tuzilishi:
1-jabra arteriyalari; 2-uyqu arteriyasi; 3-oldingi kardinal vena; 4-orqa kardinal vena; 5-orqa aorta; 6~kyuver oqimi; 7-ichakosti venasi; 8-jigar vena- si; 9-qorin aortasi; 10-orqa (pastki) qovoq vena; 11-jigarning qopqa venasi; 12-opka venasi; 13-o pka arteriyasi (strelkayordamida qonning harakatlanish yo'llari ko‘rsatilgan).
Lansetnikning qon aylanish tizimi sodda tuzilishga ega bo'lib, bitta qon aylanish doirasiga ega (207-rasm). Yuragi bo'lmaydi. Yurak vazi- fasini qorin aortasi bajaradi. Qorin aortasidan venoz qon olib keluvchi j abra arteriyalariga o'tib, u yerda kislorodga to'yinadi. Ularning soni j abra yoriqlari soniga to'g'ri keladi (150 juftgacha). Shuni ta'kidlash kerakki, jabra arteriyalari kapillyarlarga bo'linmaydi. Olib chiquvchi jabra arteriyalari orqali kislorodga to'yingan qon jabra usti arteriyalariga o'tadi va u orqali oldingi tomonga, uyqu arteriyalari vositasida tananing oldingi qismini arterial qon bilan ta'minlaydi, orqa tomonda esa ular birlashib orqa aortani hosil qiladi. Orqa aorta yordamida tananing orqa tomonidagi a'zolar kislorod bilan ta'minlanadi. Tananing oldingi tomonida ikkita o'ng va chap kardinal venalarga oldingi tomondan, tananing orqa, o'ng va chap tomonidan orqa kardinal venalarga karbonat angdndga to'yingan qonlar o'tib, ular o'rta tomonga yo'naladi va kyuver oqimini hosil qiladi. O'ng oldingi kardinal vena va o'ng orqa kardinal vena o'ng kyuver oqimini xuddi shundaychap oldingi kardinal vena chap orqa kardinal vena bilan qo'shilib, chap kyuver oqimini hosil qiladi. O'ng va chap kyuver oqimlari qorin aortasiga kelib quydadi. Ichki organlar- dan venoz qon jigar venasi orqali kelib qorin aortasiga quyiladi.
Lansetnikning qon aylanish tizimi:
1-qorin aortasi; 2-ohb keluvchi va olib chiquvchi jabra arteriyalari; 4-uyqu arteriyalari; 5-o'ng va chap oldingi kardinal venalar; 6-0 'ng va chap orqa kardinal venalar; 7-o 'ng va chap kyuver oqimlari; 8-jigar venasi; 9-orqa aorta.
Suvda yashaydigan umurtqalilar - baliqlarda qon aylanish doirasi bitta, yurak ikki kamerali - bo'lmacha va qorinchadan iborat. Baliqlar yuragidan faqat venozli qon oqadi. Baliqlarning qon aylanish tizimi ancha takomillashgan bo'lib, progressiv belgilarga ega. Baliqlarda ikki kamerali yurak paydo bo'lgan, u venoz sinusidan tashqari bitta yurak bo'lmasi va bitta qorinchadan iborat (208-rasm). . Venoz qon yurak qorinchasidan arterial konus orqali qorin aortasiga quyiladi. Qorin aortasidan venoz qon 4 juft jabra arteriyalari orqali. jabralarga quyiladi. Lansetmkdan farqli ravishda baliqlarda jabra arteriyalari kapillyarlar to'rini hosil qiladi. Jabralarda kislorodga to'yingan arterial qon jabra arteriyalari orqali orqa aortaga o'tadi So ngra uyqu arteriyalari orqali bosh sohasiga, o'mrov osti arteriyasi orqali tana yon devonga, dum arteriyalari orqali tananing orqa qismiga, alohida arteriyalar orqali ichki a zolarga (ichak, buyrak) tarqaladi. Baliqlarning vena qon tomir tizimi lansentnikiga o'xshash bo'ladi. Umurtqalilar qu- ruqlikka chiqishi bilan ularning qon aylanishida tubdan o'zgarish ro'y bergan. Chunki oyquloq orqali nafas olish, o'pka orqali nafas olish bilan almashingan. Yurak endi faqat venozli qonni qabul qilmasdan, arterial qonni ham qabul etadi. Natijada, yurak dastlab uch kamerali, so'ng to'rt kameraliga aylanadi.
Amfibiyalarda yurak 3 kamerali: ikki bo'lmacha, bitta qorinqhadan iborat. Ularning qorinchasida venozli qon arterial qon bilan aralashadi. Amfibiyalarda ham qon tomir tizimi takomillashishi davom etadi.
208-rasm. B aliqning qon aylanish tizimi. A-yuragi; B-qon aylanish tizimi; 1-venoz sinusi; 2-yurak qorinchasi; 3-yurak bo 'Imachasi; 4-qorin aortasi; 5-olib keluvchi va olib chiquvchijabra arteriyalari; 6-uyqu arteriyalari; 7-o 'ng va chap oldingi kardinal venalar; 8-0 'ng va chap orqa kardinal venalar; 9-o 'ng va chap kyuver oqimlari; 10-jigar venasi; 11- orqa aorta.
210-rasm. A -qushlarning qon aylanish tizimi; B-sutem izuvchilarning qon aylanish tizimi.
Sut emizuvchilar hayvonot olamining eng yuksak darajada rivojlangan gumhidir Sutemizuvchilaming qon tomir tizimida xuddi qushlardagi singari kichik qon aylanish doirasmmg tomirlari katta qon aylanish doirasining tomirlaridan butunlay ajralgan Yuragi tutash to'siq vositasida chap arterial va o'ng vena qismlarga bo'lingan. Katta qon aylanish doirasi bitta tomir - sof arterial qon tashuvchi chap aorta yoyi bilan boshlanadi Kichik qon aylanish doirasi yurakning o'ng qorinchasidan chiquvchi o'pka arteriyasi bilan boshlanadi. Bu arteriya o'ng va chap o'pka arteriyalariga bo'linib, o'pkaga venoz qonni olib boradi. O'pkada gaz almashinuv sodir bo'lib, venoz qon arterial qonga aylanadi, so'ng o'pka venalari orqali yurakning chap bo'lmachasiga kelib quyiladi

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling