A’zolari sistemasi ontofilogenezi: nerv sistemasi, qon aylanish, endokren tizimi, ayiruv sistemasi Yurak qon tomirlar onto-filogenezi. Yurak-qon tomirlar filogenezi


Odamlarda ayiruv tizimining taraqqiyoti


Download 1.21 Mb.
bet3/4
Sana11.05.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1452963
1   2   3   4
Bog'liq
med

Odamlarda ayiruv tizimining taraqqiyoti
Odam embriogenezining dastlabki bosqichida awal old buyrak - pronefros paydo bo'ladi, so'ng u butunlay yo'qoladi. Birlamchi buyrak - mezonefros rivojlanishning ma'lum bosqichida o'z funksiyasini to'xtatadi va qisman reduksiyalanadi. Birlamchi buyrakning saqlanib qolgan qismlari ayrim jinsiy a'zolarning rivojlanishi uchun manba bo'lib xizmat qiladi. Rivojlanish jarayonida ayirish tizimi va jinsiy tizim yaqin anatomik munosabatga kirishadi va bir-biri bilan uzviy bog'langan bo'ladi. Odamlarda buyrak mezodermadan rivojlanib, ketma-ket keladigan uchta bir-birini almashtiradigan buyraklar bosqichini boshidan kechiradi: old buyrak - birlamchi buyrak - ikkilamchi buyrak. Old buyrak homila embrional rivojlanishining 3-haftasida nefrostomning pastki bo'yin va yuqorigi ko'krak segmentlaridan kurtaklana boshlaydi va 5-8 ta kanalchalar- dan iborat bo'ladi. Old buyrakning kanalchalari qisqa rivojlanish davrini o'tib (40-50 soat), so'ng butunlay reduksiyaga uchraydi. Old buyrakning chiqaruv yo'li saqlanib qoladi va birlamchi buyrakni chiqaruv yo'liga aylanadi. Birlamchi buyrak homila rivoji 3-haftasining oxirida nefrotomning ko'krak va bel segmentlaridan rivojlanishini boshlaydi va 25-30 ta segmentar egri-bugri kanalchalar- dan iborat bo'ladi. Har bir kanalchaning berk bo'lgan oxirgi tomoni kengaya boshlaydi va kapsula hosil qiladi, uning ichiga koptokcha shaklidagi tomirli to'r kirib boradi.
Endokrin tizimining onto-filogenezi
Ko'p hujayrali organizmlarning a'zolar tizimi va barcha a'zolar faoliyati bir-biri bilan bog'liq holda ishlashi uchun va uning odam va hayvonlar evolyutsiyasi davomida, atrof-muhitning o'zgarib turadigan sharoitlariga moslashishini ta'minlash uchun awal markaziy boshqarish apparati - nerv tizimi, keyinchalik endokrin tizim shakllangan (223 -rasm). Hayotiy jarayonlarning gumorol yo'l bilan boshqarilishi deganda bironta a'zoda ishlab chiqilgan moddalarning qon orqali boshqa a'zolar faoliyatiga ta'sir ko'rsatishi tushu- niladi. Ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan biologik moddalarga gormonlar deyiladi. Gormonlar juda kam miqdorda ishlab chiqarilsa ham, turli a'zolar faoliyatiga kuchli ta'sir ko'rsatuvchi, organizmda boradigan fiziologik jarayonlarni kimyoviy yo'l bilan boshqaruvchi, juda faol kimyoviy moddalardir.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling