ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang
VIII bob
O‘zi ham ikki ishq o‘rtasida yonayotgan Yo‘ldoshx- on o‘rtog‘ining ahvolini to‘g‘ri tushundi. «Hozir ikki o‘t o‘rtasida yonyapman. Lekin o‘zimni yo‘qotmayman, shoshmayman. Beksulton shahlo ko‘zni sevib qoldi, lekin o‘taketgan darajada betoqat ekan, betoqatlik oqibatida biron falokat yuz berib qolishidan ham qo‘rqmas ekan. Shu bilan birga, pov etib yonadigan olov to‘satdan o‘chib qolishi ham mumkin-ku. Mabodo qalbida to‘satdan paydo bo‘lgan olov yana to‘satdan o‘chib qolsa, unga singlim Gulsarani berganimizda ikki oilaning barqarorligi yana ham zo‘r bo‘lardi», – deya har xil xayollarga boradi Yo‘ldoshxon. – Beksulton, axir u qizni paxtaga, hasharga olib ketdi, deyishyapti, – yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘ldi Yo‘ldoshxon. – O‘sha hashar deganing shu O‘zbekistondami axir? – betoqat bo‘lib so‘radi Beksulton. – Lekin juda-juda uzoqda, o‘rtoq. – Cho‘lda bo‘lsayam, tog‘da bo‘lsa ham bugundan qolmay uni ko‘rishim kerak. Ishq otashida yongan qalbni puflab o‘chirib bo‘lmay- di, deydilar. Hashar ketayotgan joyga bormas dan bosh qa iloj qolmadi. Yo‘ldoshxon fikrli, mulohazali yigit. To‘satdan ikki oshiq yigitning qizlar ortidan borishi tagobliklar aytadigan ancha-muncha may- da gaplarga sabab bo‘lishi ham mumkin. Yaxshisi, Àkrom, Hayitvoy, Barotvoy o‘rtoqlarimni ham olib bo- ramiz, bir kunlik hasharga keldik, deymiz degan edi, bu fikr Beksultonga ma’qul bo‘ldi, lekin shahlo ko‘z qizni axtarib borganim o‘rtoqlarim o‘rtasida kulgiga sabab bo‘lmasmikin, deb o‘yladi. Bu yoshlarning ham qalblariga ishq asta-sekin mehmon bo‘lib kelayotgan edi. Keng dalalarni bir aylanib kelish bahonasida 137 haligi gapga rozilik bildirdilar. Buning ustiga, talab- chan, goho injiq Zulxumor bahordan buyon bularga qishloqdan tashqariga chiqishga izn bermayotgan edi, yo ishlaysan yoki ketasan, degan kunlari ham ko‘p bo‘lgandi. Mevali-mevasiz daraxtlarga ko‘milgan qishloqlari- dan chiqishlari bilan keng dalalar boshlandi. Yo‘lning ikki tomoni paxtazor, birinchi terim ham bo‘lmaganga o‘xshaydi, chinni kosadek oppoq-oppoq paxtalar ch- anog‘idan toshib ketay deb turibdi. Olam faqat ana shulardan taralayotgan oqliklardan iboratdek tuyu- ladi. Guruh-guruh bo‘lib paxta terayotganlar bor, nima sababdandir bir-birini quvlab, bir-biriga ko‘sak otayotgan yigitchalar-u qizlar ko‘zga tashlanadi. Goh tepasiga osmon barobar paxta yuklangan mashinalar chayqalib-chayqalab o‘tib qoladi. – Hayit, o‘ng tomoningga qaragin, – deydi zavqi oshgan Àkromjon. – Qarab kelyapman, – deb qo‘yadi Hayitvoy. – Qari tutlarni ko‘ryapsanmi? – Ko‘ryapman. – Esingdami, Zulxumor tabelchi bo‘lgan edi. Eng ko‘p paxtani Yo‘ldoshxonga yozgandi. – Ha, o‘shanda ham bularning gapi bir edi. E, Àkrom, nimalar bo‘lmagandi. Sen ham nuqul Faridaga terisharding. Esingdami, shoir, yozuvchilar kelishuvdi, zo‘r-zo‘r she’rlar o‘qishgan, Yo‘ldoshxon ashula aytu- vdi... Hayit, sen o‘sha shoirning she’rini yodlab olib, keyin Rohilaga o‘qib berganding. Men hayotman, dardimga Bol kabi so‘zing davo. Kel, bir marta o‘payin, Sal qisiq ko‘zing davo... 138 Ha, uyalmay qo‘ya qolinglar. Hayit, bu she’rni sen Rohilaga, Barot Saddinisoga, men Faridaga o‘qib ber- ganman. Yigitchalar bora-bora ochilib boryapti, qaysi qizning qo‘lini ushlaganini, qaysi qizning qulog‘iga nima deb shivirlaganlarini aytib ham yuboryaptilar. Beksul- tonni amallab suhbatga tortmoqchi bo‘ladilar. U esa nigohini keng dalalardan ololmaydi. Goho-goho g‘alati jilmayib, o‘zicha kulib qo‘yadi. Yigitchalar bo‘lsa, bu mehmon bilan bir mashinada o‘tirib borayotganlari- dan mamnun. Fermerning paxta maydoni shundoqqina daryo bo‘yida ekan. U yoqda to‘lqinlanib daryo oqyapti, bu yoqda qiyg‘os ochilgan paxtazor, paxtalar chanog‘idan oqib, to‘kilay-to‘kilay deb turibdi. Fermer ellik yosh- lardagi, qattiq-qattiq gapiradigan, gapirganda qoshlar- ini chimiradigan bir kishi ekan. Yordamga kelganlarini eshitib, behad xursand bo‘lib, hammalarini bir-bir quchoqlab ham qo‘ydi. – Faqat bir kunga keldik, – deb gap boshladi Àkrom. – E ukalar, bir soatga kelgan bo‘lsalaring ham boshim osmonga yetdi. Àfsuski, etak yetishmayapti. – Fermer aka, – yana gapga aralashdi betoqat Àkrom, – mana bu ikkoviga etakning keragi yo‘q. Ko‘ryapsizmi, ikkovining ham og‘zi katta, paxtani og‘izlariga terishaveradi. Hayitvoy ham o‘rtog‘idan ortda qolgisi kelmay: – Fermer aka, mabodo sizda uzunligi olti metr kel- adigan simyog‘och yo‘qmi? – deb so‘radi. – Simyog‘och? Simyog‘och nega kerak? – hayron bo‘lib so‘radi fermer. – Simyog‘ochni paxtazorning o‘rtasiga o‘rnatib, Àkrom o‘rtog‘imni radiokarnay o‘rniga o‘sha yerga bog‘lab qo‘yardik, paxta mavsumi tugaguncha tinmay javrab turardi. 139 Kulgi ko‘tarildi. Beksulton bilan Yo‘ldoshxon ham miriqib kulishdi. O‘rtoqlari Yo‘ldoshxonning qattiq kulishini bilishar, lekin Beksultonning ham mana shunaqangi baland ovoz bilan tizzalariga urib-urib kulishini ko‘rib hayron qolishdi, hayron qolishdi-yu o‘zlari ham beixtiyor kulgiga sherik bo‘lishdi. Paxtazorni hasharga kelgan qizlar «qoplab» ketgan. Etak yo‘qligi tufayli qizlar yonida yurib tergan paxta- larini qizlarning etagiga solish haqida maslahat bo‘ldi. Ko‘z yumib-ochguncha paxtazorga tarqalib ham ket- dilar. Beksulton o‘rtoqlaridan ajralib, axtargan qizini ko‘rdi-yu, qiziq, negadir uning yoniga borishga yuragi betlamadi. To‘ppa-to‘g‘ri uning yoniga borsam, boshqa qizlar ustidan kuladi, deb ham o‘yladi. Shuning uchun yonbosh turgan boshqa qizdan: – Singlim, sizga yordam bersam maylimi? – deb so‘radi. Qiz shoshmasdan boshini ko‘tarib, g‘alati jilmaydi: – Voy, nega? – Biz yordamga keldik. – Men sizni Àvazbek amakinikida ko‘rgandim. Dar- rov tanidim. – O‘sha bazmda siz ham bormidingiz? – Voy, men bilan o‘yinga tushdingiz-ku. – O‘yinga tushganim uchun endi yordamlashay, deb keldim-da. – Paxta terishni bilasizmi? – Bilaman. – Sizlarda paxta yo‘q deyishadi-ku? – Yo‘q, ayrim joylarda ekishadi, o‘sha yerda ter- ganman. Qiziq, bu qizning har bir so‘zida duo borga o‘xshay- di. O‘sha so‘zlar Beksultonning kuchli hayajonini bosib, asta-sekin o‘ziga keltira boshladi. O‘zida dadil- lik sezdi. Endi dugonangizga ham yordamlashay deb, 140 to‘rt egat narida ishlayotgan Marg‘ubaxon ning oldiga bordi. Ey Àlloh, yana qaltirashi boshlandi. – Men sizga yordamlashgani keldim, – dedi Bek- sulton. Qiz boshini dadil ko‘tardi. Bu ko‘zlar, lovullab yonib turgan, chaqnab turgan bu ko‘zlar yana uchrashdi- lar. Osmonda chaqnagan chaqindek bo‘lib faqat pax- tazorgina emas, butun olam yorishib ketgandek, shu yorishib ketgan olam ichida faqat ikkovlari qolgandek bo‘ldi. Qiz nim tabassum bilan: – Boshqalarga yordamlashgani kelgandirsiz, – dedi nozli bir ohangda. – Yo‘q, faqat sizni deb keldim. – O‘sha kuni nega darrov ketib qoldilaring? – Uylaringdanmi? – Ha, uyimizdan. – Yana kelarman, deb o‘ylovdim. – Kelmadingiz-ku. – Kutganmidingiz? – Yaxshi mehmon kelishini hamma ham kutadi. – Bo‘ldi, endi tez-tez borib turaman. – Qo‘ying, bormang, uyatga qolamiz. – Men uyalmayman. – El-yurt kuladi ustimizdan. – Men endi el-yurtdan ham qo‘rqmayman. Qish- log‘ingizga do‘kon qurib bermoqchiman. – Do‘kon?! – Àyangiz o‘sha kuni aytdilar-ku. Rahmatli dada- ngiz akangizni yoniga olib, chet elga borib pul ishlab kelamiz, oilaviy do‘kon ochamiz, degan ekanlar. – Rahmatli dadam, akajonim... – Marg‘uba qiz so‘zlarini oxiriga yetkazolmadi, ko‘zlaridan duv etib yosh to‘kildi. Beksultonning nazarida bular ko‘z yoshi emas, oppoq-oppoq durlar edi go‘yo. 141 – O‘sha do‘konni, xudo xohlasa, siz uchun men qurib beraman. – Hamma bizga qarayapti, Beksulton aka. – Mening ismimni bilasizmi? – Bilaman, endi boshqa qizga yordamga o‘ting, hamma bizga qarayapti. – Birozdan keyin yana kelsam maylimi? – Mayli. – Kechgacha yoningizda qolmoqchiman. – Uyat bo‘ladi, Beksulton aka. Qizning «Beksulton aka» deyishi Beksultonning butun vujudini yondirsa ham, kuydirsa ham orom berayotgandek bo‘laverdi. Kechgacha, hatto tunda ham Marg‘ubaning «Beksulton aka» degan mayin, latif, erkalovchi, sehrli ovozi quloqlari ostida jaranglab turgandek bo‘ldi. Eshitgan sari o‘rnidan turib-turib ketaverdi. Yigitlar daladan quvnoq kayfiyatda qaytishdi. Keng dala, tengqur qizlar bilan aytishgan hazil-mutoyiba so‘zlar, ayniqsa, Farida, Saddiniso, Rohila, Zulxumor- lar yo‘q joyda bir-birlaridan go‘zal qizlarga to‘yib-to‘yib boqib olganlari kayfiyatlariga kayfiyat qo‘shib, ko‘ngil- larini paxtazor osmonidek yana kengaytirib yuborgan edi. Àkrom yana to‘lqinlanib she’r o‘qiy boshladi. Qiziq, bu she’rni negadir o‘rtoqlariga qarab emas, Yo‘ldoshx- onga qarab emas, Beksultonga qarab o‘qirdi: Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling