ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

kini qo‘zg‘atmoqchi bo‘ladi): — Àgar bilsang, men u 
yoqqa o‘qishga emas, qizlar bilan o‘ynagani boraman, 
bittasi, ayniqsa, meni juda yaxshi ko‘rib qolgan. Oppo-
qqina, voy-voy, momaqaymoq deysan, sochlari silliq,  
tovlanib turadi, qora ko‘z, qora qosh, qo‘llari yumshoq, 
barmoqlari xuddi yangi o‘ralgan pilladek mayin, etdan 
emas, nurdan bo‘lgandek, astagina o‘paman desam...
UMIDÀ (tutoqib ketib ikki qo‘llab Bahromning yuzlar-
iga, duch kelgan joyiga mushtlab yig‘laydi): — Mana, 
mana, yo‘qoling!
BÀHROM: — Umida, hazillashdim, bilmadingmi, 
senga qarab gapirdim-ku, bu – sensan.
UMIDÀ: — Yo‘qoling o‘sha shaharlik kalta sochning 
oldiga (yig‘lab tashqariga chiqib ketadi).
Bahrom afsus ichida o‘y surib qoladi. O‘zi ko‘rinmay-
di, lekin uning uzoqdan she’r o‘qiyotgan ovozi eshitiladi. 
OVOZ: — Bir bo‘saga bergumdir yemxona-yu molx-
onani,
Totli bo‘sa bezagay ushbu go‘zal zamonani.
Oy qizlar bo‘sasi-yu, mard yigitlar jur’ati,
Oh, visol oqshomida bas qilar afsonani.
Qasd qilib bir boqsami g‘amzali nigoh bilan,
Shoh etib taxtga olar men kabi devonani.


248
* * *
Bahromning yoniga Õabarxon keladi.
ÕÀBÀRÕON: — Yosh qizni nega yo‘ldan uryapsan? 
Hozir Õurshidaga aytib, seni ishdan haydataman. Yo 
aytganimni qilasanmi?
BÀHROM (chinakam qo‘rqib): — Opajon, nima de-
sangiz hoziroq bajaraman.
ÕÀBÀRÕON: — Sigirlarimga har kuni bir kilodan 
yem qo‘shib berasan, bo‘lmasa sharmandangni chiqa-
raman.
BÀHROM: — Mayli, opajon, lekin bir kilodan berol-
mayman, yarim kilodan qo‘shaman.
ÕÀBÀRÕON: — Àgar bu qilmishingni Inoyat ayam 
bilsalar...
BÀHROM: — Mayli, opajon, mayli, aralash yemdan 
bir kilodan qo‘shib turaman.
* * *
Ufqqa tutashib ketgan past-baland yerlar, adirlar 
bora-bora baland tog‘larga qo‘shilib ketadi. O‘rk-
ach-o‘rkach tog‘lar boshida hali qor erib bitmagan. Erta 
bahor pallasi. Bedalar ko‘kara boshlagan. Ho‘ nariro-
qda qo‘ylar, mollar o‘tlab yuribdi. Hammasi «Êo‘kdala» 
fermasiga qarashli. Tepada qushlar sayrab, salanglab 
uchishyapti. Tog‘ tomondan qiyalab ariq tushib keladi. 
Qizaloqlar, o‘g‘il bolalar yalpiz, otquloq, jag‘-jag‘ terishy-
apti. Bahromning tizzasida videokamera bor.
O‘NBOSHI: — Shunday qilib bu voqeani suratga 
tushirib qutichamga joylab qo‘yay, debsan-da?
BÀHROM: — Ha, bobojon, Õurshida opam har bir 
narsani hujjat qilib qo‘yishni yaxshi ko‘radi.
O‘NBOSHI: — Lekin to‘g‘ri qilarkan. Yer taqsimoti 
masalasi hamisha serg‘alva, serjanjal bo‘lgan. Mana 
shu yerlarda qirq yildan ortiqroq brigadirlik qildimov.


249
BÀHROM: — Qirq yil? Men tug‘ilmasimdan yigirma 
yil oldinmi? 
O‘NBOSHI: — Ha, onang Hadicha buvi ham hali 
tug‘ilmagan edi bu yerda ish boshlaganimda. Êetmon-
chi, suvchi, brigadir... Eh-e, qancha-qancha lavozim-
larda bo‘lmadim, ne-ne janjallarni ko‘rmadim. Lekin 
Õurshida opang hujjat qilib qo‘yaman, deb to‘g‘ri qipti.
BÀHROM: — Àytdim-ku, opam hujjatni yaxshi 
ko‘radilar. 
O‘NBOSHI: — Demak, «Êo‘kdala» fermasi bir gektar 
bedazor beradi?
BÀHROM: — Õuddi shunday. 
O‘NBOSHI: — G‘isht zavodi to‘rt gektar sho‘rlangan 
yeridan beradi, shundaymi?
BÀHROM: — Shunaqa bo‘lsa kerak. Àna, o‘zlari 
ham kelishyapti. 
Paykalning etak tomonidan bir necha kishilar qur-
shovida asta-sekin suhbatlashib Õurshida chiqib kela 
boshlaydi.
ÕURSHIDÀ: — O‘nboshi bobo, xayriyat erinmay 
kelibsiz, ishning boshida o‘zingiz turganingiz yaxshi.
BEÊSULTON: — Bu yerlar asli changalzor bo‘lgan. 
Dadamlar ochishgan.
ÕURSHIDÀ: — Bahromjon, bizni bir esdalikka tas-
virga tushirib qo‘ygin. Àytganday, g‘isht zavodi ajrat-
gan yerni tasvirga tushirib keldingmi?
BÀHROM: — E, bo‘lmasam-chi, opajon, tarixiy 
voqea lar hech esimizdan chiqmaydi.
ÕURSHIDÀ: — Bugun har ikki tomonning xursand-
chilik kuni. Bobojoning haqidagi she’rlaringdan ham 
o‘qib ber.
BÀHROM  (O‘nboshini suratga tushira turib  she’r 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling