ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

yirtmoqchi bo‘ladi)


273
INOYAT: — To‘xta, to‘xta, yirtma. Bu yerda bir gap 
borga o‘xshaydi... Àytdim-ku, ko‘ksimni bir qora narsa 
bosib turibdi, deb. Voy sho‘rim, qori pochcha, suratni 
hech kimga ko‘rsatmadingizmi?
ÀÊMÀLÕON QORI:  — Yo‘q, juda chiroyli tushish-
gan-ku.
INOYAT: — Jon pochcha, bu surat haqida hech 
kimga ayta ko‘rmang.
Àkmalxon qori chiqib ketadi. 
Ona-bolalar suratning orqasidagi katta-katta har-
flar bilan bitilgan «SEVISHGÀNLÀR MURODIGÀ YETÀ-
JÀÊLÀR» degan  yozuvni o‘qib, yana ham dahshatga, 
vahimaga tushadilar.
* * *
Quyosh Qatron tog‘i tepalariga kelib qolgan, uning 
qizg‘ish nurlari yana ham quyuqlashgan. Fermada ish 
avjida. Sog‘uvchilar ertalabki sutni sog‘ib, yemchilar, 
xashakchilar shoshib-pishib ishlashyapti. Goho ikkit-
adan, uchtadan bo‘lib allanarsalar haqida pichirlashib 
olishadi, yelka qisishadi. Êo‘pchilikning mashqi past, 
xafa. Ma’naviyat xonasida qaltirab, rangi-quti o‘chib 
Inoyat bilan Õurshida o‘tiribdi. Stol ustida Õurshida 
bilan Shoumarning o‘sha suratidan yana oltitasini 
yozib qo‘yishgan.
INOYAT: — Sabrinisoni chaqiraymi?
ÕURSHIDÀ  (ovozi arang chiqadi): — Nima qilasiz 
uni ham chaqirib?
INOYAT: — Àxir u Beksultonning ammasi, ona 
o‘rnida turibdi hozir.
ÕURSHIDÀ: — Nima qilasiz, hammaga oshkor qilib?
INOYAT: — Butun qishloq bilib bo‘ldi-ku, qizim?
ÕURSHIDÀ: — Àyajon, o‘zimni osib qo‘yaman, chi-
damayman.


274
INOYAT: — Chidaymiz, qizim, chidaymiz. Bu ham 
Àllohning bir sinovi.
ÕURSHIDÀ: — Boshimiz sinovdan chiqmay qoldi-ku 
(stolni mushtlaydi).
INOYAT: — Qizim, bu tuhmat ekanligini hamma 
bilib turibdi. Sen bilan men o‘zimizni yo‘qotib yig‘lash-
ga tushsak, bu ishni qilganlar xursand bo‘ladi. Bosh-
ingni baland ko‘tar, qaddingni rostla. Bor molxonangga 
chiq, bir gapirib o‘n kulib yuraver. Àvvalgidek yuzing-
dan tabassuming arimasin. (Baqirib) Bor, deyapman!
Eshik sharaqlab ochilib, xonaga shoshgancha qo‘lida 
chelak bilan Õabarxon kirib keladi.
ÕÀBÀRÕON: — Õurshida, ruxsatsiz kirganim uchun 
uzr.
ÕURSHIDÀ: — Opajon, siz o‘zi qachon ruxsat so‘rab 
kirgansiz?
ÕÀBÀRÕON: — Meni bu yerga sut sog‘uvchi ayollar 
kiritishdi. Hammasi ham bu surat tuhmat, shu gapni 
kirib ayt, deyishdi. Mahalladagilar ham shu fikrda.
INOYAT: — Voy o‘lmasam, bu gap allaqachon ma-
hallagayam borib yetibdimi?
ÕÀBÀRÕON: — Àyajon, stoldagi suratning yarmini 
men mahalladan yig‘ib keldim-ku. 
INOYAT: — Voy, tavba.
ÕÀBÀRÕON: — Singlim, kuyunma, bu tuhmat, 
tuhmatning onasi. Tuhmatchini mana biz topamiz. 
Biz ayollar ayyor bo‘lamiz. Darrov topamiz. Õo‘p, du-
gonalarimga chiqib nima dey?
ÕURSHIDÀ: — Àyting, aralashishmasin. Butun 
dunyo ga bong urishning nima keragi bor?
ÕÀBÀRÕON: — Esizgina, ruxsat berganingizda 
o‘sha tuhmatchini topib, oldini orqasiga yopishtirib 
qo‘yardik (norozi ohangda chiqib ketadi).


275
* * *
Ferma yaqinidagi poyonsiz bedazor. Beda ko‘karib 
tizzaga kelib qolgan. Êenglik bora-bora o‘rkach-o‘rkach 
adirlarga, qorli tog‘larga qo‘shilib ketadi. Õurshida bir 
o‘zi yolg‘iz kezadi, bir kuladi, bir yelkasini qisadi. Goho 
jahl bilan yer tepadi. Odamlarga ko‘ringisi yo‘q, ulardan 
qochib chiqqan. Yoshgina yigit ho‘ naridan turib ancha 
mahal Õurshidaga tikilib turadi.
YIGIT: — Opa, oldingizga borsam maylimi?
ÕURSHIDÀ (hamon o‘ychan): — Nima ishing bor?
YIGIT: — Àbdurauf akam jo‘natdilar meni.
ÕURSHIDÀ: — E, Hoshimjonmisan, kelaver. Nima 
yaqinimga kelsang tishlab olamanmi?
YIGIT: — Endi deputat opa, odam botinolmaydi-da.
ÕURSHIDA: — Õo‘sh, nimaga kelding yana? 
YIGIT: — Àbdurauf akam yana bor, oyoqlariga yiqil, 
tavba qil, keyin opa menga telefon qilsin, dedilar.
ÕURSHIDÀ: — Õuddi shunday dedimi?
YIGIT: — Ha, shunday dedi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling