ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

«Êo‘kdala» fermasining darvozasi oldida mo‘jazgina 
qorovulxona bor. Õonada qorovul Àkmalxon qori bilan 
Inoyat aya suhbatlashib o‘tiribdi. 
ÀÊMÀL QORI:  — Faqat oyoqlari sinibdimi?
INOYAT: — Chap oyoqdan tashqari chap qovurg‘a 
bilan chap qo‘liyam deyishyapti. 
ÀÊMÀL QORI:  — Jonlari omon qolibdi, xudoga 
shukr qiling.
INOYAT: — Qori pochcha, tavba qildim, keyingi 
payt larda nuqul ishimiz orqaga ketayotganga o‘xshay-
di. 
ÀÊMÀL QORI:  — Inoyatbonu, o‘zingiz ham gunoh 
ishlarni ko‘p qilyapsiz-da.
INOYAT: — Erta-yu kech tinimsiz mehnat qilish dan 
boshqa gunohim yo‘q mening.
ÀÊMÀL QORI:  — Barakalla, tinimsiz ishlaysiz
boshqalarga ham tinim bermaysiz, demakki, aziz 
jonlariga ozor berasiz. Bu gunohi azim emasmi? Bosh-
qacha gunohlaringiz ham yo‘q emas. Mana shuning 
uchun ham boshingiz balolardan chiqmayapti.
INOYAT: — Tavba, nima qilibman axir?
ÀÊMÀL QORI:  — Qizlaringizning qulog‘iga azon 
aytgan, marhum eringizni lahadga qo‘yayotganda 


297
Taborak surasini o‘qib turgan qori sifatida shuni 
aytamanki, Gollandiyadan kofir novvoslarni keltirib, 
musulmon g‘unajinchalarni qochirgansiz. Bu ishingiz 
gunohi azim emasmi?
INOYAT: — Qori pochcha!
ÀÊMÀL QORI:  — Yana tag‘in deputat qizingiz «Si-
girlar onamiz, buzoqlar farzandimiz» deb molxonaga 
necha bor kufr yozuvlar osib qo‘ydi.
INOYAT: — Gollandiyada shunaqa ekan-da.
ÀÊMÀL QORI:  — Ular g‘ayridinlar, biz Àllohga 
shukr, musulmonlarmiz. Musulmon hech qachon hay-
vonni onam yoki bolam demaydi. Sekin qulog‘ingizga 
aytib qo‘yay, hayvonlar hamisha nikohsiz tug‘iladi... 
Yana tag‘in...
INOYAT: — Nima yana tag‘in? (Inoyat qizisha bosh-
laydi).
ÀÊMÀL QORI:  — Deputat qizingiz qarib qolding 
deb, Omina buvi, Buvinisa buvi, Ruqiya kampirlarni 
ishdan bo‘shatdi. Bular ham gunohi azim emasmi?
INOYAT: — Êampirlaringizni bag‘rimizga bosib o‘ti-
raversak, yosh qizlar, kelinlar qayoqqa borsin?
ÀÊMÀL QORI:  — Bilib qo‘ying, qizingiz rahmsiz, 
dilozor, yana tag‘in necha bor shim kiyib yurganini 
ko‘rganman. 
INOYAT: — Qori pochcha, ja ichingiz to‘lib ketgan 
ekan-ku...
ÀÊMÀL QORI:  — Mana shu gunohlaringizni yuvish 
uchun ham tez-tez xudoyimi, xayriya oshimi tarqatib 
turishingiz kerak edi. 
INOYAT: — O‘zimam shu maslahat bilan oldingizga 
kiruvdim.
ÀÊMÀL QORI:  — Ochiq ayting, xudoyimi yo xatmi 
Qur’on o‘qitmoqchimisiz?
INOYAT: — Õudoyi qilsak ko‘proq odam bahra olar-
mikin, degandim-da.


298
ÀÊMÀL QORI:  — Õo‘p, qaysi kuni o‘tkazmoqchisiz?
INOYAT: — Rozi bo‘lsangiz, chorshanbada deb 
turibmiz. 
ÀÊMÀL QORI:  — Yaxshi, qizingiz ham, o‘zingiz ham 
ko‘p aqllisizlar-da. Menga qarang bonu, shu xudoyiga 
masjiddan Rashidxon qorini aytmay qo‘ya qoling. 
INOYAT: — Nega?
ÀÊMÀL QORI:  — Yoqtirmayman.
INOYAT: — Juda sipo kiyinadilar-ku.
ÀÊMÀL QORI:  — Sipo kiyinmay o‘lsinlar, yaqind-
agina fizikadan dars berardilar, endi to‘rtta surani 
yod olib, kimsan, Rashidxon qori bo‘p qoptilar. Yoshi 
ellikka borgani yo‘g‘u, yo Àlloh, bu soqol qayoqdan 
paydo bo‘ldiykin? Yana tag‘in masjidning orqasiga 
o‘tib, yoshlar bilan domino o‘ynaganiga kuyaymi?
INOYAT: — Ma’qul, qori pochcha, siz nima desangiz 
shu.
ÀÊMÀL QORI:  — Õudo xohlasa, kuyovimiz tuzalib 
chiqadi, deputat qizim bilan ikkovlarining nikohini 
ham o‘zim o‘qiyman.
INOYAT: — Õo‘p, qori pochcha, endi men boray.
ÀÊMÀL QORI:  — Yo‘q, bonu to‘xtang, xudoyiga 
qo‘y so‘yilsa, kalla-pochasini begona qilmang, amman-
giz o‘pkaga sut quyib pishirishni yaxshi ko‘radi. Ey, 
bonu, qorovulxonada o‘tirib kun bo‘yi tasbeh o‘girish 
bilan tirikchilik o‘tadimi? To‘xtang, bir chiroyli tilovat 
qilaylik.
* * *

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling