ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

ayvonda Shokalon, Shahriniso, Shoumar o‘tirishibdi. 
Dasturxonda yoz ne’matlari.
SHOUMÀR: — Dada, yana bir marta aytaman, u 
qo‘shaloq suratga mening hech aloqam yo‘q, qasam 
ichaymi?
SHOÊÀLON: — Yo‘q, ko‘p qasam ichaverma, keyin 
qasamingga birovlar ishonmaydigan bo‘p qoladi. 
SHOUMÀR: — Bo‘pti, endi ichmayman.
SHOÊÀLON: — O‘g‘lim, odamlar bu noma’qulchili-
kni sendan ko‘rishgan.
SHOUMÀR: — To‘g‘ri, oldin mendan ko‘rishuvdi. 
Endi hamma kampirlardan ko‘rishyapti. 
SHOÊÀLON: — Tavba, kampirlarning Õurshidada 
nima alami bor ekan?
SHÀHRINISO: — Voy, dadasi eshitmaganmisiz?
SHOÊÀLON: — Nimani eshitaman?
SHÀHRINISO: — Bu o‘zboshimcha qiz, men dep-
utatman, hech kim menga tegolmaydi, deb bahorda 
uchta kampirni birdan ishdan bo‘shatgan-da. Êampir-
lar govmishlarning ostiga kirolmay qolgan emish.
SHOÊÀLON: — Demak, bu qo‘shaloq suratni kam-
pirlar tayyorlagan, degan gaplar ham bor ekan-da.
SHÀHRINISO: — Ha, o‘sha shum kampirlarning 
ishi bu.
SHOÊÀLON (mamnun, ich-ichidan sevinib turibdi): 
— Mana bu avariya masalasida qo‘ni-qo‘shnilar nima 
deyishyapti?


302
SHOUMÀR: — Militsiya kelib, rosa so‘roq qilyapti. 
Bu, albatta, uyushtirilgan, debdi. 
SHOÊÀLON: — O‘sha militsioner sendan ham biron 
nima so‘radimi?
SHOUMÀR: — So‘radi, o‘sha kuni o‘n bitta ulfat Orif 
o‘risnikida gapda edik. Melisa gumon qilmadi. 
SHOÊÀLON: — Har qalay, odamlar sening haqingda 
biron narsa deyishayotgandir?
SHOUMÀR: — Ulfatlarim buni g‘isht zavodidagi-
lar uyushtirgan, ferma bilan qo‘shilishga qarshi edi. 
O‘shalarning ishi bu, deyishyapti.
SHOÊÀLON: — Ha, shunday bo‘lishiyam mumkin, 
sobiq muovini Àbulqosim Beksultonga qarshi tishini 
qayrab yurgan edi... Senam el qatori borib Beksulton-
dan bir ko‘ngil so‘rab kelsang bo‘lardi.
SHOUMÀR: — Dada, u ablahni hech ko‘rgim yo‘q.
SHOÊÀLON: — Odamlarda yomon fikr tug‘ilishiga 
yo‘l qo‘ymay yashashni bilish kerak. 
SHOUMÀR: — Men odamlardan qo‘rqmayman.
SHOÊÀLON: — Men qo‘rqaman, onang qo‘rqadi.
SHOUMÀR: — O‘rtoqlarim borib kelishdi. Odam 
bo‘lmaydi, deyishyapti. Mabodo, o‘ladigan bo‘lsa, 
Õurshidaga uylanaveramanmi yoki anavi kuni ayam 
ayt gandek singlisi Umidaga sovchi bo‘lib borasizlarmi?
SHOÊÀLON: — Nafasingni issiq qil. Hech qachon 
fikringni birovga oshkor qilma. Gap shu, ertaga borib 
ko‘ngil so‘rab kelasan, qo‘lini siqasan, o‘pasan.
SHOUMÀR: — E, unga ayollarning qonini quyisha-
yotgan emish. 
SHOÊÀLON: — Bas qil, ertagayoq borasan, tamom! 
Bor endi. 
SHOUMÀR: — Dada, endi qayoqqa boray?
SHOÊÀLON: — Àytdim-ku, o‘riklaringning qolganini 
terdir, bir qismini quritishga, bir qismini dorilashga 
qo‘y. 


303
SHOUMÀR: — Dada, bitta ishning chatog‘i chiqib 
turibdi. 
SHOÊÀLON: — Qanaqa ishning?
SHOUMÀR: — O‘rikni sotish uchun ikki narxda 
kelishib, ikkita shartnoma tuzilgan edi. 
SHOÊÀLON: — Bilaman.
SHOUMÀR: — Odamlar sezib qopti.
SHOÊÀLON: — Qimmat narxda tuzilganini yo‘qot. 
Hech kim Omsk shahriga borib surishtirib kelmaydi.
Shoumar onasi bilan xayrlashib chiqib ketadi. 
Shokalon xotini bilan uzoq jim o‘tirishadi. 
SHÀHRINISO: — Dunyoning ishlarini qarang, ke-
chagina Õurshidani kelin qilish ham, bizga tegadigan 
100 gektar dasht ham naqdgina bo‘lib turuvdi-ya, 
nahotki hammasidan quruq qolsak?
SHOÊÀLON: — Noumid bo‘lma. Men hali umidimni 
uzganim yo‘q. Beksulton odam bo‘lmasligi mumkin. 
Bordi-yu odam bo‘lsa... Bu yoqda yana bir qizi Umi-
da naqsh olmadek pishib turibdi. Shundoqqina qo‘l 
uzatsang, uzib oladigandek.
SHÀHRINISO: — Dadasi, bitta gapni ochiq ayting, 
rostdanam shu qo‘shaloq suratga zig‘irdek bo‘lsa ham 
sizning aloqangiz bormi-yo‘qmi?
SHOÊÀLON: — Esing joyidami, onasi? Nimaiki 
qilgan bo‘lsam hamisha sen bilan bamaslahat qilgan-
man... Nahotki, shunaqa mayda ishlarga qo‘l ursam.
SHÀHRINISO: — Ey, dadasi, dadajonisi, xafa 
bo‘lmang-ku, siz uch qavatli odamsiz, qirq yil birga 
yashab, bir qavatingizni yo bildim yo bilmadim.
SHOÊÀLON (kulib): — Õudo xohlasa, yana sakson 
yil birga yashaymiz, qolgan ikki qavatimni ana o‘shan-
da bilib olarsan. Tur, tovuq sho‘rvang pishgan bo‘lsa, 


304
kastryulga quy, Beksultondan ko‘ngil so‘ragani boray-
lik... Eldan tashqari bo‘lish yaramaydi.
* * *

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling