ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

BESHINCHI QISM
Ertalab. Tuman kasalxonasining oddiygina bir xona-
si. Yog‘och karovatda yaralangan Beksulton yotibdi. Oq 
doka shunday ko‘p o‘ralganki, bamisli ulkan qo‘g‘ircho-
qqa o‘xshab qolibdi. Qon quyish moslamasi ulangan. 
Bir tomonida hamshira, ikkinchi tomonida Õurshida 
o‘tiribdi. Nariroqda devorga yaqin joyda Sabriniso, In-
oyat ayalar o‘tirishibdi. O‘nboshi har zamonda boshini 
chayqab «Yo, Àlloh» deb qo‘yadi. Inoyat pichirlab allaqa-
nday duolar o‘qiydi, yuziga fotiha tortadi. 
SÀBRINISO:  — Jiyanginam, yolg‘izginam (xo‘rsinadi).
Õurshida betoqat, turadi, o‘tiradi, o‘y surib ketadi.
HÀMSHIRÀ:  — Uxlamang.
BEÊSULTON: — Uxlaganim yo‘q.
Shoshilib doktor kirib keladi.
DOÊTOR:  — Qalay?
HÀMSHIRÀ  Moslamadan oqayotgan sun’iy qonni 
ko‘rsatib:  — Yaxshi ketyapti.
DOÊTOR:  — Siz xotini bo‘lasizmi?
ÕURSHIDÀ: — Unashib qo‘yilganmiz.
DOÊTOR:  — Demak, to‘y bo‘lar ekan-da. Meniyam, 
albatta, aytasiz-da.
Chekkada o‘tirgan Sabriniso shoshilib o‘rnidan turadi.


292
SÀBRINISO: — Õudo xohlasa, inim, to‘yga sizni 
o‘zim aytaman.  Sizga boshdan-oyoq sarpo qilaman.
DOÊTOR:  — Onasimisiz?
SÀBRINISO: — Àmmasi bo‘laman, aylanay.
Doktor Beksultonning yurak urishini eshitadi, tomir 
urishini o‘lchaydi.
DOÊTOR:  — Og‘riq kamaydimi?
Beksulton bosh chayqaydi.
DOÊTOR:  — Hozir bir ilojini qilamiz.
* * *
Tashqarida ko‘ngil so‘rab kelgan molboqarlar
sog‘uvchi ayollar, g‘ishtchilar bir-biriga so‘z bermay 
bahs lashishyapti.
OVOZ: — Yo‘q, Usmon G‘ani, bir nafas jim turgin.
OVOZ: — Bo‘lmasa, bo‘ladigan gapni tezroq ayt.
OVOZ: — Velosiped minib kelayotuvdim.
OVOZ: — Buni hozir aytding-ku, ezma.
OVOZ: — Oldin Beksulton «Moskvich»ini shunday 
haydab o‘tdiki, bay-bay-bay, yoqamni ushladim, keyin 
ko‘z yumib-ochguncha orqasidan yuk mashinasi o‘tdi. 
Uchib o‘tdi, desam, ishonaver. Êeyin gumburlagan 
ovoz eshitildi. Uh, avariya bo‘ldi-ku, deb o‘yladim... 
Borsam... Sigaretingdan ol.
OVOZ: — Àvval tugat, keyin beraman.
OVOZ: — Beksultonning mashinasi ariq ichida 
g‘ildiragi osmondan bo‘lib yotibdi. G‘ildiragi aylanib 
turibdi. Bay-bay-bay, Beksultonni olay desam, chap 
eshigini o‘rindiqqa yopishtirib tashlabdi. Àtrofda zog‘ 
yo‘q. Beksulton arang nafas olyapti, qon sharillab ketib 


293
turibdi. Beksulton bir o‘ziga kelib, bir o‘zidan ketadi. 
Odam top, odam top, deb xirillaydi. Dasht da odam 
nima qilsin? Molxonaga qarab yugurdim, to‘g‘rimi, 
Àbdusamat?
ÀBDUSÀMÀT: — To‘g‘ri.
OVOZ: — Êeyin g‘ishtxonaga qarab yugurdim. Seni 
topdim, to‘g‘rimi?
USMON G‘ÀNI: — To‘g‘ri.
OVOZ: — Àkrom bilan yarimtani o‘rtaga qo‘yib karta 
o‘ynab o‘tiruvdilaring, to‘g‘rimi?
USMON G‘ÀNI: — Lekin shisha bo‘sh edi. 
OVOZ: — Bu yaramaslar yana yashirib g‘isht so-
tishganga o‘xshaydi, deb o‘yladim. To‘g‘rimi?
USMON G‘ÀNI: — Noto‘g‘ri. Bunday deb o‘yla ganing 
yo‘q. Tezroq ayt, mashinaning raqamini eslab qolgan-
misan, deyapman.
OVOZ: — Ming marta aytdim-ku, Êonibodomning 
mashinasi, deb.
Suhbat, har xil taxminlar to‘xtamaydi. Doktor be-
morning qon bosimini yana o‘lchaydi, o‘zicha mamnun.
ÕURSHIDÀ (sekingina): — Qalay?
DOÊTOR:  — Õudo xohlasa, krizis o‘tyapti.
ÕURSHIDÀ: — Bosim-chi?
DOÊTOR:  — Oltmishga chiqibdi. Endi amaki
opajonlar, ko‘rib turibsizlar, kun issiq, xona tor, be-
morga havo yetishmayapti. Tashqariga chiqishlaringni 
so‘rayman.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling